Tabiati. Ş. Yevropaning Atlantika böyi qismida, mö'tadil mintaqa şim. da joylaşgan. Şim. va ğarbiy qismi toğli (Skandinaviya toğlari, eng baland joyi 2123 m, Kebnekayse toği). Ş. şim. da Norland yassitoğligi (bal. 200—800 m), jan.da Smoland qiri bor. Qolgan qismi pasttekislik va köllardan iborat. Foydali qazilmalardan temir, mis, qörğoşin, rux, uran rudalari, oltin, kumuş, marganets, volfram konlari hamda mineral buloqlar bor. Iqlimi mö'tadil, Golfstrim iliq oqimining ta'siri katta. Şim.da iqlim sovuq. Yanv.ning örtaça t-rasi jan.da 0—5°, şim.da —6° dan —14° gaça, iyulniki xuddi şu joylarda 15—17° va 10—11°. Yillik yoğin toğlarda 1500—2000 mm, tekisliklarda 700—800 mm. Daryolari qisqa va serostona. Ş. hududining 9% qöllar bilan band. Yirik köllari: Venern, Vettern, Yelmaren, Melaren. Hududining 57% örmon, asosan, igna bargli daraxtlar, aralaş örmonlar, şim. da tundra ösimligi ösadi. Tuproqlari podzol, çimli podzol, qönğir örmon, toğ podzol, toğ tundra va botqoq tuproqlar. Ş.da örmon hayvonlari va suv parrandalari köproq uçraydi. Abisku, Muddus, SarskŞyoffallet milliy boğlari va körixonalar bor.
Aholisining 91% şvedlar. Şuningdek, saamlar, finlar, norveglar, danlar ham yaşaydi. Rasmiy til — şved tili. Dindorlari — xristianlar (asosan, lyuterçilar). Şahar aholisi 83,1%. Yirik şaharlari: Stokgolm, Gyoteborg, Malmyo.
Tarixi. Mil. av. 8—9ming yillikdan boşlab Ş. hududida odam yaşab keladi. Mil.ning 1-asr örtalarida german qabilalari (sve, gyot va boşqalar) kelib joylaşgan: ular hoz. şvedlarning etnik asosini taşkil qilgan. 6—7-asrlarda şved qabilalarining birlaşiş jarayoni boşlandi. 8 —11-asrlarda şvedlar vikinglar yurişlarida qatnaşdilar. 11- asr boşlarida xristianlik tarqaldi. 11-asrda birlaşgan şved qirolligi taşkil topdi. 12— 14-asrlarda Ş. Finlyandiyani bosib oldi (1809 yilgaça Ş. tarkibida bölgan). 1397 yilda Ş.ning Daniya va Norvegiya bilan birlaşişi natijasida Ş. Daniyaga tobe bölib qoldi. 15-asr — 16-asr boşlarida Daniya hukmronligiga qarşi milliy ozodlik harakati avj oldi. 1521—23 yillarda dvoryan Gustav Erikson rahbarligida kötarilgan ğalayon Daniya hukmronligiga barham berdi. G. Erikson 1523 yil Gustav I nomi bilan Ş. qiroli etib saylandi va Vaza sulolasiga asos soldi. 16-asrning 30-y.larida reformatsiya harakati avj oldi va lyuterçilik joriy etildi. 16—19-asrlarda Ş., ayniqsa, Gustav II Adolf davrida Boltiq dengizida öz hukmronligini örnatiş uçun uruş olib bordi (1558—83 yillardagi Livon uruşi, 1618—48 yillardagi Öttiz yillik uruş, 17-asr boşida Rus davlatiga qarşi uruş, 17-asr 2-yarmida Polşa, Daniya, Rossiya bilan bölgan uruşlar). 1700—21y.lardagi Rossiya bilan bölgan Şimoliy uruşt Karl XII boşçiligidagi şved armiyasi tormor keltirildi; Ş. öz hududining bir qismidan mahrum böldi. 19-asr boşlarida Ş. antifransuz koalitsiyasi tarkibida Napoleon I ga qarşi uruşlarda iştirok etdi. 1809 yil Ş.da demokratik islohotlar ötkazildi, konstitutsiya qabul qilindi (ayrim özgarişlar bilan 1975 yilgaça amalda böldi). 1814 yil Daniya bilan tuzilgan Kil şartnomasiga muvofiq, Norvegiya Ş. tarkibiga ötdi (1905 yil Ş.dan ajralib çiqdi). 1-jahon uruşi (1914—18) davrida betaraf Ş. amalda Germaniyaga yon bosdi. 2-jahon uruşi (1939—45) davrida qat'iy betaraflik e'lon qildi. 2-jahon uruşidan keyin taşqi siyosatda harbiysiyosiy bloklarda iştirok etmaslik yölini tutdi. 193276, 198291 yillarda va 1994 yildan hokimiyatni Sotsial-demokratik işçi partiyasi egallab kelmoqda. Ş. 1946 yildan BMT a'zosi. ÖzR suverenitetini 1992 yil 16 yanv.da tan olgan va 1992 yil 8 apr.da diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayramlari: 30 apr. — Qirol tuğilgan kun (1946), 6 iyun — Şvetsiya bayroği kuni (1523, 1809).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyuşma birlaşmalari. Söl partiya, 1917 yil tuzilgan; Xalq partiyasiliberallar, 1895 yil taşkil etilgan; Atrofmuhitni muhofaza qiliş partiyasi («Kökatparvarlar») yoki «Milyepartiyet», 1981 yil asos solingan; Markaz partiyasi, 1910 yil tuzilgan; Ş. sotsialdemokratik işçi partiyasi, 1889 yil taşkil etilgan; Mö'tadil koalitsion partiya, 1904 yil asos solingan; Xristiandemokratik partiya, 1964 yil tuzilgan. Ş. kasaba uyuşmalari markaziy birlaşmasi, 1898 yil tuzilgan, 20 tarmoq kasaba uyuşmalarini birlaştiradi.
Xöjaligi. Ş. intensiv q.x.ga ega yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşi 30,5%, qişloq va örmon xöjaliginiki 2,2%, xizmat körsatiş tarmoğiniki 67,3% ni taşkil etadi.
Sanoatida qora va rangli metallurgiya, maşinasozlik (kemasozlik, avtomobilsozlik, aviasozlik, elektrotexnika va radioelektronika), yoğoçsozlik va sellyuloza qozoz sanoati yetakçi tarmoqlardir. Kimyo, töqimaçilik, oziqovqat (sut va göşt işlab çiqariş) rivojlangan. Temir rudasi va rangli metallar qazib olinadi. Energetikasi gidroenergiya resurslari va çetdan keltiriladigan yonilğiga asoslangan. Yiliga örtaça 142,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi, uning 1/2 qismi GES larga, 1/2 qismi AESlarga töğri keladi. Asosiy sanoat markazlari: Stokgolm, Gyoteborg, Malmyo, Vesteros, Linçyoping.
Qişloq xöjaligi sermahsul bölib, oziqovqat mahsulotlariga bölgan ehtiyojning 80% ni ta'minlaydi. Çorvaçilik yetakçi tarmoq hisoblanadi va u göştsut yetiştirişga ixtisoslaşgan; qoramol, çöçqa, şim. buğusi boqiladi. Dehqonçilikda yemxaşak ekinlari, ğalla (arpa, suli, buğdoy), qand lavlagi, kartoşka ekiladi. Boltiq va Şim. dengizlardan baliq ovlanadi. Örmonda yoğoç tayyorlanadi.
Transportida t.y. uzunligi 10,9 ming km, avtomobil yöllari uz. 136,2 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji 2,74 mln. reg. brutto t. Yirik portlari: Gyoteborg. Stokgolm, Luleo, Malmyo. Daniya,
Finlyandiya, Germaniya bilan temir yöl, paromlar orqali boğlangan. Ş. çetga qoğoz, karton, sellyuloza, yoğoç, maşina va jihozlar, temir rudasi, kimyoviy mahsulotlar çiqaradi; çetdan sanoat mahsulotlari, xom aşyo, oziqovqat mollari oladi. Taşqi savdoda Germaniya, Buyuk Britaniya, AQŞ, Norvegiya bilan hamkorlik qiladi. Xorijiy sayyohlik rivojlangan (yiliga 6 mln. kişi kelib ketadi). Pul birligi — şved kronasi.
Tibbiy xizmati. Vraçlar 6 untning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi. Ş.da aholiga tibbiy xizmat körsatiş bepul. Stryomstad balçiqli, Rannebyu balneolbgikbalçiqli, Marstrand dengiz böyi iqlimiy va boşqalar kurortlar bor.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. Mamlakatda 7 yoşdan 9 yillik majburiy ta'lim joriy etilgan bölib, u 3 bosqiç (3+3+3) dan iborat. 9 yillik maktabni tugatganlar öqişni gimnaziyada davom ettiradi. Ş.da ZOdan ortiq oliy öquv yurti bor. Yiriklari: Upsala universiteti, Stokgolm universiteti, Gyoteborg unti (1891), Stokgolmdagi Qirollik oliy texnika maktabi (1827), Gyoteborgdagi Politexnika unti (1829). Ş.dagi maşhur ilmiy muassasalar: Şvetsiya qirollik fanlar akademiyasi, Muhandislik akademiyasi (1919), Upsaladagi qirollik gumanitar fanlar jamiyati (1889), Upsaladagi qirollik tabiiy fanlar jamiyati (1710), Gyoteborgdagi qirollik san'at va fan jamiyati (1778), Stokgolmdagi tibbiyotjarrohlik inti, Stokgolmdagi Ş. akademiyasi (1786). Yirik kutubxonalari: Stokgolmdagi qirollik kutubxonasi, Upsala, Gyoteborg untlarining kutubxonalari, Stokgolm va Gyoteborg şahri kutubxonalari. Muzeylari: Milliy muzey, hoz. zamon san'at muzeyi, ent. muzeyi, Stokgolm şahri muzeyi, Tarix muzeyi, Şim. muzey, Milliy dengiz muzeyi, Kronan qal'asidagi harbiy muzey, arxeologiya muzeyi va boşqalar
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. Ş.da bir qança gaz. va jur. naşr etiladi. Yiriklari: «Arbetet» («Mehnat», kundalik gaz., 1887 yildan), «Aftonbladet» («Keçki gazeta», kundalik keçki gaz., 1830 yildan), «Vi» («Biz», haftalik ijtimoiysiyosiy bezakli jur., 1913 yildan), «Gyotebergsposten» («Gyoteborg poçtasi», kundalik gaz., 1858 yildan), «Dagens nyuxeter» («Kun yangiliklari», kundalik gaz., 1864 yildan), «Kvellsposten» («Keçki poçta», kundalik keçki gaz., 1948 yildan), «Metallarbetaren» («Metallurg», haftalik jur., 1888 yildan), «Svenska dagbladet» («Şvetsiya haftalik gazetasi», kundalik gaz., 1884 yildan), «Syudsvenska dagbladet snellposten» («Janubiy Şvetsiya haftalik gazetasi», kundalik gaz., 1848 yildan), «Ekspressen» («Ekspress», kundalik keçki gaz., 1944 yildan). Ş. telegraf byurosi 1921 yil tuzilgan; Ş.dagi gaz.larning aksiyadorlik jamiyati. Ş. radiosi hamda Ş. televideniyesi aksiyadorlik jamiyatlari sifatida 1993 yil taşkil etilgan. Ş.da radioeşittirişlar 1924 yildan, telekörsatuvlar 1956 yildan olib boriladi.
Adabiyoti. Şved badiiy adabiyotining dastlabki yodgorliklari 9-asrga oid bölib, u şe'r yoki ritmik nasr şaklidagi runik yozuvlardsr. Örta asrlarda adabiy an'analar xalq oğzaki ijodida öz aksini topdi. Xristianlikning tarqalişi davrida lotin tilida diniy adabiyot yaratildi. 14—15-asrlarda ballada, qöşiq, tarixiy xronikalar, 17-asrdan dramaturgiya rivoj topa boşladi. Bu janrlarda tarixçi va dramaturg Yu.Messenius asarlar yaratdi. Birinçi yirik lirik şoir L.Vivalius böldi. Uyğoniş davri ğoyalari ensiklopedist olim va şoir G.Şernyelm ijodida, Yu.Runius şe'riyatida öz aksini topdi. G. Dalperna şe'riyatda barokko uslubining asosçisidir. 18- asr adabiyoti ma'rifatçilik ğoyalari ta'sirida rivojlandi; uning yorqin vakili şoir, publitsist va tarixçi U.Dalindir. 19-asr boşlarida romantizm adabiyotdagi yetakçi oqimga aylandi. Bu oqimning taniqli vakili şoir, tarixçi va faylasuf E.G.Geyer böldi. E.Tegner öz ijodida ma'rifatçi va romantiklar tajribasidan foydalanib, «Fritof haqida doston»ni yaratdi; bu asar keyinçalik milliyeposga aylandi. 19-asrning 30-y. larida K.Yu.L.Almkvistning realistik qissalari yuzaga keldi. 70-y.larda Yu.A.Strindberg tanqidiy realizm asoslarini yaratdi. 20-asr boşlarida tanqidiy realizm Ya. Syoderberg, Ya.Bergman, P.S.Siverts ijodida yorqin namoyon böldi. D.Anderson, M.Kox. Yu. Çelgren, I.LuYuxanson, M. Martinson proletar adabiyoti vakili sifatida maydonga çiqdilar. P.F. Lagerkvist öz asarlarida murakkab axloqiy va falsafiy muammolarga töxtalib ötdi. Şe'riyatla A.Esterling, N.Ferlin realistik yönalişda ijod qildilar. 30-y.lar va 2-jahon uruşi yillari Ş.da antifaşistik adabiyot şakllandi (E. Yunson, V. Muberg, M.Martinson asarlari). 50—70-y.larda realistik nasr an'analarini P.A.Fogelstryom, S.Lidman, P.Rodstryom, L.Gustafson va boşqalar davom ettirdi. Hujjatli nasr rivojlandi (A.Lundkvist, S.Lidman, Ye.Palma va boşqalarning ayrim asarlari). A.Lindgrenning bolalar uçun kitoblari jahonda şuhrat qozongan. Adiblardan B. Setterland, L. Forşel, B. Xokanson, Yo.Sunnevi, S. Okesson, Yo. Palma maşhur.
Me'morligi. 11 —12-asrlarda roman uslubida çerkovlar, 13—15-asrlarda gotika uslubida ibodatxonalar qurildi. 16-asrda Uyğoniş davri me'morligi uslubida qasrlar bunyod etildi. 17-asrda barokko va klassitsizm uslubida şahar saroylari, şahardan taşqarida boğli qarorgohlar qurildi (Ritsarlar uyi, 1641—71, me'morlar S. de la Valle, J. de la Valle va boşqalar; birja, 1767—76, me'morlar K.Yu.Krunstedt va boşqalar; ikkalasi ham Stokgolmda). 19-asr me'morligidagi klassitsizm eklektikaga örin böşatdi. 20-asr boşlarida milliy romantizm belgilari paydo böldi (me'morlar F. Buberg, K.Bergsten). Neoklassitsizm (Stokgolmdagi şahar kutubxonasi, 1924—27, me'mor Ye.G.Asplund), neoromantizm (Stokgolmdagi ratuşa, 1911—23, me'mor R.Estberg) yönalişlari, funksionalizm va organik me'morlik ğoyalari uyğunlaşgan zamonaviy me'morlik maktabi (Stokgolmdagi Vellingbyu turar joylari, 1951—55, me'morlar S.Markelius va boşqalar; Eksilstundagi Freslund turar joy majmui va savdo markazi, 20-asr örtalari, me'morlar Ya.Geyer, S.Yungkvist) şakllandi. Keyingi yillarda yaratilgan yirik inşootlar: «VennerGren» ilmiy markazi binosi (1959—61, me'morlar S.Lindstryom, A.Byuden), teleminora (1964—67, me'morlar X. Borgstryom, B.Lindros; ikkalasi ham Stokgolmda), Gyoteborg şahridagi savdo markazi (1967, me'morlar X.Klemming, E.Telaus), Stokgolmdagi madaniyat uyi (1974, me'mor P. Gelsing).
Tasviriy san'ati. Boxuslendda jez davrida işlangan qoyatoş rasmlari saqlangan (ov, jang lavhalari). Temir davrida (mil. av. 6-asr — mil. boşlari) toş stelalar tayyorlangan, metall va yoğoçga öyib naqş, tasvirlar işlangan. Örta asrlarda bezak rassomligi, haykaltaroşlik, miniatyura rivoj topdi. 18-asrda haykaltaroşlik (Yu.T. Sergel), rassomlik (N.Lafrensen, P.Xillestryom), portret san'ati (A.Roslin, K.G.Pilo, G.Lundberg) yuksak darajaga kötarildi. 19-asr ning 1-yarmida tasviriy san'atda romantizm tarqaldi. 19-asrning 2-yarmi — 20- asr boşlarida A.Sorn, E.Yusefson portret va maişiy kartinalarda realizmni rivojlantirdilar. 20-asr haykaltaroşligida K.Milles, B.Yurt, B.Marklundning monumentalbezak asarlari, rassomlikda S.Derkert, E.Yulli, A.Amelin asarlari ajralib turadi. Rassomlar I.Gryunevald, V.Nilson, S.Xalstryom kartinalari maişiy mavzuga bağişlangan. F. fan Şans, K.Du, L. Lindebergning grafik asarlarida san'atkorlarning yuksak mahorati yaqqol közga taşlanadi. 20-asr Ş tasviriy san'atida syurrealizmdan popart va giperrealizmgaça bölgan turli modernistik oqimlar keng tarqaldi. Xalq san'ati an'analarga boy. Kulollik, metall va çarmga badiiy işlov beriş, suyak va yoğoç öymakorligi rivojlangan.
Musiqasi. Skandinaviya musiqa madaniyati oqimida rivojlandi. Xalq çolğulari — lur (çöpon burğusi), qönğiroqça, keyinçalik skripka, klarnet, fleyta, arfa, akkordeon. 11-asrdan professional çerkov musiqasi rivojlandi. Dunyoviy musiqa madaniyatini tarqatuvçilar — skaldlar (13-asrgaça) va sayoq musiqaçilar (16-asrgaça) bölgan. 14—15-asrlarda ballada qöşiqlar paydo böldi. 16-asrda protestant xorali tarqaldi. 1526 yil Stokgolmda saroy kapellasi tuzildi [dastlab Dyuben oilasi boşçiligidagi nemis musiqaçilari, 18-asrdan Yu.X.Rumen (birinçi professional kompozitorlardan biri) va F.Uttini (birinçi şved operasi muallifi, 1773, opera truppasi asosçisi, 1773, uning negizida qirollik operasi tuzilgan)]. 1771 yil Stokgolmda qirollik musiqa akademiyasi taşkil etilgan (19-asr oxiridan konservatoriya, 1940 yildan Oliy musiqa maktabi, 1971 yildan Davlat oliy musiqa maktabi). 18- asr oxiri — 19-asr kompozitorlari örtasida Yu. G.Nauman, F.A.Bervald, K.Stenborg maşhur bölgan. 19-asr boşlari romantizm ta'sirida milliy musiqa folkloriga qiziqiş ortdi. 19-asr 2-yarmida kompozitorlar xalq kuylaridan foydalandilar. Şved vokal maktabi jahonda şuhrat qozondi (Ye.Lind, K.Nilson, E.Gulbranson va boşqalar). 20-asr 1-yarmida milliy kompozitorlik maktabi asosçisi V.PetersonBerger ijod qildi (musiqali dramalar, 5 simfoniya, çolğu asboblari asarlari muallifi). 20-asrning örtalarida kompozitorlardan K.M.Atterberg, yil Nyustryom (çolğu asarlari), X.Rusenberg va boşqalar samarali ijod qildilar. 1950—70-y.lar kompozitorlari ijodiga avangardizm oqimi ta'sir qörsatdi. Ijroçilar örtasida dirijyorlar S.Erling, S.Vesterberg, X.Blumstedt; xonandalar N.Gedda, R.Syoderlyof, B.Nilson, L.Anderson; balet artistlari I.Brosse, M.Lang maşhur. Ş.da 10 simfonik orkestr, xorlar, Stokgolm, Gyoteborg, Malmyoda opera teatrlari işlaydi.
Teatri. Şved professional teatri tarixi un-t va maktablarda drama teatr truppalari paydo bölganvaqt (1ba.)dan boşlanadi. 1682 yil dramaturg Urban Yernening Upsala unti qoşida tuzgan teatr truppasi Ş.ning birinçi professional teatri hisoblanadi. 1779 yildan Gyoteborgda doimiy teatr, 1788 yildan Stokgolmda Kirollik drama teatri işlay boşladi. 19-asrning yetakçi aktyorlari: L.Yurtsberg, E.Xyogkvist, N.Almlyof, G. Dalkvist. 19-asr oxiri — 20-asr boşlarida Yu.A.Strindber ijodi tufayli Ş. teatri Yevropada şuhrat qozondi. Uning pyesalarini rej. va aktyor Yu.Lindberg va rej. G.Mulander sahnalaştirdilar. 1907 yil Strindberg taşabbusi bilan Stokgolmda Intim teatri oçildi. 20-asrning 20—30-y.larida rej. P.Lindbergning faoliyati muhim örin egalladi; u turli davrlarda Gyoteborgdagi «Lorensberg teatr», Stokgolmdagi «Teatr Ekman» va «Vasateatr»ga rahbarlik qildi. P. Lindberg ijodi Ş.da hoz. zamon rej. larining şakllanişiga ta'sir körsatdi (A.Şyoberg, I.Bergman, S.Malkvist va boşqalar). Ş.ning yirik teatrlari: Qirollik drama teatri, Gyoteborg, Xelsingborg, Malmyodagi teatrlar. 20-asrning 60—80-y. laridagi yetakçi aktyorlar: T.Xammaren, I.Xedkvist, L. Xanson, E.Dalbek, G.Volgren, Ya. Kulle, S.Miliander, M. Ekstryom K. Xanning, U. Palme.
Kinosi. 1897 yilda şved N.Paterson bir neça hujjatli va badiiy filmni suratga oldi. Ş.da muntazam ravişda kino işlab çiqariş 1907 yildan boşlandi. 1910—20-y.larda bir qança filmlar yaratildi («Tirye Vigen», 1916; «Toğlik Eyven va uning rafiqasi», 1917; «Ingmar öğillari», 1918; hammasining rej. V.Şyostrem). 20—30- y.larda kinoning badiiy va ğoyaviy saviyasi pasaydi, ekranlarga örtamiyona komediya va melodramalar çiqarildi. 40-y.larda faşizmni qoralovçi filmlar qöyildi («Öt alanga oladi», 1943, rej. G.Mulander; «Janobi oliylari», 1944, rej. X.Ekman). 2-jahon uruşidan keyingi yillarda rej.lar ijodida yolğizlik, ma'naviy tuşqunlik yetakçi mavzuga aylandi. Bu I.Bergman ijodida öz ifodasini topdi («Masxarabozlar oqşomi», 1953; «Közgudagidek», «Daxldor» va «Sukut» trilogiyasi, 1961—63; «Kuzgi sonata», 1980; «Fanni va Aleksandr», 1982). A.Şyobergning filmlari esa inson içki dunyosi taxliliga bağişlangan («Oddiygina ona», 1949; «Fryoken Yuliya», 1951; «Sönggisi öyindan çiqadi», 1956). 60—70-y.larda rej.lar ijtimoiysiyosiy muammolar kötarilgan filmlarni yaratdilar («Odalen31», 1969; «Jo Xill», 1971; ikkalasining rej. B.Viderberg; «Mana sening hayoting», 1967; «Muhojirlar», 1970; «Yangi yer», 1972; hammasining rej. Ya.Troell). Şu bilan birga 60—80-y. larda ayrim rej.lar öz ijodlarida oçiq naturalizm, qöpol erotikadan ham foydalandilar (V. Şyoman, T.Vikman, B.Torn). Ş. kinosida hujjatli filmlar işlab çiqariş alohida örin tutadi (E.Leyslerning «Qonli davr» filmi, 1960; 70-y.larning boşlaridagi iş taşlaşlar töğrisida kinoreportajlar turkumi). Ş. kinosining yetakçi aktyorlari: B.Anderson, X.Anderson, I.Tulin, L. Ulman, G.Byornstrand, M.Syudov va boşqalar 1963 yildan Stokgolmda Şved kino inti, 1965 yildan uning huzurida kino maktabi işlaydi.
Özbekiston — Ş. munosabatlari. 2001 yil 29 mayda ÖzR hukumati bilan Ş. Qirolligi örtasida sarmoyalarni rağbatlantiriş va özaro himoya qiliş töğrisida bitim, 2002 yil 12 sentyabrda ÖzR Oliy Majlisining Inson huquqlari vakili (Ombudsman) bilan Şvetsiya parlamenti Ombudsmani örtasida hamkorlik töğrisida bitim imzolandi. Ikki mamlakat örtasida tovar aylanmasi 2003 yilda 17,9 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi. 1999 yil 10—13 apr.da Ş.da Özbekistonning iqtisodiy imkoniyatlari taqdimoti bölib ötdi.