Tabiati. L. hududining Boltiq dengizi qirğoklari kam parçalangan. Dengiz sohili böylab eni 2—3 km, ayrim joylarda 50 km gaça bölgan pasttekislik va qum tepalar çözilgan. L.ning ğarbiy qismida Kurzeme qirlari (bal. 184 m gaça), örta qismida Vidzeme qirlari (bal. 311 m gaça), şarqida Latgal qirlari (bal. 289 m gaça) joylaşgan. L.ning markazida Örta L. tekisligi, şim.-şarqida Şimoliy L. pasttekisligi bor. Foydali qazilmalari: kömir, neft, gips, kvars qumlari, dolomit, har xil gil, ohaktoş; torf konlari, mineral buloklar bor. Boltik, dengizi va Riga qöltiği sohilida kahrabo uçraydi. Iklimi dengiz iqpimi b-n kontinental iqlim örtasida. Iyulning örtaça t-rasi 16—18°, yanv.da Boltiq dengizi sohilida —2°, —7°, şarqida —7°. Yillik yoğin 550—800 mm.
L.da 777 daryo bölib, umumiy uz. 38 ming km. Hamma daryolari Boltiq dengizi havzasiga mansub. Yiriklari: Daugava (Ğarbiy Dvina), Liyelupe, Venta, Gauya. L.da 3 mingdan köproq köl bor. L. maydonining 1,5% ni taşkil qiladi. Yiriklari: Lubanas, Reznas va b. Eng çu-qur köli — Dridza (65,1 m). Köllarida baliq xöjaligi yölga qöyilgan. Foydalaniladigan yerlarining 52% podzol tuproqlari (köpi çimli podzol), 4% çimli karbonatli va ekin ekib kelingan tuproqlar (Örta L. tekisligida), 23% botqoq (çimli-geyli) tuproqlar va 19% torfzor. L. aralaş örmon zonasida joylaşgan. Hududining 40% ga yaqini örmon (asosiy daraxt turlari — qarağay, qoraqarağay, qayin), 4,7% botqoq, 4% yaylov. L.da sut emizuvçilardan malla tovuşqon, tiyin, yelik, los, buğu, tulki, börsiq, suvsar va b. yaşaydi. Salaka, kilka, losos, taymen va b. baliqturlari ovlanadi. Riga qöltiği va daryolarning qöyiliş joyida minoga uçraydi. Baliq, qunduz va b. ov jonivorlarini qöriqlaş maqsadida qöriqxonalar taşkil etilgan. Kdd. dare vodiylarining ayrim qismlari, ba'zi örmonzorlar davlat muhofazasiga olinib, qöriqlanadi. Gauya milliy boği barpo etilgan.
Aholisining köpçiligi latişlar (55,1%); ruslar, beloruslar, polyaklar, ukrainlar, litvalar va b. yaşaydi. Rasmiy til — latiş tili. Şahar axolisi 69,5%. Dindorlari: protestant, pravoslav va katoliklar. Yirik şaharlari: Riga, Daugavpils, Liyepaya, Yelgava, Yurmala va b.
Tarixi. L.dan topilgan arxeologiya yodgorliklari bu yerda odam mezolit davridan (mil. av. 9—4-ming yillik) yaşaganligini körsatadi. Odamlar bu davrda temirçilik, baliq ovlaş va ovçilik b-n şuğullangan, toş va suyaklardan turli qurollar va loydan idişlar yasagan. Mil. av. 2-ming yillikda dehqonçilik va çorvaçilik paydo bölgan.
10-a.dan aholi örtasida xristian dini tarqala boşladi. 13-a.ning oxirida Livon ordeni L.ni bosib olgandan söng nemis zodagonlarining iqtisodiy va siyosiy hukmronligi örnatildi. L.da Germaniyaga xos xöjalik va siyosiy taşkilotlar joriy qilina boşladi.
14—16-a.larda Livoniya (L. va Estoniyaning nemislar tomonidan zabt etilgan hududlari şunday atalar edi) 3 mayda davlatdan iborat bölgan. 17-a.ga kelgandagina latiş xalqi taşkil topdi. 16-a.da Riga ş. savdo va xunarmandçilik markaziga aylandi. 1558—83 y.lardagi Livon uruşlari davrida mayda livon davlatlari tugatildi( 1560—62). L.ning Daugava daryosidan şim.dagi xududi (Zadvin gersogligi) Reç Pospolitaga tobe bölib qoldi. Daryoning jan.dagi hududlar Polşa qiroliga qaraşli Kurlyandiya gersogligiga aylandi.
1600—29 y.lardagi Polşa-Şvetsiya uruşlari natijasida L. vayron böldi. Uruşda ğolib çiqqan Şvetsiya Altmark sulhiga köra, Zadvin gersogligining ğarbiy qismini öziga qöşib oldi. L.ning şarqiy qismi (Latgaliya) Reç Pospolita qölida qoldi.
L.ning keyingi taqdirini Şimoliy uruş hal qildi. 1710 y. rus qöşinlari Rigani qamal qildi. 1721 y. Niştadt sulhi şartiga köra, Şvetsiya Vidzemani Rossiyaga berdi. Rossiya imperiyasi tarkibida parçalangan L. yerlarini birlaştiriş davri boşlandi. 1721 va 1795 y.larda Kurlyandiya gersogligi, Liflyandiya va Vitebsk gubernyalarining bir qismi Rossiyaga utdi. 18-a.ning 1-yarmi Şim. uruşda vayron bölgan xöjalikni tiklaş davri buldi. Mazkur uruşdan söng 200 yil mobaynida L. tinç hayot keçirdi.
1804 y. dehqonlar töğrisida maxsus qonun qabul qilinib, unga köra krepostnoylik çeklandi. Lekin bu b-n dehqonlar ahvoli yaxşilanmadi. 1812 y.gi uruş ta'sirida dehqonlar harakati avj oldi. Dvoryanlar hokimiyatini saqlab qoliş maqsadida Rossiya hukumati 1817—19 y.larda qator islohotlar ötkazdi, jumladan, deqqonlarga şaxsiy erkinlik berildi. Ular yerni ijaraga olib tştaydigan bölişdi. 19-a. 50-y.larning oxiri va 60-y.larning boşidan korxonalarda maşinalar va buğ dvigatellari işlay boşladi. Rossiyadagi ommaviy dehqonlar harakati va 1863— 64 y.larda Polşa va Litvada bölib ötgan qözğolon ta'sirida Rossiya hukumati bir oz yon berişga majbur böldi. Jumladan, krepostnoylik huquqi bekor qilindi, dehqonlarga yer sotib oliş hamda erkin köçib yurişga ruxsat berildi (1863), barşçina bekor qilindi (1868). L. sanoati va taşqi savdosi ösa boşladi.
20-a. boşlariga kelib, L. Rossiya imperiyasining taraqqiyot jihatidan eng rivojlangan ölkasiga aylandi. 1918 y. 18 noyab.da L. Respublikasi e'lon qilindi. 1920 y. 11 avg.da L.ni Şöro Rossiyasi tan oldi va L.ga bölgan da'volaridan «abadul abad» voz keçganini bildirdi. 1921 y.da Antanta davlatlari ham L. Respublikasini tan oldilar. 20 y. mobaynida turmuş darajasi, naşr etilgan kitoblar va 1000 kişiga töğri keladigan talabalar soni jihatidan L. Yevropa mamlakatlari orasida oldingi örinda böldi. 1934 y.da davlat töntarişi ötkazildi, avtoritar tuzum örnatildi. 1940 y. iyulida L. hududiga şöro qöşinlari kiritildi. Öşa yili 21 iyulda L. şöro sotsialistik respublikasi tuzilib, 5 avg.da SSSR tarkibiga qöşib olindi. 2-jahon uruşi yillarida L. şiddatli janglar maydoniga aylandi. 1941 y.da nemis-faşist qöşinlari tomonidan bosib olindi. 1945 y.da ozod qilindi. 1990 y. mayda respublika Oliy Kengaşi L. mustaqilligini tiklaş haqida Deklaratsiya qabul qildi va respublika nomini hoz. nomga özgartirdi. L. — 1991 y.dan BMT a'zosi. ÖzR suverenitetini 1992 y. 22 okt.da tan oldi va öşa yili noyab.da diplomatiya munosabatlari örnatildi. Milliy bayrami — 18 noyab. — L. Respublikasi e'lon qilingan kun (1918).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari va b. jamoat taşkilotlari. L. dehqonlar ittifoqi partiyasi, 1917 y.da asos solingan va 1990 y.da qayta tiklangan; L. demokratik partiyasi, 1995 y. «Saym-niyeks» demokratik partiyasi sifatida tuzilgan; «Latviyas seliy» («Latviya yöli») partiyasi, 1993 y. tuzilgan; L. sotsial-demokratlar birlaşmasi, 1998 y.da taşkil etilgan; Xalq partiyasi, 1998 y.da tuzilgan; Yangi xristian partiyasi, 1998 y. Yangi partiya nomi b-n taşkil etilgan, 2001 y. dan hoz. nomda; Xalq hamjihatligi partiyasi, 1993 y.da taşkil etilgan; «Vatan va ozodlik» birlaşmasi (L. milliy mustaqilligi yölidagi xdrakat), 1997 y.da taşkil etilgan. L. erkin kasaba uyuşmalari ittifoqi, 1990 y.da tuzilgan.
Xöjaligi. L. — industrial-agrar mamlakat. Yalpi içki mahsulot tarkibida sanoatning uluşi 38,5%, q. x.ning uluşi 24,8%.
Sanoatida metallsozlik, energetika maşinasozligi, aloqa vositalari i.ç., transport va q.x. maşinasozligi, elektrotexnika, radioelektronika, priborsozlik, kimyo va neft kimyosi, yengil va oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya, sellyuloza-qoğoz sanoati yetakçi tarmoqlardir. Elektr energiya Plyavinyas, Kegums va Riga GESlarida hosil qilinadi (yiliga örtaça 5,6 mlrd. kVt-soat). Liyepaya metallurgiya z-di, turli şaharlarda elektr maşinasozligi, gidrometeorologiya va yarimötkazgiç priborlari, dizelsozlik, elektropoyezdlar, texnologiya uskunalari, elektr lampa, q.x. maşinasozligi, ventilyator, radio, elektr asboblari, vagonsozlik, kema ta'mirlaş va b. z-dlar bor. Quriliş materiallari sanoatida köplab temir-beton konstruksiyalari, silikat ğişt, drenaj quvurlari, şişa tola z-dlari, uysozlik k-tlari barpo etilgan. Yengil sanoatda töqimaçilik, ti-kuvçilik, könçilik va poyabzal tikiş tarmoqlari taraqqiy etgan. Rigada ip gazlama k-tlari, Yelgavada töqimaçilik birlaşmasi, şoyi töquv kti joylaşgan. Ogreda yirik trikotaj k-ti, Liyepayada galantereya buyumlari kti bor.
Oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoqlari: baliq va göşt-sut. Riga, Yelgava, Yekabpils va Valmiyeradagi göşt k-tlari, Preylida pişlok, z-di va Kraslavada quruq sut z-di qurilgan, meva-konserva va un-yorma k-tlari bor, aralaş yem sanoati rivojlangan. Rigada «Dzintars» parfyumeriya-kosmetika z-di bor. Keyingi yillarda mamlakat iqtisodiyotini bozor munosabatlari yöliga moslaş, jahon xöjaligiga qöşiş siyosati ötkazila boşladi.
Qişloq xöjaligi göşt va sut çorvaçiligiga ixtisoslaşgan. Q. x.ga yaroqli yerlar 2,5 mln. ga, şundan 56,4% haydaladigan yerlar, 32,4% yaylov, 9% piçanzor. Ğalla ekinlaridan javdar, buğdoy, arpa, suli ekiladi. Asosiy texnika ekinlari: ziğir (asosan, şarqida) va qand lavlagi (jan.da). Kartoşka, sabzavot ham yetiştiriladi. Boğ-rezavor mevazorlar bor. Respublikaning ğarbiy qismida asalariçilik rivojlangan. Baliq ovlanadi, norka, kumuşrang tulki, oq tulki boqib köpaytiriladi. 1998 y. ma'lumotlariga qaraganda, xususiy sektor yalpi içki mahsulotning 63%ni berdi, iş joylarining 68% şu sektor qölida. Quriliş, q.x. va sanoat kabi asosiy tar-moklar mahsuloti mamlakat yalpi içki mahsulotining taxm. 95% ni taşkil etadi.
T. y. uzunligi — 2484 km, avtomobil yöllari — 24,2 ming km, şu jumladan qattiq qoplamali yöllar 12 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji 1437 ming t dedveyt. Asosiy portlari: Riga, Ventspils, Liyepaya. Liyelupe va Daugavaning ayrim qismlarida kema qatnaydi. Rigada xalqaro aeroport bor. Taşki savdo sohasidaL. Yevropa mamlakatlari va MDH mamlakatlari b-n hamkorlik kiladi. L. çetga maşinasozlik, yengil, oziq-ovqat sanoat mahsulotlari çiqaradi, çetdan maşina va elektr jihozlari, kimeviy mahsulotlar, transport vositalari, töqimaçilik buyumlari oladi. Pul birligi — lat.
Tibbiy xizmati. Davlat şifoxonalaridan taşqari xususiy kasalxonalar ham bor. Vraçlar xususiy tarzda ham bemorlarni qabul qilib, davolaydi. Şifokorlar Riga tibbiyot in-tida va çet ellarda tayyorlanadi. Yurmala, Se-gulda, Liyepaya, Kemeri, Baldone ku-rortlari maşhur.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. L.da dastlabki maktab 1211 y.da oçilgan. 16-a.ning 2-yarmida latiş aholisi uçun maorif tizimi yaratilgan. Hoz. paytda L.da umumiy majburiy töliqsiz ta'lim amalga oşirilgan, umumiy örta ta'lim joriy etilgan. Mustaqillik yillarida butun ta'lim sohasini isloh qilişga kirişildi. Natijada oliy öquv yurtlaridagi talabalar soni 1990/91 öquv yilidagi 46 ming kişidan 1997/ 98 öquv yilida 65 ming kişiga yetdi, 1998/99 öquv yilida yana 5% köpaydi. Yirik oliy öquv yurtlari: Latviya un-ti, Riga texnika un-ti, Q. x. akademiya-si, Tibbiyot akademiyasi, Riga aviatsiya unti va b. Örmon xöjaligi muommolari i.t. instituti, Fuqaro aviatsiyasini boşqariş avtomat tizimlari i.-t. markazi, Dengiz geol.si va geofizikasi in-ti, Yengil sanoat i.-t. inti va b. ilmiy muassasalar bor. Latviya FA faoliyat körsatadi. L.da kutubxonalar, teatrlar, sirk, filarmoniya, madaniyat uylari mavjud. L. tarixi muzeyi, L. badiiy muzeyi, Şahar tarixi va dengiz sayyoxligi muzeyi, Adabiyot va san'at tarixi muzeyi, Tibbiyot tarixi muzeyi, Tabiat muzeyi, Etn. muzeyi va b. bor.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. L.da naşr etiladigan asosiy gaz.lar: «Panorama Latvii», («Latviya manzarasi», rus tilidagi kundalik gaz., 1991 y.dan), «Diyena» («Kun», latiş tilidagi kundalik gaz., 1990 y.dan), «Latviyas zeme» («Latviya yeri», latiş tilidagi haftalik gaz., 1989 y. dan), «Latviya yaunatne» («Latviya yoşlari», latiş tilidagi kundalik gaz., 1990 y.dan), «Rigas balss» («Riga ovo-zi» latiş va rus tillaridagi keçki kundalik gaz., 1957 y.dan), «Tevzemes avize» («Vatan gazetasi», latiş tilidagi haftalik gaz., 1990 y.dan). L. telegraf agentligi (LETA) mustaqil axborot agentligi bölib, 1989 y.da La-tinform axborot agentligi negizida tuzilgan. L. radio va televideniyesi, te-leradioeşittiriş davlat qömitasi, 1992 y.da taşkil etilgan; L. mustakil televideniyesi, 1996 y.da tuzilgan; L. Davlat radiosi, 1925 y. asos solingan; L. davlat televideniyesi, 1954 y. taşkil etilgan.
Adabiyoti. Latiş millim adabiyoti 19-a. örtalaridan rivojlana boşladi. Latiş adabiyoti özining be-vosita qad. va boy folklor an'analari (xalq köşiqlari, afsona va ertaklar) ta'sirida ravnaq topdi. Folk-lorçi Kr. Baron latiş xalq qöşiqlarining 6 jildligini (1894— 1915) tuzdi. Yu. A. Alunan «Qöşiqdar» (1856) kitobini yaratdi. Xalq romantizmi vakillari — Auseklis (M. Krogzemis), A. Pumpur ijodlarida köproq milliy ozodlik ğoyalari tasvirlangan. 70-y.larda dramaturgiya vujudga keldi. A. Alukar pyesalari maşhur böddi. 19-a. oxirgi çoragida realistik oqim yoyildi (aka-uka Matis va Reynis Kaudzitlar, R. Blaumanis asarlari). Ya. Raynis, E. Veydenbaum kabi şoirlarning asarlari kengtarqaldi. R. Blaumanisning «Bahorgi ayoz», «Andrikson» kabi novellalari, «Oqpadar», «Ötda» va b. dramalarida dehqonlar hayoti va ijtimoiy muammolar öz ifodasini topgan.
1905—07 y.lardagi inqilob latiş adabiyotiga katta ta'sir körsatdi. Bu davrda Ya. Raynis asarlari özining çuqur ğoyaviyligi va dolzarbligi b-n şuhrat qozondi. Uning «Öt va tun» pyesasida latiş xalqining ozodlik uçun olib borgan mardona kuraşi öz aksini topgan. Adibning «Indulis va Ariya», «Iosif va uning aka-ukalari» kabi qator asarlari özining yan-gi uslub, çuqur falsafiy teranligi b-n kitobxonlarni rom etdi. A. Upitning «Burjua», «Ayollar», «Oltin» kabi qissa va romanlari naşr etildi.
2-jahon uruşi yillarida köproq poeziya rivojlandi (V. Luke, A. Grigulis, Yu. Vanag va b.). A. Upitning «Spartak» pyesasi va «Kökalamzor yerlar» romani şuhrat qozondi. Uruşdan keyingi yillarda V. Latsis, A. Sakse, M. Kempe, J. Griva, Ya. Grant, I. Ziyedonis, A. Veyan, 3. Skuin, E. Live va b. barakali ijod qildilar.
Me'morligi. L. hududida mil. av. 1-ming yillikda uruğ jamoalarining mustahkamlangan çöziq doirasimon va töğri burçakli turar joylari bölgan. 12-a.ning oxirlarigaça yoğoçdan, keyin esa, köpinça, toşdan uylar qurilib, şahar tipidagi manzilgohlar vujudga kelgan. Qörğonlar (13— 14-a.lardan boşlab), ibodatxonalar, Rigada ratuşa qurilgan. 16-a.ning 2-yarmida va 17-a. ning 1-yarmida L. me'morligida Niderlandiya me'morligining ta'siri kuçli böldi: gotika an'analari keyingi Uyğoniş davri me'morligi b-n uyğunlaşgani közga taşlanadi. 17-a. ning 2-yarmida barokko uslubi ustunlikni egalladi (Rigadagi Peter çerkovi, 1689—94). Klassitsizm hukmronligi yillarida (18-a.ning sönggi çoragi va 19-a.ning 1-yarmi) bog örtasiga qurilgan saroy majmualari vujudga keldi (Yelgavadagi saroy, 1738— 40, me'mor V. V. Rastrelli). 19-a.dan boşlab L. me'morligi rus klassitsizmi ruhida rivojlandi.
2-jahon uruşidan söng vayron qilingan şaharlar tiklandi va yangilari kurila boşladi. 60—80-y.larda Rigadagi Agenskaln qarağayzori, Katta Yugla uy-joy majmualari, t.y. vokza-li, Dzintaridagi konsert zali va b. binolar öziga xos mahalliy loyihalar asosida barpo etildi. Interyerlarni bezaşda yoğoç, koşin, metall, vitrajdan foydalanildi.
Tasviriy san'ati. L. xududidan topilgan eng qad. san'at yodgorliklari mil. av. 5-ming yillikka mansub (suyakdan işlangan dastasiga hayvonlar tasviri işlangan xanjar). 13—19-a.larda L. tasviriy san'ati Ğarbiy Yevropa san'ati b-n yaqin hamkorlikda rivojlandi. Ayniqsa, yoğoçdan haykallar işlaş keng tarqaldi. Latiş milliy tasviriy san'ati maktabi vujudga keldi. 20-a.ning dastlabki yillaridan grafika rivoj topa boşladi. T. Zalkaln, G. Şkilter kabi haykaltaroşlar hayot manzaralarini haqqoniy tasvirlaşga intildilar. 1920—30 y.larda plakatlar muhim örin egalladi. 1920 y.da Badiiy akademiya oçildi. 20-a. 2-yarmida san'atda zamondoşlarning obrazlari işonarli ta'sirçan aks ettirildi. Rassomlardan B. Ber-zin, R. Valnere, I. Zarin, E. Iltner, R. Bem, haykaltaroşlardan Ya. Zarin, V. Alberg, L. Lange va b. maşhur.
Xalq amaliy san'atida öymakorlik, yoğoçni kuydirib tasvir işlaş, kulollik, badiiy töqimaçilik rivojlangan. Yoğoç öymakorligi, çarmga qolip yordamida bosib tasvir işlaş, kahrabodan buyumlar yasaş, metallga zarb berib tasvirlar tuşiriş borasida latiş san'atkorlari va hunarmandlari körgazmalarda muvaffaqiyat b-n qatnaşadi.
Musiqasi rang-barang va öziga xos bölib, asosan, mehnat taronalari, oilaviy marosim, xor va raqs qöşiqlari turkumidan iborat. 16-a. oxirlarida çerkov qöşiqlari matnlari naşr qilindi. 17- va 18-a. boşlarida Yelgavada orkestr vujudga keldi; 18-a.dan Rigada organ çaliş san'ati ravnaq topdi. 1760 y. Riga musiqa jamiyatiga asos solindi. 1782 y. nemis opera-drama teatri oçildi. 19- a. örtalarida «yoş latişlar» harakati ta'sirida professional musiqali xor rivojlandi va qöşiqçilar jamiyati vujudga keldi. Latiş klassik musiqasining asosçilari — A. Yuryan, Ya. Vitol milliy kompozitorlar maktabini yaratdilar.
1912 y. taşkil topgan Latiş opera teatri 1919 y. davlat opera teatriga aylantirilib, dastlabki milliy operalar ( «Öt va tun», «Banyuta») vujudga keldi. 1919 y. L. konservatoriyasiga asos solindi. 1926 y. L. radiosining simfonik orkestri taşkil etildi. 1940—41 i.lari musiqali teatrlar, opera va balet teatri qayta tuzildi. 1941 y. L. davlat filarmoniyasi oçildi. Nemis faşistlari okkupatsiyasi davrida latiş musiqa san'atiga qattiq şikast yetkazildi.
2-jahon uruşidan keyin musiqa san'ati yana rivojlana boşladi. Simfoniya (O. Barskov, E. Goldşteyn, O. Gravitis, P. Dambis va b.), kamer ço-lğu musiqasi (Ye. Graubinya, R. Yermak, Ya. Kepitis, V. Utkin va b.), estrada (R. Paul, G. Raman, R. Pauls va b.) ravnaq topdi. Musiqa madaniyatini keng tarğib qiliş maqsadida maxsus jur.lar, töplamlar muntazam naşr etiladi.
1905—07 y.larda Riga grammofon firmalari Töyçi Hofiz, Leviça hofiz, Hamroqul qori va b. xonandalar ijrosida özbek musiqa merosi namunalarini plastinkalarga yozib olgan. Özbekistonda latiş, L.da özbek musiqa kunlari ötkazib kelinadi.
Teatri. Latiş xalq ijodining qad. an'analari mehnat jarayoni, urf-odat marosimlari b-n çambarças boğliq. Xususan, töy marosimlarida nikrbli öyinlar odat tusiga kirib qolgan. 16— 17-a.larda Rigada lotin tilida drama maktablari, 18-a.ning 60-y.larida nemis truppasi va 19-a.ning 50-y.larida rus teatri taşkil etildi. 19-a. boşlarida latiş tilida birinçi spektakllar qöyildi. 1868 y.da dastlabki havaskorlar truppasi taşkil etildi, uning negizida birinçi professional Riga latiş teatri (1870—1918) vujudga keldi. Unga milliy dramaturgiyaning asosçisi A. Alunan raxbarlik qildi. 1902 y.da yangi Riga teatriga asos solindi, uning sahnasida Ya. Raynis pyesalari öynaldi (bu teatr 1905 y.da yopildi). 20-a.ning 20—30-y.larida E. Similgis, Ya. Zarin kabi teatr arboblari ilğor demokratik sahna an'analarini davom ettirişdi. Keyingi yillarda A. Amtman-Briyedit, V. Balyu-nay, Ya. Yaunuşan, A. Linin kabi rej. lar latiş va jahon dramaturgiyasining eng yaxşi asarlarini sahnaga qöydilar. Maşhur aktyorlari: Ya. Osis, A. Klints, L. Eriki, J. Katlapa, L. Ber-zin, E. Radzin, E. Pavuls va b. L.da 7 ta teatr bor.
Kinosi. L.da kino i.ç. 1910—11 y.lardan boşlangan. Dastlab voqeiy hujjatli filmlar işlab çiqarilgan. 1913 y. «Haqiqat qayerda?» badiiy filmi yaratildi, 20-y.larda xususiy filmlar suratga olindi, 1939 y. işlangan «Baliqçi öğli» filmi latiş kinematografiyasining birinçi yutuği hisoblanadi. 2-jahon uruşidan söng latiş milliy kino san'ati ravnaq topdi. «Ğalaba bilan qaytiş», «Raynis» kabi badiiy va tarixiy biografik filmlar yaratildi. 50—60-y.larda «Baqorgi ayoz», «Yangi sohilga», «Böron», «Qiliç va atirgul» kabi badiiy filmlar ekranlaştirildi. Sönggi yillarda Riga kinostudiyasida xilma-xil mavzu va janrlarda rang-barang kartinalar yaratildi («Edgar va Kristina», «Ölim soyasida», «Suvdagi şö'la», «Esaber, şabada!» va b.).
Özbekiston — L. munosabatlari. Ikki mamlakatning yangi şaroitdagi özaro hamkorligini yölga qöyiş uçun avvalo huquqiy negiz yaratiş lozim edi. Özbekiston Prezidenta I. Karimovning 1995 y. L. Respublikasiga taşrifi va L. prezidentining 1996 y. Özbekiston Respublikasiga taşrifi çoğida, ikkala mamlakat vazirlarining özaro safarlari vaktida turli sohalarda hamkorlik qiliş haqida bitimlar imzolandi. Özbekiston — L. hukumatlararo savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik komissiyasining majlislarida muhim masalalar hal etiladi. Bu işlarning natijasida ÖzR b-n L. örtasidagi tovar aylanmasi sa-noat va q.x.ning turli tarmoqlarida muttasil ortib bordi. Çunonçi, 1994 y.da tovar aylanmasi 13 mln. 165 ming, 1995 y.da 18 mln. 790,5 ming, 1996 y.da 26 mln. 123,4 ming, 1997 y.da 54 mln. 183,6 ming, 2000 y.da 133,1 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi. ÖzR dan L.ga paxta tolasi, organik kimyoviy birik-malar, şoyi, meva va sabzavotni kay-ta işlaş mahsulotlari, gazlama va kalava ip yuborilsa, u yerdan qand-şakar va qandolat, qora metalldan yasalgan buyumlar, transport vositalari, buğ qozonlari, mexanik uskunalar, qoğoz va karton, trikotaj kiyimlar, elektr asbob-uskunalari, noorganik kimyo mahsulotlari, kauçuk va rezina buyumlar, kofe, çoy, un, mebel va b. mollar olinadi. Bundan taşqari, Özbekiston tovarlarini Ğarbiy Yevropa mamlakatlariga yuboriş uçun L. portlaridan foydalaniladi.
Mamlakatlarning ayrim taşkilotlari örtasida özaro manfaatli aloqalar örnatilgan. Jumladan, dori-dar-mon yetkazib beriş, sayyoxlarni kutib oliş va ularga xizmat körsatiş haqida kelişuvga erişilgan. «Özbekiston havo yöllari» va «Boltik Eyrlaynz» kompaniyalari hamkorlik haqida bitim imzoladilar. ÖzR Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki L.ning «Kapital bank», «Pareks bank», «Riyetumi bank», «Lateko bank», «Bank Lend», «Saules bank», Riga tijorat banki b-n vakillik munosabatlari örnatgan. «Özbekmebel» aksiyadorlik jamiyati, ÖzR Taşqi iqtisodiy aloqalar agentligining taşqi savdo birlaşmalari, «Özmarkazimpeks» birlaşmasi L.dagi turdoş taşkilotlar b-n amaliy hamkorlik va savdo-sotiq qiliş haqida kelişib olgan. «Öztaşqitrans» birlaşmasi 1992 y. dan boşlab Riga, Venspils, Liyepaya portlari va t. y. orqali 800 ming tonnadan köproq turli yuklar: paxta tolasi, burdoy, kand-şakar, kartoşka, yoğ, mis, rux kabilarni taşidi.
Özbekistonda latviyalik investorlar iştirokidagi 10 ta va L. kapitali 100% bölgan 1 ta korxona röyxatga olingan. Ularning asosiy faoliyat so-hasi elektron, radio aloqa vositalari, umumiy maşinasozlik buyumlari, kiyim-keçak, mebel, şoyi i. ç., dorixonalar xizmati, marketing tadqi-qotlari ötkaziş, özaro sarmoya sarflanişini rağbatlantiriş va himoya qilişdan iborat. ÖzR Taşqi iqtisodiy aloqalar agentligida Latviyaning 3 firmasi vakolatxonalari rasmiylaştirilgan.