Tabiati. N. — toğli ölka. Hududining qariyb 2/3 qismi dengiz sathidan 500 m dan baland; dengiz sohilidagina pasttekislik bor. Ğarbiy qir-ğoğida tik yon bağirli tor qöltiq (ford) köp. Yirik orollari — Lo-foten, Vesterolen, Senya, Mageryo va b. Hududining katta qismini Skandinaviya toğlari işğol qiladi (eng baland joyi Galxyopiggen toği — 2470 m). Foydali qazilmalari: temir, nikel, mis, titan, uran, molibden, kobalt va kumuş rudalari. Şim. dengizning quruklikka yaqin sayoz qismida neft va gaz konlari bor. Iklimi mö'tadil, şim. çekkasida subarktika, sohilida okean iklimi. Yanv. ning örtaça t-rasi şim.da —2—4°, jan. da 2°. Yozi salqin, tez-tez yomğir yoğadi. Yillik yoğin 1000—3000 mm. Muzliklarning umumiy maydoni 3000 km2 ga yaqinni taşkil etadi. Yirik daryolari — Glom-ma, Logen (Gudbransdal), Logen (Nu-medal). Katta gidroenergiya salohiya-tiga ega bölgan bu daryolar qor, yomğir va muzliklardan töyinadi. Eng katta köli — Myosa. Asosiy tuproği — yupqa tundra tuproği, jan.da toğ podzol tup-roği uçraydi. Mamlakat hududining 27% örmon. Yovvoyi hayvonlardan tulki, silovsin, rosomaxa, suvsar, los, buğu, quyon, tiyin, lemming va b. bor. Dengiz sohilida gala-gala quşlar, dengizlarda turli baliq va tyulen köp.
Aholisining 97% norveglar. Saamlar, kvenlar, şvedlar, danlar, ne-mislar va b. ham yaşaydi. Rasmiy til — norveg tili. Rasmiy din — lyuteranlik. Şahar aholisi 50%. Yirik şaharlari — Oslo, Bergen, Tronxeym va b.
Tarixi. N. hududida odam muzlik davridan keyingi asrlardan beri yaşaydi. Mil. av. 1-ming yillik örtalarida saam va german qabilalari yaşagan. Norveglarning hayoti azaldan dengiz b-n boğliq: mamlakatning nomi ham «norveg» — «şimoliy yöl», «dengiz yöli» ma'nosini bildiradi. 872 y. bi-rinçi norveg qiroli taxtga ötirdi. 8— 11-a.larda mohir dengizçi bölgan norveg vikinglari Islandiyaga, Grenlandiya sohillari va Şim. Atlantikadagi orollarga yetib borib, ularni mustamlakaga aylantirdilar. 11-a.da xristi-anlik joriy etildi, markazlaşgan monarxiya qaror topdi. 14- a. örtalarida tarqalgan vabo mamlakat xöjaligini, ijtimoiy va siyosiy xayotni izdan çiqardi, asta-sekin mustaqillik barbod bölişiga olib bordi. 1319 y. Şvetsiya, 1380 y. Daniya b-n ittifoq tuzdi. 1397 y. Kalmar ittifoqiga köra, N. Dani-yaga tobe bölib qoldi, 1537 y. Daniyaning viloyatiga aylandi.
1805—14 y.lardagi Angliyadaniya uruşi va hosilsizlik N.ni halokat yoqasiga keltirib qöydi, ön minglab kişi oçlikdan öldi. 1814 y. Kil sulh şartnomasiga köra, N. şvedlar mulki bölib qoldi. Bundan norozi bölgan norveg xalqi mustaqillik uçun kuraş boşladi. Öşa yil 17 mayda birinçi parlament (ta'sis majlisi) çaqiri-lib, konstitutsiya qabul qilindi va qirol saylandi. Şvetsiya-N. ittifoqi 1905 y.gaça amal qildi, N. içki mustakillikdan foydalandi. 1905 y. 7 iyunda storting Şvetsiya-N. ittifoqini bekor qildi.
l-jahon uruşida N. betaraflik e'lon qildi. 2-jahon uruşi boşlanişi b-noq N. betaraf ekanini bildirgan bölsa ham, 1940 y.da gitlerçilar Germaniyasi unga bostirib kirdi, N. hukumati Londonga köçdi. 1942 y. faşistlar N.da V. Kvisling boşçiligida sotqin hukumat tuzdi. Mamlakatda Qarşilik körsatiş harakati avj oldi. 1945 y. 8 mayda N. ozodlikka erişdi. Uruşdan keyingi yillarda mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklaş va rivojlantirişga kirişildi. 1945 y.dan BMT a'zosi. ÖzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 10 iyunda örnatgan. Milliy bayrami — 17 may — Konstitutsiya kuni (1814).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari. N. işçi partiyasi, 1887 y. asos solingan; Markaz partiyasi, 1920 y. taşkil etilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1973 y. tuzilgan; Venstre, liberal partiya, 1884 y. asos solingan; Sotsialistik söl partiya, 1975 y. taşkil etilgan; Xristian xalq, partiyasi, 1933 y. tuzilgan.
Xeyre, konservativ partiya, 1884 y. asos solingan. N. kasaba uyuşmalari marka-ziy birlaşmasi, 1899 y. taşkil etilgan. Xalqaro erkin kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi va Yevropa kasaba uyuşmalari konfederatsiyasiga kiradi.
Xujaligi. N. — rivojlangan indöst-rial-agrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşi 28,6%, q.x. uluşi 2,9%. Dengiz kema qatnovi, baliq ovlaş, taşki savdoning roli katta.
Sanoat ning yetakçi tarmoqlari: elektr metallurgiya, elektr kimyo, sellyuloza-qoğoz, baliq sanoati, asosan taşki bozor uçun işlaydi. Içki bozorga xizmat qiladigan tarmoqlar orasida oziq-ovqat va yengil sanoat b-n birga maşinasozlik va metallsozlik durust taraqqiy etgan. Konçilikda temir va titan rudasi, kumir, neft va gaz qazib oliş katta urin tutadi. Elektr energiyaning 99% GESlarda hosil qilinadi (yiliga örtaça 122 mlrd. kVt-soat). Qora va rangli metallurgiya, kemasozlik, elektrotexnika, radiotexnika va yoğoçsozlik sanoati köproq rivojlangan. Axrli jon boşiga elektr energiyasi, sellyuloza-qoğoz mahsulotlari, ferroqotişma, alyuminiy i.ç. va kemasozlikda N. dunyoda ol-dingi örinlarda turadi.
Qişloq xöjaligi. Mamlakatning tabiiy şaroiti q.x. uçun juda noqulay. Toğ-toş köpligidan N. hudu-dining 3% ga yaqini haydaladi. Q.X., asosan, göşt-sut çorvaçiligiga ixti-soslaşgan. Dehqonçiligida yem-xaşak ekinlari, bir oz miqdorda ğalla (suli va arpa), kartoşka ekiladi. Çorvaçilikda yilqi, qoramol, qöy, çöçqa, parranda boqiladi. K-x. mamlakatning oziq-ovqatga bölgan ehtiyojini qondi-ra olmaydi. Möyna hayvonotçiligi, baliqçilik rivojlangan, örmonlarda köp miqdorda yoğoç tayyorlanadi.
Içki yuklar va taşqi savdo mahsulotlarining aksariyati dengiz kemalarida taşiladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 38,3 mln. tonna dedveyt. Yirik portlari: Oslo, Bergen, Stavanger. T.y. uzunligi — 4 ming km, avtomobil yöllari 89,7 ming km. Asosiy aeroportlari — Fornebu (Oslo), Sulla (Stavanger) va Budyo. Çetga neft va tabiiy gaz, kemasozlik, sellyuloza-qoğoz va kimyo sanoati mahsulotlari, qora va rangli metallar, baliq mah-sulotlari çiqaradi. Çetdan maşina, mineral xom aşyo, avtomobillar oladi. Taşqi savdodagi asosiy hamkorlari: Buyuk Britaniya, Şvetsiya, GFR, Niderlandiya. Pul birligi — krona.
Tibbiy xizmati. N.da soğliqni saqlaş yuqori darajada taşkil etilgan. Tibbiy xizmat qiymatining 80% ijtimoiy suğurta hisobidan qoplanadi. Vraçlar un-tlarning tibbiyot f-tlarida tayyorlanadi. Sankt-Olafs-Kille, Sanneford, Larvik, Xanke balneo-logik kurortlari, ğarbiy sohilida Bergen dengiz böyi iklimiy şifoxonasi bor.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. Dastlabki maktablar 12-a. boşlarida oçilgan. 1848 y. 7 yoşdan 13—14 yoşgaça bölgan bolalar uçun majburiy ta'lim joriy etildi, 1968 y. 16 yoşgaça yetkazildi. Hoz. ta'lim tizimi maktabgaça tarbiya muassasalari, 6 y.lik kiçik va 3 y.lik yuqori majburiy maktablar, örta umumiy ta'lim maktabi — gimnaziyalar, hunar-texnikala örta maxsus öquv yurtlarini öz içiga oladi. Oslo, Bergen, Tronxeym, Tromsyodagi un-tlar, 10 ta in-t oliy ta'lim beradi.
Mamlakatdagi i.t.larni Fan va texnika davlat qömitasi hamda i.t.lar maslahat kengaşi muvofiklaştiradi. N. fan va adabiyot akademiyasi (1857), 300 dan ortiq ilmiy tadqiqot in-ti, sanoat va savdo firmalarining 300 lab., 40 ga yaqin ilmiy jamiyat va b. bor. Bundan taşqari, Oslo un-tida 90, Tronxeym un-tida 50 i.t. instituta va lab. iş olib boradi. Un-tlar huzurida yirik kutubxonalar va Oslo ş. kutubxonasi, N. xalq muzeyi (1894), un-t milliy osori atiqalar muzeyi, Mil-liy galereya, Amaliy san'at muzeyi, Zool. muzeyi va b. bor. Norveg vikinglarining kemalari, T.Xeyerdalning «Kon-Tiki» soli muzeyda saqlanayotir.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. Eng yirik gaz. va jur. lari: «Adresseavisen» («Manzilli gazeta», kundalik gaz., 1767 y.dan), «Arbeyderbladet» («Işçilar gazetasi», kundalik gaz., 1884 y.dan), «Bergene arbeyderblad» («Bergen işçilar gazetasi», kundalik gaz., 1927 y.dan), «Verdene gang» («Harakatdagi dunyo», kundalik gaz., 1945 y.dan), «Vort land» («Bizning mamlakat», kundalik gaz., 1945 y.dan), «Dagbladet» («Kundalik gazeta», 1969 y.dan), «Morgenbladet» («Tonggi gazeta», kundalik gaz., 1819 y.dan), «Naşunen» («Millat», kundalik gaz., 1896 y.dan), «Norges indöst-ri» («Norvegiya sanoati», 2 haftada çiqadigan jur., 1920 y.dan), «Fremover» («Olğa», kundalik gaz., 1903 y.dan), «Xarstad tidende» («Xarstad gazetasi», kundalik gaz., 1887 y.dan), «Aktuelt perspektiv» («Dolzarb istiqbol», jur., 1963 y.dan), «Fri fagbevegelse» («Er-kin kasaba harakati», 2 haftada çiqa-digan jur., 1906 y.dan) va b. Norvegiya telegraf byurosi (NTB) — norveg gaz.larining aksiyadorlik jamiyati, 1867 y.da tuzilgan. N. davlat radioeşittiriş mahkamasi (1933 y.da asos so-lingan) mamlakatdagi radioeşitiriş va telekörsatuvlarni nazorat qiladi. Adabiyoti. Qad. norveg adabiyoti yodgorliklari deyarli saqlanib qolmagan. Oğzaki xalq afsonalari va qahramonlik qöşiqlari yozma adabiyotning ilk manbalari bölgan. «Tuşdagi şarpa» dostoni va «Qirol közgusi» aytişuvi (dialogi) 13-a.ga oid adabiy namunalardir. 14—15-a.larda ballada paydo böldi. Daniya hukmronligi davrida adabiyot tuşkunlikka uçradi, dan tili köp vaqt N.ning adabiy tili bölib turdi. 18-a. da milliy tuyğu kuçay-işi b-n norveg adabiyoti yuksala bor-di, dramaturgiya va lirika rivoj topdi. Norveg va dan madaniyatlarining atoqli namoyandalari — Skandinaviya teatrining ijodkori — L.Xolberg va şoir K.Tullin şu davrda faoliyat körsatdi. 1772 y. Ko-pengagenda norveg adabiyotini tiklaş maqsadida «Norveg jamiyati» tuzildi. Şu yili Yu.N.Brun birinçi milliy drama va N. madhiyasini yaratdi, K.Fasting, K. Friman milliy vatanpar-varlik ruhidagi şe'rlarini yezdi.
19-a. 1-yarmida tarix va folklorga qiziqiş kuçaydi, P.K.Asbyornsen va Y.E.Mu norveg xalq ertaklarini yi-ğib naşr etdilar, xalq qöşiklari va balladalarini yozib olişga kirişildi. Dramaturgiya va lirika rivojlandi. 50-y. larning 2-yarmida realizm xususi-yatlari paydo böldi (B.M.Byornsonning «Badjaxl Segurd» dramatik trilogiyasi, Ya.K.Kolletning «Amtmann qizlari» romani va b.). 70—90-y.larda tanqidiy realizm ustunlikka erişib, norveg adabiyotini jahon darajasiga kötardi. (G.Ibsen, B.M.Byornson, Yu.Li, A.Xyellann ijodi).
20-a. boşlarida Yu.Boyer, U.Duun, S.Unset kabi yozuvçilar adabiyotga kirib keldilar. S.Xyol, A.Omre, A.Sandemuse, T.Vesos, Yu.Borgen inson ruxiyatini teran aks ettirdilar. 2-jaxrn uruşi yillarida N. yozuvçilari faşizmga qarşi kuraşda qatnaşdilar, 300 ga yaqin yaşirin gaz. çikarib turildi. Uruşdan keyin yaratilgan köpgina asarlar Qarşilik körsatiş harakatiga bağişlandi. 70—90-yillarda ijod qilgan şo-irlar R.Yakobsen, Ya.Bryuxeym, A.Andersen atrof dunyo çigalliklarini tasvirladilar. G.Lyunde, E.Xovardsxolm va b. jamiyat illatlarini tanqid qildilar.
Me'morligi. Örta ayerlarda N.da yogoç me'morligi rivoj topdi, qöş sinçli çerkov («stavkirka»)larning öziga xos toifasi vujudga keldi (Urnes va Borgunnadagi çerkovlar). 12—16-a.lardagi ğiştli imoratlarda roman va gotika me'morligining ta'siri seziladi. Bergendagi 16-a. 2-yarmi va 17-a.ga mansub Rozenkrans minorasida Uyğoniş davri, Ser-Frundagi 18-a.ga oid çerkovda barokko va rokoko, Tronxeymdagi 19-a. ga mansub qirol qarorgohida klassitsizm me'morligi unsurlaridan foydalanildi. 19-a. me'morligida eklektizm (Byugdyo ya.o.dagi Oskarsxoll qasri, me'mor Yu.Nebelong), 20-a. boşlarida funksionalizm (Oslodagi «Skansen» restorani, me'mor L.Bakker) usullari ustunlik qildi. Keyingi ön yilliklarda Oslodagi ratuşa (me'morlar A.Arneberg va M.Poulson), «Viking» mehmonxonasi (me'mor K. Knutsen), Hukumat uyi (me'mor E.Vikşe), Xovikaddendagi muzey (me'morlar I.Eykvar, S.Engeb-retsen) binolari qurilişida öziga xos milliy me'moriy şakllar paydo böldi. Mahalliy xalq me'morligi an'analariga murojaat qilinib, mehmonxona, xususiy villalar, hovlili koşona uylar kurila boşlandi.
Tasviriy san'ati. Neolit va jez davrlarida qoyalarga işlangan rasmlar N. hududidagi eng qad. san'at yodgorliklaridir. 8-a. oxirida örta asr san'ati (yoğoç, fil suyagi öymakorligi va h.k.) tarkib topgan. 13—14-a.larda gotika uslubidagi tasviriy san'at rivojlandi. Haqiqiy norveg san'ati 19-a.da yuzaga keldi. Atoqli rassom Yu.Dal gözal manzaralar çizdi, A.Tidemann, X.Gude, F.Kollett, X.Bakker xalq hayotini tasvirladilar. 20-a. 1-yarmida monumental-bezak san'atining roli kuçaydi. Haykaltaroşlardan R. Lunne, G. Yanson maşhur böldi. 20-a.ning 2-yarmida abstraksionizm va turli modern oqimlari vujudga keldi. Amaliy san'at (metall buyumlar, jimjimador yoğoç anjomlar yasaş, gazlama, tör töqiş, kaştaçilik, kulollik) xalq orasida keng tarqalgan.
Musiqasi qadimda yuzaga kelgan. Öziga xos norveg xalq qöşiqlari (qahramonlik va muhabbat qöşiqlari, qissa-qöşiklar, çöpon va baliqçi qöşiklari), raqslar (xalling, springtar va b.), çolğu kuylari (lyuarslott va b.) keng yoyilgan. Azaliy çolğu asboblari — buk-kexorn (eçki şoxi), prillar (buqa şoxi), selye (nayning bir turi), xar-tingfele (ğijjakning bir turi) va b. 16-a.da sayyor baxşi (zingmeyster)lar, mohir skripkaçilar, organçilar bölgan. 18-a. oxiri — 19-a. boşlarida F.Grot, AFlintenberg, F.Fogel, L.M.Linneman kabi kompozitor, dirijyor va musiqa nazariyotçilari ijod qilgan. 1850— 60 y.larda X.Xyerulf, U.Bull, R.Nurdrok va b. milliy musiqa maktabini yaratdilar. E.Grig ijodi va ijtimoiy fa-oliyati musiqa madaniyati yuksalişiga katta ta'sir qildi. Kompozitor F. U. Valen zamonaviy norveg musiqasiga asos soldi. 20-a. örtalarida X.Severud, K.Eg-ge, E.Tveyt, L.Yensen, A.Yanson, L.Nilsen kabi kompozitorlar ijod qildilar. Osloda Norvegiya operasi (balet truppasi b-n), Oslo va Bergenda konservatoriya, Tronxeymda Oliy musiqa maktabi va b. bor.
Teatri. Milliy teatr faoliyati diniy va maişiy udumlarni sahnalaştirişdan boşlangan. 18-a. örtalarida Kristi-aniya (hoz. Oslo) va Bergenda havaskor teatr truppalari tuzildi. 1780 y. do-imiy teatr oçildi. 1899 y. Kristia-niyada barpo etilgan Milliy teatrda G.Ibsen, B. M. Byornson, U. Şekspir, F.Şiller, B.Şou asarlari qöyildi. 19-a. oxiri — 20-a. boşlarida Kristianiya, Bergen, Tronxeym, Stavangerda yangi teatrlar barpo etildi. X.Krog, N.Grig va b. yozuvçilarning pyesalari sahnalaştirildi. 2-jahon uruşi (1939—45) davrida N. teatrlari inqirozga uçradi. Mamlakat ozod etilgaç, teatrlarda jahon va milliy mumtoz dramaturgiyasining asarlari körsatildi. Osloda aktyor va rej.lar tayyorlaydigan Davlat teatr maktabi (1953) bor.
Kinosi. 1908 y.dan kinofilmlar çikarila boşlandi. 20-y.larda çet el filmlariga taklidiy filmlar yaratilgan bölsa, 30-y.larda ötkir ijtimoiy va tarbiyaviy mavzularga murojaat etildi («Sayoq», «Torres Sner-tevold», rej. T.Ibsen). 40—60-y.larda Qarşilik körsatiş x,arakatiga bağişlangan filmlar — «Yaşaşni xoxlaymiz» (rej. U. Dalgar), «Qoçoqlar» (rej. T. San ne), «Töqqiz hayot» (rej. A.Skouen) N. kinosining katta yutuği böldi. Keyingi yillarda rej.lardan N.Myuller, N. Kristensen, T.Vibe-Myuller va b. riyokorona axloqni foş etuvçi filmlar yaratişdi. N.da huj-jatli, ilmiy ommabop (rej. P.Xest, A.Berg, T.Xeyerdal) va multiplikatsiya (rej. I. Kaprino) kinosi ham rivojlangan.