QURAMA TIZMASI, Qurama toğlari (qurama qabilasi nomidan) — Tyanşan toğ sistemasining ğarbidagi toğ tizmasi, Tojikiston bilan Özbekiston respublikalari çegarasida. Jan.- ğarbda Tojikiston Respublikasidagi Böston ş.dan boşlanib, şim.- şarqqa 170 km davom etadi va Kengsoz dovoni yaqinida Çatqol tizmasiga tutaşadi. Farğona vodiysini şim.-ğarbdan örab turadi. Ohangaron bilan Sirdaryo daryolari havzalari orasidagi suvayirğiç. Örtaça bal. 2500— 3000 m. Eng baland joyi 3769 m (Boboiob çöqqisi). Tizma Kamçiq dovonidan jan.-ğarb tomonga pasayib boradi. Ğarbda — Oltintopgan va Qalqonota tizmalariga bölinadi. Bu tizmalar oraliğida Sardobsoy vodiysi joylaşgan. Tizmalar silur va devon davrlarining slanets, ohaktoş, granit, dolomit, granodiorit, konglomerat, porfir, qumtoş kabi meta-morfik va otqindi toğ jinslaridan taşkil topgan. Yon bağirlarida mezokaynozoy davrlari lyosslari, lyossimon yotqiziqlari mavjud. Ohaktoşlar va dolomitlarda karst relyef şakllari (karrlar, karst voronka va ğorlari) tarqalgan, mezo-kaynozoy toğ jinslarida surilmalar sodir bölib turadi. Sardobsoyning yuqori oqimidan şarqda Q.t. köproq toşkömir va perm davrlarining effuziv va intruziv jinslaridan tuzilgan. Tizma foydali qazilmalarga boy. Bu yerda toşkömir, kumuş, flyuorit, qörgoşin, mis, oltin, rux va b. polimetall rudalar konlari topilgan. Q.t. yon bağirlaridan juda köp katta-kiçik jilğa va soylar, jumladan, şim.-ğarbiy yon bağridan Ohangaron daryosining çap irmoqlari oqib tuşadi.
Q.t.ning jan.-ğarbiy va quyi qismlarida iqlim kontinental. Şim.- şarqiy va baland qismlarida iqlim mö'tadillaşadi, yoğingarçilik miqdori ortadi. Tizmaning şim.-ğarbiy yon bağri nisbatan sernam. Har ikkala yon bağrida ham adir mintaqasida töq tusli böz tuproqlarda efemer va efemeroid ösimliklar, çunonçi buğdoyiq, yuqoriroqda kserofit butalar, undan yuqorida jigarrang toğ tuproqlarda yirik arça örmonlari, yovvoyi olma va yonğoq (şim. yon bağri-da), betaga ösadi. 2800—3000 m va undan baland joylarida toğ yaylovlari uçraydi.
Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 379–380-b. — ziyouz.com