Tabiati. M. hududining deyarli xdmmasi çöl zonasida joylaşgan. Şundan faqat 3,5% (35 ming km2) Nil da-ryosi deltasi va vodiysiga töğri keladi. Relyefi va geologik tuzilişi jihatidan M. hududi şartli ravişda tört zonaga bölinadi: 1) Liviya çöli; 2) Arabiston çöli; 3) Sinay ya.o.; 4) Nil daryosi vodiysi va deltasi. Relyefi, asosan, tekislik; Qizil dengizga yaqin yerlar toğlikdir. Liviya çöli platosining balandligi şim.da 100 m, jan.da 600 m, jan. garbda 1000 m gaça bölib, yer yuzasi qum va toşloq. Arabiston çöli yassitoğligi şarqda 700 m gaça kötarilgan, bu yerda bal. 2000 m gaça bölgan tizmalar bor. Nil vodiysiga yaqin joylarning bal. esa 100— 200 m. Yassitoğlik kristalli jinslardan tuzilgan. Nil vodiysining kengligi (M. çegarasida) jan.da 1—3 km, deltaga yaqin joyda 20—25 km. Sinay ya.o.ning U, qismini At-Tix qirlari egallagan. Yarim orolning jan.da bal. 2641 m gaça bölgan toğlar bor. Foydali qazilmalardan: temir, marganets, mis, rux, qörğoşin, volfram, molibden, uran va oltin, şuningdek, neft, tabiiy gaz, fosforit, oş tuzi, ohaktoş bor. Sinay ya.o.da kumir konlari mavjud.
Mamlakatning katta qismida havo quruq va kam bulutli, tropik konti-nental çöl iqlimi, yoğin ahyon-ahyondagina yoğadi. Haroratning sutkalik farqi katta. Mac, çödda kunduzi t-ra 50° bölsa, keçasi 0°. Örta dengiz böyida subtropik, yozi issiq va quruq, qişi yumşoq va seryoğin. Eng issiq oylari (iyul—avg.) ning örtaça t-rasi Iskandariyada 25°, Qohirada 27°, Asvonda 33°. Eng salqin oylari (yanv.— fev.)ning t-rasi Iskandariyada 14°, Qohirada 12°, Asvonda 16°. Apr. va may oylarida 50 kungaça çöl şamoli (xasmin) esib turadi. Örtaça yillik yoğin Iskandariyada 180 mm, Qohirada 34 mm, Asyutda 7 mm, Asvonda 3 mm. Yoğin aksari qisqa muddatli jala bölib yoğadi.
Mamlakatdan birgina Nil daryosi ötadi. Uning suvi töğonlar b-n tartibga solingan. Baland Asvon töğoni qurilgaç, mamlakat jan.da Nosir nomidagi katta suv ombori vujudga keldi. Vohalarda sizot suvlardan keng foydalaniladi. Mayda köl köp. Nil deltasida kanallardan suğorişda foydalaniladi. Ayrim kanallarda kema katnaydi.
Jan.dan şim.ga tomon dastlab sariq-qönğir çöl tuproği, söngra böz tuproq (arablar bodiya — «çöl» tuproği deyişadi), taqir böz tuproq, şörxoklar, Nilning delta qismi — botqoq tuproq. Mamlakatning ğarbiy qismida köçma kumlar bor. Nil vodiysi va deltasining tuproği juda unumdor.
M. hududining katta qismi suvsiz va ösimliksiz çöllardir. Kserofit va lişayniklar, qisman daraxtsimon usimliklar, Liviya çulining şim.da qişda efemerlar ösadi. Köproq butasimon va ut ösimliklar tarqalgan. Nil vodiysida, asosan, madaniy usimliklar ekiladi. Örta dengiz sohillarida çalov, çöl piyozi, na'matak, yantoq va b. bor.
Hayvonlardan sudraluvçilar, jumladan, kaltakesak köp. Çullarda çiya-böri, tulki, sirtlon va b. hayvonlar uçraydi. Nil böyida ğoz, oqqur, ördak, şuningdek, yirtqiç quşlar bor.
Aholisining 98% misrlik arablar. Nubiylar, barbarlar, kopt (qibt)lar (mahalliy xristianlar) M.ning tub aholisi bölib, mamlakatga kelgan arablar b-n aralaşib ketgan qad. misrliklarning avlodlaridir. Greklar, armanlar, italyanlar, inglizlar, fransuzlar ham yaşaydi. Rasmiy til — arab tili, deyarli butun aholi şu tilda gaplaşadi. Aholi, asosan, islom dinining sunniylik yönalişida; xristianlar 10% ni taşkil etadi. Aholining 43,9% şaharlarda istiqomat
qiladi. Eng yirik şaharlari: Qohira, Iskandariya, Port-Said, Ismoiliya, Tanta, Suvayş, Al-Mansura, Damanxur, Al-Mahallat-ul-Kubro.
Tarixi. M. — insoniyat tamadsuni (sivilizatsiyasi)ning ilk makonlaridan biri (q. Misr, Qadimgi Misr). 3— 4-a. larda M. Rim imperiyasi tarkibiga kirgan. Rim imperiyasi yemirilgaç (395), Vizantiyaning bir viloyati bölib qoldi.7-a. boşlarida butun M. aholisi Vizantiyaning rasmiy pravo-slav çerkoviga qarşi bölgan xristi-anlarning monofisit mazhabini qabul qildi. Aholi kopt (qibt) tilida sözlaşar edi. Şu davrda M.ni sosoniylar, 639—642 y.larda esa arablar bosib oldi va mamlakatda islom dini tarqala boşladi. Keyinçalik tuluniylar (868 — 905), abbosiylar (905— 935), ixşidiylar (935—969) sulolalari hukmronlik qildi. Fotimiylar davri (969—1171 )da Falastin, Şom (Suriya) va Ğarbiy Arabiston M.ga qaram bölgan. 1113 y. salib yurişi qatnaşçilari M.ga bostirib kirdi. Şim. Suriya va Irokdagi saljuqiylar noibi Nuriddin Mahmud ibn Zangi (1146—74) salibçilarga qarşi kuraşda Fotimiy xalifa Adid (1160—71) ga katta yordam berdi. Buning evaziga xalifa uni vazir qilib tayinladi (1169). 1171 y. ayyubiylarsulolasi (1171 —1250) ning asosçisi Salohiddin taxtga çikdi. 1174 y. esa u sulton nomini oldi. 1187 y. Suriya va M. harbiy kuçlari birlaşib, salibçilarga qaqşatqiç zarba berdi va Falastin b-n Suriyani ulardan ozod qildi. M.da 13- a. yarmigaça Ayyubiylar, 14—15-a.larda mamluklar hukmronlik qildi.
1517 y. turk sultoni Salim I M.ni egallab, uni Usmonli turk davlati tarkibiga qöşib oldi. 18-a. 2-yarmidan Usmonli turk saltanati tanazzulga uçray boşladi. Bundan foydalangan mamluk beklaridan Alibey mustaqil davlat tuzişga erişdi (1769), Alibeyning vafotidan söng taxt uçun kuraş kuçaydi. 18-a. oxiri — 19-a. boşlarida Fransiya va Angliya M.ni bosib olişga harakat qildilar. 1798 y. M.ni Napoleon armiyasi egalladi. 1801 y. da in-gliz floti fransuz floti ustidan ğalabaga erişdi. 1805 y. da hokimnyat Muhammad Ali poşo qöliga ötdi. Muhammad Ali M.ni kuçli, mustaqil davlatga aylantiriş maqsadida mamluk beylariga qarşi kuraş olib bordi. Mamlakat iqtisodiyotining asosi bölgan q.x.ni rivojlantirdi. Bu davrda birinçi movut, töqimaçilik f-kalari, metallurgiya, qand, oyna z-dlari qurildi. Yevropa usulidagi maktablar oçildi, yoşlar ğarb davlatlariga öqişga yuborildi. Fransuz harbiy maslahatçilari yordamida armiya qayta tuzildi. Mahalliy aholi armiyaga olina boşladi (ilgari faqat yollanma askarlar bölar edi). Muhammad Ali Suriya, Falastin va Arabiston ya.o.ning bir kismini bosib oldi (1831—33). Turkiyaga qaramlikdan qutuliş uçun 1831 y.da unga qarşi uruş oçib, turk armiyasini mağlubiyatga uçratdi. Lekin Angliyaning ikkinçi Turkiya-M. uruşi (1839—40)ga aralaşuvi natijasida M. armiyasi yengildi. Bundan taşqari, Angliya 1838 y.gi ingliz-turk savdo bitimidagi şartlarni M.ga maj-buran qabul qildirdi. Bu esa mamlakatga ingliz mollari köplab kirib kelişiga yöl oçib berdi. Suvayş kanali işga tuşirilişi (1869) b-n Angliya va Fransiya M.da zör berib öz hukmronligini örnatişga urindi. 1882 y. inglizlar armiyasi M.ni egallab oldi va xalq qözğolonini şa-fqatsiz bostirdi. Mamlakatda mustamlaka tartibi örnatildi. Inglizlar bank va moliya işlarini, irrigatsiya qurilişlari, aloqa yöllarini öz qöllariga oldi. M. faqat paxta yetiştiradigan davlatga aylanib qoldi. 20-a. boşlarida Mustafo Komil (1874— 1908) rahbarligida milliy ozodlik harakati avj oldi. Ammo mustamlakaçilar xalq harakatini bostirdilar. 1914 y.da M.da Britaniya protektorati örnatildi.
1918 y.da Zağlul Sa'd boşçiligida «Misr delegatsiyasi» (keyinçalik «Vafd») partiyasi tuzildi. Bu partiya 1919—1924 y.larda inglizlarga qarşi kötarilgan qözğolonga boşçilik qildi. Xalqning kuraşi natijasida ingliz protektorati bekor qilinib, M. mustaqil podşoxlik deb e'lon qilindi (1922). 1923 y. M. konstitutsiyasi kabul etildi. Bu konstitutsiya parlament tuzişni nazarda tutdi. U ayrim erkinliklar — siyosiy taşkilotlar tuziş va matbuot erkinligini berdi, şu b-n birga, podşohga deputatlar palatasini tarqatiş, parlament çaqiriklari muddatini suriş, vazirlarni tayinlaş va böşatiş huquqini ham berdi. Şunday bölsada, Angliya M.da öz mavqeini, ya'ni davlat idoralari hamda harbiy kuçlar ustidan nazoratini, mamlakatda ingliz armiyasini saqlab qoldi. Parlament saylovida «Vafd» partiyasi ğalabaga erişdi va Zağlul Sa'd boşçiligida yangi xukumat tuzildi. Biroq mamlakatda milliy ozodlik kuraşi töxtamadi.
1936 y. Angliya b-n M. örtasida şartnoma tuzildi. Şartnomaga muvofiq, inglizlar M.ni bosib olişni töxtatdilar, lekin mamlakatda harbiy bazalar va armiya sakdaş huquqini oldilar. 2-jahon uruşi davrida M. Italiya-Germaniya va Angliya armiyalari örtasidagi jang maydoniga aylandi. Uruşdan keyin M.da milliy ozodlik harakati yanada kuçaydi. Arab-Isroil uruşi davri (1948— 49)da mamlakatda reaksiya avj oldi, söl vafdçilarni, talabalar harakati rahbarlarini qamaş boşlandi. Bunga qarşi xalq harakati yanada avj oldi. Parlament 1936 y. gi Angliya-M. şartnomasini bekor qiliş töğrisida qaror qabul qildi. Şundan keyin Angliya M.ga qarşi agressiya uyuştirdi. M. xalqi mustamlakaçilarga qarşi partizan uruşini boşladi. 1952 y. 23 iyulda Jamol Abdul Nosir boşçiligidagi «Zubbot alahror» («Ozod zobitlar») uyuşmasi armiyaga tayanib, davlat töntarişi ötkazdi. Davlat hokimiyati Inqilobga rahbarlik kengaşi ixtiyoriga ötdi. General M. Najib kengaş raisi va hukumat raxbari etib tay-inlandi; amalda kengaşga Nosir rahbarlik qildi. Yangi hukumat agrar islohot ötkazib, fallohlarni yer b-n ta'minladi, mamlakatni industrlaştiriş, iqtisodiy mustaqillikka erişiş siyosatini olib bordi. 1953 y. 23 iyunda M. respublika deb e'lon qilindi. 1953 y. örtalarida yangi tuzum rahbarlari orasida ikki oqim — Najib boşçiligidagi eski demokratiya va J. A. Nosir rahbarligidagi inqilobiy demokratiya tarafdorlari paydo böldi. Zidsiyat keskinlaşib, natijada Najib hukumatdan çetlatildi, Jamol Abdul Nosir boş vazir bölib qoldi (1954). Angliya - M. şartnomasi (1954)gamuvofiq, 1956 y. 18 iyunda oxirgi ingliz askari M.dan çiqib ketdi. M.ning siyosiy suvereniteti tiklandi.
1956 y. 23 iyunda M. Respublikasining konstitutsiyasi qabul qilindi va Jamol Abdul Nosir prezident etib saylandi. Prezident Suvayş kanali kompaniyasi davlat ixtiyoriga olinganligini e'lon qildi. Şunday qilib, iqtisodiy taraqqiyot dasturini mablağ b-n ta'minlaşning muxim manbai qölga kiritildi. Şundan keyin M.ga qarşi Angliya— Fransiya —Isroil tajovuzi boşlandi. Xalq bosqinçilarga qarşi qözğaldi. Tinçliksevar xalqlarning talabi b-n ingliz, fransuz (1956 y. dek.) xamda Isroil (1957 y. mart) armiyasi M.dan çiqib ketişga majbur böldi.
1958 y. 1 fev.da M. va Suriya hukumatlarining özaro kelişuvi natijasida yangi unitar (birlaşgan) davlat — Birlaşgan Arab Respublikasi (BAR) tuzildi. Suriyada 1961 y. 28 sent. da davlat töntarişi ötkazilib, Suriya BAR tarkibidan çikdi. M. BAR nomini saqlab qoldi. 1971 y. sent.dan BAR M. Arab Respublikasi deb nomlandi.
1963 y.da J.A.Nosir rahbarligida Arab Sotsialistik Ittifoqi (ASI) tuzildi. ASI 1952 y. iyul inqilobining maqsad va tamoyillarini ximoya qiliş, qolokdikni tugatişni özining asosiy burçi deb bildi. 1964 y. 23 martda yangi muvaqqat konstitutsiya qabul qilindi. Konstitutsiyaga muvofiq, hamma korxonalar xalqniki deb hisoblandi. Şu b-n birga, xususiy va kooperativ mulk xdm saqlanib qoldi. J. A. Nosir prezidentligi davrida muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ötkazildi. Banklar, köpgina yirik va örta savdo hamda sanoat kompaniyalari davlat ixtiyoriga olinişi, keng miqyosda yangi korxonalar qurilişi tufayli iqtisodiyotda qudratli davlat sektori barpo etildi.
1967 y. bahoridaYaqin Şarqdagi mojaro keskinlaşdi. 5—10 iyun kunlari Isroil qöşinlari Sinay ya.o.ni bosib olib, Suvayş kanalining şarqiy sohiliga yetib keldi. Xalqaro jamoatçilik va avvalo BMT Xavfsizlik Kengaşining talabi b-n uruş harakatlari töxtatildi. Ammo uruş natijasida M.ning iqtisodiyotiga katta talafot yetdi. Uruş tufayli Suvayş kanali zonasidagi iqtisodiy hayot izdan çiqdi. Kanaldagi kema qatnovi 1975 y.gaça töxtab qoldi.
1968 y. 30 martda J.A.Nosir Isroil tajovuzi oqibatlarini tugatiş uçun barça kuç va vositalarni safarbar etiş dasturini bayon qildi. 2 may umumxalq referendumi bu dasturni ma'qulladi.
1970 y. 28 sent.da J.A.Nosir vafot etdi. Öşa yil 15 okt.da A. Sadat prezident etib saylandi. Uning davrida bozor munosabatlarini rivojlantiriş, iqtisodiyotning xususiy sektorini kuçaytiriş va faollaştiriş, mamlakatda işlab çiqariladigan mahsulotlar va avvalo iste'mol mollari xamda xizmatlar hajmini oşiriş, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş yölini amalga oşirişga kirişildi. Biroq 1967 y. «olti kunlik» uruşda Isroil tomonidan bosib olingan M. yerlarini (Sinay ya.o.ni) qaytarib oliş muammosi hal bölmay qolayotgan edi. 1973 y. okt.da M. armiyasi Suvayş kanalidan ötib, uning şarqiy sohiliga tuşdi. Uruş natijasida muammoni hal etişning iloji bölmagaç, öt oçiş töxtatildi va 1974 y.da qöşinlarni bir-biridan yiroklaştiriş haqida bitim imzolandi. 1979 y.da Kemp-Devid (AQŞ)da tuzilgan sulx. şartnomasi asosida Isroil uzi bosib olgan yerlarni M.ga qaytarib berdi. Bu sulhga boşqa arab davlatlari qarşi çikdi va M.ni Arab davlatlari uyuşmasidan çiqardi. 1981 y. 6 okt.da A. Sadat diniy taşkilot a'zolari tomonidan öldirildi va öşa yil 13 okt. da Husniy Muborak prezident etib saylandi. Yangi rahbariyat içki siyosiy vaziyatni, xalq noroziligini yumşatiş tadbirlarini kördi, ijtimoiy turmuşni birmunça erkinlaştirdi, iqtisodiyotni soğlomlaştiriş yölida katta qadamlar qöydi. I.ç. tarmoqlarini jadal rivojlantiriş orq-ali iqtisodiyotdagi nomutanosiblikni bartaraf etiş yöli tutiddi. Mamlakatni zamonaviy bozor munosabatlarini şakllantiriş yölidan rivojlantirişni jadallaştirişga qaratilgan islohotlar amalga oşirildi. Xalqaro maydonda oğir-vazmin va epçil siyosat ötkazila boşladi. Jumladan, Qöşilmaslik harakati, Arab davlatlari uyuşmasi, Islom konferen-siyasi taşkiloti b-n hamkorlik fa-ollaştirildi. Yaqin Şarqdagi tinçlik jarayonini davom ettiriş, arab-isroil mojarosini bartaraf qiliş M. taşqi siyosatining asosiy masalasi qilib qöyildi. 1989 y.da M.ning Arab davlatlari uyuşmasiga a'zoligi tiklandi. M. — 1945 y. dan BMTa'zosi. ÖzRsuverenitetini 1991 y. 26 dek.da tan olgan va 1992 y. 23 yanv. da diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayrami — 23 iyul — Inqilob kuni (1952).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari. Milliy demokratik partiya, 1978 y.da taşkil etilgan; Milliy taraqqiyparvar (söl) partiya, 1976—77 y.larda tuzilgan; Mehnat partiyasi, 1978 y.da asos solingan; Liberallar partiyasi, 1976—77 y.larda taşkil etilgan, 1990 y. yanv. gaça Liberalso-sialistik partiya deb atalgan; «Al-Vafd» partiyasi, 1978 y.da tuzilgan; «Al-Umma» («Millat») partiyasi, 1983 y.dan oşkora faoliyat yurita boşlagan. M. mexnat federatsiyasi kasaba uyuşmasi, 1957 y.da asos solingan, Afrika kasaba uyuşmalari birligi taşkilotiga kiradi.
Xöjaligi. M. — agrar-industrial mamlakat. Jahon bozoriga yuqori si-fatli uzun tolali paxta va undan töqilgan gazlamalarni köp mikdorda yetkazib beradi. 70-y.lar oxiri —80-y. lar boşlarida neft qazib oliş va eksport qiliş kupaya boşladi. Iqtisodiy taraqqiyotga, ayniqsa, sanoat va unga kömaklaşuvçi tarmoqlarni rivojlantirişga e'tibor kuçaydi. 90-y.larning örtalarida yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşi 28,5%, q.x. uluşi 20% ga yetdi.
Sanoati mustaqillikka erişgunga qadar, asosan, mayda hunarmandçilik korxonalaridan iborat edi. Iskandariyada neftni qayta işlovçi, avtomobil şinalari işlab çiqaruvçi z-dlar, Suvayş-Qohira neft quvuri mavjud. 1952 y.dan beri 1000 dan ortiq yangi sanoat obyektlari işga tuşirildi. Sanoat korxonalari, asosan, Qohira, Iskandariya va Nil deltasidagi boşqa yirik şaharlarda joylaşgan. 1958 y.da Qohira yaqinida qurilgan Hulvon metallurgiya z-di mamlakatning dastlabki yirik metallurgiya korxonalaridandir. Bu z-d Asvon yaqinidan qazib olingan sifatli temir (40—60%) rudasi asosida işlaydi. Asvon ş.da yiliga 300 ming t pölat işlab çiqaradigan metallurgiya markazi bor. Maşinasozlik sanoati ham qayta qurilgan. Mostorodda elektr kabellari z-di va metall buyumlar işlab çiqariş f-kasi, Hulvonda va-gonsozlik, avtomobil, pölat quvurlar z-dlari, Iskandariyada töqimaçilik sanoati uskunalari z-di, Qohirada velosiped va televizor z-dlari, Port-Fuod, Iskandariyada kemasozlik korxonalari, keyingi yillarda işga tuşirilgan avtomobil, traktor, sovitkiç, metall qirqiş stanoklari işlab çiqaruvçi korxonalar ham bor. Suvayş, Qohira, Iskandariya, Tanta ş.lari neftni qayta işlaş markazlaridir. Kime sanoati faqat mineral öğit i.ç.dan iborat. Kafr-uzzayyat va Abuza'baldagi z-dlar yiliga 200 ming t superfosfat i.ç. quvvatiga ega. Asyutda yiliga 200 ming t superfosfat çiqaradigan z-d mavjud. Abuza'balda qurilgan antibiotiklar z-di farmatsevtika sanoatiga asos soldi. Yana 5 farmatsevtika korxonasi qurildi. Bulardan taşqari, Asvonda kalsiy, Su-vayşda ammoniy sulfat, Iskandariya yonida soda z-dlari, Xulvonda kokskimyo z-di bor. Quriliş aşyolari sanoati korxonalari Hulvon, Al-Ma'sara, Al-Tur va Iskandariya atroflarida bölib, asosan, sement işlab çiqaradi. Yirik töqimaçilik korxonalari Al-Mahallat-ul-Kubro, Kafr-ud-Davvar va Kafr-uzzayyat ş.laridadir. Oziq-ovqat sanoati q.x. mahsulotini qayta işlaydi. Armant, Köm-Umbö, Adfu ş.larida yirik qand z-dlari bor. Asvon gidroenergetika majmuiga kiruvçi elektr st-yalar va yoqilği b-n işlaydigan elektr st-yalar yiliga örtaça 525 mlrd. kVtsoatdan ortiq elektr energiya işlab çiqaradi.
Qişloq xöjaligining yetakçi tarmoği — dehqonçilik. Q.x., asosan, Nil deltasi va vodiysida rivojlangan, bu yerda 3 mln. gektarga yaqin (mamlakat hududining 3%) maydonda yiliga 2 marta, Asvon töğoni qurilgandan beri 3 marta (qişda ham) ekin ekib, hosil olinadi. Birinçi navbatda köproq daromad keltiradigan şolikorlik va paxtaçilik (ingiçka tolali paxta tayyorlaş böyiça dunyoda 1-örin) rivojlangan. Bundan taşqari, buğdoy, arpa, makkajöxori, dukkaklilar va sabzavot, şakarqamiş, xaşaki ekinlar ekiladi. Sitrus mevalar (apelsin, mandarin, limon), xurmo, banan, anjir, uzum, asosan, mamlakat şim.da yetiştiriladi.
Tabiiy yaylov va yem-xaşak kamligi sababli çorvaçilik durust rivojlanmagan. Ötroq aholi (dehqonçilik vohalarida) qoramol (sut uçun), qöy, eçki va xonaki parranda, köçmançilar esa tuya, qöy va eçki boqadi. Asal-ariçilik rivojlangan. Nil daryosi va içki köllarda, şuningdek, Örta dengizda baliq ovlanadi.
Transporti. Mamlakat içida yuklar, asosan, avtomobil transportida (85%) taşiladi. Yuk taşişning salkam 10% t.y.larga, 5% çasi suv transportiga töğri keladi. Avtomobil yöllari uz. 48,8 ming km. Eng muhim avtomagistrallari: Qohira — Iskandariya, Iskandariya — Marso Matruh, Qohira — Suvayş, Suvayş — Port-Said, Qoqira — al-Ğardaqa, Qohira — Asyut. T.y. uzunligi — 8,8 ming km. Asosiy t.y. magistrallari: Qohira — Asvon, Qohira — Iskandariya, Qohira — Suvayş, Port-Said — Ismoiliya. Nil va magistral kanallardagi kema qatnovi yöllari uz. — 3 ming km dan ortiq. Dengiz savdo flotining tonnaji — 1,68 mln. tonna dedveyt.
Taşqi savdo yuklari, asosan, xorijiy dengiz kemalari va samolyotlarda taşiladi. Asosiy dengiz porti — Iskandariya (Örta dengizda), boşqa yirik portlari — Port-Said va Suvayş (Suvayş kanalida), Ras-Şukeyr va Safaga (Qizil dengizda), Qohirada yirik xalqaro aeroport bor.
M. çetga neft va neft mahsulotlari, paxta, ip gazlama va kalava ip, alyuminiy va b. çiqaradi. Çetdan maşina va asbob-uskuna, don va b. oziq-ovqat maxsulotlari, sement, metall, yoğoç va b. oladi. Taşqi savdodagi asosiy mijozlari: Italiya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, AQŞ. Çet el say-yohligi ançagina daromad keltiradi. Pul birligi — Misr funti.
Tibbiy xizmat aralaş tarzda taşkil etilgan. Soğliqni saqlaş vazirligi, muhofazalarda soğliqni saqlaş departamentlari bor. Mamlakatda bepul tibbiy xizmat yölga qöyilgan. Xususiy şifoxonalar ham bor. Vraçlar un-tlarning 9 ta tibbiyot, 4 ta stomatologiya, 6 ta farmatsevtika f-tida, şuningdek, çet ellarda tayyorlanadi. Örta malakali tibbiy xodimlar tayyorlaydigan 276 ta maktab bor. Un-tlarning tibbiyot f-tlarida i.t.lar ötkaziladi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. M.ni 7-a.da arablar istilo qilganidan keyin islom diniy maktablari köplab oçila boşladi. 10-a. da al-Azhar musulmon untiga asos solindi. Dastlabki dunyoviy öquv yurtlari 19-a. 2-yarmida paydo böldi. Xorijiy va mahalliy xususiy maktablar barpo etildi. 4 y.lik boşlanğiç maktab eng köp tarqalgan öquv yurti edi.
.1952 y.dan keyin boşlanğiç va örta maktab isloh qilindi. 1956 y.da barça bolalarga 6 yoşdan majburiy bepul boşlanğiç ta'lim beriş haqida qonun qabul qilindi. 1962 y.gi dekret maktabgaça tarbiyadan to oliy öquv yurtigaça bölgan barça davlat öquv yurtlarida bepul ta'limni joriy etdi. Endilikda bolalar uçun 6 yoşdan boşlab 6 y.lik boşlanğiç ta'lim, söngra 3 y.lik töliqsiz tayyorlov maktabi, 3 y.lik töliq örta maktab mavjud. Barça bosqiçlarga ega bölgan xususiy maktablar bor. Hunartexnika tayyorgarligi hunar bilim yurtlari, hunar markazlari, örta maxsus öquv yurtlari, şuningdek, 5 y.lik texnika maktablarida olib boriladi.
Oliy ta'lim tizimiga un-t, in-t va 4 y.lik kollejlar kiradi. Töliqsiz oliy ma'lumot beradigan 2 y.lik texnika in-tlari xam bor. Mamlakatdagi 14 ta un-tning eng yiriklari: K,ohira, Ayn uş-Şams, Iskandariya un-tlari, Qohiradagi Amerika unti, Al-Azhar unti. Eng yirik in-tlari: Al-Mansura va Qohiradagi politexnika in-tlari, Asvondagi industrial in-t va b.
Yirik kutubxonalari: Qohiradagi Milliy kutubxona (1870), M. in-tining kutubxonasi (1859), Qoqiradagi Milliy majlis kutubxonasi (1924), Qohira unti kutubxonasi (1908), Iskandariya unti kutubxonasi (1942), Qohiradagi Hulvon unti kutubxonasi, Iskandariyadagi Munitsipal kutubxona (1892).
Yirik muzeylari: Islom san'ati muzeyi (1882), Geol. muzeyi (1899), M. muzeyi, Zamonaviy san'at muzeyi (1920), Paxta muzeyi (1923), T.y. muzeyi (1933), Harbiy muzey — hammasi Qoxirada, Iskandariyadagi Yunonrim osori atiqalari muzeyi (1892).
Ilmiy muassasalari: Qohiradagi M. in-ti (1798), I.t. va texnologiya akademiyasi (1971, tarkibida i.t. markazi, Atom energiyasi markazi, metallurgiya markaziy tadqiqot in-ti, Okeanografiya va baliq i.t. in-ti, Astronomiya in-ti, Neft tadqiqot in-ti, Axborot va hujjatlaştiriş milliy markazi mavjud). Qohirada Ped. tadqiqotlari milliy markazi, al-Jizada Arab tili akademiyasi, q.x. tadqiqot markazi va b. bor.
Matbuoti, telekörsatuvi va radioeşittirişi. M.da vaqtli naşrlar soni 300 dan oşadi. Eng yiriklari: «Alaqrom» («Ehrom», kundalik gaz., 1875 y.dan), «Al-axbor» («Xabarlar», kundalik gaz., 1944 y.dan), «Al-jumhuriya» («Respublika», kundalik gaz., 1953 y.dan), «Al-aholi» (kundalik gaz., 1978 y.dan), «Axbor al-Yaum» («Kun yangiliklari», kundalik gaz., 1944 y.dan). «Alahror» («Liberallar», haftalik gaz., 1977 y.dan), «Al-Vafd» («Delegatsiya», haftalik gaz., 1984 y.dan), «Axer saa» («Sönggi soatda», haftalik jur., 1934 y.dan), «Alka-vakib» («Yulduzlar», haftalik jur., 1952 y.dan), «Oktobr» («Oktyabr», oylik jur., 1976 y.dan) — hammasi arab tilida; «Jurnal d'Ejipt» («Misr gazetasi», fransuz tilida çikadigan kundalik xususiy gaz., 1936 y.dan), «Ijipşn gazett» («Misr gazetasi», ingliz tilida çiqadigan kundalik gaz., 1880 y.dan), «Ijipşn meyl» («Misr poçtasi», ingliz tilida çikadigan gaz., 1910 y.dan) va b. Yaqin Şarq axborot agentligi (MENA), M.ning rasmiy axborot agentligi, 1955 y.datuzilgan. M. radioeşittiriş va telekörsatuv uyuşmasi 1928 y.da taşkil etilgan.
Adabiyoti eng qad. adabiyotlardan bölib, mil. av. 3ming yillikda paydo bölgan. Qad. M. va qibt adabiyoti rivojlangan. Rasmiy va tarixiy voqealar bayoni, mehnat jarayonini kuylovçi qöşiklar kabi adabiy yodgorliklarning köpgina namunasi şoxlar sağanalari devorlariga yozib qoldirilgan. Örta va Yangi şoxlik (mil. av. 16—11-a.lar) papiruslarida yozilgan köpgina rivoyatlar saqlangan. Ularning mu-alliflari ma'lum emas. Asosiy janrlari: ertak, rivoyat, madhiya, marsiya, duo, nasihat, masal, epos, işqiy lirika kabilar. Mil. 7—15-a.larda arab adabiyoti şakllanib, ravnaq topdi. Adabiy janr va mavzular kengaydi. Yangi M. adabiyoti turklar hukmronligi (16—18-a.lar) tufayli rivojlanmay qolgan edi. 19-a. boşlaridan M. adabiyoti Yevropa mustamlakaçilariga qarşi kuraş ta'sirida arab tilida rivojlandi. 19-a.ning 1-yarmida Muhammad Alining islohoti munosabati b-n M.da dunyoviy maktablar oçildi, kitoblar naşr etila boşladi, birinçi arab gaz. çop etildi. Ana şu davrda Muqammad Abdo, Abdulloh Nodim, Adib Ishoq kabi ma'rifatparvar adiblar xorijiy kelgindilar zulmiga qarşi çiqib, ijtimoiy islohotlarning zarurligi haqida yozdilar, Mahmud Sami al-Barudiy (1837—1904) öz şe'rlarida ingliz mustabidlariga qarşi kuraşişga çaqirdi. Hofiz Ibrohim (1871 — 1932) va «şoirlar amiri» Ahmad Şavqiy (1869—1932) ham öz asarlarida inglizlar hukmronligiga qarşi kuraşni tasvirladi. Yangi M. adabiyoti va publitsistikasining asosçisi Mustafo Komil (1874— 1908) ham öşa davrning yirik ma'rifatparvaridir. 1919—24 y.larda M. xalqining inglizlarga qarşi qözğolonlaridan keyin Toho Husayn, Tavfiq alhakim kabi adiblar samarali ijod qildilar. 20-y.lar M. adabiyotida maişiy mavzudagi novellalar asosiy örinni egalladi. Uning asosçisi «Şayx Juma va boşqa hikoyalar» nomli ilk novellalar töplami muallifi Mahmud Taymurdir. Salom Muso va Ibrohim Amin kabi keksa taraqqiypar-var adiblar ham mehnatkaşlarning inglizlar hukmronligiga qarşi kuraşini aks ettiruvçi asarlar yaratib, milliy ozodlik ğoyalariga sodiq qoldilar. 20-y.larda M. adabiyotida maişiy mavzudagi dramalar ham paydo böddi. M. Tay-murning «Halokat», Farax Antuanning «Yangi va köhna Misr», Antuan Yazbekning «Uyda böron» va «Qurbon» pyesalarida zamonaviy mavzular öz ifodasini topgan. 20—30-y.larda atoqli dramaturg Ahmad Şavqiy qad. M. adabiyoti tarixiga oid «Kleopatraning ölimi», «Antara» kabi şe'riy t-ragediyalar yaratdi. 30-y.larda şe'riyat taraqqiyotida «Apolo» («Apollon») tögaragi muhim rolöynadi. M. adabiyoti 2-jahon uruşidan keyingi yillarda, ayniqsa,
gurkirab rivojlandi. Bu davr adabiyotida demokratik ğoyalarni kuylagan bir qança iste'dodli yoşlar paydo böldi. Tinçlik va kelajak uçun kuraş adiblarning asosiy mavzui böldi. 40— 50-y.lar hikoyanavisligida Abdurahmon alhamisiy va Abdurahmon aş-Şarkaviy ijodi asosiy örinni egallaydi. Hamisiyning «Qonli köylak», «Qotmagan qon», «Biz ölmaymiz» va Şarkaviyning «Bayroq», «Markaziy köça ortidan» kabi töplamlarida milliy mustaqillik uçun kuraş aks etgan. Xuddi şu mavzu romantik ruxda Yusuf as-Siboyining «Yuragimni qaytarib ber» va Ishoq Abdul Quddusning «Öyimizda erkak bor» asarlarida öz ifodasini topgan. Bu davrdagi ijtimoiymaişiy mavzuni aks ettirgan romanlar diqqatga sazovor. Nagib Mahfuz inqilobgaça va undan sönggi davr haqida yirik asarlar yaratdi. «Ovloqköçalar», «Ibtido va in-tiho» nomli romanlari va «Bayn al-Qasrayn», «As-Sukkariya» trilogiyasi adibga şuhrat keltirdi. U 50-y.larda tanqidiy realizm an'analarini davom ettirib, zamonaviy mavzudagi «Kuzgi bedanalar», «Yöl», «Gado» kabi romanlar yozdi. M. jamiyati hayotida yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni aks ettirişga uriniş adabiyotdagi asosiy yönalişdir. 60—90-y.lar adabiyotning dolzarb mavzudagi asarlari orasida al-Hitaniyning «Za'faron» köçasidagi hangomalar», al-Kuayidning «Misr diyoridagi jang», «Qişki tuş», S Ibrohimning «Avgust yulduzi» romanlari bor.
Me'morligi. M. qad. me'moriy yodgorliklarga boy mamlakat. 4 ming yillik rivojlaniş davrini öz içiga oluvçi Qad. M. me'morligida ehrom, maqbaralarning nodir şakl va turlari yaratildi. Bular jahon san'atining noyob namunalaridir. Yunon- Rim davri (mil. 300 y.)da qad. me'moriy an'analar b-n yonma-yon yangi me'moriy obidalar yuzaga keldi. Xristianlik esa Bavit, Vodiy Na-trun, Söhoj sahrolaridagi monastirlarda aks ettirildi. M.ga arablar kelişi natijasida musulmon me'morligining rivojlanişiga asos solindi. Masjid, şoh saroyi, hammomlar va harbiy qal'alar şahar me'morligining asosiy unsurlari bölib qoldi. Nilning şarqiy qirğoğida qurilgan Fustat qal'asi (640—41) arablarning M.da qurgan dastlabki me'moriy inşootidir. 8—9-y.lardayoq töğri burçakli, hovlili, atrofi ustunli ayvonlar b-n öralgan öziga xos masjid binolari paydo böldi (Amir masjidi, 641 — 827; Ibn Tulun masjidi, 876—79 va b.). Fotimiylar Fustatni bosib olib, uning şim.da M.ning hoz. poytaxti — Al-Qohira (ğolib)ni qurdilar (969). Fotimiylar (10—12-a.lar) va ayyubiylar (12—13-a.lar) davridan Qohirada köp masjidlar, inşootlar, şu jumladan, Qohiraning uç şahar darvozasi, Qohira qal'asi qolgan. Mamluklar davri (13— 16-a. boşlari)da katta masjidlar, madrasalar qurilişi mu-him örin egalladi. Bu binolar bezagida koşinkorlik, toş va oyna katta örin oldi. 16-a. dan imoratlar, asosan, turk an'analari asosida qurildi. Mac, Muhammad Ali masjidi (qal'ada, 1630—48). 19-a. oxiri — 20-a. boşlarida M. me'morligida qad. milliy an'analarni tiklaşga intiliş kuçaydi. Biroq, ayni vaqtda Yevropa klassitsizmining ham ta'siri zöraydi. Suvayş kanalining qazilişi (1835— 69) b-n yangi şaharlar: Port-Said, Suvayş, Ismoiliya qurildi. M.ning öziga xos şaroitida Yevropa me'morligini tatbiq etiş tajribasi faqat taşqi sifatlarni yuzaki ravişda qabul qiliş yöli b-ngina bordi. 20-a. boşlarida Qohira Gezir va Rod o.larida qurilgan yangi binolar hisobiga ança kengaydi. 20-a.ning 30—50-y.larida M.ning ijtimoiy va madaniy hayotida oldinga siljiş yuz berişi natijasida M. me'morligida zamonaviylik asosiy örin egalladi. Iskandariya qayta qurilib, şarqda al-Muntaz, ğarbda Ras at-Din qal'alari b-n tutaşdi. Oralikda istirohat boğlari, sport klublari qurildi. M. xalqining mustaqillik uçun kuraşi utmişdagi milliy merosni ijodiy tiklaş bayroği ostida ötdi. An-Naxda «Uyğoniş» nomini olgan bu harakat, ayniqsa, adabiyot va san'atga kuçli ta'sir etdi, me'morlik ham bundan çetda qolmadi. Şu davrdagi M. me'morlari özining yangi yönalişida jahrn zamonaviy me'morligining nazariya va amaliyotini inobatga olib bordi. Krxira (1955) va Iskandariya (1958) ş.larini qayta quriş rejasi tuzildi. 60-y.larda yangi me'morlik uçun olib borilgan kuraş, asosan, ğalaba qozondi. Zamonaviy uslubda köpgina jamoat binolari (Qo-hira aeroporti, Iskandariyada «Falastin» mehmonxonasi, Qohiraning yangi Madinat-an-Nosir tumani, 1959— 62, boş me'mor Sayd Karim), Hukumat uyi, un-t şaharçasi, kasalxonalar, 100 ming örinli stadion, sayyohlar markazi qurildi. Ularda örta asr arab me'morligi an'analaridan ham foydalanilgan.
Tasviriy san'ati. M.da qad. san'at obidalari köp saqlangan (q. Misr, Qadimgi Misr). Musulmon tasviriy san'-atining bizgaça yetib kelgan ilk na-munalari fotimiylar davriga mansubdir. Fustatdagi xammom devoriga çizilgan rasmlar, toş, yoğoç, fil su-yagiga öymakorlik usulida işlangan sozandalar, raqqosalar, çavandozlar qiyofalari, ov va ziyofat manzaralari, miniatyuralar, «Maqomot» kitobiga işlangan suratlar şu jumlaga kiradi. Ularning tasviriy uslubida yunon va qibt san'ati an'analari ta'siri seziladi. Örta asr manzarali-amaliy san'atida kaşta, töqima yoki bosma gulli matolar, rangbarang gulli so-pol buyumlar, toğ billuridan taraşlab va öyib naqşlangan idişlar, sirkorlik b-n işlangan şişa buyumlar, nafis öyma va qadama anjomlar, jimjimador yoğoç mehroblar, minbarlar yasaş keng urf böldi. M.dagi arab san'-atining barça turlarida naqş va husnixat alohida örin oladi. 10— 12-a.lar san'at asarlarining bezaklarida odam va jonivorlar tasviri köp uçraydi, keyingi davrlarda esa tabiat va ösimliklar tasviri, turli çiziqdar ustunlik qildi.
19-a. oxiri — 20-a. boşlarida M.da yangi tasviriy san'at vujudga keldi. Bu voqea, bir tomondan, yangi davrdagi yevropalik ustalar tajribasi va san'atini özlaştiriş, ikkinçi tomondan, milliy ozodlik harakati ta'sirida qad. va örta asr milliy badiiy an'analarini qayta tiklaş muddaosi b-n izoxlanadi. Zamonaviy M. san'ati nisbatan yoş. Ilk davrda u ğarb modern oqimlari ta'sirida bölsada, tezlikda milliy an'analar va qad. merosni örganişga kirişdi. Yangi san'-atning asosçilari Mahmud Muxtor va Mahmud Saidning ijodi 20-a.ning 20—30-y.larida gullaş davrini boşdan keçirdi. Bularga 40-y.larda yangi davr san'atining yirik vakili Muhammad Naği qöşildi. Ularning ijodi öz xalqining qad. badiiy madaniyatiga intilişi, insonparvarligi va xalqparvarligi b-n ajralib turadi. Muxtorning yirik asarlaridan «Uyğonayotgan Misr» monumenti keng şuhrat qozongan. Nağining «Efiopiya hayotidan parça», «Pardoz», «Qohiradagi köprik» va b. asarlari maşhur. 1952 y. gi inqilob yoş realist rassomlar: manzaraçi Georg Sabax, Labib Tadros, Said as-Sadr, portretçi Husan Bakar, Latif Nasim, Muhammad Uvays va b.ning ijodiga keng yöl oçdi. 50-a.lar rassomligida bezak kartinalar ham keng tarqaldi. Maşhur Jamol as-Sağinning «Ozodlik», «Tinçlik ğalabasi», «Afrikaning uyğonişi» kabi ramziy haykallari muallifning insonparvarlik, xalq ğalabasiga işonçidan dalolat beradi. Haykaltaroşlardan M. Muso, A. Usmoniy, haykaltaroş va rassom Dia Sakkoflar milliy mavzuni ifodalaşning realistik usullariga murojaat etadilar. Ba'zi yoş rassomlar Ğarbdagi eng yangi modernistik oqimlar yölidan borişga intiladi. An'anaviy manzarali-amaliy san'at turlari, suyak, yoğoç, metall öymakorligi, zargarlik, töquvçilik, kulollik taraqqiy etgan. Suratkaşlik ham rivojlandi: Abdul Vofiy, Fuod, Izzat, al-Buxgöri, Zuxdiy Roha va b. xalq amaliy san'atida çinni, oyna, toş va zamonaviy sintetik materiallardan foydalanila boşladi. Qohiradagi nafis san'at maktabi badiiy in-tga aylantirildi.
Musiqa — M. madaniy qayotining ajralmas qismi. Qad. dramatik diniy janrlardan tortib maqamlargaça maşxur. Arab maqamlari Şarkdagi boşqa xalqlar orasiga ham yoyilgan. Çolğu as-boblari benihrya xilma-xil. Mustamlakaçilik asorati M. madaniyati taraqqiyotiga ğov böldi. Said Darviş (1892—1923) yangi M. musiqasining qaldirğoçidir. Uning yorqin vatanparvarlik ruhidagi qöşiqlari köpgina arab mamlakatlariga yoyilgan. «Al-Barux», «Şahrizoda», «Önlik ğiştin» kabi musiqali sahna asarlari M. zamonaviy musiqasiga asos böldi. 19-a. oxiri — 20-a. boşlarida M. musiqasida konsertlar katta örin oldi. Yangi konsert janrlari vujudga keldi. 1910—20 y.larda arab operettasi degan janr yuzaga keldi. Kompozitor S. Darviş bu janrning eng atoqli ar-bobi edi. 1914 y.da Koxirada asos solingan musiqa klubi keyinçalik Şarq musiqasi maktabiga (1929 y.dan Arab musiqasi in-tiga) aylantirildi. 1927 y.da M. musiqa jamiyati taşki l etildi.
1952 y. inqilobidan söng M. musiqiy hayoti jonlandi. Bir qator örta va oliy öquv yurtlarida musiqaçilar tayyorlana boşladi. 60—80-y.larda, ayniqsa, şaharlarda ommaviy musiqa keng yoyildi. Qohira konservatoriyasi poytaxt opera teatrining milliy kad-rlar öçoğidir. 1962 y.da Kohirada Operetta teatri oçilgan. M. musiqasida yangi ğoyaviybadiiy zamin kuçaydi, mahalliy mavzularga e'tibor köpaydi. M. san'atkorlari orasida Um Kulsum, Şams, Sağira, Şodiya, Fayz, Ahdam, Saboh singari yakkaxonlar maşhur.
Teyatri. M.da teatr san'ati unsurlari eng qad. diniy marosim va bayram tomoşalariga borib taqaladi. Örta asrlarda soya teatri bölgan. Mamluklar hukmronligi urf-odatlarini mazah qiluvçi komediyalar muallifi Ibn Daniala bu teatrning tanikli arbobi edi. Bu davrda qöğirçoq teatrlari qam keng yoyildi. «Araguz» qöğirçoq teatri, ayniqsa, maşhur böldi. 1869 y.da Suvayş kanali tantanali oçilişi munosabati b-n Opera teatri qurildi va J. Verdining «Rigoletto», 1871 y.da «Aida» operalari körsatildi. 1869 y.da Yo. Sannua rahbarligida birinçi milliy professional teatr truppasi taşkil etildi va özining arab tilidagi operettasini körsatdi. Keyinçalik Qohira va Iskandariyada ham professional drama teatrlari oçildi. Bular orasida I. Farrah tomonidan tuzilgan (1891) teatr truppasi ijodi milliy musiqali dramaga asos böldi. Köpgina havaskorlik jamoalari ham işladi. M. teatri taraqqiyotining key-ingi davri J. Abyod, M. Taymur, Yu. Vahbiy, T. alhakim kabi iste'dodli teatr arboblari nomi b-n boğliq. 1920 y.da «Al-Ezbakiya» teatri, 1923 y.da Yu. Vahbiy boşçiligida «Ramzes» teatri, 1933 y.da «Milliy truppa», 1935 y.da alhakim boşçiligida «Milliy teatr» taşkil etildi. M. sekin-asta arab teatr madaniyatining markaziga aylandi. 1952 y. gi inqilobdan keyin arab xalqlari hayotidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy özgariş milliy san'-at, jumladan, teatr san'ati taraqqi-yotida muhim rol öynadi. Qohiradagi Milliy teatr, Xalq teatri, «Arab teatri» kabi davlat teatrlarining faoliyati yangi bosqiçga kötarildi. Teatr san'ati in-ti (1952), «26 iyul teatri» (1959), «Al-Jumhuriya» (1961) teatri oçildi. Qoqirada xususiy teatrlar ham bor. Iskandariyadagi Muhammad Ali teatr truppasi, «Kleopatra» teatri, Milliy teatr, şuningdek, Qohira, Port-Said, Damanhur, Tanta kabi şaharlardagi havaskorlik trup-palari ham maşhur. Teatrlar repertu-arlaridan Yo. Sannua, Yu. Vahbiy, A. Ezbak, T. alhakim, M. Taymur, A. Farrah, Yu. Idris kabi milliy hamda ja-hon klassiklarining asarlari örin olgan. Ularda M. köça xalq teatri usullaridan ham foydalaniladi. Sahna san'atining boşqa turlari kabi xalq raqs san'ati ham qadimiydir. Har bir teatr truppasi raqsga katta örin beradi. Mumtoz baletga qiziqiş M. sahnasiga Ğarb mumtoz baletining kirib kelişi b-n boşlandi. Mamlakatda xususiy balet maktablari taşkil etildi, qobiliyatli yoşlar balet san'atini örganiş uçun Yevropa şaharlariga yuborildi. 1959 y.da milliy xoreografiya maktabi oçildi.
Kiiosi. 1896 y. da Iskandariyada birinçi kinoteatr oçilgan, unda xorijiy filmlar körsatilgan. 1912 y.da hujjatli lentalar işlab çiqarila boşlagan. Dastlabki arab badiiy filmlari — «Jar yokasida» va «Uzilgan gul» 1917 va 1918 y.larda ekranga çiqarilgan bölsada, ularni muttasil i.ç. 1927 y.dan boşlangan. Ilk arab ovozli filmlari («Laylo», rej. A. Jalol; «Qalb qöşiği», rej. J. Abyod va Nadra; «Boylarning bolalari», rej. M. Karim) 1931 y.da Parijda suratga olingan. 30-y.lar oxiri — 40-y.lar boşida milliy kinoni rivojlantiriş harakati boşlandi. 1935 y.da Qohirada «Misr» milliy kinostudiyasining oçilişi b-n arab kinematografiyasi tez rivojlana boşladi. 1927—38 y.lar mobaynida 70 ta kinofilm, 1952 y.dan esa har yili 60—70 tadan kinofilm işlab çiqarildi va M. kinematografiyasi xalqaro miqyosda tanila boşladi. «Yurakdagi öq», «Oq gul» (rej. M. Karim), «Dözax osmoni», «Jamila» (rej. Yu. Şaxin), «Iroda» (rej. K. Salim), «Sevgi va köz yoşlari» (rej. K. aş-Şayx), «Qora közoynak» (rej. X. Mustafo) kabi arab filmlari mamlakat va çet el kino-ekranlarida şuhrat qozongan. 1963 y.da Kino, radio va telekörsatuv boş boşqarmasi tuzildi. 60-y.larda G. Barakatning «Gunoh», T. Salohning «Qahramonlar kuraşi», S. Sayfining «Seviş mavridi emas» filmlarida xotinqizlar ozodligi masalasi, Yu. Şaxin, K. aş-Şayxning filmlarida dehqonlar va ziyolilarning ongi uygonişi muammolari kötarildi. 70—80-y.larda ekranga çiqarilgan badiiy tasmalar xalq hayoti, turmuş jumboqlari, maorif islo-hoti va b. mavzularga bağişlangan. 1975 y.dan milliy kino festivallari, 1976 y.dan Qohira xalqaro kinofestivallari muntazam ötkazila boşladi. M.ning köplab filmlari Jeneva, Bayrut, Toşkent kinofestivallarida oltin sovrin va faxriy yorlikdar b-n takdirlangan. Mamlakatda 8 kinostudiya, 350 kinoteatr bor.
Özbekiston — M. munosabatlari. 1992 y. yanv.da M. rasmiy delegatsiyasining Özbekistonga va 1992 y. dek. da ÖzR Prezidenti I. Karimovning M.gataşrifi vaqtida ikkala mamlakatning turli sohalardagi hamkorlikni çuqurlaştiriş va kengaytiriş muddaolari tasdiklanib, ularga aniklik kiritildi. 2000 y.gaça mamlakatlar örtasida 10 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. ÖzR b-n M. örtasidagi munosabat va hamkorlik asoslari, investitsiyalarni rağbatlantiriş va özaro himoya qiliş, iqtisodiy, ilmiy va texnikaviy hamkorlik, aviatsiya qatnovi va havo transporti sohasidagi hamkorlik, Toşkent şarqşunoslik in-ti b-n M.ning Al-Azhar unti örtasida fan va madaniyat sohasidagi hamkorlik, Özbekiston va M. taşki işlar vazirliklari örtasida hamkorlik va maslahatlaşuvlar töğrisidagi bitimlar şu hujjatlarning eng muhimlaridir.