Tabiati. D. Şim. Kavkaz toğlarining şarqiy qismida joylaşgan. Şarqda Kaspiy dengiziga tutaşadi. Qirğoği (uz. 530 km) kam parçalangan. Relyefi jihatidan D. hududi 4 qismga bölinadi: Pasttekislik qismi — Kaspiy böyi pasttekisligining jan.-ğarbi (bu hududning ançagina qismi okean sathidan past), Toğ etaklari, Içki toğli D. — keng plato va kambar tizmalardan iborat. Bal. 2500 m gaça. Dara va kanon köp. Eng çuquri Sulak daryosida (1800 m gaça). Baland toğli D. — Katta Kavkazning Boş tizmasi yoki Suvayirğiç tizma va uning Yon tizmasi. D.ning eng baland joyi — Bozordyuzyu çöqqisi (4466 m). D. zaminida foydali qazilmalardan neft, yonuvçi gaz, toşkömir, oltingugurt, mergel, kvars kumlari, 200 dan ortik, mineral buloq bor. Iqlimi umuman issiq va quruq. Yanv.ning örtaça t-rasi pasttekislikda 1,4° dan —3° gaça (toğlarda —5° dan —11° gaça), iyulda 24° gaça. Yiliga pasttekislikning şim.-şarqida 200—300 mm, toğlarda 600—800 mm yoğin yoğadi. Asosiy daryolari: Terek, Sulak, Samur. Terek va Sulak daryolari etaklarida köl köp. Tuproği pasttekislik va toğ etaklarida kaştan tuproq, balandroqda toğ qoratuproği, toğ-örmon va toğ-ötloqi tuproqlari. Pasttekislikda va toğ etaklarining quyi qismida çöl şuvoq-şöra, çala çöl boşoqli-şuvoq ösimliklari ösadi. Toğ yon bağirlarida asosan dub, grab, qoraqayin, qayin, qarağay örmonlari mavjud. Baland toğli joylarida doğiston takasi, bezoar eçkisi, elik, toğ eçkisi, qönğir ayiq, asl buğu, ba'zan qoplon va b. sut emizuvçilar uçraydi. Quşlardan toğ kurkasi (ular), kaklik, burgut va b. yaşaydi. Kaspiy dengizidan turli xil baliq ovlanadi.
Aholisi. Respublikada avar, rus, darğin, qömiq, lazgin, lak, ozarbayjon, tabasaran, tat, çeçen, nöğay va b.lar yaşaydi. Şahar aholisi — 44%. Muhim şaharlari: Maxaçqala, Darband, Xasavyurt.
Tarixi. D. hududida odam paleolit davridan boşlab yaşab keladi. Mil. av. 1-ming yillikning oxirlarida D. aholisi Ozarbayjon hududida vujudga kelgan yirik davlat — Kavkaz Albaniyasi fuqaroligiga ötgan. Mil. 3-a.da jan. D.ni sosoniylar bosib olgan. 4-a. ga kelib Kaspiy sohillarini gunnlar egallagan. 664 y. D.ni arablar egallab, aholi islom dinini qabul qilgan. 11- a. örtalarida Ozarbayjonni va D.ning köpgina qismini saljuqiylar bosib oldi. 12-a. oxirida Avar xonligi degan yirik davlat vujudga keldi. 13-a.ning 20-y.larida D.ga möğullar bostirib kirdi va mamlakat uzoq yillar Oltin Örda zulmi ostida yaşadi. Markazlaşgan rus davlati taşkil topgaç (16-a. örtalarida), Rossiyaning D.ga qiziqişi oşdi. 1722 y. Pyotr I qöşinlari D.ning dengiz sohillarini bosib oldi. Ganja şartnomasi (1735) dan söng bu joylar Eronga topşirildi. Guliston sulh şartnomasi (1813)ga binoan D. Rossiya qaramoğiga ötdi. Ammo podşo hukumatining mustamlakaçilik siyosati toğliklarning qözğolonlariga sabab böldi. 19-a.ning 30-y.larida muridlik bayroği ostida toğliklarning mustamlakaçilikka qarşi milliy ozodlik harakati boşlandi. Harakatga D. va Çeçeniston imomlari — Ğozi Muhammad, Hamzatbek va Şomil rahbarlik qildi. Kavkaz uruşlari (1817—64) natijasida qözğolon bostirildi. 19-a. örtalarida, ayniqsa 90-y.larda D.da boçkasozlik, neft haydaş z-dlari, arqon va qoğoz f-kalari, bosmaxona va b. vujudga keldi, 20-a. boşlarida korxonalar köpaydi. 1917 y. 1 dek.da Petrovsk-Portdagi mitingda Şöro hokimiyati örnatilganligi e'lon qilindi. Ammo, 1918—20 y.larda nemis-turk qöşinlari va oq gvardiyaçilar uni bosib oldilar. 1920 y. mart oyida qizil armiya kuçi b-n D.da yana Şöro hokimiyati tiklandi.
1920 y. 13 noyab.da D. xalqlarining favqulodda qurultoyida bolşeviklarnkng tazyiqi b-n Şöro muxtoriyatini tuziş haqida qaror qabul qilindi. 1921 y. 20yanv.da Butun Rossiya MIK dekreti b-n RSFSR tarkibida Doğiston ASSR taşkil qilindi. Şu davrdan to 1991 y. maygaça D.dagi iqtisodiy taraqqiyot, maorif, fan va madaniyatning rivoji bir yoqlama yöldan bordi.1991 y. maydan D. Respublikasi deb nomlandi.
1970 y. 14 may kuni D.da qattiq zilzila böldi. Tabiiy ofat şahar va qişloqlarga katta ziyon yetkazdi. Şu munosabat b-n Özbekiston ham D.da uy-joy qurilişi işlarida katta yordam körsatdi. D.dagi «Özbekiston» mikrorayoni özbek va D. xalqlari döstligining ramzidir.
Xöjaligi. Sanoat mahsulotining 80% oziq-ovqat, maşinasozlik, yengil sanoat (gilamdözlik)ga töğri keladi. Iqtisodiyotida elektr energetika va neft çiqariş, quriliş materiallari, kimyo sanoati ham muhim rol öynaydi. Eng yirik elektr st-yalari — Çiryurtov GES, Gergebil GES va Çirkey GES. Tabiiy gaz qazib olinadi. Terek-Kuma pasttekisligining şim. da neft va gaz konlari bor. Maşinasozlik va metallsozlik korxonalarida (Maxaçqala, Izberbaş, Darband, Qizilyurt, Buynaksk) metall qirquvçi stanoklar, kema mexanizmlari, dizellar, elektrotermik asboblar, elektrotexnika apparatlari, separatorlar, nasoslar, turli xil pribor va avtomatika vositalari işlab çiqariladi. Kuriliş materiallari sanoati yirik şişa zdi, uysozlik k-ti va temir-beton konstruksiyalari zdidan iborat. Kimyo sanoati korxonalari (Maxaçkala) lok, böyoq va şişa tola işlab çiqaradi. Çiryurtovda yirik fosfor tuzlari zdi bor. Oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Töqimaçilik (asosan ip va jun gazlama), trikotaj, tikuvçilik, kön-poyabzal sanoati ham mavjud. D. gilam töqiş, zargarlik va b. b-n azaldan maşhur.
Q. x. boğdorçilik, tokçilik va ğalla (buğdoy, arpa, makkajöxori, şoli) yetiştirişga ixtisoslaştirilgan. Çorvaçilikda qöyçilik asosiy örinni egallaydi. Köproq göşt-jun beradigan qöylar boqiladi, mayin junli qöylar ham köp.
T. y.lar uz. 435 km, avtomobil yöllari uz. 9600 km. Havo transporti Maxaçqalani boşqa şaharlar b-n boğlaydi. Maxaçqala yirik dengiz porti hamdir.
Soğliqni saqlaş. D.da 10 mingdan ortiq örinli kasalxonalar, ambulatoriya-poliklinika yordami körsatadigan muassasa, 7,7 ming vraç (10 ming kişiga 40,1 vraç) işlaydi. Bir neça sanatoriy va dam oliş uyi, 100 ga yaqin şifobaxş suv manbai, Talgi kurorti hamda Maxaçkala, Riçalsuv, Gunib, Buynaksk kabi oromgohlar bor.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. 295 maktabgaça tarbiya muassasasida 308 mingga yaqin bola tarbiyalanadi. 1589 umumiy ta'lim maktabi (395 ming öquvçi), 27 ta maxsus öquv yurti (20,8 ming öquvçi) bor. 5 oliy öquv yurti, jumladan Doğiston un-ti (1957 y. taşkil etilgan; 8 mingga yaqin talaba) da 27,3 ming talaba öqiydi. 842 ommaviy kutubxona (6,4 mln. kitob va jur.), 1066 klub muassasasi, 8 muzey (jumladan, Maxaçkaladagi tasviriy san'at muzeyi, S. Stalskiy uy-muzeyi va b.), 7 teatr, 898 kino kurilma bor. D.da 20 i. t. muassasasi işlaydi.
Adabiyoti — köp tilli (avar, lazgin, tat, nöğay va b.). D. xalqlarining qad. qöşiklari, yodnomalari, ertak, afsona, maqol va hikmatli sözlari bu adabiyotning yaratilişiga asos bölgan. Lakça «Partu Patima», «Nodirşox.ning tor-mor etilişi haqida», avarça «Xoçbar haqida qöşiq», qömiqça «Oyğozi haqida qöşiq» kabi qöşiqlarda xalqlarning jabr-zulmga va Eron bosqinçilariga qarşi kuraşi kuylanadi. 17—18-a. larda xalq oğzaki ijodida baxşiçilik san'ati rivojlandi. Yozma adabiyotda esa zullisonayn ijodkorlar köpaydi (Hoji Muhammad ibn Musa al-Qudutli, Hoji Dovud al-Ösişiy, Muhammad ibn Ali al-Ubriy va b.). Arab grafikasi asosida «ajam» yozuvi paydo böldi (18-a.).
19-a.da D. adabiyotida demokratik ğoyalar çuqur ildiz ota boşladi (qömiq Yirçi Qozoq, lazgin Yetim Emin, darğin Umarla Botiray va Mungi Ahmad, rugujilik avar Eldarilav, batlayçalik Tojutdin va b. ijodida). Bu davrda lirika yana ösdi. Darğin Suqur Qurbon, lak Malley, avar Mahmud, qömiq şoirlari Anxil-Marin va Patimat, lazgin G. Alqodiriy, lak G. Guzunov va Yu. Murkelinskiy, qömiq M. Albekov, M. Osmonov, N. Botirmirzayev kabi ijodkorlarning asarlarida jamiyat turmuşini özgartiriş, ta'limtarbiya haqidagi ilğor fikrlar ilgari surilgan.
20-a.da S. Stalskiy, Hamzat Sadasa, S. Gabiyev, G. Saidov, 3. Botirmirzayev, P. Nurov, A. Iminoğayev, Hoji Axtinskiy, tloxlik Muhammad kabi şoir va yozuvçilar ijod qildi. Drama asarlari yaratila boşladi (G. Saidovning «Miskarlar», 3. Botirmirzayevning pyesalari va b.). 20—30-y.larda avar 3. Gajiyev, darğin R. Nurov, A. Iminoğayev, qömiq A. P. Salavatov, A. Magomedov, B. Ostemirov, T. Boybula-tov, lak I. Qurbonaliyev, M. Çarinov, lazgin A. Fataxov kabi ijodkorlar yetuk badiiy asarlar yaratişdi.
2-jahon uruşi yillarida H. Sadasa, Qoziya Ali, A. Ğafurov, A. Ajiyev, A. V. Sulaymonov, Yu. Xappalayev kabi şoirlar xalqni faşistlarga qarşi kuraşga çaqirdi. Uruşdan keyingi yillarda D. adabiyotining kölami kengaydi, xilma-xil badiiy şakl, uslub va janrlar vujudga keldi. D. xalq şoiri R. Hamzatov «Tuğilgan kunim», «Qalbim toğlarda», «Toğ qizi» kabi dostonlari, jöşqin şe'rlari b-n dunyoga maşhur böldi. Keyingi davrda Fazu Aliyeva, A. Saidov, S. Rabadanov, G. Bagandov, S. Izgiyayev, M. Otaboyeva, M. Aminovlar barakali ijod qildilar. D.da bolalar adabiyoti ham rivoj topdi (R. Raşidov «Men xuş körgan bolalar», «Ovulimizga qiş keldi»; R. Hamzatov «Bobom»; 3. Gajiyev «Vodiy quşçalari», «Qorbobo toğda»; A. Magomayev «Bobo va nabira»; D. Atnilov «Birinçi dars» va b. töplamlar). Dramaturgiyada ham yetuk asarlar yuzaga keldi (M. Aliyev «Ramazonovlar oilasi»; M. Gairbekova «Uçraşuv»; A. Ajamatov «Kelinlar»; T. Xuryugskiy «Oşiq Sayd»; A. Qurbonov «Qaytmasning töyi»; G. Rustamov «Rayhon» va b.). D. adabiyotida barça adabiy janrlar, jumladan, kinodramaturgiya (Ahmadjon Abu Bakar «Bulutlar tarqaldi», «Adam va Xeva») va adabiyotşunoslik rivojlangan.
S. Stalskiy şe'rlari, R. Hamzatovning «Yuksak yulduzlar» şe'rlar töplami va «Doğistonim» asari özbek kitobxonlarining ham mulki bölib qoldi.
Me'morligi va tasviriy san'ati. Uzunligi 40 km dan ortiq Darband mudofa istehkomining toş devorlari va qal'alari 6-a.da barpo etilgan. 8—9-a. larda arab me'morligining ta'siri kuçaydi (Darbanddagi jome masjid). D. me'morligi asrlar davomida, asosan xalq me'morligi asosida rivojlangan (bu yerda yaşovçi har bir xalq öziga xos me'morlik usuliga ega). Toğli joylarda ovullar uzun tor yölakli va zinali köçalardan iborat bölib, toşdan turar joy, jome masjid va b. qurilgan. 14— 15-a.lar va 17—18-a.lardagi yodgorliklar Ozarbayjon me'morligiga yaqin uslubda barpo etilgan, Darbandda mahalliy me'morlik maktabi şakllangan. 18— 19-a. larda uylar toğlarda toşdan, tekislikda somonli loydan qurilib, asosan içki bezagiga (naqşlar, yoğoç öymakorligi va b.) ahamiyat berilgan.
20-a.da uylarning taşqarisini uymakori naqşlar b-n bezaş avj olgan. 19—20-a.larda D.da rus klassitsizma. uslubida binolar barpo etildi. Keyingi davrda eski şaharlar qayta qurildi, köplab maişiy-ma'muriy va turar joy binolar (Maxaçqalada — hukumat uyi, me'mor A. M. Alxazov; «Doğiston» mehmonxonasi, me'mor G. Grimm; Drama teatri, me'mor G. Ya. Movçan va b.) zamonaviy uslubda yaratildi.
D. hududida neolit va jez davrlariga oid sopol buyumlar, naqşlangan toşlar, badiiy metall buyumlar topilgan. Örta asrlarda togdagi ovullarning kupi hunarmandlik buyumlari işlaşda turli sohalar böyiça ixtisoslaşgan. Köp tumanlarda gilam, guldor paypoklar juda qadimdan töqiladi.
20-a.ning 2-yarmida tasviriy san'at rivojlandi. Rassomlardan M. A. Jamol, Yu. A. Möllayev, haykaltaroş X. N. Asqarsarija D. tasviriy san'atiga asos soldilar. 1950—60-y.lardan A. I. Avgustoviç, K. A. Murzabekov, A. I. Şaripov, aka-uka Sungurovlar kabi rassomlar ijod qila boşladi. 1959 y. Maxaçqalada M. A. Jamol nomidagi Badiiy san'at bilim yurti oçilgan.
Musiqada qahramonlikni kuylaş alohida örinda turadi. Mehnat va muhabbatni madh etiş odat tusiga kirib qolgan. Puflama sozlardan — zurna, duduk, balaban, kşul, torli musiqa asboblaridan — yoğoç-qömuz, tara, tamur, saz, kamança, urma çolğulardan — tep, gaval, diplipito, şuningdek, bayan, balalayka, mandolina, skripka, gitara, klarnet kabi xilma-xil çolğu asboblari jörnavozligida kuylaş odat tusiga kirgan. Lezginkalar b-n birga şöx raqslar köp tarqalgan. Ustozona musiqa namoyandalari (lazgin va laklarda — oşiq, qömiqlarda — yirçi, avarlarda — şoir, koçoxon, darğinlarda — dalalayla yoki usta)ning ijodi an'anaviy musiqa san'atining asosiy qismini taşkil etadi.
D.da musiqa bilim yurti, simfonik orkestr, xalq çolğu asboblari orkestri, aşula va raqs ansambli, filarmoniya, musiqa bilim yurti va bir neça musiqa maktabi mavjud.
Teatr san'ati qömiq, avar, lazgin, lak, darğin va b. xalqlar ijodidan taşkil topgan. Paxlavon-akrobatlar, dorbozlar, jonglyor va xalq qiziqçilari («dombaylar») san'ati keng tarqalgan. 1914 y.da lezginlarning, 1915 y.da laklarning, 1916 y.da qumiklarning havaskor drama tögaraklari vujudga keldi. 30-y.larda qömiq, lazgin, avar, lak musiqali drama teatrlari oçildi. Şu teatrlarning taşkil topişi va rivojlanişida A. P. Salavatovning pyesalari, R. Fatuyevning «Toğliklar», A. Ajamatovning «Ansor», M. Xurşilovning «Ötgan kunlar» kabi asarlari muhim ahamiyatga ega böldi. R. Hamzatovning «Toğ qizi», B. Aydayevning «Sulaymon Stalskiy», U. Mantayevning «Takdir», M. Sulaymonovning «Toğdagi qal'a» va b. pyesalari D. teatrining keyingi davrdagi asosiy mahsulidir. D. teatr arboblaridan B. M. Murodova, A. S. Kurumov, S. A. Kuxmazov, 3. N. Nabiyeva, G. A. Rustamov, M. R. Raşidxonov, Ş. Abdullayev, M. Abduxoliqov, A. Qurbonova va b. maşhur.