GERMANIYA (Deutschland), Germaniya Federativ Respublikasi (Bundesrepublik Deutschland), GFR — Markaziy Yevropadagi davlat. Şim. va Boltiq dengizlari sohilida joylaşadi. Mayd. 357 ming km2. Aholisi 82,16 mln. kişi (1999). Poytaxti — Berlin ş. Ma'muriy jihatdan 16 yer (viloyat) ga, yerlar okruglarga, okruglar tumanlarga, tumanlar jamoalarga bölinadi. Davlat tuzumi. GFR —federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1949 y. 23 mayda qabul qilingan, unga 1954, 1956, 1990, 1993 va 1994 y.larda qöşimçalar knritilgan. Davlat boşliği — federal prezident. U maxsus çaqiriladigan federal majlis tomonidan 5 y. muddatga saylanadi va yana faqat bir marta saylanişi mumkin. Federal majlis bundestag raisi tomonidan çaqiriladi va u bundestag deputatlari hamda landtaglar (yer parlamentlari) tomonidan saylangan a'zolardan iborat. Prezident iş qobiliyatini yöqotsa yoki vafot etea, bundesrat raisi prezident vakolatlarini bajaradi. Qonun çiqaruvçi hokimiyatni parlament amalga oşiradi. U ikki palata: bundestag va bundesratdan iborat. Bundestag aholi tomonidan 4 i. muddatga saylanadi. Bundesrat esa yer hukumatlari öz orasidan 4 y. muddatga tayinlaydigan vakillardan iborat. Ijroiya hokimiyat federal kansler boşçiligidagi federal hukumat qölida. Federal kansler bundestagda prezidentning taklifiga binoan köpçilik ovoz b-n saylanadi. Vazirlar federal kanslerning taklifi b-n prezident tomonidan tayinlanadi. Har bir yerning öz konstitutsiyasi, parlament va hukumati bor. Tabiati. G. manzarasi benihoya xilma-xil va jozibador. Past va baland toğ tizmalari oralarida yassitoğliklar, örqirlar, köllar, keng va oçiq tekisliklar uçrab turadi. Şim.dan jan.ga tomon G. 5 landşaft zonasiga bölinadi: Şim. Germaniya payettekisligi, örtaça balandlikdagi toğ ostonasi, Jan.-ğarbiy Germaniya burma poydevorli örta toğligi, Jan. Germaniya Alpoldi yassitogligi va Bavariya Alp toğlari. Şim.dagi payettekisliklarda köllar, qirli, qum va tuproqli platolar, yaydoq yerlar va torfli botqoqlar köp. Örta toğ ostonasidan şim. tomondagi yerlar (Quyi Reyn, Vestfaliya va Saksoniya-Tyuringiya havzasi) serhosil. Jan.da Şarqiy Alp toğlari qad kötargan (eng bal. nuqtasi Sug-Şpitse toği, 2962 m). Şim. dengiz b-n Boltiq dengizi oraliğidagi past-baland qirğoqlarda «Golşteyn Şvey-sariyasi» joylaşgan. G. yer ostida toş-kömir, qönğir kömir, tuzlar juda köp. Oz miqdorda temir rudasi, neft, tabiiy gaz bor. Iqlimi mö'tadil, dengiz iqlimi, ğarb va şim.-ğarbdan jan.- şarqqa tomon dengiz iqlimidagi mö'tadil-kontinental iqlimga öta boradi. Yanv.ning örtaça t-rasi pasttekislikda 1,5°dan toğlarda —6° gaça; qişda sertuman, qor tez erib ketadi. Iyulning örtaça t-rasi pasttekislikda 18°dan jan. vodiylarda 20°gaça. Yillik yoğin miqdori 600-800 mm. Baland toğlarda yoz salqin, yoğin 1000-2000 mm. Daryolari: Elba, Reyn, Dunay, Mayn, Vezer, Şire, Mozel. Yirik köllari: Voden, Myurits. Tuproği asosan podzol, çimli podzol va qönğir örmon tuproqlaridan iborat. Gars toğlarining şarqiy va şim. toğ oldi joylarida unumdor qoramtir tuproq uçraydi. Toğlarda qoraqayin, dub, oq va qora qarağay ösadi. Buğu, elik, serna (toğ eçkisi), ohu va b. yaşaydi. Milliy boğlari —Bavariya örmoni, Berx t ye s g a d ye n . Aholisining 90% dan köproği nemislar; qisman dan (daniyalik)lar va gollandlar yaşaydi. Şahar aholisi 85% dan ortiq. Rasmiy tili —nemis tili. Dindorlar —protestantlar (lyuteranlar, 50% dan ziyod) va katoliklar. Aholi ziçligi bir km2ga 229 kişi töğri keladi.Mamlakatda 7,2 mln. çet elliklar ham yaşaydi. Ular umumiy aholining 8,9% ini taşkil etadi. Yirik şaharlari: Berlin, Gamburg, Myunxen, Kyoln, Frankfurtmayn, Dortmund, Ştutgart, Dyusseldorf, Gannover, Nyurnberg, Leypsig, D r ye z d ye n . Tarixi. Arxeologiya ma'lumotlariga köra, G. hududida inson 500-300 ming yillar muqaddam paydo bölgan. Mil. av. 1-ming yillik oxirlarida G.da joylaşib olgan german qabilalari Rim davlati b-n töqnaşdi. Xalğlarning buyuk köçişi deb ataladigan davrdan söng G.da alemanlar, bavarlar, şar-qiy franklar, sakslar, tyuringlar va frizlar qolgai. 6—8-a.larda G.ning barça hududini franklar egallab oldi. 9-a.da G. yerlari Şarqiy franklar qirolligi tarkibiga kirgandan söng mustaqil german davlatiga yöl oçildi. Ştaufenlar sulolasi (1138—1268) davrida G. hududi ança kengaydi. Ayrim nemis knyazliklari, ayniqsa Saksoniya knyazligi «salib yurişi» niqobi ostida Elba va Boltiqböyi xalqlarining yerlarini bosib oldi. 15-a. oxiri —16-a. boşlarida dehqonlar va şaharliklarning jabr-zulmga qarşi qözğolonlari bölib turdi. Ayniqsa, aholidan har xil bahonalar b-n turli soliqlar undirib oladigan katolik çerkoviga qarşi qattiq norozilik tuğildi. Martin Lyuter rahbarligida katolik çerkoviga qarşi harakat —reformatsiya boşlandi (1517). Reformatsiya davridagi ommaviy harakatning eng yuqori çöqqisi 1524—26 y.lardagi dehqonlar uruşi böldi. Bu davrda Şarqiy G.da öz mahsulotini taşqi bozorga möljallagan yirik xöjaliklar paydo böldi. 1618 y. ga kelib katolik va protestantlarning özaro kuraşlari Yevropadagi öttiz yillik uruş (1618—48) kelib çiqişiga sabab böldi. Uruş oqibatida G. katta talafot kördi. 1648 y.gi Vestfaliya sulx. şartnomasiga köra, G. bir neça knyazliklarga bölindi. Özining muhim geografik örni tufayli Brandenburg-Prussiya kurfyurstligi (1701 y.dan Prussiya qirolligi) eng yirik german davlatlaridan biriga aylandi. 1740-86 y.larga kelib, Fridrix II qirolligi davrida prus militarizmi avj oldi. Prussiya Yevropada buyuk davlatga aylanib, G.da hukmronlik örnatiş uçun Avstriya b-n kuraşni kuçaytirdi. 1740 y. Prussiya qöşinlari Avstriya Sileziyasiga bostirib kirdi. Savdo-sotiq va sanoatning rivojlanişi G.da feodal krepostnoy tuzumini bekor qilişni taqozo qilar edi. Fransuz burjua inqilobi ta'sirida G.da dehqonlar harakati avj oldi. Nemis knyaz va feodallari Fransiyadagi inqilobni böğib taşlaşni maqsad qilib olişdi. 1792 y. Avstriya b-n Fransiya örtasida uruş çiqdi. Prussiya Avstriya tomonida turib uruşdi. Uruşda G. armiyasi yengildi. 1793 y. 18 martda fransuzlar tomonidan ozod qilingan Mayns ş.da nemis tuproğida birinçi demokratik respublika e'lon qilindi. 1803—04 y.larda Napoleon G. dagi maida davlatlarni tugatib, öz hukmronligida Reyn ittifoqi taşkil qildi. 1812 y.gi uruşda Rossiyaning ğalabasi G.ni Napoleon hukmronligidan xalos qildi. 1813 y.gi Leypsig jangi (xalqlar uruşi)dan söng G.ning barça hududi ozod qilindi. 1814—15 y.lar Vena kongressi qaroriga köra, 39 davlatni birlaştirgan G. ittifoqi tuzildi. 1834 y. 18 davlat iştirokida G. bojxona ittifoqi taşkil togşi. Unda Prussiya rahbarlik rolini öynar edi. Bu ittifoq sanoat va savdoni rivojlantirişda katta ahamiyatga ega böldi. Ayniqsa t.y. qurilişida G. katta yutuqlarni qölga kiritdi va 1850 i.ga kelib, Yevropada ikkinçi öringa çiqib oldi. 1848—49 y. larda G.da burjua-demokratik inqilobi bölib ötdi. Uning maqsadi —mamlakatni birlaştiriş, monarxiya tuzumini tugatiş. agrar masalani demokratik asosda hal etiş edi. Biroq, burjuaziyaning qörqoqligi va xoinligi, proletariatning zaifligi tufayli inqilob mağlubiyatga uçradi. Bu Prussiya hukmdorlarini mamlakatni inqilob yöli b-n emas, qurol kuçi va uruşlar yöli b-n birlaştiriş kerak degan xulosaga olib keldi. Prussiya Daniya (1864), Avstriya (1866) va Fransiya (1870) ga qarşi olib borilgan uruşlardan söng Mayn daryosidan Şim.gaça bölgan yerlarda Şim. Germaniya ittifoqini tuzişga erişdi. 1871 y.gi Fransiya-Prussiya uruşidan söng G. pruss militarizmi asosida birlaştiriddi. 1871 y. 18 yanv. da nemis knyazlari Versalda Prussiya qiroli Vilgelm 1 ni Germaniya imperatori deb e'lon qildi. 20-a. boşlariga kelganda sanoat rivoji böyiça G. Yevropada birinçi örinni egalladi. 1-jahon uruşiga tayyorgarlik körayotgan G. hukumati Fransiya-Rossiya ittifoqini buzib, Fransiyani yakkalab qöymoqçi böldi. Bu narsa amalga oşmadi, aksinça, 1907 y. Fransiya, Rossiya va Angliya birlaşib, Antanta deb ataladigan ittifoq tuzişdi. Öz harbiy qudratiga işongan hamda Angliya Rossiyani qöllamaydi deb öylagan G. 1-jahon uruşini boşlab yubordi. 1914 y. 1 avg.da G. Rossiyaga, 3 avg.da Fransiyaga uruş e'lon qildi. 4 avg. da esa Angliya G. ga qarşi uruş e'lon qildi. 1917 y. AQŞ Antanta tomonida turib G.ga qarşi uruşdi. 1918 y.ning bahorida G. armiyasi ğarbga yuriş qildi, biroq mağlubiyatga uçradi. Sent.da esa ingliz-fransuz köşinlari tomonidan tor-mor etildi. Nihoyat, 1918 y. 5 okt.da sulh sörab, Antantaga murojaat qiddi. 1918 y. 11 noyab. da Kompyenda yaraş ahdi tuzildi. 9 noyab. da Berlinda qözğolon kötarilib, monarxiya tuzumi ağdarib taşlandi va G. respublika böldi. 1919 y. fev.da Veymar ş.da çaqirilgan ta'sis majlisida işlab çiqilgan G. Respublikasi (Veymar respublikasi) konstitutsiyasi 31 iyulda qabul qilindi. G. burjuaziyasining mavqei mustahkamlana bordi. Çet el, ayniqsa AQŞ sarmoyasi G.ning harbiy va sanoat iqtisodiyotini qayta tiklaş imkonini berdi. Veymar respublikasi reaksion tusga kira bordi. 1929 y.da boşlangan jahon iqtisodiy böhroni G. iktisodiyotiga katta ta'sir qildi. Bu şaroitda natsional-sotsialistik partiya (1919 y. tuzilgan) faollaşa b o r d i . 1932 y. mart—apr.dagi prezident saylovida Adolf Gitler 13 mln .dan ortiq ovoz oldi. Öşa yil noyab. oyida hokimiyat natsional-sotsialistlar qöliga ötdi. 1933 y.da faşistlar diktaturasi örnatildi. A. Gitler reyxskansler, keyinçalik esa davlat boşliği bölib oldi. Şu davrdan boşlab mamlakatda terror rejimi örnatiddi. Antifaşistlar qattiq ta'qib ostiga olindi. 1935 y. umumiy harbiy xizmat joriy qilindi. G. 1936—39 y.larda Italiya b-n birgalikda Ispaniyaga qarşi intervensiya uyuştirdi. 1938 y. martda Avstriyani qöşib oldi. 1939 y. 1 sentda G. Polşaga hujum qilib, 2-jahon uruşi (1939-45) ni boşlab berdi. 3 sent. da Angliya va Fransiya G.ga qarşi uruş e'lon kildi. 1940 y. apr.da G. Daniya va Norvegiyani, may—iyunda esa Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg va Fransiyani bosib oldi. 1940 y. sent.da Berlinda G., Italiya va Yaponiya örtasida harbiy ittifoq tuzildi. 1941 y. apr.da G. Yugoslaviya va Gretsiyani bosib oldi. Şu yili 22 iyunda esa G. uruş e'lon qilmasdan SSSR ga hujum qildi. Dastlabki muvaffaqiyatlariga qaramay, german faşistlari şiddatli zarbaga duç keldi. 1945 y. 2 mayda ittifoqçilar qöşinlari Berlinni egalladi. 8 mayda G. sözsiz taslim bölganligi haqidagi hujjatga imzo çekdi. G. tört okkupatsiya zonasiga bölindi. 1949 y. avg.da Ğarbiy G.da parlament saylovi ötkazildi. Öşa yili 20 sent.da GFR tuzildi. 1949 y. 7 okt.da Xalq kengaşi Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) tuzilganligini e'lon qildi. Ikki suveren german davlati 1990 y. okt. gaça alohida-alohida yaşab keldi. Lekin sotsialistax jamiyat quriş yölini tutgan GDRning ijtimoiy turmuş darajasi Ğarbiy Germaniya darajasiga nisbatan ança orqada qoldi — Ğarbiy Germaniya jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari qatoridan örin oldi. Nemis xalqining birlaşiş orzusi 1989 y.ning söngida taqiq ramzi bölmiş Berlin devorining buzilişi b-n uşaldi (q. Berlin devorining qulatilişi). 1990 y. 12 sent.da Moskvada Germaniya masalasini uzil-kesil hal etiş töğrisidagi şartnoma imzolandi. GDR Xalq palatasining qaroriga binoan GDR GFRga qöşildi. Natijada yagona G. davlati taşkil topdi. 1999 y.dan G. federal prezidenta — Yoxannes Pay. 1998 y.dan federal kansler —Gerxard Şreder. G. —1973 y.dan BMT a'zosi. ÖzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 6 martda örnatgan. Milliy bayrami —3 okt. —G. birligi kuni (1990). Asosiy siyosiy partiyalarn va kasaba uyuşmalari. G. kommunistik partiyasi, 1968 y.da tuzilgan; Demokratik sotsializm partiyasi, sobiq GDR da 1946 y.da tuzilgan Germaniya birlaşgan sotsialistik partiyasi (GBSP) negizida 1989 y.da taşkil etilgan; G. sotsial-demokratik partiyasi, 1946 y.da tuzilgan; Xristian-demokratik ittifoqi, 1945 y. dan faoliyat kursatadi, 1950 y.da taşkiliy jihatdan yagona partiya sifatida rasmiylaşgan; Xristian-sotsial ittifoqi, 1945 y.da Bavariyada asos solingan; Erkin demokratik partiya, 1990 y.da tuzilgan: «Ittifoq-90» «kökatparvarlar» partiyasi. 1993 y.da «Kökatparvarlar» b-n «Ittifoq-90» partiyasining birlaşuvi natijasida barpo etilgan; G. milliy demokratik partiyasi, 1964 y.da yangi natsistlar tomonidan tuzilgan; Respublikaçilar partiyasi, 1983 y. asos solingan. Nemis kasaba uyuşmalari ittifoqi, 1949 y.da tuzilgan, G. birlaşganidan söng sobiq GDRdagi kasaba uyuşmalari unga qöşildi. Xalqaro erkin kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi va Yevropa kasaba uyuşmalari konfederatsiyasiga k i r a d i . Xöjaligi. GFR —yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Umumiy iktisodiy qudratiga köra dunyoda uçinçi örinda, jahon savdosida ikkinçi örinda turadi. Yalpi içki mahsulot tarkibida sanoat va qurilişning uluşi 33,6% ni, q. x.ning uluşi 1,2% ni taşkil etadi. Sanoati nemis iqtisodiyotining asosiy tayançidir. Qönğir kumir (dunyoda 1-örin), toşkömir, neft, tabiiy gaz, polimetall rudalar, kaliy va oştuzi qazib olinadi. Energetika, qora va rangli metallurgiya, maşinasozlik, kemasozlik, kimyo va neft kimyosi, yoğoçsozlik, oziq-ovqat sanoati, çinnisozlikğoyatrivojlangan. G. sanoati asosan örta korxonalardan iborat. Sanoatda band bölgan barça xodimlarning 32% dan köproği (2,2 mln. kişi) yirik firmalarda işlaydi. «Simens» konserni, «Folksvagen», BMV va «Daymler-Bens» kabi avtomobilsozlik firmalari, «Xyoxst», «Bayer» va BASF kabi kimyo konsernlari, «Rurkole AG» kömir qaziş firmasi, «FEBA» va «RVE» elektr texnika konserni yoki «Boş» guruhi butun dunyoga maşhur bölib, dunyoning hamma joylarida filiallari, korxonalari yoki tadqiqot muassasalari bor. Yirik firmalar köpdan-köp mayda va örta korxonalarning buyurtmaçisi hisoblanadi. Bu muvaffaqiyatlarda boşqariladigan iqtisodiyotdan 1948 y.da bozor xöjaligiga ötilganligi hal qiluvçi omil böldi. Transport vositalari i.ç., maşinasozlik, kimyo sanoati, elektr texnika, oziq-ovqat, metallurgiya, konçilik, aniq mexanika va optika, aviatsiya va kosmik sanoati asosiy tarmoqlardir. Texnika taraqqiyoti sohasida G. sanoati dunyoda oldingi örinlardan birini egallaydi. G. iqtisodiyoti yuksak texnologiyalardan foydalaniş tufayli farmatsevtika mahsulotlari, eng yangi organik kimyoviy moddalar va sun'iy materiallar, tibbiyot elektronikasi, optika va ölçov asboblari i.ç.da, yangi avtomobillar yaratiş va maşinasozlikda, telekommunikatsiya, atrof muhitni muhofaza qiliş texnologiyalari sohasida dunyoda yetakçi örinda. G.da qad. va gözal an'-analarga ega bölgan hunarmandçilik rivoj topg a n . Qişloq xöjaligi. G.da q.x.ga yaroqli 36 mln. ga yer bor. U möl-köl yuqori sifatli oziq-ovqat maxsulotlari yetkazib beradi. Q.x.ning asosiy mahsulotlari: buğdoy, arpa, qand lavlagi, kartoşka, şuningdek uzum, meva, sabzavot va ş. k. Çorvaçilikda mol göşti, çöçqa göşti, tovuq göşti va sut yetiştiriladi. G. hududining qariyb uçdan bir qismi (10,7 mln.ga) örmon b-n qoplangan. Mamlakatda har yili salkam 30—40 mln. kub metr yoğoç tayyorlanadi, bu hajm içki ehgiyojning uçdan ikki qismini krplaydi. G. yoğoç eksport qiladigan eng yirik davlatlardan biridir. Şim. va Boltiq dengizlarida, Grenlandiya o. atroflarida baliq ovlanadi. T.y. uzunligi —91,4 ming km, avtomobil yöllari uz.—496,6 ming km. Eng katta aeroporti —Frankfurtmayn ş.da. Boşqa yirik aeroportlari: Berlin-Tegel, Berlin-Şenefeld, Bremen, Gamburg, Gannover, Drezden, Dyusseldorf, Kyoln /Bonn, Leypsig, Myunxen, Nyurnberg, Saarbryukken va Ştutgart. Suv yöllari uz.—7467 km. Asosiy dengiz portlari: Gamburg, Bre-men-Bremerxafen, Vilgelmsxafen, Rostok. G. dunyodagi taşki savdo aylanmasi hajmi böyiça AQŞdan keyin ikkinçi örinda turadi. G. çetga asosan avtomobillar, stanoklar, maşinalar, kimyo mahsulotlari va elektr texnika buyumlari çiqaradi. Çetdan xom aşyo, elektr texnika va töqimaçilik mahsulotlari oladi. Taşki savdodagi asosiy mijozlari: Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Belgiya, AQŞ, Rossiya, Lyuksemburg. Pul birligi —nemis markasi. Tibbiy xizmati. G.da 620 mingga yaqin örinli 2300 kasalxona, 267 ming vraç işlaydi. Bundan taşqari 1300 soğlomlaştiriş muassasalari mavjud. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. Konstitutsiyaga binoan davlat maorif tizimini umumiy nazorat qiliş huquqini özida saqlab qoladi. Har bir yerda maorif masalalari b-n şuğullanuvçi vazirlik bor. 6 yoşdan 18 yoşgaça bölgan bolalar uçun ta'lim majburiy. Öqiş muddati —12 y. Jumladan, bolalar töla öquv haftasi dasturi böyiça maktabda 9 y., sönfa töliqsiz öquv haftasi dasturi böyiça hunar-texnika bilim yurtida 3 y. öqiydi. Maktablar bir neça bosqiçga bölinadi: boşlanğiç bosqiç — 1—4sinflar (ba'zi yerlarda 1—6sinflar). Söng öquvçilar umumiy ta'lim maktabining uç toifasiga ajratiladi; keyinçalik hunar ta'limi oliş huquqini beradigan asosiy maktab (5—6 y.), kasbkor yönalişidagi töliqsiz örta ta'lim huquqini va örta hunar-texnika öquv yurtiga kiriş va uni bitirgaç, texnika oliy öquv yurtiga kiriş huquqini beradigan real maktab; töliq örta ma'lumot beradigan va un-t hamda oliy öquv yurtlariga kiriş huquqini beradigan gimnaziya. Umumiy ta'lim beradigan maktabning yangi toifasi — umumiy maktab ham mavjud. Unda bolalar 5sinfdan 10sinfgaça öqiydi. Ba'zi umumiy maktablarda gimnaziyalarning yuqori sinflari tarzida taşkil etilgan yuqori sinflar bor. Aqli zaif va nogiron bolalar uçun maxsus maktablar bor. Ularga ham majburiy ta'lim joriy etilgan. Hunar-texnika ta'limi tizimida hunar maktablari, texnika va muhandislik bilim yurtlari, turli ixtisoslikdagi örta maxsus ta'lim maktablari hamda maxsus oliy maktablar bor. Oliy ta'lim tizimiga un-tlar, oliy öquv yurtlari, oliy badiiy maktablar, texnika maktablari va b. kiradi. Ularda öqiş —pulli. Eng yirik va qad. oliy öquv yurtlari: Geydelberg, Leypsig, Rostok, Berlin un-tlari. 1960 y.dan keyin yana 20 ta un-t taşkil etildi. Ularning yonida texnika oliy bilim yurtlari va ped. in-tlari mavjud. Maxsus oliy öquv yurtlari oliy ta'limning eng yoş va hammaga manzur toifasi hisoblanadi. Ulardagi ta'lim ayniqsa muhandislik, iqtisodiyot, ijtimoiy ta'minot, dizayn va q.x. sohalarida köproq amaliy tarzda olib boriladi. G.da har yili 10 mln. fuqaro bilim saviyasini oşiriş imkoniyatiga ega. Malaka oşirişning eng yaxşi va samarali şakli xalq un-tlaridir. G.da 11 ta mintaqalararo iqtisodiyot öquv markazi va 30 ta malaka oşiriş in-ti mavjud. Yirik firmalar öz xodimlari uçun alohida kurslar taşkil etadi. Mamlakatdagi i.t. işlari oliy öquv yurtlarida, davlat va xususiy i.t. muassasalarida va iqtisodiyot i.t. bölimlarida olib boriladi. Tadqiqotlarda Dyusseldorf, Gyottingen, Geydelberg, Leypsig, Mayns va Myunxenda joylaşadi FA lari va 1992 y. qayta taşkil etilgan Berlin-Brandenburg badiiy akademiyasi oliy öquv yurtlari b-n uzviy hamkorlik qiladi. Mamlakatda 60 dan ortiq ilmiy muassasa va ularning filiallari mavjud. «21-asr texnologiyalari» deb atalgan işlardan taşqari, jumladan, transport, ekologiya, soğliqni saqlaş, informatika, şuningdek mayda va örta korxonalarni qöllab-quvvatlaş sohalarida tadqiqotlar olib boriladi. G.da 3 mingdan köproq muzey bor. Yerlar, şaharlar, uyuşmalarning muzeylari, ölkaşunoslik va xususiy muzeylar, ibodatxonalar, qasrlar, saroylardagi muzeylar, oçiq havo ostidagi muzeylar şular jumlasiga kiradi. Eng yirik muzeylari: Axendagi sobor xazinasi, Yangi galereya, Berlindagi «Prussiya madaniy bisoti» davlat muzeyi, Bonndagi şahar san'at asarlari majmuasi, Drezdendagi Eski va Yangi ustalarning rasmlar galereyasi, «Kuk gumbaz», Essendagi «Folkvang» muzeyi kabi san'at muzeylari, Bonndagi Reyn viloyat muzeyi, Kyolndagi Rim-Germaniya muzeyi, Myunxendagi Bavariya milliy muzeyi kabi madaniytarixiy muzeylar, Berlin, Frankfurtmayn, Gyottingen, Gamburg, Kil, Kyoln, Lyubeke, Myunxen va Ştutgartdagi etnografiya muzeylari va b. Yirik kutubxonalari: Myunxendagi Bavariya davlat kutubxonasi (6 mln .dan ortiq asar saqlanadi). «Prussiya madaniy bisoti»ning Berlindagi davlat kutubxonasi (4 mln. asar), Kyolndagi Markaziy kutubxona, Volfenbyuttedsagi gersog Avgust nomidagi kutubxona (660 mingdan ortiq asar) va b.
Matbuoti, radnoeşittirişi va telekörsatuvi. G.da naşr etiladigan asosiy gaz. va jur.lar: «Algemayne saytung («Umumiy gazeta», kundalik gaz., 1850 y.dan), «Berliner morgenpost» («Berlin tonggi xabarlari», kundalik gaz., 1898 y.dan), «Bonner rundşau» («Bonn şarhi», kundalik gaz., 1945 y. dan), «Generalansayger («Hammabop xabarnoma», kundalik gaz., 1725 y.dan), «Noyes Doyçland» («Yangi Germaniya», kundalik gaz., 1946 y.dan), «Şpigel» («Közgu», haftalik suratli jur., 1947 y.dan), «Ştern» («Yulduz», haftalik suratli jur., 1948 y.dan). Doyçer Depeşendinst Algemayner Doyçer Naxrixtendinst —DDP/ ADN axborot agen-tligi; 1946 y.da sobiq GDRda tuzilgan ADN agentligining 1993 y.da Ğarbiy Germaniyaning DDP agentligi b-n qöşilişi natijasida vujudga kelgan. Doyçe Presse-Agentur-DPA jahon axborot agentligi, aksiyadorlik jamiyati bölib, 1949 y.da tuzilgan. «Arbaytsgemaynşaft der effentlix-rextlixen rundfunkanştalgen der Bundesrespublik Doyçland» — ARD GFR radio va televizion kompaniyalari birlaşmasi, mamlakat radioeşittiriş va telekörsatuvlarini nazorat qiladi. Adabiyotnning eng qad. namunalari 8— 9-a.larga mansub («Gildebrand qöşiği», «Mazreburg sehri»). Ekkexardning lotin tilidagi «Valtarius» asari 11-a.da ya r a t i l g a n . Uyğoniş davri adabiyotiga Volfram fon Eşenbax, M. Lyuter, T. Myunser, G. Saks (16-a.) kabi şoir va adiblar salmokli hissa qöşdi. «Til Eylenşpigel», «Reyneke Lis», «Faust» kabi xalq kitoblari naşr qilindi. Klassitsizm namoyandasi şoir M. Opits mistik va dabdabali barokko şe'riyatiga qarşi nemis tilining sofligi uçun kuraşdi. «Minna fon Barnxelm», «Emiliya Galotti», «Donişmand Natan» pyesalari muallifi G. E. Lessing nemis milliy adabiyotiga asos soldi. I. V. Gyote («Egmont», «German va Doroteya», «Faust») va F. Şiller («Qaroqçilar», «Makr va muhabbat», «Orlean qizi», «Vilgelm Tell») ijodi 18-a. va 19-a. boşlari nemis adabiyotidagi taraqqiyparvar ğoyalarning rivojida yuksak bosqiç böldi. 18-a. 2-yarmi va 19-a. boşlarida romantizm paydo böldi. Romantiklar (aka-uka A. va F. Şlegellar, L. Tik, L. Uland va b.) örta asrni, din va xurofotni ideallaştirib, poeziyada subyektivizmni tarğib etişdi. 19-a. ning 30-y. laridagi siyosiy kötariliş adabiy hayotni ham jonlantirdi. Dramaturg G. Byuxner, L. Berne demokratiya uçun kuraşdilar. Buyuk şoir G. Geyne «Qöşiqlar kitobi» siyosiy lirikasi va b. töplamlarida feodal reaksiyani tanqid qildi. 1848-49 y.lardagi nemis burjua-demokratik inqilobi mağlubiyatidan söng adabiy hayotda reaksion kayfiyat kuç a y d i . 20-a. boşlarida dramaturgiyada naturalistik oqim paydo böldi (G. Gauptman, A. Gols va b.), tanqidiy realizm yuksak bosqiçga kötarildi. 1-jahon uruşi davrida va undan söng A. Sveyg, B. Kellerman, K. Tuxolski, E. M. Remark kabi tanqidiy realistlar ijtimoiy tuzumning reaksion mohiyatini foş etdilar. Faşistlar hokimiyat tepasiga kelgaç, köpçilik taraqqiyparvar yezuvçilar vatanni tark etişdi va çet ellarda faşizmni foş etuvçi asarlar yozişdi. 1945 y.da mamlakat ikkiga bölingaç, nemis adabiyoti turli yöllardan rivojlandi. Şarqiy G. (sobiq GDR) da yaşagan taniqli yezuvçilar T. Mann, G. Mann, L. Feyxtvanger kabilar adabiy oqimdagi ilğor an'analarni ijodiy davom ettirdilar. Eski ziyolilardan B. Kellerman, A. Sveyg, G. Fallada yangiça adabiy hayotga faol qöşildilar. I. R. Bexer, B. Brext, A. Zegers, F. Volf, F. Fyuman faşizmning jirkanç qiyofasini foş etuvçi, insonning jamiyat oldidagi mas'uliyatini ifodalovçi asarlar yozişdi. Ammo bu yerda axborot imkoniyati va fikrlar erkinligi bölmagan şaroitda ularning ijodiy imkoniyatlari çeklangan edi. G.ning ğarbi (GFR)da yaşagan va faşizm qabohatlarining şohidi bölgan V. Borxert, X. V. Rixter, G. Byoll kabi adiblar özlarining körgan-keçirganlari haqida ta'sirçan asarlar yaratişdi. Xans Verner Rixterning taşabbusi b-n tuzilgan «47 lar guruhi» katta rol öynadi. Şu guruh har yili ötkazib turgan yozuvçilarning uçraşuvlari adabiy doiradan çiqib, siyosiy voqeaga ham aylana bordi. Bir qator adiblar (Yu. Bekker, R. Brinkman, A. Kluge, D. Vellersxof) ijtimoiy voqelikni talqin etmay, şunçaki tasvirlaş yölidan bordilar. 70- va 80-y. larda esa köpgina yozuvçilar ijtimoiy va iqtisodiy faollikka intildilar. Mamlakat birlaşişi b-n nemis adabiyoti yangi rivojlaniş bosqiçiga kirdi. Yangi voqelikii badiiy idrok qiliş va aks ettiriş uçun vaqt kerak böladi. Me'morligi. German qabilalarining qad. me'moriy yodgorliklari (yoğoçdan işlangan) saqlanmagan. Toşdan işlangan me'moriy yodgorliklari (Axendagi saroy kapellasi, 790—805: Fulddagi muqaddas Mixail çerkovi, 822) keyingi antik va Vizantiya me'morligi ta'sirida paydo bölgan. 9— 10-alarda bazilika xilidagi bezaksiz çerkovlar qurildi. 11-12-a.larda roman uslubidagi çerkov va soborlar (Mariya Lax çerkovi, 1093— 1230; Maynsdagi sobor, 1100-1230 va b.) qad kötardi. 13-14-a.larda G.da gotika uslubiga xos binolarni yangi konstruksiyalar asosida quriş avj oldi. Uyğoniş davrida ham gotika uslubi öz mavqeini yöqotmadi. 17-a.da me'morlik va tasviriy san'atda dabdabali barokko uslubi keng tarqaldi. 18-a. ning 1-yarmida saroy va çerkovlar qurilişi yanada rivojlandi va ba'zan barokko b-n rokoko qisman birlaştirildi, 2-yarmida esa klassitsizm uslubida teatr, muzey va öquv muassasalari qurildi. 19-a.da yangi quriliş materiallari — temir va beton konstruksiyalari paydo bölişi tufayli modern uslubi urf böldi. 20-a.da texnika taraqqiyoti b-n konstruktivizm va funksionalizm qonunlari asosida (P. Berens, B. Taut, V. Gropius, L. Mis van der Roe va b.) sanoat va turar joy binolari barpo etilib, şaharlar loyihasi tuzildi. Faşistlar diktaturasi davrida G.da dağal va besönaqay körinişli, klassitsizmga yot binolar qurildi. Bu davrda köpgina atoqdi me'morlar çet ellarga ketib qoldilar. Uruşdan keyin ayniqsa GDR da bir qolipdagi körimsiz binolar qad kötardi. Keyingi yillarda kurkam jamoat binolari, qulay turar joylar qurila boşladi, şaharlarni obod qilişga kirişildi. G. da insonning ehtiyojlarini har tomonlama nazarda tutgan zamonaviy yangi me'morlik namunalari tobora köpayib bormoqda. Me'morlikdagi yangi yönalişlar gözal va qulay inşootlar yaratilişiga olib kelmoqda. Turli ranglarga böyalgan liftlar, eskalatorlar, bino taşqarisiga örnatilgan kommunikatsiyalar me'moriy bezak vazifasini ham ötaydi. Ustunning qoşi, karniz va naqşlar esa bino husniga husn qöşib, kişi közini quvontiradi. Ştutgartdagi yangi davlat galereyasi binosi (me'morlar J. Sterling, M. Uilford). Frankfurtmayndagi 256 metrlik yarmarka minorasi (me'mor X. Yan) şu jumlaga kiradi. Tasviriy san'ati. G. hududida paleolit va neolit, jez va temir davrlari san'ati yodgorliklari topilgan. Mil. boşlarida german qabilalarining ibtidoiy san'ati paydo bölgan. 8—9-a.larda karolinglar san'ati (suyak öymakorligi, miniatyura)ga Vizantiya, qad. dunyo madaniyati ta'sir etdi. 11-13-a.lar san'ati (Xildesxeym soborining bronza eşiklari, 1015, Reyxenau o.dagi Obersel çerkovining devoriy rasmlari, miniatyuralar) diniy xarakterdagi roman uslubiga ötiş davri böldi. 13—14-a.larda nemis gotikasi taraqqiy etib, saroyritsarlik madaniyati elementlari ösayotgan şaharlar madaniyati b-n qöşilib ketdi. Uyğoniş davrida insonparvarlik ğoyalari b-n suğorilgan realistik san'at vujudga keldi. 15-a.da paydo bölgan bu san'at (S. Loxner, L. Mozer, G. Mulçer, M. Şongauer) 16-a.ning 30-y.larida A. Dyurer, X. Xolbeyn asarlarida yuksak çöqqiga kötarildi. San'atda 16-a.ning 2-yarmidan manyerizm, 17-a.dan barokko hukmron bölib, 18-a. örtalarida klassitsizm paydo böldi (R. Mengs, A. Kaufman, A. Ya. Karstens va b.). 1848—49 y.lardagi inqilob davrida jangovar demokratik ruhdagi kartinalar yaratildi (I. P. Gazenklever, K. Gyubner, K. F. Lesing). 19-a.ning yirik realist rassomi A. Mensel ijodida nemis hayoti özining töla aksini topdi. 20-a. boşlarida G. mayda burjuaziya oqimi —ekspressionizm vatani bölib qoldi (haykaltaroş V. Lembruk va b.). Faşistlar hokimiyat tepasiga kelgaç, quvğin va ta'qiblarga qaramay, ba'zi rassomlar (Barlax, Kolvits, O. Nagel) insonparvarlik ideallariga sodiq qoldilar. Uruşdan keyin utmiş an'analariii tiklaşga kirişildi va Yevropa hamda Amerika san'atidagi yangi oqimlardan foydalanildi. Hoz. vaqtda yönalişlar naqadar xilma-xil bölmasin, mutanosiblik yöliga intiliş seziladi. Teatr san'ati tarixi xalq urf-odatlari va öyinlaridan iborat. 11—15-a.larda xalq sayyor aktyorlari —şpilmanlar san'ati avj oldi (yengil, şöx, kiçik pyesalar quyilgan). 16-a. oxirlarida maktab dramalari keng tarkaldi. Nemis aktyorlarining birinçi truppalari yuzaga keldi. 18-a.da aktrisa K. F. Neyber nemis teatri sahnasiga fransuz klassitsizmi badiiy tamoyillarini olib çiqdi, teatrning tarbiyaviy roli uçun kuraşdi. 19-a.da Berlin, Braunşveyg, Drezden, Dyusseldorf, Gamburg va b. şaharlar teatr markaziga aylandi. 19-a oxiri va 20-a. boşlarida E. Possart, L. Barnay, Y. Kayns kabi yirik aktyorlar yetişib çikdi. l-jahon uruşi yillarida G. teatri realistik an'analardan çekindi. 1927 y.da oçilgan «Piskator teatri» publitsistik yönalişdan bordi. Dramaturglardan B. Brext, F. Volf, E. Toller, aktyorlardan A. Moisei, G. Otto, E. Buş, rej.lardan M. Reyngardt, E. Piskator, G. Vangenxeym, K. X. Martinlar teatr san'atining rivojlanişiga katta hissa qöşdilar. Faşizm davrida teatr san'ati natsistlarning tarğibot quroliga aylandi. Faşizm tor-mor etilgaç, natsizmga qarşi ruxdagi pyesalar paydo böldi. Berlin da 150 ta teatr va sahna bor. Boşka şaharlardagi teatrlarning ham repertuarlari xilma-xil. Klassiklarning pyesalari ham katta muvaffaqiyat qozonmoqda. Şiller, Lessing va Kleystdan keyin B. Brext asarlari paydo böldi. Zamonaviy dramaturglardan ba'zilari muvaffaqiyatga erişdi. Rolf Xokxut, Xarald Myuller, Tankred Dorst, Klau Pol şu jumlaga kirdi. Musiqasi. Örta asrlarda ritsarlar san'ati paydo böldi, minnezingerlar maktabi şakllandi (Volfram fon Eşenbax va b.); 14-a.da meysterzingerlar san'ati, 16-a.dan çolğu (ayniqsa organ) musiqasi (K. Pauman singari kompozitorlar ijodida) rivojlandi. Islohot davrida xalq qöşiqlari zaminida protesta ntxorali paydo böldi. G. Şyuts nemis musiqasida oratoriya va kantata janrlarini işlab çiqdi, birinçi nemis operasi «Dafna» (1627)ni yezdi. 1723 y.dan I. S. Bax faoliyati boşlangap Leypsig yirik musiqa markaziga aylandi. 18-a. 2-yarmida musiqali sahna janri —zingşpil paydo böldi (I. Xiller va b.). Asosan çet ellarda işlagan G. Gendel, X. Glyuk kabi kompozitorlar Angliya, Fransiya va b. mamlakatlar musiqa taraqqiyotiga katta hissa qöşdi. Y. Gaydn, V. A. Motsart, L. Betxoven singari Vena klassik maktabi ustalari nemis musiqasi rivojiga kuçli ta'sir ötkazdi. L. Betxoven ijodi nemis musiqasining çöqqisidir. 19-a. boşida musiqiyromantizm namoyandalari F. Şubert, K. Veber, F. Mendelson-Bartoldi, R. Şuman, 19-a. 2-yarmida R. Vagner. I. Brams, M. Regerlar ijod qildi. 20-a. boşidan G.da ekspressionizm (R. Ştraus, A. Şyonberg), neoklassitsizm (P. Xindemit), atonalizm kabi musiqiy avangardizm oqimlari tarqaldi. Faşistlar rejimi mamlakat musiqiy madaniyatiga halokatli ta'sir qildi. Ilğor kayfiyatdagi musiqa arboblari xorijdan boşpana topdi. Uruşdan keyin keksa avlodga mansub kompzitorlarning ijodi va faoliyati (K. Orf va b.) yetakçilik qildi. 60-y.lardan keyingina yoş kompozitorlar (X. Xense, K. Ştokxauzen) közga körina boşladi. Berlin, Gamburg, Myunxen, Frankfurtmayn, Ştutgart, Leypsig, Drezden va b. şaharlarda opera va balet teatrlari, simfonik orkestrlar, Oliy musiqa maktablari bor. Knnosi. G.da kinematografiya 1895 i. yuzaga kelgan. 1-jahon uruşi arafasida badiiy filmlar işlab çiqarila boşlandi. 1916-17 y.lar UFA deb atalgan yirik i.ç. firmasi tuzildi. F. F. Murnau, G. V. Pabst, E. Lyubiç kabi rej. larning filmlarida zamonasining ijtimoiy mavzulari aks ettirildi. 20-y.larda nemis kinosida ekspressionizmning kuçli ta'siri sezilib turadi. 20-y.lar oxiri va 30-y.lar boşida «Krauzen buvining baxt tomon safari» (rej. P. Yutsi) va b. realistik filmlar yaratildi. 1933 y.yuzaga kelgan siyosiy reaksiya nemis kinematografiyasi rivojlanişini töxtatib qöydi. 2-jahon uruşi davrida kino natsizm tarğibotining quroliga aylantirildi. GFR da 1949 y.dan tijorat va köngiloçar filmlar çiqarila boşladi. 60-y.lardan e'tiboran yoş rej.lar badiiy yetuk ekran asarlari yaratişdi. Keyinçalik zamonaviy voqelik va axloq mavzulariga e'tibor berila boşladi. Doris Durrining «Erkaklar» komediyasi, Volfgang Petersonning uruş haqidagi «Suv osti kemasi» filmi kabi badiiy puxta kartinalar yuzaga keldi. 1984 y.da yaratilgan «Parij, Texas», 1988 y.da suratga olingan «Berlin osmoni», 1986 y.da dunyo yuzini körgan «Roza Lyuksemburg» filmlari tomoşabinlarga manzur böldi. Tarixiy va zamonaviy mavzudagi adabiy asarlarni ekranlaştirişga kirişildi. Özbekiston —G. munosabatlari. G. bilan ÖzR örtasida rasmiy munosabatlar 1992 y.dan boşlangan bölsa ham, ikki davlat örtasidagi aloqalar uzoq davrga borib takaladi. 20-a. boşlarida özbek çevarlari orasida nemislarning «Zinger» tikuv maşinasi nihoyatda maşhur bölgan. Özbekiston mustaqillikka eryşgaç, ikki mamlakat örtasida teng huquqli munosabat örnatildi. Özbekistonning Ğyarbiy Yevropadagi birinçi elçixonasi 1993 y.Bonn ş.da oçildi. Öşa paytdanoq özaro aloqalar, delegatsiyalarning taşriflari yölga qöyildi. G. Federal iqtisodiy hamkorlik vazirining 1992 y. avg.dagi rasmiy taşrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş uçun asos yaratdi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1993 y. apr. da Germaniyaga qilgan taşrifi özaro savdo-iqtisodiy munosabatlarga muhim omil baxş etgan buriliş voqeasi böldi. Uşbu taşrif yakunida imzolangan «Kapital qöyilmalarni amalga oşirişga kömaklaşiş va ularni özaro himoyalaş töğrisida» şartnoma, «Ilmiy tadqiqot va mutaxassislar jamğarmasini vujudga keltiriş» hamda «Madaniy hamkorlik» töğrisida bitimlar ikki davlat örtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini belgilab berdi. Hamkorlik dasturlarini muvofiqlaştiriş va tezroq amalga oşiriş maqsadida 1993 y. avg.da idoralararo komissiya hamda 1995 y. may oyida Özbekiston —G. doimiy işçi guruhi tuzildi. Mazkur komissiya va guruh muntazam ravişda yiğilişlar ötkazib, investitsiyalarni kafolatlaş va suğurtalaş, loyihalarni moliyalaş, xususiylaştirişga kömaklaşiş, qimmatli qoğozlar bozorini vujudga keltiriş kabi muhim masalalarni hal qilib kelayotir. 1993 y. Toşkentda G. texnikaviy hamkorlik jamiyatining vakolatxonasi oçildi. Jamiyat faoliyati tufayli bozor iqtisodiyotiga oid seminar va öquv kurslari ötkaziş yöli b-n mutaxassislar tayyorlaş, iqtisodiy qonunçilik, xususiylaştiriş, kiçik va örta tadbirkorlikni rivojlantiriş, atrof muhitni muhofaza qiliş, şahar yölovçi transportiga doir qonun va nizomlar işlab çiqiş, «Onalik va bolalikni himoya qiliş» tadbirlari böyiça maslahatlar beriş dasturi amalga oşirila boşladi. 1994 y.da G. savdo-sanoat palatalari birlaşmasi Toşkentda G. iqtisodiyoti vakili byurosini oçdi. Uning asosiy vazifasi özbek va nemis işbilarmonlarini axborot b-n ta'minlaşdan iborat. Öşa yilning iyunida Toşkentda K. Adenauer jamğarmasining vakolatxonasi oçildi. Gannover xalqaro yarmarkasi işlab turgan davrda (1994 y. apr.) ötkazilgan «Özbekistan iqtisodiyoti kunlari» GFR jamoatçiligi va işbilarmonlarini ğoyat qiziqtirdi. GFR prezidentining 1995 y. 11—13 apr. da Toşkentga qilgan taşrifi davomida ikkala mamlakatning işbilarmonlari iştirokida qöşma biznes-seminar ötkazildi. Keyingi yillarda Özbekiston banklari, Fanlar akademiyasi va turli vazirliklari hamda muassasalari xodimlari uçun amaliy maşğulotlar, konferensiyalar va foydali uçraşuvlar bölib ötdi. 1995 y.da Ştutgart ş.dagi Linden-muzeyda «Özbekistan. Buyuk Ipak yöli merosi» mavzusida oçilgan körgazma Özbekiston-G. hamkorligini rivojlantirişda sezilarli voqea böldi. 1996 y. 18-19 i yun da «Germaniya markaziy Osiyo» jamiyati, «Doyçe Bank», Frankfurtmayn ş. magistrata va ÖzRning GFRdagi elçixonasi taşabbusi b-n Frankfurt ş.da «Germaniyada Özbekiston iktisodiyoti kunlari» xalqaro anjumani ötkazildi. ÖzR Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki G.ning «AKA», «KfV», «Berliner Bank» va «Doyçe Bank» kabi banklari b-n bazis bitimlari tuzgan. Şu bitimlar asosida kamida 778,7 mln. nemis markasi miqdorida turli loyihalarni mablağ b-n ta'minlaş boşlandi. ÖzR Prezidenta I. Karimovning G.ga 2001 y. 2—5 apr. kunlari qilgan taşrifi ikki mamlakatning özaro munosabatlarida sifat jihatkdan yangi davr boşlanganini bildirdi. Taşrif davomida moliya, sayyoxlik, fan-texnika, narkotiklar kontrabandasiga qarşi kuraş kabi sohalar böyiça özaro hamkorlikni yanada kengaytirişni nazarda tutuvçi ön törtta hujjat imzolandi. ÖzR Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining ma'lumotlariga köra, 1997 y.da mamlakatimizning dunyo mamlakatlari b-n taşqi savdo hajmlari böyiça G. 4-örinni (Rossiya, Koreya Respublikasi, Şveysariyadan keyin), Yevropa mamlakatlari orasida esa 2-örinni (Şveysariyadan keyin) egalladi. 2000 y.da özaro savdo hajmi 291,9 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi. Özbekistondan G.ga paxta tolasi, mis va undan yasalgan buyumlar, boşqa rangli metallar yetkazib beriladi va turli xizmatlar körsatiladi. G.dan ÖzR ga asbob-uskuna, baliq mahsulotlari, qand-şakar va qandolat mahsulotlari, buğdoy uni, kimyoviy mahsulotlar, qora metall va undan tayyorlangan buyumlar, transport vositalari, saryoğ va ösimlik yoği, optik asbob va apparat lar, sut mahsulotlari, qoğoz va karton, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, uçiş apparatlari va b. yetkazib beriladi va turli xizmatlar körsatiladi. Yengil sanoat, paxta va uning çiqitlarini qayta işlaş, tibbiyot va farmatsevtika preparatlari i. ç., q. x. mahsulotlarini qayta işlaş, yuk va yölovçi taşiş, avtoservis, ilmiy işlanmalar, savdo-sotiq va b. sohalarda bir neçta qöşma korxona faoliyat yuritayotir. ÖzR Taşqi iqtisodiy aloqalar vazirligi huzurida G.ning 40 ta firma va kompaniyasi vakolatxonalari rasmiylaştirilgan. Ular qatorida «Daymler Bens», «Simens», «Alkatel», «Tissen», «Lyuftganza», «BASF», «Salamander» kabi jahonga maşhur firmalar bor. «Landtexnik-Taşkent», «Çirkom», «Uz-Vinkler», «Grasso», «TaşVirt», «Intermed Ekosan», «Nambum» va b. qöşma korxonalar q. x. uskunalari tayyorlaş, q. x. maşinalari va yöl texnikalari, telefon tarmoklariga xizmat körsatiş, novvoyçilik uskunalarini olib keliş va ularni montaj qiliş, tibbiy dorilarni yetkazib beriş, göşt-yoğ mahsulotlari va qoğoz işlab çiqariş b-n maşğul. Özbekiston — G. munosabatlarida Toşkent va Berlin ş.lari örtasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Ikki davlat poytaxtlarining hamkorligi faqat iqtisodiy sohani emas, ijtimoiy-madaniy sohalarni ham keng qamrab olgan. G. poytaxti Bonndan Berlinga köçirilgaç, 2001 y. 3 apr.da Berlinda Özbekiston elçixonasining yangi binosi oçiddi. Unda ÖzR Prezidenti I. Karimov qatnaşdi. Ikki tomonlama munosabatlarda madaniyat, san'at, fan, xalq ta'limi, ommaviy axborot vositalari, soğliqni saqlaş va sport sohalaridagi hamkorlik ham katta ahamiyatga ega. G.da Özbekistan madaniyati kunlari doirasida Berlin, Potsdam, Dortmund, Bonn, Ştutgart, Gamburg, Myunxen, Gannover, Visbaden ş.larida Özbekistonning musika, tasviriy va teatr san'ati keng namoyiş etilganligi buning yorqin misolidir. Mamlakatimiz teatr va kino ustalari Tyubing, Berlin, Kotbus, Manxaym, Myulxaymda ötkazilgan festivallarda ham faol iştirok etişdi. Öz navbatida respublikamizda ham G. madaniyati kunlari muvaffaqiyatli ötdi. Ikki tomonlama hamkorlikning rivojiga K. Adenauer, F. Ebert jamğarmalari, Gyote nomidagi in-t, G. oliy öquv yurtlari, un-tlari rektorlari konferensiyasi, «Doyçe Velle» telekompaniyasi. «Germaniya-Özbekiston» döstlik jamiyati, «EPOG» Berlin jamoat madaniy birlaşmasi katta hissa qöşmoqdalar. Adenauer jamğarmasi kömagida Sant-Augustin ş.da «Amir Temur va uning jahon tarixida tutgan örni» mavzuida ilmiy konferensiya, «Orol ekologik fojiasinnng milliy va xalqaro aspektlari» simpoziumlari ötkazildi. Jurnalistlar guruhi va nemis ijodiy ziyolilari vakillari taşabbusi b-n Orol haqida hujjatli film olişga kirişildi. Qoraqalpoğiston bolalar kasalxonalariga doridarmonlar va tibbiyot uskunalari uçun mablağ yiğiş taşkil qilindi va bu hududda suv tozalaş inşootlarini yaratiş uçun mablağ t ö p l a n d i . Özbekistan Milliy un-ti va Samarqand un-tining Gumboldt nomidagi hamda Bamberg va Gyottingen ş.laridagi un-tlar b-n hamkorligi samarali rivojlanayotir. ÖzR da nemis millatiga mansub 25 mingga yaqin kişi yaşaydi.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 232–243-b. — ziyouz.com