Tabiati. B. xududining köpçilik kismi payettekislikdan iborat bölib, şim.ğarbdan jan.şarqqa tomon kutarila boradi. Eng baland nuqtasi — Botranj çöqkisi (694 m). Sohil yaqinidagi qum uyumlari va dambalar serhosil ekinzorlarni dengnz suvidan himoya qiladi. Foydali qazilmalari: toşkömir, quriliş materiallari, jumladan marmar, kam miqdorda temir va polimetall rudalar, surma. Iqlimi — mö'tadil, dengiz iqlimi. Yanv. da örtaça tra 3°, 4°, iyulda 18°, 19°. Yillik yoğin miqdori 700 — 1500 mm. Yirik daryolari: Maas. Şelda. Izer; ular bir-biri b-n kanallar orqali tutaştirilgan. Tuproği şim.da asosai qönğir örmon; janubda podzol va qönğir. B. mayd. ining 18,7% ga yaqini örmon, köproq dub va buk daraxtlari b-n qoplangan. Ardenn toğlarida milliy boğ bor. Yovvoyi hayvonlardan buğu. tönğiz, örmon muşugi, örmon suvsari, tovuşqon va b. yaşaydi. Olmaxon, dala siçqoni kabi kemiruvçilar, qirgovul, kaklik, örmon loyxöragi kabi ovlanadigan quşlar bor.
Aholisi milliy tarkibi jihatidan 2 asosiy guruhga: flamandlar (58%) va vallonlar (32.5%)ga bölinadi. B.da 1 mln.ga yaqin ajnabiylar — italyanlar, ispanlar, fransuzlar, greklar, gollandlar, marokaşliklar, turklar va b.lar ham bor. Aholining 96,5% şaharlarda yaşaydi. Rasmiy tili — fransuz, niderland va nemis tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Yirik şaharlari: Bryussel, Antverpen, Lyej, Rent, Şarlerua.
Tarixi. Qadim zamonlarda B.da belglarning kelt qabilasi yaşagan (mamlakat nomi şundap kelib çiqqan). Mil. av. 57 y.da Yuliy Sezar mamlakatni bosib olib, Rim imperiyasi tarkibiga qöşgan. 3-a.da B.ga germanlarning frank va friz qabilalari bostirib keldilar. Franklar belglarning bir qismini qirib taşlab, boşqa bir qismi b-n birikib kstganlar. 5 — 9-a.larda B. Frank davlati tarkibida bölgan. 843 i. Frank davlati parçalanib ketgaç, Verden şartnomasiga kura, B. 2 qismga bölindi: ğarbiy qismi Franiiyaga, şarqiy qismi Lotaringiyaga qöşib yuborildi. 13 — 14-a.larda B. Angliya b-n Fransiya örtasidagi şiddatli kuraş maydoni böldi. 14-a. oxiri va 15-a.da B. Burgundiya gersoglarining mulkiga aylandi, 1477 y.dan Gabsburglar hukmronligida, 1555 y.dan Ispaniya tarkibida böldi. 1713 y. Utrext sulhiga binoan yana Gabsburglar imperiyasi tarkibiga kirdi. 1789 — 90 y.lar burjua inqilobi natijasida avstriyaliklar hukmronligi tugatildi, 1790 y. 11 yanv. da B. Qöşma Ştatlari davlati e'lon qilindi, biroq 1791 y.da Avstriya yana mamlakatni qölga oldi. 1795 y.da Fransiyaga qöşib olindi. Napoleon I imperiyasi tugagaç, 1815 i. B. hududi Niderlandiya tarkibiga qöşildi. 1830 y. inqilobi tufayli B. mustaqillikka erişdi. 20-a. boşlarida 6. yuksak darajada rivojlangan sanoat mamlakatiga aylandi. 1-jahon uruşi davrida B.ning betarafligiga qaramay, Germaniya qöşinlari uni bosib oldi. 2-jahon uruşi yillarida esa gitlerçilar bosqini azobini tortdi (1940 — 44). 1944 i. sent.da B. bosqinçilardan xalos böldi. B.— 1945 y.dan BMT, 1949 y.dan NATO a'zosi (1967 y.dan B.da NATO qarorgohi joylaşgan). ÖzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1992 y. martda örnatgan. Milliy bayramlari: 21 iyul — Qirol Leopold I ning Konstitutsiyam sodiqligi haqida qasamyod qilgan kupi (1831) va 15 noyabr — Qirol sulolasi kupi (1866).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. Xristian xalq partiyasi, 1969 y.da tuzilgan; Soiialistik partiya, 1978 y.da taşkil etilgan; «Agalev» — flamand ekologlari partiyasi, 1982 y.da tuzilgan; Frankofonlar demokratik partiyasi, 1964 y.da taşkil etilgan. Xristian kasaba uyuşmalar konfederatsiyasi, 1912 y.da tuzilgan; Belgiya umummehnat federatsiyasi, 1945 y.da tuzilgan.
Xöjaligi. B. dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar guruhiga kiradi. Sanoatida mahsulotning texnikaviy darajasi yuksakligi jahon bozorida uning raqobatbardoşligini ta'minlaydi. Sanoatda yangi texnologiyalarni joriy etişga, eksportni rağbatlantirişga, kiçik va örta korxonalarni qöllabquvvatlaşga, xorijiy sarmoyani jalb etişga alohida e'tibor beriladi. Metallsozlik, maşinasozlik, ayniqsa avtomobilsozlik (yiliga 1 mln.dan ortiq avtomobil işlab çiqariladi), kimyo, elektrotexnika, elektron, binokorlik materiallari, töqimaçilik, oziq-ovqat, yogoçsozlik, zargarlik (olmos qirralaş) eng rivojlangan sanoat tarmoqlaridir.
Qişloq xöjaligida mehnatga layoqatli aholining atigi 3% şugullanadi (har bir dehqon 80 kişini boqadi). Örta va mayda fermer xöjaliklari (90 mingta) q.x.ning asosini taşkil etadi, bir xöjalikning örtaça yer maydoni — 15 ga. Yetakçi tarmoq — çorvaçilik, u butun q.x. mahsulotining 70% ini beradi. Asosiy q.x. ekinlari — buğdoy, arpa, sabzavot. Köpçilik mahsulot turlari böyiça q.x. işlab çiqarişi içki ehtiyojni 1,5 — 2 barobar ortiği b-n ta'minlaydi. Yetiştirilgan sabzavotning 80% i çetga çiqariladi; romen salati dunyoning 40 mamlakatiga sotiladi. Çetga çiqariladigan q.x. mahsulotlari içida ğalla va meva asosiy örinni oladi. Kartoşka, qand lavlagi va b. ham yetiştiriladi.
Transporti. B. muhim savdo va aloqa yullari çorrahasida joylaşgan. U t. y. (3479 km) va avtomobil yöllari (14421 km) tarmogining ziçligi jihatidan dunyoda birinçi örinda turadi. 1,7 ming lokomotiv, 1,8 ming yölovçi taşiydigan va 27,3 ming yuk vagoni. 3,87 mln. yengil va 343 ming yuk avtomobili bor. B. hududidan 1500 km uzunlikdagi ikki daryo — Maas va Lis oqib ötadi, ularning yarmisida kemalar qatnaydi. Dengiz savdo flotida 69 kema bor. Asosiy portlari: Antverpen (dunyoda törtinçi, Yevropada ikkinçi örinda turadi, yillik aylanmasi 95 mln. tonna), BryuggeZebryugge, Gent, Ostende. Içki suv yöllarining uz.~ 1515 km. «Sabena» milliy aviakompaniyasi 70 dan köproq xalqaro aviayönalişga xizmat qiladi. Bryussel yaqinidagi «Zaventem» aeroporti tört qigadagi deyarli barça mamlakatlar poytaxtlari b-n boğlangan.
Çetga avtomobil, töqimaçilik, oziq-ovqat, kimyo, metallurgiya sanoati mahsulotlari, dori-darmon, qora va rangli metallar, qimmatbaho toşlar, asosan brilliant çiqariladi. Çetdan asosan mineral mahsulotlar, neft, ruda, paxta tolasi, jun keltiriladi. Taşqi savdodagi asosiy mijozlari — Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya. Pul birligi — B. franki.
Maorifi, ilmiy va madaniyma'rnfiy muassasalari. 1988 y.dan maorif sohasi B. federatsiyasi subyektlari bölmiş Jamoalar ixtiyoriga ötkazildi. 18 yoşgaça bölgan bolalar uçun ta'lim majburiy va bepul. Davlat va munitsipal maktablaridan taşqari köpgina katolik va xususiy dunyoviy maktablar ham işlab turibdi. Oliy öquv yurtlarida öqiş pulli. B.da 8 unt bor. Eng yirik untlar: Antverpen, Bryussel, Lyej, Gent untlari. Şuningdsk, bir neça unt markazlari, intlar, oliy texnika maktabi işlaydi. Ilmiy muassasalari: Metallurgiya tadqiqotlari milliy markazi, Yadro tadqiqotlari markazi, Qirollik observatoriyasi, 7 akademiya, jumladan Belgiya qirolligi fan, adabiyot va sanat akadsmiyasi. Bryusselda Milliy kutubxona. Bryussel, Gent, Lyej va Lyoven untlarining kutubxonalari, Antverpen va Bryusselda qirollik nafis san'at muzeylari mavjud.
Matbuoti, radioeşittirişi, telekörsatuvi. B.da fransuz, niderland, nemis tillarida 2.3 mln. nusxada 50 ga yaqin kundalik gaz. va 6 ixtisoslaşgan moliyaiqtisodiy naşrlar çikariladi. Yirik gaz.lari: «Belang van Limburg» («Limburg manfaatlari», 1897 y.dan), «Gazet van Antverpen» («Antverpen gazetasi», 1891 y.dan), «Gazett de Bryussel» («Bryussel gazetasi», 1984 y.dan), «Liberte» («Ozodlik», 1991 y. dan); jur.lar: «Bon suare» («Xayrli oqşom», 1922 y.). B. telegraf agentligi 1920 y. taşkil etilgan. Radioeşittiriş va tslekörsatuv fransuz va niderland tillarida işlaydi. 2 markaziy radio va telestudiyadan taşqari 10 viloyat studiyasi bor. Qöşni mamlakatlarning dasturlari kabel radio va televideniyesi orqali tarqatiladi.
Adabiyoti. B. adabiyoti asosan 2 tilda: fransuz va flamand tillarida rivojlanib kelmoqda. Fransuz tilidagi adabiyot. Dastlabki yozma yodgorliklar 12-a.da paydo bölgan. 14 — 15-a.larda tarixiy yilnomalar, salib yurişlariga bağişlangan rivoyat va qöşiqlar, qahramonlik dostonlari, roman va novellalar yaratildi. Uygoniş davrida gumanist J. Lemer de Belj, pamfletlar muallifi F. de Markine de SentAldegond va b.lar ijodi ma'lum (15 — 16-a.lar.). 17 — 18-a. larda fransuz muhojiri E. Bryoşe de la Krua ijod etdi. B. A. de Valef fransuz klassitsizmi ta'sirida asarlar yaratdi. 18-a.ning örtalarida K. F. de Neli, O. B. Renye kabi adiblar adabiyotga ma'rifatparvarlik ğoyalarini olib kirdilar.
19-a. boşlarida B.da F. Lebrussarning «Belgiyaliklar» (1810) poemasi, A. van Gasseltning kator şe'r va dramaçari, A. Sirening «Drok» (1838), «Isoning sönggi kuni» (1838) kabi töplamlari keng tarqaldi. Realistik tendensiyalar 19-a. örtalaridan rivojlana boşladi. Ş. de Koster, E. Verxarn, J. Rodenbax realizmning tanikli namoyandalaridir. Şu davr dekadentlik oqimi b-n boğliq bölgan M. Metsrlink ijodi tuş kupli k ruhi b-n sugorilgan. F. Ellens, K. Byurino, A. Eygespars, D. Şaynert kabi adiblar ilğor goyalarni tarğib qildilar. Gitlerçilar bosib olgan davrda şoirlardan R. Blik (konslagerda halok bölgan), J. Varen, Ş. Muas, D. Şaynert, I. Gassel faşizmga qarşi, vatanparvarlik ruhida şe'rlar yozdilar. 50 — 60-y.lardagi bir kator asarlarda 2-jahon uruşi voqealari tasvirlandi (D. Jilles, D. Şaynert romanlari va b. asarlar).
Flamand tilidagi adabiyot. Folklor, afsonalar, tarixiy rivoyatlardagina saqlanib qolgan flamand adabiyoti (18-a. boşlarigaça flamand adabiyoti niderland adabiyotining bir qismi edi) 19-a.nipg 40-y.larida şoir Ya. F. Villems boşçiligidagi millim demokratik harakat matnjasida qaytadai tiklandi. Bu davrda ijtimoiy mavzuda romam yaratiş ğarakati avj oldi (F. van Kerkxoven. R. Siiders, A. Bergman kabilar). K. Beysse («Zöravonning qonuni». 1893; «Pamel oilasi», 1903). S. Stryovels («Aastodagi hayot va ulnm». 1926; «Yaitye Verduur», 1944) flamand dehqonlari hayotini haqqopiy aks ettirdilar. 19-a. oxnri — 20-a. boşlarida dekadentlik oqimi paydo buldi. Uning namoyandalari: X. Teyrlink, F. Timmermans, K. van de Vusteyne, V. Muns kabilar. 2-jahon uruşidan söng bir guruh yozuvçilar tinçlik va demokratiya uçun kuraşdilar. P. van Aken «Öliklargina qutulib qola oladilar» (1947) asarida faşizmning kirdikorlarini foş etdi. G. Valsxap «Kongodagi qözğolop» (1953) romanida mustamlakaçilik siyosatini, M. Geysen «Döstim qotil» (1958) novellasi va b. asarlarida amerikaça hayotni tasvirladilar. Şoir B. Brat, adiblardan L. P. Bon, M Deyze ijodi tinçlik va ijtimoiy haqiqat uçun kuraş ğoyalari b-n suğorilgan.
Me'morligi. B. hududida örta asrlar me'moriy yodgorliklari saqlangan. 11 — 12-a.larda roman (Lyej va Turndagi çerkovlar, Flandriya graflarining Gentdagi qörğonlari), 13 — 14-a. larda gotika uslubi (Gent, Bryussel va Aitverpendagi soborlar) rivojlandi. 15-a. oxiri — 16-a. boşlarida dunyoviy ruxdagi me'morlik qaror topdi (Bryussel, Kortreyk, Gent, Lyoven ratuşalari). Uyğoniş davrşa B. me'morlik san'ati markazlaridan biriga aylandi. 18-a. barokko an'analari qisman sakdansa ham (V. O. Yansens, P. Y. Verxagen) unga Fransiya va Avstriya orqali klassitsizm prinsiplari ta'sir etdi (me'morlar: Ya. P. Baursxeydt, L. B. Devez; haykaltaroşlar L. Delvo, J. L. Godşarl, rassom A. Lsns va b.). 19-a.da B.ning millim me'morligi şakllandi. 19-a. oxirida B. me'morlikdagi «modern» uslubining vatani bölib qoldi. 20-a. boşlaridagi me'morlar haşamdorlikdan voz keçnb, qulay va oqilona yeçimlarni izladilar. 2-jahon uruşidan keyin sanoat va jamoat binolari, ma'muriy imoratlar, yangi uy-joylar zamoiaviy talablarga moslab qurildi (X. van Kyoyk, R. Bram, L. Steynsn va b. me'morlar).
Tasvnriy san'ati. B.da 11 — 12-a. larda amaliy bezak san'ati (bronza quymalar, zargarlik), 13 — 14-a. larda devoriy rassomlik, dastgoh san'ati, haykaltaroşlik va miniatyura rivojlandi. 16-a.da dastgoh rassomligi keng yoyildi (Ya. van Eyk, P. Breygel). 17 a.da B.da mustaqil rassomlik maktabi vujudga keldi va 18-a.gaça u flamand maktabi deb ataldi. Uning eng atokli namoyandalari: P. P. Rubens, A. van Deyk, Ya. Yordane, F. Sneyders, D. Tenirs va b. 19-a.daportretçiF. J. Navez, manzaraçi T. Furmua, grafik va rangtasvirçi F. Rops, J. Yenzor, haykaltaroş K. Menye va b. 20-a.da B.da A. Savereys, R. Magrit, K. Psrmeke, F. Mazerel, P. Polyus kabi rassomlar ijod qildilar. Amaliy bezak san'ati: yoğoç öymakorligi va miskarlik, kaştaçilik va ş.k. rivojlangan.
Musiqasi. Fransuz, flamand, niderland xalklarining millim musiqa an'analari zaminida şakllangan. Niderland maktabining 15 — 16-a.lardagi belgiyalik yirik namoyandalari Ya. 06rext, A. Villart, Josken Depre, Orlando Lasso köp ovozli diniy va dunyoviy asarlarning eig yaxşi namunalarini yaratib, Yevropa kompozitorlari ijodiga ta'sir körsatişgan. 17-a.ga kslib B. musiqasi öz peşqadamligini yöqotdi. 1700 y.da Bryusselda asos solingan «De la Monne» teatrida 18-a. boşlpridan J. B. Lyulli, A. Dstuş singari fransuz kompozitorlarining opera va baletlari, 18-a. oxiridan B. kompozitorlarining operalari qöyildi. 1830 y.da mustaqil B. davlati barpo bölgaç, B. musiqasining milliy xususiyati körindi. Flamand şoxobçasinmng Antverpen maktabi taşkil topdi. Uni opera, kantata va simfoniya muallifi P. Benua boşqardi. 19-a.da Ş. Berio, A. Vyotan, E. Izai kabi skripkaçikompozitorlar maydonga çikdilar. B.da kompozitorlardan J. Absil, R. Defosse, F. Kins, dirijyorlardan F. Andre, D. Defo, skripkaçilardan A. Gryumo, K. van Nestelar maşhur. Bryussel, Antverpen, Gentda opera teatrlari, Bryussel, Lyej, Gent, Antverpen, Mopeda konservatoriyalar, Bryusselda konsert jamiyatlari, simfonik orkestrlar, Monsda musiqaşunoslik in-ti bor.
Teatri. B. hududida teatr madaniyati örta asrlarda vujudga kelgan. 13 — 15-a. larda liturgiya, moralite va misteriya (diniy mazmundagi va nasihatgöylik) dramalari sahnaga qöyilardi. 1650 i. Bryusselda yogoç teatr qurildi, u>gda xorijiy truppalar tomoşa körsatişardi. «De la Monne» teatri operalardan taşqari dramalarni ham sahnalaştirdi. 1782 y.da qurilgan va keyinçalik «Dyu Park» deb atalgan teatr sirk tomoşalarini va 1870 y.dan dramatik spektakllarni namoyiş qildi. 19-a.ning 30-y.laridan B. dramaturgiyasi rivojlana boşladi. Gent, Antverpen va b. şaharlarda teatrlar oçildi. 1880 — 1900 y.larda B. teatrlariga Ş. Van Lerberg, M. Meterlink, J. Rodenbax, M. Dyuterm kabi dramaturglar katta ta'sir körsatdilar. 20-a.ning birinçi yarmida B. teatrlarida G. van Zip, Ş. Spaak, F. Krommellink, X. Teyrlink, G. Martene kabi dramaturglarling asarlari qöyildi. B.da «Dyu Park», «De Galeri», «Le Rido», «De la Burs», «Qirollik milliy teatri», «Niderlandiya kamer teatri» kabi teatrlar işlaydi. Qirollik konservatoriyasi huzurida dramatik san'at maktabi bor.
Kinosi. 1908 y.da Xarrevelda birinçi kinostudiya taşkil qilimdi. 1919 y. «Belgiya kinokompaniyasi». 1922 i. «Belgiya film» kinostudiyasi vujudga keldi. 20-y.larda çet el rej.lari boşçiligida 20 ga yaqin film işlab çiqarildi. B. kinosining «Baliqçi quşlar gavanda jon beradilar» (postanovkaçi rej.lar R. Ksypers, I. Mixils, R. Verxavert, 1955), «Poyezd soat sayin jönaydi» (rej. A. Kavan, 1962). «Vidolaşuv» (rej. R. Verxavert, 1966), «Izhori dil» (1968, rej. E. Dejelen), «Bredagi uçraşuv» (1971, rej. A. Dslvo) kabi filmlari diqqatga sazovor. B.ning hujjatli va ilmiyommabop filmlari badiiy puxtaligi b-n ajralib turadi.
Özbekiston — B. munosabatlari. 1993 i. B. poytaxti Bryussel ş.da UzR elçixonasi oçilgaç, ikkala mamlakat urtasidagi rasmiy munosabatlar amaliy asosga ötkazildi. 1996 y. iyunda B. delegatsiyasi Özbekistonda böldi. Delegatsiya a'zolarining Özbekiston rahbarlari b-n uçraşuvlari vaqtida savdoiqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Özbekiston va B. işbilarmonlari vakillarining biznes seminari ham bölib ötdi. ÖzR Prezidenti I. A. Karimovning 1996 y. 12—14 poyab. da B. qirolligiga qilgan rasmiy taşrifidan söng ikkala mamlakat urtasidagi munosabatlar yangi poğonaga kötarildi. Taşrif davomida Özbekiston taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki b-n B.ning «Jeneral» banki örtasida kredit bitami imzolandi. UzR Prezidenta b-n Belgiya boş vaziri örtasida imzolangan qöşma siyosiy Deklaratsiyada ikkala davlat örtasidagi özaro manfaatli hamkorlik uçun xuquqiy iyegiz yaratildi. Özbekiston b-n B. qirolligi urtasidagi muzoqaralar yakunida ikkiyoqlama soliq tölamaslik va daromad hamda sarmoyalarga soliq tulaşdan boş tortişning oldini oliş töğrisida konvensiya, şuningdek havo yöli töfisida bitim imzolandi. Mana şular natijasida ikki mamlakat örtasida iqtisodiy munosabatlar rivojlana boşladi. Toşkentda B. uç firmasining vakolatxonalari oçildi. B.lik tadbirkorlar b-n birgalikda tuzilgan «Vita», «Assekan LTD», «Sellyuloza interprayz» qöşma korxonalari binokorlik materiallari, xalq iste'mol mollari i.ç., qişloqxöjalikxom aşyosini kayta işlaş b-n şuğullanmoqda. 1996 y.dan ikki mamlakat urtasidagi tovar aylanmasi kupaya boşladi. Özbekiston b-n B. örtasida töqimaçilik sanoati, q.x., quriliş, sayyohlik, bank tarmoği. yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş kabi sohalarda hamkorlik qiliş istiqbollari oçilmoqda.
1994 y.da Özbekiston delegatsiyasi (uning tarkibida viloyatlar va tumanlarning hokimlari bor edi) B.da böldi. Taşrif çoğida yengil sanoat sohasida B.ning yuksak texnika va texnologiyaga ega bölgan yirik firmalari b-n hamkorlik örnatiş masalalari muhokama qilindi va aniq tadbirlar kelişib olindi. 1997 y. may oyida B. un-ti huzuridagi Yevropa siyosati in-tining direktori Lyuvyen Kstlin Melfli'Toşkentga kelganida UzR Adliya vazirligida mamlakatimiz huquqiy ta'lim muassasalarining faoliyatini yaxşilaş maqsadida Yevropadagi bir qança mamlakatlar hukuqşunos olimlari b-n hamkorlik qiliş haqida kslişib olindi.