Markaziy (Içki) T. şimolda Terskay Olatovi, jan.şarqda Qaqşaltov va ğarbda Farğona tizmasi orasidagi juda katta maydonni egallaydi. U şarkda Xontangri toğ tuguniga borib taqaladi (ba'zi tadqiqotçilar, mas., N. A. Gvozdetskiy T.ning eng baland qismi bölmiş bu toğ tuguni va uning atroflarini Markaziy T. deb atab, undan ğarbdagi tizma va vodiylarni Içki T.ga kiritadilar). Ularning oraliğida tektonik botiqlar (Norin, Otboşi, Olabuğa, Jum/al, Töqtağul va b.) joylaşgan bölib, ular T. «sirtlari» deb ataladi. Tektonik botiklarning balandligi ğarbiy qismida 2000—2500 m, şarqida 4000 m ga yetadi. Yer yuzasi keng va tekis yassi vodiylar bölib, dare va kdd. muzliklar qoldirgan yotqiziqlar bilan qoplangan, daryolar bilan öyilgan. Ayrim botiqlarda köllar (Sönköl, Çatirköl) hosil bölgan.
Ğarbiy T. jan.ğarbga tomon yelpiğiçsimon taralib ketgan Qorjontov, Ugom, Piskom, Köksuv, Çatqol va Qurama toğ tizmalaridan iborat. Bular bir-biridan Piskom, Çorvoq, Yuqori Çatqol, Çirçiq toğ oraliği botiqlari orqali ajralgan. Şarkiy T. — toğ sistemasining Xitoy hududidagi qismi. U deyarli kenglik böylab yönalgan ikki guruh toğ tizmalaridan iborat. Şim. guruhga Boroxoro, IrenXabirga (eng baland joyi 5500 m), Sanji Muztoğ, Bogdoşan (BogdoÖla toği —5445 m), Barqultoğ, Meçinöla, Qarliqtoğ tizmalari; jan. Guruxga — Xoliqtov, Kökteketov, Boroxotan, Quruqtoğ va Qiziltoğ kiradi. Şarkiy Tyanşanning toğ etagida Turfon (çuq. — 154 m) botiği joylaşgan. T.ning balandtoğ qismi serqirra va qoyali, qad. va hoz. zamon muzliklarining işi natijasida kelib çiqqan alp tipidagi relyef şakllari (trog, sirk, karrlar), ularning yon bağirlarida esa qurumlar, vodiylar tubida morena (muzlik yotqizikdari) uyumlari keng tarqalgan. 3200—3500 m dan yuqori qismlarida köp yillik muzliklar tarqalgan bölib, ularning qalinligi 20—30 m dan oşmaydi. Faqat Oqsoy — Çötirqöl botiğining ba'zi qismlarida 100 m dan ziyod. Dengiz sathidan ança balandda joylaşgan botiqlarda gidrolakkolitlar, torf dönglari hosil bölgan, yon bağirlarida soliflyukatsiya (yuzlama surilmalar) bölib turadi. Yaqin geologik ötmişda qad. muzliklardan böşagan botiqlarda har xil kattalikdagi köllar, ba'zilarida botqoqliklar vujudga kelgan. Örtaça balandlikdagi va past toğli qismlarida oqar suvlarning işi, gravitatsion jarayonlar natijasida kelib çiqqan relyef şakllari (dara, terrasa, surilma, konus simon yoyilma va b.) keng tarqalgan.
T.ning bu kismida turli balandliklarda tekislangan yuzalar, tizmalarning etaklarida adirlar, yirik konussimon yoyilmalar, bir neça önlab km ga çözilgan prolyuvial şleyflar uçraydi. T.dagi tog tizmalari kuçli burmalangan tokembriy, paleozoy çökindi, metamorfik va otqindi toğ jinslari—slanets, qumtoş, ohaktoş, marmar, gneys, granit, granodiorit va b.dan taşkil topgan, botiklar, dare vodiylari, adirlar, qisman, tizmalar yon bağirlari mezozoy va kaynozoy davrlari çökindi toğ jinslari bilan tölgan. T. turli tektonik strukturalar (antiklinoriy, antiklinal, sinklinoriy, sinklinal) şaklida kaledon va gersin burmalanişi bosqiçlaridan hamda yangi tektonik xarakatlar (gorst, graben) ta'sirida vujudga kelgan. Şu bois T.da ikki yirik struktura: kaledonitlar va gersinidlar mavjud bölib, ular bir-biridan çukur yer yorikdari orqali ajralgan. Kaledonitlarga Şim., kisman Markaziy va Şarkiy T.dagi tizmalar (Ketmon, Kirgiz, Orqa Ili Olatovi, Kungay Olatov, Terskay Olatov, Talas Olatovi, Susamir, BogdoÖla va b.), gersinidlarga Krratov, Ugom, Piskom, Çatqol, Qurama, Qaqşaltov, Xoliqtov, Farğona va b. tizmalar kiradi.
Gersin burmalanişi bosqiçidan keyin T.dagi tizmalar tektonik harakatlarning juda susayişi natijasida yassilanib tekislangan (peneplenga aylangan). Mezozoy erasi, paleogen davrida va neogenning boşlanişida T. platforma bosqiçini ötagan. Neogen davrining oxiri va törtlamçi davr mobaynida T.da yangi tektonik harakatlar boşlanib, ular hoz. ham davom etmoqda. Mazkur tektonik harakatlar natijasida T.ning hoz. relyefi şakllanmoqda, kaledon va gersin burmalanişlari davrlarida paydo bölgan antiklinoriy, antiklinal va gorstlar örnida toğ tizmalari, sinklinoriy, sinklinal va grabenlar örnida esa mezozoy, paleogen, neogen va törtlamçi davr çökindi yotqizikdari bilan qoplangan toğ oraliği botiqlari vujudga kelgan. Yangi tektonik harakatlar differensial xususiyatga ega bölib, ularning amplitudasi 8—10 km dan ziyod bölgan.
T. nisbatan kuyi geografik kengliklarda va Yevrosiyo materigining içkarisida joylaşganligi, deyarli hamma tomondan çöllar bilan öralganligi, relyefining murakkabligi, köp qismi katta balandliklarga kötarilganligi, tizmalar yon bağirlari turli eskpozitsiyaga ega bulganligi sababli iklimi umuman kontinentaldir. T.ning asosiy qismi mö'tadil ikdim mintaqasida joylaşgan. Jan.garbiy va jan. qismlari subtropik iklim mintaqasi çegarasida joylaşganligi sababli uning quyi balandliklariga quruq subtropiklarning ta'siri seziladi. T.ga nam havo oqimlari ğarbdan keladi. Relyefining murakkabligi va kuçli parçalanganligi uning hududida issiklik va namlikning har xil taqsimlanişiga sabab bölgan. Tizmalarning etaklaridagi vodiylarda iyulning örtaça trasi 20°—25°, örtaça balandlikdagi vodiylarda 15°— 27°, baland toğli qismlarida 5° va undan ham past. Eng yuqori tra 30°— 35° ga yetadi. Örtaça balandlikdagi vodiylarda yanv. ning örtaça trasi —6° dan past, ayrim vodiylarda —16°, —20°. Qişda baland qismlarida (muzlik va doimiy qorlar tarqalgan) tra —30° gaça pasayadi. T.da yoğinning taqsimlanişida tizmalarning balandligi, yönalişi, yon bağirlarining ekspozitsiyasi katta rol öynaydi. Tizmalar etaklaridagi tekisliklarda yillik yoğin 150 — 300 mm, tizmalar etaklari va past toğlarda 300—450 mm, örtaça balandlikdagi qismida esa 800—1600 mm. Toğ oraliği botiqlarida yoğingarçilik kam (100—400 mm). T.da eng köp yogin tizmalarning şim., şim.ğarbiy, jan. ğarbiy yon bağirlarida (2000 mm va undan ziyod). Yoginning asosiy kismi T.ning katta qismida yoz oylarida, jan. qismida esa bahor oylarida tuşadi. Yoğinning köp qismi qor şaklida yoğadi va uzoq vaqt saklanib turadi. Qor qoplami tizmalar etaklarida 2—3 oy, örtaça balandlik qismida 6—7 oy, baland toğli qismida esa 9—10 oy saklanadi. Toğ oraliği botiqlarida qor qoplami qalin emas.
T.da qor çiziği şim.ğarbida 3600— 3800 m dan, markazida 4200—4450 m balandlikdan ötadi. Unda doimiy qor va muzliklar köp (eng kattasi Markaziy T.dagi Inilçiq muzligi). Muzliklarning eng katta markazlari Xontangri, Terskay Olatovi, Qaqşaltov toğ tugunlaridir.
T. — Örta Osiyoning içki suvlari şakllanadigan hududlaridan biri. Daryolari, asosan, muzlikqorlarning erişidan, yomgir, yer osti suvlaridan töyinadi va berk havzalarga (Orol, Issiqköl, Balxaş va b.) quyiladi, yoki tekislik, toğoldi va atrofidagi çöllarga çiqib, yerga singib ketadi va turli xöjalik maqsadlari uçun sarflanadi. T.ning yirik daryolariga Sirdaryo va uning irmoqlari (Norin, Qoradaryo, Ohangaron, Çirçiq, Keles, Aris va b.), Çu va irmoqlari (Juvonariq, Qöçqor), Talas va irmoqlari (Tekes, Kunges, Qoş, Çarin va b.), Juuka, Jettiöğuz, Tup, Tarim va irmoklari (Oqsuv, Tavkandaryo, Sarijaz) va b. kiradi. T. daryolarida bir qança gidrotexnik inşootlar: suv omborlari, gidroelektr stansiyalari — Töqtağul, Uçqörğon, Qayroqqum, Çorvoq va b. barpo etilgan. T.da köl köp. Ularning eng yiriklari tektonik köllar: Issiqköl, Sariçelak, Sönköl, Bagraşköl, Çötirköl. Ulardan taşqari daryo yon bağirlarining qulaşi, surilişi, muzliklarning işi natijasida vujudga kelgan köplab kiçik köllar (Aralaş, Quğala, Ixnaç, Toyçoq, Jasilköl va b.) mavjud. T.da köplab muzliklar bor. Muzliklarning umumiy mayd. 10,2 ming km2 çamasida. Şarqiy T.da ham muzlik köp, ularnig umumiy mayd. 2,7 ming km2 dan ziyod, IrenXabirga va Xoliqtov tizmalarida ular, ayniqsa, keng tarqalgan. T.da muzliklarning daraxtsimon, vodiy, karr, sirk, osilib turuvçi, egar, tekis yuzali, şleyf kabi tiplari tarqalgan. Hoz. davrda iqlimning global özgarişi natijasida muzliklar uzunligi, maydoni qisqarib bormoqsa.
T. tuproqösimlik qoplami, hayvonot dunyosi, tabiiy landşaftlariga köra, 4 geografik oblastga bölinadi. Bu oblastlar, asosan, orografik birliklarga töğri keladi.
Şimoliy T. — geologik jihatdan eng qad., iklimi keskin kontinental. Tuproqösimlik qoplami va hayvonotida boreal tabiatning ta'siri bor; tipik toğötloq va qora tuproqsimon tuproklar köp uçraydi. Oblast uçun sibir oqqarağayi, T. krraqarağayi va turli ötboşoqli ösimliklar xos. Sut emizuvçilardan: ötkirtiş, uzunburunça, kutora, har xil siçqonlar; quşlardan — qizilişton, kedrovka, qironqora va qirğiy köp. Qoraqarağay örmonlarida silovsin, qönğir ayiq, böri, tulki, oq siçqon yaşaydi. Balandlik mintaqalari: 700—900 m — şuvoqbetagaçalov ösadigan qurğoqçil daştlar; 900 — 1700 m — boşokli ötlar tarqalgan tog oldi daştlari; 1700 — 3000 m — qoraqarağay örmonlari, butazorlar, baland böyli ötlar, ötloq daştlar hamda toğ boşoqli daştlari; 3000 — 3500 m subalp ötloklari va ötloq daştlar hamda toğ boşoqli daştlari; 3500 — 4000 m alp ötloklari va ötloqdaştlari, kobreziya yalangliklari; 4000 — 5000 m hoz. zamon muzliklari mintaqasi.
Markaziy T.da kontinentallik yanada kuçayadi, yillik yoğin miqdori kamayadi, sovuqsiz davr qisqa. Sirtlar keng tarqalgan. Toğ qoratuproği, toğ ötloqidaşt, sirtlarda — daştötloqi tuproqlari keng tarqalgan. Ösimlik qoplamida toğ sovuq çöli va daştlarning kserofit usimliklari xos. Toğ çöli va daştlarda qoplon, arxar, daşt sassiqközani, qöşoyoq, olaxurjun va tuvaloqdar yaşaydi. Pastdan yuqoriga tomon quyidagi landşaft mintaqalari almaşinib boradi: çala çöl; quruq va turli ötboşoqlilar ösadigan daştlar; subalp butazorlari, ötloqlari, ötloq daştlari va daştlari; alp ötloqlari, balandtoğ ötloq daştlari, daştlari qamda çöllari; nival mintaqa.
Ğarbiy T. relyefining nihoyat darajada parçalanganligi, yoğin miqdorining ortişi, Ğarbiy Osiyoga xos hayvon va ösimliklarning köp uçraşi bilan ajralib turadi; tabiatida subtropiklarga xos xususiyatlar mavjud. Balandlik mintaqalari ham öziga xos (Farğona toğ tizmasining jan. yon bağrida) 600 — 800 m dan 1500 m gaça — toğ etagi tekisliklari; 1500 — 2000 m — siyrak arçazorlar bilan kserofil butazorlar uçraydigan buğdoyiqşuvoqbetagali daştlar, 2000 — 3000 m keng örmonlar; 3000 — 3500 m baland böyli subalp ötloqlari; 4000 — 5000 m — nival mintaqa.
Şarqiy T.da Markaziy Osiyo toğlariga xos landşaftlar tarqalgan. Kontinentallik juda kuçli. Namlik kam. Toğ botiqlari ham qurğoqçil; şörxoklar uçraydi. Şim. tizmalardagina yillik yoğin miqdori 300 mm gaça, markaziy va jan. tizmalarda 50—100 mm. Yozgi tra 20° — 25° gaça; yanv.ning trasi toğ vodiylarida —7°, —10°, toğ tepalarida esa —25°gaça; qişi uzoq davom etib, quruq keladi: Toğ etaklari daşt va çala çöllardan iborat, yon bağirlarida (1800 — 3000 m) qarağay, qoraqarağay, toğterak va qayrağoç örmonlari bor. 3000 m dan baland joylari yozgi yaylov. Hayvonlardan maral, toğ eçkisi, arxar, qobon va bars yaşaydi. Örmonlar va daryo böylarida quş köp. Foydali qazilmalardan mis, qörğoşin, nodir metallar, toşkömir konlari bor. Rangli metall konlaridan Olmaliq mis koni, Konsoy, Aççisoy qörğoşin konlari maşhur. Qurama toğlaridan volfram va mişyak, Qoratovdan fosforit qazib olinadi. Quriliş materiallari, tuzlar, termal va mineral suvlar mavjud.
T.da bir qança qöriqxonalar: Issiqköl, Olmaota, OqsuvJabağli, Sariçelak, Çatqol toğörmon qörikxonalari, şuningdek, bir qança buyurtma hududlar (jumladan, Jan.Ğarbiy T.ning yonğoqmeva örmonlari) bor.
Ad.: Baratov P., Mamatqulov M., Rafiqov A., Örta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002; Şuls V.L., Maşrapov P., Örta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969; Şuls S . S., Analiz noveyşey tektoniki i relyef TyanŞanya, M., 1948; Mavlonova Ğ. O., Mamatqulov M . M ., Örta Osiyo toklarining qadimgi muzliklari, T., 1972;K,oriyev M ., Örta Osiyo tabiiy geofafiyasi, T., 1968; Gvozdetskiy N. A., Mixaylov N. M., Fiziçeskaya geofafiya SSSR (Aziatskaya çast), M., 1987; Çupaxin V.M., Fiziçeskaya geografiya TyanŞanya, AlmaAta, 1964; Şçukin I.S, Geomorfologiya Sredney Azii, M., 1983; Gvozdetskiy N.A., Golubçikov Yu.N., Gori, M., 1987.
Murod Mamatqulov.