Qonun çiqaruvçi hokimiyatni Majlisi Oli, ijroçi hokimiyatni boş vazir boşçiligida Vazirlar Kengaşi (hukumat) amalga oşiradi.
Tabiati. T. toğli mamlakat, hududining 93% ini 300 m dan 7495 m balandlikkaça bölgan toğlar, şuningdek, Örta Osiyoning eng yirik toğlari — Tyanşan va Pomir sistemasiga kiradigan toğlar egallaydi. Hududining qariyb yarmini 3000 m dan baland bölgan toğliklar taşkil etadi. Dare vodiylarining kengaygan joylari va toğ oraliğidagi soyliklar tekisliklardan iborat, şim.da Qurama tizma toğlari (Boboiob toği, bal. 3769 m) va Möğultoğ toğlari (1624 m) joylaşgan. T. markaziy qismida Olay tizma toğlari (ğarbiy qismi, 5539 m), Turkiston (5509 m), Zarafşon (5489 m, Çimtarğa toği), Hisor va Qorategin tizma toğlari (4643 m) va Zarafşon vodiysi (Turkiston va Zarafşon tizma toğlari orasida), jan.ğarbiy qismida (HisorOlay tizma toğlarining jan.da va Pomirning ğarbida) unçalik baland bölmagan Bobotoğ, Oqtoğ, Qoratoğ, Teraklitoğ, Sarsarak, Rangontoğ, Ilonlitoğ va b. bor. Uşbu toğlardan ayrimlari jan. va jan.ğarb tomonga pasaya borib, Panj va Amudaryo qirğoklarigaça qöşilib ketgan tekisliklardan iborat. Yuqoridagi tizma toğlar oraliğida Hisor, Vaxş, Yovon, Quyi Kofarnihon, Surxob (Qizilsuv) va Yaxsuv vodiylari joylaşgan. T. jan.şarqiy qismida Pomir toğlari qad. kötargan (T.ning eng baland joyi — 7495 m). Uning markazida Muzköl tizma toğlari va jan.ğarbda Şim. va Jan. Aliçur tizma toğlari joylaşgan.
T. hududida Örta va Jan. Tyanşan, Pomir burmali tizimlari hamda 2 yirik toğlararo botiq (Farğona va Tojikiston depressiyalari) bor. Pomir va HisorOlay tizma toğlarida toğ billuri, oltin, kumuş, simob, surma, mişyak, volfram, molibden, toştuz, asbest, kumir, neft, tabiiy gaz, temir, rux, qimmatli toşlardan la'l, lojuvard, marmar konlari mavjud. Önlab mineral buloqlar, şu jumladan, Garmçaşma şifobaxş buloği maşhur. Iqlimi kontinental. Yanv.da örtaça t-ra vodiy va toğ yon bağirlarida 2° dan —2° gaça, Pomirda —22°. Iyulning örtaça trasi vodiylarda 30°, Pomirda 10°, eng yuqori t-ra 48° gaça (Vaxş vodiysi va Quyi Panjda). Yillik yoğin miqsori Hisor tizma toğlarining şim. yon bağirlarida 1600 mm gaça. T. markazi va jan.da yoz va kuzda quruq issiq şamol va qisman garmsel, jan.da afğon şamoli esadi. Asosan, Pomir hududida mingdan ortiq kattakiçik muzliklar bor. Dare köp, uz. 10 km dan ortiq bölgan daryolar 947 ta. Ular, asosan, Amudaryo, Sirdaryo va Zarafşon daryosi havzalariga mansub. Faqat Şarqiy Pomirdagi Oqjilğa, Qorajilğa va Muzköl daryolari berkköl — Qorakölga quyiladi.
T.da 930 köl bölib, aksariyati Pomir va XisorOlay tizma toğlari etagida joylaşgan. Sarez, Yaşilköl, Iskandarköl, Kattaköl köllari, Qayroqqum, Norak, Farhod, Kattasoy, Möminobod va b. suv omborlari bor. T. jan.ğarbi va şim.dagi pasttekisliklarda oç kulrang, toğ yon bağirlarida tabiiy kulrang, töq kulrang yoki jigarrang tuproklar uçraydi. Şim. va HisorOlay etaklari tuproqlari oç jigarrang, yuqoriroqda tabiiy jigarrang tuproklar. Ğarbiy Pomir soyliklarida töq kulrang, Şarqiy Pomirda esa çöl tuproqlari mavjud. T. hududida ösimliklarning 4,5 mingdan ortiq turi usadi. Toğ yon bağirlarida, şuningdek, Qurama, Zarafşon, Hisor tizma toğlarida butazor va arçazor, Danğara, Möminobod, Xovaling, Çubek va Farxor atrofidagi toğ va toğ yon bağirlarida pista, yonğoq, anor, olça, örik, nok, tut, bodom, dölana, jiyda, arça va b. yovvoyi mevali daraxtlar ösadi.
Hayvonot dunyosi boy. Sut emizuvçilarning 84, quşlarning 346, sudralib yuruvçilarning 44, haşarotlarning 10 mingdan ortiq, baliqlarning 40 turi mavjud. Yovvoyi hayvonlardan tönğiz, yovvoyi eçki, arxar, kiyik, ayiq, suğur, quşlardan tovuşqon, kaklik, çil, qirğovul, bedana va b. mavjud. Jan.şarq va şim. dagi toğlarda qoplon, böri, tulki, jayra, qaşqaldoq, ilon, yovvoyi muşuk, toğ eçkisi, kiyik, parrandalardan burgut, ördak, laylak va b. jonivorlar uçraydi. Tabiatni qöriqlaş maqsadida Polvontöqay, Romit, Daştijum qöriqxonalari va botanika boğlari taşkil etilgan.
Aholisi. Asosiy aholisi — tojiklar; özbek, rus, qirğiz, turkman va b. ham yaşaydi. Davlat tili — tojik tili. Dindorlarning aksariyati sunniy musulmonlar. Şahar aholisi 28,3%. Yirik şaharlari: Duşanba, Xöjand, Qörğontepa, Kölob, Ustruşona, Xoruğ va b.
Tarixi. Örta Osiyo, jumladan, hozirgi T. xududidan sönggi paleolit davriga oid qurollar topilgan. Qadimda Baqgriya davlati vujudga keddi. Keyinçalik T. hududida Axomaniylar hukmronligi örnatildi. 329 y.da makedoniyalik Aleksandr qöşinlari bostirib keldi, xalq unga qattiq qarşilik körsatdi. Natijada T. hududining bir qismi Salavkiylar davlati tarkibiga, söng hududning aksariyat qismi YunonBaqtriya podşoligi tarkibiga kirdi. Kuşonlar davrida yirik suğoriş kanallari qurildi, şaharsozlik, hunarmandçilik yuqori darajaga kötarildi, ayniqsa, qöşni mamlakatlar bilan savdosotiq va ijtimoiy aloqalar rivojlana bordi. Yunon yozuvi asosida kuşon yozuvi paydo böldi.
5—6-a.larda Örta Osiyoning şarqiy qismini köçmançi xioniy qabilalari, söngra eftaliylar egallab oldi. 6-a. 2yarmida T. hududi Turk xoqokpigi tarkibiga qöşib olindi. 8-a. örtalarida arablar bostirib kelişi natijasida islom dini joriy qilina boşlandi. 9—10-a. larda T. hududi Toxiriylar va Somoniylar davlati tarkibida, 9—13-a.larda Ğaznaviylar, Krraxoniylar, Ğuriylar, Qoraxitoylar, Xorazmşohlar davlatlari tarkibida bölgan. T. hududiga bostirib kirgan Çingizxon qöşinlari (1219—21) aholining qattiq qarşiligiga duç keldi (Xöjandda Temur Malik boşçiligidagi xalq qarşiligi va b.). Möğullar istilosi iqtisodiyijtimoiy va madaniy hayotga jiddiy zarar yetkazdi. 14-a.ning 2yarmiga kelib, xöjalik qaytadan tiklana boşladi. T. hududi bu davrda Amir Temur va temuriylar, 16-a.da esa Şayboniylar saltanati tarkibida böldi. Söngra Buxoro amirligi qöl ostiga ötib, 19-a.ning boşlarida Buxoro amirligi va Qöqon xonligi örtasida taqsimlandi. 19-a.ning 2yarmida podşo Rossiyasi tomonidan zabt etildi. Rossiyada Okt. töntarişi (1917)dan söng aholining jiddiy qarşiligiga (Ibrohimbek, Eşon Sulton, Davlatmandbiy, Fuzayl Maxsumlar boşçiligida) qaramasdan, T. bolşeviklar tomonidan bosib olindi. 1917 y. noyab. — 1918 y. fev.da Şim. T.da şöro hokimiyati örnatildi va u Turkiston ASSR tarkibiga kirdi. T.ning qolgan hududi Buxoro amirligi tarkibida böldi. 1920 y. Buxoro bosqinidan keyin BXSR taşkil etildi. 1924 y. Örta Osiyo respublikalarini «milliydavlat çegaralanişi» deb atalgan bölib taşlaş natijasida T. Özbekiston SSR tarkibida muxtor respublika, 1929 y. esa SSSR tarkibida ittifokdoş respublikaga aylantirildi. 1991 y. 9 sent. da mustaqillik töğrisida deklaratsiya e'lon qilindi va «Tojikiston Respublikasi» nomi tasdiklandi. Ittifoq tugatilib, T. 1991 y. sent.da mustaqillikka erişgaç, turli etnik, diniy va mahalliy uruğaymoqçilik guruxlari örtasida qurolli töqnaşuvlar boşlandi, bu esa mamlakat siyosiy hayotida beqarorlikka olib keldi. Nihoyat, 1997 y.da özaro muxolif kuçlar milliy murosaga kelib, tinçlik örnatildi. T. — 1992 y.dan BMT a'zosi. ÖzR suverenitetini 1992 y. 6 yanv.da tan olgan va öşa yil 1 okt.da diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayrami — 9 sent. — Mustaqillik kuni (1991).
Siyosiy partiyalari va harakatlar. T. xalqdemokratik partiyasi, 1994 y. xalq partiyasi nomi bilan ta'sis etilgan, 1997 y.dan hoz. nomda; T. kommunistik partiyasi, 1924 y. tuzilgan, 1992 y. yanv. da tugatilib, mart oyida qayta taşkil etilgan; T. uyğoniş va milliy birlik harakati; Adolatxoh partiyasi, 1996 y. tuzilgan; Agrar partiya, 1999 y. ta'sis etilgan; T. islom uyğoniş partiyasi (Hizbi nahzati islomii Toçikiston), 1978 y. yaşirin ravişda taşkil etilgan, 1991 y.dan oşkora faoliyat yuritadi; T. demokratik partiyasi, 1990 y. tuzilgan; T. sotsialistik partiyasi, 1996 y. ta'sis etilgan.
Xöjaligi. T. agrarindustrial mamlakat. Yalpi içki mahsulotda qişloq xöjaligi.ning uluşi 25%, sanoatniki 35%, xizmat körsatiş sohasiniki 40%.
Qişloq xöjaligiga yaroqli yerlar 4,3 mln. gektar, şundan ekinzorlar 827631 gektar, yaylovlar 3,2 mln. gektar. Q.x.ning asosiy tarmoği — dehqonçilik bölib, jami qişloq xöjaligi. mahsulotining 65% ni beradi. Unda paxtaçilik, ayniqsa, ingiçka tolali paxta yetiştiriş yetakçi örinni egallaydi. Boğdorçilik, uzumçilik, pillaçilik rivojlangan. Moyli ekinlar, ziğir, kartoşka, sabzavotpoliz ekinlari, yemxaşak ekinlari ekiladi, ğalla va şoli ham yetiştiriladi. Toğ oldi va toğ mintaqalarining suğoriladigan yerlarida tamaki, Hisor va Vaxş vodiylarida yorongul ekiladi. Sitrus mevalar yetiştiriş yaxşi yölga qöyilgan. T.ning barça hududlarida, ayniqsa, toğ yon bağirlarida çorvaçilik rivojlangan: qoramol, qöy, eçki, parranda, yilqi boqiladi.
Sanoatining yetakçi tarmoqlari: yengil (paxta tozalaş, ip gazlama, şoyi, tikuvçilik, gilam töqiş), oziq-ovqat (meva konservasi, yoğmoy va b.), rangli metallurgiya (rangli va noyob metall rudalari qazib çiqariş va boyitiş, alyuminiy işlab çiqariş. va b.), konçilik, kimyo sanoati (mineral öğit, plastmassa işlab çiqariş.), maşinasozlik, metallsozlik. T.da oş tuzi, qönğir kömir, neft, gaz qazib olinadi; quriliş materiallari işlab çiqariladi. Elektroenergetika sanoati rivojlangan: Norak, Roğun va b. GESlarda elektr energiyasi hosil qilinadi (yiliga örtaça 17 mlrd. kVtsoat).
T.y. uzunligi 490 km, avtomobil yöllari uz. 13 ming km. 1991 y.da taşkil etilgan «Tojikiston» aviatsiya kompaniyasi samolyotlari muntazam ravişda MDH mamlakatlarining
Moskva, Samara, Novosibirsk, Olmaota, Bişkek, Aşxobod va b. şaharlariga hamda BAA (Şarja), Pokiston (Karoçi), Afğoniston (Kobul), Eron (Maşhad), şuningdek, Xöjand va Xoruğga uçadi. Duşanba va Xöjand ş.larida xalkaro aeroport bor.
Taşqi savdoda dunyoning 66 mamlakati, xususan, MDH davlatlari, Afğoniston, Xitoy bilan hamkorlik qiladi. T. çetga alyuminiy, paxta, elektr energiyasi, noyob metall va toşlar, rangli rudalar, höl meva va sabzavot, teri, jun çiqaradi. Çetdan iste'mol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalari oladi. Pul birligi — somoniy.
Tibbiy xizmati. 90-y.lardagi siyosiy boşboşdoklik bu sohaga ham jiddiy ta'sir qildi. Mutaxassislarning bir qismi respublikani tark etganliklari bois, uşbu soha jiddiy zarar kördi. Ayni paytda xalqaro hamjamiyatning kömagi asosida respublikada tibbiyot sohasi rivojlana boşladi. «Zumrad» (Isfara), Obigarm, Xöjaobigarm, Şambari, Qoratoğ, Xavotoğ, Garmçaşma sanatoriy va kurortlari muhim şifobaxş maskanlardir.
Maorifi, ilmiy va madaniyma'rifiy muassasalari. Maorifi boşlanğiç, töliqsiz örta, umumiy örta ta'lim maktablaridan, örta maxsus va oliy öquv yurtlaridan iborat. Yirik oliy öquv yurtlari: Tojikiston unti, politexnika, qişloq xöjaligi., san'at, tibbiyot, ped. intlari, Kölob va Xöjand ped. intlari. Bundan taşqari turli vazirliklarga qaraşli ilmiy muassasalar (veterinariya, dehqonçilik, epidemiologiya va gigiyena intlari kabilar) bor.
Respublikadagi i.t.lar Fanlar Akademiyasi tarkibidagi i.t. institutlari va markazlar doirasida amalga oşiriladi.
1999 y. T.dagi 8 yirik oliy öquv yurtlarining taşabbusi bilan tuzilgan Fan va maorifni rivojlantiriş uyuşmasi i. t. muassasalari, oliy va örta öquv yurtlari jamoalarini birlaştirdi. U yangi axborot texnologiyalarini işlab çiqib uni oliy va örta ta'lim tizimiga joriy etiş, i.t.larni rivojlantiriş, xalqaro ta'lim andozalarini T. oliy va örta ta'lim tizimiga joriy etişga, bu sohada xalqaro tajriba ayirboşlaşga kömaklaşiş kabi işlar bilan şuğullana boşladi. T.da Firdavsiy nomidagi T. davlat kutubxonasi, T. Fanlar akademiyasining Markaziy ilmiy kutubxonasi va mingdan ortik, ommaviy kutubxona; 15 davlat muzeyi (Duşanbada Tarix-ölkaşunoslik va tasviriy san'at muzeyi, S. Ayniy nomidagi adabiyot muzeyi, Panjakentda A. Rudakiy nomidagi respublika tarixölkaşunoslik muzeyi va b.) bor.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. T.da bir qança gaz. va jurnali naşr etiladi. Asosiylari: «Jumhuriyat» (tojik tilida çikadigan gaz., 1925 y.dan «Idi tojik», 1955—91 y.larda «Tojikistoni Soveti» nomida çiqqan), «Xalq ovozi» (özbek tilida çiqadigan gaz., 1929—91 y.larda «Sovet Tojikistoni» nomi bilan çiqqan), «Sadoi mardum» («Xalq ovozi», gaz., 1992 y.dan), «Biznes i politika» («Biznes va siyosat», gaz., 1994 y.dan); adabiybadiiy jurnalilar: tojik tilida «Sadoi Şarq» («Şarq ovozi»), «Madaniyati Tojikiston» («Tojikiston madaniyati»), rus tilida «Pamir» («Pomir») va b. T. axborot agentligi (hoz. «Xovar» axborot agentligi) 1933 y.da taşkil etilgan. T.da radioeşittirişlar 1928 y.dan, Duşanba televizion markazi 1959 y.dan işlay boşlagan.
Adabiyoti. Tojik xalqining adabiyoti va madaniyati juda qad. va boy tarixga ega. Tojik yozma adabiyotining manbalari hoz. Eron, Afğoniston va Örta Osiyo hududida yaratilgan qad. xalq oğzaki ijodidan boşlanadi. 9—15-a.larda forsiy (dariy) tilidagi mumtoz adabiyot tojik va forsiy xalklar tarixiymadaniy taraqqiyotining hosilasi edi. Tojik adabiyoti bir neça davrni öz içiga oladi: 1davr — forslar va tojiklar uçun umumiy bölgan fors tilidagi 9—15-a. lar adabiyoti; 2davr — asosan, Örta Osiyo hududida 16— 19-a.ning 1yarmida mavjud bölgan tojik adabiyotini; 3davr — 19-a. ning 2yarmidan 20-a.ning 30-y.larigaça bölgan tojik adabiyotini; 4davr — 20-a. ning 30-y.laridan hozirgaça bölgan tojik adabiyotini öz içiga oladi.
9— 10-a.larda forstojik tilidagi adabiyot, ayniqsa, tez rivojlandi, şu sababli bu davr haqli ravişda tojik mumtoz şe'riyatining «oltin asri» hisoblanadi. Somoniylar davlatining markazi Buxoroda fors tilidagi şe'riyat asosçisi Abu Abdulloh Rudakiy ijod qildi. Şe'riy, nasriy, falsafiyta'limiy asarlarda qad. xalqan'analari va qahramonlik voqealari, adolatli şohlar obrazlari qalamga olina boşladi. Abu Şukur Balxiy, Abulhasan Kisoiy, Daqiqiy ijodlarida insoparvarlik va adolat goyalari tarğib qilinib, zulm qoralandi. 10-a. oxiri va 11-a. boşlarida forstojik şoiri Abulkrsim Firdavsiy özining ölmas «Şohnoma»sini yaratdi. 10-a. oxirida Eron va Örta Osiyoga sufizm ğoyalari kirib kelib, şu asosda diniyfalsafiy ta'limotlar, jumladan, ismoiliylar oqimining adabiyotga ta'siri kuçaydi. Ismoiliylarning ğoyalari şoir va mutafakkir Nosir Xisrav ijodida aks etdi.
13-a. boşlarida möğullar bosqini adabiy va falsafiy goyalarning rivojiga 2 asr davomida katta zarba bergan bölsada, Hindistonning şim. (Xusrav Dehlaviy), Eronning jan. (Sa'diy va uning zamondoşlari), Kiçik Osiyo (Jaloliddin Rumiy)da forstojik tilidagi adabiyot rivoji davom etdi. 15-a.ga kelib Örta Osiyoda adabiyfalsafiy hayot astasekin tiklana bordi. Hirot madaniy va adabiy hayot markaziga aylandi. Bu yerda, ayniqsa, temuriylar hukmronligining söngti yillarida atoqli şoir va adiblar töplangan edi. Adabiy harakat boşida forstojik şoiri Abdurahmon Jomiy va özbek şoiri Alişer Navoiy turar edilar.
16-a.dan tojik adabiyoti fors tilidagi adabiyotlarning umumiy oqimidan ajralib, mustaqil rivojlandi. 19-a. ning 2yarmi — 20-a. boşlarida tojik adabiyotida ma'rifatparvarlik oqimi vujudga keldi. Bu oqimning asosçisi tojik va özbek xalqlarining mutafakkiri Ahmad Doniş edi. Şoir va yozuvçilardan Rahmatullo Vozeh, Şamsiddin Şohin (1859— 93), Muhammad Hayrat (18781902) ğoyaviy jihatdan Ahmad Donişga yaqin edilar. Tojik ma'rifatçilik adabiyotida yangi janrlar (realistik hikoya, falsafiyromantik qissa va b.) paydo böldi, adabiy til xalq tiliga yaqinlaşa boşladi. 20-a.ning boşlarida Sadriddin Ayniy, Toşxöja Asiriy, Siroj Hakim kabi yozuvçilar ma'rifatçilik adabiyoti an'analarini davom ettiribgina qolmasdan, adabiyotni xalq hayotiga yaqinlaştirişda katta işlar qildilar. 1920—30 y.larning boşlarida Abulqosim Lohutiy ijodi muhim örin egalladi. Bu davrda S Ayniy «Odina» (1924), «Doxunda» (1930) kabi nasriy asarlarini yaratdi. 30-y.lar boşida adabiyotga Mirzo Tursunzoda, Jalol Ikromiy, Abdusalom Dehotiy, Rahim Jalil, Hakim Karim, Mirsaid Mirşakar, Sotöm Uluğzoda va b. kirib keldi. 2jahon uruşi yillarida tojik adabiyoti ham butun kuçini faşizmga qarşi kuraşga qaratdi. Uruşdan keyingi yillarda M. Tursunzodaning «Hindiston qissasi» şe'riy majmuasi (1947— 1948), «Hasan aravakaş» (1954), «Osiyo sadosi» (1956), «Jonginam» (1960), «Gangadan Kremlgaça» (1970) dostonlari, Mirsaid Mirşakarning «Jilovlanmagan Panj» (1949), «Toğlik qizning işqi» (1961—62), «Muhabbatning varaqlari» (1975) töplamlari va «Vatan farzandlari» pyesasi, Foteh Niyoziyning «Vafo» (2 qismdan iborat, 1949— 58), «Qurolsiz sarbozlar» (1985), Sotim Uluğzodaning «Yangilangan yer», Rahim Jalilning «Şörob» romanlari naşr etildi. 1980—90 y.lar adabiyotga yozuvçi va şoirlarning yangi avlodi kirib keldi. Bu davrda Mömin Qanoatning «Sino beşigi» (1980), «Olovli muhabbat» (1985) dostonlari, Loiq Şeralining «Oq kun» (1984), «Dil uyi» (1986), «Oftobboron» (1988), «Mozor toşi» (1996) şe'riy töplamlari, Bozor Sobirning «Tun kiprigi» (1981), «Oftobnihol» (1982), «Tatib, tuyib» (1987) şe'riy majmualari, Gulnazar Keldiyevning «Langar» (1984), «Daryo özani» (1986), Gulruxsor Safiyevaning «Ixlos» (1980), «Suğd alangasi» (1981), «Boxtar ruhi» (1987) şe'riy töplamlari va «Sabzabahor ayollari» romani (1991) yaratildi. 1990-y. lardan keyin adabiyotga kirib kelgan Farzona, Iskandari Xatloniy va yana köplab yoş qalamkaşlar tojik adabiyotining rivojida muhim örin tutadi. Me'morligi va tasviriy san'ati. Tojik xalqining badiiy madaniyati qöşni xalqlar, ayniqsa, özbeklar madaniyati bilan özaro boğliqlikda rivojlangan. T. hududidan topilgan tasviriy san'at yodgorliklarining eng qad.si Şarqiy Pomirdagi mezolit (mil. av. 15—10ming yilliklar) davriga oid qoyatoş suratlaridir. Jumladan, Panjakentdan topilgan qoya suratida arfa çalayotgan qiz tasvirlangan (7—8-a.lar). 5—8-a. boşlarida T. hududida devor va minoralar bilan şahristonga ega bölgan şaharlar paydo böldi. Mintaqada islom dini tarqalgaç, T. me'morligida masjid va madrasalar, minora, maqbara va xonaqohlar qad. kötardi. 9—10-a.lardan qurilişda pişiq ğişt işlatila boşlandi. 11—12- a.larda Mozori Şarifda Muhammad Başaro maqbarasi, 14— 15-a.larda Ustruşonada Kök gumbaz masjidi, 11 — 12 va 15-a.larda Konibodomda Muslihiddin maqbarasi barpo etidsi. 14-a. oxiri — 15-a.larda monumental bezak san'atida yoğoç va gançga naqş öyiş, sirlangan va sirlanmagan sopol, yoğoç va gançga tuxumli tempera bilan naqş soliş, zardözlik va b. keng tarqaldi. T. me'morligi 1 qavat paxsa yoki xom ğiştli uysozlikdan boş reja asosida qurilayotgan şaharlargaça bölgan taraqqiyot yölini bosib ötdi. 1930-y.larda Duşanba, Xöjand, Kölob, Konibodom ş.lari boş reja asosida kurila boşladi. 1930—40- y.lar boşlaridagi şaharsozlikda Örta Osiyo me'morligi elementlari bölgan klassitsizm şakllari ustunlik qildi. 50-y.larning 2yarmida şarq an'analarini özida mujassamlaştirgan binolar paydo böla boşladi. 1960-y.lardan söng T. me'morlari kiçik mavzelar barpo etişga ötdilar. Sanoat rivojlanişi tufayli Qörğontepa, Tursunzoda, Norak, Yovon singari yangi zamonaviy şaharlar qad. kötardi. Duşanbadagi «Tojikiston» mehmonxonasi (1975, me'mori A. I. Onişçenko), kinokonsert zali (1985, me'mori S. M. Sutyagin) kabi zamonaviy muhtaşam binolar barpo qilindi.
T.da zamonaviy tasviriy san'at 20-a. ning 20-y.larida vujudga kela boşladi. Ilk rassomlar siyosiy va taşviqiy plakatlar, hajviy jurnalilar uçun bezaklar yaratiş, öquv darsliklari va badiiy asarlarni bezaş bilan şugullandilar. 2jahon uruşi davrida grafika, plakat va, ayniqsa, karikatura rivojlandi. 40-y.lar oxiri va 50-y.larda tasviriy san'at janrlari köpaydi, rassomlar mahorati oşdi. 1947 y. Respublika tasviriy san'at muzeyining oçilişi bunga yaxşi şaroit yaratdi. Peyzaj janrida I. Abdurahmonov, F. Solmonov, S. Zaxarov salmoqli muvaffaqiyatga erişdilar. Keyinçalik yetişib çiqqan rassomlar I. Raximov, X. Xuşvaqtov, 3. Habibullayev, A. Aminjonov, haykaltaroşlar A. Ğaniyev, K. Jumagazin, grafik rassomlar K. Turenko, X. Rasulov, D. Safoyevpar hayotiy mavzularda ijod qildilar. X. Xuşvaqtovning «Xoruğ», «Olay vodiysi», «Pomir toğlarida», 3. Habibullayevning «Ğijjak», «Yaylovda bahor» asarlari zör mahorat bilan yaratilgan.
1990-y.lar T. tasviriy san'atida milliy an'analarni, zamonaviy badiiy ğoyalarni çuqurroq singdirişga asosiy ahamiyat berildi. Çunonçi, rassom S. Qurbonov ijodiga tojik xalqining tarixi, milliylik ildizlari, urfodatlari gözal şakllarda romantik badiiy uslubda aks ettirilgan. T. xalqining köp asrlik tasviriy va amaliy san'atida bezak asosiy yönaliş bölgan. M. Xuşmuhamedov, A. Haydarov, A. Kamelin, A. Raximov, M. Beknazarovlar milliy meros an'analarini birmunça yangilagan holda mana şu yönalişda ijod qilmoqdalar. P. Falbov, S. Şaripov, A. Sayfiddinov kabi rassomlar bu sohada yangi yönaliş yaratiş yöliga tuşib oddilar. L. Irismetova, M. Nosirova, M. Qodirova, M. Qurbonova, 3. Davlatşoyeva, D. Mamajonova, N. Hamidova, S. Saidova singari iste'dodli ayol rassomlar yetişib çikdi. T. zamonaviy haykaltaroşligi (A. Bikasiyon, V. Odinayev, J. Toşmatov asarlari) da ham yangi yönaliş boşlangani seziladi. A. Lohutiy (haykaltaroş I. Milaşeviç), Mirzo Tursunzoda (haykaltaroş A. Bikasiyon) haykallari, B. Ğafurov byusti (haykaltaroş I. Ivanov), Duşanba ş.dagi «Vaxdat» memoriali (1999), Qörğontepadagi Ismoil Somoniy haykali (1999) şundan dalolat beradi.
Amaliy san'at sohasida — kulolçilikda A. va B. Mavlonovlar, S. va S. Soxibovlar, M. Mirzoyev; naqqoşlikda M. Olimov, K. Gayurov; yoğoç öymakorligida Yu. Baratbekov, A. Yöldoşev, A. Yahyoyev; kaştaçilikda 3. Baxriddinovalar samarali ijod qilmoqsalar. 1998 y. Özbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy körgazmalar zalila T. rassomlarining badiiy körgazmasi bölib ötdi. Unda T. istikdol davri tasviriy san'ati keng namoyiş etilgan. T. Me'morlar uyuşmasi 1936 y., Rassomlar uyuşmasi 1933 y. taşkil etilgan. T. badiiy san'at xodimlari Duşanbadagi Davlat
Badiiy kollejida tayyorlanadi. Köpgina tojik san'atkorlari Özbekiston san'at intlari va bilim yurtlarida ta'lim olgan.
Musiqasi. An'anaviy musiqa madaniyati boy va xilmaxil. U bir neça mahalliy uslubdan taşkil topgan. Suğd viloyatida azaldan yonmayon yaşab kelgan tojik va özbek xalqlarining musiqa an'analari özaro qorişib ketgan. Ikkala qardoş xalq musiqa ijodida mehnat, maişiy va morosim qöşiqlari («Mayda», «Yoryor», «Naqş» «Alla», «Boyçeçak», «Sadr», «Marsiya» kabi), lirik qöşiklar («muxammas», «bayt» va b.), laparlar, bastakorlar aşula va kuylari (Sodirxon hofiz Boboşarifov va b.), xalq va professional sozlardan dutor, ğijjak, çang, nay, surnay, qöşnay, doyra va b. asosiy örin tutadi (yana q. FarğonaToşkenpg musiqa uslubi). Xatlon viloyatida «Falak» («Falaki») qöşiq turkumlari lirikfalsafiy mazmundagi forsça şe'rlarga yakkaxon xonanda tomonidan soz jörligida aytiladi. Şu yerda yaşayotgan özbek (laqay)larning musiqa an'analari Özbekistonning SurxondaryoQaşqadaryo musiqa uslubiga yaqin: doston va terma janrlari, dömbira, çangqönğiz, çöpon nay ijroçiligi va h.k. Toğli Badaxşon muxtor viloyatida istiqomat qilayotgan vançlik, yazgulemlik, ruşonliklar kabi elatlarda öyin qöşiq va kuylari («Aspakbozi», «Rupsak bazay» kabi), musiqiy tomoşa («Bobo safar» «Möğulbozi»), «Dehqonnoma» kabi mehnat qöşiklari, «Çorbaytxo», «Ğazalxo» kabi lirik qöşiqlar, ayollar ijodida — «Bulbulik», «Dargilak» kabi lirik aytimlar, çolğulardan esa sörnak (çöpon nay), vanç dutori, pomir rubobi, blandzikom va b. maşhur. Mumtoz musiqa (maqom, aşula yöllari, çolğu kuylar) asosan şahar (Xöjand va b.)larda şakllangan. 20-a. örtalaridan FartnaToşkent maqom yöllari bilan birga Buxoro Şaşmaqomn ijroçiligi ham rivoj topgan (F. Şahobov, Ş. Sohibov, B. Fayzullayev va b.). T.da dastlabki musiqa öquv yurtlari 1929 y. Xöjandda, 1934 y. Duşanbada taşkil etilib, 1939 y.da birinçi tojik operasi «Vose qözğoloni» (kompozitor S.A. Balasanyan) namoyiş qilindi. T.da Suğd viloyat musiqali komediya teatri, davlat filarmoniyasi, «Gulşan» estrada ansambli (1966 y.dan), Borbad nomidagi konsert saroyi faoliyat körsatadi. Bastakorlardan Aqmad Boboqulov, Boymuxdmmad Niyozov, Ma'rufxöja Bahodurov, xonandalardan Zafar Nozimov, Hanifa Mavlonova, Şohista Mullajonova, Jörabek Murodov, Jörabek Nabiyev, Nigina Raupova, Mastona Ergaşeva, Davlatmand Xolov, Daler Nazarov, Afzalşo Şodiyevlarning tojik san'atini rivojlantirişdagi hissalari katta.
Teatri. Yevropaça tipdagi tojik teatri dastlab 1919 y.da Xöjandda, keyinçalik Konibodom, Öratepa va Isfarada havaskorlik teatrlari tarzida paydo böddi. 1929 y. Duşanbada havaskorlik tögaragida Tojik davlat drama teatri nomi bilan 1professional teatr (hoz. Lohutiy nomli teatr) taşkil etildi. 1932 y. Xöjandda musikali drama teatri iş boşladi. Ularda zamonaviy mavzudagi asarlar sahnalaştiryddi. A. Usmonovning «Kuraş», K. Yaşinning «Yondiramiz», J. Ikromiyning «Duşman», M. Tursunzodaning «Hukm», M. Aminzodaning «Şaraf» pyesalari körsatildi. Firdavsiyning «Şohnoma»si asosidagi «Rustam va Suhrob», jahon mumtoz dramaturgiyasining «Otello», «Makr va muhabbat» asarlari Lohutiy nomli teatr sahnasida namoyiş etildi. Aktyorlardan M. Qosimov, L. Zohidova, T. Fozilova, A. Burhonov, X. Rahmatullayev, G. Vallamatzoda, B. Tojiboyeva, balet raqkrsasi M. Sobirova va b. maşhur. Rudakiy nomidagi Xoruğ va S. Valizoda nomidagi Kölob musikali drama teatrlari jamoalari T.da teatr san'atining rivojiga muhim hissa qöşdilar.
Kinosi. T. kinematografiyasi 1929 y. vujudga keldi. Duşanbaga 1poyezd kelişiga bağişlangan kinojurnal suratga olib körsatildi. 1930 y. «Tojikkino» birlaşmasi taşkil etildi. 1932 y. «Amirlar ölgan çoğda» birinçi badiiy filmi yaratildi. 1939 y. «Boğ» (rej. N. V. Dostal), «Döstlar qayta uçraşganda» (rej. K. Yormatov) nomli dastlabki ovozli badiiy filmlar yaratildi. 40-y. larda harbiy vatanparvarlik mavzuidagi hujjatli filmlar («Temurning qasami», «Tojikiston farzandi» va b.) suratga olindi. 1957 y. rej. B.A. Kimyogarov S. Ayniyning «Doxunda» tarixiy qissasini, söng M. Tursunzodaning «Hasan aravakaş» dostonini ekranlaştirdi. Şundan söng bir kator badiiy filmlar — «Döstim Navruzov» (rej. lar Ş. Qiyomov, N. Litus), «Toğdagi çirok» (rej. B. Dolinov), «Bir qizni uçratdim» (rej. R. Ya. Perelşteyn), «Öğlim uylanmoqçi» (rej. T. Sobirov) badiiy filmlari yaratildi. 1960—70 y.larda yetişib çiqqan M. Qosimov, M. Oripov, S. Hamidov, V. Ahadov, B. Arabov kabi rej.lar kinematografiyaga yangi mavzu va uslublar olib kirdilar. Ularning «Nisso», «Toğlarda yuragim qoldi», «Köhna masjid yonidagi uçraşuv», «Jöra sarkor», «Uçinçi qiz» kabi filmlari muvaffaqiyat qozondi. 1970—1980 y.larda qator badiiy va hujjatli filmlar suratga olindi. D. Xudonazarov («Yoşlikning birinçi tongi»), Yu. Yusupov («Jinoyatçi va oqlovçi») kabi rej. lar maşhur böldi. Tojik kinosini rivojlantirişga rej.lardan K. Yormatov, N. Tillayev, artistlardan M. Qosimov, 3. Döstmatov, M. Vohidov, ssenariyçilardan M. Tursunzoda, S. Uluğzoda, M. Mirşakar va b. katta hissa qöşdilar.
Özbekiston — T. munosabatlari. Tojik va özbek xalkdarining yaşaş şaroiti, urfodatlari, turmuş tarzi bir-biriga nihoyatda yaqin. Özbekiston Respublikasi Prezidenta I. A. Karimov ta'kidlaganidek, özbek va tojik xalklari ikki tilda gaplaşadigan bir xalq. Bu 2 xalqning ötmişda birgalaşib, öz ozodligi, erki uçun kuraşgani, ölmas me'moriy yodgorliklari va san'at durdonalarini yaratgani tarixdan ma'lum. Asrlar davomida kupgina tojik va özbek san'atkorlari biribiriga ustoz, biribiriga şogird bölib ijod kilib kelişgan.
Ikki buyuk arbob — Jomiy bilan Navoiyning döstligi va hamkorligi tojik hamda özbek adabiy va madaniy aloqalari tarixidagi yorqin sahifadir. Jomiy va Navoiy boşlab bergan zullisonaynlik an'analarini Maşrab, Turdi, Nodira, Furqat, Zavqiy, Anbar otin, Asiriy, Ayniy, Hamza va b. davom ettirdilar. Hamza tojik tilida ham ğoyaviy badiiy jihatdan yetuk şe'rlar yaratişi bilan barobar özining drama truppasi bilan T.ning şahar va tumanlarida tomoşalar körsatdi.
S. Ayniy «Kullar» romanini özbek tilida yaratdi va tojik hamda özbek tilida samarali ijod qilib, özining ham badiiy, ham ilmiy asarlari bilan 2 xalq madaniyatini rivojlantirişda katta rol uynadi.
20-y.lar oxiridan T. teatrlarida Xamzaning «Boy ila xizmatçi», K. Yaşinning «Gulsara», F. Zafariyning «Halima», Xurşidning «Farhod va Şirin», keyinroq S. Abdullaning «Tohir va Zuxra», Uyğun va I. Sultonning «Alişer Navoiy», Tuyğunning «Muhabbat» va b. pyesalari sahnalaştirildi. Ai ni vaqtda tojik dramaturglaridan S. Uluğzodaning «Gavhari şamçiroq», S. Ğanining «Tuy», Ğ. Abdulloning «Şarq sadosi» kabi pyesalari özbek teatrlari sahnalarida namoyiş qilindi.
Tojiközbek madaniy va adabiy aloqalarning ravnaq topişida badiiy tarjimaçilik ham muhim ahamiyatga ega. S. Ayniyning 8 jildli asari, A. Lohutiyning «Devon»i, M. Tursunzodaning deyarli barça asarlari, Mirşakarning «Biz Pomirdan keldik», «Oltin qişloq», «Tog qizining işqi», J. Ikromiyning «Olov qizi», «Buxoroning ön ikki darvozasi», S. Uluğzodaning «Yoşligimiz tongi», «Vosye», R. Jalilning «Pölod va Gulrö», «Şörob», F. Niyoziyning «Vafo» asarlari va b.ning şe'riy, nasriy asarlari özbek tilida naşr etilgan. Ayni vaktda Hamza, A. Qodiriy, F. Ğulom, Oybek, A. Qahhor, Ğayratiy, H. Olimjon, Ş. Raşidov, Zulfiya, A. Muxtor, R. Fayziy, S. Abdulla, E. Vohidov, A. Oripov, G. Jurayeva, B. Boyqobilov va b.ning asarlari tojik tiliga tarjima qilinib, T.da naşr etilgan. Özbektojik adabiy va madaniy aloqalarining ravnaq topişida T.da yaşab özbek tilida ijod kilgan şoir va yozuvçilar: Aşirmat, M. Tölqin, M. Oston, Ö. Jamol, J. Toşmatov, 3. Döstmatov, K,. Mamajonov, Ş. Sattor, A. Usmon, X. Qurbonova, S. Nişonova, J. Ergaş, U. Umarov, A. Zuhur va b.ning ham hissasi bor.
Uşbu ijtimoiytarixiy an'ana har 2 davlat milliy mustaqillikni qölga kiritgaç, yangiça mazmun kasb etdi. Özbekiston T.dagi harbiysiyosiy vaziyatni barqarorlaştirişda va uni ijobiy yeçimini topişda sezilarli mavqeni egalladi. ÖzR Prezidenti I.A. Karimov 1992 y. sent.da BMT ning Boş kotibiga murojaatnoma yöllab, xalqaro hamjamiyat e'tiborini T. muammolariga qaratib bu muammolarni tinç yöl bilan hal etişga çaqirdi. T.da tinçlik jarayonining amalga oşişi va ahdlaşuvlarning barça bosqiçida Özbekiston rasmiy kuzatuvçi sifatida iştirok etdi. 2000 y. 14—15 iyunda I. A. Karimovning rasmiy taşrif bilan Duşanba ş.da bölişi, E. Rahmonovning Toşkentda bölişi özbektojik munosabatlarining yangi poğonaga kötarilişidan dalolat edi.
1998 y. yezda Özbekistonda T. Respublikasining madaniyat kunlari bölib ötdi. 1995 y. Toşkent ş.da T. Respublikasining, 2000 y. Duşanba ş.da ÖzR elçixonasi oçilib, ular davlatlararo siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma'naviy alokalarni muvofiqlaştiriş yölida xizmat qilmoqda.
Keyingi vaqtda ÖzR bilan T.ning savdoiqtisodiy aloqalari birmunça rivojlandi. ÖzRning taşqi savdo aylanmasida T.ning uluşi 2003 y.da 2002 y.ga nisbatan 24,7% oşdi va 2,2% ni taşkil etdi.
Nasriddin Mamanazarov.