Tabiati. O.ning asosiy qismi Katta Kavkaz va Kiçik Kavkaz toğlari jan.- şarqiy qismlarida, şuningdek, Toliş toğlari oraliğida joylaşgan. Jan. da Örta Arake soyligi va uning şim. tarmoği bor (toğlar O. hududining deyarli yarmini egallaydi). Kaspiy dengizi qirğoği kam parçalangan. Qirğoq çiziğining uz. 800 km. Yirik yarim orollari: Apşeron, Kura qum tili, Sara; qöltiklari: Apşeron, Qizil-oğoç, Boku qöltiqçasi; yirik orollari: Artyom, Jiloy. Neft va gaz, te-mir rudasi, alunit, molibden, toş-tuz konlari bor. O., asosan, subtropik zonada bölsa ham, quruq va nam subtropik iqlimdan toğ tundrasi iqli-migaça bölgan iqlimni uçratiş mumkin. Iyulning örtaça t-rasi 25—27°, yanv.niki payettekisliklarda 0 dan +3°gaça, toğlarda — 10° gaça. Eng issiq t-ra 40—43°, eng sovuq t-ra — 30°. Yoğingarçilik juda notekis. Yillik yoğin — 200 mm dan 1800 mm gaça. Yirik daryosi — Kura va uning asosiy irmoği — Arake. 250 ta köl bor (yiriklari Gajikobul va Buyukşör). Tuproği — kulrang-ötloq, şörxok, kulrang-qönğir, jigarrang, kaştan, toğ-kaştan va b. tuproklar. Ösimliklari juda xilma-xil — 4100 turdan oşadi. Pasttekisliklarda çöl va çala çöl ösimliklari, köproq butazorlar, Kura-Arake payettekisligining şörxok yerlarida şöra, toğ etaklaridagi tekisliklarda şuvoq va şu-voq-çalov ösadi. Örmonzori 1146 ming ga. 2200—2500 m balandliklarda subalp va alp ötloklari bor. Hayvonot dunyosi turli-tuman: sudralib yuruvçilar, ke-miruvçilar, yovvoyi tönğiz, nutriya, yenotsimon it, jayran, qoplon, ayiq, tustovuq, kaklik, ğoz va ördak kabilar. Kaspiy dengizi va Kura daresida baliq (losos, osetr, sevryuga, beluga va b.) möl. Zakatali, Turiançay, Kiziloğoç, Şirvon va b. qöriqxonalar bor.
Aholisi, asosan, ozarbayjonlar (83%); ruslar, lezginlar, avarlar, kurd, toliş, saxur, tatlar va b. ham yaşaydi. Şahar aholisi 54%. Rasmiy tili — ozarbayjon tili. Yirik şaharlari: Boku, Sumgait, Mingeçaur, Ganja, Lenkoran, Naxiçevan. Dindorlari — asosan musulmonlar.
Tarixi. O.da paleolit davridan aholi yaşay boşlagan. Qadim zamonlarda hoz. O. hududida yaşagan köpgina qabilalar (kaspiylar, kadusiylar, albanlar) tarixiy rivojlaniş davomida kabila ittifoqlariga birlaşib, keyin-çalik dastlabki davlat tuzilmalariga asos böldi. Mil. av. 9-a.da Mana pod-şoxligi vujudga keldi. Xöjalik va madaniyat birmunça rivojlandi. Mil. av. 7-a. oxirlarida O. va qöşni mamlakatlarda Midiya davlati taşkil topdi. Mil. av. 6-a. da hokimiyat Axomaniylar qöliga ötdi. Bu davlatni Makedoniyalik Aleksandr qöşinlari tor-mor et-gaç, Atropatena davlati vujudga keldi. Mil. av. 3—2-a.larda xoz. O. xududining katta qismi Albaniya deb ataldi (q. Kavkaz Albaniyasi).
O.ni bosqinçilar köp marta taladi. Aholining ularga qarşi kuraşi, xu-susan, mil. 5-a. oxiri — 6-a. boşlarida Mazdakiylar harakatink yuzaga kel-tirdi. 8-a. boşlarida O. Arab xalifaligi qöl ostiga ötdi, islom dini tarqaldi. Bobak qözğoloni, Xurramiylar harakatida dehqonlar va hunarmandlar qatnaşdi. 11-a. örtalarida Saljuqiylar boşliq turk qabilalari (öğuzlar va b.) bostirib keldi. 12-a.da Salju-qiylar mavqei pasayib, Şirvonşohlar, Kasroniylar, Eldegiziylar pod-şohdigi rivoj topişi b-n hunarman-dçilik, dehqonçilik, savdo-sotiq ta-raqqiy etdi. Şu davrda yetişib çiqqan Makkiy ibn Ahmad, Bahmanyor, Xatib Tabriziy, Hoqoniy, Nizomiy Ganja-viy, Mahastiy va b. jahon madaniyati ravnaqiga salmokli hissa qöşdilar.
13-a.ning 30-y.larida O.ga möğullar, 14-a. oxirida Amir Temur qöşinlari bostirib kirdi. 14—15-a.larda Şirvonşoxlar podşoxligi kuçaydi. Qora qöyunlilar va Oq qöyunlilar deb atalgan yangi davlatlar vujudga keldi. Sav-dosotiq avj oldi. Safaviylar davlati (16- a.) davrida O. xalq xöjaligi va madaniyatida yuksaliş röy berdi. Şoh Abbos I (1587—1629 y.larda hukmronlik qilgan) O. markazini Erondagi Isfahonga köçirişi oqibatida u Eronning çekka viloyatiga aylanib qoldi. Mahalliy hokimlar va ajnabiy bosqinçilarga qarşi dehqonlar qözğo-loniga xalq qahramoni Köröğli boşçilik qildi. 18- a. boşlarida Zakavkazye, çususan. O.ni qölga kiritib oliş uçun Eron b-n Turkiya örtasidagi kuraş kuçaydi. 19-a.dan Rossiya Zakavkazye yerlarini bosib ola boşladi. 1805- 13 va 1826-28 y.lardagi Ros-siya-Eron uruşlari natijasida hoz. O.ning köp qismi Rossiya davlati tarkibiga ötdi. Rossiya b-n Eron örtasidagi Guliston şartnomasiga binoan belgilangan O.ning jan. çegaralari hozirgaça amal qilib kelayotir. 1917 y. noyab.da şöro hokimiyati örnatildi. 1918 y. 28 mayda O. Respublikasi e'lon qilindi. 1920 y. 28 apr.da Ozarbayjon SSR taşkil böldi. 1922 y. 12 martda O. Zakavkazye Sovet Federativ Sotsiali-stik Respublikasi (ZSFSR), söngra u tugatilgaç (1936), ittifoqdoş respublika sifatida SSSR tarkibiga kiri-tildi. 1991 y. fev.dan O. Respublikasi deb nomlandi. 1991 y. 30 avg.da mamla-kat Oliy Kengaşi O. davlat mustaqilligi töğrisida Deklaratsiya qabul qildi. 1988 y. Toğli Qoraboğ xususida O. b-n Armaniston örtasida nizo çiqib, qurolli töqnaşuvga aylanib ketdi. 1994 y. maydan mojaro töxtatilib, ma-salani tinç hal etiş töğrisida muzo-kara boşlandi. O. — 1992 y.dan BMT a'zosi. ÖzR suverenitetini 1991 y. 19 okt.datan olgan va 1995 y. 2 okt.da diplomatiya munosabatlari örnatgan.
Siyosiy partiyalari. Yangi Ozarbayjon, Ozarbayjon xalq fronti, Milliy mustaqillik partiyasi, Musovot, Ozarbayjon xalq partiyasi, Ozarbayjon dehqonlar partiyasi, Töğri yöl partiyasi, Ozarbayjon sotsialdemok-ratik partiyasi va b.
Xöjaligi. O. — industrial-agrar mamlakat. Neft, temir ruda, alunit konlari bor; oltingugurt kolçedani, barit, kobalt, molibden, margimuş kabilar sanoat asosida qazib çiqariladi. Yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşi 54,2%, q.x.ning uluşi 26,1%.
Sanoati ning yetakçi tarmoklari: neft, gaz, kimyo, maşinasozlik, metallsozlik, binokorlik materiallari va elektr energetika. Yengil va oziq-ovqat sanoati ham rivojlangan. Yiliga örtaça 23,3 mlrd. kVt-soat elektr energiya xrsil qilinadi (asosan, issiklik elektr st-yalarida). Neft Apşeron ya.o., Kura-Arake pasttekisligi va Kaspiy dengizidan, gaz esa Kr-ratoğ-Duvaniy va Zira-Görgon tumanlaridagi konlardan qazib olinadi. Neft va gaz asosida kimyo va neft kimyosi sanoati mineral öğit, oltingugurt kislotasi, kaustik soda, sintetik kauçuk, şina va b. mahsulotlar (Sumgait, Salyani, Nefteçala, Min-geçaur, Boku) işlab çikaradi. Maşinasozlik va metallsozlik, asosan, neft sanoati uçun maşina-qurilmalar, elektr dvigatellar, transforma-torlar, kabel, radioelektron appa-ratlar, priborlar i.ç.ga ixtisoslaşgan. Q.x. maşinasozligi, kemasozlik, oziq-ovqat sanoati uçun asbob-uskuna i.ç. rivojlangan (Boku, Ganja, Min-geçaur, Xonkendi, Naxiçevan, Kuba).
Qora va rangli metallurgiya Sumgaitdagi quvur prokati va alyuminiy, Ganjadagi alyuminiy, Bokudagi pölat arkrn z-dlaridan ibo-rat. Boku, Ganja va Mingeçaurda ip gazlama k-tlari, Şeki va Xonkendida şoyi k-tlari joylaşgan. Paxta tozalaş, jun gazlama va gilam töqiş, ti-kuvçilik va trikotaj, un, vino-konyak, baliq sanoati korxonalari mavjud. Qişloq xöjaligi ning asosi — dehqonçilik, uning yalpi mahsulo-ti 80% suğoriladigan yerlarga töğri keladi. Yuqori Şirvon, Yuqori Kr-raboğ, Samur-Apşeron kanallari, Jayron-Batan, Arake suv omborlari barpo etilgan. Paxtaçilik q.x.ning yetakçi tarmoqlaridan biri. Tamaki va çoy ham yetiştiriladi. Ğalla ekinlaridan buğdoy, makkajöxori, arpa, şoli, şuningdek, sabzavot ekinlari ekiladi. Bogdorçilik va tokçilik rivojlangan. Subtropik mevalardan anor, anjir, yapon xurmosi, bodom köplab yetiştiriladi. Apşeron ya.o.da za'faron va zaytun ösadi. Çorvaçilik göşt-jun va göşt-sutga ixtisoslaşgan. Krramol, qöy, eçki, çöçqa, parranda boqiladi, pillaçilik b-n şuğullaniladi.
Transporti. T.y. uzunligi — 2 ming km dan ortiq, avtomobil yöllari uz. 36,7 ming km, 32 ming km qattiq qoplamali. Dengiz transportining ahamiyati katta. Asosiy porti Boku. Boku — Turkmanboşi dengiz paromi mavjud. Kura daryosida kema katnaydi. Boku—Batumi va Ali-Bayramli — Boku neft quvuri, Qoratoğ — Akstafa, Qoratoğ — Sumgait gaz quvurlari bor. Bokuda metropoliten qurilgan. Pul birligi — manat.
Tibbiy xizmati. Tibbiyot xodimlari O. tibbiyot in-tida va 17 ta örta tibbiyot bilim yurtida tayyorlanadi. Maş-hur balneologiya kurortlari — Naftalan, Istisu; iklimiy kurortlari — Şuşa, Mardakyan, Bilçya, Buzovna va Apşeron ya.o.dagi Boku «Salomatlik zonasi».
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. Hoz. O. hududida dastlabki maktablar 5-a.da oçilgan. Arablar istilosidan söng bolalar maktab va madrasalarda öqitildi. 20-a.dan zamonaviy maorif tizimi joriy etildi. Xunar-texnika bilim yurtlari va oliy öquv yurtlari oçildi. O. un-ti,
neft va kimyo in-ti, politexnika, ped., tibbiyot un-ti va b. bor. I.t.larni muvofiklaştiruvçi O. Fanlar akademiyasi işlaydi. Kutubxonalari: Respublika kutubxonasi, O. un-ti kutubxonasi, FA kutubxonasi va b. 38 muzey bor, yiriklari: O. Tarixi, San'at, Adabiyot muzeylari, Q.x. muzeyi va b.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. O.da 500 dan ortik, gaz. va jur. röyxatga olingan. Yirik gaz. lari: «Ozarbayjon» (ozarbayjon tilida), «Vişka» («Minora», rus tilida), «Bakinskiy raboçiy» («Boku işçisi», rus tilida), «Ozodlik», «Muxolifat», «Xalq» (uççalasi ozarbayjon tilida). Radioeşittiriş 1926 y.dandelekörsatuv 1956 y.dan boşlangan. Azerin-form telegraf agentligi, Assa-Iroda, Turon, Xabar-servis xususiy telegraf agentliklari mavjud.
Adabiyoti qad. va boy. Xalq ijodida doston, bayet (törtlik) qöşiq, ertak, latifa, maqollar keng tarqalgan. «Köröğli», «Oşiq Ğarib», «Şoh Ismoil» kabi dostonlarda ozarbayjon xalqining yurtparvarlik, insoniylik his-tuyğulari ifodalangan. Xalq dostonlari va termalarining eng yaxşi namunalari 16—17-a.larda Qur-boniy, Sarioşuq, Abbosoşuq, Valexoşuq kabi baxşilar ogzidan yozib olingan. Milliy san'atning öziga xos turi bölgan oşuklar şe'riyati mada-niy hayotga kuçli ta'sir ötkazib kelgan. 19—20-a.larda yaşab ijod qilgan oşuklardan Alesker, Gusayn Bozal-ganli, Asad Rizayev, Mirza Bayramov, Şamşir Gojayev kabilarning qöşiqlari juda maşhur bölgan.
O. yozma adabiyotining eng qad. yodgorliklari bizga yetib kelmagan, ammo Kavkaz Albaniyasi (hoz. O.)da yuksak madaniyat mavjud bölganligi ma'lum. 11 —12- a. larda fors tili ta'siri ku-çayişi tufayli Xatib Tabriziy, Bax,-manyor, Qatron Tabriziy, Hoqoniy, Mahastiy Ganjaviy va b. yirik ozarbayjon olim va şoirlari öz asarlarini fors tilida yozdilar. Nizomiy Ganjaviy asarlari — O. şe'riyatining çöqqisi böldi. 13— 14-a.larda Avxadiy Maroğiy, Zulfiqor Şirvoniy, 15— 16-a.larda Nasimiy, şoh Ismoil Xa-toiy, M. Fuzuliy, 17— 18-a.larda Soib Tabriziy, Masihiy, Vidodiy, Voqif va b. şoirlar yaşab, ijod qildilar.
19—20-a.larda O. adabiyotida novella, doston, drama janrlari paydo böldi. Realist adib M. F. Oxundov, ma'rifatparvar şoir Said Azim Şirvoniy, dramaturg N. N. Narimo-nov, novator hajvçi şoir Mirza Alekper Sobir 19- a. ozarbayjon adabiyotini yangi asarlar b-n rivojlan-tirdilar. 20-a. örtalari va 2-yarmida Sulaymon Rustam, Rasul Rizo, J. Jab-borli, M. Ibrohimov, Samad Vurğun kabi iste'dodli adiblarning asarlari boşqa xalqlar tillariga tarjima qilinib, keng tarqaldi. O. Yozuvçilar uyuşmasi 1932 y.da taşkil qilingan.
Ozarbayjon va özbek xalklari kadimdan adabiy aloqada bölib kelganlar. Nizomiy asarlarining ba'zilari örta asrlardayoq özbek tiliga tarjima qilingan. Jumladan, Qutb Xorazmiy 14-a.ning 1-yarmida «Xisrav va Şirin»ni özbek tiliga köçirgan. Navoiy Nizomiy «Xamsa»si — «Panj ganj»dan ilhomlanib özining beş buyuk dostonini yaratgan. Haydar Xorazmiy 15-a.da Nizomiyning «Mahzai ulasror» dostonini, Ogahiy 19-a.da «Haft paykar»ni tarjima qilgan.
Navoiy asarlari özi hayot vaqtidayoq O. şoirlari örtasida maşhur bölgan. Ayniqsa, Kişvariy va Fuzuliy Navoiyni özlarining buyuk ustozlari deb bilganlar. Fuzuliy «Layli va Majnun»ning deboçasida Navoiyni Nizomiy b-n bir qatorga qöyadi. Navoiy «Majolis un-nafois», «Muhokamat ul-luğatayn» asarlarida Nizomiy, Xoqoniy b-n birga Şayx Şirvoniy, Abu Abbos Suxravardiy, Abu Abdul-loh Xoqoniy Söfiy, Şayx Tabriziy, Qosim Anvariy singari ozarbayjon şoir va olimlarining nomlarini ham hurmat b-n tilga oladi.
Muhammad Fuzuliy asarlari, ayniqsa, uning «Layli va Majnun» dostoni 17-a.dan boşlab Turkiston madrasalarida öquv qöllanmasi vazifasini ötagan. Bugina emas, Fuzuliy özbek xalqi örtasida eng sevimli şoirlardan biri bölgan. Şu tufayli Turkistonda «navoiyxonlik», «bedilxonlik» maktablari b-n birga «fuzuliyxonlik» uyuşmalarida minglab kişilar şoir asarlarini taxlil qilganlar. Fuzuliyning asarlari Özbekistonda bir neça marta bosilib çiqqan. Nizomiyning «Guldasta», Fuzuliyning ikki jildli tanlangan asarlari, M. P. Voqifning «Tanlangan şe'rlar», M. Ördubodiyning «Qiliç va qalam» dilogiyasi, Sobirning «Xöpxöpnoma», M. Ibrohimovning «Qoraboğ qöşiqlari», «Buyuk tayanç», «Böron quşi», M. Dilboziyning «Ozar qizi», S. Rustamning «Tanlangan şe'rlar», I. Gözalovning «Çeksiz ufklar» kitoblari, M. Huseyn, A. Valiyev, M. Rahim, U. Sarivelli, S. Rahimov, Q. Imomverdiyev va b. ozarbayjon şoir, adib va dramaturglarning asarlari, «Ozarbayjon şoirlari» antologiyasi özbek tilida naşr etilgan.
O. yozuvçilarining asarlarida Özbekiston mavzui ham aks etgan S. Rustam «Qadrdon şahar», «Özbek qardoşimga», M. Dilboziy «Özbek qiziga», Yu. Şirvon «Qardoş Özbekistonda» oçerklar turkumi, M. Ibrohimov «Uluğ döstlik» asarida özbek xalqi hayotini qalamga oladi.
Me'morligi. O. hududida neolit va jez davriga mansub qad. me'moriy yodgorliklar: dolmenlar, kromlexlar, mengirlar, qal'alarning xarobalari saqlanib qolgan. 5-a.ga oid Lekit qişloğidagi xristianlarning doirasimon ibodatxonasi, 6-a.ga oid Çiroğqal'a, 7-a.ga oid Mingeçaur ibodatxonalar majmuasi diqqatga sazovor. 11—13-a.larda Naxiçevan va Şirvon-Apşeron me'morlik maktabi tarkib topdi. Qasrlar va masjidlar b-n birga maqbaralar (Yusuf maqbarasi, 1162 y. va Mömina xotun maq-barasi, 12-a., me'mori Ajamiy) ham qurildi. 14—15-a.larda qubbasimon va gumbazli inşootlar rasm böldi, ular girih naqşlar va toş öymakorligi b-n bezatildi (Bokudagi Şirvonşohlar saroyi, 15-a., Tabrizdagi Zangori masjid, 1465). 16—18-a.larda Karvonsaroy, hammom va köpriklar qurildi, şaharlar rivojlandi. Ardabiddagi me'moriy majmua (me'mor Şayx Bahovuddin), Şekidagi xonlar saroyi va b. şu davrning eng maşhur yodgorliklaridir. O.dagi masjid, maqbara, Madrasa va b. inşootlar qurilişi hamda bezaklari Örta Osiyo va Eron me'morligi b-n özaro uyğunlaşgan. 19-a. 1-yarmida O.dagi qurilişda Rossiya va Yevropa me'morligining ta'siri kuçaydi. 20-a. Boku va b. şaharlar qayta qurildi, yangi bino hamda inşootlar barpo etildi. Matbuot uyi (me'mori S. S. Pen), «Inturist» mehmonxonasi (me'mori A. V. Şçusev), Nizomiy nomidagi muzey, konservatoriya (me'morlari S. A. Dadaşev va M. A. Useynov), M. Azizbekov nomidagi teatr (me'mori G. M. Alizoda) şular jumlasiga kiradi. Mingeçaur, Sumgait, Daşkesan kabi yangi şaharlar qad. kötardi. O. Me'morlar uyuşmasi 1936 y.da tuzilgan.
Tasviriy san'ati. O. hududidan mil. av. 2—1-ming yilliklarga mansub loy va toşdan yasalgan jonivorlarning haykalçalari (Naxiçevan Muxtor Respublikasida Kultepa qazilmalari) va sopol buyumlar (Mingeçaur qazilmalari) topilgan. Qoyalardagi rasmlarda odamlar, jonivorlar, ov va rasm-ru-sum manzaralari (Qobuston, Gyamiqoya), jezdan yasalgan zeb-ziynatlar tasvirlangan. Örta asrlarda haykaltaroşlik (jez burgutlar, toş haykalçalar yasaş) rivojlangan. Arablar istilosidan söng naqşli kulolçilik, toş öymakorligi, xattotlik urf böldi. Jumladan, 13—16- a.larda kitoblarni badiiy be-zaş, Tabriz miniatyura maktabi, gilamdözlik san'ati yuksak darajaga kötarildi. 18-a. da imorat devorlariga naqş va rasm soliş (Şekidagi xonlar saroyi, Ordubad, Şuşadagi tu-rar joylar) rivojlandi. 19-a.da miniatyura rangtasviri devoriy rasmlar va portret musavvirligida davom et-tirildi (Usta Qambar Qoraboğiy, Mirza Qadim Erivoniy, Mirmuhsin Navvob).
20-a.da tasviriy san'atning realistik şakllari rivojlandi, yangi janrlar (hajviy grafika, illyustratsiya, plakat) paydo böldi. A. Azimzoda va B. Kengerli O. realistik san'atiga asos soldilar. 1920 y. Bokuda rassomlik maktabi oçildi, muayyan mavzuga bağişlangan rangtasvir, portret, peyzaj (manzara), haykaltaroşlik, dastgoh grafikasi kabi janrlar vujudga keddi. Ganjadagi Nizomiy haykali (F. Abdurahmonov) diqqatga sazovor. Hoz. zamon rassomlaridan T. Salaxov, T. Narimonbekov, N. Abdurahmonov, E. Rizoquliyev, haykaltaroşlardan E. Husaynova, E. Şomilov, K. Alekperov asarlari maşhur. O. Rassomlar uyuşmasi 1940 y.da tuzilgan.
Musiqasi. O. hududidan topilgan qoya rasmlari (mil. av. 5—3-ming yillikda yaratilgan), arxeologik materiallar bu yerda musiqaning juda ham qadimiyligini körsatadi. Mehnat qöşiqlari, tarixiy va lirik qöşikdar, hazil qöşiqlar keng tarkalgan. Qöşikdar köpinça yakka, ba'zan guruh bölib ijro etiladi. Çertib çalinadigan tor, soz, ud tori, işqab çalinadigan kamonça, puflama tutak, bolomon, surnay, zarb berib çalinadigan noğora, qöş noğora, doira kabi musiqa asboblari ozarbayjon xalqining qad. sevimli çolğu asboblari sanaladi. Örta asrlardayoq maqomlar tad-qiq qilingan. O. maqomlari nazariyasi U. Hojibekov tomonidan yozilgan («Ozarbayjon xalq musiqasi asoslari», 1945 y.da naşr etilgan). U. Hojibekov Fuzuliy dostoni asosida «Layli va Majnun» (1908) operasini, «Arşin mol olon» (1913) komediyasini yaratdi. 1921 y.da konservatoriya, 1931 y.da birinçi notali xalq çolğu asboblari orke-stri taşkil qilindi. 1938 y.da simfonik orkestr taşkil topdi. 1927 y.da R. Glierning «Şohsanam» operasi sah-naga qöyildi. M. Magomayevning «Nargiz» (1935), U. Hojibekovning «Köröğli» (1937) operalari O. musiqa san'ati rivojida muhim voqea böldi. Q. Qorayev, J. Hojiyev, F. Amirovning opera va simfoniyalari maşhur. Ş. Mamedova, Bulbul, R. Beybutov, P. Bulbul öğli, M. Magomayev kabi xonandalarning faoliyati diqqatga sazovor.
Bokuda U. Hojibekov nomidagi konservatoriya, M. F. Oxundov nomidagi opera va balet teatri, Ş. Qurbonov nomidagi musikali komediya teatri, Qöşiq teatri, filarmoniya, simfonik orkestr, aşula va raqs ansambli işlab turibdi. Respublika radiosi qoşida xalq musiqa asboblari orkestri bor. Ozarbayjonda Davlat musiqa akademiyasi, 6 musiqa bilim yurti, 73 musiqa maktabi mavjud. U. Hojibekov nomidagi Ozarbayjon san'ati ilmiy tadqi-qot in-ti (1945) musiqa va teatr masalalari b-n şuğullanadi.
Ozarbayjon va özbek xalklari musiqa sohasida qadimdan hamkorlik qilib kelganlar. Xususan, Eron ozarlariga mansub Abdulqodir Maroğiy (1340—1435) deyarli butun ijodiy (xonanda, sozanda va bastakorlik) va ilmiy (musiqaşunoslik) faoliyatini Amir Temur, Şoxrux Mirzo va Xalil Sulton Mirzolar saroyida ötkazgan.
1950-y.lar oxirida özbek kompozitori M. Burxonov jörsiz xor uçun qayta işlagan xalq qöşiqlari O.da bu turdagi xor musiqasi taraqqiyotiga turtki böldi. Mazkur aloqalar musta-qillik yillarida şaklan va mazmu-nan kengayib bormoqda. Navoiy nomidagi teatrda O. Melikovning «Ikki dil dostoni», F. Amirovning «Ming bir keça» baletlari sahnalaştirilgan.
Teatri. Ozarbayjon xalq teatr san'ati sarçaşmalari qad. raqs va masxarabozliklardan boşlanadi. Xalq orasida qöğirçoq tomoşalari qadimdan rivoj topgan. 1920 y.da Birlaşgan davlat teatri taşkil qilindi (hoz. M. Azizbekov nomidagi Ozarbayjon teatri). Bu teatr 30—40-y.larda uslubi va janri jihatdan turli-tuman bölgan köpgina spektakllarni tomoşabinlarga takdim qildi: M. Ibrohimovning «Hayot», S. Vurğunning «Farhod va Şirin», A. Ostrovskiyning «Momaqaldiroq» va b. 40-y.larda R. Rizoning «Vafo», 3. Xolidning «Qasos» asarlari sahnallaştirildi. Respublikada rus drama teatri, yoş tomoşabinlar teatri, Qöğirçoq teatri (hammasi Bokuda) va b. teatrlar bor. M. Aliyev, M. Dovudova, S. Ruhullo, A. Iskandarov, A. Alekperov, O. Qurbonov kabi artistlar milliy san'at rivojiga munosib hissa qöşdilar. 1944 y. Bokuda Ozarbayjon teatr jamiyati tuzilgan.
Özbek teatr san'atining taraqqiyotida O. teatri va dramaturgiyasining ta'siri katta böldi. O. teatri 1911 y.da Turkiston ş.larida tomoşalar körsatdi. M. F. Oxundovning «Hoji Qora», «Musyo Jordan va Darviş Mustalişoh», N. Vezirovning «Yomğirdan qoçib selga», «Musibati Faxriddin», A. Axverdiyevning «Talangan uya», «Oğa Muhammadşoh Qojar» asarlari namoyiş etidsi. 1916 y.da O. musiqali teatri ham gastrolga kelib, U. Hojibekovning «Arşin mol olon», «Asli va Karam», «Layli va Majnun» singari spektakllarini körsatdi. Keyinroq ozarbayjon drama-turglarining «Köröğli», «Nargiz», «Sevil», «Yulduz», «Qaynona» singari qator asarlari Özbekiston teatrlarida muvaffaqiyat b-n sahnallaştirildi. H. Nosirova, M. Uyğur, M. Qoriyeva, S. Olimov, 3. Qobilov kabi teatr arboblari Bokuda öqib kelganlar.
Kinosi. Birinçi ozarbayjon badiiy filmi — «Neft va millionlar olamida» 1916 y.da namoyiş qilingan (rej. B. N. Svetlov). 1923 y.da O. fotokino boşkarmasi taşkil etilib, 1924 y.dan badiiy filmlar suratga olina boşlagan. 1945 y. U. Hojibekovning «Arşin mol olon» komediyasi ekranlaştirildi (1966 y. rej. T. Tagizoda şu filmning yangi variantini yaratdi). Tarixiy va ijtimoiy mavzulardagi «Latif», «Ismat» (rej. M. Yu. Mikailov) filmlari yaratildi. 1936 y. dastlabki ovozli filmlar — «Ol-mos» (rej. A. R. Kuliyev), «Moviy dengiz sohilida» (rej. B. V. Barnet, S. Mardonov), «Yangi ufq» (rej. E. Quliyev) dunyoga keldi. 50— 70-y.larda O. kinematografiyasi yangi bosqiçga kötarildi. «Hayot imtihoni» (rej. Ş. Mahmudbekov), «Bolalikning sönggi tuni» (rej. A. Boboyev), «Yurakyurak» (rej. E. Quliyev), «Vaxt kadri», (rej. G. Seidbeyli) filmlarida insonning içki dunyosi, axloq-odob masalalarini yori-tişga harakat qilindi. Xalq ötmişini yoritişga kirişgan G. Seidbeyli, T. Tagizoda, E. Quliyev kabi rej.lar keyingi yillarda «Nasimiy», «Söngan gulxanlar şu'lasi», «Bobak», «Asov Kura», «Yetti öğlim mening» filmlarini yaratdilar. O. kinoçilari yiliga 4—5 badiiy, köplab voqeiy-hujjatli va multiplikatsiya filmlari işlab çiqaradilar.