Tabiati. Mamlakatning qirğoq çiziği (7,5 ming km) Apennin ya.o.ning jan.da pasti-baland bölsa, boşqa qismida deyarli tekis. Hududining 4/5 qismi toğ va qirlardan iborat. I.ning şim.da Alp toğlari joylaşgan: Ğarbiy Alp toğlari (Monblan çöqqisi, 4807 m — I.ning eng baland nuqtasi)ning yon bagirlari tik. Şarqiy Alp toğlari (eng baland nuqtasi — Ortles toği, 3899 m) asta-sekin pasaya borib, şarqda Karst platosiga tutaşib ketgan. Alp toğlari jan.da joylaşgan Padan tekisligi şarqda Adriatika dengiziga tomon pasayib boradi. Po daryosining vodiysi botqoqli pasttekislik. Alennin ya.o. böylab 1200 km masofada Apennin toğlari joylaşgan. Bir neça söngan va sönmagan vulkanlar (Amiata — 1734 m, Vezuviy — 1277 m) bor. I. orollarining relyefi, asosan, toğlik, orollarda Etna (3340 m), Stromboli, Vulkano vulkanlari bor. I.ning örta va jan. qismlarida tez-tez kuçli zilzila bölib turadi.
I.da toşkömir, bitumli slanets, neft, gaz, qörğoşin, pyx, temir rudalari, boksit, oltingugurt va oş tuzi konlari bor. I. simob rudasi zaxirasi böyiça dunyoda yetakçi örinda. Toskanada marmar qazib olinadi. Ma'danli va issiq (t-rasi 100—200°) bulok, köp.
Iqlimi Örta dengizga xos subtropik, Padan tekisligida mö'tadilroq. Alp toglari şim.dan keladigan so-vuq şamolni tösib turadi. Yozi issiq va quruq. Iyulning örtaça t-rasi toğ etaklari va tekisliklarda 20—28°, ba'zan issiq şamol esganda 40—45° ga kötariladi. Yanv. ning örtaça t-rasi Alp toğlari etaklari va Padan tekisligida 0°, Apennin ya.o. va orollarda 1 — 12°. Şarqiy Alp va Şim. Apennin toglari I.ning eng seryoğin (yiliga 3000 mm) joylaridir. Mamlakat iç-karisida yiliga 600—800 mm, Sitsiliya va Sardiniya o.larida 500 mm yoğin yoğadi. Alp toğlarining I. hududidagi qismida 800 dan ortik, muzlik bor.
Eng yirik daryosi — Po va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Daryolar I.ning şim. qismida köproq. Daryolari yomğir, qor va muzliklardan suv oladi. Ulardan suğoriş va gidroenergiya olişda foydalaniladi. Yirik köllari: Garda, Komo, Lago-Majore, Bolsena va b. Ularda kema qatnaydi, sohillarida kurort köp.
Alp toğlarining 1800 m balandlikkaça bölgan qönğir-örmon tuproqli yon bağrida keng bargli va igna bargli örmonlar, undan yuqoridagi toğ-ötloqi tuproqlarda butazorlar, subalp va alp ötloklari bor. Apennin ya.o., Sitsiliya va Sardiniya o.larida (tuproği jigarrang) 500—600 m balandlikda doim yaşil toş dub va pökak dublari, piniya, halab qarağaylari, butalar usadi. 1500 m balandlikkaça jigarrang va qönğir toğ tuproqli yerlarda dub, qora qayin va kaştan örmonlari, 2000 m dan balandda igna bargli, keng bargli örmonlar, toğ tepalarida subalp ötloklari bor.
I.da yovvoyi hayvonlar, asosan, toğlarda uçraydi. Alp va Apennin toğlarida serna, yovvoyi muşuk, toğ va örmon suvsari, sassiqközan, qönğir ayiq, quyon, tiyin yaşaydi. Quşlarning 400 ga yaqin turi, sudraluvçilar bor. Ovlanadigan baliq turi köp. I.da noyob ösimlik, hayvon va geologik obyektlarni saqlaş uçun qöriqxonalar taşkil etilgan. Milliy boğlari: Stelvio, Granparadizo, Abrutsso, Kalabriya, Çirçeo va b. — jami mayd. 200 ming ga.
Aholisining 98% dan köproği italyanlar; qolgan qismi retoromanlar, tirollar, fransuzlar, sloven va xorvatlar, şuningdek, albanlar, katalonlar va b. Rasmiy tili — italyan tili. Asosiy din — katolik dini. Aholining 67% şaharlarda yaşaydi. Yirik şaharlari: Rim, Milan, Neapol, Turin, Genuya, Palermo.
Tarixi. I. hududida paleolit davrida odamlar yaşagan. Apuliyaning Kastro ş. yaqinidagi Romanelli goridan, Liguriyaning Grimaldi qişloği yaqinidagi Barma-Grande ğoridan, Emiliyaning Savinyano manzilgoqidan topilgan arxeologiya yodgorliklari şundan dalolat beradi. Şim. I.da jez davrita mansub arxeologiya mada-niyati, örta I.da unga turdoş bölgan madaniyatlar nişonalari juda köp. Temir davrşxa I. hududida paydo bölgan bir qança madaniyatlar köpgina arxeologiya yodgorliklarini qoldirgan. Ular orasida villanlar madaniyati yetakçi bölgan. Mil. av. 2—1ming yilliklarda qoz. I. hududida ligurlar, et-rusklar yaşagan, asta-sekin italiklar (şu jumladan, lotinlar) köçib kelib joylaşa boşlagan. Italiklar gu-ruhiga mansub bölgan sabinlar b-n birga lotinlar Rimga asos solganlar (mil. av. 754—53-y.lar). Mil. av. 5—3- a.larda I. hududi qad. Aşning asosiy qismi bölgan. Mil. 5-a.gaça, ya'ni I. Rim davlati tarkibiga kirgan davrgaça bölgan I.ning şundan keyingi tarixi va uning qududida quldorlik tu-zumi şakllanganligi haqida Qad. Rim maqolasiga qarang.
Mil. 3-a.da, asosan, I. hududidan iborat bölgan Rim imperiyasida quldorlik tuzumi inqirozga uçragan. Quldorlik jamiyati zamirida feodalizm unsurlari vujudga kela boşladi: yirik yer egaligi b-n birga mayda xöjalikning mavjudligi, natural xöjalik xukmronligi Rim imperiyasi davrida butunlay barxam topmagan yer egalarining siyosiy hokimiyati oşib borgan edi. 4—5-a.da I.ga bostirib kirgan german qabilalari va b. varvar qabilalar Rim imperiyasiga sezilarli zarba berdilar. 5-a. boşlarida I.ga kirib kelgan vestgotlar 413 y.da Rimni işğol qildilar. 455 y.da Rim vandallar tomonidan tor-mor qilindi. Mil. 5-a.da german, vestgot, vandal va b. kabilalarning hujumi, qullar hamda kolonlarning qözğolonlari natijasida Ğarbiy Rim imperiyasi yemirilgaç, 476 y. Odoakr boşçiligida qirollik hoki-miyati örnatildi. 488 y.da Teodorix boşçiligida ostgotlar qirolligi bu-nyod etildi. 554 y. I.ni Vizantiya, bo-sib oldi va Vizantiya imperatori Yustinian I 554 y. Pragmatik sanksiya çiqardi, bu qujjat Rim imperiyasining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini qayta tiklaşga qaratilgan edi. 568 y.da Şim. I.ga langobardlar kelişdi. Langobardlarning istilosi quldorlik tartibiga uzil-kesil zarba berdi. Ular quldorlarning aksari qismini qirib taşladilar va haydab yubordilar. Ulardan musodara qilingan yerlar istiloçi zamindorlar örtasida taqsimlandi. Erkin dehqon vaq-tinça asosiy işlab çiqaruvçi kuçga aylandi. Ammo Rimdagi yirik yer egaligining bir qismi (qullar va kolonlar b-n birga) baribir saqlanib qolgan edi. Rim xususiy mulkçiligi ta'sirida langobardlar jamoasining parçalanişi kuçaydi, karam dehqonlar sinfi va zamindorlar sinfining şakllaniş jarayoni tezlaşdi. Ilk feodal davlati vujudga keldi. I.ning bir qismi Vizantiya hukmronligi ostida qola berdi. 751 y.da langobardlar Ravenna ekzarxatini bosib oldi, söngra franklar uni langobardlardan tortib olişdi. 556 y.da franklar qiroli Pipin Pakana Ravenna ekzar-xati, Rim dukati va Pentapolisni papaga sovğa qilgaç, papalarning te-okratik davlati (Papa viloyati) tarkib togşi. 773—74 y.larda I.ni franklar qiroli Buyuk Karl bosib oldi. I.ning franklarga tobe bölişi unda zamindorlik munosabatlarining rivojlanişini tezlaştirdi. 781 y.da I. qirolligi taşkil topdi. Buyuk Karlning öğli Pipin uning qiroli böldi. Franklar istilosidan söng I.da mulkdorlik munosabatlari tez rivojlana boşladi. 887 y. Buyuk Karl sulolasidan bölgan Karl III ağdarilgaç, yirik zodagonlar örtasida I. taxti uçun kuraş avj oldi. 9-a.da I.ga jan.dan arablar, şim. dan vengerlar hujum qildi. 10-a.ning 2-yarmidan 12-a. boşlarigaça I.ning köp qismi german imperatori Otton I ta'sirida böldi. 10—11-a.larda I.ning Milan, Venetsiya, Genuya, Piza va b. şaxarlari yepiskop-senorlar iskanjasidan qutulib, mustaqil şaharlarga aylandi. 11 — 12-a.larda I. şaharlarida hunarmandlar va savdogarlar korporatsiyalari—sexlar vujudga keldi. Kommunalar ğalaba qozongaç, hokimiyat senordan konsullar hay'ati qöliga ötdi, şahar zoda-gonlarining, boy savdogarlarning namoyandalari şu hay'at tarkibiga kirardi. Hunarmandlar b-n mayda savdogarlar hokimiyatga yölatilmas edi. Xalq yiğinining ahamiyati unçalik katta emas edi. Siyosiy va iqtisodiy huquqlarning kommunaga ötişi zamindorlarning qudratini puturdan ket-kazdi va I. iqtisodiyotining rivojlanişi h.amda atrofdagi mayda şahar va qişloqlar hududida böysundiriş yöli b-n şahar-davlatlarning taşkil topişi uçun turki böldi, bu şahar-davlatlarda öşa davr uçun ğoyat ilğor bölgan yangi davlat şakli — respublika tuzumi örnatildi. Şaharkommunalar tovar-pul munosabatlari rivojlangan qudratli markazlarga aylandi; salib yurişlari esa bu yerda port şaharlar (Venetsiya, Genuya, Piza, Ankona) ravnaq topişiga, ularni Yevropa b-n Şarq örtasidagi asosiy savdo vositaçilariga aylantirdi. Şim. va Örta I.dagi şaharlarning iqtisodiy ustunligi I.ning şu qismida 11 —12-a.larda yirik zamindorlarning yerlarni dehqonlar, ritsarlar, savdogarlar va ba'zan şaharlarning yuqori tabaqasiga ijaraga berişiga olib keldi. 12—13-a.larda I. şaharlarining qöllab-quv-vatlaşi b-n qişloq kommunalari vujudga kela boşladi, ular özini özi boşqariş huquqi berilişini talab qildilar. Qişloq kommunalari zamindorlar hukmronligidan ozod bölişlari b-noq qöşni şaharlarga qaram böla bordilar. 12—13-a.da Paviya, Milan va b. şaxarlarda hunarmand, savdogar va mayda ritsarlar yirik zodagonlarga qarşi kuraşdilar. Şu davrdagi şaharlar aholisi I.ga bostirib kirgan german zamindorlariga qarşi qahramonlarça kuraşdi. 1158 y.da imperator çiqargan Ronkal qaroriga bino-an I. kommunalari siyosiy mustaqillikdan mahrum böldi. German zamindorlariga qarşi kuraş davrida I. şaharlarida gvelflar va gibellinlarning siyosiy partiyalari vujudga keldi. 1162 y.da german bosqinçilariga qarşilik körsatişning asosiy markazi bölgan Milan vayron qilindi. 1167 y.da Şim. I. şaharlari birlaşib, «Muqaddas Rim imperiyasi» imperatorlariga zarba beriş uçun Lombardiya ligasini tuzdilar. German zamindorlariga qarşi kuraş italyan xalqining milliy özligini anglaş unsurlari paydo bölişiga kömaklaşdi. 1183 y. Konstansa sulhiga binoan I. şaharlari imperatordan haqiqiy mustaqillikni yana tiklab oldilar.
11-a.da Jan. I. va Sitsiliyani normannlar bosib olgan edi, bu yerlarda zamindorlik munosabatlari Şim. va Urta I.dagidan sustroq rivojlandi. 13-a.da ham yarim dehqonlarning katta qatlami bor edi. Sitsiliya qiroli va «Muqaddas Rim imperiyasi» imperatori Fridrix II Ştaufen Sitsiliyani markazlaşgan byurokratik monarxiyaga aylantirdi, öz xukmronligini bu-tun I.ga yoyişga behuda urindi. 13-a. 60-y.larda Jan. I. öziga Anjuy sulolasini böysundirib oldi. 1282 y.dagi xalq qözğoloni tufayli Sitsiliya kirolligi parçalandi. 13-a. oxiri — 14-a. boşlarida Sitsiliyani, 15-a. örtalarida Jan. I.ni ham Aragon sulolasi qölga kiritib oldi. Şu tariqa I. jan. is-panlar xukmronligi ostiga ötdi.
13-a.da I. şaharlarining ilk rivojlanişi tufayli Şim. va Örta I.dagi ilğor şaqar-davlatlarda dastlabki tovar-pul munosabatlari nişonalari vujudga keldi: bank işi rivojlandi, dengiz orti savdosi, movut töqiş ravnaq topdi (Florensiya, Venetsiya, Genuya, Piza, Bolonya). Bank va savdo sarmoyasidan sanoatni rivojlantiriş uçun foydalanildi. Hunarmandçilikning kengayişi şahar-davlatlarning öziga qaraşli hududlarda dehqonlarning servaj (krepostnoy qaramlik) dan ozod qilişiga imkon berdi. Deh-qonlarning köpçiligi şaharlarga köçib, ustaxonalardagi yollanma işçilar safini töldirdi. Şim. va Örta I. şaharlarida savdogarhunarmandlar b-n zamindorlar örtasida şiddatli kuraş natijasida zamindorlar siyosiy huquqlaridan mahrum böldilar.
Şim. va Örta I. şahar va qişloklarida i. ç. kuçlarining jadal rivojlanişi tufayli 14—16-a.larda dunyoda birinçi marta ilk tovar-pul munosabatlari paydo bölişi va rivojlani-şiga olib keldi. 14-a. Şim. va Örta I.ning ayrim yirik şaharlarida yollanma işçilar neça ön minglab ki-şiga yetdi, asosan movut töqimaçiligida manufaktura paydo böldi. 14—15-a.larda xalq qözğolonlari kuçayib borişidan çöçigan «semiz» popolanlar şaxarlarda respublika idora usulini tiraniya b-n almaştirdilar. 15-a.da Florensiya, Milan, Bolonya, Ferrara, Urbino va b. joylarda tiraniya mu-stahkam qaror topdi. 16-a. 2-yarmida I.da reaksiya kuçayişi, mulkdorlik munosabatlarining inqirozi va savdo-sanoat munosabatlarining keng ildiz otişi I.da ma'rifatparvarlik oqimini keltirib çiqardi. Savdo-sanoatning rivojlanişi va ma'rifatparvarlik xarakati I. tarixida yangi davr — çet el hukmronligiga qarşi kuraş boşlanişiga sabab böldi. 1789 — 94 y.larda Fransiyada bölib ötgan inqilob I.dagi inqilobçilar faoliya-tini kuçaytirdi. Fransiyadagi kabi I.da ham yakobinçilar harakati paydo böldi. 1796—97 y.lardagi Napoleon yurişidan söng
I. Respublikasi (1797) tuzildi. 1799 y. A. V. Suvorov armiyasi fransuz armiyasini I.dan surib çikardi. Lekin 1800 y. Napoleon armiyasi I.ga yana bostirib kirdi. Pyemont, Liguriya, Toskana, Papa viloyatlari Fransiyaga qöşib olindi, Sizalpin (1802 y.dan I.) Respublikasi I. qirolligiga aylantirildi (Napoleonning özi imperator edi). Şunday qilib, butun I. (Sardiniya va Sitsiliya o.laridan taşkari) Fransiya qöl ostida birlaştirildi. 1814 y.dan I.da Fransiya hukmronligiga karşi kuraşuvçi taşkilotlar tuzila boşladi. Napoleon imperiyasi yemirilgaç, Vena kongressi (1814—15) mamlakatning Avstriyaga karamligi va köplab qirolliklarga bölinganligini rasmiylaştirdi. 19-a. 40-y.laridan Lombardiya, söngra Pyemontda sanoat inkilobi boşlandi.
1848—49 y.larda inqilob sodir böldi. Fransiya, Avstriya hamda I. zamindorlari til biriktirib, inqilobni bostirdi, oldingi tartiblarni tikladi. 1860 y. may oyida J. Garibaldi uyuştirgan harbiy yuriş I.ni birlaştirişda muhim rol öynadi. Avstriya zulmidan ozod qilingan yerlar Pyemontga birlaştirildi, 1861 y.dan Pyemont birlaşgan I. qirolligi deb yuritildi. 1870 y.ga kelib I. birlaştirib bölindi va u bosqinçilik yölini tuta boşladi. I. Germaniya va Avstriya-Vengriya b-n birga Uçlar ittifoqini tuzdi (1882). I. qöşinlari 1889—90 y.larda Somali va Eritreyani bosib oldi, lekin Efiopiyada qaqşatqiç zarbagaduç keldi. 1911 — 12 y.lardagi I.turkiya uruşi natijasida I. Liviyani bosib oldi. 1916 y. 27 avg.da I. Germaniyaga qarşi uruş e'lon qildi. Uruş mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi. Uruşning oğir oqibatlari va iqtisodiy tanglik I.da ğalayonlar boşlani-şiga olib keldi. Ayniqsa, Turin işçilarining qözğoloni juda kuçli böldi. Inqilobiy kuçlarning tarqoqligidan foydalangan aksilinqilobçi unsurlar hokimiyat tepasiga 1922 y. 31 dek.da B. Mussolinini keltirib qöydi. Mussolini hukumati demokratik kuçlarga qarşi kuraş boşladi. 1929—33 y.lardagi jahon iqtisodiy böhroni I. iqtisodiyotini muşkul ahvolga solib qöydi. Şunga qaramay, Mussolini hukumati mamlakatni harbiylaştiraverdi va yangi uruşga hozirlik köra boşladi. 1935 y. 3 okt. da I. uruş e'lon qilmasdan Efiopiyaga hujum boşlab, 1936 y.ning may oyida uni va 1939 y.da Albaniyani bosib oldi. I. Millatlar Ittifoqidan çiqib, «Antikomintern pakti»ga qöşildi (1937) va gitlerçilar Germaniyasining asosiy ittifokçisiga aylandi. 1940 y. okt.da I. Gretsiyaga, 1941 y. apr.da Yugoslavi-yaga hujum qildi. 1941 y. 22 iyunda I. sobiq SSSRga uruş e'lon qildi, şar-qiy frontga italyan ekspeditsion korpusi (1942 y.dan armiya)ni yubordi. Lekin 1943 y. I. qöşinlari sobiq Sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilindi. Sitsiliyaga Angliya-Amerika qö-şinlari bostirib kirdi. Bu vokealar Mussolini siyosatining inqirozga uç-raşiga va hukumatning marşal P. Badolo köliga ötişiga sabab böldi (1943 y. 25 iyul). Badolo Angliya-Amerika qömondonligi b-n yaraş (sözsiz taslim böliş) şartnomasiga yaşirinça imzo çekdi. Bundan xabardor bölgan Germaniya I.ning katta qismini bosib olib, Mussolini boşliq qöğir-çoqhukumat tuzdi. 1943 y. kuzidan italyan xalqi ozodlik uçun kuraş boşladi. Nihoyat, 1944 y. apr.da barça antifaşist partiyalarning vakillaridan iborat yangi hukumat (Badolo boşliq) tuzildi. Umumxalq qurolli közğoloni natijasida 1945 y. apr.da mamlakat faşistlardan ozod böldi. 1946 y. 2 iyunda respublika e'lon qilindi.
I.—1945 y.dan BMT a'zo-si. 1992 y. 10 yanv.da ÖzR suve-renitetini tan oldi va öşa yil 24 martda diplomatiya munosabati örnatdi. Milliy bayrami — 2 iyun — Respublika e'lon qilingan kun (1946); 1977 y.dan 2000 y.gaça iyunning birinçi yakşan-basida nişonlangan.
Trir şahri devorlarining şi-moliy darvozasi (quriliş 180 y.da boşlangan, ammo nihryasiga yetmagan).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. «Olğa, Italiya» partiyasi, 1993 y. siyosiy uyuşma sifatida tuzilgan, 1996 y. partiyaga aylantirilgan; I. liberal partiyasi, 1848 y.da asos solingan, 1944 y.da kayta tiklangan,
1994 y. martida özini özi tugatgan va öşa yil iyulda qayta taşkil etilgan; I. Xalq partiyasi, tugatilgan Xristi-andemokratik partiya negizida 1994 y. 18 yanv.da rasmiy ravişda tuzilgan; Kommunistok qayta quriş partiyasi, 1991 y. taşkil etilgan; I. respubli-kaçilar partiyasi, 1832 y.dan faoliyat körsatadi; I. sotsial-demokratik partiyasi, Sotsialistok partiya parçalanişi natijasida 1947 y.da tuzilgan, 1966 y.da Sotsialistok partiya b-n qöşilgan, 1969 y.dan yana mustakil partiya; I. sotsialistlari, I. so-sialistik partiyasining bölinişi natijasida 1994 y. tuzilgan; I. sotsialistok partiyasi, 1892 y.da I. mehnatkaşlar partiyasi nomi b-n tuzilgan. I. umumiy mehnat konfederatsiyasi, 1906 y.da tuzilgan; I. mexnatkaşlari kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi, 1948 y.da taşkil etilgan, Xalqaro erkin kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi a'zosi. I. mehnat ittifoqi, 1950 y.da tuzilgan.
Xöjaligi. I. — yuksak rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Dunyoda eng rivojlangan 10 davlatning biri. Yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşi 31,6%, q.x. uluşi 2,9%, xizmat körsatiş soqasi 65,5% (1997). I.da 12 mln.dan ziyod aholi xizmat körsatiş sohasida, 6,5 mln. kişi sanoatda, 1,5 mln. kişi q.x.da band.
Sanoatida oğir sanoat ustun. Jumladan, maşinasozlik, metallurgiya, avtomobilsozlik, töqimaçilik, elektroenergetika, neftni kayta işlaş, neft kimyosi rivojlangan. Sanoat mahsulotining ançagina qismi eksport qilinadi. I.da xom aşyo va energetika zaxiralari kam, borlari xam notekis joylaşgan. Neft va gaz (asosan, Padan tekisligi, Po daryosi etaklari, Adriatika dengizi sohiliga yaqin joylar va Sitsiliya o.da), qörğo-şin, rux (asosan, Sardiniya o.da), temir rudalari (Aostada va Sardiniya o.da), boksit, kinovar (simob ruda-si), pirit (Toskana viloyatida), ol-tingugurt, tuz (Sitsiliya o.da), qönğir kömir, binokorlik materiallari va b. qazib olinadi. Issiklik elektr st-yalari elektr energetikaning asosini taşkil etadi. Atom elektr st-yalari va geotermal st-yalar qurilgan. Yiliga örtaça 222 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Metallurgiya sanoati, asosan, çetdan keltirilgan xom aşyo asosida işlaydi. Qora metal-lurgiyaning eng yirik korxonalari Genuya, Neapol atrofida, şuningdek, Pombino va Tarantoda; rangli metallurgiya korxonalari Venetsiya, Bolsa-no, Mori, Milan ş.lari va Sardiniya o.da joylaşgan. Neftni qayta işlaş korxonalari (çetdan keltirilgan xom aşyo asosida), asosan, dengiz sohilidagi joylar (Genuya, Neapol, Venetsiya, Spetsiya, Augusta) da va neft mahsulotlari eng köp işlatiladigan şaharlar (Milan va b.)da. Sanoatning yetakçi sohasi bölgan maşinasozlik tarmoklari: avtomobilsozlik (Turin), kemasozlik (Genuya, Livorno, Neapol, Venetsiya, Triyest), stanoksozlik (Milan, Breşna, Turin), priborsozlik (Ivrea), elektrotexnika (Milan, Varese, Bergamo, Turin, Genuya) va elektron (Milan atrofi) sanoati rivojlangan. Neft kimyosi, plastmassa, ma'danli öğit, sun'iy tola, farmatsevtika va rezina mahsulotlari, sintetik kauçuk i.ç. yuqori darajaga yetgan. Lombardiya va Pyemont — an'anaviy töqimaçilik markazlari. Oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoklari — un, makaron, pişloq, qand-şakar, kon-serva, zaytun yoği, uzum vinosi (yiliga 70 mln. gektolitr) i.ç.dir. Yengil sanoat, xususan, poyabzal i.ç. rivoj topgan. Hunarmandçilikka ayniqsa katta e'tibor beriladi.
Qişloq xöjal i gi ning yetakçi tarmoklari — dehqonçilik (58%) va çorvaçilik (42%). Unumdor yerlarning 34,3% (19,6 mln. gektar) haydalib, ekin ekiladi, 11% boğ, tokzor va zay-tunzor, 19,2% maysazor va yaylov. Asosiy don ekinlari — buğdoy, makka-jöxori, suli, arpa, şoli. Qand lav-lagi, uzum, zaytun, sitrus mevalar va sabzavot ham yetiştiriladi. Vino i.ç. hajmi jihatidan I. dunyoda yetakçi örinlardan birida turadi. I. yiliga 6 mln. tonnaga yaqin turli xil höl meva beradi, uning salkam 60% mamlakat şim.dagi ixtisoslaşgan fermer xöjaliklarida yetiştiriladi. Jan. viloyatlarda bodom, yonğoq, fundukzorlar köp. Uzum hosili yiliga 10 mln. tonna (uning 90% kayta işlanib, vino qilinadi), sitrus mevalar xrsili yiliga 3,3 mln. tonna, pomidor hosili 5,5 mln. tonna. Çorvaçiliqsa qoramol (8,8 mln. boş), çöçqa (9,6 mln. boş) va qöy (12,2 mln. boş) boqiladi. Mamlakat şim.da sut va göşt çorvaçiligi ustun. Baliqçilik yaxşi rivojlangan.
Transporti. Yölovçilarning 90% dan köproği, yuklarning 80% dan ortiği avtomobil transportida taşiladi. Avtomobil yöllari uz. —304 ming km, t.y. uz. — 19,6 ming km. Çetga yuboriladigan va çetdan olinadigan yuklarning aksariyati dengiz transporti orqali taşiladi (eksport kjlarining 60—65%, import yuklarining 80-90%). Asosiy dengiz portlari: Genuya, Triyest, Venetsiya, Neapol.
I. — xalqaro sayyohlikning eng katta markazlaridan biri (yiliga 50 mln.dan köproq sayyoh kelib ketadi).
Taşqi savdosi. I. iqtisodiyoti köp jihatdan taşqi savdoga boğliq. I. çetga sanoat maşina-uskunalari, transport vositalari, yozuv va hisob maşinalari, kimyo va q.x. mahsulotlari, kiyim-keçak va poyabzal, neft mahsulotlari va b. çiqaradi. Çetdan neft, kömir, temir rudasi, qora va rangli metallar, paxta, şuningdek, maşinalar, yoğoç, qoğoz, oziq-ovqat keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa iqtisodiy hamja-miyati mamlakatlari, AQŞ, Rossiya. Pul birligi — lira.
Tibbiy xizmati. I.da davlat davolaş muassasalaridan taşqari xususiy şifokorlik ham keng tarqalgan. Şifokorlar un-tlarning 27 tibbiyot ftida tayyorlanadi. Kurortlar, ayniqsa, ma'danli suv va loy-balçikdar vositasida davolovçi sanatoriy köp. Eng maşhurlari: Montekatini-Terme, Fyuji, Salsomajore, Kastellammare-di-Stabiya, Abano-Terme, Kapri.
Maorifi, madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasalari. I.dagi zamonaviy xalq ta'limi tizimi 19-a.ning 2-yarmidan tarkib topa boşlagan. 1859 y.da 6—9 yoşdagi bolalarning majburiy ta'limi töğrisida qonun (Kazati qonu-ni) qabul qilingan edi. I.da 6—14 yoşdagi bolalar uçun majburiy 8 y.lik ta'lim joriy etilgan. Davlat maktablari b-n birga, asosan, diniy taşkilotlar ta'minotidagi xususiy maktablar ham mavjud. Xalq ta'limi tizimiga quyidagilar kiradi: 3—5 yoşli bolalar uçun majburiy bölmagan maktabgaça tarbiya muassasalari, majburiy maktablar (6— 11 yoşli bolalar uçun 5 y.lik boşlanğiç va 3 y.lik quyi örta maktab), majburiy maktab negi-zida örta umumiy ta'lim va hunar ta'limi beradigan töliqörta umumiy ta'lim maktablitseylari (5 y. ta'lim beradigan mazkur öquv yurtini bitirganlar un-tga kiriş huquqini oladi), örta ped. öquv yurtlari (boşlanğiç maktab muallimlarini tayyorlovçi 4 y.lik öqituvçilar in-tlari va maktabgaça tarbiya muassasalari tarbiyaçilarini tayyorlovçi 3 y.lik ped. maktablari), hunar öquv yurtlari (malakali işçilarni tayyorlovçi 3 y.lik hunar in-tlari, örta texnika ma'lumotli xodimlarni tayyorlovçi texnika in-tlari), örta badiiy va musiqa öquv yurtlari, oliy öquv yurtlari (un-t va oliy maktablar). I.da 27 ta un-t, 50 dan ortiq davlat va xususiy oliy maktablari hamda xususiy un-tlar bor. Yirik un-tlari: Bolonya un-ti, Rim un-ti, Neapol un-ti, Milan, Bari, Genuya va b. şaharlardagi un-tlar. I.da 150 yirik kutubxona, jumladan, Rimda 31, Milanda 19, Neapolda 19, Florensiyada 9, Turinda 6 kutubxona bor. 170 dan ortiq muzey va rasm galereyalari mavjud. Eng maşhurlari: Rimdagi Milliy muzey, Julia muzeyi va villasi, Borgeze muzeyi va galereyasi, antik san'at galereyasi, zamonaviy san'at milliy galereyasi, Florensiyadagi Milliy muzey, arxeologiya muzeyi, rasm galereyasi (jumladan, Uffitsi galereyasi), Messina, Neapol, Palermo, Peruja, Venetsiyadagi muzeylar.
Tadqiqotlar milliy kengaşi (1923) atom energiyasi masalalaridan taşqari barça fan sohalarini boşqaradigan va unga rahbarlik qiladigan asosiy davlat taşkilotidir. Unga i.t. institut va tadqiqot markazlari, lab. lar böysunadi. Kengaş I.ning xalqaro ilmiy aloqalarini amalga oşiradi. Atom energiyasi Milliy komiteti atom energiyasi sohasidagi tadqiqot işlarini boşqaradi. I.da bir neça akademiya, jumladan, Dei Linnei milliy akademiyasi, Milandagi tabiiy fanlar va adabiyot akademiyasi (1803), Palermo, Turin, Rim va b. şaharlarda Tibbiyot FAlari bor. Un-tlar qoşida ilmiy muassasalar işlaydi. Yadro fizikasi milliy in-ti mamlakatda şu sohada olib boriladigan barça tadqi-qot işlarini birlaştiradi. 20 dan ziyod in-tda q.x. fanlari sohasida tad-qiqot olib boriladi. Soğliqni saklaş vazirligi biol., kimyo, farmakologiya, gigiyena va b. sohalardagi işlarni na-zorat qilib turadi. I.da ayrim xalqaro tadqiqot markazlari — Neapolda Genetika va biofizika in-ti, Triyestda Nazariy fizika markazi, Udineda Mexanika markazi, Isprada Yadro tad-qiqotlari markazi mavjud.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. I.da bir qança gaz. va jur. lar naşr etiladi. Eng yiriklari: «Messajero» («Xabarçi», kundalik gaz., 1878 y.dan), «Korryere della sera» («Keçki xabarnoma», kundalik gaz., 1876 y.dan), «Stampa» («Matbuot», kundalik gaz., 1868 y.dan), «Diskussio-ne» («Bahs», haftalik jur., 1953 y. dan), «Mondo operayo» («Işçi dunyo-si», haftada 2 marta çiqadigan jur., 1948 y.dan), «Panorama» (haftalik jur., 1962 y.dan), «Unita» («Birlik», kundalik gaz., 1924 y.dan), «Repubbli-ka» («Respublika», kundalik gaz., 1976 y.dan). I.da 1924 y.dan radioeşittiriş, 1954 y.dan telekörsatuvlar olib boriladi. I. radioeşittiriş va tele-körsatuvlar xizmati — RAI-TV 1924 y.da taşkil etilgan. Ajensiya Natsionale Stampa Assoçata (ANSA) axborot agentligi 1945 y.dan, Ajensiya Jornalistika Italia (AJI) axborot agentligi 1950 y.dan beri işlaydi.
Adabiyotining ilk namunalari örta asrlarda lotin tilida yaratilgan (asosan, liniy qasidalar, afsonalar, voqeiy qissalar töqilgan). Italyan adabiyotida antik yunon va rim adabiyoti an'analari va şarq madaniyatining ta'siri kuçli bölgan. 12—13-a.larda xalq tilida diniy va dunyoviy adabiyot namunalari («Novellino», «Yetti do-nişmand kitobi» va b.) yaratildi. 13-a.da taşkil topgan «Yoqimli yangi us-lub» falsafiy şe'riyat maktabi namoyandalari (G. Gvinitselli, G. Kavalkanti, Çino da Pistoya, D. Freskobaldi) çin muhabbatni kuyladilar. I. adabiyotining buyuk vakili Dante ijodi şu maktab ta'sirida şakllan-di va rivoj topdi. Uning ijodi italyan adabiyoti va adabiy tilini rivojlantirişga katta hissa qöşdi. I.da gumanistik dunyokaraş va yangi adabiyot erta vujudga keldi. F. Petrarka, J. Bokkaçço, L. Ariosto va b. adiblar istibdodni, diniy jaholatni foş etdilar. U rta asrlarda I.da komediya janri rivojlandi. Bu janrda B. Bibbiyena, N. Makiavelli, P. Aretino ajoy-ib asarlar yaratişdi.
16-a. boşlarida milliy adabiy til şakllandi, adabiyotda gumanistik dunyoqaraş hukmronlik qildi, yangi adabiy janrlar paydo böldi. Ammo 16-a. 2-yarmida mamlakatda röy bergan umumiy tanazzul ta'sirida reaksiya kuçaydi. Mikelanjelo Buonarroti, J. Bruno, T. Tasso va b. adiblar gumanizm an'analarini davom ettirdilar. 17-a.da formalistik oqimlar, barokko uslu-bi qaror topdi. 18-a.da «niqoblar ko-mediyasi»ninghimoyaçisi K. Gotssi yangi asarlari b-n maydonga çikdi. K. Goldoni milliy realistik komediya janri nazariyasini va önlab ajoyib komediyalarni yaratdi.
18-a. oxiri va 19-a. boşlarida I. adabiyotida inqilobiy klassitsizm oqimi ustunlik qildi. V. Alfyeri jangovar tragediyalar («Brut I», «Brut II», «Saul» va h.k.) yaratdi. Napoleon yurişlari davrida vatanparvarlik ruhidagi adabiyot yuzaga keldi (U. Foskoloning roman, tragediyalari). A. Mandzoni romanlari («Ozodlik tantanasi», «Beşinçi may» va b.)da mehnatkaş xalq vakillarining mardonavor kura-şi, şoir J. Leopardi asarlari («Italiyaga», «Axloqiy lavhalar» kabi töp-lamlar)da I. xalqining musibatli qayoti tasvirlandi. 19-a. 30-y.laridan adabiyot milliy ozodlik kuraşi goyalarining tarğibotçisi bölib xizmat qildi. Budavrda, ayniqsa, tarixiy roman, romantik drama, şe'riyat keng rivoj topdi.
I. milliy mustaqillikka erişgandan söng ham adabiyotda milliy ozodlik uçun kuraş an'analari davom etdi (R. Jovanolining «Spartak» romani va b.). Verizm (I. naturalizmi) oqimining namoyandalari — J. Kaduççi, J. Verga, M. Serao, G. Deledda, L. Pi-randello va b. öz asarlarida mehnat-kaş xalq hayotini haqqoniy aks ettirdilar. 19-a. oxirlarida I. adabiyotida tuşkunlik ruhidagi neoromantizm, futurizm oqimlari paydo böldi. 1-jahon uruşidan keyin mamlakatda fa-şistlar diktaturasi örnatilgaç, de-mokratik adabiyot va matbuot taqiqlanib, fakat «sof san'at» ruhidagi asarlar naşr etildi. 30-y.lar oxiridan I. demokratik adabiyoti yana rivojlana boşladi. 2-jahon uruşi yillarida Qarşilik körsatiş harakati milliy madaniyat va adabiyot rivojiga madad berdi.
Uruşdan keyingi yillarda I. adabiyotida bir qator yoş şoir va adiblar (I. Kalvino, M. Venturi, J. Vas-sani, D. Pea va b.) paydo böldi. Neorealizm yetakçi oqimga aylandi. 60—90 y.larda realistik adabiyot yangi bosk,-içda rivojlandi. Uning yirik vakillari — V. Pratolini, A. Moravia, I. Kalvino, L. Şaşi, M. Venturi, L. Malebra, S. Kvazimodo, E. Montale, D. Fo va b. I. adabiyoti rivojiga sal-mokli hissa qöşdilar. K. Goldoni («Ikki boyga bir malay»), K. Gotssi («Baxtli gado»), R. Jovanoli («Spartak»), Ş. Perro («Qizil qalpoqça»), J. Rodari («Salom bolalar»), Dante, J. Bokkaçço va b.ning asarlari özbek tiliga tarjima qilingan.
Me'morligi. Etrusklar va Qad. Rim me'morlik ansambllari va uy-joy binolari I.ning eng kad. me'moriy obidalaridir (q. Rim). Ilk örta asrlardan Rimdagi bazilika (Santa-Mariya Majore, 5-a., Santa Anessa, 7-a.,) va markazi gumbazli çerkovlar (San-Stefano Rotondo, 5-a.), şuningdek, Ravenna yodgorliklari majmuasi va b. yodgorliklar saklangan. 11 —13-a.larda roman uslubida barpo qilingan binolar vujudga keldi (Milandagi Sant-Ambrojo bazilikasi, 11- a., Aretssodagi Santa-Mariya della Pove çerkovi, 12-a. va b.). Ayrim inşo-otlarda Vizantiya me'morligining ta'siri seziladi (Venetsiyadagi avliyo Mark sobori, 11-a., Palermodagi sobor). 11 —12-a. larda Pizadagi sobor maydoni majmuasi kad. me'morlik an'analari uslubida barpo etilgan. Şaharlarning tez sur'atlar b-n rivojlanişi mahobatli diniy-ma'muriy binolar b-n bir qatorda şahar devorlari, darvoza, minora, turar joy binolari, ratuşalar qurişni ham taqozo etdi. 13—14-a.larda gotika rivoj top-di (Milan, Orvyeto, Florensiya soborlari). Katta şaharlar vujudga kela boşlagaç, qurilişning yangi tamo-yillari paydo böldi (jamoat va mada-niyat binolariga alohida ahamiyat b-n qarala boşladi). B. Mikelanjelo, D. Bramante, J. Vinola va b. atokli me'morlar Rim va Venetsiyada mahrbatli binolar barpo qildilar. Barokko me'morlari (16-a.) köp şaharlarda badavlat xonadonlar uçun ulkan ansambllar, şaxsiy qörğonlarni xiyobonli, kolonnadali va favvorali qilib qurdilar. Binolarning haşamiga, saloba-tiga alohida ahamiyat berildi (L. Ber-nini, F. Borromini). Rimdagi avliyo Pyotr sobori b-n Navon maydoni (16— 17-a.lar) gözal me'moriy ansambllardan hisoblanadi. 18-a. dan klassitsizm rivoj topib, bu uslub Milan va Neapol ş.laridagi ansambl va teatr bi-nolarida iz krldirdi. 20-a. da modernizm (Turindagi körgazma zali), neoklassitsizm (Rimdagi sport markazi), 60-y.lardan esa organik me'morlik ta-moyillari şakllandi. Zamonaviy ma'-muriy inşoot va binolar qurişda sathning kengligi va qulayligiga, yangiça yeçimlarga alohida ahamiyat berildi (Rimdagi Termini vokzali, sport saroyi, Paduyadagi I. banki binosi).
Tasviriy san'ati. I. hududidagi eng qad. yodgorliklar paleolit va neolit davrlariga mansub (Apuliyadagi koya rasmlari, Liguriya va Emiliyadagi ayollar haykalçalari). Jez davrida (mil. av. 2ming yillikning 2-yarmi) badiiy sopol buyumlar yasaldi. Mil. av. 8— 2-a.lardan etrusklar yodgorliklari ma'lum. Mil. av. 8—6-a.lardan I. Kds. Yunon, mil. av. 5-a.dan mil. 5-a.gaça Kdd. Rim madaniyati va san'atini şakllantiriş markazlaridan biriga aylandi. Örta asrlarda diniy afsonalar asosidagi asarlar paydo böldi. Venetsiya va Sitsiliyada Vizantiya san'atiga yaqin mozaika rasmlari yaratildi. 12-a. oxiridan boşlab diniy dastgoh rassomligi va diniy ruxdagi manzarali hay-kaltaroşlik tarqaldi. 13—14-a.larda Florensiya, Piza, Siyena va b. şaharlar san'atida realistik tamoyillar rivoj topa boşladi. 15-a. dan Uyğoniş davri realistik san'ati taraqqiy etdi. Rassomlar tabiatga, insonga köproq murojaat qila boşladilar: Rassom va haykaltaroşlar anatomiya va optikani ilmiy asosda örganib, ajoyib san'at namunalarini yaratdilar (Leonardo da Vinçi, Mikelanjelo, Rafael, Jorjone, Titsian va b.). 15—16- a.larda moyböyoq rassomligi, gravyura, amaliy bezak (mebel, keramika, zargarlik), teatr dekoratsiyasi san'ati yuksak poğonaga kö-tarildi. 16-a. oxiri va 18-a.da serhaşam va dabdabali barokko uslubi (haykal-taroş L. Bernini, rassomlardan Pyetro da Kortona, L. Jordano) qaror topdi. 16-a. oxirlarida paydo bölgan akademizm (aka-uka Kar-raççi) va manyerizm (haykaltaroş B. Çellini va rassomlar F. Parmijani-no,.A. Bronzino) san'ati hukmronlik qildi. 18-a. Venetsiya rassomligida (J. B. Tyepolo, A. Kanaletto, F. Gvardi) hayotiy kuzatişlar kuçliligi b-n közga taşlanadigan mazmundor asarlar yaratildi. 18-a. 2-yarmida klassitsizm (A. Ka-nova) va romantizm (F. Ayes, D. Mo-relli) vujudga keldi, keyinçalik maişiy janr va manzara rassomligi rivojlandi. Haykaltaroş V. Vela, rassomlardan J. Fattori, T. Sinorini, S. Lega, J. Segantini va b. mehnatkaş xalq hayoti, ozodlik uçun kuraş mav-zularida ijod qildilar. 2-jahon uru-şidan keyin syurrealizm, abstrakt san'at avj olib ketdi. Lekin didsizlik va formalizmning bu aşaddiy na-munalariga qarşi kuraşda realistik san'at namoyandalarining ijodi ka-mol topdi. Haykaltaroşlardan F. Mes-sini, J. Mansu, rassom R. Guttuzo, G. Mukki, K. Levi, K. Meloni va ularning izdoşlari italyan xalqining real his-tuyğularini, mehnatini, hayotini ifodalovçi asarlar yaratdilar.
Musiqasi. I. — maşhur aşulaçilar, opera, zamonaviy nota yozuvi va fortepiano vatani. Uvertyura, simfoniya, kantata va b. musika janrlari I.da yara-tilgan. Barkarola, gondolyera, frotol-la, vilanella kabi qöşiq turlari, galyarda, sitsiliana, tarantella raqslari folklor asosida paydo bölgan. Xalq musiqasining boy manbalari çerkov va I. professional musiqasiga zamin bölgan. Uyğoniş davrida dunyoviy musiqa rivojlandi. 14-a.da Are Nova maktabi, 15—16-a.larda musika akademiyalari yuzaga keldi. 16—17-a.larda vokal-çolğu musiqaning oratoriya, kantata singari yangi turlari paydo böldi. Florensiya va Neapolda gomofoniya uslubi taraqqiyoti ta'sirida opera san'ati şakllandi. Ya. Perining «Dafna» (1594) operasi mazkur janrning ilk namunasidir. K. Monteverdi tarixda birinçi bölib ommaviy opera teatrini oçdi (1637). 18-a. da opera va milliy aşula san'ati keng rivojlandi, belkanto uslubi paydo böldi. Florensiya, Bolonya, Neapol teatrlarida J. Pergolezi, A. Salyeri, J. Paiziyello va b.ning rang-barang operalari sahnalaştirildi. 18-a.da buff opera şakllandi, yangi opera teatrlari oçildi. A. Vivaldi, D. Skarlatti, J. Tartini kabi sozanda kompozitorlar konsert, sonata janrlariga asos soldi. N. Paganini özining noyob ijroçilik mahorati va romantik asarlari b-n maşhur. 19-a. opera san'ati ijtimoiy-siyosiy karaşlar ta'sirida rivojlandi. J. Rossini, V. Bellini, G. Donitsetti, J. Verdi operalarida xalqning ozodlikka intilişi öz ifodasini topdi. 19- a. oxirida R. Le-onkovallo, Ş. Puççini va b. kompozitorlarning operalarida hayotni haq-qoniy ifodalaşga yönalgan verizm uslubi yuzaga kelgan. O. Respigi, A. Kazella va b.ning ijodida musiqiy impressionizm hamda neoklassitsizm uslublari rivoj topgan. 2-jahon uruşidan söng I. musiqasida tinçlik, ozodlik uçun, faşizmga karşi kuraş mavzulari muhim örin oldi. 50-y.lardan avangardizm ta'siri kuçaydi. L. Dalla-pikkola, L. Berio, L. Nono asarlarida içki ziddiyat oxanglari yangraydi, yuksak ğoyaviy ifoda vositalarining murakkabligi, töqimaliligi b-n qöşilib ketadi.
Zamonaviy italyan kompozitorlari orasida R. Vlad, J. F. Gedini, I. Montemetssi, G. Petrassilar alohida ajralib turadi. Maşhur dirijyorlari: A. Toskanini, P. Arjento, V. De Saba-ta, G. Kantelli, V. Ferrero, K. Sekki, K. Abbado; xonandalari: J. Simonato, R. Skotto, A. Stella, R. Tebaldi, J. Bekki, T. Gobbi, E. Karuzo, M. Del Monako, L. Pavarotti va b. Teatrlaridan «La Skala» (Milan), «San-Karlo» (Neapol), «Feniçe» (Venetsiya), Rim operasi va b. jahonga maşhur. 1970-y.lardan I. estrada san'ati namoyandalari jahon miqyosida tanilgan (T. Kutuno, A. Çelentano, A. va R. Pauer, J. Morandi, R. Kara, Pupo, R. Fogli, F. Papetti va b.). Yangi musika korporatsiyasi (1923 y.dan), Musiqaşunoslar jamiyati, 14 ta konservatoriya, köpgina musiqa litseylari, maktablari, ilmiy in-tlari (jumladan, Verdi merosini örganiş in-ti) bor. Venetsiya, Florensiya, Verona kabi şaharlarda har yili musiqa festivallari ötkaziladi.
Özbekiston teatrlarida I. kompo-zitorlari (J. Rossini, J. Verdi, J. Puççini, R. Leonkavallo, V. Bellini va b.)ning operalari («Sevilya sar-taroşi», «Traviata», «Rigoletto», «Aida», «Otello», «Çioçio-San», «Masxarabozlar», «Luçiya de Lamermur» va b.) muvaffaqiyatli sahnalaştirilgan.
Teatr san'atining kurtaklari xalq marosimlari, karnaval bayramlari va öyinlariga borib taqaladi. Örta asrlarda katolik çerkoviga manzur bölgan liturgik drama, misteriya, lauda janrlari ustun edi. Uyğoniş davrida dunyoviy pyesalar, komik janr rivojlandi. 16—18-a.larda professional teatr vujudga keldi, sahnalarni dekoratsiya b-n bezaş tartib-qoidalari işlab çiqildi. Xalq ijodi ta'sirida «niqoblar komediyasi» rivoj topdi. 18-a. da teatr san'atiga ma'rifatparvarlik ğoyalari singdirildi. K. Goldonining dramaturgiyadagi isloqotçilik faoliyati katta rolöynadi. 18-a. oxirlarida inqilobiy harakatning avj olişi natijasida jahon dramaturglari ning eng yaxşi asarlari sahnalaştirildi. E. Rossi, T. Salvini, E. Duze, A. Ristori kabi atoqli artistlar yeti-şib çikdi. 19-a.da va 20-a. boşlarida I. adabiyotidagi, ayniqsa dramaturgiyadagi oqim va tamoyillar teatrda öz ifodasini topdi. Faşistlar diktatu-rasi yillarida I. teatri butunlay tuş-kunlikka uçradi. Faşizm tor-mor etilgaç, demokratik kuçlar ta'sirida I. teatri yana jonlandi. L. Viskonti, E. De Filippe, J. Streler, L. Sku-arsina gumanistik ruxdagi asarlarni sahnalaştirdi. Dastlabki doimiy teatr («stabile»)lar vujudga keldi. Rim, Milan, Genuya, Turin teatrlari jahon klassikasi va maxalliy mualliflarning asarlarini körsata boşladi. Kuçma truppalar ham mavjud. V. Gasman, J. Le Lullo, F. Dzefirelli kabi rej.lar, A. Proklamer, G. Mauri, P. Stoppa, V. Marikoni va b. aktyorlar maşhur.
Kinosi. 1895 y. «Milan vokzaliga kelgan poyezd» nomli birinçi xujjatli film (rej. I. Pakkoni) yaratildi. 1901 i. Florensiya va Rimda dastlabki kinoteatrlar oçildi. Ammo 1904 i. Turinda hujjatli-xronika filmlari studiyasi oçilganidan keyin ha-qiqiy italyan kinematografiyasi vujudga keldi. 1905 y.da F. Alberini b-n D. Santoni Rimda öz kinostudiya-sini taşkil etdi (1906 y.dan u «Çi-nes» deb atala boşladi). 1905—06 y.lardan Turin va Milandagi kinofirmalar badiiy filmlar i.ç.ga kirişdi. 1905 y.da «Çines» ommaviy sahnalarga boy bölgan birinçi italyan filmi — «Rimning işğol qilinişi», söng-ra I.ning birlaştirilişiga bağişlangan turkumli kartinalarni yaratdi. 1909—10 y.larda «Kitilina», «Makbet», «Anita Garibaldi», «Don Karlos», «Otello», «Beatriçe Çençi» va b. filmlar ekranga çiqarildi. I. kinosi 1913 y.da yuksak poğonaga kötarildi, uning 497 filmi xorijiy kino bozorini töldirib yubordi. Bu davrda M. Kazerini, E. Bençivenga, D. Le Liguoro, E. Guatssioni, L. Maji, B. Negroni, D. Pastrone kabi rej.lar ijod qildilar. Faşistlar xukmronligi davrida (1922—43) I. kino san'ati natsizmning taşvikrt vositasiga aylandi. Şunga karamay, A. Blazetti va M. Kamerini suratga olgan filmlarda I. hayotidagi illatlar foş qilindi. 2-jahon uruşidan söng I. kino san'atida haqiqiy voqelikni aks ettiradigan progressiv yönalişdagi filmlar yaratila boşladi. L. Viskonti, J. D. Santis, P. Jermi, Ç. Dzavet-tini, E. de Filippo va b. I. xalqining faşizmga qarşi kuraşini, oddiy insonning hayotini kinotasmalarda real aks ettirdilar («Rim, soat II», «Zaytunlar ostida tinçlik yöq», «Çoçara» va b.). Keyingi yillarda «Ita-lyança nikoh», «Italyança ajraliş», «Har kimniki öziga...», «Sakko va Van-setti», «Ular Şarqqa boradilar», «Kungaboqar» kabi filmlar yaratildi. I.dagi 40 dan ortiq kinofirma yiliga 200 dan ziyod film işlab çiqaradi. Kinoaktyorlar orasida A. Manyani, J. Mazina, S. Loren, J. Lol-labrijida, K. Kardinale, S. Sandrelli, M. Mastroyanni, J. M. Volonte, F. Nero, A. Sordi, U. Tonyatssi, M. Vitti, M. Plaçido va b. maşhur. 1970—90 y.lardagi eng yaxşi filmlardan «Peşayvon» (rej. E. Skola), «Gul ki-şining fojiasi» (rej. B. Bertoluççi), «Ayollar şahri» (rej. F. Fellini), «Uç oga-ini» (rej. F. Rozi) ni körsatiş mumkin.
Özbekiston — I. munosabatlari. I. Özbekiston suverenitetini tan olganidan söng ikkala mamlakat örtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yölga qöyişga kirişildi. «ÖzR b-n Yevropa Ittifoqi örtasida şeriklik va hamkorlik töğrisida» 1996 y. Florensiyada imzolangan bitim özaro munosabatlarning huquqiy negizini yaratdi. 1996 y. iyunida va 2000 y. noyab.da ÖzR Prezidenta I. Karimovning I.ga, 1997 y. mayda I. prezidenta, 1997 y. sent.da I. Boş vazirining ÖzRga taşriflari yakunida iqtisodiy, madaniy va ilmiy sohalardagi hamkorlik, ikkiyoklama soliq solinişiga yöl qöymaslik, transport sohasidagi hamkorlik, say-yohlikni rivojlantiriş, investitsi-yalarni rağbatlantiriş va özaro himo-yalaş töğrisida muhim bitim va şartnomalar imzolandi. I. rahbarlariga hamroh bölib kelgan savdo-sanoat do-iralarining namoyandalari Özbekistonning iqtisodiy salohiyati b-n tanişdilar va özbek tadbirkorlari uçun biznes-seminar ötkazdilar.
Mazkur tadbirlarning samarasi ölaroq ikki mamlakat urtasida özaro mol yetkazib beriş 1992 y.gi 19 mln. 461 ming 800 dollardan 2000 y.da 112,8 mln. dollarga yetgan. I. Özbekiston b-n tovar aylanmasi hajmi jihatidan 10-örinda, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida Germaniya va Buyuk Britaniyadan söng 3-örinda. Eng muhimi — aksariyat yillarda Özbekiston I. b-n savdoda ijobiy saldoga ega bölib keldi, ya'ni xarid qilganidan köra köproq mahsulot sotdi.
Özbekiston I.ga paxta tolasi, rangli metallar va ulardan yasalgan buyumlar, ipak, ip gazlama, kalava ip va b. maxsulotlar sotsa, I.dan asbob-uskuna, mebel, plastmassa, göşt va baliq mahsulotlari, sariyoğ va ösimlik yoği, kiyim-keçak va b.larni sotib oladi.
Savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantiriş sohasidagi qöşma tadbirlar faol amalga oşirildi. 1994 y.da I. Taşqi savdo in-ti va Taşqi savdo uyuşmasi rahbar va mutaxassislari ÖzR Taşqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda Toşkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Farğona, Namangan viloyatlari rahbarlari b-n amaliy uç-raşuv ötkazdilar. 1994 y. iyunda Özbekiston viloyatlari, şaharlari va tumanlari hokimlarining I.ga taşriflari çoğida ular I. savdo palatalari va uyuşmalari, sanoat korxonalari rahbarlari b-n uçraşdilar. Uçraşuvlarda meva-sabzavot mahsulotini qay-ta işlaş, tabiiy toş qazib oliş va qayta işlaş, töqimaçilik, oltinni qayta işlaş, zargarlik buyumlari i. ç. sohalaridagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.
Özaro hamkorlikka I. firma va kompaniyalari ğoyat qiziqib qaraydi. Çunonçi, Özbekiston va I. sayohatçilarini özaro kutib oliş, jönatiş, ularga xizmat körsatiş sohasida şar-tnoma tuzilgan. «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi özaro qatnovni yölga qöygan. «Qoraqalpoq-quriliş materiallari» aksiyadorlik birlaşmasi «Pedrini» firmasidan marmar taxtaçalar işlab çiqaradigan liniyalar va «Ravelli» firmasidan tabiiy toşdan buyumlar işlab çiqaradigan texnologiya liniyalari sotib oldi. «Tekint» kompaniyasi b-n «UzDE-UAvto» örtasida yengil avtomobillar uçun yassi oyna i.ç. zavodini qayta quriş haqida bitim tuzildi.
«Özbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi neft konlarini qidirib topiş va işlatiş, turli texnologiya asbob-uskunalarini neft va gaz korxonalariga keltirib örnatiş borasida italyan firmalari b-n hamkorlikni yölga qöygan. Jumladan, Şörtan, Kökdumaloq korxonalarida noyob italyan asbobuskunalari örnatildi. Şahrisabz, Ğazalkent konserva z-dlarida «Sasib Fud» firmasining tomat pastasini yangiça qadoklaydigan liniyalari işga tuşirildi. «Özmevasab-zavotuzumsanoatxolding» kompaniyasining «Jefit S.R.L.» konserni b-n im-zolagan bitimiga köra, qöşma i.ç., tijorat, vositaçilik, marketing, lizing işlari ötkazib turiladi.
«Özbekmebel» davlat aksiyadorlik birlaşmasi yangi texnologiya va asbob-uskunalar xarid qiliş yuzasidan I. firmalari b-n yaqin aloqa örnatgan. 1994 y.da «Kosta» firmasidan parket va duradgorlik buyumlari işlab çiqaruvçi texnologiya liniyasi sotib olindi. 1995 y.da «Niçem», «Fravol» firmalaridan xarid qilingan qurilmalar Özbekistondagi mebel firmalari mahsulotining sifatini oşir-di, mehnat unumdorligini kötardi.
ÖzR Qişloq va suv xöjaligi, Soğliqni saklaş vazirliklari, «Özoziqovqatsanoat», «Özeltexsanoat» uyuşmalari, «Özfarmsanoat» konserni, «Özbeksavdo» kompaniyasi, «Yoğmoytamakisanoat» uyuşmasi ham italyan firmalari b-n amaliy hamkorlikni yölga qöygan.
ÖzR Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki I.ning 14 banki b-n vakillik munosabati örnatgan. Mazkur banklar Özbekistondagi köpgina kurilişlarga moliyaviy mablağ ajratgan.
ÖzRda italyan kapitali iştirokidagi 49 ta korxona va I. kapitali 100% bölgan 5 ta korxona röyxatga olingan. Bu korxonalar alkogolsiz içimliklar, vino, upa-elik, trikotaj mahsulotlari, xalq iste'mol mollari, muzqaymoq i.ç., paxta çiqitlarini qayta işlaş, savdo-sotiq va vositaçilik işlari b-n şuğullanadi. ÖzR Taşqi iq-tisodiy aloqalar agentligi huzurida 4 ta italyan firmasining vakolatxonalari ham rasmiylaştirilgan.
Özbekiston b-n I. örtasida madaniy va ma'rifiy sohalarda ham hamkorlik yölga qöyilgan. 1997 y. mayda I. prezi-dentining ÖzRga rasmiy taşrifi vaqtida madaniy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik haqida imzolangan bitim ikkala mamlakat xalqlarining tili va adabiyotini örganişga, öquv va i. t. institutlari, olimlar va tadqiqotçilar örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişga, san'at, musiqa, raqs, teatr va kino ustalarining özaro muloqotlariga, arxeologiya hamda badiiy merosni örganiş va saqlaş sohasidagi kömaklaşuvga yordam beradi.
1998 y. apr.da Toşkentda bölib ötgan zamonaviy musiqa 3-festivalida qatnaşgan italyan artistlari «Ilhom» teatrida konsertlar berişdi va konservatoriyada namunali dars ötkazişdi. Şu yili iyunda A. Navoiy nomidagi Katta opera va balet teatrida J. Verdining «Rigoletto» operasi Se-bastyano Mariya Salvato tomonidan sahnalaştirildi, noyab.da A. Navoiy nomidagi teatrda ötkaziladigan Verdi festivalida qatnaşiş uçun kelgan italyan xonandasi Nunsii San-todirokko «Rigoletto» operasida Jilda rolini ijro etdi.
I. Taşqi işlar vazirligi italyan tili va adabiyotini örganuvçi özbek talabalariga öquv stipendiyalari ajratgan. Özbekistonlik 7 talaba I. akademiya va konservatoriyalarida ta'lim oldi. Samarkand çet tillar in-ti va Özbekiston jahon tillari untida italyan tilidan dars beriş uçun I. dan malakali muallimlar kelişdi.
1998 y. 13—27 mayda Toşkentdagi San'at muzeyida, 2—12 iyunda Samarqanddagi çet tillar intida rassom Karlo Karr asarlari körgazmasi, şu yili 25—26 okt.da Buxoroda, 31 okt. da Toşkentda italyan pianinoçisi Pomeransning konsertlari bölib ötdi. 21— 30 okt.da Milandagi Katolik un-t olimlaridan iborat delegatsiya Özbekistonda böldi.