Foydali qazilmalari. A.da xilma-xil foydali qazilmalar bor. Bulardan köplari dunyodagi eng katta konlardir. Foydali qazilma konlari turli geologik davrlar yotqiziklarida uçraydi. A.ning asosiy mineral boyliklari kembriydan oldin va kembriy davrida hosil bölgan. Marganets rudalari, boksit, oltin, qalay, niobiy va asbest konlari kembriydan oldingi jinslar tarkibida uçraydi. JAR, Svazilend va Zimbabveda xrizotil-asbest konlari, JARda surma va korund konlari, dunyodagi uran aralaş eng boy oltin konlari, Zimbabveda xromit va oltin konlari, Gvineyada boksit konlari, Ganada marganets rudasi, boksit va oltin konlari, Kongoda kumuş, Nigeriyada kumuş va kolumbit, Madagaskar o.da grafit bor. Markaziy A.ning mis mintaqasi kembriy davrida hosil bölgan jinslar orasida Zambiyada köp uçraydi. Bu yerda mis b-n birgalikda kobalt, uran, rux, Nami-biyada vanadiy, berilliy va litiy konlari, Marokaşda kobalt va polimetall konlari bor. Jan. Afrikadagi kumuş, xromit, marganets, temir rudalari, titanmagnetit va flyuorit konlari quyi paleozoyda hosil bölgan. JAR va Kongo Demokratik Respublikasidagi tub olmos, JAR va Zimbabvedagi kumir konlari, Sahroi Kabirning Jazoirga qaraşli qismidagi neft konlari, Misrdagi marganets konlari mezozoy (yura va bör davrlari)da hosil bölgan. Atlantika sohilidan Misrgaça çözilgan keng maydonda fosforit, Marokaşda marganets rudasi, Marokaş, Jazoir va Tunisda temir, qörğoşin, rux konlari mavjud.
Iqlimi. Ekvator çiziği materikni teng ikki qismga bölib turganidan A.ning ekvatordan şim. va jan. tomondagi qismlari bir xil iqlim mintaqalariga ega: ekvator iqlimi zonasidan keyin ekvator musson iqlimi, tropik va subtropik iqlim zonalari keladi. Ekvatordan şim. va jan. tomonda yil fasllari bir-biriga teskaridir, ya'ni şim.da yoz bölganida jan.da qiş böladi va aksinça, Jan. yarim şarda yezda oylik örtaça t-ra 30°dan ortiq bölganda, şim. qismida pasayib 10°, 25°ga tuşadi. Yezda A.ning şim. yarmida örtaça oylik t-ra 25°, 30° (Sahroi Kabirda), jan. yarmida esa 25°, eng jan.da 12° böladi. A.dagi Tripoli ş. (Liviya) yaqinida Yer yuzida eng yuqori t-ra (58°) qayd qilingan. Kongo botiği va Gvineya qöltiğining şim. sohilida juda köp (yiliga 1500—2000 mm) yoğin tuşadi. A.da eng seryoğin joy Debunja (Kamerun toği etagi)da, yiliga 9655 mm yoğin tuşadi. Yoğin miqdori, Sudanda jan.dan şimolga tomon kamayib boradi. Qolgan r-nlarda ekvatorga hamda Hind okeaniga yaqinlaşgan sari ortadi (200 mm dan 1500 mm gaça); Sahroi Kabirda, Kalaxarining jan.-ğarbida va Namib çölida, iqlimni sovitib yuboradigan Bengela oqimi ta'siri natijasida ahyon-ahyondagina bir oz yomgir (100—200 mm) yoğadi. A.ning şim. va jan. çekkalarida yomğir qişda (yiliga 600—700 mm) yoğadi.
Suvlari. A.da daryolarning geografik taqsimlanişi ham, sersuvligi ham turliça. Atlantika okeaniga Kongo (Afrikadagi eng sersuv va uzunligi jihatidan ikkinçi örindagi daryo — 4370 km), Niger, Oranj daryolari quyiladi. Hind okeaniga quyiladigan daryolardan eng kattasi Zambezi (2660 km). Örta dengizga asosan Nil (A.dagi eng uzun daryo — 6671 km) kuyiladi. A. maydonining 1/3 qismidan köproği içki suv havzalaridir. Bu yerlarda sernam mavsumlardagina suv oqadi (Sah-roi Kabir, Kalaxari, Şarqiy Afrikaning bir qismi). Katta daryolar turli xil iqlimli ölkalardan oqib ötadi va rejimi juda murakkab. Daryo özanlarida ostonalar va şarşaralar köp (Nil ostonalari, Zambezidagi Viktoriya şarşarasi, Kongodagi Stenli va Livingston şarşaralari). Adagi eng yirik köllar tektonik yöl b-n hosil bölgan: Şarqiy Afrikadagi Albert, Eduard, Kivu, Tanganika (çuq. 1435 m — çuqurligi jihatidan dunyoda Baykal kölidan keyin 2-örinda), Nyasa, Rudolf köllari ana şulardandir. Adagi eng yirik köl — Viktoriya köli. Efiopiya toğligida Tana köli bor, çala çöl ölkalarida oqmaydigan şör köl köp (Çad, Ngami).
Tuproq va ösimliklari. A.da tuproq-ösimlik qoplami zona-zona bölib joylaşgan. Gvineya qöltiğining şim. sohili va Kongo botiği sernam bölganidan podzollaşgan laterit tuproqlarda doim yaşil sernam ekvatorial örmonlar ösadi. Bu örmonlar qalin, yarusli bölib, daraxt turlari nihoyatda köp, liana (çirmoviq) lar va epifitlarga boy. Yezda yoğin yoğadigan r-nlarda siyrak örmonlar — savannalar (tropik örmonli daştlar), tikanli butazorlar uçraydi. Savannalarda ğallagulli ötlar yilning quruq faslida qovjirab qoladi. Daraxtlar barg taşlaydi. Savannalarda daraxtlardan palma, baobab, akatsiya va b.lar ösadi. Savannalarda qizil va qizil-qönğir tuproqlar, savanna örmonlarida qizil-jigarrang töproqlar tarqalgan. Savannalarning ança qismi haydab yuborilgan yoki yaylovga aylantirilgan. Çullarda (Sahroi Kabir, Namib) ösimlik siyrak, turlari kam. Sahroi Kabirda kserofitlar — yantoq, bargsiz retam butasi, lekanora lişaynigi, quruq özanlar böylab yulğun, akatsiya ösadi, suv bor joylarda (vohalarda) xurmo ekiladi. Kalaxari çölining jan.-ğarbida sukkulentlar, Namib çölida velviçiyalar ösadi. A.ning şim. subtropik yerlarida hamda jan. çekkalarida doim yaşil butazorlar tipik ösimliklardir; toğ yon bağirlari örmonlar bilan qoplangan. A.da 40000 dan ortiq gulli ösimlik turlari bor. A.ning katta qismi Paleotropik oblastga kiradi. Sahroi Kabir va A.ning şimoliy sohili Golarktika oblasti tarkibidadir. Kit'aningengjan.-ğarbiy çekkasi Kap oblastini hosil qiladi.
A.hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Şim. Afrika va Sahroi Kabir Palearktika oblastiga kiradi. Bu yerlarda Jan. Yevropa hayvon turlari b-n birga Efiopiya zoogeografik oblasti turlari uçraydi. A.ning qolgan hududi Efiopiya oblastiga kiradi. Sirtlon, viverra, dumsiz maymunlar, quyon, tuvaloq (Atlas toğlarida), mendasa va bubala jayranlari, oddiy ğizol, fenek tulkisi va b. (Sahroi Kabirda), Jan. Yevropa hayvonlari, közoynakli il on, daman, tuyaquş Efiopiya oblasti hayvonlaridir. Sahroi Kabirda bir örkaçli tuya boqiladi. Efiopiya oblasti qalin örmonlarida maymunlar, fillar, buyvollar (suv sigiri), mitti suv ayğirlari, quşlardan aksari örmalab çiquvçilar (qizilişton, sassiqpopişak, kulrang tötiquş) uçraydi. Qönğiz, kapalaklar juda köp. Savanna, çala çöl va çöllarda ötxör hayvonlar: jayranlar (40 ga yaqin turi bor), zebra, jirafa, karkidon, begemot, buyvol, fillar; yirtqiçlardan arslon, qoplon, gepard, silovsin va sirtlonlar: haşarotlardan termitlar va setse paşşasi köp. Noyob hayvonlar qöriqlanadi.
Tabiat rayonlari. A. tabiiy şaroitiga köra quyidagi r-nlarga bölinadi: Şim. Afrika — içki plato atrofini örab olgan Atlas toğlari oblasti; Sahroi Kabir — dunyoda eng katta tropik çöl; Sudan — savannalar va siyrak örmonlar oblasti; A.ning qolgan hududi geologik tuzilişi va relyefiga, iqlimi hamda tuproq-ösimlik qoplami xususiyatlariga kura Markaziy Afrika (Kongo botiği va uning atrofidagi balandliklar), Somali ya.o., Şarqiy Afrika va Jan. Afrikaga bölinadi.
Örganiliş tarixi. Şim. A. qirğoqlari mil. av. 2-a.dan boşlab misrliklarga ma'lum edi. Milodgaça bölgan 6-a.da materik qirğoqlari böylab finikiyaliklar suzib çiqqanlar. Milod boşlarida indoneziyaliklar Madagaskar o.ni kaşf etib, uning şarqiy qirğoklarini egalladilar. Arablar örta asrda Şim. Afrikani egallab bölgaç, uning şarqiy qismiga borganlar.
A.ning ğarbiy qirğoklari portugallarning Hindistonga boruvçi dengiz yöllarini qidiriş vaqtlaridan ma'lum bölgan. 1443—44 y.larda N. Triştan Mavritaniya qirğoqparini kaşf etdi. Şu davrdan boşlab qul sotiş işlari boşlandi. 15-a.dagi B. Diaş, Vasko da Gamalarning A.ga sayohatlari ma'lum. 16-a.da materik qiyofasi ma'lum bölgan edi. Materik içki qismlarini 16—18-a. larda portuğallar, in-gliz va fransuzlar örgana boşladilar. 19-a.dan boşlab materik içki r-nlari yanada mukammal örganila boşladi (D. Livingston, G. Bart, J. Spik, G. M. Stenli, R. Kays va b. ekspeditsiyalari). A. tabiatini urganişda rus sayohatşunoslari — Ye. P. Kovalevskiy va V. V. Yunker xizmatlari bor.
Aholisi. A.— antropogenez markazlaridan biri. Bu haqda 20-a.ning 50—70- y.laridagi topilmalar körsatgan. Minglab yillar davomida A.da aholining turli etnik guruhlari tarkib topgan. Hoz. vaqnda A.da dunyo aholisining qariyb 1/10 qismi yaşaydi. Ir-qiy tarkibi juda xilma-xilligi b-n ajralib turadi. Negroidlarning turli tiplari A. hududida Sahroi Kabirdan jan.ga qarab tarqalgan. Jan. Afrikada buşmen va gottentot irq guruhlari mavjud. Şim. Ani yevropoidlarning jan.ga xos xalqlari egallagan. Negroid va yevropoidlarning qadimdan bir-birlari b-n aloqasi natijasida Efiopiya irq tiplari ham taşkil topgan. Madagaskar o.da mongoloidlar irqiga mansub aholi yaşaydi.
A. aholisi juda köplab qabila va millatlardan tarkib topgan. Mustamlaka tuzumi aholi rivojlanişini töxtatib qöygan. Mustamlakaçilikka qarşi kuraş, davlat mustaqilligiga erişiş, milliy ongning ösişi, madaniyat markazlarini taşkil etiş — hammasi etnik birlaşuvni tezlaşişiga olib keldi. Buning natijasida A.da yangi xalq va millatlar tarkib topdi. A.ning köplab xalqlari hali yaxşi örganilmagan.
Ada 4 ta lingvistik oila: afroosiyo, kongokordofan, nil-sahroi kabir va koysan til sinflari mavjud. Yevropoid irqiga taalluqli — ingliz, fransuz, ispan, italiya, portugal va b. xalqlar A aholisining 3% ni taşkil kiladi.
A.da aholining 42% musulmon, 22% xristian, 36% mahalliy an'anaviy dinlarga e'tiqod qiladi.
Siyosiy bölinişi. Ikkinçi jahon uruşidan keyin mustamlaka tuzumining yemirilib borişi va milliy ozodlik harakatlarining kuçayişi natijasida hoz. zamon A siyosiy xaritasi mutlaqo özgarib ketgan. Avvalgi Yevropa davlatlari mustamlaka tizimida bölgan bir qança davlatlar öz erkinligiga erişgan va önlab yangi davlatlar taşkil topgan. Hoz. vaqtda A.da 53 ta davlat va Ispaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya mulki bölgan davlatlar joylaşgan.