Tabiati. E. hududi Şarqiy Yevropa tekisligining şim.ğarbiy qismida joylaşgan. E. qirğoq çiziğining uz. 3780 km. Qirğoqlari, ayniqsa, ğarbiy va şim.ğarbi köp parçalangan, qöltiq va qöltiqçalar köp. E. hududida 1500 dan ortiq orol va orolça bor. Yer yuzasining katta qismi pasttekislik (örtaça bal. 50 m). Ğarbiy qismi va Ğarbiy Estoniya arxipelagi orollari hamda şarqiy çekkasi (Çud köli sohili)ning aksariyat qismi pasttekislik (eng yirigi torfli botqoqliklardan iborat Ğarbiy Estoniya pasttekisligidir). E.ning şim. va markaziy qismi bal. 160 m gaça bölgan tölqinsimon tekislik. Virtsyarv qölidan jan.şarqda E. hududining eng baland qismi — Xaanya (bal. 318 m), Otepya qirlari, ulardan ğarbda Sakala qiri bor. Şim. va markaziy qismida morena yotqiziği bor. Asosiy qazilma boyliklari: yonuvçi slanets, fosforit, quriliş materiallari, torf, sapropel, şifobaxş balçiqlar. Iklimi dengiz ikdimidan kontinentallikka ötuvçi oraliq iqlim, şarqi va jan.şarqida kontinentallik ortib boradi. Tallinda fev.ning örtaça t-rasi — 5,5°, iyulniki 16,6°. Iillik yoğin 600—700 mm; eng köp yoğin jan.şarqda yoğadi. E.da suv tarmoqlari ziç; 420 daryo bor. Barça daryolarning umumiy uz. 31,2 ming km. Eng yiriklari: Pyarnu, Emayigi, Narva, Kazari. E. köl va suv omborlari maydoni böyiça Boltiq böyi davlatlari orasida 1 örinda turadi; umumiy mayd. 2130 km2 dan ortiq 1000 dan ziyod köl va suv omborlari bor. Eng yirik köllari: Çud-Pskov, Virt'syarv. Narva suv ombori bor. Tuproqdari, asosan, çimlipodzol, çimli karbonatli, botqoqlaşgan va botqoq tuproqlar. E. aralaş örmonlar zonasida joylaşgan. Hududining 40% örmon; uning 2/3 qismi igna bargli daraxtlar (qarağay, qoraqarağay). Şim.ğarbiy qismi va orollarda keng ötloqlar bor. Hayvonot dunyosi xilmaxil: sut emizuvçilardan los, yelik, qobon, malla quyon, oq quyon, böri, tulki; quşlardan qur, kaklik, karqur, bulduruq, ivolga va boşqalar yaşaydi. Dengiz sohilida uçib ötadigan quşlar (ğoz, ördak, oqquş, gagara) qöp. Dengizning sohilga yaqin suvlari ovlanadigan baliq turlariga boy. E. hududida Viydumyae, Vilsandi, Matsalu, Nigula qöriqxonalari, Laxemaas milliy boği bor.
Aholisi. Asosiy aholisi esşonlar; şuningdek, rus, ukrain, belorus, fin va boşqalar ham yaşaydi. Rasmiy til — eston tili. Dindorlarning aksariyati lyuteranlar va pravoslavlar. Şahar aholisi 71,5%. Yirik şaharlari: Tallin, Tartu, Narva.
Tarixi. Mil.av. 3-ming yillikda E. hududida finugor qabilalari yaşagan. Mil. av. 2-ming yillik örtalarida jezdan, 1-ming yillik örtalarida esa temirdan asboblar işlangan. Şu davrga kelib boltiq böyi fin qabilalari (estlar va livlar)ning uyuşuvi boşlandi. 2-ming yillik boşida savdo markazlari, gavanlar [Tallin, Tartu (Yuryev)] paydo böldi. qadimiy qabilalarning hududiy uyuşmasi va ularning ittifoqi vujudga keldi. Eston elati şakllana boşladi. 1030—61 yillarda E.ning jan.şarqiy qismi Kiyev Rusiga qaram böldi. 13-asrdan boşlab nemislar, keyinçalik daniyaliklar agressiyasi natijasida E.da davlat şakllanişi jarayoni töxtab qoldi. 13-asrning 2-yarmi — 16-asrning örtalarida nemis salibçilari tomonidan bosib olingan E. hududi Livoniyaning bir qismi bölib qoldi. 1558 yil yanv.da Rossiya Livon uruşiii boşladi. Rus qöşinlaridan yengilgan Livon ordeni tarqalib ketdi. 1572—77 yillarda Rossiya E.ning barça qismini (Tallin va orollardan taşqari) bosib oldi, ammo Reç Pospolita va Şvetsiya qöşinlarininğ qarşi hujumi (1580— 81) natijasida Şim. Estoniya (Estlyandiya) Şvetsiyaga, Janubiy Estoniya Reç Pospolitaga ötdi, Saaremaa o. Daniyada qoldi. Şvetsiya bilan Reç Pospolita örtasidagi uruşlar (1600— 11, 1617—29) natijasida 1625 yilga kelib Şvetsiya E.ning barça materik qismini bosib oldi. 1645 yil Saaremaa o. ham Şvetsiyaga ötdi. 1656—58 yillarda Rossiya — Şvetsiya uruşlari oqibatida Şarqiy E. Rossiyaga qöşib olindi, ammo 1661 yil uruşdan avvalgi çegara qayta tiklandi. Şvetsiyaga qaraşli Boltiq böyi Estlyandiya (Şim. Estoniya) va Liflyandiya (Janubiy Estoniya va Şim. Latviya) guberniyalariga bölindi. Şimoliy uruş (1700—21) natijasida E.ning barça qismi Rossiyaga qöşib olindi. Bu 1721 yilgi Niştadt sulh şartnomasi bilan rasman tasdiqlandi. 1917 yil apr.da eston yerlari muxtoriyat maqomidagi alohida provinsiya qilib ajratildi. 1917 yil oktyabr oxirida şöro hokimiyati örnatildi. 1918 yil 24 fev.da E. mustaqilligi e'lon qilindi. 1918 yil 29 noyab.dan 1919 yil 5 iyungaça Estoniya sovet respublikasi (Estlyandiya mehnat kommunasi nomida) mavjud böldi. 1919 yil 19 mayda Ta'sis majlisi Estoniya respublikasi tuzilganligini e'lon qildi; 1934 yil martda davlat töntarişi amalga oşirildi va diktatura örnatildi, parlament tarqatib yuborildi. 1935 yil barça siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi. 1940 yil iyulda E. hududiga sovet qöşinlari kiritiddi. 1940 yil 21 iyulda Estoniya SSR tuzildi. 1940 yil 6 avg.da SSSR tarkibiga qöşib olindi va estonlarning bir qismi deportatsiya qilindi. 1941 yil dek.dan nemisfaşist qöşinlari tomonidan bosib olindi; 1944 yil ozod qilindi. 1988 yil 1—2 dek. da Estoniya xalq fronti tuziddi; u öz oldiga E. mustaqilligini tiklaş vazifasini qöydi. 1990 yil 8 mayda Estoniya SSR Oliy Kengaşi Estoniya Respublikasini e'lon qildi. 1991 yil 20 avg.da E. Oliy Kengaşi E. Respublikasining milliy mustaqilligi töğrisida qaror qabul qildi. E. 1991 yildan BMT a'zosi. 1992 yil 20 fev.da ÖzR suverenitetini tan olgan va 1994 yil 10 oktyabrda diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayrami — 24 fev. — Mustaqillik kuni (1918).
Asosiy siyosiy partiya va birlaşmalari, kasaba uyuşmalari. «Respublika» partiyasi, 2001 yil dek.da tuzilgan; E. birlaşgan xalq partiyasi, 1994 yil taşkil etilgan; Islohotlar partiyasi, 1994 yil asos solingan; Mö'tadillar partiyasi, 1996 yil tuzilgan; Vatan ittifoqi, 1995 yil taşkil etilgan; E. sentristlar partiyasi, 1992 yil asos solingan; E. xalq ittifoqi, 2000 yil tuzilgan. E. kasaba utoşmalari markaziy ittifoqi, 1989 yil dek.da taşkil etilgan.
Xöjaligi. E. — industrialagrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda sanoat 24,3%, q.x. 6,2%, xizmat körsatiş tarmoği 69,5% ni taşkil etadi. Iqtisodiyotda slanets va fosforit qazib oliş muhim örin tutadi.
Sanoati mahalliy tabiiy resurslar, birinçi navbatda foydali qazilmalar hamda örmon va dengiz boyliklari, q.x. xom aşyosidan foydalaniş asosida rivojlanmoqda. Slanets qazib oliş va uni qayta işlaş, maşinasozlik va metallsozlik (elektrotexnika, radiotexnika, priborsozlik va kema ta'mirlaş), kimyo (mineral öğit, oltingugurt kislotasi, yuvuvçi vositalar işlab çiqariş), yoğoçsozlik, mebel, sellyulozaqoğoz, yengil (töqimaçilik va boşqalar) va oziq-ovqat (göşt-sut, baliq, qandolatçilik mahsulotlari işlab çiqariş) sanoatning yetakçi tarmoqlaridir. Quriliş materiallari işlab çiqariladi. Yiliga örtaça 9,2 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi.
Qişloq xöjaligi göşt-sut çorvaçiligi (qoramol, qöy, çöçqa boqiladi) va tuzlangan hamda dudlangan çöçqa göşti yetiştirişga ixtisoslaştirilgan. Dehqonçilikda donli (42,2%; buğdoy, arpa, javdar) va yemxaşak ekinlar, kartoşka, sabzavot ekiladi. Parrandaçilik, möynali darrandaçilik va asalariçilik rivojlangan.
Transportining asosiy turlari t.y. va avtomobil transporti. T.y. uzunligi 1,02 ming km, avtomobil yöllari uz. 15 ming km (hammasi qattiq qoplamali). Asosiy dengiz portlari — Tallin, Novotallinskiy. Emayigi daryosida kema qatnaydi. E. çetga elektrotexnika va radioelektronika sanoati mahsulotlari, sanoat jihozlari, ximikatlar, oziq-ovqat va iste'mol mollari, örmon va yoğoçsozlik sanoati mahsulotlari çiqaradi. Çetdan neft va gaz, maşinasozlik sanoati mahsulotlari, xom aşyo oladi. Taşqi savdoda Rossiya, Şarqiy va Ğarbiy Yevropa davlatlari va boşqalar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — eston kronasi.
Tibbiy xizmati. Vraçlar Tartu un^ tining tibbiyot ftida, örta tibbiyot xodimlari Tallin, Tartu, KoxtlaYarvedagi tibbiyot bilim yurtlarida tayyorlanadi. Pyarnu şahrida iqlim va balçiq, Xaapsulada balçiq, NarvaYiesuu va Kuressaare şahrilarida iqlim kurortlari bor. Bundan taşqari, bir qança sanatoriy va dam oliş uylari mavjud.
Maorifi, ilmiy va madaniyma'rifiy muassasalari. E. hududida dastlabki maktablar 13—14-asrlarda monastirlar qoşida paydo bölgan. E.da majburiy 8 yillik ta'lim joriy etilgan. Mamlakatdagi 600 ga yaqin umumiy ta'lim maktabi, 30 dan ziyod örta maxsus öquv yurtlarida 200 mingdan ortiq öquvçi, 6 oliy öquv yurti (Tartu universiteti, Tallin texnika unti, Tallin ped. instituti, E. teologiya inti, Estoniya q.x. akademiyasi, konservatoriya) da 20 mingdan ziyod talaba ta'lim oladi. I.t. lar Estoniya fanlar akademiyasi in-t va ilmiy muassasalarida olib boriladi. Şuningdek, quriliş, örmon xöjaligi va tabiatni muhofaza qiliş, pedagogika ilmiy tekşiriş institutlari ham mavjud. E.da 700 ga yaqin kutubxona bor. Yiriklari: Tallindagi Davlat kutubxonasi, Tartu un-ti ilmiy kutubxonasi, Tallindagi ilmiytexnika kutubxonasi. 60 ga yaqin muzey mavjud. Yiriklari: Tallindagi Kardiorg saroyi, Pyotr 1 uymuzeyi, Tarixiy muzey, ölkaşunoslik muzeyi, Tartudagi şahar tarixi muzeyi, un-t tarixi muzeyi, adabiyot muzeyi, O.Luts uymuzeyi, Virudagi F.R.Kreysvald uymuzeyi, KoxtlaYarvedagi slanets muzeyi.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. E.da bir qança gaz. va jur. naşr etiladi. Asosiylari: «Kultuur ya elyu» («Madaniyat va hayot», eston tilidagi oylik jur, 1858 yildan), «Maalext» («Mamlakat», eston tilidagi haftanoma, 1987 yildan), «Molodej Estonii» («Estoniya yoşlari», rus tilidagi kundalik gaz., 1950 yildan), «Raxva xyayal» («Xalq ovozi»), eston tilidagi kundalik gaz., 1940 yildan), «Estoniya» (rus tilida haftada 5 marta çiqadigan gaz., 1940 yildan), «Eesti nayni» («Estoniya xotin-qizlari», eston tilidagi oylik jur., 1924 yildan), «Eesti ekspress» («Estoniya ekspressi», eston tilidagi haftanoma, 1989 yildan). ETA, Estoniya telegraf agentligi, 1918 yil taşkil etilgan; Boltiq yangiliklar xizmati, xususiy axborot agentligi, 1990 yil tuzilgan. E. radiosiga 1926 yil, E. televideniyesiga 1955 yil asos solingan.
Adabiyoti. 19-asr örtalarigaça eston xalqining ma'naviy hayoti xalq oğzaki ijodiyoti (xalq qöşiqlari, ertak, maqol, matal va topişmoqlar)da öz ifodasini topdi. Birinçi yozma yodgorliklar 16-asrga oid. 17—18-asrlarda diniy ruhdagi asarlar yuzaga keldi. 18-asr oxiri — 19- asr boşlarida didaktik dunyoviy adabiyot vujudga keldi. Eston milliy adabiyoti 19-asr örtalarida paydo böldi. Ma'rifatparvar yozuvçi F.R.Felman, xalq oğzaki ijodi aossida «Kalevipoeg» dostonini yaratgan F.R.Kreysvald uning asosçilaridir. 1860—80 yillar adabiyotida xalq romantizmi va vatanparvarlik lirikasi ustunlik qildi, dramatik asarlar va romantik tarixiy qissalar yaratildi. 1890-y.larda tanqidiy realizm şakllandi. E.Vildening «Ayoz mamlakatiga» (1896) va «Temir qöllar» (1898) romanlari eston adabiyotida tanqidiy realizm yönalişi va roman janriga asos böldi.
1900-y.lar boşida proletar adabiyoti va siyosiy satira paydo böldi (X.Pegelman, Yu.Lişenbax, Eessaaru Aadu). F.Tuglas, G.Suyts kabi adiblar neoromantizm vakillaridir. 1919 yildan keyin eston adabiyotiga nemis ekspressionizmi muhim ta'sir körsatdi. Nasrda realistik uslub neoromantik, impressionistik va simvolistik şakllardan tobora ustun kela boşladi (A.X.Tammsaare, M.Metsanruk, M.Under, O.Luts, X.Visnaputs, I.Barbarus, A.Gaylit, yilSemper, A.Yakobson, Yu.Syutiste asarlari). 2-jahon uruşi yillari (1939— 45) adabiyotga D.Vaarandi, R.Parve, E.Myannik va boşqalar kirib keldi. Uruşdan keyingi yillarda şoirlar M.Raud, yilSemper, Yu.Smull, yozuvçilar A.Xint, R.Sirge, G.Leberext, E.Krusten, dramaturglar A.Yakobson, E. Rannet va boşqalar samarali ijod qildilar. 1960— 80 yillarda şoir va yozuvçilarning yangi avlodi adabiyotga zamonaviy falsafiyaxloqiy masalalarny olib kirdi. Bu davrda adabiyotga E.Beekman, E.Vetemaa, M.Traat, A.Valton va boşqalar yozuvçilar kirib keldi.
Me'morligi. E. hududidagi qadimiy me'morlik inşootlari mil. av. 3 va 2-ming yilliklarga taalluqli. Mil. av. 1-ming yillikda mustahkamlangan şaharçalar (Asva, Iru, Ridala), mil. 1-ming yillik boşlarida esa qişloqlar paydo böddi. 13-asrdan toş me'morligi, xususan, qal'alar (Tallindagi Vişgorod qal'asi, 13—14-asrlar), mustahkamlangan çerkovlar (Valyala, 13-asr; Karya, 14-asr) quriş avj oldi. 14-asrdan gotika uslubida çerkov, ratuşalar barpo etildi. 16-asrning 1-yarmida Uyğoniş davri yönalişlari ham paydo böddi. 1640-y.larda E. me'morligiga barokko uslubi kirib kela boşladi [Narvadagi ratuşa (1670) va birja (1704); Tallindagi Kadriorg saroyboğ majmuasi (1718—25, me'morlar N.Miketti, M.Zemsov)]. Klassitsizm uslubi davrida jamoat binolari (Tartu un-ti binosi, 1803—09, me'mor I.Krauze) va qörğonlar qurildi. 19-asr 2-yarmi me'morlikda eklektizm, 20-asr boşlarida modern (milliy romantik yönaliş bilan), funksionalizm yoyildi. 1960-y. lardan boşlab yangi turar joy majmualari qurildi [Tallindagi Mustamyae (1961 yildan, me'morlar V.Tippel, L.Pettay va boşqalar), VyaykeIysmyae (1973 yildan, me'morlar M.Port, M. Meelak va boşqalar) massivlari]. Qişloq qurilişi rivojlandi (Yanedas sztexnikumining öquv korpusi, 1974, me'mor V.Pormeyster; Viru tumanidagi «Linda» kzi idorasi, 1972, me'mor T.Reyn), turar joy va jamoat binolari barpo etildi [Tallinda «Viru» (1972, me'morlar X.Sepmann, M.Port va boşqalar) va «Olimpiya» (1980, me'morlar T.Kallas, R.Kersten va boşqalar) mehmonxonalari, Parus sporti markazi (1980, me'morlar X. Sepmann, P.Yanes, X.Looveer va boşqalar), Madaniyat va sport saroyi (1980 — 81, me'morlar R.Karp, R.Altmyae va boşqalar), Tartuda «Vanemuyne» teatri (1967—70, me'morlar A.Volberg, P.Tarvas, U.Telpus va boşqalar)].
Tasviriy san'ati. Eston xalqining qadimiy badiiy ijodiyoti, asosan, dehqonlarning amaliy bezak san'atida öz aksini topdi (kulollik, suyak va metall buyumlar yasaş, toş va yoğoç öimakorligi, qölda töqiş, teriga naqş soliş). Gotika, Uyğoniş davri va barokko san'ati davrida devoriy (freskalar) hamda dastgoh rassomligi, şuningdek, toş va yoğoç öymakorligi keng yoyildi.
19-asr 1-yarmida portret va manzara janrlari, grafika rivojlandi. 19-asr 60-y.laridan professional san'at taraqqiy etdi. Milliy rassomlik maktabining asosçisi yilKyoler, haykaltaroşlik maktabining asosçisi A. Veysenbergdir. 19-asr — 20-asr örtalarida rassomlar A.Laykmaa, K. va P. Raud, N.Triyk, haykaltaroşlar A. Adamson va Ya.Koort ijodi diqqatga sazovor. 1920-y.lardaE. san'atining rivojlanişida Tartudagi «Pallas» badiiy maktabi katta rol öynadi. Bu davrda rassomlar A.Yoxani, K.Liymand, grafik X.Mugasto, haykaltaroşlar Ya.Koort, F.Sannamees, V.Mellik va boşqalar öz asarlarini yaratdilar. 1940-y.lardan keyin rassomlar E.Okas, E.Kits, N.Kormaşov, L.Mikko, grafiklar G.Reyndorf, E.Eynmann, A. Bax, V.Tolli, P.Ulas, haykaltaroşlar A.Starkopf, E.Roos, A.Kaazik, M.Varik samarali ijod qildilar. Amaliy bezak san'ati ustalari M.Adamson, E.AdamsonErik, M.Roosma, L.Erm, M.Ryaek va boşqalar öz ijodlari bilan şuhrat qozondilar.
Musiqasi. Eston xalq qöşiq (runo)lari, asosan, bir ovozli. Çolğu musiqasi xalq raqslari (polka, reynlender va boşqalar) bilan boğlangan. Musiqa çolğulari: vargan, turli naylar, volinka, konussimon kannel, buğsimon bilo va 18-asrdan skripka paydo böldi. 19-asrda garmon keng tarqaldi. 1857—61 yillarda milliy qöşiqlar töla naşr etildi («Kalevipoeg», F.Kreysvald). Professional musiqa dastlab çerkov musiqasi bilan birga rivojlandi. 19-asrda birinçi xor va havaskor puflama sozlar orkestrlari taşkil etiddi. 1869 yildan an'anaga aylanib qolgan milliy qöşiq bayramlari ötkaziladi. Xor musiqasi birinçi professional kompozitorlar (I.Kappel, K.Tyurinu, M.Xyarma) ijodida ham yetakçi musiqa bölgan. R.Tobias simfonik va vokalsimfonik musiqalar yaratdi. 20-asr 1-yarmida A.Kapp, X.Eller, M.Lyudig, E.Oya simfonik va kamer asarlar, M.Saar, K.Kreek va boşqalar xor musiqasini yaratdilar. E.Aav, A.Lemba, A.Vedro eston operasi, E. Tubin eston baleti asosçilaridir. Eston musiqa madaniyati gullabyaşnaşi E.Kapp, G.Ernesaks ijodi bilan boğliq. 1950-y.larning örtalarida kompozitorlarning yangi avlodi (E.Tamberg, V.Tormis, Ya.Ryaets, A.Pyart) musiqaning mazmundorligini yangi vositalar bilan boyitdilar. Ijroçilar örtasida xonandalar — T.Kuuzik, G.Ots, X.Krumm, T.Mayste, I.Kuusk, M.Voytes, A.Kaal, U.Tauts, dirijyorlar — N.Yarvi, E.Klas, R.Matsov, G.Ernesaks, O.Oya va boşqalar, skripkaçilar — V.Alumyae, Yu.Gerrets, pianinoçilar — B. Lukk, K.Randalu va boşqalar maşhur. E.da «Estoniya» davlat akademik opera va balet teatri (1906 yil taşkil etilgan, Tallin), Estoniya akademik erkaklar xori (1944), filarmoniya, konservatoriya (1919 yil asos solingan, Tallin), musiqa bilim yurtlari (Tallin, Tartu), Davlat simfonik orkestri işlaydi.
Teatri. Dastlabki teatr tomoşalari 16-asrda lotin tilida, 17-asrda nemis tilida körsatilgan. 1665 yil birinçi xususiy teatr paydo böldi. 1784 yil mahalliy ziyolilar Tallinda havaskor teatr taşkil etdilar. 1870 yil Tartudagi «Vanemuyne», Tallindagi «Estoniya» jamiyatlari huzurida milliy havaskor teatrlar taşkil etildi va ular 1906 yildan professional teatrlarga aylandi. Bu teatrlarda musiqali drama spektakllari, çet el klassiklari, milliy dramaturglar asarlari sahnalaştirildi. 1920—30 yillar Tallinda Drama teatri (1916—24), «Tonggi teatr» (1920—24), «Dramstudio» (1924 yil taşkil etilgan, 1937, yildan Eston drama teatri, 1952 yildan drama teatri), Işçi teatri (1926— 41), Pyarnuda «Endla» (1911—53, keyinçalik Drama teatri), Narvada Narva teatri (1928—40) işladi. Keyingi yillarda teatr san'ati yanada taraqqiy etdi. E.da Davlat qöğirçoq teatri, Davlat akademik teatri, «Eski şahar studiyasi» (hammasi Tallinda), Tartudagi «Vanemuyne» davlat akademik teatrining dramatik truppasi, Pyarnudagi teatr va boşqalar teatrlar faoliyat körsatadi. Teatr arboblaridan K.Ird, K.Karm, A.Lauter, Yu.Yarvet va boşqalar maşhur.
Kinosi. E. hududida dastlabki kinosyujetlar fransuz firmalari tomonidan suratga olindi (1908—14). 1914 yil fotograf Ya.Pyazuke birinçi eston badiiy filmini yaratdi. 1920-y.larda bir qança xususiy kinofirmalar faoliyat körsatdi. «Ötmiş kölankalari» (1924) va «Rummu Yuri» (1929) filmlari professional ravişda suratga olingan dastlabki filmlardir. 1930 yil K. Myarska birinçi marta «Oltin qönğiz» nomli ovozli filmni yaratdi. 2-jahon uruşidan keyin eston kinematografçilari «Lenfilm» kinostudiyasi bilan birgalikda «Qörğon içidagi hayot» (1947) va «Andrus baxti» (1955) filmlarini suratga oldilar (ikk&tasining rej. G.Rappaport). Keyinçalik eston kino ustalari «Xavfli burilişlar» (1961, rej.lar Yu.Kun, K.Kiysk), «Yarim kunlik parom» (1968), «Ölim qadrini murdalardan söra» (1977; ikkala filmning rej. K.Kiysk), «Örmondagi buloq» (1973, rej.L. Layus), «Yaşaş va seviş davri» (1976, rej. V.Kyasper), «Nima eksang...» (1980, rej. P.Simm) kabi filmlarni ekranga çiqardilar. Kino aktyorlari orasida E.Kivi, E.Kull, R.Allabert, T.Kark, L.Ulfsak, O.Eskola va boşqalar maşhur.
Özbekiston — E. munosabatlari. Özbekiston mustaqillikka erişgaç, 1994 yil ikkala davlat örtasida diplomatiya munosabatlari örnatildi. Tomonlar bir qator hukumatlararo şartnoma va bitim loyihalarini körib çiqmoqdalar. Madaniy sohada munosabatlarni yölga qöyiş maqsadida «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati va boşqalar jamoat taşkilotlari kömagi bilan
Toşkentda «Özbekiston — Estoniya» döstlik jamiyati tuzildi. 2003 yil ÖzR bilan E. örtasidagi tovar aylanmasi 2,1 mln. AQŞ dollarini, jumladan, eksport 1,1 mln. AQŞ dollarini, import 1 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi.