Tabiati. P. Visla va Odra daryolari havzasida, şim.da Boltiq dengizi va jan.da Karpat va Sudet toğlari oraliğida joylaşgan. Hududining 90% dan köproği tekislik va payettekislik, jan.da toğliklar bor. Dengiz böylari past, qumloq. Qazilma boyliklari — toşkömir, qönğir kömir, tabiiy gaz va neft, temir, mis, qörğoşin, oltingugurt, rux; kaliymagniy tuz konlari bor. Iqlimi mö'tadil, okean iqlimi b-n kontinental iqlim örta-sida. Yanv.ning örtaça t-rasi —G dan — 6° gaça, iyulniki 10—19°. Yillik yoğin 500—1800 mm. Yomğir va qordan suv oladigan Odra, Visla, Bug, Notets va Var-ta daryolarida kema katnaydi. P.da 9000 dan ortiq köl bor. Eng kattalari: Snyar-dvi (113,8 km2), Mamri (104 km2).
P. hududining yarmidan köproği haydaladigan yerlar, 28% örmon. Aksariyat joylarda igna bargli, ğarbi va jan. da keng bargli daraxtlar usadi. Mamlakat şim. va şarqida yaxlit örmon-zorlar (Belaya Veja puşçasining bir qismi va b.) saqlangan. Şim. va şim,-şarkda katta maydonlar vereyekzor va torfli yerlar b-n band. Tekisliklarda aksari çimli-podzolli tuproqlar, şarq va şim.-şarqda botqoqli tuproqlar, toğ oldi va toğ etaklarida qönğir örmon va qora tuproklar, toğlarda esa, toğ qönğir, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlar tarqalgan. Örmonlarda böri, silovsin, tulki, börsiq, ayiq; tuyoqlilardan tönğiz, los, buğu yaşaydi. Kuşlardan karqur, kaklik, toğlarda burgut uçraydi. Dengiz, köl va daryolarda baliq köp. P.da Tatra, Penin va b. milliy boğlar bor.
Aholisining 98,5% polyaklar; ukrainlar, beloruslar, slovaklar ham yaşaydi. Rasmiy til — polyak tili. Dindorlarning köpçiligi — katoliklar. Şahar aholisi —62,1%. Yirik şaharlari: Varşava, Lodz, Krakov, Vrotslav, Poznan, Gdansk va b.
Tarixi. P. hududida paleolit davridayoq odamlar yaşagan. Mil. av. 1-ming yillik va mil. 1-ming yillikning 1yarmida P. hududida slavyan kabilalarining şakllaniş jarayoni sodir böldi. 8—9- a.larda qabila knyazliklari vujudga keldi. 10-a.da Odra, Visla va Bug daryolari oraliğida yaşovçi polyan (Polşa, polyaklar nomi şundan kelib çiqqan), mazovşan, vislyan, pomoryan qabilalarining knyazliklari birlaştirildi va yagona P. davlati taşkil topdi. Biroq, 12-a.ga kelib P. davlati yana knyazliklarga bölinib ketdi. 13-a. oxirida knyaz Pşemisl II rah-barligida P. yerlarini birlaştiriş uçun kuraş boşlandi. 14—15-a. larda yagona P. davlati paydo böldi, madaniyat rivojlandi, polyak tili şakllandi. 15-a.ning 1yarmida Krakovdagi Yagaylo un-ti (1364 y.da asos solingan) polyak fani markaziga aylandi.
16-a.ning 2yarmidan P. davlati ukrain, belorus va rus yerlarini bosib ola boşladi. P. b-n Litvaning birlaşuvi natijasida Reç Pospolita paydo böldi. 1609—12 y.larda P. Rossiyaga hujum qildi. Bir neça asr mobaynida P. Yevropadagi eng qudratli davlatlardan biri bölib turdi. Ammo oğir uruşlar sababli mamlakat inqirozga uçrab, uç marta (1772, 1793, 1795 y.larda) Prussiya, Avstriya, Rossiya örtasida bölinib ketdi, P. davlati tugatildi, xalqi asoratga tuşdi. 1807 y. Napoleon I qöşinlari Prussiyani yengib, Fransiyaga tobe Varşava gersogligini tuzdi. 1814—15 y.larda Vena kongressida P. yana bölindi. Varşava gersogligining katta qismi P. qirolligiga aylantirilib, Rossiyaga topşirildi.
Prussiya Varşava gersogligining bir qismini oldi, Sileziya va Dengiz böyini özida saklab qoldi. Avstriya (1867 y.dan Avstro-Vengriya)ga Galitsiya berildi. Krakov respublikasi tuzildi. Polyak xalqi ozodlik uçun tinimsiz kuraşdi (1794 y. T. Kostyuşko boşçiligidagi qözğolon, şuningdek, 1830—31, 1846, 1848, 1863—64 ylardagi qözğolonlar). 19-a. oxiri —20-a. boşlarida P.da sanoat birmunça rivojlandi, t.y. qurildi. Ozodlik xarakati yanada kuçaydi. 1-jahon uruşida P.ga ançagina zarar yetdi. Bosqinçi qöşinlar olib çiqib ketilgaç, P.ni böliş töğrisidagi barça bitimlar bekor qilindi va 1918 y. noyab.da Polşa Respublikasi mustaqilligi e'lon qilindi. 1920 y. apr.da Sovet-Polşa uruşi boşlandi. 1921 y. şartnomasiga binoan, Ğarbiy Ukraina b-n Ğarbiy Belorussiya P.gaötdi va 1939 y.da bu yerlar yana SSSRga kay-tarib olindi. 1939 y. 1 sent.da Germaniya P.ga hujum qilib, 2-jahon uruşini boşladi. Polyak xalqi ozodlik uçun qattiq kuraş olib bordi. 1945 y. mayda barça polyak yerlari ozod qilindi. 1952 y.dan 1989 i.gaça mamlakat P. Xalq Respublikasi deb ataldi. 80-y.lar boşida mamlakatda çuqur ijtimoiy-iqtisodiy tanglik röy berdi. 1981 y.dek. da xdrbiy holat joriy etildi. 1989 y.da «Birdamlik» kasaba uyuşma birlaşmasi vakillari hokimiyat te-pasiga çikdi va davlatning nomi P. Respublikasi deb atala boşladi. 1997 y. 25 mayda ötkazilgan referendumda mamlakatning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. P. — 1945 y.dan BMT a'zosi. 1991 y. dek.da ÖzR suverenitetini tan olgan va 1992 y. martda diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayramlari —3 may — 1791 y.gi Konstitutsiya kuni va 11 noyab. — Mustaqillik kuni (1918).
Asosiy siyosiy partiyalari, birlaşmalari va kasaba uyuşmalari. Demokrat k partiya, 1939 y. asos solingan; Konservativ xalq partiyasi, 1997 y. tuzilgan; Mustaqil P. konfederatsiyasi partiyasi, 1979 y. taşkil etilgan; Polyak dehqonlari partiyasi, 1990 y. asos solingan; Polyak xristian demok-ratlari kelişuvi partiyasi, 1999 y. tuzilgan; Oraliq kuçlari bitişuvi partiyasi, 1990 y. taşkil etilgan; Mehnat ittifoqi partiyasi, 1992 y. asos solingan; P.ni tiklaş haraka-ti, 1995 y. tuzilgan; Demokratik söl kuçlar ittifoqi, 1991 y. saylovoldi birlaşmasi sifatida taşkil etilgan; Ozodlik ittifoqi taşkiloti, 1994 y.da tuzilgan. Umumpolşa kasaba uyuşmalari bitişuvi, 1984 y. asos solingan; Yakkahol dehqonlarning «Birdamlik» kasaba uyuşmasi, 1981 y. tuzilgan; «Birdamlik» kasaba uyuşmasi, 1980 y. taşkil etilgan; «Birdamlik-80» kasaba uyuşmasi, 1990 y. «Birdamlik» kasaba uyuşmasidan ajralib çiqqan va özini 1980—81 y.lardagi kasaba uyuşma harakatining birdan-bir davomçisi deb hisoblaydi.
Xöjaligi. P. — industrial-agrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşi 5,1%, qişloq va örmon xöjaligining uluşi 26,6%, xizmat körsatiş sohasining uluşi 68,3%.
Sanoati. P. toşkömir, oltingu-gurt, tabiiy gaz, kumuş qazib olişda, pölat eritişda Yevropada oldingi örinlardan birida turadi. Kumir mamlakat yoqilğienergetika balansining asosini taşkil etadi. Toşkömir Yuqori Sileziya, şuningdek, Valbşix va Lyublin havzalarida, qönğir kömir Bogatinda qazib çiqariladi. Elektr styalari, asosan, kumir konlari atrofida qurilgan. Issiklik elektr styalarida yiliga örtaça 135,3 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Mis, qörğoşin-rux rudalari, ozroq mikdorda neft ham qazib olinadi.
Mamlakat ehtiyojlari uçun zarur neftning 90% dan köproği çet ellardan sotib olinadi. Neftni qayta işlaş sanoatining asosiy markazlari — Plotsk va Gdansk. Çetdan keltiriladigan temir ruda va mahalliy koks asosida işlovçi metallurgiya z-dlari (şu jumladan, Krakovdagi metallurgiya k-ti va maşhur «Katovitse» k-ti) Yuqori Sileziya aglomeratsiyasida joylaşgan. Rangli metallurgiya sanoati tarkibida mis (Gloguv, Legnitsa), qörğoşin, rux (Katovitse, Bukovno, Myasteçko-Slyonske) va alyuminiy (Konin) z-dlari bor. Sanoatning asosiy tarmoqlari bölmiş maşinasozlik va metall işlaş sanoati xilma-xil mah-sulot işlab çiqaradi. Kemasozlik (Gdansk, Gdinya, Şçetsin), samo-lyotsozlik (Varşava, Melen, Svidvin), vagon va lokomotivsozlik (Svidnitsa, Zelena Gura, Vrotslav, Poznan, Xşanuv), avtomobilsozlik (Varşava, Staraxovitse, Yelç, Lyublin, Nisa), traktorsozlik (Varşava) rivojlangan. Şaxta va metallurgiya z-dlari uçun texnologiya asbob-uskunalari, quyuv, kimyo, oziq-ovqat, yoğoçsozlik, bino-korlik materiallari korxonalari uçun komplekt asbob-uskunalar, şuningdek, stanoklar, kema dvigatellari, elektr motorlar, kötarma-trans-port vositalari, rözğor maşinalari va apparatlar, elektron asboblar va b. ham işlab çiqariladi. Kimyo sanoatida oltingugurt kislotasi, mineral öğit, soda, xlor, plastmassa, sintetik tola, kauçuk i.ç. korxonalari bor. Asosiy markazlari — Tarnuv, Osvensim, Plotsk, Bidgoşç. Farmatsevtika, fotokimyo, parfyumeriya (Varşava, Lodz, Krakov), rezina, sement, şişa, çinni-fayans, yoğoçsozlik, sellyuloza-qogoz, kön-poyabzal, tikuvçilik sanoati mavjud. Töqimaçilik (ip, ziğir, jun gazlama, trikotaj), oziq-ovqat (qand-şakar, spirt-araq, göşt, yoğ, baliq, tamaki) sanoat tarmoklari rivojlangan. Örmonlarda yoğoç tayyorlanadi.
Kişloq xöjaligi. Mamlakat maydonining 61% q.x.ga yarokli yerlar. Mayda xususiy dehqonçilik xöjaliklari ustun. Davlat xöjaliklari, şir-katlar va q.x. tögaraklari ham bor. Eng muhim q.x. ekinlari: javdar, buğdoy, arpa, suli, kartoşka, qand lavlagi va b. Sabzavot, tamaki, yem-xaşak, re-zavor mevalar ham yetiştiriladi. Çorvaçilik salmoği katta. Koramol, çöçqa, qöy, ot, parranda boqiladi.
Transport ning asosini temir yöllar taşkil etadi. T.y. uzunligi — 24 ming km, avtomobil yöllari uz. 372,5 ming km. Dare kemaçiligi rivojlangan. Asosiy dengiz portlari — Gdansk, Gdinya, Şçetsin. Dengiz savdo flotining tonnaji — 4,5 mln. tonna dedveyt. Asosiy xalqaro aeroporti — Okense (Varşava yaqinida).
Taşqi iqtisodiy aloqala-r i . P. çet ellarga maşinalar, sanoat asbob-uskunalari, kemalar, kimyo sanoati mahsulotlari, keng iste'mol mollari, kumir, koks, mis, rux, kora metallar prokati va b. çiqaradi. Çetdan xom aşyo, yoqilği, don, q.x. mahsulotlari va b. oladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya, AQŞ b-n savdo qiladi.
Tibbiy xizmati. Davlatga qaraşli kasalxonalar b-n bir qatorda xususiy şifoxonalar xam aholiga tibbiy xizmat körsatadi. Vraçlar 10 tibbiyot akademiyasida tayyorlanadi. Kurortlar orasida eng maşhurlari: Krinitsa, Polyanitsa-Zdruy, Sopot, Kolobjeg, Zakopane.
Maorifi, madaniyma'rifiy va ilmiy muassasalari. Maorifi 15 yoşgaça bölgan bolalar uçun majburiy, barça poğonalari davlat ta'minotida. Hunar-texnika maktabi boşlanğiç (1— 3-sinflar) va muntazam (4—10-sinflar) ta'limni öz içiga oladi. Ixtisoslaşgan litseylar ham bor. Xususiy maktablar tarmoği kengaymoqda. P. da 130 oliy öquv yurti faoliyat körsatadi. Yevropadagi eng qad. un-tlardan biri Krakov un-ti (1364), şuningdek, Varşava un-ti (1816), politexnika in-tlari, oliy q.x., iqtisodiyot, ped. maktablari, tibbiyot va rassomçilik akademiyalari şu jumlaga kiradi.
Mamlakatdagi ilmiy faoliyatni Polşa FA b-n birga Fan vazirligi muvofiklaştirib boradi. I.t.lar Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot in-tlarida, oliy öquv yurtlarida, idoraviy ilmiy muassasalarda olib boriladi. P.da Banax nomidagi xalq-aro mat. markazi (Varşavada) va Xalq-aro' kuçli magnit maydonlari va past t-ralarlab. (Vrotslavda) işlaydi. Yi-rik kutubxonalari: Krakov un-ti ku-tubxonasi (1364), Varşavadagi milliy kutubxona (1928), Varşava un-ti ku-tubxonasi (1817), Poznan un-ti ku-tubxonasi (1902), şuningdek, P. fanlar akademiyasining Varşava, Gdansk, Krakovdagi kutubxonalari. Eng yirik muzeylari: Varşavadagi milliy muzey (1863), Krakovdagi milliy muzey (1879), Poznandagi milliy muzey (1857), Varşavadagi F. Şopen va A. Mitskeviç muzeylari.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. P. poytaxti va voyevodalarida köpgina gaz. va jur.lar naşr etiladi. Eng muhimlari: «Gazeta viborça» («Saylovçilar gazetasi», kundalik mu-staqil gaz., 1989 y.dan), «Tribuna» («Minbar», kundalik gaz., 1948 y. «Tribuna lyudu» nomi b-n asos solingan, 1990 y.dan xoz. nomda çiqadi), «Gazeta Krakovska» («Krakov gazetasi», kundalik gaz., 1949 y.dan), «Gazeta Lyubuska» («Lyubuska gazetasi», kundalik gaz., 1952 y.dan) «Gazeta samojondova» («Özini özi boşqariş», kundalik gaz., 1990 y.dan), «Gromadarolnik polski» («Polyak deqqoni minbari», haftasiga 3 marta çikadigan gaz., 1947 y.dan), «Yednost» («Birlik» haftanoma, 1989 y.dan), «Jiçe Varşavi» («Varşava hayoti», kundalik gaz., 1944 y.dan), «Reç Pospolita» («Respublika», kundalik gaz., 1981 y.dan), «Jiçe gospo-darçe» («Iqtisodiy hayot», haftalik iqtisodiy jur., 1945 y.dan), «Nova respublika» («Yangi respublika», oylikjur., 1987 y.dan). P. matbuot agentligi, davlat maxkamasi, 1918 y. tuzilgan; P. axborot agentligi, aksiyadorlik korxonasi, 1991 y. taşkil etilgan. P. radio va televideniye qömitasi davlat mahkamasi bölib, 1944 y. tuzilgan, ra-dioeşittiriş va telekörsatuvlarga rahbarlik qiladi. Telekörsatuvlar 1952 y.dan olib boriladi.
Adabiyoti. P. adabiyoti 10-a.dalotin tilida vujudga keldi. 16-a.gaça unda diniy ruhdagi kitoblar, şuningdek, yilnoma va voqeiy hikoyalar ustun bölgan. Polyak tilidagi ilk asarlar ham diniy mazmunda edi («Bibi Maryam» qöşiği, 13-a.). 15-a.da dunyoviy ruhdagi asarlar yaratila boşladi («Yalqov dehqonlar hajvi»). 15-a. oxiri — 16-a. boşlarida Uyğoniş davri boşlandi. M. Rey, Ya. Koxanovskiy, Ş. Şimono-viç, S Klyonoviç asarlari adolat va vatanparvarlik ğoyalarini tarannum etdi. 16—17-a.larda hajviy doston va qissalar, nasihatomuz köşiq va dramalar, qisqa hazil şe'rlar («fraşka»lar) maşhur böldi. Ma'rifatparvarlik davri (18-a. örtalari)da milliy mustaqillik uçun kuraş, ilğor ijtimoiy-falsafiy ğoyalar tarqaldi, adabiy-badiiy jur.lar naşr etila boşladi. 19-a. boşlarida A. Mitskeviç milliy-ozodlik kuraşi ta'sirida inqilobiy romantizmga asos soldi, demokratik P. haqidagi orzularini kuyladi. 1863 y.dan keyin adabiyotda realizm yuzaga keldi (A. Asnik, M. Konop-' nitskaya, E. Ojeşko, B. Prus ijodiyoti). 19-a. oxiri —20-a. boşlarida realizm b-n bir katorda modernistik okimlar hukmron böldi (L. Staff, S. Jeromskiy). 1va 2-jahon uruşlari örtasidagi davr adabiyetida ijtimoiy ziddiyatlar tanqidiy yoritildi. Uruşdan ke-yingi adabiy asarlarda okkupatsiya yillarida yaşirin kuraş olib borgan vatanparvarlarning qiyofasi har tomonlama oçib berildi. Ammo sotsiali-stik realizm degan soxta adabiy qoliplar zörlab tiqiştirilişi oqibatida polyak adabiyetida xalq hayoti va qahramonlarning işlari, xulq atvori bir yoklama yoritilişiga olib bordi.
Polyak yozuvçilarining ayrim asarlari, jumladan, A. Mitskeviç, Yu. Tuvim şe'rlari, V. Vasilevskaya romanlari uzbek tilida naşr etilgan.
Me'morligi. Mil. av. 4—3-a.larga oid Biskupin jamoa manzilgoxlarida yogoçdan yasalgan inşootlar P. qududidagi eng qad. yodgorliklardir. Xristi-anlik qabul etilgaç (966), diniy toş me'morligi rivojlandi (Krakovning Vavel tepaligidagi bibi Maryam ka-pellarotondasi, 10-a.ning 2yarmi). 11 -a. ning 2yarmidan roman uslubida haykallar b-n bezatilgan mahobatli binolar qurildi (Krakov va Tumadagi avliyo Anjey kostyollari, 1090, 1141—61 y.lar; Vrotslavdagi Mariya Magdalina kostyoli, 12-a. vab.). 13—15-a.larda gotika tarqaldi, şaharlar qad kötardi, ularning markazlarida me'moriy majmualar (bozor maydonlari) vujudga keldi, yangi turdagi imoratlar (minorali ratuşalar, movut ras-talari), mudofaa istehkomlari va ş. k. paydo böldi. Ular orasida Torundagi ratuşa (13—17-a. lar) va avliyo Yan kostyoli, Vrotslavdagi ratuşa (13-a. 2yarmi —16-a. boşlari) va Ioann Krestitel kostyoli (13—18-a.lar), Gdanskdagi «Artus hovlisi» (14-a.) va b.larni körsatiş mumkin. Uyğoniş davrida ravoklar b-n öralgan hovlili saroylarning yangi turi yaratil-di (Krakovning Vavel tepaligidagi, Baranuv, Miruvdagi qasr saroylar). 16-a. oxiridan 18-a. 1yarmigaçaP. me'morligida barokko us-lubi ustun böldi (Krakovdagi Petr va Pavel kostyoli, Varşavadagi Vilyanuv qirol çorboği va b.).
Xalq yoğoç me'morligi rivojlandi. 18-a. 2yarmidan klassitsizm urf böldi; şaharlarda mahobatli jamoat binolari va majmualari barpo etildi (Varşavadagi Belveder saroyi, 1818—22, me'mor Ya. Kubitskiy; Lazenka saroylar majmuasi, 1784—95, me'mor D. Merlini, Ya. Kamzetser va b.; Katta teatr, 1820—32, me'mor A. Koratssi, X. P. Aygner). 19- a. 2yarmidan eklektizm, keyinroq konstruktivizm ustunlik qildi, 2-jahon uruşi yillarida (1939—45) faşistlar P.ning şahar va qişloqlarini vayron etib, köpgina me'moriy yodgorliklarini ğorat qil-dilar. Uruşdan keyin ularni qayta tiklaş va yangilarini barpo etiş sohasida köp iş qilindi. «Krakoviya» mehmonxonasi, Varşavadagi «Ön yillik» stadioni, «Supersam» savdo mar-kazi, uy-joy dahalari, Poznandagi «Univermag», «Merkuriy» mehmonxonasi şu jumlaga kiradi.
Tasviriy san'ati. P. hududidagi aholi neolit davridayoq naqşinkor sopol idişlar yasagan. Jez va temir davrlarida sopol va jez idişlar, parranda va xayvon rasmi tuşirilgan ikki ğildirakli aravalar işlangan. 11 — 13-a. larda roman uslubi hukmron böldi (Gneznodagi bibi Mariya kostyolining bronza eşiklari, taxm. 1170 y., Stşelnodagi kostyolning öymakor ravokdari, 12-a., Tumadagi kostyol naqşlari, taxm. 1161 y., «Emmeran ko-deksi» miniatyuralari, 1099 y. va b.). 13-a. oxiridan 15-a. boşlarigaça san'atda gotika urf böldi (Krakovdagi Vavel soborida V. Yagello daxmasi, 1421 y., «Gnezno bibliyasi» miniatyuralari, 1414 y.). 15-a. oxiri — 16-a.da polyak Uyğoniş davri san'ati şakllana boşladi, 16-a. oxiridan 18-a. örtalarigaça barokko yoyildi. 18-a. 2yarmi — 19-a. boşlari P. san'ati ma'rifatparvarlik ruhi b-n suğorilgan edi. Garçi ayrim möyqalam ustalari (M. Baççarelli) saroybop rasmlarni klassitsizm uslubida yaratsalar ham, köpçilik rassomlar hayotni haqqoniy tasvirlaşga (B. Bellotto, J. P. Norblin, A. Orlovskiy), polyak xalqining milliy ozodlik kuraşini ifodalaşga (A. Grotger) intildilar. A. Kotsis, V. Gerson asarlarida tanqidiy realizm nişonalari seziladi. 19-a.da A. va M. Gerimskiylar ijodida bu yönaliş yuqori poğonaga kötarildi. 19-a. oxiri — 20-a. boşlarida L. Viçulkovskiy, Ya. Stanislavskiy, Yu. Falat asarlari impressionizm, S. Vispyanskiy, Ya. Malçevskiy asarlari simvolizm ru-hida yaratildi. 1918 y.dan keyin polyak san'ati ziddiyatli rivojlandi. Ayrim rassomlar Ğarbiy Yevropa madaniyati yutuqlariga ergaşsa, boşqalari zamo-naviy milliy uslubni yaratişga in-tildi. Tanik^i polyak haykaltaroşi K. Dunikovskiy öz faoliyatini şu davrda boşladi. 2-jahon uruşidan keyin tasviriy san'atda rassomlardan V. Veys, F. Kovarskiy, X. Krayevskaya va Yu. Krayevskiy, haykaltaroş S. Gorno-Poplavskiy, grafiklardan T. Kulise-viç, T. Trepkovskiy va b. maşhur böldi. Mahobatli haykaltaroşlik rivoj topdi. Amaliy bezak san'atining har xil turlari qadimdan keng tarqalgan, badiiy hunarmandçilik avj olgan.
Musiqasida boşqa slavyan xalqlari musiqa madaniyati b-n umumiylik köp. 20-a.gaça saqlangan xalq çolğu asboblari şaqildoq, buben, huştaklar jörligida marosim qöşiqlar (asosan, bir ovozli), raqslar ijro etilgan.
Skripka, mazanka kabi torli, ligavka, bazun kabi puflab çalinadigan sozlar keng tarqalgan. 9—10-a.dan katolitsizm tarqalişi b-n birga grigo-rian xoralk keng örin tutadi.
11 — 12-a.larda çerkov aşulaçilik maktablari oçilib, ularning talabalari çerkov musiqasini turli joylardagi xalqmusiqasi b-n boyitdilar. 12-a.dan dunyoviy professional musiqa (jumladan, ritsarlar qöşiqçiligi) rivoj topdi, saroy kapellalari taşkil etildi. 16-a.dan un-tlarda musiqa nazariyasi örgatila boşladi. 16—17-a.larda yetişib çiqqan kompozitorlar milliy kuylarni Ğarbiy Yevropa raqs va musiqa janrlari b-n uyğunlaşti-ruvçi asarlar yarata boşladi. 1765 y. Varşavada oçilgan «Xalq teatri»da milliy operalar sahnalaştirildi. K. Kurpinskiy, M. Kamenskiy, M. Oginskiy, Yu. Elsner va b. milliy musiqa rivojiga katta hissa qöşdilar. 19-a.da bukj kompozitorlar F. Şopen, S. Monyuşko, virtuozskripkaçi aka-uka Venyavskiylar polyak musiqasini jahon musikasi darajasiga kötarişdi. 1901 y.da Varşava milliy filarmo-niyasi oçiddi. 20-a. musiqa madaniyatiga K. Şimanovskiy, V. Lyutoslavskiy, K. Penderetskiy kabi kompozitorlar katta hissa qöşdilar. P.da 21 simfonik orkestr, 10 opera teatri, 9 operetta teatri, 9 balet truppasi, 7 oliy mu-siqa maktabi,4 xoreografiya bilim yurti bor. 1927 y.dan xalqaro Şopen nomidagi pianinoçilar ganlovi, 1935 y.dan Venyavskiy nomidagi skripkaçilar tanlovi hamda Zamonaviy musiqa festivali va b. ötkaziladi.
Teatri. Xristianlikdan avvalgi davr xalq marosimlari va öyinlarida teatr san'ati nişonalari bölgan. 13— 16-a. larda turğun va sayyor xalq tomo-şaxonalari qurilgan, diniy dramalar rivojlangan. 13-a.ning 2yarmida körsa-tilgan teatr tomoşalarining ayrim ssenariylari saqpangan. 1633 y. Var-şavadagi qirol saroyida birinçi do-imiy teatr işga tuşdi. 18-a. oxirida ilğor milliy teatr san'ati uçun ku-raşga rej., artist, dramaturg V. Bu-guslavskiy boşçilik qildi. 19-a. 60-y.lari oxiridan Krakov teatri mamlakatnin g yetakç i teatri ga aylandi .1913 y. Varşavada «Polyak teatri» taşkil topdi. 20—30- y.larda L. Şiller Varşava, Lvov va b. şaharlardagi teatrlarda işlab, mahobatli, nazmiy va siyosiy teatrlarni uyğunlaştirişga harakat qildi. 2-jahon uruşidan söng teatr hayoti tiklandi, yangi teatrlar barpo etildi. P.da 60 teatr bor. Varşava teatr hayotining markazidir
(«Xalq teatri», «Polyak teatri», «Zamonaviy», «Umumiy» teatrlari), Kra-. kov, Lodz, Lyublin va b. şaharlardagi teatrlarda jaqon mumtoz dramaturgiyasi va mahalliy mualliflarning asarlari sahnalaştirilgan. P.da sirk san'ati rivojlangan.
Kinosi. Alohida badiiy filmlar 1908 y.da çiqarila boşlagan. Dastlabki filmlardan biri — «Antek Varşavaga ilk bor qadam ranjida qildi» hazil filmida maşhur hajvçi artist A. Fertner boş rolni öynagan. 1909— 10 y.larda kinofirmalar taşkil etildi. Ularning eng nufuzlisi «Sfinks» kompaniyasi muntazam filmlar çiqara boşladi. 1914 y. 14 film suratga olindi. 1910—18 y.larda milliy adabiyot asarlari: «Gunoh tarixi» (rej. A. Bendarçik), «Qiyomat qoyim» (rej. S. Knake-Zavadzkiy), «Meir Yezo-foviç» (rej. Yu. Ostoya-Sulnitskiy) ekranlaştirildi. «Start» kino uyuşmasi (1930) va «Kinomualliflar ko-operativi» (1937) kino san'ati rivo-jida muhim rol öynadi. 2-jahon uruşidan keyin «Film polskiy» davlat studiyasi taşkil etildi. «Avlod», «Kul va olmos» (rej. A. Vayda). «Xayrlaşuv» (rej. V. Xaye) filmlarida uruş oqibatlari tasvirlandi. «Yölovçi ayol» (rej. A. Munk), «Jangdan keyingi man-zara» (rej. A. Vayda), «Sehrli stolçalar» (rej. Ya. Mayevskiy), «Yer hidi» (rej. D. Yovanoviç) filmlari polyak ki-nematografiyasida salmokli örin oldi. Hujjatli va multiplikatsiya kinosi sohasida ham köpgina qiziqarli asarlar yaratildi. Varşava, Lodz, Vrotslavda kinostudiyalar, Krakovda multfilmlar studiyasi bor. Lodzdagi Oliy teatr, kino va televideniye maktabining rej.lik, aktyorlik, operatorlik, televideniye f-tlari, ayrim oliy öquv yurtlarining maxsus bölimlari kino xodimlari tayyorlaydi.
Özbekiston — P. munosabatlari. Ikki xalq örtasidagi aloqalar köp yillik tarixga ega. Xususan, 1863—64 y.larda çor Rossiyasiga karşi qözğolon kötargan polyaklar Örta Osiyoga sur-gun qilingan edi. Ular Toşkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Qöqon va b. şaharlarda yaşab, mehnat qildilar. 1895 y. Toşkentda polyak bolalari uçun maktab va kutubxona oçildi, yana 2 yildan keyin polyaklar jamoatçilik madaniyat markazi taşkil topdi, polyaklar kosteli faoliyat boşladm. Ikkinçi jahon uruşi davrida Polşani nemis-faşist qöşinlaridan ozod qiliş uçun bölgan janglarda özbek generali S. Rahimov Dansig (Gdansk) yaqinida halok böldi. Şu uruş oqibatida va ommaviy qatağonlar sababli polyaklarning mintaqamizga ikkinçi köçişi sodir böldi. Ötgan yillarda polyak va uzbek xalklari vakillari inoq yaşab keldilar, quvonçli va qay-ğuli kunlarda yelkadoş böldilar. Özbekiston mustaqillikka erişgaç, polyaklarning «Svetlitsa Polska» mada-niyat markazi jamoatçilik uyuşmasi maqomini oldi, Özbekistondagi 3 mingga yaqin polyak aholisiga öz milliy an'analari va madaniyatini rivojlantiriş, ikki mamlakatning milliy va davlat bayramlarini ni-şonlaş imkoni yaratildi. Özbekistondagi polyaklar diasporasi, «Özbekiston — Polşa» assotsiatsiyasi huzuridagi «Poloniya» seksiyasi, «Svetlitsa Polska»ning Samarqand, Farğona, Buxoro va Toşkent şö'balari faoliyat yuritayotir. Turli tarixiy sanalar, polşalik maşhur madaniyat va san'at arboblariga bağişlangan uçraşuv, keçalar, konsertlar uyuştirilayotir. Buyuk kompozitor Frederik Şopenga bağişlab Toşkentda ötkazilgan fortepiano musiqa festivali, A. Mitskeviç va V. Reymont kabi maşhur yozuvçi va şoirlarning xotira keçalari ötkazildi.
ÖzR b-n P. örtasida savdo-iqtisodiy aloqalar esa, Özbekiston mustaqillikka erişişi bnoq yölga qöyildi. 1992 y. Varşavada ikki mamlakat örta-sida «Iqtisodiy hamkorlik va savdosotiq töğrisida» şartnoma tuzildi. ÖzR Prezidenti I. Karimovning 1995 va 2003 y.larda Polşaga va P. prezidenti A. Kvasnevskining 2002 y. Uzbekistonga taşriflari özaro munosabatlarni yangi poğonaga kötardi, turli sohalarda yangi şartnomalar imzolan-di, özbek-polyak hukumatlararo komissiyasi işlay boşladi. 2001 y. iyun oyida Poznan savdo yarmarkasida Özbekistondan nufuzli delegatsiya iştirok etişi va unda mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati taqsimoti ötkazilişi özaro munosabatlar rivo-jida muhim bosqiç böldi. ÖzR Prezidenti I. Karimovning 2003 y. 10—12 iyul kunlari P.ga qilgan rasmiy taşrifi ayniqsa samarali böldi. Taşrif yakunida ikkita kredit bitimi, bojxona işida hamkorlik va özaro yordam, xalqaro avtomobil qatnovi töğrisida bitimlar imzolandi. Özbekiston mudofaa vazirligi b-n P. milliy mu-dofaa vazirligi örtasida harbiy-tex-nikaviy xamkorlik tögrisida deklaratsiya, Jaxrn iqtisodiyoti va diplomatiya un-ti b-n P. xalkaro munosabatlar in-ti örtasida qamkorlik memorandumi, «Özbekturizm» milliy kompaniyasi b-n P. sayyoxlik kompa-niyasi örtasida hamkorlik haqida bitim, ÖzR Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki b-n P.ning «Bank gosudarstva krayevego» örtasida hamkorlik töğrisida bitim imzolandi. Taşrif davomida özaro tovar aylanmasini yanada oşiriş kerakligi ta'kidlandi. Jumladan, 2001 y. bu körsatkiç 31,4 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi. ÖzR P.ga ip gazlama, kalava ip, paxta tolasi, rözğor paxtasi, noorganik kimyo mahsulotlari, qayta işlangan sabzavot, meva mahsulotlari, moyli uruğlar yuboradi, turli xizmatlar körsa-tadi. P. tomoni esa kand-şakar, mexanika asbob-uskunalari, elektr anjomlari, plastmassa buyumlar, sariyoğ va ösimlik yoği, qora metallar, poligrafiya mahsulotlari, mebel, dori-darmon jönatadi. «Özolmosoltin» uyuşmasi b-n P.ning «Bumar» taşki savdo kompaniyasi örtasida hamkorlik rivojlanib borayotir. ÖzR da P. 2 firmasining vakolatxonasi oçilgan, polyak investorlari iştirokidagi 16 korxona faoliyat yuritmoqda.