Tabiati. R. hududi meridian böylab 2,5—4 ming km ga, ğarbdan şarqqa 9 ming km ga çözilgan. Mamlakatning eng ğarbiy nuqtasi Polşa b-n bölgan çegarada (Kaliningrad viloyati), şarqiy nuqtasi Bering böğozidagi Ratmanov o.da, çekka jan. nuqtasi Ozarbayjon b-n bölgan çegarada, çekka şim. nuqtasi FransIosif Yeri arxipelagidagi Rudolf o.da, R. hududining 45% örmon, 4% suv, 13% q.x.ga yarokli yerlar, 19% buğu yaylovlari, 19% boşqa yerlardir.
Relyefi. R. maydonining qariyb 70% tekislik. Ğarbda Şarqiy Yevropa (yoki Rossiya) tekisligi joylaşgan. Unda bal. 250—400 m li Valday, Örta Rossiya, Volgaböyi, BugulmaBelebey, Yuqori Kama va b. qirlar OkaDon, Kaspiyböyi va b. payettekisliklar b-n tutaş. Undan şarkda Ural tog tizmasi, söng Ğarbiy Sibir tekisligi boşlanadi. Yenisey va Lena daryolari oraliğida Örta Sibir yassitoğligi, şarkda Markaziy Yakutiya payettekisligi bor. Mamlakat şarqi va jan .da toğliklar köproq. Yevropa qismida Katta Kavkaz toğining şim. yon bağrida tizma toğlar (Rossiyadagi eng baland nuqta — Elbrus toği, 5642 m) joylaşgan. Sibirdagi toğ tizmalari — Oltoy, Kuznetsk Olatovi, Ğarbiy Sayan toğlari, Tuva, Baykalböyi, Baykal ortidagi toğlar va Stanovoy tizmasi R.ning jan. çegarasi böylab ötadi. Sibirning şim.şarqi (Verxoyansk va Çer tizma toğlari), Uzoq Şarq (Çukotka va Koryak toğlari)da örtaça balandlikdagi tizmalar köproquçraydi. Tinç okean soxili böylab çözilgan Kamçatka va Kuril o.laridagi toğlarda harakatdagi vulkanlar otilib turadi.
Geologik tuzilişi.R. hududi Şarqiy Yevropa platformasining ançagina qismini, butun Sibir platformasini, Ğarbiy Sibir plitasini, Jan. Sibir, VerxoyanskÇukotka burmali obl., Koryak yassitoğligi, Kamçatka, Kuril o.lari, Primorye va Saxalin burmali obl.larini egallaydi. Qad. platformalar yuqori proterozoy davrigaça bölgan kristalli fundament (zamin)dan iborat bölib, dengiz tubidagi qad. çökindi va vulkan jinslaridan taşkil topgan va keyinçalik burmalanib, metamorfizmga uçragan. Kareliya burmalaniş davri tugagaç, Şarqiy Yevropa va Sibir platformalari zaminining yuzasi denudatsiya natijasida tekislanib, çökindi jinslar ostida qolgan. Proterozoy davri örtalarigaça qad. platformalarni örab turgan burmali obl.lar örnida okean bölib, asta-sekin geosinklinal tizimlari tarkib topa boşlagan va turli yoşdagi burmalangan obl.lar — baykal, kaledon, gersin, kimmeriy burmalanişlari hosil bölgan. Kavkazda geosinklinal rivojlaniş jarayoni Alp burmalaniş davrida tugagan. Kuril va Komandor o.larida, Oxota, Bering dengizlari botiqlarida geosinklinal rivojlaniş hali tugamagan.
Mineral resurs lari . R. juda boy mineralxom aşyo zaxiralariga ega bölgan mamlakat. Dunyodagi 7 ta eng yirik kömir havzasidan 5 tasi R.da joylaşgan. R.da dunyodagi temir rudasi, berilliy zaxirasining 30%, neftning 17—18%, gaz, olmos, niobiy, tantalning 70—75%, palladiyning 50%, nikelning 40% dan köproği, uranning 10% mavjud. Jumladan, Uralda boksit, Şim. Kavkaz, Örta va Jan. Ural, Şarqiy Sibirda mis, Krasnoyarsk ölkasi şim.da misnikel, Zabaykalye va Uzok, Şarkda ruxqörğoşin, Ural, Oltoy, Zabaykalye va Kola ya.o.da qimmatbaho toşlar, marmar, granit, bazalt, Saxada olmos konlari, şuningdek, turli joylarda volfram, molibden, surma, simob, oltin, kumuş, platina, kobalt, slyudamoskovit, asbest va ş.k. foydali qazilmalarning katta konlari bor.
Iqlimi deyarli hamma joyda kontinental (çekka şim.ğarbda dengiz ikdimi), Sibir va Uzoq Şarq şim. da keskin kontinental, jan.da musson iklim (qişi sovuq, qor kam yoğadi, yozi mö'tadil iliq). Qişda P. hududi ustida yuqori atmosfera bosimi (şarqaa Osiyo antitsikloni) hukmron böladi. Yanv.ning örtaça trasi Yevropa qismining ğarbida va Kavkaz şim.da 0—5°, Saxa şarqida —40°, —50°, jumladan, Oymyakonda — 72,2° gaça. Yozda atmosfera bosimi pasayadi, şu sababli bu mavsum nisbatan iliq, jan.da issiq, iyulning örtaça trasi G dan (Sibir şim.) 24—25° gaça (Kaspiyböyi pasttekisligida) yetadi. Eng köp yoğingarçilik Kavkaz toğlarida (yiliga 3200 mm gaça), Uzoq Şarq jan.da (1000 mm gaça) va Şarqiy Yevropa tekisligining örmon zonasida (850 mm gaça). Kaspiybuyi pasttekisligining yarim çöl joylarida juda oz — yiliga 170 mm ga yaqin yoğin tuşadi. Qor qoplami mamlakat jan.da 60—80 kun davom etsa, Çekka şim.da 260—280 kunga boradi.
Içki suvlari. R.da uzunligi 10 km dan oşadigan 120 mingga yaqin daryo bor. Daryolarning aksariyati Şim. Muz okeani havzasiga (Şim. Dvina, Peçora, Ob, Yenisey, Lena, Yana, Indigirka, Kolima va b.), Tinç okean havzasiga (Amur, Anadir, Penjina va b.), Atlantika havzasiga (Don, Kuban, Neva va b.) mansub. Yevropaning eng uzun va sersuv Volga daryosi, şuningdek, Ural va Terek Kaspiy dengiziga quyiladi. Ularning kupi suv transporta va yoğoç oqizişda, şahar va sanoat korxonalarini suv b-n ta'minlaşda, ekinzorlarni suğorişda katta ahamiyatga ega. R.da 2 mln.dan ortiq çuçuk va şur suvli kul bor. Eng yiriklari: Baykal (dunyodagi çuçuk suv zaxirasining '/5 qismi), Kaspiy dengizköli, Ladoga, Onega, Taymir. R.da 1200 ga yaqin suv ombori bor. Yirik suv omborlari: Bratsk, Krasnoyarsk, Zeya, UstIlim, Boguçan, Baykal (Irkutsk), Volgograd, Ribinsk va b.
Tuproq va ösimliklari tekisliklarda tabiat zonalariga karab özgaradi. Şim. Muz okeani orollari va Taymir ya.o. sohilida ibtidoiy arktika tuproği tarqalgan bölib, asosan siyrak lişaynik, mox va kup yillik gulli usimliklar uçraydi. Tundra zonasida nordon tundra (gleylangan) tuproği tarqalgan. Ösimlik turi köp: mox va lişayniklardan taşqari past böyli butalar (pakana qayin va tol), har xil öt, mevali usimliklar (brusnika, golubika) uçraydi.
Örmon zonasining şim. qismi (tayga zonaçasi)dagi podzol tuproqlarda ignabargli daraxtlar — qoraqarağay, oqqarağay, kedr va qarağay örmonlari, Yeniseydan şarqdagi taygatöng tuproklarda igna bargli tayga daraxtlari — sibir va dauriya tiloğoçlari, Uzoq Şarqda esa, qoraqarağay va oqqarağay ösadi. Tayga zonaçasida (ayniqsa, Ğarbiy Sibirda) botqoqlik köp. Taygadan jan.rokda, Şarqiy Yevropa tekisligida aralaş örmonlar bor. Çimli podzol tuproqlarda oqqayin va toğterak, eman, zarang, qayrağoç, Şarqiy Yevropa tekisligi urmon zonasining çekka jan. da eman, juka va b. keng bargli daraxtlar ösadi. Şarqiy Yevropa va Ğarbiy Sibirda qora va töq kaştan tuproq, Kaspiybuyi pasttekisligida oç kaştan va qönğir, şörxok tuproqlar uçraydi.
Hayvonot dunyosi juda xilmaxil. Arktika muz sahrosi va tundrada şim. tulkisi, lemming, şim. buğusi, qutb boyquşi, tundra kakligi; örmon zonasida los, qönğir ayiq, silovsin, suvsar, tulki, tiyin, burunduq, malla quyon, Uzoq Şarq jan.da ussuri yölbarsi, qora ayiq, xarza, yenotsimon it, tönğiz, quşlardan karqur, qur,^ qizilişton, bulduruq va b. yaşaydi. Örmonli daşt zonasida kemiruvçilar, turli quşlar, ondatra, tulki, suvsar, möynabop hayvonlarning, los, şim. buğusining xillari köp. Dengizlarda baliq (treska, seld, kambala, skumbriya, sudak, losos, osetr va b.), dengiz sut emizuvçilari (kit, morj, tyulen, dengiz muşugi) ovlanadi.
Öziga xos noyob tabiat hamda hayvonot dunyosini saklab qoliş va urganiş maqsadida turli zonalarda 100 ta davlat tabiiy qöriqhonasi (mayd. 33,3 mln. gektar) va 5 ta milliy boğ (mayd. 6,7 mln. gektar) taşkil etilgan. Eng yiriklari: Oltoy, Astraxon, Barguzin, Kavkaz, PeçoraIliç, Teberda va b.
Aholisi. R.da 100 dan ortiq millat va elat yaşaydi. R.ning asosiy aholisi — ruslar jami aholining 81,5% ni taşkil etadi. Ukrainaga yondoş viloyatlarda, Tyumen viloyati, Moskva, Şim. Kavkaz, Ural va Sibir jan.da ukrainlar, Kaliningrad viloyati, Moskva va Moskva viloyati, Sankt-Peterburg va Kareliyada beloruslar, Krasnoyarsk ölkasi, Moskva va Sankt-Peterburgda litvalar va latişlar (şuningdek, Omsk viloyatida latişlar, Kaliningrad viloyatida litvalar), Omsk, Novosibirsk, Orenburg viloyatlari, Krasnoyarsk va Oltoy ölkalarida nemislar, Moskva, Sankt-Peterburg,. Yekaterinburg, Samara, Nijniy Novgorod, Çelyabinsk, Rostov, Saratov, Novosibirsk ş.larida yahudiylar, Rostov viloyati va Krasnodar ölkasida moldovanlar, Stavropol va Krasnodar ölkasida greklar, Krasnodar va Stavropol ölkalarida va Rostov viloyatida armanlar ham yaşaydi. Şuningdek, ozarbayjonlar, uzbeklar (1994 y.da 58 ming), gruzinlar, qozoqlar va b. yaşaydi. R.ning Yevropa qismi şim. da karellar, vepslar, ijorlar, saamlar (loparlar), komi va komipermyaklar, Örta Volga böyida mari, udmurt va mordvalar, Volgaböyining boşqa joylari va Jan. Uralda turkiy tillarda sözlaşuvçi çuvaşlar, boşqirdlar, tatarlar, şuningdek, kalmoklar yaşaydi. Osetin, qoraçoy, bolqor, qömiq, nöğaylar Şim. Kavkazning tub joy aholisidir. Sibir va Uzoq Şarqda turkiy gillarga mansub saxalar, oltoy, şor, xakas va tuvalar, mongol tilida sözlaşuvçi buryatlar, şuningdek, xanti va mansilar, nenets, çukça va eskimoslar istiqomat qiladi.
Davlat tili — rus tili; R. tarkibidagi milliy respublikalarda tub joy aholisining tili ham şu respublikaning davlat tili hisoblanadi. R. aholisining 73% şaharlarda yaşaydi. Din, dorlarning aksariyati xristianlar (asosan, pravoslavlar), qolganlari — musulmonlar, yahudolar, buddaviylar va b. Yirik şaharlari: Moskva, Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorod, Novosibirsk, Samara, Yekaterinburg va b.
Tarixi. R. hududida örta paleolit davrida, milodgaça 100—35 ming i. avval Quyi Volga, Örta Uralda dastlabki manzilgoxlar paydo bölgan. Sönggi paleolit davrida odamlar qutb doirasidan ötib, Sibirning bir qismiga joylaşa boşlagan. Mil. av. 3—2ming yilliklarda Şim. Kavkazda jez, Ural, Ğarbiy Sibir, Yuqori Volga böylarida turli metallardan buyumlar tayyorlangan. Daşt, örmondaşt mintaqalarida çorvaçilik, dare vodiylarida dehqonçilik rivojlana boşlagan. Mil. av. 1ming yillikda şahardavlatlar, Bospor davlati, Skiflar davlati mavjud bölgan. Mil. 3-a.da Şarqdan köçmançi gotlar va 4-a.da gunnlar bostirib kelgan. 4—8-a.larda Şim. Kavkazda alanlar birlaşgan. 552—745 y.larda R. hududining bir qismini turkiy xalqlarning qabilaviy ittifoqidan iborat Turk xoqonligi egallab turgan. 7-a. 1-yarmida Azov böyida Buyuk Bulğoriya davlati paydo böldi, ammo bulğorlar Xazar xoqonligidan mağlubiyatga uçrab, Dunay, Volga va Kama daryolari böyiga kelib joylaşdi. 10-a.da VolgaKama Bulgoriyasi davlati paydo böldi, Örta Volga böyi xalqlari şu davlatga birlaşdi. 6-a.da Sibir, Yenisey daryosining örta oqimida hoz. xakaslarning ajdodlari hisoblangan Qirğizlar davlati, 8-a. — 10-a. boşlarida Uzok. Şarkda Boxay davlati hukm surdi.
9-a.da şarqiy slavyan qabilalarining birlaşuvçi asosida Qad. Rus davlati taşkil topdi; şarqiy slavyanlarning ikki markazi — Novgorod b-n Kiyev Ryurikoviçlar sulolasiga mansub knyazlar hokimiyatiga birlaşdi. Taxm. 988 y. knyaz Vladimir Vizantiyapravoslav şaklidagi xristianlikni R.ning davlat dini deb qabul qildi, bu voqea davlatçilikni mustahkamlaş va Şarqiy Yevropadagi slavyan, balt, ugorfin va b. qabilalarni jipslaştirişga kömaklaşdi. Qad. rus elati tarkib topdi. Peçeneg (bijanak) va qipçoqlar hujumini qaytargan Kiyev Rusi Şarqiy Yevropadagi yirik davlatga aylandi. Vladimir Svyatoslaviç va Vladimir Monomaxdan keyin davlatni idora qilgan Mstislav Vladimiroviç vafoti (1132 y.)dan söng Kdd. Rus davlati parçalanib ketdi. Kiyev Rusidan Novgorod respublikasi, VladimirSuzdal, GaliçVolin, Ryazan knyazliklari va b. davlatlar ajralib çiqdi. 13-a.da ularga Şarqsan möğullar, Ğarbdan şvedlar va nemislar hujum qildilar. 1223 y. rus knyazliklari möğullar b-n Kalka daryosi böyidagi jangda mağlubiyatga uçradi. 1236 y. möğullar VolgaKama Bulğoriyasini, 1237 y. Ryazan va b. şaharlarni vayron qildi. 1240 y. esa şvedlar bostirib keldi. Aleksandr Nevskiy rahbarligidagi rus qöşinlari öşa yili Neva jangida şvedlarni, 1242 y. Muz ustidagi jangda nemislarni tormor qildi. Ammo tarqoq holdagi rus knyazliklari salkam 250 y. mobaynida möğullar zulmi ostida qoldi.
14-a.ning 2-yarmida Moskva knyazligining mavqei oşib, u möğullarga qarşi kuraşda rahbarlik qildi va rus yerlarini asta-sekin birlaştiriş markazi bölib qoldi. 1380 y.gi Kulikovo jangiaya Dmitriy Donskoy kumondonligidagi birlaşgan rus qöşinlarining möğul köşinlari ustidan qozongan ğalabasi Şim.şarqiy rus yerlarini birlaştiriş uçun zamin yaratdi. Moskva buyuk knyazlik hokimiyati 15-a. oxiri — 16-a. boşlarida rus yerlarini birlaştirişni asosan tugalladi. 1478 y. Novgorod, 1485 i. Tver, 1510 y. Pskov, 1514 y. Smolensk, 1521 y. Ryazan Moskva buyuk knyazligiga qöşib olindi. 1480 y. möğullar zulmi barham topdi.
Birinçi rus podşosi Ivan IV Vasilyeviç Grozniy (1533—84; 1547 y.dan podşo) davlatni markazlaştirişga kirişdi. Kozon va Astraxon xonliklari qöşib olindi, şu tarika Ural orti va Ğarbiy Sibirni zabt etiş uçun yöl oçildi. 17-a.da Sibirning qolgan hududlari ham birinketin qöşib olindi. 15-a. oxiri — 16-a. boşlarida rus xalqining şakllaniş jarayoni nihoyasiga yetdi, «Rossiya» degan nom tarqala boşladi.
Ğarbda Boltiqdengiziga çiqiş uçun bölgan Livon uruşiiing çözilib ketişi (1558—83) natijasida mamlakat 16-a. oxiri — 17-a. boşlarida oğir iqtisodiy va siyosiy ahvolga tuşib qoldi. Xalq ommasining ahvoli yomonlaşdi. Jamiyatning turli tabaqalarida norozilik kuçaydi. Natijada qözğolonlar bölib ötdi (eng kattasi Bolotnikov közğoloni). Boyarlar va dvoryanlar örtasida ham kuraş keskinlaşdi. 700 y.dan ortiq xukmronlik qilgan Ryurikoviçlar sulolasi tugadi. Mamlakatning oğir içki ahvolidan foydalangan polyaklar va şvedlar 1604 y.da Rossiyaga bostirib kirdilar. Polşa qöşinlari Moskvani egalladi. Faqat 1612 y. K. 3. Minin va D. M. Pojarskiy rahbarligidagi xalq laşkarlari Moskvani ozod qildi, biroq mamlakatning ğarbiy va şim.ğarbiy hududi bir qismi Reç Pospolita va Şvetsiya qöl ostida qoldi. 1613 y.dan R.da Romanovlar sulolasi xukmronlik kila boşladi.
17-a.dan R. öz tarixida yangi bosqiçga öta boşladi. 17-a. oxiriga kelganda taşqi siyosat masalalari va sinfiy kuraş keskinlaşgan paytda davlat va dvoryanlar hukmronligini mustahkamlaş uçun iqtisodiyot, davlat tuzumi, madaniyat tizimini qayta qurişga zaruriyat tuğildi. Bu özgarişlarni Petr I hukumati amalga oşirdi. Petr I ning islohotlari tufayli (17-a. oxiri — 18-a. 1çoragi) mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy va madaniy taraqqiyoti jadallaşdi. Şim. uruş yillari (1700—21)da muntazam armiya va harbiy dengiz floti tuzildi. Yirik ğalabalar qölga kiritildi. R.ning Boltik dengiziga çiqişi uçun yöl oçildi. 1721 y. mamlakat Rossiya imperiyasi deb e'lon qilindi. Sanoat rivojlana boşladi, ayniqsa, Uraldagi konçilik sanoati tez ösdi. Savdosotiq rivojlanib, taşqi savdo kuçaydi. Madaniyat sohasida katta özgarişlar amalga oşirildi, dunyoviy maktablar oçildi, Ğarbiy Yevropa madaniyati b-n aloqa kengaydi, matbaaçilik rivojlandi, FA ta'sis etildi (1725), yangi kalendarga ötildi (1700). 18-a. 2-yarmida tovarpul munosabatlari rivojlandi. Yekaterina II davri (1762—96)da dvoryan yer egaligi yanada rivojlandi. Davlat yer fondini köpaytiriş maqsadida 1764 y. çerkovga qaraşli yerlarning bir qismi tortib olindi. Dehqonlarning ommaviy noroziligi Pugaçyov qözğoloni va b. içki mojarolar kelib çiqişiga sabab böldi.
Taşqi siyosat sohasida podşo hukumati dvoryan va savdogarlarning Qora dengiz orqali qulay savdo yöllariga bölgan intilişlarini hisobga olib, jan. çegaralarning xavfsizligi uçun kuraşni davom ettirdi. Turkiya b-n bölgan uruşlarda R. ğalabaga erişgaç, Qrim xonligi (1783) va umuman Qora dengizning şim. qirğoği R. imperiyasi tasarrufiga ötdi. Çegara Dnestr daryosi böylab belgilandi. 70—90-y.larda Ukrainaning öng qirğoği va Belorussiya batamom R.ga qöşib olindi.
19-a. boşlarida Aleksandr I imperator bölgan davr (1801—25)da bir qança islohotlar ötkazildi, davlat apparatani zamonaviylaştirişga harakat qilindi. Uruşlar natijasida va diplomatik faoliyat yöli b-n 1801 y. Şarqiy Gruziya, 1809 y. Finlyandiya, 1812 y. Ğarbiy Gruziyaning bir qismi va Bessarabiya R. imperiyasi tarkibiga kiritildi. 1805 va 1806—07 y.larda R. Napoleon Fransiyasiga qarşi koalitsiya uruşida qatnaşdi. 1812 y. Napoleon armiyasi R.ga bostirib kirdi, öşa yil 26 avg. (7 sent.)dagi Borodino jangida fransuz qöşinlari katta talafot kördi va çekindi. 1814—15 y.lardagi Vena kongressi qarorlariga binoan, Polşa qirolligi R.ga ötdi.
Ma'rifatçilik ğoyalarining yoyilişi, 18-a. oxiridagi Fransuz inqilobining ta'siri, rus armiyasining 1813—14 va 1815 y.lardagi çet el yurişlari davrida Yevropa mamlakatlaridagi davlat va jamiyat tuzilişi b-n tanişuv natijasida R. jamiyatida çuqur ijtimoiy va siyosiy özgarişlar qiliş zarurligi haqidagi fikrlar paydo böldi. 1816—23 y.larda R.dagi davlat va ijtimoiy-siyosiy tuzumni qayta quriş maqsadini közlovçi yaşirin jamiyatlar vujudga keldi. Şim. va Jan. jamiyat a'zolarining qurolli isyonlari (1825 y.dekabristlar qözğoloni) bostirildi. Kavkaz uruşining çözilib ketişi va unda Şim. Kavkaz xalqlarining qattiq qarşilik körsatişi, 1853— 56 y.lardagi Qrim uruşida R.ning mağlubiyatga uçraşi imperator Nikolay 1 hokimiyati siyosiy tuzumining inqirozini kuçaytirdi. Ana şu omillar tazyiqi ostida imperator Aleksandr II bir qança islohotlar ötkazişga majbur böldi. Jumladan, 1861 y. dehqonlar isloqoti ötkazilib, 17-a. örtalarida joriy etilgan krepostnoylik huquqi bekor qilindi. 1860—70 y.lardagi islohotlar mamlakat iqtisodiyotini yangilaş va kapitalistik munosabatlarni rivojlantirişga yöl oçdi. Ayni vaqtda R. bosqinçilik uruşlarini davom ettirib, Qozoğiston va Örta Osiyo yerlarining talaygina qismini bosib oldi, mahalliy xalqlar boşiga behisob kulfatlar soldi, bu yerlarda mustamlakaçilik tartiblarini örnatdi.
19-a.ning 2-yarmida mamlakatning turli ijtimoiy qatlamlarida inqilobiy kayfiyat kuçaydi. 70—80-y.larda bir qança inqilobiy taşkilotlar («Yer va erk», «Xalq irodasi» va b.) tuzilib, ular R.da samoderjaviyeni ağdarib taşlaş vazifasini maqsad qilib oldi. 1881 y.da «Xalq irodasi» taşkiloti a'zolari tomonidan Aleksandr II öldirildi.
19-a. oxiri — 20-a. boşlarida inqilobiy siyosiy partiyalar: Rossiya sotsialdemokratik işçi partiyasi (RSDRP) (bu partiya 1903 y.da bolşeviklar va menşeviklardan iborat ikki fraksiyaga bölindi) va Inqilobçi sotsialistlar (eserlar) partiyasi tuzildi. 1904-05 y.lardagi rusyapon uruşidagi mağlubiyat R.dagi vaziyatni keskinlaştirdi, bu esa 1905— 07 y.lardagi inqilobga olib keldi. Inqilob davomida R. konstitutsiyali monarxiyaga öta boşladi; Davlat dumasi ta'sis etildi, yangi siyosiy partiyalar (Konstitutsion-demokratik, 17 okt. ittifoqi, Rus xalqi ittifoki va b.) maydonga çikdi. 1914—18 y.lardagi ljahon uruşida R. Antanta tarkibida qatnaşdi. Bu uruş 1917 y. Fev. inkilobiga olib kelgan yana bir ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy inqirozning asosiy sabablaridan böldi. Bu inqilob samoderjaviyeni ağdarib taşladi. Muvaqqat hukumat tuzildi, 1917 y. 1 sent.da R. respublika deb e'lon qilindi. 1917 y. 25 okt .da Okt. inqilobi sodir böldi. V. I. Lenin boşçiligidagi bolşeviklar hokimiyat tepasiga çikdi. Işçi, soldat va dehqon deputatlari soveti hokimiyati e'lon qilindi. 1918 y. yanv.da Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR) tuzildi, şu yil iyulda sobiq imperator Nikolay II otib taşlandi. 1917 —22 y.lardagi Fuqarolar uruşi va harbiy intervensiya tufayli mamlakatdagi bolşeviklar partiyasidan taşqari barça siyosiy partiyalar taqiklandi, jamiyat va davlatni taşkil etişning harbiykommunistik prinsiplari («harbiy kommunizm») joriy etildi, amalda Kommunistik partiya diktaturasi örnatildi. 1921 y. «yangi iqtisodiy siyosat» e'lon qilindi. 1922 y. 30 dek. da Sibirdagi Lena daryosi. sobiq Rossiya imperiyasi hududida taşkil topgan RSFSR, Ukraina, Belorussiya va Zakavkazye respublikalari (Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya) birgalikda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR)ni tuzdilar. RSFSR xalqlari ham SSSRning butun tarixi davomida mamlakatni industriyalaş, q.x.ni kollektivlaştiriş oğirligini, 20—40-y. lardagi ommaviy qatağonlar kulfatlarini boşdan keçirdilar, 2-jahon uruşidagi ğalabaga, 60—70-y.lardagi Texnika inqilobiga katta hissa qöşdilar. 70-y. lar oxiri va, ayniqsa, 80-y.larda iktisodiyotda salbiy tamoyillar sezila boşladi. Köp jihatdan mudofaa mahsulotlari i.ç.ga qaratilgan sanoat mamlakatning ommaviy ehtiyoj mollari i.ç.ga bölgan talabini qondira olmas edi. Mehnat unumdorligining pastligi, uni oşirişga qiziqtiruvçi omillarning yöqligi, butun jamiyatda töraçilik avj olganligi va b. illatlar öz ta'sirini körsatdi. 1985 y. «qayta quriş» siyosati e'lon qilindi. Biroq tez orada röy bergan siyosiy mojarolar iqtisodiyotga qattiq zarba berdi. 1990 y. 12 iyunda RSFSR ning davlat suvereniteti töğrisida Deklaratsiya qabul qilindi. 1991 y. 25 dek. da RSFSR Oliy Kengaşi R. davlatining rasmiy nomi Rossiya Federatsiyasi (Rossiya) deb atalişini tasdiqladi. 1991 y. martida RSFSR prezidenti lavozimi ta'sis etildi (1991 y. iyunda B. N. Yelsin RSFSR prezidenti etib saylandi). 1991 y. avg. böhronidan keyin öşa yil dek.da RSFSR, Belorussiya va Ukraina rahbarlari Belaya veja puşçasi bitimini imzolab, SSSR tugatilganini va Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi (MDH) tuzilganini e'lon qildilar. R. SSSR ning huquqiy vorisi bölib qoldi. 1992 y. yanv.da ma'muriybuyrukbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga ötiş maq^ sadini közlovçi iqtisodiy islohot boşlanişi e'lon qilindi. Islohotni ötkazişdagi xatolar va noizçillik sababli iqtisodiyot tarmoqlarida tanglik holatlari röy berdi, bu esa aholining turmuş darajasi pasayişiga olib keldi. 1993 y. sent. okt. inqirozi davomida Prezident farmoni b-n Sovetlar tizimi tugatildi. Öşa yil dek.da Federal majlisga saylov ötkazildi. 1996 y. B. Yelsin 2navbatga prezident etib saylandi. 2000 y.da prezident lavozimiga saylangan V. Putin yöl qöyilgan xato va kamçiliklarni tuzatiş çora-tadbirlarini köra boşladi. U prezident sifatidagi xorijiy safarini Özbekistondan boşlaganligi diqqatga sazovordir. R. — SSSR ning huquqiy vorisi sifatida 1945 y.dan BMT a'zosi. ÖzR suverenitetini 1992 y. 20 martda tan olgan va diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayramlari — 12 iyun — Suverenitet haqida deklaratsiya qabul qilingan kun (1990), 7 noyab. — Kelişuv va inoqlik kuni (1996), 12dek. R. konstitutsiyasi kuni (1993).
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari va b. jamoat taşkilotlari. «Yagona Rossiya» partiyasi,2003 y. asos solingan; Liberaldemokratik partiya, 1992 y. röyxatga olingan; «Yabloko» demokratik partiyasi, 2001 y. taşkil etilgan; «Öng kuçlar ittifoqi» partiyasi, 2001 y. tuzilgan; RF Kommunistok partiyasi, 1993 y. röyxatga olingan; şuningdek, R. demokratok partiyasi, «Yevraziya», «Internatsional R.», R. konservativ partiyasi, RF Xalq partiyasi, R. xalqvatanparvarlik partiyasi, R. xalqrespublikaçilar partiyasi, «Liberal R.» partiyasi, «Tadbirkorlikni rivojlantiriş partiyasi», R. Mehnat partiyasi, Pensionerlar partiyasi, R. sotsialdemokratik partiyasi va b. partiyalar; «Uruş faxriylari — tinçlik uçun», «Askar onalari», «Qadrqiymat va mehrmuruvvat» va b. harakatlar faoliyat körsatadi. R. mustaqil kasaba uyuşmalari federatsiyasi köpgina tarmoq kasaba uyuşmalarini birlaştiradi.
Xöjaligi. R. — industrialagrar mamlakat. Uning hududi 12 yirik iqtisodiy rn (Şim., Şim.Ğarbiy, Markaziy, VolgaVyatka, Markaziy qoratuproq, Volgaböyi, Şim. Kavkaz, Ural, Ğarbiy Sibir, Şarqiy Sibir, Uzoq Şarq va Kaliningrad viloyati)ga bölingan. Milliy daromadda sanoatning uluşi 44,5%, q.x. uluşi 10%, quriliş 11,5%, transport, aloqa, moddiytexnika ta'minoti, tayyorlov va b. tarmoqlarning uluşi 34%. Iqtisodiyotda davlatga qaraşli korxonalar b-n bir katorda xususiy, aralaş korxonalar ham bor.
Sanoati. R. kumir, neft, tabiiy gaz qazib olişda, elektr energiya, mineral öğit, gazlama, pölat, prokat, sement i.ç.da dunyoda oldingi örinlardan birida turadi. Mamlakat eksporti va yoqilğienergetika balansida neft hamda tabiiy gazning ahamiyati katta. Neftning köp qismi VolgaböyiUral regionida, Ğarbiy Sibir, R. Yevropa qismi şim., Saxalin va b. joylarda qazib olinadi. Neft xom aşyosining aksariyat qismi «LUKoyl», «Slavneft», «Rosneft», «Başneftexim» kompaniyalarining korxonalarida kanta işlanadi. R.da qazib olingan neftning 99,5% «Transneft» birlaşmasining magistral kuvurlari (jami uz. 48,5 ming km) orqali taşib beriladi. Aniqlangan gaz zaxiralari böyiça R. dunyoda 1örinda (32% dan köproq) turadi va dunyoda qazib olinayotgan gazning 30% ni ta'minlaydi. Tabiiy gazning asosiy qismi YamalNenets muxtor okrugidagi Urengoy, Yamburg, Zapolyarye, şuningdek, Orenburg konlaridan olinadi. Jami gazning 94% ni «Gazprom» birlaşmasi qazib çiqaradi. Magistral gaz quvurlari uz. — 150 ming km. Içki bozorga yetkazib beriladigan gazning 15% kommunalmaişiy sohaga, şu jumladan, aholi ehtiyojiga, qolgan qismi sanoat i.ç.ga işlatiladi. Kumir zaxiralari 22 yirik kömir havzasida va 115 ta alohida konda joylaşgan. Kuzbass va Peçora, KanskAçinsk, Jan. Yakutiya havzalari R.ning eng yirik kumir konlaridir. R.da 72 aksiyadorlik jamiyati va 6 davlat unitar korxonasi kömir qazib oliş b-n şuğullanadi. Ular tarkibida 114 şaxta va 125 oçiq kon bor. 68 boyitiş va 1 briket fkasi işlaydi. Neft va gaz b-n bir qatorda kumir R.da elektr va issiklik energiyasi i.ç.ning asosiy manbalaridan biri; metallurgiya, kimyo va b. sanoat tarmoklari uçun tengsiz xom aşyodir. 2001 y. R.da 888 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilindi. Barça elektr st-yalar R. tutaş elektr energetika tizimiga birlaşgan. Unga qaraşli magistral elektr liniyalari va elektr podstyalarini R. energetika va elektrlaştiriş oçiq turdagi aksiyadorlik jamiyati («YEES Rossiya») boşkaradi. Kimyo va neft kimyosi sanoatida plastmassa, kimyoviy tola, mineral öğit, sulfat kislota, sintetik smola va kauçuk, avtopokrişka, lokbuyoq, agrosanoat majmuasi va tibbiyot sanoati uçun turli moddalar işlab çiqariladi. Uning yirik korxonalari xom aşyo manbalariga yaqin joylar — Perm viloyati, Kola ya.o., Tatariston, Boşqirdiston, Ğarbiy Sibir, Uralda qurilgan. Keyingi vaqtlarda xom aşyo manbalaridan uzoqroq bulsa ham, iste'molçilarga yaqin joylarda kimyo korxonalari kurila boşladi. Bu korxonalar «Akron» (Novgorod viloyati), «Yaroslavl şina zdi», «Stavropolpolimer», «Voskresensk mineral uğit» (Moskva viloyati), «Era» va «Fosforit» (Leningrad viloyati), «Kuybişevazot» va «Volgapromxim» (Samara viloyati) aksiyadorlik jamiyatlari hamda Angara neft kimyosi kompaniyasi va b.lar tarkibiga kiradi. Metallurgiya mamlakat sanoatining eng rivojlangan tarmoklaridan biridir. Uning tuliq siklli korxonalari Ural (Magnitogorsk, Çelyabinsk, Nijniy Tagil), Markaziy iqtisodiy rnlarida (Lipetsk, Tula) va Ğarbiy Sibirda (Novokuznetsk) joylaşgan bulib, çuyan, pulat, tayyor prokat işlab çiqaradi. Kalay, mis, qörğoşin, pyx, alyuminiy, volfram, nikel, molibden rangli metallurgiyaning eng muhim mahsulotlaridir. Uning asosiy markazlari: Norilsk, Krasnoyarsk, Irkutsk, Sayanogorsk va b. Maşinasozlik va metall işlaş sanoati korxonalari R.ning hamma iqtisodiy rnlarida mavjud. 20-a. oxiri — 21-a. boşlarida energetika, transport, kimyo, neft maşinasozligi, aviatsiya va raketakosmos sanoati, radioelektronika, elektrotexnika sanoati maşinasozligi, priborsozl i k, elektron sanoati va kemasozlik ayniqsa tez rivojlandi. Stanoksozlik va asbobsozlik sanoati yangi turdagi serunum asbobuskunalar i.ç.ni köpaytirdi. R.ning 72 subyektida mudofaa sanoati tarmoklarining 1700 korxona va taşkiloti bor. Dunyodagi yoğoç zaxiralarining 22% R.ga töğri keladi. R. örmon sanoati yoğoç tayyorlaş, yoğoçsozlik, sellyulozaqogoz, gidroliz va yoğoç kimyosi tarmoklarini uz içiga oladi. Arxangelsk, Siktivkar, Yenisey, Bratsk, Amur urmon sanoati majmualari barpo etilgan. Quriliş materiallari sanoati markazlari: Ural, Volgabuyi, Şim. Kavkaz va Markaziy iqtisodiy rnlaridir.
Yengil sanoatda töqimaçilik yetakçi örinda. Uning yirik markazlari bölgan Ivanovo, Moskva, Yaroslavl, Orexovo-Zuyevo, Tver ş.larida ip, ziğir, şoyi, jun gazlamaning aksariyat qismi işlab çiqariladi. Barça iqtisodiy rnlarda aholining ehtiyojlariga qarab va xom aşyo manbalari imkoniyatlariga mos ravişda oziq-ovqat sanoati rivojlantirilgan. Göşt, sariyoğpişloq, konserva, qand, yoğ zdlari qurilgan. Şim. va Uzoq Şarqsa, Qora, Azov va Kaspiy dengizlari atrofida yirik baliq sanoati korxonalari mavjud.
Qişloq xöjaligiga yarokli yerlar 197,6 mln. gektar; şundan 85,4 mln. gektari haydaladigan yer, qolgan qismi piçanzor va yaylov. Haydaladigan yerlarning 4/5 qismi Markaziy, Volgabuyi, Şim. Kavkaz, Ural va Ğarbiy Sibir iqtisodiy rnlariga töğri keladi. Q.x. yalpi mahsulotining 47,2% ni dehqonçilik va 52,8% ni çorvaçilik beradi. Asosiy ekinlari: ğalla, qand lavlagi, kungaboqar, kartoşka, sabazavot, ziğir va b. Volgabuyi, Şim. Kavkaz, Ğarbiy Sibir, Ural va Markaziy rnlarda buğdoy, Şim., Şim.Ğarbiy va Markaziy rnlarda ziğir, Şim. Kavkaz, Volgabuyi, Markaziy rnlarda kungaboqar, Markaziy va Şim. Kavkazda kand lavlagi yetiştiriladi. Turli rnlarda meva, rezavor va uzumzorlar bor. 4,29 mln. gektar yer suğoriladi (asosan, Şim. Kavkaz va Volgabuyida).
R.ning iqtisodiy va tabiiy şaroiti çorvaçilikning barça tarmoklarini rivojlantiriş uçun qulay. Volgabuyi, Ğarbiy Sibir, Şim. Kavkaz, Ural, Markaziy iqtisodiy rnlarda qoramol köproq boqiladi. Yirik şaharlar atrofida sut çorvaçiligi va çöçqaçilik, Çekka Şim. da buğuçilik va hayvonotçilik rivojlangan. Köpgina joylarda parrandaçilik, asalariçilikka katta ahamiyat beriladi. 20-a.ning 90-y.laridan q.x.da ham islohatlar ötkazila boşladi, yerga egalik qilişning yangi şakllarini joriy etişga kirişildi.
Transporti. R.da zamonaviy transportning hamma turlari rivojlangan. T.y. uzunligi — 139 ming km (86 ming km magistral t.y.), qattiq qoplamali avtomobil yöllari uz. — 754 ming km, kema qatnaydigan içki suv yöllari uz. — 84,6 ming km (Belomor—Boltik, kanali, Moskva nomli kanal, Volga—Don kanali, Volga— Boltiqsuv yöli va b.), magistral neft va gaz quvurlari uz. — 213 ming km. T.y.larning eng serqatnov va kup yuk taşiladigan magistrallari elektrlaştirilgan. Mamlakat yuk aylanmasining 70% t.y. transportiga töğri keladi. Içki yuklarning bir qismi avtomobil va dare transportida, taşqi savdo yuklarining aksariyati dengiz transportida taşiladi. Dengiz savdo flotining hajmi — 8,3 mln. tonna dedveyt. Eng yirik dengiz portlari: Sankt-Peterburg, Vanino, Kaliningrad, Murmansk, Novorossiysk, Arxangelsk, Vladivostok. Yirik avtomobil yöllari kesişgan şaharlar: Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Xabarovsk, Adler, Mineralniye Vodi. Havo transportining ahamiyati katta. Barça iqtisodiy rnlar, yirik şaharlar örtasida, yaqin va olis xorij mamlakatlari b-n aviatsiya qatnovi yulga qöyilgan. Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Irkusk, Vladivostokda yirik xalqaro aeroportlar bor. Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibrsk, Nijniy Novgorod, Samara, Yekaterinburg ş.larida metropoliten kurilgan.
Taşqi savdosi. R. — dunyodaqudratli eksport va import imkoniyatlariga ega bölgan davlatlardan biri. U çetga maşina va uskunalar, transport vositalari, metall, qimmatbaho toşlar, neft, tabiiy gaz, kumir, kimyoviy moddalar, yogoç, kauçuk, xom teri, töqimaçilik mahsulotlari va b. eksport qiladi. Çetdan elektronika, rözğor texnikasi, xalq iste'mol mollari, q.x. mahsulotlari va xom aşyosi sotib oladi. MDH, Boltiq böyi mamlakatlari, Italiya, AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Polşa, Niderlandiya, Turkiya, Xitoy va b. davlatlar b-n savdo qiladi. Pul birligi — rubl.
Tibbiy xizmati. Aholining soğliğini saqlaş tizimi 20-a.ning oxirlarida isloh qilina boşladi. Davlat poliklinikalari va kasalxonalari b-n bir qatorda xususiy şifoxonalar ham oçildi, muqobil tibbiy xizmat şakllari rivojlana boşladi. 90-y.larning örtalarida R.da 12 mingga yaqin kasalxona muassasasi bölib, ularda 4 mln.ga yaqin xodim, şu jumladan barça ixtisosdagi 650 ming vraç işladi. Har 10 ming aholiga kasalxonalarda 135 örin töğri keldi. Tibbiyot sohasidagi ilmiy faoliyatni R. tibbiyot FA muvofiqlaştirib turadi. R.da 7 mingga yaqin sanatoriy va b. dam oliş muassasalari bor. Vraçlar har bir iqtisodiy rndagi tibbiyot oliy öquv yurtlarida tayyorlanadi.
Maorifi, ilmiy va madaniyma'rifiy muassasalari. R.da ta'limning barça turlarini takomillaştirişning maqsad va vazifalari 2000 y.da kabul etilgan RF Milliy ta'lim doktrinasi va 2010 y.gaça bölgan davrda ta'limni modernizatsiyalaş konsepsiyasida belgilangan. Kelgusida ham umumiy ta'lim maktabi yoş avlodga ta'lim va tarbiya berişning asosiy böğini bölib qoladi. 2000 y. mamlakatda 68804 maktab bölib, uning 635 tasi xususiy maktab edi. Ularda 1748 ming öqituvçi 20879 ming öquvçiga ta'lim beradi. R.da hunartexnika ta'limi beradigan texnika kollejlari, tijorat bilim yurtlari, markazlar, biznesmaktablar va b bor. 2000 y.da 2589 davlat örta maxsus öquv yurtida 2312 ming öquvçi ta'lim oldi. Oliy öquv yurtlari tarkibiga unt, öquv akademiyalari, oliy bilim yurtlari, konservatoriya va intlar kiradi. 2000/2001 öquv yili R.dagi 965 oliy öquv yurtida 4742 ming talaba öqidi, şu jumladan, 358 nodavlat oliy öquv yurtida 471 ming talaba ta'lim oldi. Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Yekaterinburg untlari eng qad. va yirik untlar hisoblanadi. R. Fanlar akademiyasi mamlakatdagi i.t. işlariga rahbarlik qiladi, uning intlari ilmfanning eng muhim sohalarida i.t. olib boradi. Bundan taşkari, R. tibbiyot FA, R. ta'lim akademiyasi, qişloq xöjalik FA, R. badiiy akademiyasi (1992) ham faoliyat yuritadi.
R.da 130 mingdan köproq kutubxona bor. Eng yiriklari: R. davlat kutubxonasi (42 mln. asar), R. milliy kutubxonasi (33 mln. asar), M.I.Rudomino nomidagi umumrossiya davlat çet el adabiyoti kutubxonasi (4,4 mln. asar), Davlat ommaviy tarix kutubxonasi (3,2 mln. asar), Davlat ijtimoiy-siyosiy kutubxonasi (2,2 mln. asar) va b. 2000 i. mamlakatda 1664 muzey işladi. Maşhurlari: Ermitaj, Petergof, Kunstkamera, Moskva Kremli, Davlat tarix muzeyi, Tretyakov galereyasi, «SpasskLutovinovo», «Tarxanlar» va b.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. R.da 5758 nomda gaz. naşr etiladi; şundan 333 tasi umumrossiya gaz.lari bölsa, qolganlari milliy respublikalar, muxtor viloyatlar, ölka va viloyatlar, okrug, şaqar, tumanlar miqyosida çiqadigan va tarmoq gaz.lari va b. Eng yiriklari: «Izvestiya» («Axborot», 1917 y.dan), «Pravda» («Haqiqat», 1912 y.dan), «Trud» («Mehnat», 1921 y.dan), «Komsomolskaya pravda» («Komsomol haqiqati», 1925 y.dan), «Nezavisimaya gazeta» («Mustaqil gazeta», 1990 y.dan), «Obşaya gazeta» («Umumiy gazeta», 1997 y.dan), «Noviye izvestiya» («Yangi xabarlar», 1997 y.dan), «Selskaya jizn» («Qişloq hayoti», 1918 y.dan), «Ekonomiçeskaya gazeta» («Iqtisodiy gazeta», 1918 y.dan), «Uçitelskaya gazeta» («Öqituvçilar gazetasi», 1924 y.dan), «Literaturnaya gazeta» («Adabiyot gazetasi», 1925 y.dan). 2781 nomda jur. çiqariladi; eng yirik adabiy jur. lar: «Noviy mir» («Yangi dunyo», 1925 y.dan), «Znamya» («Bayroq», 1931 y.dan), «Oktyabr» (1924 y.dan), «Inostrannaya literatura» («Xorijiy adabiyot», 1955 y.dan), «Novoye vremya» («Yangi davr», 1943 y.dan; 1899—1943 y.larda «Ogonyok»), «Rabotnitsa» («Işçi ayol», 1923 y.dan), «Krestyanka» («Dehqon ayol», 1922 y.dan) va b.
R. davlat teleradio sektori PO kanal va 120 ga yaqin radiostyadan iborat (2001). Tijorat telekanallari va radiostyalari ham bor. RATATASS axborot agentligi, Rossiya «Novosti» axborot agentligi, «Interfaks» axborot agentligi faoliyat yuritadi.
Adabiyoti. Xalq qöşiqlari asosidagi oğzaki ijod 11 — 17-a.larda yuqori bosqiçga kötarildi. Dastavval dehqonlar mehnatini va ularning krepostnoylikka qarşi kayfiyatini aks ettiruvçi asarlar, 18-a.dan işçilar hayotini ifodalovçi qöşiqlar yaratildi. Dostonlarda vatan duşmanlariga karşi kuraşgan Ilya Muromets, Dobrinya Nikitiç, Vasiliy Buslayev kabilarning qahramonligi madh etildi.
Qad. rus adabiyotining (10-a. oxiri — 17-a.lar) dastlabki yozma yodgorliklari Kiyev Rusida yaratildi. Rus xalqining birligi masalalari bu davr adabiyotining asosiy mavzui edi. «Igor polki jangnomasi» 12-a. oxiridagi salmokli adabiy yodgorlikdir. 14—15-a.larda köpgina afsonaviytarixiy qissalar yaratildi («Novgorodlik va suzdalliklar jangi haqida afsona», Novgorodlik Ionn xaqidagi afsonalar turkumi, «Smolensklik Merkuriy qissasi», «Temur haqida qissa» va b.). 15—16-a. lar adabiyotida siyosiy afsona va publitsistika rivojlandi. 17-a.da adabiyot turmuş b-n yaqinlaşdi, nasriy asarlarda insonning ahvolruhiyatini taxlil qilişga asosiy e'tibor berila boşladi. Rus adabiyoti siyosiy turmuş va ijtimoiy kuraşning ayrim sohalarini aks ettiriş orkali dunyoviy mavzularni yoritişga ötdi. 18-a.da qissa, sevgi lirikasi, ijtimoiy-siyosiy şe'riyat va hajvçilik rivoj topdi (V. Trediakovskiy, M.Lomonosov, A. Sumarokov ijodi). D.Fonvizin, I.Krilov haqqoniy pyesalari, Ya.Knyajnin, G. Derjavin şe'rlari, N. Karamzin va A. Radişçev nasri şuhrat qozondi. 19-a. boşlarida V.Jukovskiy romantizm ruhida ijod kila boşladi. Romantizmning isyonkorlik yönalişi yoş A.S.Puşkin hamda dekabristşoirlar K.Rileyev, V.Kyuxelbeker, A.BestujevMarlinskiy, A. Odoyevskiy va b. ijodida namoyon böddi. A. Puşkin yangi rus adabiyotiga asos soldi. M. Lermontov uning an'analarini davom ettirdi. N. Gogol asarlari rus adabiyotida tanqidiy realizm uzilkesil qaror topganligini tasdikladi. 19-a.ning 40-y.larida V.Belinskiy ilmiyadabiy tanqidçilik asoslarini yaratdi. A.Gersen, N. Çernişevskiy, N. Dobrolyubov, D. Pisarev publitsistikasi jamiyat illatlarini foş etdi. 19-a.ning 2-yarmida tanqidiy realizm barqurdi (F.M.Dostoyevskiy, A.F.Pisemskiy, I.S. Turgenev, I.A.Gonçarov, A.P.Çexov va b. ijodi). L. Tolstoy «Uruş va tinçlik» romanida keng qamrovli tarixiy voqealar va insoniy taqdirlar xilmaxilligining badiiy tasviri namunasini yaratdi. A.P.Çexov ijodi ijtimoiy özgarişlarni aks ettirdi. 19-a. oxiri — 20-a. boşlarida A.M.Gorkiy, I.A.Bunin, V.V.Veresayev adabiyotga kirib keldi. Söng simvolistlar, akmeistlar, futuristlar paydo böldi. V.Ya.Bryusov, A.A.Blok, N.V.Gumilyov, A.A. Axmatova, O.E.Mandelştam, S.A.Yesenin, B.L.Pasternak va b. ijodi adabiyotni ğoyat jonlantirib yubordi. V.V.Mayakovskiy notiklik şe'riyatini yuqori poğonaga kötardi. 20-a.ning 1-yarmida M.M.Zoşçenko xikoyalari, A.P.Platonov, K.A.Fedin, V.A.Kaverin, M.A.Şoloxov, M.A.Bulgakov, A. Tolstoy romanlari nasr janrini rivojlantirdi. 2-jahon uruşi va undan keyingi davrda köpçilik adiblar (I.G.Erenburg, A.T.Tvardovskiy, Ye.A.Yevtuşenko) insoniyat boşiga tuşgan kulfatlarni tasvirlovçi va tinçlik hamda insonparvarlikka çaqiruvçi asarlar yaratişdi. M.A. Şoloxov, M.Kalinin, G.Baklanov, Yu.Bondarev, B. Vasilyev asarlarida uruş manzaralari keng kölamda aks ettirildi. 50-y.larning örtalarida şaxsga siğiniş qoralanişi tufayli boşlangan «iliqlik» davrida V.D.Odinsevning «Nonning özi rizqröz emas» romani, V.V. Oveçkinning «Rayonning oddiy kunlari» qissasi, A.Ya.Yaşinning «Pişanglar» hikoyasi, P.F. Nilinning «Şafqatsizlik» va «Sinov muddati» qissalari, S.Antonov va V.F.Tendryakovning nasriy asarlarida mafkuraviy aqidalar rad qilindi, töraçilik tanqid ostiga olindi, qişloqdagi qoloqliklar foş etildi. Ammo siyosiy «iliqlik» haqiqiy ijodiy erkinlikka olib kelmadi. 60-y. lar örtalarida adabiyot ustidan siyosiy nazorat kuçaydi. Köpgina qalam sohiblari (A.Soljenitsin, V.Voynoviç, B.Pasternak, S.Sokolov va b.)ning siyosiy qatağonlar davri dahşatlarini insonlar taqdiri misolida tasvirlagan va jamiyat illatlarini hajv qilgan asarlari R.da naşr etilişiga ijozat berilmadi. Ularning airimlari çet ellarda bosilgan bölsa, «qayta quriş» davrida R.da ham dunyo yuzini kördi. «Qayta quriş» davrida «foş qiluvçi» asarlar köplab dunyoga keldi, ayniqsa, publitsistika rivoj topdi. Rasmiy sotsialistik mafkura qobiğiga siğmaydigan asarlar (Bulgakovning «It yurak» qissasi, Pasternakning «Doktor Jivago» romani, Soljenitsin, V. V. Nabokov va b. adiblarning asarlary) ham naşr etildi. Me'morligi va tasviriy san'ati. Kad. rus san'ati şarqiy slavyan kabilalari badiiy madaniyati yutuqlari asosida, qöşni davlatlar, ayniqsa, Vizantiya madaniyati ta'sirida şakllangan. Kiyevdagi ayoSofiya ibodatxonasi (1030—40) saqlangan. 13 gumbazli bu ibodatxona andozasida Novgorodda ham Sofiya sobori (1045—50) undan soddaroq qilib qurildi. 1036 y.ga oid qölyozmada Çernigovdagi Spas Preobrajeniye sobori tilga olingan. 12— 13-a.larda rus madaniyati ravnak, topdi, yirik bino (ibodatxona, monastir, saroy)lar qurildi, ular freska, mozaika b-n bezatildi, ikona san'ati, kitob miniatyurasi yuqori darajaga kötarildi. 19-a.da Moskva Kremli dastlab emandan (1339), keyin oqtoşdan (1367) qurildi. 15-a. 2-yarmida markazlaşgan rus davlatining taşkil topişi tufayli Moskva yirik madaniy markazga aylandi. 16-a. da bu yerda toş ibodatxonalarning öziga xos şakli — çodirsimon tomli minoralar (Kolomenskoye qişloğidagi Vozneseniye çerkovi, Moskvadagi Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi va b.) barpo etildi. Nijniy Novgorod, Tula, Kolomna, Zaraysk, Smolensk, Serpuxovda kremllar kurildi. Turar joylarning aksariyati yogoçdan işlandi. 14-a. oxiri — 15-a. boşlarida rus rassomligi yangi poğonaga kötarildi, Moskvada Feofan Grek, Andrey Rublyov kabi atokli rassomlar ijod qildi. 15-a. oxiri va 16-a. boşida Dionisiy ibodatxona devoriga işlagan avliyolar rasmlari b-n şuxrat qozondi. 17-a. tasviriy san'ati dunyoviy mazmun b-n boyidi. Şim. Kavkazda toşdan xristian ibodatxonalari, keyinroq masjidlar köplab kurildi, metallni badiiy işlaş san'ati yuksak darajaga kutarildi.
18-a. — 19-a.ning 1-yarmida Yevropa b-n aloqa kuçayişi tufayli u yerdan köpgina rassomlar R.ga keldi; rus rassomlari Ğarbda ta'lim oldi. 1757 y. Peterburgda Yevropa toifasidagi badiiy akademiyaga asos solindi. Şaharsozlikka e'tibor kuçaydi, rus me'morligi Ğarbiy Yevropa uslubida rivojlandi, barokko, klassitsizm uslublari kirib keldi. R. şaharlarini kayta qurişning 400 ga yaqin loyihasi işlab çiqildi. M.F. Kazakov, A.N .Voronixin, A. D. Zaxarov, K.I.Rossi kabi atokli me'morlar yetişib çikdi. Bu davr tasviriy san'atida portret janri yuksaldi. 18-a.ning 2-yarmida D.G.Levitskiy, V.L.Borovikovskiy, F.I.Şubinlarning ijodi rus tasviriy san'atida salmoqli örin oldi. O.A.Kiprenskiy, V.A.Tropinin, K.P.Bryullov kabi rassomlar zamondoşlar ahvolruhiyatini zör mahorat b-n ifodaladi. 19-a. örtalarida maişiy janr yuksala bordi. Me'morlik b-n hamohang tarzda amaliy san'at ham rivojlandi. Yoğoç öymakorligi, keramika, kaştaçilik sohasida nafis buyumlar tayyorlaş urf böldi. 19-a.ning 2-yarmida yangi binokorlik materiallari (metall konstruksiyalar)dan foydalanib sanoat va transport inşootlari barpo etila boşladi, bank, kasalxona, mehmonxona, köp qavatli turar joylar qurilişi avj oldi. 20-a. boşlarida tasviriy san'at rivoj topdi: I. Ye. Repin, I. N. Kramskoy, N.A.Yaroşenko, S.V.Ivanov kabi rassomlar jozibador asarlar yaratdilar.
1917 y. okt. töntarişi san'at ahlini ikkiga bölib yubordi. K.S.Maleviç, Ye.Ye.Lansere özlarini «inqilob kuyçisi» deb atadilar. A. A. Benua, K.A.Somov kabi maşxur rassomlar esa çet ellarga boş olib ketdilar. Sovet davrida milliy bisotni saklaş haqidagi dekretlarga qaramay, faqat inqilobga xizmat qiladigan san'at asarlarigina saqlab qolindi, boşqalari vahşiyona yöq qilib taşlandi. Inkilob hamda fuqaro uruşi voqealari va qahramonlarini tasvirlovçi rasm va haykallar yaratiş rağbatlantirildi. Me'morlar baxaybat şaxar va inşootlar loyixalarini çiza boşladilar. 40-y.larning 2-yarmi va 50-y. larda 2-jahon uruşida vayron bölgan şaharlarni qayta tiklaş va yangi sanoat markazlarini barpo etişga kirişildi. Stalingrad (Volgograd), Smolensk, Kursk, Novgorod kabi şaharlar yangidan qurildi. Moskvada baland binolar (Moskva un-ti, me'morlar L.V.Rudnev, S.Ye.Çernişev, P.V.Abrosimov, A.F. Xryakov; mehmonxonalar), Kişloq xöjaligi yutuqlari körgazmasi kabi mahobatli inşootlar, me'moriy majmualar, köp qavatli turar joylar barpo etiddi. Zamonaviy loyihalar asosida industrial quriliş usullaridan, yiğma temirbeton va b. yangi quriliş materiallaridan foydalanişga ötiddi.
Rassomlikning barça janrlari rivojlandi. Maişiy janrda A.A. Milnikov, F.P.Reşetnikov, A.A.Plastov, portret janrida M.S.Saryan, V.M.Oreşnikov, karikaturada B.I.Prorokov, Kukrinkslar, V.N.Goryayev, estampda G.S.Vereyskiy, Yu.I.Pimenev, haykaltaroşlikda N.V.Tomskiy, L.Ye.Kerbel, Ye.V.Vuçetiç, M.K.Anikuşin, teatr va kino rassomligida V. Rindin, N.Zolotaryov, E.Stenberg, rangtasvirda N. Andronov, V.Popkov, T. Salaxov jozibador asarlar yaratdilar. Keyingi yillarda ijtimoiy xayotga qiziqiş kuçaydi. Xalq hunarmandçiligining yoğoçsozlik, kulolçilik, kandakorlik, sirkorlik, suyak öymakorligi, toştaroşlik, kaştaçilik, gilamdözlik kabi turlari rivojlandi.
Musiqasi. Qad. rus musiqasi öz mazmuni, janri, şakl va ifoda vositalariga köra xilmaxil bölib, mehnat, marosim, qahramonlik, hazil va sevgi qöşiklaridan iborat. Xalq xorida geterofoniyata asoslangan köp ovozli musiqa şakli rivojlandi. Asosiy musiqa asboblari — gusli, domra, keyinçalik balalayka, gitara, garmon, bayan va b. Skomoroxlar san'ati xalq ijodiga yaqin bölgan. 10-a. oxirida xristianlik qabul qilingaç, çerkov xonandaligi rivojlandi, musiqa yozuvi özlaştirildi. 17—18-a.larda çerkov xonandaligida köp ovozlilik paydo bölişi b-n birga köp ovozli dunyoviy qöşiklar ham tarqaldi, jamiyat hayotida musiqaning roli oşdi, zamonaviy professional musiqa janrlari yaratildi. Peterburg va Moskvada opera teatrlari paydo böldi. Ye. Fomin, V. Paşkeviç, I.Xandoşkin, D.Bortnyanskiy kabi kompozitorlar yetişib çiqdi.
19-a.ning 2çoragida M. Glinka rus musiqasini jahon madaniyati yutuqlari darajasiga kötardi. Uning an'analarini A. Dargomijskiy davom ettirdi. 1859 y. A. Rubinşteyn taşabbusi b-n Peterburgda R. musiqa jamiyati tuzildi. Peterburg (1862) va Moskva (1866) konservatoriyalari taşkil topdi. Kompozitorlarning «Qudratli tuda» ijodiy guruhi (M.Balakirev, A.Borodin, M. Musorgskiy, N. RimskiyKorsakov va b.)ning faoliyatida davr nafasi aks etdi. P. Çaykovskiyning simfonik va kamer asarlari, opera va baletlari 19-a. jahon musiqasi rivojida muhim bosqiç böldi. S. Raxmaninov, A. Skryabin ijodi 20-a. boşlariga töğri keldi. Ular ketidan yetişib çiqqan. S.Prokofyev, D.Şostakoviç, N.Myaskovskiy, A. Xaçaturyan, T.Xrennikov va b. turli musiqiy janrlarda salmokli asarlar yaratdi. 20-a. boşlarida ijroçixonandalar F. Şalyapin, L. Sobinov, A.Nejdanova, pianinoçilar F. Safonov, K. Igumnov, G. Neygauz, skripkaçi L. Auer, 20-a.ning 2-yarmida dirijyorlar — A.M. Pazovskiy, N.S. Golovanov, Ye. Mravinskiy, Ye. Svetlanov, G. Rojdestvenskiy, S.S.Samosud, pianinoçilar — E. Gilels, S.Rixter, skripkaçi — D.F. Oystrax, L.B.Kogan, V.V. Tretyakov, V.T.Spivakov, violonçelçilar — D.B.Şafran, I.Rostropoviç, N. Gutman, xonandalar — N.A. Stepanova, Ye.V.Obrazsova, I. S.Kozlovskiy, S.Ya.Lemeşev, V.A.Atlantov va b. maşhur böldilar. 20-a.ning oxirgi ön yilliklarida R. Şçedrin, A. Petrov, B. Tişçenko, E.V.Denisov, S.A.Gubaydulina, A.G.Şnitke kabi kompozitorlar opera, simfoniya va vokalsimfonik janrlarda ijod qildilar. G.V. Sviridov rus mumtoz musiqasi an'analarini davom ettirdi. Estrada musiqasi rivoj topdi. Mualliflik qöşigi deb atalgan yönaliş (B. Okudjava, A.Galiç, V.Visotskiy, Yu.Vizbor) şuhrat qozondi. Eng maşhur estrada, jaz va rok qöşiqçilar orasida I. Kobzon, L. Zikina, A. Gradskiy, A.Pugaçyova, F.Kirkorov, Yu. Antonov, L. Leşçenko, B. Soy, L. Dolina, V. Leontyev va b. bor. 2-jahon uruşi yillari Leningrad konservatoriyasi Toşkentga evakuatsiya qilindi. Bu yerda uning ijroçilari hamda mahalliy ijroçilar tomonidan D. Şostakoviçning «Leningradnoma» simfoniyasi ilk bor (1942 y. 22 iyun) ijro etiddi. Moskva konservatoriyasi va uning huzurida faoliyat körsatgan Moskva özbek opera studiyasi özbek milliy opera san'ati kadrlarini tayyorlaş va ularning malakasini oşirişga katta hissa qöşgan.
Turli davrlarda L. Sobinov, A. Nejdanova kabi opera solistlari, L. Oborin, G. Ginzburg, M. Rostropoviç, G. Grodberg, D. Şafran, Yu. Başmet, L. Kogan singari sozandalar, D. Şostakoviç, A. Xaçaturyan, T. Xrennikov kabi kompozitorlar, 3. Doluxanova, I. Arxipova, T. Milaşkina, I. Kobzon, A. Pugaçyova singari xonandalar, V. Spivakov rahbarligidagi «Moskva virtuozlari» kamer orkestri, Ye. Svetlanov rahbarligidagi R. simfonik orkestri, «Katta teatr» xonanda va raqqosalari va b. Özbekistonda gastrolda bulişgan.
Teatri. Teatr san'ati unsurlari mehnat jarayoni va diniy marosimlar, xalq öyinlari, bayramlar b-n boğliq holda yuzaga kelgan. Teatr madaniyatining dastlabki namoyandalari skomoroxlardir (ular birinçi bor 1048 y. yilnomalarda tilga olingan). 1648 y. ularning tomoşalarini çerkov taqiqlab qöydi (spektakllarda çerkov va hokimiyatni hajv qiluvçi körinişlar bölgan). Skomoroxlarning an'analarini qöğirçoq teatri davom etgirdi.
16-a. 2-yarmida maktab teatriga asos solindi, çerkov, saroy teatrlari vujudga keldi. R.da yevropaça şakldagi drama teatri 17-a. oxirida paydo böddi. 1703 y. podşoh Petr I ning buyruği b-n Moskva Qizil maydonida teatr binosi qurildi, unda tomoşalar körsatildi. 18-a. boşlarida havaskorlik teatrlari, Moskva un-ti huzurida teatr taşkil etiddi. A. Sumarokov rus professional dramaturgiyasiga asos srddi, uning nazariyotçisi va amaliyotçisi böldi. 1776 y. Peterburgda birinçi doimiy teatr işlay boşladi, şu teatr «asosida 1780 y. Petr teatri, 1776 y. Moskva Bolşoy teatri (Katta teatr), 1824 y. Maliy teatr (Kiçik teatr) taşkil topdi. 1832 y. Peterburgda Aleksandr (hoz. Puşkin nomidagi) teatr binosi kurildi. 18-a. oxiri — 19-a. boşlarida krepostnoy teatrlari keng yoyildi.
1812 y. Vatan uruşidan keyin rus sahnasida U. Şekspir, F. Şiller, D. Fonvizin, V. Kapnist, I. Krilov, V. Ozerov asarlari körsatildi. Köngiloçar tarjima asarlarini A.Griboyedov, N. Gogol, A. Puşkin, A. Ostrovskiy pyesalari siqib çiqardi. G.N.Fedotova, A.I.Yujin, V.N.Davidov kabi aktyorlar sahna madaniyatini yuqrri kötardilar. 1898 y. K.S.Stanislavskiy b-n V.I.NemiroviçDançenko tomonidan Moskva Badiiy teatri taşkil etildi. 20-a. boşlarida Moskva va Peterburgda bir qator yangi teatrlar, tajriba teatr studiyalari, viloyatlarda turli yönalişdagi teatrlar iş boşladi. 20-y.lar oxiri — 30-y.lar boşlarida işçi yoşlar teatrlari ommalaşdi. Köpçiligi havaskor va yarim professional jamoalardan iborat bölgan bu teatrlar keyinçalik professional teatrlarga negiz böldi. Ayniqsa, 30-y.lar sahnasida inqilobiytarixiy pyesalar ustunlik qildi. 2-jahon uruşi yillarida köpgina teatrlar şarqqa köçirildi, front teatrlari va artistlar brigadalari taşkil etildi. Uruşdan keyingi yillarda teatr san'atining rivoji notekis va ziddiyatli böldi. Bu sohaga hokimiyatning aralaşuvi köpgina teatr jamoalari, ayrim san'at arboblari va aktyorlar ijodiga asoratli ta'sir qildi.
50-y.lar oxiri — 80-y.larda rus mumtoz adabiyoti va dramaturgiyasi asarlarini yangiça talqin qiluvçi spektakllar paydo böddi. F.M.Dostoyevskiy, L.N.Tolstoy, A.P.Çexov, J.B.Molyer pyesalari b-n bir qatorda B.L.Vasilyev, F.A.Abramov, V.M.Şukşin, V.N.Voynoviç kissalari sahnalaştirildi. 80-y.larda teatrlarning faoliyat şaroiti tubdan özgardi, senzura bekor qilindi, spektakllarning rahbar organlar tomonidan «qabul kilinişi» barham topdi. Yu. P. Lyubimov, G.A. Tovstonogov, L.Ye.Xeyfets, R. Simonov, P.O.Xomskiy, Yu.I.Yeryomin kabi rej.lar tarixiy va zamonaviy mavzulardagi asarlarni zör mahorat b-n sahnalaştirdilar, aktyorlardan — Yu.K.Borisova, K.Yu.Lavrov, I.M.Smoktunovskiy, M.A.Ulyanov va b. teatr taraqqiyotiga muhim hissa qöşdilar. R.da opera va balet san'ati, şuningdek, qöğirçoq teatri, sirk san'ati ham rivojlangan. Yuqorida sanab ötilgan teatrlardan taşqari Moskvada Ye. Vaxtangov nomidagi, Mossovet nomidagi, Sankt-Peterburgda V. Komissarjevskaya nomidagi teatr, A. Raykin nomidagi satira teatri, Moskvada S. Obrazsov nomidagi qöğirçoq teatri, «Kreml baleti» teatri va b. teatrlar maşxur. Teatr uçun kadrlar R. teatr san'ati akademiyasi, B.Şçukin nomidagi, M. Şçepkin nomidagi teatr bilim yurtlari, teatr badiiytexnika bilim yurti, sirk va estrada san'ati bilim yurti va b. öquv yurtlarida tayyorlanadi.
Kinosi. 1908 y.dan Sankt-Peterburgda A. Drankovning, Moskvada A. Xanjonkov va I. Yermolyevning kino firmalari taşkil etildi. Ilk kinoçilar xalq qöşikdari, mumtoz adabiyot asarlari asosida filmlar yaratişdi («Stenka Razin va knyaz qizi», rej. V.F.Romaşkov, 1908; «Sevastopol mudofaasi», rej. V.M.Gonçarov va A. A. Xanjonkov, 1911). 1910-y.larda «Dvoryanlar uyasi» (rej. V.R.Gardin), «Qarğa motkasi» (rej. Ya. Protazanov) filmlari suratga olindi. 20—30-y.larda rej. lardan S.Eyzenşteyn, A. Ivanovskiy, G. Roşal, V. Pudovkin, D. Vertov tarixiy va hajviy filmlarni tomoşabinlarga taqsim etdi. «Hayotga yöllanma» nomli birinçi ovozli badiiy film (rej. N. Ekk) 1931 y. yaratildi. Şundan keyin «Aleksandr Nevskiy» (rej. Eyzenşteyn), Petr 1 (rej. V. Petrov) kabi tarixiy, «Quvnoq yigitlar», «VolgaVolga» (rej. G. Aleksandrov), «Traktorçilar» (rej. I. Piryev) kabi hajviy filmlar ekranga çiqarildi. 2-jahon uruşi va undan keyingi yillar kinematografiyasining köpçilik asarlari vatanparvarlik, fantexnika inqilobi, jumladan, kosmosni zabt etiş mavzulariga bağişlandi («U vatanni himoya qiladi», rej. F. Ermler; «Turnalar uçmokda», rej. M. Kalatozov; «Inson takdiri», rej. S. Bondarçuk; «Olovning böysundirilişi», rej. D.L.Xrabrovitskiy va b.). Mumtoz adabiyot asarlarini ekranlaştiriş doim katta örin olib keldi. Jumladan, F. Dostoyevskiyning «Jinoyat va jazo» (1970, rej. L.A.Kulijanov), M. Gorkiyning «Yegor Buliçev va boşqalar» (1973, rej. Yu. Solovyev) va «Vassa» (1983, rej. G. Panfilov), M. Bulgakovning «Qoçiş» (1971, rej. A.Alov, V. Naumov), Çexovning «Daşt» (1977, rej. S. Bondarçuk), I. Gonçarovning «I.I.Oblomov hayotining bir neça kuni» (1980, rej. N. Mixalqov), A. Tolstoyning «Petrning yoşligi» (1981, rej. S.Gerasimov) asarlari suratga olindi. Rej. V. Menşovning «Moskva köz yoşlarga işonmaydi» va A. Mittaning «Ekipaj» filmlari R. kinematografiyasida ijtimoiy va ma'naviy yönalişga e'tibor kuçayganidan darak berdi. 60—80-y.larda G.Çuxray, V. Şukşin, G. Panfilov, N. Mixalqov, E. Ryazanov kabi rej.lar barakali ijod qildilar. 90-y.larda voyaga yetgan rej.lar avlodi keksa kino arboblari b-n ijodiy bahs yuritib, mafkura sohasidagina emas, badiiy vositalar, ifoda usullari borasida ham yangi yöllarni izlay boşladi. R.da hujjatli, ilmiyommabop va multiplikatsiya kinosi ham rivojlangan.
R.da «Mosfilm», «Lenfilm», «M. Gorkiy nomidagi kinostudiya», «Soyuzmultfilm» studiyasi, turli viloyatlarda badiiy va hujjatli filmlar studiyalari bor. Rej., operator va b. kadrlar Moskvadagi Davlat kinematografiya in-tida, ssenariyçi va rej.lar 2 y.lik oliy kurslarda tayyorlanadi. Bundan taşqari, Sankt-Peterburg, RostovDon, Qozon, Voronej, Zagorskda kinotexnikumlar bor.
Uzbekistan—R. munosabatlari. Özbekiston — R. aloqalari uzok, tarixga ega. Oltin Örda davlati sohibqiron Amir Temur zarblari ostida barham topganidan keyin Rus davlati b-n Örta Osiyo örtasida elçilik munosabatlari örnatişga harakat boşlandi. Mac, 1464 y. Rus hukumati öz elçilarini bu yerga yubordi. 1490 y. temuriy Sulton Husayn Boyqaroning elçilari Moskvaga bordi. 16-a. örtalarida Rus davlati Aştarxon (Astraxon) va Kozon xonliklarini bosib olganidan keyin ikkala tomon bir-biriga çegaradoş va qöşni bölib qoldi. Rus davlati ham Buxoro va Xiva xonliklari b-n aloqalardan manfaatdor edi.
16-a.ning 2-yarmi, 17—18-a.larda ikki örtada diplomatok va savdosotiq alokalari faollaşgan. Rossiya yilnomalarida körsatilişiça, Buxoro amirligi, Xiva, Qöqon xonliklaridan elçilar savdosotiqni köpaytiriş taklifi b-n Peterburgga borgan. 19-a.ning 60-y.laridan Urta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingaç, bu yerlar Rossiyaning xom aşyo manbai bölib qoldi. Örta Osiyodan paxta, ipak va b. yuboriş va bu yerga sanoat mollari keltiriş yölga qöyiddi. 1917 y. okt. töntarişidan keyin Özbekiston — R. alokalari Sovet xukumati siyosati doirasida yagona iktisodiyot rejasiga binoan, i.ç.ni ixtisoslaştiriş va kooperatsiyalaş yölida amalga oşiriddi.
20-a.ning 90-y.laridan ikki mamlakat örtasida teng huquqli aloqalar örnatila boşladi. Özbekiston Prezidenti I. Karimovning 1998, 2001 va 2004 y.larda R.ga qilgan taşriflari, R. Prezidenti V.Putinning 2000 va 2003 y.larda Özbekistonda bölgan vaqtida erişilgan bitimlar va imzolangan hujjatlar ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy, ilmiy va madaniy hamkorlikka huquqiy asos yaratdi. 1998— 2007 y.larga möljallangan iqtisodiy hamkorlikni çukurlaştiriş haqidagi şartnoma bu asosni yanada kengaytirdi. RF bilan ÖzR örtasidagi iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiya asosiy muvofiqdaştiruvçi organ vazifasini bajaradi. U ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarning ustun yönalişlarini belgilaş, qulay hamkorlik şartşaroitlarini vujudga keltirişga, xöjalik yurituvçi subyektlarni xususiylaştiriş jarayenlarida iştirok etişiga, Özbekiston va R. regionlarining hamkorligiga kömaklaşiş b-n şuğullanadi. 2003 y. Özbekiston b-n Rossiya örtasida tovar ayirboşlaş hajmi 1 mlrd. 149,1 mln. AKŞ dollariga yetdi. UzR dan R.ga paxta tolasi, yengil avtomobil, mevasabzavot mahsuloti va b. yuboriladi. R.dan mexanik va elektr maşinauskuna, transport vositalari, qora metall, plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, doridarmon, yoğoç, kimyo sanoati mahsulotlari va b. keltiriladi. Ikki mamlakat işbilarmonlarining xamkorligi tufayli ÖzR da 520 ta qöşma korxona barpo etilgan. Ular orasida R. sarmoyasi 100% bölgan önlab korxona bor. Ular oziq-ovqat, töqimaçilik, yoğoçni qayta işlaş, doridarmon i.ç., maşinasozlik, q.x. mahsulotlarini qayta işlaş sohasida faoliyat yuritadi. R.ning salkam 40 ta kompaniyasi, jumladan, «Aeroflot», «Avtovaz», «Zarubejneftgaz», «LUKoyl», «Texmaşimpeks» va b. öz vakolatxonalariga ega. R.da özbek rezidentlari iştirokida taşkil etilgan 167 korxona, şu jumladan, 72 qöşma korxona bor. I.ç. sohasida, ayniqsa, aviasozliqda avvalgi kooperatsiya aloqalari sakdanib qolgan. Özbek gazini R. orqali özga davlatlarga ötkaziş, şuningdek, yangi neft va gaz manbalarini qidirib topiş, ularni qazib oliş va qayta işlaş sohasida özaro hamkorlik yölga qöyilgan. R.ning «Gazprom» aksiyadorlik jamiyatlari birlaşmasi b-n «Özbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi örtasida strategik hamkorlik qiliş töğrisida hamda «Özbekneftgaz» b-n «LUKoyl» örtasida mahsulotni taqsimlaşga oid bayonnoma tayyorlaş hakida imzolangan hujjatlar bu borada muhim voqea böldi. Ikki mamlakat regionlarining iqtisodiy hamkorligi uzluksiz rivojlanmokda. Moskva ş. va viloyati, Sankt-Peterburg, Yaroslavl viloyati, Boşqirdiston, Mordoviya, Tatariston respublikalari, Sibir va Ural regionlarining işbilarmon doiralaridan ÖzR ga delegatsiyalar kelib turadi, ular ÖzR xöjalik yurituvçi subyektlari b-n özaro manfaatli şartnomalar tuzdi. Çkalov nomidagi aviatsiya i.ç. birlaşmasi, «UzDEUavto», «Özavtoyöl» b-n tuzilgan şartnomalar şu jumlaga kiradi.
Ilmiy hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Supa platosida Xalqaro radioastronomiya rasadxonasini barpo etiş töğrisidagi hukumatlararo şartnomani amalga oşiriş böyiça olimlar hamkorligi bunga misol böladi. Ikki mamlakat FA lari va ularning intlari ilmiy aloqalari yölga qöyilgan. 2001 y. fev.da Toşkentda oçilgan R. xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi («Roszarubejsentr»)ning vakolatxonasi zimmasiga aniq gumanitar masalalarni hal qiliş vazifasi kjlatilgan. «Roszarubejsentr» b-n Özbekiston BA örtasida tuzilgan şartnomaga binoan turli tadbir, keça va körgazmalar ötkaziş odat tusiga kirgan. Madaniyat va san'at, xususan, tasviriy va amaliy san'at vakillari özaro ijodiy aloqa qilib turadilar, jumladan, 2003 y. Moskvada J. Umarbekov va b. özbek rassomlarining körgazmalari uyuştirildi. 1997 y.dan boşlab Özbekiston BA Moskvadagi Rassomlar markaziy uyida xar yili ötkaziladigan nufuzli xalqaro körgazmaning doimiy iştirokçisidir. ÖzR dagi Rus madaniyat markazi va «Uzbekistan—Rossiya» döstlik jamiyatining faoliyati madaniy aloqalarni rivojlantiriş va kengaytirişga yordam beradi.