Tabiati. F.ning şarq va jan.da toğ tizmalari, markazining jan. qismida toğ va keng tekisliklar bor. Alp toğlari b-n Yura toğlari Italiya va Şveysariya b-n tabiiy çegarani taşkil etgan. F.dagi Alp toğlarining köp çöqqilari 4000 m dan ziyod. Eng baland joyi — Monblan toği (4807 m). Balandligi 1700 m gaça bölgan Yura toğlari Belfort pastligi tomonga Rona daryosi vodiylari uzra pasayib boradi. Belfort pastligining şim,şarqiy tomonidan Reyn böylab, F.Germaniya çegarasi ötadi. Bu joyda bal. 1424 m bölgan Vogez toğ tizmasi mavjud. F. va Ispaniya örtasida tabiiy çegara bölgan Pirenei toğlarining balandligi F. tomonida 3298 m ga (Vinmal) yetadi. F.da foydali qazilmalardan kumir, temir rudasi, uran, tabiiy gaz, volfram va surma, talk xom aşyosi, qörğoşin, oltingugurt va rux bor. Neft va gaz juda kam mikdorda.
Iqlimi asosan uç xil: okean, kontinental va dengiz ikdimi. f. iqlimi q.x. uçun qulay. Mamlakatning köp qismida okean iqlimi. Ğarb va şim.da Atlantika okeanidan nam havo oqimi kelib, mö'tadil iklimni hosil qiladi: yozda salqin, qişda iliq. Yil böyi yomğir yoğib turadi. Örta dengiz soxdllari, Yura, Rona pasttekmsliklari va Korsikaning iqlimi subtropik. U yerlarda qiş iliq, yoz esa quruq va issiq. Şarq va şim.şarkdagi tekislik hamda pasttekisliklarda yanv.fev.da örtaça t-ra 13°, ğarb va jan. ğarbda 5—7°, mamlakat jan.da 8—10°. Iyul va avg.da tekisliklarda 16—18°, şim.da 20—22°, jan. ğarbda 23—24». Yillik yoğinning eng kupi (1500—2000 mm) Alp, Vogez, Sevenn va Pirenei toğlarining ğarbiy qismiga töğri keladi. Yirik daryolari: Luara, Rona, Sena, Garonna, mamlakat şarqida Reyn daryosining bir qismi ötgan. F.da köl kam, Jeneva kölining köp qismi Şveysariya xududida joylaşgan. Tuproği qönğir örmon tuproqlari, şörxok kulrang, çimli kulrang, qönğir rendzin, kulrang xamda «terra rossa» deb ataluvçi qizil tuproqlardan iborat. Örmonlar mamlakat hududining 20% ni taşkil etadi. Şim.da keng bargli urmonlar (dub, qayin, şumtol), Örta dengiz sohilida dub va qarağay usadi. Hayvonot dunyosi: sut emizuvçilardan yovvoyi örmon muşugi, tulki, börsiq, buğu, kiyik, tönğiz, olmaxon, quyon; toğ tepalarida toğ eçkisi, olmaxon, alp suğuri, qora eçki uçraydi. Quşlardan kaklik, bulduruq, loyxurak, yakantovuq, olaqarğa, qorayaloq, çumçuq, kaptar, burgut, jan. da qizil ğoz yaşaydi. Daryolarda turli baliklar bor. Mamlakat hududining 10% himoya ostiga olingan. Ular: milliy boğ (Ekren, Sevenn va b.), hududiy milliy boğ va kiçik tabiiy qöriqxonalar. Köp qöriqxonalar toğlarda joylaşgan (Alpdagi Vanuaz va Pelvu milliy boğlari, Pireneydagi Neuvyel qöriqxonasi).
Aholisining 90% dan köproga fransuzlar; şuningdek, elzas va lotaring, katalon, breton, flamand va basklar ham yaşaydi. 3,5 mln. muhojir (jazoir, portugal, italyan, ispan, arman va b.) bor. 4 mln. musulmon istiqomat qiladi. Rasmiy tili — fransuz tili. Bundan taşqari, bir qança mahalliy şevalar ham mavjud. Şahar aholisi 73%. Aholining 80% xristian (katolik), 5% ga yaqini musulmon, 2% protestant, 1% yaxudiy. Yirik şaharlari: Parij, Marsel, Lion, Tuluza, Nitssa, Nant, Strasburg, Bordo, Monpelye, Lill.
Tarixi. F. hududida odam juda kddim zamondan, taxm. 1 mln. yildan buyen yaşab keladi. Mil. av. 6—5-a.larda F. hududining deyarli barça qismida kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar, mamlakatni Galliya deb ataşgan) yaşagan. Mil. av. 2-a. oxiri — 1-a. Urtalarida Galliyani rimliklar bosib oldi. Mil. 2—4-a.larda aholi örtasida xristianlik tarqaldi, romanlaştiriş natijasida lotin tili kelt tillarini siqib çiqardi. 3—6-a.larda Galliyani german qabilalari (vestgotlar, burgundlar, franklar) bosib olib, uning xududida bir qança davlatlarni taşkil qildi. Ular orasida eng kattasi Frank davlati edi («Fransiya» franklar nomidan kelib çiqqan). Karolinglar imperiyasining parçalanişi (843) natijasida Ğarbiy Frank qirolligi taşkil topdi. Şu davrdan F. mustaqil davlat bölib qoldi. 10-a.dan mamlakat «F.» deb atala boşladi. 1302 y. dastlabki Boş ştatlar çaqirilib, tabaqali monarxiya örnatildi. F. bilan Angliya urtasida bölgan Yuz yillik uruş (1337—1453) natijasida i.ç. va savdo keskin kamaydi, xalq ommasining ahvoli oğirlaşib, Jakeriya (1358) va xalq qözğolonlari bölib ötdi. 15-a. 2yarmida F. iqtisodiyoti astasekin qayta tiklandi, qirol hokimiyati mustahkamlandi. 16— 17-a.lardan iqtisodiy rivojlaniş davri boşlandi. F. qirollari Ğarbiy Yevropada öz siyosiy ta'sirini örnatişga uringan Gabsburglar b-n uzoq muddat kuraş olib bordilar (q. Öttiz yillik uruş). 17-a. ga kelib F. mustamlakaçilik siyosatini boşladi: Amerika (Kanada, VestIndiya) va Hindistonning bir qismini bosib oldi. 17-a.ning 2yarmida F.Ğarbiy Yevropaning eng kuçli davlatiga aylandi. Ammo Ispaniya merosi uçun bölib ötgan uruş (1701 — 14) va nihoyat Yetti yillik uruş (1756—63) natijasida F.ning Şim. Amerika (Kanada va b.) hamda Hindistondagi deyarli barça mustamlakalari Angliyaga ötdi. 16— 17-a. larda fransuz millati şakllandi, şim. fransuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-a. oxirida ötgan Buyuk fransuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning çöqqisi bölgan yakobinçilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. Yangi saylangan Milliy konvent 1792 y. 22 sent.da F.da respublika tuzumini örnatdi. Konvent 1793 y. 24 iyunda demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent (1794—95) va Direktoriya rejimi (1795—99) dan söng Napoleon I Bonapartning Birinçi imperiya şaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, 1804 y.dan imperiya) urnatiddi. Napoleon davrida F. kupgina bosqinçilik uruşlarini olib bordi, F. hududi birmunça kengayib, Yevropada F.ga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo böldi. Ammo şunga qaramay, F.ning Yevropada öz hukmronligini örnatişga bölgan intilişi mağlubiyatga uçradi. 1814—15 va 1815—30 y.larda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. 1815 y. martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda (1815 y. 18 iyun) u mağlubiyatga uçragaç, Parij sulhiga muvofiq, F. 1790 y.gi çegarasiga qaytarildi. 1830 y. Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi ağdarib taşlandi. F.da monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb e'lon qilindi.
1848 y. fev. inqilobi natijasida F.da Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinçi Respublika qaror topdi (184852). 1851 y. 2 dek.da bölib ötgan davlat töntarişidan söng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi örnatildi. 1852 y. 2 dek.da u Napoleon III nomi b-n imperator deb e'lon kilindi. Ikkinçi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852— 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinçi imperiya töxtovsiz bosqinçilik uruşlari olib bordi. 1870—71 y.lardagi F. — Prussiya uruşida F. yengilib turgan şaroitda (1870) Sent. inqilobi yuz berdi. Ikkinçi imperiya barham topdi. F. respublika deb e'lon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikaçilar egallab oldi. Xalqning inqilobiy faolligidan qörqqan Muvaqqat xukumat amalda taslimçilik siyosatini olib bordi. Hukumatning işçilarni qurolsizlantiriş siyosatiga karşi Parij işçilari 1871 y. 18 martda qözğolon kötarib, Parij: kommunasini e'lon qildilar. 1871 y. Frankfurt sulh şartnomasiga köra, F. Elzas va Lotaringiyaning talaygina qismidan mahrum bölib, Germaniyaga katta tovon töladi. Monarxiyaçilarning monarxiyani qayta tiklaşga urinişlari muvaffaqiyatsizlikka uçradi. 1875 y. Milliy majlis tomonidan Uçinçi Respublika (1870— 1940) konstitutsiyasi kabul qilindi. 19-a. oxiriga kelib, F. mustamlakaçilik imperiyasi kölami va iqtisodiy ahamiyati jihatidan Buyuk Britaniyadan söng 2öringa çiqdi. 20-a. boşlarida F. sanoati tez sur'atda rivojlandi, lekin u 1-jahon uruşigaça agrarindustrial mamlakat bölib qolaverdi. F. bilan Germaniya örtasidagi ziddiyatlar kuçayişi sababli 1891—93 y.larda F. — Rossiya ittifoqi taşkil topdi. Bu ittifoq 1904 y.gi F.— Buyuk Britaniya bitimi b-n Antantanp taşkil etişda muhim rol öynadi. F. 1jaqon uruşi (1914— 18)da qatnaşdi. Germaniyaning uruşdagi harbiy mağlubiyatidan foydalanib, F. Yevropada özining hukmronligini örnatişga harakat qildi. 30-y.lardagi jahon iqtisodiy böhroni F.da boşqa mamlakatlarga nisbatan keçroq boşlandi va uzoqroq davom etdi. Mamlakatda faşistik guruhlar faollaşa boşladi. Faşizm xavfiga qarşi F.dagi demokratik kuçlar Xalq frontiga uyuşib, harakat qildilar (1935). 1936 y. iyunda Xalq fronti madadiga tayangan hukumat tuzildi. 1938 y. boşlarida reaksiya kuçlari Xalq frontiga rahna solib, yangi xukumat tuzişga muvaffaq böldilar. 1939 y. 3 sent.da F. Germaniyaning F. ittifoqçisi bölgan Polşaga hujumidan söng unga qarşi uruş e'lon qildi. Ammo Polşaga yordam beriş uçun heç qanday tadbir körilmadi. 1940 y. may oyida Germaniya qöşinlari F. hududiga bostirib kirdi. 10 iyunda F.ga Italiya uruş e'lon qildi. 14 iyunda esa Germaniya qöşinlari Parijni uruşsiz egalladilar. 22 iyunda F. hukumati taslim böliş şartlariga rozi böldi. Germaniya qöşinlari F. hududining 2/3 kismini bosib oldi. Mamlakatning qolgan qismini boşqariş uçun Vişi ş.da A. F. Peten boşçiligida qöğirçoq (Vişi) hukumati tuzildi. 1942 y. 11 noyab.da Germaniya b-n Italiya bu xududni ham işğol qildi. Fransuz xalqi faşistlar okkupatsiyasining dastlabki kunlaridanoq Qarşşşk körsatiş harakatinm boşlab yubordi. 1940 y. general Ş. de Goll boşçiligida «Ozod Fransiya» harakati (1942 y.dan «Kuraşayotgan Fransiya») tuzildi. Bu harakatga F.ning Afrikadagi mustamlakalari (Çad, Kamerun, Örta Kongo, Gabon va b.) ning fransuz harbiy qismlari va ma'murlari ham qöşildi. 1941 y. 24 sent. da de Goll fransuz milliy qömitasini taşkil etdi, bu qömita keyinroq muhojirlikdagi F. hukumatiningözagi böldi. 1943 y. 3 iyunda Jazoirda general de Goll raqbarligida F. Milliy ozodlik qömitasi (FMOQ) tuzildi. 1944 y. 2 iyunda AQŞ, Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan tan olingan FMOQ F. respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylandi. 1944 y. oxmriga kelib, F. hududi fransuz vatanparvarlari va Angliya, Amerika qöşinlari tomonidan ozod etildi.
2-jahon uruşida mamlakat iqtisodi katta zarar kördi. Uning xalqaro mavqei pasayib, F. mustamlakaçilik imperiyasining parçalanişi boşlandi. 1946 y. 24 dek.da demokratik ruxdagi yangi konstitutsiya qabul kilindi.
Törtinçi respublika davri (1946— 58) boşlandi. 1949 y. Şim. Atlantika şartnomasi taşkiloti (NATO)ga a'zo böldi. Mamlakat va armiya içidagi reaksion kuçlar 1958 y. mayda Jazoirda respublikaga qarşi isyon kötardilar. Jazoirdagi fransuz armiyasi qömondonligi de Goll boşçiligida «milliy najot» hukumatini tuzişni talab qildi. 1 iyunda Milliy majlis de Gollga hukumat tuziş vakolatini berdi. 1958 i. yangi konstitutsiya qabul qilindi. Ş. de Goll prezident etib saylandi. Şu yildan F. Beşinçi respublika nomini oldi. 60-y. larda F. Afrikadagi mustamlakalari — Gvineya, Sudan, Madagaskar, Dagomeya (hoz. Benin), Niger, Yuqori Volta (hoz. Burkina Faso), Fil Suyagi Qirğoği (hoz. Kotd' Ivuar), Çad, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo, Gabon, Mavritaniya, Togo, Kamerun va Jazoirga mustaqillik berişga majbur böldi. 1966 y. martda F. NATO harbiy taşkilotidan çiqib, öz hududidagi AQŞ harbiy bazalarini tugatdi. 1965 y. 19 dek.da Ş. de Goll qaytadan 7 y.ga prezident etib saylandi. 1968 y.gi talabalar ğalayoni va umumiy iş taşlaş harakatlari, ijtimoiy siyosiy tanglik F.ni larzaga keltirdi. 1968 y. kuzda Beşinçi respublika tuzumi çuqur moliyaviy tanglikni boşidan keçirdi. F. öz oltin valyuta rezervlarining yarmini yöqotdi, frankning kursi beqaror bölib qoldi. 1969 y. de Goll ma'muriyhududiy boşqariş tizimini özgartiriş va Senatni isloh qiliş töğrisida referendum ötkazdi, ammo muvaffaqiyat qozonmadi. Natijada de Goll iste'foga çiqsi. 1969 y. «Respublika uçun demokratlar ittifoqi» partiyasining nomzodi J. Pompidu, 1974 y. Mustaqil respublikaçilar milliy federatsiyasi rahbari Valeri Jiskar d' Esten, 1981 y. söl kuçlar yetakçisi Fransua Mitteran prezident etib saylandi. 1986— 88 y.lar öng va söl kuçlar bahamjihatligining birinçi davri boşlandi va 1988 y. F. Mitteran yana prezident etib saylandi. 1995 y. prezident saylovi natijasida Jak Şirak hukumat tepasiga keldi. 2000 y. 25 sent. dagi referendumga asosan prezidentlik davri 7 y.dan 5 y.ga özgartirildi. 2002 y. J. Şirak qayta prezident etib saylandi. F. — 1945 y.dan BMT a'zosi. ÖzR mustaqilligini 1992 y. 3 yanv.da tan olgan va 1992 y. 1 martdan diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayrami — 14 iyul — Bastiliya işgol qilingan kun (1789).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. F. sotsialistik partiyasi, 1971 y. taşkil etilgan; Respublikani qöllabquvvatlaş birlaşuvi partiyasi, 1962 y. tuzilgan, 1976 y.gaça turli nomda bölgan; Fransuz demokratiyasi uçun ittifoq partiyasi, 1978 y. asos solingan; Fransuz demokratiyasi uçun xalq partiyasi, 1965 y. taşkil etilgan, 1995 y.dan hoz. nomda; F. kommunistik partiyasi, 1920 y.tuzilgan; Milliy front partiyasi, 1972 y. asos solingan. Umumiy mehnat konfederatsiyasi F.dagi eng katta kasaba uyuşmasi bölib, 1895 y. tuzilgan; F. demokratik mehnat konfederatsiyasi, 1919 y. asos solingan; F. xristian mehnatkaşlari konfederatsiyasi, 1919 y. asos solingan; «Fors uvriyer», kasaba uyuşma markazi, 1947 y. tuzilgan.
Xöjaligi. F. — yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Jahondagi eng rivojlangan yetti davlatdan biri. Yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşi 24,9%, q.x., örmon, baliq xöjaligining uluşi 2,7%., xizmat körsatiş sohasining uluşi 72,4% ni taşkil etadi (2002).
Sanoati. F. sanoat i.ç. böyiça AQŞ, Yaponiya va Germaniyadan söng dunyoda 4örinni egallaydi. Asosiy i.ç. tarmoqyaari: aerokosmik sanoati, maşinasozlik (aviasozlik, kemasozlik), elektron texnika, radioelektronika, qora va rangli metallurgiya, kimyo va farmatsevtika mahsulotlari, töqimaçilik, tikuvçilik, neftni qayta işlaş, neft kimyosi kabilar. F.da temir rudasi (asosan, Lotaringiyada), uran rudasi (LaKruziy, L'Ekarpyer va b. konlar), boksit (Var va Ero departamentlarida) va alyuminiy rudalari qazib olinadi. Lotaringiya kumir qazib çiqarişning an'anaviy markazi hisoblanadi. Keyingi davrda mamlakat markazi va jan.da kumir qazib oliş birmunça kamaydi. Nikel, kaliy tuzlari, gips, volfram va oltingugurt, bariy, kaolin, asbest, plavik şpat, oz miqdorda qörğoşin, pyx va kumuş qazib çiqariladi. F.ning jan.ğarbiy xududi, Landesda neft va gaz zaxiralari mavjud. Metallurgiya k-tlarida pölat (LeKryozo, SentEtyen), alyuminiy (Gardann, Salendr, Noger), mis (LePale), qörğoşin va rux (NuayelGodo, Lion, Vivye), nikel (Gavr), kobalt, volfram va b. eritiladi. Kuriliş materiallari, jumladan, qum, şağal, toş butun F. hududida qazib olinadi. «Reno» va «Pejo» kompaniyalari avtomobil işlab çikaruvçi eng yirik kompaniyalardir. Avtomobil sanoati markazlari Parij, Monbelyar, Lionda joylaşgan. Aviatsiyakosmos tarmoqlari (harbiy va fuqaro samolyotlari, vertolyot, dvigatellar, raketa va kosmik texnika)ning asosiy markazlari — Parij, Tuluza, Bordo. Kemasozlik rivojlangan (Nant, Dyunkerk, Marsel). Lokomotiv va vagonlar, stanok, traktor, q.x. maşinalari va b. işlab çiqariladi. F. kompaniyalari mudofaa, transport maşinasozligi va b. tarmoqlarda özining eng yangi texnologiyalari b-n maşhur. Yiliga örtaça 475,6 mlrd. kVtsoat elektr energiya (şundan 3/4 qismi atom elektr styalarida) hosil qilinadi. Atom sanoatining asosiy markazlari — LeBuşe, Pyerlat, Markul. Neft va neft kimyosi sanoati plastmassa, sintetik kauçuk va smola, kimyoviy tola, harbiy kimyo mahsulotlari, mineral öğit, doridarmon, upaelik va b. mahsulotlar işlab çikaradi (Parij, Lion, Gavr va Marsel). Yengil sanoatning asosiy tarmoği — töqimaçilik bölib, Parij, Lill, Armantyer, Rube-Turkuen, Myuluz, Epinal, Truada yirik ip gazlama, jun, zigir, jut, trikotaj korxonalari mavjud. Töqimaçilik va galantereya, poyabzal, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Konyak, vino, likyor, şampan vinolari dunyoda nom çikargan.
Qişloq xöjaligiga yaroqli yerlar mamlakat hududining 35,6% ni taşkil qiladi, şundan 40% yaylov va piçanzor. Çorvaçilik q.x.ning yetakçi tarmoği (mahsulot qiymatining 55%). Qoramol, qöy, çöçqa, parranda boqiladi. Asosiy q.x. ekini bölgan buğdoy Şim. Fransiya pasttekisligida ekiladi. Arpa va makkajöxori katta ahamiyatga ega. Markaziy F. massivining unumsiz yerlarida javdar, Rona deltasida şoli yetiştiriladi. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, ziğir, xmel va tamaki muhim örin oladi.
Bordo departamenti hamda Rona, Sona, Garonna, Dordoni va Luara dare vodiylarida tokzorlar katga maydonni egallaydi. Sabzavotçilik, boğdorçilik, gulçilik rivojlangan. Örmonlarda yogoç tayyorlanadi. Atlantika okeani va Örta dengizda baliq ovlanadi.
Transporti. T.y. uzunligi 42000 km. Soatiga 300 km yöl bosadigan tez yurar poyezd Parij va F.ning boşqa şaharlarini Angliya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya b-n boğlaydi. Içki yuklarning aksar qismi avtomobilda taşiladi. Avtomobil yöllari uz. 812,7 ming km. Parij, London, Marsel, Nitssa, Strasburg va Tuluzada yirik aeroportlar bor. Sena, Reyn daryolarida, Sena—Sevr, Marna—Reyn kanallarida kema qatnaidi. Dengiz savdo flotining tonnaji 4981 ming t dedveyt. Yirik dengiz portlari: Marsel, Gavr, Dyunkerk, Ruan, Nant, SenNazer, Bordo. Içki suv yöllari uz. 8,6 ming km. Neft va b. suyuq mahsulotlarning bir qismi quvurlar orqali taşiladi.
Taşqi savdosi. F. çetga elektron va maxsus maşina, uskunalar, samolyot, temir va pölat, ofis maşinalari, don mahsulotlarini qayta işlaş vositalari, alkogolli içimliklar, gazlama, pişloq, göşt, sut, kiyimkeçak, poyabzal, upaelik va h.k.larni çiqaradi. Çetdan yonilği, sanoat xom aşyolari, transport jihozlari, maşinalar, iste'mol mollari keltiriladi. Taşqi savdoda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari: Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, şuningdek, AQŞ va Yaponiya b-n hamkorlik qiladi. F.da xalqaro turizm rivojlangan: yiliga 50 mln. kişi kelibketadi. Pul birligi — frank.
Tibbiy xizmati. Soğliqni saklaş sohasi kasalxonalardan va «şahar tibbiyoti» deb ataluvçi erkin tibbiy muassasalardan iborat. Tibbiyot tarmoğida 2 mln.ga yaqin kişi işlaydi (60 mingi kasalxonalarda). Davlat soğliqni saklaş tizimi rivojlangan. F.da profilaktik tibbiyotning ahamiyati katta. Bu — tugişgaça va undan keyingi davrlarda ayollarni nazorat qilib, tadqiqotlar olib boriş va ayrim köp tarqalgan kasalliklar (asosan, çekiş, alkogolizm, OITSga qarşi kuraş va h.k.) böyiça iş joylarida va axborot kompaniyalarida konsultatsiyalar olib boriş va h.k.lardir. Şu tufayli F.da bolalar ölimi dunyoda eng past darajada. Vraçlar 33 un-tning tibbiyot f tlarida tayyorlanadi. Maşhur balneologiya kurortlari: Vittel, Vişi, PlombyerleBen, EksleBen va b.; iklimiy kurortlari: Antib, Kann, Mentona, Nitssa (Lojuvard sohil), Biarrits, Dyep.
Maorifi, ilmiy va madaniyma'rifiy muassasalari. Davlat maorif tizimi markazlaşgan. Davlatning maktab ustidan nazorati 19-a. boşida Napoleon I davridan boşlangan. Zamonaviy ta'lim tizimi 19-a. oxirlarida qabul qilingan. 1905 y.dan davlat va çerkov maktablari ajratilgan. 1959 y.dan majburiy ta'lim joriy kilingan. 6 yoşdan 16 yoşgaça bölgan bolalar uçun ta'lim majburiy va un-t darajasiga barça örta maktablarda öqiş bepul. Maktabgaça ta'lim muassasalari hamda örta maktablarda 12 mln. 236 ming bola tarbiyalanadi va ta'lim oladi (2002). Ösmirlar savodxonligi dunyoda eng yukrrilardan biri — 99%. 2—3 y. maktabgaça tarbiyadan söng 6 yoşdan 11 yoşgaça bölgan bolalar boşlanğiç maktabda öqiydilar. Örta maktabdagi ta'lim 2 bosqiçdan iborat bölib, öquvçilar 15 yoşgaça kollejlarda, söng umumiy litsey, akademik kurslarda öqiydilar yoki hunar litseylarida texnika ta'limi oladilar va hunar örganadilar.
Oliy ta'lim tizimiga un-tlar, oliy öquv yurtlari, texnika maktablari kiradi. 90 un-t, 3600 oliy öquv yurtida 2 mln. 129 ming talaba ta'lim oladi (2003). Eng yirik oliy ta'lim muassasalari — Parij universiteti, Oliy normal maktab, Milliy politexnika inti, Oliy amaliy maktab, Milliy ma'muriy maktab, Oliy konçilik maktabi, Kollej de Frans va b.
Eng yirik kutubxonalari: Parijdagi Milliy kutubxona (7 mln.dan ortiq asar), Fransiya in-ti kutubxonasi (1,5 mln. asar), Sorbonna kutubxonasi (1,8 mln. asar), SentJenevyev kutubxonasi (1,5 mln.dan ortiq asar), Arsenal kutubxonasi (1,5 mln.dan ziyod asar), Strasburgdagi Milliy va un-t kutubxonasi (3 mln.dan ortiqasar). Eng yirik muzeylari: Parijdagi Luvr (225 galereya va 400 mingdan ortiq eksponat) Versal, Karnaval (Parij tarixi) muzeylari, J. Pompidu nomidagi san'at va madaniyat milliy markazi, Pikasso muzeyi, Zamonaviy san'ati muzeyi, Impressionistlar muzeyi, Amaliy san'at muzeyi, Balzak, Gyugo, Roden muzeylari, Graf MonteKristo qasri deb atalgan If o.dagi muzey va b. Ilmiy muassasalari, asosan, Parij va uning atrofida joylaşgan. I.t.larning asosiy kismi oliy ta'lim maktablarida olib boriladi. Davlat i.t. muassasalari: Kosmik tadkikrtlar milliy markazi, Atom energiyasi böyiça komissarlik, tibbiyot tadqiqotlari va soğliqni saklaş milliy inti, ijtimoiy tadqiqotlar milliy inti, Okeanografik tadqiqotlar milliy markazi va Informatika vakolatxonasi. Yirik i.t. markazlari: «Noraviasion», «Elektrisite de Frans», «Şarbonaj de Frans», «Gaz de Frans», «SenGoben», «FransAtom», «MerlenJeren», «Krezo» va «Şneyder» kompaniyalari.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. F.da matbuot davlat nazorati va senzuradan mustaqil. F.da naşr etiladigan yirik gaz. va jur.lar: «Figaro» (kundalik gaz., 1826 y.dan), «Le Pariziyen» («Parijlik», kundalik gaz., 1944 y.dan), «Mond» («Tinçlik», kundalik gaz., 1944 y.dan), «Frans Suar» («Fransiya oqşomi», kundalik keçki gaz., 1941 y.dan), «Oror» (kundalik gaz., 1944 y.dan), «Krua» («Xoç», kundalik keçki katolik gaz., 1880 y.dan), «Yumanite» («Insoniyat», kundalik gaz., 1904 y.dan), «Uest—Frans» («Ğarbiy Fransiya», kundalik gaz., 1944 y.dan), «Syud— Uest» («JanubiĞarb», kundalik gaz., 1944 y.dan), «L ekspress» (haftalik ijtimoiysiyosiy jur., 1953 y.dan), «Pari matç» («Parij matçi», haftalik bezakli jur., 1949 y.dan), «MariKler» (oylik jur., 1954 y.dan) va b.
Frans Press agentligi — muxtor tijorat agentligi (1944 y.da taşkil etilgan) dunyodagi eng yirik agentliklardan biri; 1835 y. tuzilgan Gavas fransuz axborot agentligining davomçisidir. Radio va televideniye xizmatlari mustaqil, jamoat tomonidan ta'minlanuvçi taşkilotlar va xususiy tijorat operatorlari tomonidan boşqariladi. Telekörsatuvlar mustaqil komissiya — Conseil Superieur de G Audiovisuel (CSA) tomonidan nazorat qilinadi. 100 dan ortiq telekörsatuv mavjud, ulardan taşqari, tekin va pullik tarmoqlar, kabel va yöldoş kanallar bor. Yirik radio va televideniye taşkilotlari: «Radio Frans», 1975 y. tuzilgan, Televizion fransez— 1, «Antenn—2», «Frans rejone» davlat televideniye kompaniyalari, 1975 y. taşkil etilgan.
Adabiyoti. Eng qad. adabiyot namunalari 9-a.ning 2yarmiga töğri keladi. Ular, asosan, diniy mavzuda bölgan (mas, «Avliyo Yevlaliya haqida kantilena»). 10—11-a.larda birinçi epik afsonalar paydo bölgan. «Roland haqida qöşiq» asari Buyuk Karl nomi b-n boğliq. «Russilonli Jirar» asari ham öşa davrga mansub. Epik afsonalar 11-a.dan 13-a. gaça yozib kelingan. Bu davrning maşhur yozuvçilari: Gas Bryule va şampanlik Tibo (1201—53). 12-a. örtalaridan ritsarlik romanlari paydo böla boşladi. Dastlabki romanlar tarixiy afsonalarning qayta işlanişi maqsulidir. Ularga Benua de SentMoraning «Aleksandr haqida roman», «Fiva haqida roman», «Eney», «Troya haqida roman» (barçasi 1140—65 y.larda yaratilgan), Kretyen de Truaning (taxm. IZO—taxm. 1191) «Erek va Enida», «Iveyn», «Perseval» va b. romanlari kiradi. 12-a.ning oxirlarida
«Tristan va Izolda» afsonasi, «Fluar va Blanşeflor», «Okassen va Nikolet» kabi sevgi romanlari yozilgan. 14—15-a.lar F. adabiyoti uçun ötiş davri hisoblanadi. Öşa davrning maşhur yozuvçilari Gilom de Maşo (taxm. 1300—77), Estaş Deşan (taxm. 1346— taxm. 1407), Kristina Pizanskaya (1363— taxm. 1431), Alen Şartye (1385— taxm. 1434), orleanlik Karl (1394—1465)lar öz asarlarida davr ruhiyatini — 1337— 1453 y.gi 100 y.lik uruş fojeasini aks ettirdilar.
15-a. oxirlarida F.da uyğoniş davri boşlandi. Italiya b-n aloqalar kuçaydi, matbaa rivojlandi, antik va gumanitar fanlarga qiziqiş ortdi. Uyğoniş davri adabiyotining F.dagi yirik vakili F. Rable (1494—1553) «Gargantyua va Pantagryuel» asari b-n maşhur böldi. 16-a. 1yarmida F. lirikasi italyan neopetrarkizmi ta'siri ostiga tuşib qoldi va asr örtalariga kelib, fransuz adabiyotida islohot ötkazildi. «Pleyada» deb nomlangan fransuz şe'riy maktab şoirlari adabiyetda gumanizm ğoyalarini olğa surdi, uni yangi şakllar (sonet, oda, epik asar va b.) b-n boyitdi. Bu esa milliy adabiy tilning şaklanişiga olib keldi. «Pleyada» şe'riy maktabining maşhur şoirlari P. de Ronsar (152485), J. Dyu Belle (1522— 60), R. Bello (152877), E. Jodel (1532—73) va b.dir. 16-a.ning oxirida şoirlar T. A. d'Obinye (1552— 1630), J. Voklen de la Frene (1535— 1606), F. Deport (1546—1606) «Pleyada»ning ijobiy uslublari kridalariga amal qilgan holda barokko unsurlarini ham qölladilar. 17-a. boşida fransuz adabiyoti realistik, klassik va barokko janrlarining qayta işlanişi kabi jarayonni boşdan keçirdi. Klassitsizm estetikasi J. Şaplen (15951674), K. Vojl (15851650), G. de Balzak (1597—1654), F. d'Obinyak (1604—76) nazariy asarlarida aks etdi. 1635 y. taşkil topgan Fransiya akademiyasi faoliyati va R. Dekart (1596— 1650)ning ratsionalistik falsafasi klassitsizm doktrinasining şakllanişiga olib keldi. Klassitsizm teatrning tragediya janriga köproq ta'sir ötkazdi. Klassitsizm komediyasining asosçisi va uning buyuk vakili Molyer hisoblanadi. U özining «Tartyuf», «Mizantrop», «Xasis», «Don Juan» va b. asarlarida jamiyatning salbiy tomonlarini, aristokratiyaning munofikligini, tekinxörligini zör iste'dod b-n aks ettirdi. Jan de Lafonten masallari jaxrn adabiyotida masal janri rivojiga samarali ta'sir kursatdi.
17-a. 2yarmida klassitsizmning yangi qirralari oçildi. Bu davrda F. Fenelonning «Telemakning sarguzaştlari» romani, Ş. SentEvremonning makrlalari, dramaturg J. Rasin (1639— 99) ning «Andromaxa», «Britannik», «Fedra» asarlari yaratildi. 18-a.ning boşida rokoko adabiyoti paydo böldi. U özining geodenizmi, skeptizmi va juda erkin fikri b-n ajralib turgan. J. B. Russo öynoqi rokokoni klassitsizm meyorlari b-n uygunlaştirişga harakat qilgan. Monteskye, Volter, Didro kabi ma'rifatparvarlar ham rokoko usullaridan keng foydalanişgan. 18-a. 1yarmida komediya va roman janri rivojlandi. Molyer, A.R. Lesaj, P.K. Marivo, F.N. Detuş, Ş. L. Monteskye («Fors maktublari») bu janrning yetuk namoyandalari bölsa, unda Volter yetakçi rol öynadi. 1751 y.dan D. Didro, J.L. D'Alamber va b. ma'rifatparvarlar tomonidan Ensiklopediya naşr etila boşlandi.
18-a. 2yarmi — 19-a. boşida F. adabiyotida sentimentalizm oqimi paydo böldi. Buyuk Fransuz inqilobi arafasida sentimentalizm b-n bir qatorda romantizm kurtaklari körina boşladi. Bu J. Kazot, E. Parni, J.B. Luve de Kuvre asarlarida va, ayniksa, P.A. F. Şoderlo de Lakloning «Xavfli aloqalar» romani, Bomarşening «Figaroning uylanişi» komediyasida namoyon böldi. K.J. Ruje de Lillning «Marselyeza» qöşiği, Robespyer, Maratlarning publitsistik maqolalari öşa davrda keng tarqaddi. 19- a. boşlarida F. adabiyotida romantizm yetakçi oqim böldi, uning 2bosqiçida inqilob şabadasi esa boşladi. Bu davr V. Gyugo asarlarida özining yorqin aksini topdi. Şuningdek, Jorj Sand, A. Dyuma, E. Syu asarlarida ham yorqin ifoda etildi. Stendal va O. de Balzakning jamiyatda mehnatkaş inson fojiasi katta mahorat b-n körsatilgan romanlarida, P.J. Beranje (1780—1857)ning satirik şe'r va qöşiklarida realizm tamoyillari özining yuksak ifodasini topdi. 60—70-y.lardagi ilmiy texnika taraqqiyoti şaroitida J. Vernning ilmiy fantastik asarlari keng tarqaldi. 1870—71 y. F.Prussiya uruşi va Parij Kommunasi davrida adabiyotning yangi rivojlaniş davri boşlandi. E. Potye 1871 y. iyunda «Internatsional» şe'ri va 1876 y. «Parij Kommunasi» dostonini yezdi. E. Zolya ijodida, Gi de Mopassan novellalarida jamiyat muhitining öta tubanligi, mehnatkaş insonning oğir qismati öz badiiy ifodasini topdi. 19-a. oxirida nazmda köproq simvolizm asosiy yönaliş bölib qoldi. 1-jahon uruşi davrida A. Barbyus asarlari fransuz adabiyotida öçmas iz qoldirdi. Barbyus 1919 y. «Klarte» Xalqaro yozuvçilar taşkilotini tuzdi. 20—30-y.lar adabiyotida Alen, P. Valeri, B. Sandrar, P. Reverdi, J. Kokto, T. Tsara, A. Breton, P. Elyuar, L. Aragon, F. Supo kabi şoir va yozuvçilar ijodi salmokli örin egalladi. 2jaqon uruşi davrida antifaşistik ruxdagi adabiy asarlar yozila boşladi. P. Elyuar, L. Aragon, E. Gilvik, M. Riffo, A. SentEkzyuperi kabi yozuvçilar asarlarida uruş voqealari aks etdi. 50—60-y.larda fransuz adabiyotida ekzistensializm oqimi vujudga keldi. J.P. Sartr, A. Kamyu, E. Ionesko, S. Bekket, N. Sarrot, M. Byutor, K. Simon (1985 y. Nobel mukofoti laureata bölgan) va b. bu oqimning namoyandalaridir. Margerit Yursenar (1903— 87), Margerit Dyura (1914—96) kabi yozuvçilar F. adabiyotida beqiyos iz qoldirdilar. Zamonaviy yozuvçilardan Mişel Turnye, Filipp Sollers, Jan-Mari LeKlezio, Patrik Modiano, Patrik Grenvil, Paskal Kinyar maşhur.
F. yozuvçilaridan O. de Balzak, V. Gyugo, Mopassan, A. SentEkzyuperi, J. Bern, A. Dyuma, Stendal, Volter, Fransua Moriak, Şarl Perro, Monteskye, L. Argon kabi adiblarning asarlari özbek tiliga tarjima qilingan.
Me'morligi. F. hududidagi eng qad. san'at yodgorliklari paleolit davriga mansub. Temir davrida Rim tomonidan kelt (gall)lar şaharlari zabt etilgaç, bu yerda gallrim san'ati rivojlandi: toşdan makbara, teatr, zafar darvoza, akveduklar kurila boşladi, tobut, sarkofaglar tayyorlandi. 5-a.dan varvarlar davlati taşkil topgandan söng örta asrlar san'ati şakllana boşladi. Karolinglar san'ati roman uslubining vujudga kelişi uçun asos böldi (10—12-a. lar), ibodatxona va monastirlar köproq qurildi (Akvitaniyadagi Klyuni çerkovi, 3-a., Perigyodagi SenFron, 1120 y.dan keyin, Langedokdagi çerkovqörğonlar).
12-a.da Şimoliy F. şaharlarida gotika vujudga keldi. Bu davrda şaqarlar soni ortdi, şaharlarda soborlar köplab qurila boşladi. Ularning eng yiriklari: SenDeni abbatligidagi çerkov (1137—44), Sane (taxm. 1140) va Lan, Şartr, Reyms, Amyendagi soborlar, Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi (1163—1257). 15-a.ning 2yarmidan me'morlikda fransuz Uyğoniş davrining haşamdor va gözal uslubi şakllana boşladi. Şu davrda vujudga kelgan Ambuaz (1492—98), Gayon (1501 — 10) qirol va dvoryanlar qörğonlari özining qulayligi hamda haşamatliligi b-n ajralib turadi. Qirol Fransisk I tomonidan Italiyadan taklif qilingan maşhur me'morlardan (jumladan, Leonardo da Vinçi) taşqari, F.ning özida ham N. Başelye, F. Delorm, P. Lesko, J. A. Dyuserso kabi iste'dodli me'morlar yetişib çiqa boşladi. Fransuz Uyğoniş davri me'morligining eng yuksak milliy durdonalari qatoriga Bluadagi Fransisk I qasrining qanotlari, Luara vodiysidagi AzeleRido, Şenonso, Şambor kabi qörğonqarorgohlar, Fontenblo saroyi va Parijdagi Yangi Luvr binosini (me'mor P. Lesko, haykaltaroş J. Gujon) kiritiş mumkin.
17-a.da absolyutizm kuçayişi b-n san'atda monarx şaxsi va hokimiyatini uluğlaş kuçaydi. Qirollik rassomlik va haykaltaroşlik (1648) hamda me'morlik (1671) akademiyalari taşkil topdi. Klassitsizmning sipo va vazminligi b-n kenglik kulamini uyğunlaştirgan absolyut monarxiya deb atalgan uslub şakllandi. U klassitsizmning uluğvorligi, mantiqiy tuzilişini aks ettirgan edi. Bu şahar va şahar taşqarisidagi ansambllar, qirol qarorgohlari va zodagonlar uylari kurilişida namoyon böldi. Parij geometrik jihatdan töğri, uslubiy yaxlit Dofina, Vogezov, Ğalaba, Vandom maydonlari b-n bezaldi. PaleRuayal saroyi (1629—36), Nogironlar uyi (1671 — 76), Sorbonna binosi (çerkov bn, 1629—54), Versal saroyi (1661—89), zafar darvozalar va köpriklar kurildi.
Saroy va binolar plastik naqşlari hamda ixçamligi b-n ajralib turadi. 18-a.ning 1yarmida haşamatli reja uslubi qöllanildi. Bordodagi maydon va köçalar tarmogi, Nansidagi maydonlar, Lyudovik XV maydoni şular jumlasidandir.
18-a. 2yarmida absolyutizmning inqirozi munosabati b-n ma'rifatparvarlik klassitsizmi yönalişi vujudga keldi. Klassitsizm ruxida çerkovlar (SentJenevyev, hoz. Parijdagi Panteon), saroylar (Versaldagi Kiçik Trianon), teatrlar (Bordodagi Katta teatr) va b. jamoat inşootlari (Parijdagi harbiy maktab) qurildi. 19-a. boşlarida yangi me'moriy uslub — ampir uslubida uluğvor, mahobatli inşootlar kurildi (La Madlen çerkovi, Vandom kolonnasi). 19-a. örtalarida Parijda yirik kuriliş işlari amalga oşirildi, 19-a. oxiri — 20-a. boşlarida Amyen, Nant, Orlean,
Tuluza va b. şaharlar qisman rekonstruksiya qilindi. 19-a. 2yarmida kurilişlar eklektizm ruhida olib borildi («GrandOpera» teatri, SakreKyor bazilikasi). Yopiq bozor, universal magazin, passaj, vokzal, kutubxona (Parijdagi SentJenevyev kutubxonasi va Milliy kutubxona), elevator, depo va b.lar kurildi. Maşhur Eyfel minorasi ham şu davrda kurildi. 19-a. oxiri — 20-a. boşlarida modern uslubida inşootlar yaratildi (Parij metrosining bekatlari, Parijdagi «Kastel Beranja» mehmonxonasi). 1860 y.dan qurilişda temirbeton işlatila boşlandi. 1920— 30 y.larda zamonaviy me'morlikning asosiy qirralarini şakllantirişga kirişildi. Me'mor Le Korbyuzye şakllarning funksional va konstruktivligini, beton, oyna va pölatning keng qöllanilişini zamonaviy me'morlikning 5 asosiy prinsipiga aylantirişga harakat qildi. 1960—70-y.larda Parij va uning atroflarida kurilişlar avj oldi. Bu davrning maşhur me'morlari R. Kamelo, J. de Mayi, B. Zerfyuss va muhandis N. Eskvillan me'morlikda ajoyib inşootlar yaratdilar. Bunga misol qilib, Parijdagi sanoat va texnika milliy markazi zali, YUNESKO binosi va Radio uyini körsatiş mumkin.
1980-y.lardan F. me'morligida keng kölamli işlar amalga oşirildi. Xususan, xorijiy me'morlarning ğoyalariga keng yöl oçib berildi. Luvr muzeyi amerikalik me'mor Mario Pey tomonidan töliq qayta rekonstruksiya qilindi. Şişadan yasalgan piramida Luvrning ramziga aylandi. Keyingi yillarda yaratilgan me'moriy inşootlardan Parij ş.dagi SenLazar vokzali perronidagi Arman kompozitsiyasi (1985), P. Pikasso şarafiga qurilgan Sezar kompozitsiyasi (1985), SenJermen o.dagi Jan Dyubyuffe haykallari b-n bezalgan minora (1988), «Ateney» teatridagi rassom JanPyer Şamba tomonidan çizilgan asarlar (1989)ni körsatiş mumkin.
Tasviriy san'ati. F. hududidagi eng qad. san'at asarlari paleolit davriga mansub. Polixrom rasmlar (Lasko, FondeGom), hayvonlar tasviri va haykallari (LaMadlen, Tyukd'Odeber) saqlanib qolgan. Temir davri galiitat madaniyati va laten madaniyati yodgorliklari b-n namoyon buldi. 5-a.dan varvarlar davlati taşkil topişi b-n örta asrlar san'ati (merovinglar san'ati) vujudga kelgan.
10—12-a.larda karoling san'ati roman uslubining vujudga kelişi uçun asos böldi. Bu davrdan har xil taqinçoklar, Limoj emallari, mato va kaştalar, gilamlar saklanib krlgan. F.ning gotik haykaltaroşligida insonning jismoniy gözalligi va hislariga, real tabiiy şakllarga qiziqiş ortdi. Bu Parij Bibi Maryam ibodatxonasidagi haykallar, Amyen soborining haykal va obrazlarida namoyon böldi. 14-a.da haykaltaroşlik majmualari kamroq yaratildi, interyerlarda köproq tasviriy san'at asarlari va böyalgan yoğoç haykallar paydo böldi. Gotika tasviriy san'atida interyerni rangli bezatişda vitraj eng asosiy unsur bölib qoldi (Parijdagi SentŞapel ibodatxonasi va Şartr sobori vitrajlari). 13-a. 2yarmidan vitrajlarda köproq yoruğ ranglar qöllanila boşladi. Freska saroy va qasrlar devorlarida köproq uçraydi. 14—15-a.larda niderland va italyan san'ati ta'siri ostida dastgoxli kartina va portretlar paydo böla boşladi. Tevarak atrofii real tasvirlaş akauka Limburglar ijodidan boşlandi. Ularning «Berriy gersogining eng boy çasoslovi» (taxm. 1411 — 16) asari saklanib qrlgan. 15-a. urtalarida qirol saroyi qoşida fransuz Uyğoniş davri kurtaklari bölgan maktablar taşkil topgan. Uning eng maşhur vakili J. Fuke bölgan. Uyğoniş davri haykaltaroşligini M. Kolomb boşlab bergan. 15-a. 2yarmida Uygoniş davri uslubi yogoçdan işlanadigan gravyuralarga ham ta'sir qildi. 16-a. boşlarida qirol saroyi tasviriy san'at markaziga aylandi.
Inson şaxsiyatiga bölgan qiziqiş qalam va rangli portretlarda ham öz aksini togşi. Bu davr san'atiga kenja J. Klue, Kornel de Lion, Etyenn va Pyer Dyumustyelar kabi rassomlar uzlarining hissalarini qöşdilar. 17-a.ga kelib, klassitsizm uslubi maydonga çikdi. Rasmiy tasviriy san'atning rahbari S. Vue Rim barokkosi, Bolonya maktabi akademizmi va Fontenblo maktabi manyerizmini uygunlaştirdi. 17-a. 2-çoragida tasviriy san'atda klassitsizm yetakçi rol öynay boşladi. Bu davr san'at asarlari plastik şakllari aniq bölişi, tabiat manzaralarining çuqur lirizmi b-n ajralib turadi. 17-a. örtalarida F. san'at hayotining peşqadami Ş. Lebren Parij va Versal saroylarini bezaşga rahbarlik qildi. Bu davrdagi G. Rigo, N. Larjilyer, R. Nanteyl, J. Odran, J. Edelink, F. Jirardon, A. Kuazevoks kabi rassom va haykaltaroşlarning köp asarlari hozirgaça yetib kelgan. Portret, gravyura, haykaltaroşlik, amaliy san'at, zargarlik rivojlandi. 18-a. tasviriy san'atida A. Vatto asarlari rokoko uslubiga asos böldi. Rokoko uslubi manzarali naqşin pannolarda, gilamlar, afsonaviy sahnalarga ega bölgan desyudeportlarda, allegoriyalarda aks etdi. F. Buşe, K. Vanloo, N. Lankrelar rokoko uslubi namoyandalaridir. 18-a. 1yarmida bezak plastika ham rivojlana bordi. M.K. Latura, J.B. Lemuan, J. B. Perronno kabi rassomlar ijodida analitik aniklik, emotsional jozibadorlikkörinadi. 18- a. örtalariga kelib tabiatga bölgan qiziqiş peyzajning vujudga kelişiga turtki berdi. J. Berne, L. G. Moro, Yu. Rober, O. Fragonar, J. A. Gudon, J. L. David bu davrning maşhur rassomlari qatoriga kiradilar. 19-a. boşida ba'zi rassomlarning asarlarida avvalgi qahramonlik obrazlari örnini Napoleon I ni uluğlaydigan asarlar egalladi. Restavratsiya va Iyul monarxiyasi davrida romantik maktab taşkil topdi. T. Jeriko, E. Delakrua asarlarida romantizm yaqqol namoyon böldi. Haykaltaroşlikda romantizm tamoyillari F. Ryudaning «Marselyeza» asarida, P.J. David d'Anje portretlarida va A. L. Bari asarlarida aks etdi. 1848 y.gi inqilob F. san'atiga demokratlaştiruvçi ta'sir körsatdi. 1851 y. töntarişdan söng reaksiya kuçlari qukmronligi şaroitida demokratik san'at köp jihatdan özining ommaviyligini yöqotdi. 1860- y.larda mamlakat tasviriy san'atida E. Manening realistik izlanişlari markaziy örinni egallaydi. Mane ijodi impressionizm yönalişi b-n yaqinlaşdi. Bu yönalişda Manedan taşqari K. Pissarro, A. Sisley, O. Renuar va E. Degalar ham ijod qilişgan. 1850—60-y. lar x,aykaltaroşlikda J.B. Karloning dekorativ, aniq va quvnoq asarlari, J. Daluning mehnat odamlarining xayratli va jiddiy obrazlari, O. Domyening ekspressivgrotesk plastikasi alohida örin tutadi. 19-a. sönggi çoragida fransuz xaykaltaroşligining eng yorqin namoyandasi O. Roden hisoblanadi.
19-a. oxiri — 20-a. boşlarida impressionizm b-n birgalikda «modern» uslubining paydo bölişiga ta'sir etgan simvolizmnnng turli variantlari ham rivojlandi. 19-a. oxirida tasviriy san'atda ijtimoiy mavzulardan birmunça çekiniş seziladi. 20-a. boşidan Parijga köplab çet el rassomlari kela boşladi va ularning ijodi fransuz san'atining ajralmas qismiga aylandi. 1905 y.da A. Matiss boşçiligida fovizm (A. Marke, J. Ruo, A. Deren, M. Vlamink, R. Dyufi va b.), 1907 y.da esa kubizm okimi (P. Pikasso, J. Brak, X. Gris) vujudga keldi. 1-jahon uruşidan söng syurrealizm, 2-jahon uruşidan keyin abstrakt san'atning turli yunalişlari vujudga keddi. 1970-y.larda san'atda abstraksionizmdan çekiniş va san'atning turli xil figurativ turlari (gipperrealizm)ga ötiş kuzatiddi. Umuman olganda, F. tasviriy san'atida gumanizm koyalari saklanib qolgan. P. Pikasso va F. Leje asarlarida uruş va faşizmga qarşi alangali ğalayon, xalqlarning tinçlik uçun kuraşi mavzulari köp aks etgan. 1945 y.dan söng neorealizm okimi paydo böldi, karikatura san'ati rivojlandi, qoniqmaslik va tuşkunlik kayfiyati asketik rassomçilikda aks etdi. Gumanistik san'at an'analari haykaltaroşlikda ham yetakçi rolni egallaydi. A. Burdelning qahramonona dramatik obrazlarida, A. Mayolning garmonik haykallarida, J. Bernarning ötkir psixologik portretlarida bu narsa öz aksini topdi. Umuman, F. 21-a.da ham jahon badiiy san'atining eng yirik markazlaridan biri xisoblanadi. Musiqasi. F. milliy musiqasi qad. kelt, gall va frank qabilalari folkloridan boşlanadi. 11 — 13-a.larda trubadur va truver (şoirxonandalar) musiqa san'ati rivojlangan. 14-a.dagi ilk Uyğoniş davrida çerkov ijroçiligi rivoj topdi. Öşa davr maşhur kompozitorlari Gilom de Maşo, Filipp de Vitri Are nova (yangi san'at) musiqa harakatining eng yetuk namoyandalari edilar. Musiqaning keyingi rivoji G. Dyufai, Josken Depre, I. Okegem, xor polifoniyasi ustasi K. Janeken, gugenot xorali asosçisi K.Gudimel, buyuk polifonist, niderland maktabi vakili O. Lasso ijodi b-n boğliq. 1672— 87 y.lar «Grand opera» teatrini milliy opera maktabi hamda lirik tragediya janri asosçisi Lyulli boşqargan. 17-a. dan çolğu musiqa — lyutnya (D. Gotye), klavesin (J. Şambonyer, L. Kuperen), viola (M. Mare) maktablari taşkil topdi. Çolğu syuita janrida ijod qilgan F. Kuperenning badiiy merosi — fransuz musiqiy klassitsizmi çöqqisidir. 18-a.ning eng yirik kompozitori J.R. Ramo K.V. Glyukning opera islohotiga zamin yaratgan, garmoniya faniga asos solgan. 18-a. örtalarida milliy simfoniya paydo böldi (F. Gossek). Bu davrda yangi janr — komik opera ham paydo böla boşladi. Uning yetuk mualliflari qatoriga E. Duni, F. Filidor, kompozitorlardan P. A. Monsini («Dezertir», 1769), A.E. M. Gretri («Lyusil», 1769) kiradi. Komik operalar «Opera komik» teatri (1715 y. SenJermen yarmarkasida teatr sifatida taşkil topgan, 1801 y.dan yuqoridagi nom)da qöyilgan. 1792 y. J. Ruje de Lil tomonidan «Marselyeza» yoziddi va u keyinçalik F. milliy madhiyasiga aylandi. 1793 y. Parijda Milliy musika in-ti (1795 y.dan Musiqa va deklamatsiya konservatoriyasi) oçildi. 19-a. boşlarida Parij jaxrn musika madaniyatining markazlaridan biriga aylandi. Fransuz musiqasidagi romantizm G. Berlioz asarlarida, 19-a. 2yarmida esa lirik opera janri paydo bölgaç, Ş. Guno, J. Masne, A. Toma, L. Delib asarlarida öz aksini topdi. J. Bize ijodi fransuz musiqasida opera realizmining çöqqisiga aylandi («Karmen», 1874). 19-a. 80-y.larida F. buyuk R. Vagnerni qarşi oldi. 19-a. 2yarmida operetta janri rivoj topdi (J. Offenbax, F. Erve, Ş. Lekok, R. Planket). 19-a. oxiri — 20-a. boşida S. Frank, K. SenSane, E. Lalo, E. Şosson turli janrlarda samarali ijod qilişdi. F.da şanson (ommabop qöşiq) janri gullab yaşnadi. 20-a. musiqasida impressionizm yaratildi (K. Debyussi, M. Ravel). 1-jahon uruşidan söng F. musiqa san'atida neoklassitsizm, ekspressionizm, konstruktivizm tobora rivojlandi («Oltilik» kompozitorlari D. Dyurey, D. Miyo, J. Orik, A. Onegger, F. Pulenk, J. Tayfer va b.). 2-jahon uruşidan söng F. musiqa hayoti jonlandi. O. Messian, F. Pulenk, D. Miyo, A. Jolive, A. Core, J. Orik, J. Franse, M. Landovski kabi kompozitorlar ijodi faollaşdi. 1950-y.lardan dodekafoniya, aleatorika, elektron muyeşa, sonorizm, konkret musişa kabi yangi musiqa yönalişlari rivoj topdi (P. Bulez, Ya. Ksenakis, P. Şeffer va b.). 20- a. fransuz yirik ijroçilari: dirijyorlar — P. Montyo, I. Markeviç, A. Klyuitens, Ş. Myunş, L. Forestye, P. Pare, Ş. Bryuk, S. Bodo, J. Martinon, P. Bulez; pianinoçilar — A. Korto, M. Long, R. Kazadezyus, I. Nat; skripkaçilar — J. Tibo, 3. Françeskatti, J. Neve; violonçelçilar — M. Mareşal, P. Furnye, P. Tortelye; organçilar — Ş. Turnsmir, Ş. Vidor, M. Dyupre, M. Dyurufle; xonandalar — D. Dyuval, J. Krespen, L. Pens; şansonyelar — M. Şevalye, E. Piaf, Ş. Aznavur, J. Beko, J. Dassen, J. Brassens, M. Matyo va b. Parij, Avinon, EksanProvans, Strasburg, Bezanson, Bordo, Tur, Ruan, LaRoşelda musiqa tanlov va festivallari ötkazib turiladi. Parijda eng muhim musiqa öquv yurtlari — konservatoriya, «Sxola kantorum» (1894 y. asos solingan), «Ekol normal de myuzik» (1919) hamda grammofon firmalari, musiqa jamiyatlari, F. Milliy musika qömitasi joylaşgan. Bir qança musika jur.lari çop etiladi.
Teatri. F. teatr san'ati örta asrlardagi sayyor aktyor va sozandalar, jonglyorlar tomoşalaridan boşlanadi. 9—10-a. lardayoq örta asr teatrida diniy drama vujudga keldi. Ulardan eng maşhuri 15 a. örtalaridagi A. Grebanning «Xudo ehtiroslari misteriyasi»dir. 1599 y.dan professional artistlar truppasi işlay boşladi. Bu birinçi doimiy akterlar jamoasi edi. Ular tragediya, tragikomediya va pastorallar qöyar edilar. 17-a.dan J. Rotru, M. Skyuderi pyesalari qöyila boşladi. 1634 y. «Mars» teatri oçildi. P. Kornel, J. Rasin tragediyalari va Molyer komediyalari teatr san'ati rivojiga katta hissa qöşdi. Molyer vafotidan söng taşkil etilgan «Komedi Fransez» teatrida (1680) aktyor M. Baron va tragik aktrisa A. Lekuvryor uning sahna prinsiplarini davom ettirdilar. Fransuz ma'rifatparvarlari teatrni xalqni tarbiyalaş vositasi deb bildilar. Ma'rifatparvar klassitsizmning eng yirik aktyorlari J. Brizar, F. Mole, J. Ofren va J. Dyugazondir. Buyuk fransuz inqilobi qahramonlik san'atini vujudga keltirdi. 1791 y. «Teatrlar erkinligi haqida dekret»dan söng, Parijda 19 teatr taşkil topdi. «Komedi Fransez» teatrida V. Gyugo, A. Vini, A. Dyuma asarlari körsatildi. Gyugoning «Ernani» dramasining qöyilişi (1830) fransuz teatrida muhim voqea böldi. 19-a. 1yarmida bulvar teatrlari paydo böldi. 1848 y.dan qahramonlik mavzusi yana oldinga çiqdi. 19-a. oxirida E. Zolya yangi realistik dramaturgiyani yaratiş va teatrlarni isloh etişni talab qilib çiqdi. Fransuz sahnasidagi çuqur özgarişlar A. Antuan nomi b-n boğliq. «Erkin teatr» va «Antuan teatri» asosçisi, «Odeon» teatri boşqaruvçisi bölgan Antuan öz davrining dolzarb muammolarini sahnaga olib çikdi. 1910 y. J. Ruşe tomonidan «Teatr dez Ar» taşkil etildi. 1926 y. tört buyuk rej.: G. Bati, Ş. Dyullen, L. Juve va J. Pitolar ittifoqi — «Kartel» tuzildi. Ular köproq klassikaga — Molyer, Şekspir, A. P. Çexov, B. Şou, L. Pirandello, P. Klodel, J. Dyuamel, J. Romen, J. Jirodu, J. Anuya, A. Salakru asarlariga murojaat etişdi. 1930-y.lar boşida demokratik va antifaşistik harakat rivojlandi, xalq teatri katga rol öynadi. 2-jahon uruşi yillari — nemisfaşist okkupatsiyasi davrida fransuz teatrlari deyarli işlamadi. Ilğor jamoatçilik F.ning qadimiy teatrlaridan bölgan «Komedi Fransez»ni qöllabquvvatladi. Unda yirik aktyor va rej.lardan J. L. Barro, M. Reno, P. Dyuks, J. Rusiyon va b.lar voyaga yetdilar. 40-y.lar 2yarmi — 50-y.lar 1yarmida mamlakatda drama markazlarining keng tarmoklari taşkil topdi. Lion, Grenobl, Tuluza, Kann, Bordo, Strasburg va b. şaharlarda teatrlar paydo böldi. Milliy xalq teatri teatr san'atining yetakçi markaziga aylandi. Unda buyuk fransuz aktyorlari J. Filipp, M. Kazares, J. Vilson, D. Sorano, S. Monforlar faoliyat olib bordi. 1970-y.larda Buyuk fransuz inkilobiga bağişlangan «1789» va «1793» teatrlarining taşkil topişi F. teatri hayotida katta voqea böddi.
Fransuz sahna san'atining rivojiga aktyor va rej. J.L. Barro katta hissa köşdi. Turmuş örtoği M. Reno b-n birgalikda «Kompani Reno—Barro» truppasi yaratildi va u 20-a.da fransuz dramaturgiyasini targib etdi. 1950 — 60-y. larda teatr hayotida «absurd teatri» katta örin egalladi. 20-a. 2yarmidan F. teatr san'ati yanada rivojlandi. Bunga 1981 —86 va 1988—93 ylarda F. madaniyat vaziri bölib işlagan J. Lang katta hissa qöşdi. Parijning köp teatrlari, jumladan, «Grandopera», «Komedi Fransez», «Odeon» va «Şayo» milliy teatrlari hukumat tomonidan qöllab quvvatlandi. J.L. Barro, A. Vite, A. Mnuşkin, P. Bruk, R. Blen, R. Planşon, J. Savari kabi rej.lar maşxur. F.da 42 milliy dramatik markaz mavjud; 170 teatr guruhi şartnoma asosida, 398 guruh dotatsiya asosida faoliyat yuritadi. «Komedi Fransez» teatri milliy teatr an'analarini davom ettirmoqda. 1954 y. taşkil etilgan «Xalklar teatri»da xalqaro teatr festivallari ötkaziladi.
Kinosi. Akauka L. va O. Lyumyerlar tomonidan qöyilgan kinematografiyaning dastlabki asarlari (xronikal syujetli «Poyezdning kelişi», «Bolani emiziş», «Şalabbo bölgan suv sepuvçi» filmlari) 1895 y. 28 dek.da Parijda namoyiş etilgan. F. kinosining ilk davrdagi rivoji kinotryuklarni suratga oliş ixtiroçisi J. Melyesu nomi b-n boğliq. Uning «Film d'ar» firmasi kinoga maşxur dramaturg, aktyor va kompozitorlarni jalb etdi. 1919 y.da rej. A. Gans uruşga qarşi ruhdagi «Men ayblayman» pamfletini, rej. A. Antuan esa bir qança filmlar («Yer», 1921; «Arlezianlik ayol», 1922)ni yaratdi. 1-jahon uruşidan keyingi yillarda kinodan tijorat yölida foydalanişga qarşi çiqqan va kinoni badiiy jihatdan yangilaşni talab qilgan kino nazariyaçilari va amaliyotçilaridan L. Dellyuk, A. Gans, M.L. Erbye, J. Epşteyn, J. Dyulak «Avangard» harakatiga birlaşdilar. Bu harakatdagi bir qança realist rej.lar qad. an'analarga tayangan holda köpgina asarlarni yaratdilar [«Krenkebil» (1922) va «Yangi janoblar» (1928, rej. J. Feyder), «Nana» (1926) va «Kiçik gugurt sotuvçi» (1927, rej. J. Renuar), «Somon şlyapa» (1927, rej. R. Kler)].
30-y.lardan fransuz kino sanoati ovozli filmlar çiqara boşladi. 30-y. lar örtalarida F. kinematografiyasining ijtimoiy yönalişi Milliy front harakati b-n boğliq; «Oktyabr» va «Erkin kino» uyuşmalari taşkil topdi. Bu davr uçun «Marselyeza» (1938, rej. R. Renuar), «Buyuk sarob» (1937, rej. R. Renuar), «Oxirgi milliarder» siyosiy satirasi (1934, rej. R. Kler), «Ahil kompaniya» (1936, rej. J.Dyuvivye) kabi filmlar xarakterlidir. 2-jahon uruşi va natsistlar okkupatsiyasi davrida fransuz kinematograflari kuraş va jasoratga çorlovçi «Keçki mehmonlar», «Osmon sizlarga tegişli» kabi filmlarni yaratdilar. 1944 y. «Parijni ozod etiş» filmi çiqarildi. «Rayka bolalari» filmi (1945) milliy madaniyatning eng yaxşi gumanistik an'analarini özida aks ettirgan, faşizmga qarşi ruhsagi film böldi. Rej. R. Klemanning «Relslar ustidagi jang» filmi ozod etilgan F.ning birinçi kartinalaridan hisoblanadi. Şu davrda yaratilgan maşxur filmlar: «Parma ibodatxonasi» (1948, rej. Kristian-Jak), «Qizil va kora» (1954, rej. K. OtanLara, ikkisi ham Stendal asarlari asosida), «Tereza Raken» (1953, rej. M. Karne), «Jerveza» (1956, rej. R. Kleman, ikkisi ham Zolya asarlari asosida), «Ölimga mahkum qilingan qoçdi» (1956, rej. R. Bresson). 1940 —50-y.lar boşlaridaJ. Filipp, Burvil, J. Mare, M. Kazares, L. de Fyunes, S. Rejani va b. aktyorlar maşxur. 50-y.larning 2yarmida yaratilgan filmlarning kupi köngil oçar filmlar böldi. F. kinematografiyaçilari kuçli ijtimoiy qahramonni faşistlarga qarşi kuraş mavzusidan topdilar. «Kun va soat» (1963), «Parij yonyaptimi?» (1966) filmlari faşizmga qarşi ruhda yaratildi. 1968 y.dan keyin asosan siyosiy mavzuda, fransuz mehnatkaşlarining hayoti haqida filmlar yaratila boşladi. J. Tatining «Bayram kuni» (1949), «Mening amakim» (1958), Kristian Jakning «Fanfan-Tyulpan» (1952), «Qonun — bu qonun» (1958), P. Eteksning «Ohtortuvçi» (1963), «Yoyo» (1965) filmlari komediya janriga mansub. F. kiska metrajli filmlari (rej. A. Lamorisning «Qizil şar»), P. Grimoning multiplikatsiyalari, J. Ruşaning ijtimoiy filmlari maşxur. 70ylar örtalariga kelib, fransuz kinosida ötkir mavzulardan çekiniş kuzatiladi, bu davrda köngil oçar kinolarni i.ç. keng rivojlandi. 60 —70-y.lardagi eng maşxur aktyorlar sirasiga: J. Gaben, J. Moro, J.L. Trentinyan, J.P. Belmondo, K. Denyov, A. Delon, A. Jirardo va b. kiradi. Eng yaxşi fransuz tasvirçilari: R. Yuber, A. Tirar, R. Kutar, A. Alekan, A. Deke. Fransuz va jahon kinosi tarixi va nazariyasiga özlarining fikr va goyalari b-n katta xissa qöşgan kişilar: L. Mussinak, J. Sadul, A. Bazen, J. Mitri, A. Ajel, K. Mets va b. 1943 y. tuzilgan Oliy kino ta'limi instituti rej., tasvirçi, montajçilarni tayyorlaydi. 1946 y.dan Kannda har yili Xalqaro kinofestival ötkaziladi. 1936 y. «Sinematika», 1972 y. Kino tarixi muzeyi oçilgan. 1976 y.da Amerikaning «Oskar» mukofotiga öxşaş «Sezar» milliy kino mukofoti ta'sis etilgan. 1970 —90-y.larda rej.lar J.Ş. Takell («Jiyanlar», 1975), D. Vin («Martin Gerrning qaytişi», 1984), D. Kyuri («Oramizda», 1985), K. Berri («Jan de Florett», 1987), J. Rivett («Maftunkor yonğoq daraxti», 1991), R. Varnyer («Hindixitoy», 1992) hishayajonli hamda an'anaviy mavzularda filmlar yaratişdi. F.da 4400 kinoteatr mavjud, yiliga 130 ga yaqin töliq metrajli film yaratiladi (2003).
Özbekiston — F. munosabatlari. Ikki davlat örtasidagi diplomatiya munosabatlari 1992 y. fev.da örnatilgan bölsada, mamlakatlar orasidagi aloqalar uzoq tarixga borib taqaladi. F. qiroli Karl VI de Valua (1368 — 1422) va Amir Temur davridagi özaro savdo-sotiq va döstona munosabatlarga oid yozişmalar bizga ma'lum.
1992 y. F.ning Özbekistondagi elçixonasi, 1995 y. Özbekistonning F.dagi elçixonasi öz faoliyatini boşlagaç, özaro aloqalar, delegatsiyalarning taşriflari yölga qöyildi. Ikki tomonlama aloqalar rivojlanişining tamal toşlari ÖzR Prezidenti I. Karimovning 1993 y. okt.da F.ga davlat taşrifi paytida qöyilgan bölib, unda bir qator şartnomalarga imzo çekildi. Özbekiston Respublikasi va F. Respublikasi örtasidagi döstlik va hamkorlik töğrisidagi «şartnoma, hukumatlar örtasida investitsiyani himoyalaş va özaro rağbatlantiriş haqidagi bitim, hukumatlarning madaniy va ilmiytexnikaviy hamkorlik töğrisidagi bitimi şular jumlasiga kiradi. 1994 y. apr.da F.ning sobiq prezidenti F. Mitteran eng rivojlangan yetti davlat rahbarlari orasida birinçi bölib, ÖzRga davlat taşrifi b-n keldi. Prezident I. Karimovning F.ga 1996 y. apr.dagi ikkinçi taşrifi va ÖzR Prezidenti I. Karimov hamda F. prezidenti J. Şirakning 1996 y. iyunda Florensiya da Yevropa Ittifoqi rahbarlarining sammitidagi, 2002 y. davlat rahbarlarining NATOga a'zo davlatlar rahbarlarining Pragadagi sammitida uçraşuvlari ikki tomonlama aloqalarni yangi darajaga kötariş imkoniyatini berdi. ÖzR Prezidenti I. Karimovning 1996 y. 21—24 apr.dagi ikkinçi taşrifi ikki tomonlama munosabatlarni yangi poyunaga kötardi. I. Karimovning F. Respublikasi Prezidenti J. Şirak b-n uçraşuvi çoğida ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama etildi. Uşbu taşrif davomida I. Karimov YUNESKO qarorgoxdsa taşkil kilingan «Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta'limning rivoji» mavzusidagi körgazmada iştirok etdi.
Özbekiston va F. örtasida özaro tovar aylanmasi 2003 y. 72,3 mln. AQŞ dollari, şundan eksport 24 mln., import 48,3 mln. dollarni taşkil etdi. Eksportda paxta tolasi 74,4%, töqimaçilik mahsuloti 13,4%, kimyo mahsulotlari 8,8%, agrosanoat majmuasi mahsulotlari 2,9%ni, importda esa elektronika va elektr uskunalar 26,2%, kimyo mahsulotlari 23,3%, mexanika uskunalari 13,7%, farmatsevtika va parfyumeriya mahsulotlari 13,6%, maişiy texnika 7,9%, transport vositalari 5,5%, oziq-ovqat mahsulotlari 3,6%ni taşkil etdi.
2003 y.da Özbekistonda F.ning 14 kompaniyasi va 2 banki («Kredi Kommersial de Frans» va «Sosiyete Jeneral») işladi. Bundan taşqari, Özbekistonda 15 qöşma korxona, 100% fransuz sarmoyasi b-n 2 korxona faoliyat olib boradi. 2004 y. 14 —16 yanv. da
Özbekiston — F. savdoiqtisodiy hamkorlik hukumatlararo komissiyasining 2majlisi bölib ötdi. Ikki davlat hamkorligi rejalariga muvofiq, «Sosiyete Jeneral» bankining krediti hisobiga «Buxoro viloyatida suv ta'minotini yaxşilaş» dasturi (8,1 mln. AQŞ dollari) amalga oşiriladi va 2 ta «Boing—767300 ER» samolyota (187,9 mln. AQŞ dollari) sotib olinadi.
Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligi «Rom Pulek» fransuz kimyo korxonasi b-n rasmiy aloqa örnatgan. Toşkentda bu korxonaning vakolatxonasi oçilgan. ÖzR Poçta va telekommunikatsiya agentligi bilan F.ning poçta va telekommunikatsiya vazirligi örtasida telekommunikatsiya jihozlarini i.ç. va ulardan foydalaniş soxasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş haqida bayonnoma imzolangan. Fransuz mutaxassislari yordamida «Sprint» elektron poçta tizimining faoliyati yölga köyildi. «Özbekneftegaz» milliy korporatsiyasi F.ning «ElfAkiten» korxonasi b-n xamkorlikda Buxoroda neftni qayta işlaş z-dini quriş haqida şartnoma tuzdi. ÖzR Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir qator fransuz banklari («Kredi Leone», «Sosiyete Jyuzi», «Bank Nasional de Pari», «Pariba», «Kredi Kommersial de Frans») b-n vakillik aloqalarini örnatgan. Özbekistonda «Bofur Ispen Interneyşnl», «Ronpulenk» fransuz korxonalari faoliyat olib bormokda. Şuningdek, F.ning «Er Frans» va Özbekistonning «Özbekiston havo yöllari» aviakompaniyalari Toşkent — Parij — Toşkent marşruti böylab reyslarni amalga oşirmokda.
Özbekiston va F. örtasidagi ilmiytexnikaviy aloqalar ham rivojlanmoqda. Bu aloqalar 1993 y. okt.da imzolangan madaniy, ilmiy va texnikaviy hamkorlik töğrisidagi bitim asosida olib borilmoqda. Har yili yuzdan ortiq Özbekiston fuqarosi F.ning turli öquv yurtlarida malaka oşirib kelmokda. Ikki mamlakat oliy öquv yurtlari örtasida talaba va prof. öqituvçilar almaşiş, stajirovka, öqituvçilar malakasini oşiriş kurslari, birgalikdagi seminarlar taşkil etiş rivojlangan. Öz navbatida, Parij, Tuluza, Lion, Eks/Marsel, «Parijsyud» va «Parij IV» un-tlari b-n Toşkent, Samarqand, Buxoro un-tlari, Toşkent iqtisodiyot un-ti, «Bretansyud» un-ti b-n Özbekiston jahon tillari un-ti örtasidagi hamkorlik yölga qöyilgan. F. Özbekistonga Yevropa Ittifoqining TASIS dasturi doirasida ham kadrlar tayyorlaş sohasida texnikaviy yordam körsatyapti. F. Boş vaziri huzuridagi Davlat boşqaruvi xalqaro instituta (DBXI) ÖzR Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasiga texnikaviy yordam körsatiş böyiça 1 mln. 400 ming ekyu kiymatidagi dastur muvaffaqiyat b-n amalga oşiriddi, fransuz mutaxassislari akademiya tinglovçilariga ma'ruzalar öqişdi. Şuningdek, ÖzR vazirliklarining xodimlari har yili DBXI ning qisqa muddatli malaka oşiriş kurslarida öqib kelayotir.
Özbek va fransuz olimlari örtasidagi ilmiy hamkorlik ham muvaffaqiyat b-n davom etmokda. Bunda ÖzR Fanlar akademiyasi va F. ilmiy tadqiqotlar milliy markazi örtasidagi samarali hamkorlik yölga qöyilgan. Ayniqsa, arxeol., astronomiya, ösimliklarni himoya qiliş sohalaridagi hamkorlik yaxşi natija bermoqda.
1998 y. okt.da ÖzR Fanlar akademiyasi delegatsiyasi F.ning Atrof muhit va energiyani boşqariş markaziga taşrif buyurdi. Kuyoş energiyasidan foydalaniş böyiça özbek olimlari tomonidan taklif qilingan loyiha Yevropa hamjamiyati doirasida SOR ERNICUS fantini olişga muvaffaq böldi. Taşrif davomida mazkur loyihaning taşkiliy masalalari muhokama qilindi. F. b-n madaniy va ilmiytexnikaviy hamkorlikda 1995 y.dan Toşkentda faoliyat yuritayotgan F. Taşki işlar vazirligi qoşida tuzilgan Markaziy Osiyoni örganiş fransuz in-ti katta rol öynayapti. Institut fransuz va özbek olimlari hamda tadqiqotçilari hamkorligida gumanitar va ijtimoiy sohalarda turli tadkiqotlar olib boradi, ilmiy asarlar çop etadi. Institut arxeol., san'at, musiqaşunoslik, Markaziy Osiyoning qad. va zamonaviy tarixi buiiça boy kutubxonaga ega bölib, dunyoning barça mamlakatlarida Markaziy Osiyoga oid çop etilgan asarlarni yiğişga kirişgan. Int kisqa vaqtda «19-a.dan beri Markaziy Osiyodagi islomiy islohotlar», «Hindiston — Markaziy Osiyo: savdo va fikr yöllari», «Rossiyada islom», «Temuriylar merosi», «Qölyozmalarni saklaş», «Islom va musiqa» mavzularida xalqaro konferensiyalar taşkil kildi va ularning materiallarini çop etdi.
ÖzR Fanlar akademiyasi b-n F.ning ilmiy tadqiqotlar ilmiy markazi örtasida tuzilgan şartnoma doirasida arxeol. sohasida samarali hamkorlik olib borilmoqda. 1995 y. yanv.da ÖzR Fanlar akademiyasining geol. va geofizika instituta b-n J. Furye hamda Grenobl un-tlari örtasida seysmologiya sohasida şartnoma tuzilgan. ÖzR Fanlar akademiyasi Kime va ösimlik moddalari in-ti F.ning «Lotoksan» taşkiloti b-n birgalikda uzoq muddatli şartnomalar asosida kosmetika mahsulotlari işlab çiqarmoqda.
Hoz. paytda F. ilmiy tadqiqotlar markazi bir qator sohalarda, xususan, çorvaçilik, vinoçilik, nodir metallar, ösimliklar asosidagi yangi doridarmonlar, neft va gaz mahsulotlari va b. sohalarda hamkorlik örnatiş imkoniyatlarini örganmoqda. Toşkent texnika un-ti bilan Parij un-ti örtasidagi hamkorlik haqidagi şartnoma koinotdan olinadigan agrosuratlarni örganuvçi özbekfransuz ilmiy markaziga asos böldi.
Fransuz san'at muxlislarini özbek san'ati b-n taniştiriş Özbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan boşlangan. 1994 y.da tanikdi özbek san'atkorlari Turğun Alimatov va Munojot Yulçiyeva Parij sahnalarida konsert berib, fransuz san'at muxlislari olqişlariga sazovor buldi, Parijda ularning bir neça lazer disklari çiqaridsi. «Söğdiyona» ansambli Liondagi milliy konservatoriyada uz repertuarini ijro etdi. Özbek xonandasi Matluba Dadaboyeva 1996 y. birinçi marta uz quşiqlarini fransuz tomoşabinlariga havola etgan bulsa, 1997 y.da xalq qöşiqlari festivalida qatnaşdi. 1998 y.da esa Xorazm xalq qöşiklari ijroçisi Zuhra Jumaniyozova b-n birgalikda Parijda bölib ötgan «Ijodiy fantaziya festivali»da muvaffaqiyatli iştirok etdi. Konsert kunlari «Musavvir» va «Usto» birlaşmalari özbek xalq xunarmandçiligi kurgazmasini taşkil etişdi. 2004 y. davomida Özbekiston BA F.ning yirik şaharlarida özbek zamonaviy tasviriy va amaliy san'ati körgazmalarini ötkazdi. 1996 y. Parijning «Katta saroy» muzeyidagi «Buyuk ipak yulida buddaviylik san'ati» körgazmasida Özbekiston tarixi muzeyi kolleksiyasidan örin olgan Buddaning loydan yasalgan haykali namoyiş etildi. 1994 y. Mirzo Uluğbekning 600 yillik yubileyini nişonlaş doirasida olimning ilmiy merosiga bağişlangan ilmiy anjuman, Özbekiston san'at ustalarining konserti utkaziddi. «Temuriylar san'ati va tarixini urganiş hamda uzbekfransuz madaniy aloqalari» assotsiatsiyasining «Temurid» jur. ning maxsus soni Mirzo Uluğbekka bağişlab çiqarildi. 1996 y. Parijda Amir Temur tavalludining 660 yilligi, 1997 y. esa, YUNESKO rahbarligida Buxoro va Xiva ş.larining 2500 yilligi munosabati b-n bayram tadbirlari utkazildi. Buxoro va Xiva ş.lari yubileyi tantanalariga «Özbekiston madaniyati kunlari» ulanib ketdi. Şuningdek, F.da özbek yozuvçilarining, Özbekistonda fransuz yozuvçilari asarlarining tarjimalari amalga oşirilib kitoblari naşr etilmoqda. Bu işlarni amalga oşiriş uçun F. Taşki işlar vazirligi Alişer Navoiy nomidagi dasturni işlab çiqdi. 2003 y. fransuz yozuvçisi F. Bressanning F.da fransuz tilida naşr etilgan «Maftunkor Samarkand» kitobining takdimoti bulib utdi. Toşkentdagi F. elçixonasida 2002 y.dan V. Gyugo nomidagi fransuz madaniy markazi işlamoqda. 2004 y. fev.da Parijda «Ibn Sino» uyuşmasi tuzildi. 1998 y. apr.dan Özbekistonda «Özbekiston — Fransiya» dustlik jamiyati faoliyat yuritmoqda. Samarkand va Lion, Buxoro va RyuelMalmezon ş.lari örtasida töğridantöğri hamkorlik aloqalari urnatilgan.
Malika Şaripova, Mirşohid Aslanov.