E. davri şarqiy mamlakatlar uçun taraqqiyotning yangi bosqiçi böldi. Yunonmakedoniyaliklar Şarqqa işlab çiqariş malakalarini, öz davlat va huquq meyorlarini, urf-odat, din va madaniyatlarini olib keldilar, öz navbatida, Şarqdan örgandilar ham. Davlat boşqaruvida qadimiy şarqiy monarxiya usullaridan foydalanildi. Pul va savdosotiq munosabatlari rivojlangan ölkalar (Mesopotamiya, Suriya, Kiçik Osiyo)da polislar ravnaq topdi. Polislar özgardi, ya'ni ular mustaqil respublika bölmay, ma'lum siyosiy va iqtisodiy imtiyozlarga ega şahar jamoalariga aylandilar.
Yunonlarning qadimiy nomi — «ellinlar» atamasi öz etnik mazmunini asta-sekin yöqota borib, makedoniyalik, yunon va mahalliy yuqori tabaqaga mansub kişilarni ifodalaydigan sözga aylanib qoldi.
Merosxör (diadox)lar örtasidagi kuraşlar mil. av. 3, mil.av. 2-asr boşlarida ham davom etdi. Ptolemeylar imperiyasi, Salavkiylar davlati, hududiy jihatdan ulardan kiçik bölsa ham, ijtimoiy tuzum jihatidan ularga yaqin bölgan Pergam va Kiçik Osiyodagi boşqa hukmdorliklar, yunon polislari, ellinistik olamning çekkalaridagi Skiflar podşoligi, Armaniston, Parfiya va boşqalar örtasida tinimsiz uruşlar xalq boşiga qöp ofatlar keltirdi. Şunga qaramay dengiz sohillari bilan mamlakat içkarisidagi hududlar örtasida iqtisodiy aloqa yaxşilana bordi, mahsulot işlab çiqariş, savdo (xususan, taşqi savdo) rivoj topdi. Şaharlar savdo va hunarmandçilik markazlari sifatida yuksaldi (Iskandariya, Rodos o., Antioxiya, Salavkiya, Pergam). Misr, Suriya, Kiçik Osiyo, Yunoniston va Makedoniya örtasida doimiy dengiz yöli mavjud edi. Qizil dengiz hamda Fors qöltiği böylab Hindistonga savdo yöli oçildi. Misr Qora dengiz atroflari Karfagen va Rim bilan savdo aloqasini yölga qöydi. qadimiy karvon yöllarida polislar va gavanlar yuzaga keldi. Şu bilan birga, uşbu davr polislar federatsiyasi (ittifoqi)ga ehtiyoj tuğdirdi (bir neça polislar birlaşdi). Ammo bu ittifoqlar orasida ham nizolar davom etdi, ijtimoiy quraş kuçaydi. Mil. av. 2—1-asrlarda isyonlar va ozodlik harakatlari jonlandi. Attika, Pergam, Delos o.larida qullar isyoni, Misr va Salavkiyada dehqonlar qözğoloni yuz berdi. Ayni paytda Rimning mavqei oşa bordi. U mil.av. 197 yilda Kiçik Osiyoni, Egey dengizidagi orollarni va Yunonistonni bosib oddi. Rim E. davlatlarini birinketin işğol etib, mil. av. 30-y.da Misrni ham qölga kiritdi va E. davriga barham berdi.
E. davrida turli xalqlarning madaniyat darajalari har xil bölgan bölsada, öziga xos rivojlaniş yuz bergan edi. Ellinistik mamlakatlarda tabiiy fanlar (jumladan, matematika), kemasozlik, harbiy san'at va şaharsozlik rivoj topdi. Dengiz sohillariga köpgina mayoqlar qurildi, savdo yöllari barpo etildi, savdo kemalari köproq yuk kötaradigan va tezroq suzadigan darajaga yetdilar.
Taraqqiyot asosan ilm-fan borasida bölib, avvalo, yunonlarning ilk bor Şarq madaniyati bilan yaqindan tanişişlari ularning ongini yana ham kengaytirib, fanning rivojiga kuçli ta'sir körsatdi. Şu davrda ijod qilgan olimlardan Evklid, Arximed — matematikani; Aristarx, Gipparx — astronomiyani; Eratosfen — geografiyani yuksak darajaga kötarib, jahon ilmining kelgusi taraqqiyotiga yöl oçdilar. Olimlar, şoirlar va san'at ahlining işlari uçun qulay şaroit tuğdiriş maqsadida Misrning dastlabki Ptolemey xoqonlari Iskandariya şahrida hoz. fanlar akademiyasiga öxşaş muassasa — «muzey», ya'ni muzalar koşonasi oçadilar. Yunonistonning turli yerlaridan çaqirilgan olimlar muzey darsxonalarida ma'ruzalar öqiydilar, lab.larda har xil tajriba işlari ötkazadilar. Muzey qoşida maxsus kutubxona bölgan. Mil. av. 3-asrning örtalarida muzey qiroatxonalarida yarim mln.ga yaqin papirus öramlari saqlangan. 2-asrning boşlarida taşkil etilgan Pergam kutubxonasining fondi Iskandariyanikidan qolişmas edi. Iqtisodiy raqobat tufayli, Ptolemeylar hukumati Misrdan Pergamga papirus çiqarişni taqiqlab qöyişganida, pergamliklar teridan işlangan va «pergament» deb ataluvçi maxsus yozuv materiali kaşf qildilar. Olimlar esa muzeylarda badiiy asarlarning faqat matnini tekşiriş, ya'ni ularning töğriligini aniqlaş, xatolarini tuzatiş, boşqalar tomonidan kiritilgan qöşimçalarni çiqarib taşlaş va h.k. işlar bilan şuğullanganlar. Şu tariqa E. davrida adabiyotşunoslik — filol. ilmi yuzaga keldi. Iskandariya filologlari, asosan, Gomer asarlarini örganganlar.
E. davrida ilm-fan, ma'rifat, madaniyat, san'at va adabiyot tamomila ellin hukmdorlari tasarrufida bölgan. Iskandariya muzeyining xodimlari davlatdan maoş olganlar, maxsus binolarda yaşaganlar, kutubxona rahbarlari esa podşohlarning valiahdlariga tarbiyaçi bölganlar. E. davrida keng yoyilgan falsafiy ta'limotlar Misr hukmdorlarining manfaatlariga zid bölganligi bois Iskandariya muzeylarida falsafa bilan şuğullaniş taqiqlangan. Binobarin, Afina şahri yunon olamining falsafa markazi bölib qolgan va yangidanyangi ta'limotlar şu yerda yuzaga kelib, keyin boşqa tomonlarga tarqalgan.
E. falsafasi bu davr uçun muhim omildir. Yunon olamida boşlangan ijtimoiy özgarişlar natijasida tuğilgan siyosiy loqaydlik, beparvolik va umidsizlik kayfiyatlari birmunça falsafiy ta'limotlarning kelib çiqişiga sabab böldi. Mazkur oqimlarning eng muhimlari — epikurçilar, stoiklar va kiniklar falsafasidir.
Epikur (mil.av. 344—270) öz ta'limotida Demokritning atom nazariyasini yanada takomillaştirib, axloq masalalariga doir ma'naviy xulosalar çiqargan. Uningça, modomiki, butun koinot, hatto odamning ruhi ham atomlardan iborat ekan, tabiatda heç qanday ğayritabiiy hodisalarning bölişi mumkin emas. U turli bid'atlarni rad etadi. Koinot haqidagi notöğri tuşunçalar odamni har doim qörquv va tahlikaga solib, uning osuda hayot keçirişiga xalaqit qiladi. Bölmağur xavfxatarlardan qutulmas ekan, inson hayotning lazzatlarini his etmaydi, rohatni bilmaydi. Vaholanki, yaşaşning çin ma'nosi — hayot gaştini surmoqdir. Biroq har bir odam haqiqiy rohatni taşqi olamdan emas, balki öz içki dunyosidan, ruhiy erkinlikdan va dilning osoyiştaligidan axtarmoği kerak.
Stoiklar falsafasi ham köp jihatdan Epikur fikrlariga yaqin. Bu oqimga asos solgan Zenon (mil.av. 335— 253) özining maşğulotlarini Afinadagi peşayvon taxlit binoda ötkazgan. Şuning uçun yunonça «stoya» (peşayvon) sözi keyinçalik uşbu oqimga nisbat berilgan. Epikurçilar ruhiy osoyiştalik prinsiplarini tarğib qilgan bölsalar, stoiklar şafqat, saxovat ğoyalarini tarğib qilganlar. Ularning fikriça, odam bolasi ehtiroslarning ta'sirini yengib, taqdirning izmi, tabiat qonunlari asosida ma'naviy erkin hayot keçirmoği lozim.
Mil.av. 4-asrda Suqrotning şogirdi Antisfen tomonidan yaratilgan kiniklar falsafasi, şu ta'limot tarafdorlarining maşğuloti ötadigan joy — «kinosagers» nomi bilan yuritiladi. Ular jamiyatdagi barça rasmiy taomillarni, hatto axloqodob qoidalarini inkor qilib, insonni tabiiy holatga qaytişga va soxta udumlarni taşlab, oddiy hayot keçirişga çaqiradilar.
Ular öz ta'limotlarini epikurçilarning betaşviş umr keçiriş ğoyalariga qarşi qöyib, qaşşoqlik va gadolikning afzalligini tarğib etadilar. Kiniklarning bu xildagi «qaşşoqlik falsafasi» hukmron tabaqaning barça an'analariga qarşi qaratilgan isyon edi. Iqtisodiy manfaatdan, ijtimoiy vazifalardan keçib, har qanday rasmiyatçiliqdan xalos bölgan va şaxsiy erkinlikni yöqotmagan holda yaxşi yaşaşni tarğib etiş orqali ular xususiy mulkni, quldorlikni, diniy tuşunçalarni, nikoh tartiblarini va boşqalar usulu qoidalarini inkor etadilar va şu yösinda ayonlarning barça ma'naviy madaniyatlariga va rasmiy hayotlariga nafrat bilan qaraganliklarini namoyiş qilganlar.
Adabiyot va san'at saroyga, ellinistik jamiyatning yuqori tabaqalari manfaatlariga xizmat qildirilgan. Antik adabiyotda, xususan, dramaturgiyada muhim örin tutadigan ijtimoiy-siyosiy va axloqiy mavzular E. adabiyotida sayozlaşa borib, ilgarigi jangovar ruhini yöqotib, torintim doiraga tuşib qolgan. Maişiyoilaviy, işqiy keçinmalar haqidagi asarlar yoziş odat tusiga kirgan. Biroq Afinaning özidagi adabiyot («yangi attika komediyasi» deb ataluvçi yönaliş) bundan istisno edi. Bu davrning jahon adabiyotiga qöşgan muhim hissasi ham «yangi komediya»dir. Bu ibora adabiy iste'molga eski zamonlarda kiritilgan bölib, E. davrida paydo bölgan komediyaning yangi turini attika davridagi «qadimgi» komediyadan hamda 4-asrdagi «örta» komediyadan ajratiş maqsadida işlatilgan. Evripid tomonidan dramaturgiyaga kiritilgan qator yangiliklar va «örta» komediyaning ijodiy usullari yangi oqimning şakllanişi va taraqqiy etişida adabiy maktab vazifasini bajardi. E. olamida «yangi komediya» qariyb 200 yil (mil. av. 4-asrning 2-yarmi — 2-asrning 1-yarmi) umr kördi. Bu janrda ijod qilgan şoirlarning soni 160 dan ortiq bölgan. Ulardan Filemon (taxm. 361— 263), Difil (taxm. 350263) va Menandrning (taxm. 343—292) nomi alohida ta'kidlanadi. Menandr özining ba'zi dramalarida («Hakam sudi», «Qirqilgan soç») davrning dolzarb masalalarini, psixologik jarayonlarni qörsatişga intilgan.
E. davridagi komediyanavis şoirlarning bizga qadar yetib kelgan asarlarida (ularning köpçiligi tomoşabinga manzur bölişi uçun) asosiy e'tibor komediyaning taşqi ta'sirçanligini oşirişga qaratilgan. Ayrimlarida hayotda bölmaydigan sun'iy hodisalar, yasama voqealar, uyatli gaplar, beöxşov masxarabozliklar bilan kuldirişga harakat qilingan lavhalarni kuzatiş mumkin.
E. davri şe'riyatida, asosan, kiçik hajmdagi adabiy asarlar: epilliya, elegiya, epigramma va idilliyalar avj oldi. Katta şaharlarning jonsarak şovqinsuronidan, iğvo va fitnalaridan tinkasi qurigan inson hayotning ğalvalaridan boş olib tabiat quçoğiga ketişni, oddiy dehqonlar, soddadil çöponlar singari osuda hayot keçirişni orzu qilganligi natijasida yangi poetik janr — idilliya va bukolika, ya'ni çöpon poeziyasi yuzaga keldi.
Kamimax (taxm. mil.av. 310—240) davr adabiyotining közga köringan vakillaridan biri bölib, uning 800 dan ortiq ilmiy va badiiy asarlari borligi haqida ma'lumot yetib kelgan. «Jadvallar» nomli bibliografik asari 120 jilddan iborat bölib, bu tazkirasifat asarida yozuvçi özidan avval ötgan olimlar va yozuvçilar haqida qisqaça ma'lumotlarni jamlagan. Uning epigrammalari ham aniq, ötkir va qisqa yozilgan. Tört kitobdan iborat va elegiya janrida yozilgan «Sabablar» dostoni mifologiyaga oid asardir. Kallimaxning Attis (Kiçik Osiyo xalkdarida tabiat xudosi) haqidagi epilliyasi, ma'budlar (Zevs, Apollon, Artemida)ni maqtovçi madhiyalari ham bor. Dostonlar yozgan Rodoslik Appoloniy (taxm. 295—215) «Argonavtika» dostoni bilan bu janrni davom ettirdi. U bu asarida mifologik obrazlarga köproq e'tibor bergan. Kiçik hajmdagi nazmiy asarlari bilan tanilgan Feokritning (taxm. 300— 250) qalamiga mansub «Idilliyalar» töplamida 30 şe'r va 25 epigramma mavjud. Bu asarda şoir mazmun jihatdan rangbarang asarlar yaratgan va unda asosiy örinni sokin tabiat qöynidagi hayotni tasvirlovçi asarlar — «bukolika» (çöponlar qöşiği)lar egallagan.
Davr nasrida folklor an'analari ustunlik qiladi. Şunga qaramay, insonning ruhiy dunyosini va maişiy hayotini tasvirlaşda ma'lum yutuqlarga erişilgan. Bu esa keyingi yunon va Rim nazmi va romançiligiga samarali ta'sir körsatgan.
E. davri qadimiy Yunon va qadimiy Şarqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlarining qöşiliş va bir-biriga ta'sir körsatiş davridir, bu davrda madaniyat va san'atda ham an'analar qöşilib bordi, uyğunlikda rivojlandi. Davr ruhi va xususiyatlari, ayniqsa, me'morlik va monumental san'atda özining yorqin ifodasini topdi. Hukmdorlar özlarining saltanatlarini muhtaşam binolar, ajoyib san'at namunalari bilan boyitişga harakat qildi. Yangi şaharlar paydo böldi (Pergam, Iskandariya kabi), ular uluğvorlikda va serhaşamlilikda Afinani ortda qoldirdi. Şaharlar, inşootlar ansambl tarzida bunyod etildi, köçalar, maydonlar, binolar haykaltaroşlik asarlari bilan bezatildi, uylar mozaika, devoriy rasm, haykaltaroşlik asarlari bilan körkamlaştirildi. Boğçorboğ bilan boğliq bezak haykaltaroşligi keng tarqaldi, yangi inşoot turlari — kutubxona, museyonlar paydo böldi [Aleksandriya (Iskandariya) kutubxonasi, Aleksandriya (Iskandariya) museyoni va boşqalar], bunyod etilgan ibodatxona, altar, memorial inşoot turlarida Şarq san'atining kuçli ta'siri öz aksini topdi (Pergamdagi Zevs altari va boşqalar).
E. tasviriy san'atida yunon klassikasi bilan mahalliy madaniyat elementlarining uzviy qöşilişi kuzatiladi; san'at asarlarida fuqarolik ruhi örnini hukmdorning harbiy ğalabalarini tarannum etiş, umumlaşma obrazlar örnini yagona şaxsni uluğlovçi, uning ruhiyatini ifodalovçi asarlar yaratiş egallaydi, bezakdorlik bilan birga voqelikni haqqoniy aks ettiriş kuçayadi. Monumental haykaltaroşlik (ulutvor börtma kompozitsiyalar yaratiş) keng taraqqiy etdi (Zevs mehrobidagi friz), haykaltaroşlik kompozitsiyalari («Laokoon va uning öğillari», «Farnez buqasi» va boşqalar) va portretlari (kiçik şakllar haykaltaroşligi) da obrazlarning hayotiyligi ortdi («Özi va qalliğini öldirayotgan gall», «Ölayotgan gall», şuningdek, Tanagra haykalçalari). Rangtasvirda köp şaklli komggozitsiyalar tarqaldi. Misrda rassomlik ham rivojlangani, adabiy manbalarda Apelles, Antifil kabi rassomlar samarali ijod qilgani töğrisida ma'lumotlar bor. E.ga xos umumiy xususiyatlar vaza rassomligi, gliptika, torevtika, badiiy şişa idişlarda ham quzatiladi.
E. numizmatika san'atida yaqqol közga taşlanadi. Markaziy Osiyoga börtma tasvirli tangalarning kirib kelişi salavkiylar sulolasi nomi bilan boğliq. Örta Osiyoda işlangan tangalarda portretlar taşqi körinişi bilan birga, şaxsning fe'latvorini ham haqqoniy tasvirlab, yunon börtma tasvirlaridan ötib ketdi, «örta osiyoça» mö'jaz portret san'ati rivojlandi. Demetriy tasviri tuşirilgan tangada uning xarakteri va mavqei fil şakli bölgan boş kiyimda tasvirlanadi (bu uning Hindistonni zabt etganiga işoradir). E. davrida Özbekistonda mahobatli haykallar ham işlanganligi ma'lum. Jumladan, Artemida Anaxita siymosida mujassamlaşgan. Uning oltindan işlangan haykallarida boşida nur soçib turgan toji bölgan, bunday haykallar Baqtriyaning boş ibodatxonasiga örnatilgan. Bunday nur taratib turgan toj Demetriy tangalaridagi börtma tasvirlarda ham uçraydi.
Zarduştiylik dinining yunonlarga ta'siri qadim davrlarda kuçli bölganidek, E. davrida ham bu ta'sir sezilarli edi. Kommagen podşohi Antioxning (mil.av.1-asr) toşga öyilgan yozuvida «Zevs» va Oramazdning osmon taxtlari» deyilgan. Bu esa zarduştiylik ma'budi Ahuramazda yunonlarning boş xudosi Zevs bilan bir darajaga qöyilganligini biddiradi. E. davrida, ayniqsa, zarduştiylik ta'limoti katta rol öynadi. Dastavval ahdga sodiqlik, keyinçalik haqiqat uçun kuraşuvçilar tomonida jang qiluvçi uruş xudosi, buyuk hakam va nihoyat, yoruğlik xudosi Mitra ellinistik mamlakatlarda keng tarqaldi. Bu ma'bud hindlarda «Mitra», Avestoda «Misra», suğdlarda «Mişra» deyilgan: Avesto tilidagi «r» tovuşi suğd tilida «ş»ga aylangan, natijada «Misşa» şakli paydo bölib, keyinçalik «Misra» şaklini olgan. Persopoldagi qoyatoş yozuvida ham Mitra «Mişra» şaklida berilgan. qadimiy yunon adabiyotida Mitra dastavval Gerodot «Tarix»ining 1-kitobida tilga olingan.
Mil.av. 4-asrdan Markaziy Osiyo xalqlari tarixida yangi davr boşlangan. Hindistondan Yevropagaça, Yevropadan Misrgaça bölgan hududni öz içiga olgan ellinistik davlatlarning iqgisodiy, siyosiy, ijtimoiy hayotida Markaziy Osiyo xalklari ham iştirok etadilar. Şu tariqa, E. davri Şarq va yunon xalqlari madaniyati, adabiyotlarining özaro boyişi jarayonining oliy çöqqisi böldi. E. Aleksandr bosib olgan yurtlardagi xalqlar hayotining turli sohalari — iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiymadaniy hayotidagi katta özgarişlarga olib kelib, ellinistik madaniyatning ravnaq topişi va keng tarqalişiga zamin hozirlagan. Osiyo va Yevropaning hamma mintaqalarida E. bir tekisda rivoj topmagan. Ammo ellinistik davlatlar inqirozga uçragandan söng bir neça asrlar ötgandan keyin ham ellinistik madaniyat san'at va adabiyotda davom etib kelgan.
Ad,: Tara V., Ellinistiçeskaya sivilizatsiya, M., 1949; Ranoviç A.B., Ellinizm i yego istoriçeskaya rol, M., 1950; Tronskiy I.M., Istoriyaantiçnoy literaturg, M., 1983; Al imuxammedov A., Antikadabiyottarixi, T, 1975; Sulaymonova F., Şarq va Ğarb, T, 1998; Rtveladze E., Velikiy şelkovş put, T, 1999.
Möminjon Sulaymonov, Otabek Jöraboyev, Ne'mat Abdullayev.