Tabiati. L. hududi Şarqiy Yevropa tekisligida, Boltiq dengizining jan.-şarqiy sohillarida, Nyamunas (Neman) daryosining örta va quyi oqimi havzalarida joylaşgan. Yer yuzasi pasttekislik va kirlardan iborat. Markazida Örta L. pasttekisligi joylaşgan. Şarqi va jan.da Boltiq qator tepalari bölib, L. qududida Z qirga bölinadi: Aukştayts, Dzuk va Suduv. Dengiz sohilida qum tepa va plyajlar köp. L.da neft, ohaktoş, dolomit, şişa qumlari, gil, torf, bur, gips, kahrabo va şifobaxş buloklar (Druskininkay, Palanga, Birştonas, Likenay) bor. Buloklar atrofida kurortlar barpo etilgan.
L.da dengiz iqlimi kontinental iqlim b-n almaşinib turadi. Kontinentallik ğarbdan şarqqa orta boradi. Yanv.ning örtaça t-rasi —3° dan — 6° gaça. Iyulning örtaça t-rasi 16,5°— 17,6°. Örtaça yillik yoğin 750 mm. Daryolari Boltiq dengizi havzasiga mansub.
Eng yirik daryosi — Nyamunas. Kaunas ş.dan quyiliş joyigaça kema katnaydi. Asosiy irmoqyaari: Nyaris, Nyavejis, Dubisa va b. Ular bahorda sersuv. 3000 ga yaqin köl bor, eng kattasi — Drisvyati. Köllar baliqçilik va suv parrandaçiligida foydalaniladi. Tup-roqlari podzol, çimli-podzol, podzol-botqoq, çimli-karbonatli, botqoq, podzollaşgan-borli, allyuvial tuproqlar.
L. hududining 25% (1,6 mln. ga) örmon. Igna barglilar — 65%, keng barglilar — 35%. Qarağayzorlar, qoraqarağayzorlar bor. Hududining 17% yaylov va ötloq; 7% ga yaqini botqoqlik.
Hayvonot dunyosida sut emizuvçilardan malla tovuşqon, tulki, böri, los, asl va xoldor buğular, tönğiz, norka, silovsin, suvsar, suv qunduzi va b. yaşaydi. Daryo va köllarda baliq turi köp. Qöriqxonalari: Juvintas va Çyapkyalyu. L. milliy boği bor.
Aholisining 81% litvalar, şuningdek, ruslar, polyaklar, beloruslar ham yaşaydi. Rasmiy til — litva tili. Dindorlarning aksariyati — katolik. Şahar aholisi 68,5%. Yirik şaharlari: Vilnyus, Kaunas, Klaypeda, Şyaulay.
Tarixi. L. hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar bu yerda odam toş asridan yaşab kelayotganini körsatadi. Aholi öşa davrda uruğ jamoalari tarzida yaşagan, temirçilik, ovçilik va balikqçilik b-n şutullangan. Mil. boşlarida yirik kabila va kabila uyuşmalari (jemaytlar, yatvyaglar va b.) ajralib çiqa boşladi. 5—6-a.larda jamoalar yemirilib, sinfiy tabaqalaniş boşlandi. 9— 10-a.lardan xunarmandçilik, savdo-sotiq işlari avj oldi. 10— 12-a.lardaL. hududida Deltuva, Karşuva, Letuva va b. knyazliklar paydo böldi. 1240 y.da Buyuk L. knyazligi vujudga keldi. 13-a.dan L.ga ne-mis ritsarlarining bosqinçilik yurişlari boşlandi. 200 y. davomida L. b-n nemis ritsarlari örtasida harbiy töqnaşuvlar bölib turdi. 1236 y. nemis ritsarlari Saule yonida mağlubiyatga uçradi. 1260 y. L. qöşinlari nemis salibçilari ustidan Durbe köli yaqinida bölib ötgan jangda ğalaba qozonib, Livon hamda Tevton ordenlarining bosqinçilik yurişlarini vaqtinça töxtatdi. 13-a. örtalarida rus yerlarining feodal tarqoqligidan foydalanib, L. knyazlari belorus, ukrain, rus yerlarini qöşib oldi. Gedi-min, Olgerd va Keystut knyazliklari davrida Buyuk L. knyazligi ança kengaydi. 14- a. örtalarida Minsk, Şarqiy Volin, Podolye, Kiyev L.ga köşildi. Knyaz Vitovt Dnepr va Dnestr oraliğidagi Qora dengizgaça bölgan yerlarni qöşib oldi. Bu davrga kelib L. Şarqiy Yevropada eng yirik davlatga aylandi. 1340—1410 y.larda Tevton va Livon ordenlari yana hujumga ötdi, Sterva daryosi (1348) va Kaunas (1362) yonida yirik janglar böldi. 1401—09 y.larda salibçilarga karşi jemaytlar qözğo-lon kötardi. Içki va taşqi kuraş şa-roitida L. Polşa b-n Krevo ittifoqini tuzdi (1386). 1410 y. 15 iyulda L. va Polşa qöşinlari Gryunvald jangida (1410) Tevton ordeni ustidan ğa-laba qozondi. 1435 y. Sventa yaqinida mağlubiyatga uçragan Livon ordeni ham öz bosqinçilik yurişlarini töxtatdi.
14-a. 2-yarmidan şaharlarda xunar-mandçilik, keramika, oyna i. ç., zargarlik rivoj topdi. Kaunas, Trakay va b. şaharlarda qasrlar qurildi. 15- a. örtalarida Buyuk knyazlar kengaşi asta-sekin Panlar radasiga aylandi. 16-a.dan Panlar radasi va seym davlat hokimiyatining asosiy organlari bölib qoldi.
1558 y. Rossiya b-n Livoniya uruşi boşlandi. Bu uruş L. uçun muvaffaqiyatsizlik b-n tugadi. L. hukmron doiralari Rossiyaga qarşi uruşda yordam oliş niyatida Polşa b-n yaqin aloqa örnatdi. 1569 y. Lyublin ittifoqi tuzilib, Polşa b-n L. Reç Pospolita davlatiga birlaşdi.
1654—67 y.lari rus qöşinlari L. ning şarqiy qismini, 1655 y. Vilnyus va Kaunas ş.larini bosib oldi. 1667 y. Smolensk yaqinida Reç Pospolita va Rossiya örtasida Andrusov sulhi imzolandi (Belorussiya yerlari va Ukrainaning Dnepr daryosi öng qirğoq tomonidagi yerlar L. tarkibida qoldi). Şim. uruş (1700—21) yillarida Reç Pospolita Rossiyaning it-tifoqsoşi böldi. 17—18-a.larda Reç Pospolita siyosiy inqirozga uçradi va 1772,1793, 1795 y.larda Prussiya, Avstriya, Rossiya örtasida bölinib ketdi. L. Rossiyaga qöşildi. 19-a. 2-yarmida podşo hukumati L.da millatçilik siyosatini kuçaytirdi. Ölkada milliy ozodlik harakati boşlandi. 1888 y. Vilnyusda L. kasaba uyuşma harakatiga asos solgan Özaro yordam kassasi va L. sotsial-demokratiyasi taşkil topdi.
l-jahon uruşi yillarida L. xududi harbiy harakatlar maydoniga aylandi. 1915 y. kuzida L. hududini Germaniya qöşinlari bosib oldi. 1918 y. 16 fev. da L. davlatining mustaqilligi e'lon qilindi. 1918 y. dek. da L. hududining katta qismida şöro hokimiyati örnatildi va 1919 y. fev.da Litva-Belorussiya şöro respublikasi e'lon qilindi. 1919 y. avg. da nemis qöşinlarining hujumidan söng Qizil Armiya bölin-malari L.dan çiqib ketişga majbur böldilar. 1920 y. L. b-n RSFSR örtasida imzolangan şartnomaga muvofiq, şöro hukumati L. mustaqilligini tan oldi. 1940 y. iyunda L. hududiga şöro qöşinlari kiritildi. 1940 y. iyulda Xalq Seymiga saylovlar bölib ötdi. 1940 y. 21 iyulda L. şöro respublikasi e'lon qilindi. 1941 y.da L.ni nemis-faşist qöşinlari bosib oldi, 1944 y. iyul —1945 y. yanv.da şöro armiyasi tomonidan ozod qilindi. 1990 y. 11 martda respublika Oliy Kengaşi L. davlatini qayta tiklaş haqidagi hujjatni qabul qildi va mamlakat L. Respublikasi deb atala boşladi. 1990 y. mayda L. Oliy Kengaşi L.ning davlat mustaqilligi haqidagi deklaratsiyami qabul qildi. L. 1991 y.dan BMT a'zosi. 1992 y. 5 avg.da ÖzR b-n diplomatiya munosabatlari örnatdi. Milliy bayrami — 16 fev. — L. davlati kayta tiklangan kun (1918).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. L. demokratik partiyasi, 1989 y.da tuzilgan, 1902—20 y.larda şu nomda faoliyat körsatgan partiyaning vorisi; L. sotsial-demokratik partiyasi, 2001 y.da asos solingan; Vatan ittifoqi, 1993 y.da tuzilgan; Markaz ittifoqi, 1992 y.da tuzilgan; L. xristian demokratik partiyasi, 1990 y.da asos solingan; L. erkin kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi, 1990 y.da tuzilgan.
Xöjaligi. L. — industrial-agrar mamlakat. Yalpi milliy mahsulotda sanoatning uluşi — 51,2%, q.x. ning uluşi — 24,7%, qurilişning uluşi — 9,8%, transportning uluşi — 3,6%, boşqa tarmoqlarning uluşi - 10,1%.
Sanoatning asosiy tarmoqlari — maşinasozlik va metall işlaş, yoğoçsozlik, kimyo va neft kimyosi sanoati, binokorlik materiallari i.ç., töqimaçilik va oziq-ovqat, neftni qayta işlaş sanoati. Energetika xöjaligida gidroenergiya va torf ikkilamçi axamiyatga ega. L. issiklik elektr st-yasi va Vilnyus issiklik elektr markazi keltirilgan gaz, mazut, kömir b-n işlaydi. Kaunas GES, Ignalina AES bor. L.da yiliga 18,7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi xrsil qilinadi. Vilnyus, Rokişkis, Radviliş-kisda q.x. maşinalari, Kapsukasda oziq-ovqat korxonalari uçun asbob-uskunalar, Şyaulyayda velosiped, moped dvigatellari, Panevejisda avto-kompressorlar işlab çikariladi. Kedaynyayda kimyo kti (sulfat kislota va superfosfat), Ionavada azotli öğit z-di, Kaunasda sun'iy tola z-di, Vilnyusda plastmassa buyumlar z-di, Plungeda sun'iy çarm z-di bor.
Mahalliy xom aşyo asosida yuqori sifatli sement, ğişt, ohak, yirik silikat bloklar, drenaj quvurlari, çerepitsa, şifer, yiğma temir-beton va beton konstruksiyalar hamda detallar tayyorlanadi. Panevejisda yirik oyna z-di deraza oynasi va oyna bloklari işlab çikaradi. Ionava, Klaypeda, Kaunas, Şyaulyay, Vilnyus ş.larida mebel k-tlari bor. Qoğoz sanoatining asosiy markazlari — Kaunas, Grigişkes. Kaunasdagi qoğoz f-kasi yuqori sifatli qoğoz, Klaypeda, Grigişkes, Pabra-dada karton, Klaypedada sellyuloza va faner, Kaunasda gugurt, Klaypeda, Vilnyus, Grigişkes, Kazlu-Rudada yoğoç plitalar işlab çiqariladi.
Yengil sanoatda töqimaçilik va trikotaj, tikuvçilik, poyabzal tarmoqlari rivojlangan. Yengil sanoatning yirik markazlari: Kaunas, Vilnyus, Şyaulyay va Klaypeda. Utenada trikotaj f-kasi va Alitusda ip gazlama kti mavjud. Badiiy hunarmandçilik (kahrabo, keramika va b.dan buyum yasaş) rivojlangan.
Göşt, sut, baliq sanoati L. oziq-ovqat sanoati mahsulotining 3/4 semiki beradi. Klaypeda — baliq ovlaş va balik, sanoati markazi. Baliq Boltik, Barens dengizlaridan va Atlantika okeanidan ovlanadi. Qand-şakar, un, konditer, spirt-araq, pivo sanoati hamda meva va sabzavotni qayta işlaş, ösimlik moyi oliş rivojlangan.
Qişloq xöjaligi. L.da iqtisodiy faol aholining 35% ga yaqini q.x.da band Q. x.ga yarokli yerlar 3,4 mln.ga. Ğalla, kartoşka, sabzavot, yem-xaşak, suli, ziğir, qand lavlagi ekiladi. Çorvaçilik — q.x.ning yetakçi tarmoği. Qoramol, çöçqa, qöy va eçki, yilqi, parranda boqiladi. Asalariçilik, darrandaçilik (qora tulki va norka), baliqçilik rivojlangan.
Transportining asosiy turlari — t. y. va avtomobil transporti. T. y. uz. 3 ming km. Avtomobil yöllari uz. 44,5 ming km, jumladan qattiq qoplamali yöllar 80%. 1986 y.dan Klaypeda — Mukran (Germaniya) solda keçuv yöli işlay boşladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 374 ming t dedveyt (1992). Asosiy dengiz porti — Klaypeda, daryo porti — Kaunas. Vilnyus aeroporti xorijiy mamlakatlarning 65 şahari b-n boğlangan.
L. çetga maşinasozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari çiqaradi. Çetdan maşina-uskunalar, xom aşyo oladi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Germaniya, Polşa, Belorussiya, Latviya, Estoniya va Skandinaviya mam-lakatlari. Pul birligi — lit.
Tibbiy xizmati. Tibbiyot mutaxassislari Kaunas tibbiyot in-tida, Vilnyus un-tining tibbiyot f-tida va 6 tibbiyot bilim yurtida tayyorlanadi. Druskininkay, Birştonas, Likenay, Palanga, Neringa va b. balneologiya kurortlari maşhur.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. L.da örta umumiy ta'lim deyarli töla amalga oşirilgan. 12 oliy öquv yurti bor. Eng yiriklari: Vilnyus un-ti, Vilnyus ped. un-ti, Vitautas Magnus un-ti, Vilnyus texnika un-ti, Kaunas texnologiya un-ti, Kaunas tibbiyot akademiyasi, Klaypeda un-ti. Q.x. akademiyasi, L. fanlar akademiyasi bor. L. davlat kutubxonasi, FA kutubxonasi, klub muassasalari, muzeylar va b. madaniy-ma'rifiy muassasalar mavjud.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. L.da bir neça gaz. va jur. naşr etiladi. Eng muhimlari: «Letuvoye aydas» («Litva aks sadosi», litva tilidagi kundalik gaz., 1917 y.dan), «Letuvos ritas» («Litva tonggi», litva va rus tilidagi kundalik gaz., 1919 y.dan), «Gimtine» («Ona diyor», litva tilidagi oylik jur., 1989 y.dan), «Atgimimas» («Uyğoniş», litva tilidagi haftanoma, 1988 y.dan), «Biçyuliste» («Döstlik», litva tilidagi haftalik gaz., 1990 y.dan). ELTA telegraf axborot agentligi 1995 y.dan aksiyadorlik jamiyati, 1920 y.da asos solingan; L.da radioeşittiriş 1926 y.dan, telekörsatuv 1957 y.dan işlaydi. L. radio va televideniyesi 1940 y. Vilnyus ş.da taşkil etilgan.
Adabiyoti. L. xalqi öz qaraşlari va orzu-umidlarini boy oğzaki ijodiyotida — qöşiqdar, ertaklar, afsonalar, maqolalarda ifoda etgan. Kds. yozma yodgorliklari 14—16-a.larda (yilnomalar, huquq mavzuidagi va tarbiyaviy asarlar) yaratilgan. 16—17-a.larda, asosan, diniy adabiyotlar naşr qilingan (M. Daukşa, Y. Bretkunas va b.)- 17— 18-a. larda litva tilida epigrammalar, dostonlar, şe'riy maktublar yuzaga keldi (A. Şimelpenigis, K. Milkus va b.). 19-a. 1-yarmida L. adabiyoti rivojiga şiorlar D. Poşka («Jemaytiya va Litva mujigi»), A. Baranauskas («Anikşçyay qarağayzori»), yozuvçi M. Valançyus («Palangalik Yuze») kabilar munosib hissa qöşdilar. 19-a. 2-yarmi va 20-a. boşlarida adabiyotda turli janrlar yuzaga keldi. V. Kudirka, P. Vayçaytis, Mayronis (I. Maçyulis taxallusi), G. Pyatkyaviçayte-Bite va b. ijod qila boşladi. L. adabiyotida tanqidiy realizmning şakllanişi yozuvçi Yu. Jemaytening ijodi b-n boğliq («Kelin», «Pyatras Kurmyalis»). Realist yozuvçilardan V. Kreve, Vayjgantas va b. ijodida romantik an'analar namoyon böldi. 40—60-y.larda P. Svirka, Y. Şimkus, S. Neris kabi yozuvçilar yetişib çiqdi.
2-jahon uruşi yillarida E. Mejelaytis, V. Reymeris va b. yoş şoirlar voyaga yetdi. Uruşdan keyingi yillarda Stuoga, Simonaytite, Y. Avijyus va Y. Gribas kabi yozuvçilar samarali ijod qildilar, 50—70-y.larda yaratilgan Ye. Simonaytitening «Vilyuye Karalyus», A. Belyauskausning «Kaunas romani», Y. Avijyusning «Yöqotilgan boşpana» romanlari, E. Mejelaytisning «Inson» şe'riy töplami, Yu. Marsinkyaviçyusning «Qon va kul», «Devor» dostonlari, Yu. Gruşasning «Gerkus Mantas» dramasi L. adabiyotining yutuği böldi.
1957—68 y.larda «Litva adabiyoti tarixi»ning 4 jildligi e'lon qilindi. K. Ambrasas, A. Buçis, L. Gineytis kabi adabiyotşunoslar L. adabiyotining dolzarb muammolari ustida tadqiqot olib bordilar. Keyingi yillarda G. Korsakene, Y. Doviday-tis, A. Baltakis, Yu. Vayçyunayte, P. Şirvis, S. Ged, Yu. Gruşas, K. Say va b. yozuvçilarning asarlari şuhrat qozondi.
Özbek va L. xalqlari örtasidagi adabiy aloqalar rivojlangan. L. adabiyotining eng yaxşi namunalaridan M.Slutskisning «Jasorat» romani, E.Mejelaytisning «Inson» şe'riy töplami, K.Donyalaytisning «Yil fasllari» dostoni va b. asarlar özbek tiliga tarjima qilingan. Özbek adiblaridan Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan çayon», Oybekning «Navoiy», Ğafur Ğulomning «Şum bola», Abdulla Qahhorning «Sinçalak», Asqad Muxtorning «Çinor» romani va b. asarlar litva tiliga tarjima qilingan.
Me'morligi. L. hududida mil. av. 4— 2-ming yilliklarga mansub turar joy qoldiqlari topilgan. Ular aylana, oval şaklida qurilgan. 5—8-a. larda atroflari çuqur qilib, yoğoçlar b-n öralgan qarorgoxlar, 9—12-a.larda yoğoç qörğonlar vujudga kelgan. 14-a. da muhim joylarda mudofaa inşootlari qurilgan, qörğonlar qurilişida minoralarga ahamiyat berilgan. 15-a. dan boşlab L.da şaharlar qurilişi tez ösdi (köpinça, uylar ikki qavatli qilib, birinçi qavatda savdo dökonlari, ikkinçi qavatda esa turar joylar qurilgan). 16-a.dan Uyğoniş davri madaniyati ta'siri kuçaydi. 17—18-a.larda barokko uslubida serhaşam katolik çerkovlar, saroylar qurildi. 18-a.ning oxiri va 19-a.ning 1-yarmida klassitsizm tamoyillari yoyildi (Vilnyusdagi katta butxona, hoz. rasmlar galereyasi, şahar ratuşasi, hoz. Badiiy muzey). 19-a.ning 2-yarmida va 20-a. boşlarida L. me'morligida ötmişdagi uslublarga taqlid kuçaydi, 20—30-y.larda xalq san'ati va neoklassika an'analari ta'sirida binolar qurildi (Kaunasdagi bank, me'mor M. Songayla). 2-jahon uruşidan key-in şaharlar boş reja asosida qayta tiklandi, yangi şaharlar vujudga keldi, yirik panelli uylar qurilişi avj oldi. Binolarning old tomonlarini bezatişda yoğoç, keramika, vitraj, metalldan foydalanişga e'tibor berildi («Nyaringa» mehmonxonasi va qahvaxonasi, me'morlar A. va V. Nasvitislar va b.). Litvalik me'morlar loyihasi asosida Toşkent (Çilonzor)da ham bir neça uy qurilgan.
Tasviriy san'ati. L. hududida neolit davriga mansub odamlar va hayvonlarning juda sodda kahrabo, yoğoç haykalçalari, keramika idişlari topilgan. 9—12-a.larda metallni badiiy işlaş rivoj togan (qurol, zargarlik buyumlari). 16—17-a.larda portretlar köp yaratilgan. Kitob naşr qilişning yölga qöyilişi b-n ksilografiya rivojlangan. 17—18-a.larda saroy va çerkovlarni bezaşda haykaltaroşlik va rassomlik san'atidan keng foydalanilgan. 19-a.da yangi davr milliy san'ati şakllandi. 20-a. boşlarida milliy rassomlik şakllanişiga Adabiy-badiiy jamiyat faoliyati ta'sir ötkazdi. Haykaltaroşlardan Yu. Zikaras va P. Rimşa realistik an'analarni davom ettirişdi. Rassom M. Çyurlenis ijodida adabiy folklor fantastikasi simvolika b-n hamohang bölib ketgan. Zamonaviy rassomlar orasida A. Savitskas, S. Veyverite, Y. Şvajas, V. Yurkunas va b. ajralib turadi. Kahraboga sayqal beriş, yoğoçsozlik, qölda töqiş san'ati rivoj topgan.
Musiqasi. Adabiy folklori laparlar, asosan, işqiy qöşiq (dayna)larga boy. Köpçilik bölib aytiladigan qad. qöşiqlar sutartine deb ataladi. Xalq raqslari turli şakllar yasab, mayin tuşiladi. Musiqa asboblari orasida torli sozlardan kankles, puflama so-zlardan ragas (burğu), daudite (uzun truba), skuduçay, lumzdyalis (fleyta turlari), urib çalinadigan sozlardan skrabalay va b. keng tarqalgan. Professional musiqa 14-a.dan rivojlandi. 16-a.dan çerkov xor musiqa maktablari vujudga keldi, zodagonlarning saroylarida kapella, opera va balet truppalari taşil etildi. 18-a.da Vilnyus teatrida Ğarbiy Yevropa kompozitorlarining opera va baletlari sahnalaştirildi. 1803 y.da Vilnyus un-tida musiqa kafedrasi oçildi. 1906 y.da «Vilnyaus kankles» jamiyatining kuçi b-n birinçi milliy opera (M. Petrauskas, «Birute») sahnaga qöyildi. M. Çyurlenis ilk milliy simfonik va kamer musiqa asarlarini yaratdi. 1920 y.da Kaunasda opera teatri, 1921 y.da balet studiyasi, 1933 y.da konservatoriya oçildi. 1940 y.da Vilnyusda filarmoniya, xalq ijodiyoti uyi, musiqa bilim yurti taşkil etildi. 1948 y.da opera va balet teatri Kaunasdan Vilnyusga köçirildi. Keyingi yillarda mahalliy mualliflarning «Marite» operasi, «Dengiz sohilida» baleti, «Oltin dengiz» operettasi tomoşabinlarga taqdim etildi. Simfoniya va kamer janrlari rivoj topdi. Kompozitorlardan A. Raçyunas, Yu. Yuzelyunas, A. Belazaras, V. Yugova, B. Dvarionas va b. barakali ijod qildi. Vilnyus konservatoriyasi, ped. in-tining musiqa bölimi, Şyaulyay ped. in-tining musiqa f-ti, 5 musiqa bi-lim yurti, musiqa va xoreografiya maktablari musiqadan ta'lim beradi. Dirijyorlardan — B. Dvarionas, I. Şvya-das, S. Sondyatskis, xonandalardan — K. Petrauskas, Y. Stasyunas, V. Noreyka va b. maşhur.
Teatr san'ati unsurlari litva xalq hangomalari va turli marosimlarida köp uçraydi. 16—18-a.larda maktab teatrlari faoliyat körsatgan. 1785 y.da Vilnyusda tuzilgan professional truppa L.da birinçi xalq teatriga asos böldi. 1905—07 y.larda va undan keyin Vilnyus, Kaunas, Şyaulyay va b. şaharlarda havaskorlik teatrlari, drama tögaraklari taşkil topdi. 1919—40 y.larda Kaunas teatr hayotining markazi böldi. Bu yerda Milliy teatr (1919 va 1923—25), «Vilkolakis» satira teatri (1919—25) faoliyat körsatib, K. Glinskiye, Yu. Vay-çkus, A. Sutkus kabi rej. lar samarali ijod qilib, muvaffaqiyatga erişdilar.
Keyingi yillarda Vilnyus davlat teatri va b. bir kator teatrlarda ja-hon va litva dramaturgiyasining eng yaxşi asarlari sahnaga qöyildi (Yu. Marsinkyaviçyusning «Qon va kul», Yu. Gruşasning «Gerkus Mantas» va b.). Sahna san'ati rivojiga B. Dauguvetis, Yu. Siparis, D. Banionis, B. Babkauskas, S. Yukna va b. aktyor hamda rej.lar katta hissa qöşdilar.
Vilnyus drama teatri,, Yoşlar teatri, Kaunas drama teatri, Şyaulyay, Panevejis, Klaypeda teatrlari, Vilnyus va Kaunasda qöğirçoq teatrlari bor. Aktyor va rej.lar Vilnyus kon-servatoriyasida tayyorlanadi.
Kinosi. Dastlabki «Nyamunas oldida» filmi 1909 y.da yaratilgan (operator va rej. V. Staryaviçyus). 1940 y.da Kaunasda hujjatli va xronikal filmlar studiyasi taşkil qilindi. 50-y.larning örtalarida studiya bazasi kengaytirilib, badiiy filmlar ham işlab çiqarila boşladi. V. Jalakyaviçyus, V. Mikalauskas (rej.lar), I. Gritsyus (operator) va b. L. kino san'atida muhim rol öynay boşladilar. Rej. va ssenariyçi V. Jalakyaviçyusning «Bir kun voqeasi», «Heç kim ölişni istamas edi», rej. R. Vabalasning «Tungi odamlar», «Osmonga narvon», A. Jebryunasning «Qizaloq va aks sado», «Gözal» filmlari L. kino san'atida muhim voqea böldi. L.da huj-jatli kino san'ati rivoji V. Staro-şas, L. Tautrimas. L. Matsuleviçyuslarning «Öz Vatanida», «Polşada 10 kun», «Nyaringa» va b. kino oçerklari b-n boğliq.
Özbekiston — L. munosabatlari. Özbekiston Respublikasi b-n L. Respublikasi örtasidagi iqtisodiy munosabatlarga ÖzR Prezidenti I. Karimovning 1995 y. iyunda L.ga qilgan safari vaqtida imzolangan savdo-iqtisodiy hamkorlik haqidagi bi-tim asos qilib olingan. Şu bitimga binoan, ikkala mamlakat savdo-sotiqda bir-biriga eng köp qulaylik yara-tib berişi va bevosita xöjalik aloqalari örnatiş közda tutilgan. Na-tijada mamlakatlar örtasidagi tovar aylanmasi 1994 y.dagi 23,692 mln. AQŞ dollaridan 2001 y.da 29,9 mln. dollarga yetdi. L. prezidentining 1997 y. fev.dagi ÖzR ga taşrifi çoğida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada çuqurlaştiriş haqida kelişib olindi. Nihoyat, ÖzR Prezidenti I. Karimovning 2002 y. sent.da L .ga taşrifi ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy va madaniy hamkorlikni yanada rivojlantiriş uçun mustahkam zamin yaratdi, bir qança muhim şartnomalar imzolandi. Jumladan, transport, q.h., yoqilği sanoati, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalarida hamkorlik qilinadigan böldi. Özbekiston-Litva savdoiqgisodiy hamkorlik qukumatlararo komissiyasi iş boşladi. ÖzR dan L.ga paxta tolasi, neft va neft mahsulotlari, rangli metall, tomat mahsuloti, meva va sabzavot konservasi, öğit, ip gaz-lama, qimmatbaho toşdan yasalgan mahsulotlar yuborib turiladi. L.dan ÖzR ga esa maşina, asbob-uskuna, sut, göşt va baliq mahsulotlari, qand-şakar va qandolat, yoğoç va mebel, trikotaj, poyabzal va boş kiyimlar, sariyoğ va ösimlik yoği kabilar yuboriladi.
«Özbeksavdo» taşkilotlari L.dagi «Avokado», «Vekta», «Klaypedos Balday prekiba», «Liora», «Inkaras» singari aksiyadorlik jamiyatlaridan sovitkiçlar, mebel, rözğor asboblari, kiyim-keçak, poyabzal, attorlik buyumlari, ziğir tolasidan töqilgan gazlama, deraza parda, möynali boş kiyimlar oladi.
Yuk taşiş sohasidagi hamkorlik ÖzR uçun ayniqsa ahmiyatlidir. Klaypeda portidan özbek tovarlari Germaniya, Polşa, Niderlandiya, Belgiya, Şvetsiya, Finlyandiya, Daniya va Fransiyaga yuboriladi. «Özbekmebel» davlat aksiyadorlik jamiyati L.ning «Audeyas», «Avokado» korxonalari b-n tuzgan şartnomalarga binoan, yuqori sifatli mebelbop gazlama, yoğoç tolali plitalar va yelim oladi. ÖzR da litvalik sarmoyadorlar iştirokida taşkil etilgan 22 qöşma korxona faoliyat körsatmoqda. Madaniy hamkorlik sohasida ham dastlabki qadamlar qöyildi. Jumladan, 1992 y. Toşkentda tuzilgan L. madaniyati jamiyati, 1994 y. Vilnyusda tuzilgan özbek milliy jamiyati samarali iş olib borayotir, ikkala xalqning madaniy merosini saqlaş va tarğib qilişga, tilini örganiş va adabiy asarlarini tarjima qilib naşr etişga hissa qöşayotir.