Tabiati. E. hududining aksari qismi subekvatorial mintaqada bölib, katta qismini Efiopiya toğligi (bal. 2000—3000 m) egallaydi (eng baland joyi 4623 m, RasDaşen toği). Mamlakat jan.şarqidagi çuqur graben EfiopiyaSomali platosi (bal. 1500 m gaça) ni toğlikdan ajratib turadi. Şim. şarqda Afar botiği (botiqdagi Assal kölining sathi dengiz sathidan 116 m past) bor. E.da oltin, platina, mis, nikel, marganets rudalari, tabiiy gaz, kaliy guzi va boşqalar bor. Iqlimi şim. va şarqida tropik çöl va çala çöl iqlim, qolgan qismida subekvatorial iqlim. Örtaça oylik t-ra 13° — 19° (AddisAbeba). Örtaça yillik yoğin 150—160 dan 1500—1800 mm gaça (ayrim joylarda 50 mm dan kam). Asosiy daryolari: Kök Nil, VebiŞebeli. Bir qança köl bor; eng yirigi — Tana köli. Tuproklari Efiopiya toğligi yon bağirlarida qizil qönğir va toğ töq qizil tuproq, mö'tadil mintaqada toğ qoramtir tuproq, sovuq mintaqada işqorsizlangan tuproq, qurğoqçil şarqiy va jan. çekkalarida qönğir va qizil qönğir, köpinça toşloq tuproqlar mavjud. E.ning şim., şarqiy va jan. qismi butazorli çöl va çala çöl, çölga aylangan savannalardan iborat. Daryo vodiylarida doim yaşil örmonlar bor. Efiopiya toğligining ğarbiy va jan. ğarbiy yon bağirlari tropik örmon. Hayvonot dunyosi xilmaxil: yirik sut emizuvçilar (kiyik, jirafa, buyvol, begemot, fil, zebra, toğ eçkisi) köp. Yirtqiç hayvonlardan arslon, qoplon uçraydi; har xil maymunlar, quşlar yaşaydi. Milliy boğlari: Avaş, Gambela, Simen va boşqalar
Aholisi. E. aholisining 3/ qismini
4 amxara va oromolar taşkil etadi; şuningdek tigrai, galla, tigre, sidimo va boşqalar xalqlar ham yaşaydi. Rasmiy til — amxara tili. Dindorlarning aksariyati musulmonlar va xristianlar. Şahar aholisi 11,5%. Yirik şaharlari: AddisAbeba, Xarar (Xarer), Nazret (Adama).
Tarixi. E. hududidan topilgan arxeologik topilmalar yoşi taxm. 2 mln. yilga yaqin. Mil. av. asrlarda E. hududida somxom va boşqalar til guruhlariga mansub xalqlar yaşagan. Mil. boşlarida Şim. E. hududida Aksum podşoligi mavjud bölgan. 5—6-asrlarda xristianlikning monofislik yönalişi mamlakatdagi hukmron dinga aylandi. 7-asrda arablarning Şim. va Şarqiy Afrikaga bostirib kirişi va Arab xalifaligining paydo bölişi natijasida Aksum podşoligi inqirozga uçradi. 13-asrdan bu hududda E. podşoligi mavjud bölgan. 18-asr oxiri — 19-asr 1-yarmida özaro uruşlar natijasida bir qança knyazliklarga bölinib ketdi. 19-asrning 50-y. lari Kuaralik Kasa mamlakatni birlaştirişda muhim rol öynadi [1855 yilözini Teodros (Fyodor) II nomi bilan imperator deb e'lon qilgan]. 1867 yil Buyuk Britaniya E.ga qarşi uruş boşladi. Uruşda E. armiyasi yengildi (1868), lekin ingizlar xalq ommasining qattiq qarşiligiga uçrab, mamlakatdan çiqib ketişga majbur böldi. 19-asrning 70— 80-y.lari E. Misr va Sudan bilan uruş olib bordi. Uruşlar natijasida E.ning kuçsizlanganidan foydalangan Italiya 1882 yil Assab, 1885 yil Massaua portlarini bosib oldi. 1889 yilgi bitim böyiça E. Italiya protektoratiga aylandi. 1890 yil boşida Italiya Qizil dengiz böylaridagi özi egallagan yerlarni Eritreya mustamlakasiga birlaştirdi. 1895 yil italyan qöşinlari E.ga yana hujum qildilar. 1896 yil
I martdagi jangda E. qöşinlari italyanlarni tormor keltirdi. 1896 yil 26 oktyabrda tuzilgan sulh şartnomasiga köra, Italiya E.ning töla mustaqilligini tan oldi. Imperator Menelik
II davri (1889—1912)da mamlakatni markazlaştiriş nihoyasiga yetdi va bir qator qöşni viloyatlar E.ga qöşib olindi. Uning ölimi (1913)dan söng hokimiyat uçun kuraş avj oldi. 1930 yil Xayle Selassiye I E. imperatori böldi. U bir qança islohotlarni amalga oşirdi (1931 yil mamlakatning birinçi konstitutsiyasini qabul qildi). 1935—36 yildagi ItaliyaE. uruşi natijasida Italiya E.ni egalladi va uni «Italiya Şarqiy Afrikasi» mustamlakasi tarkibiga kiritdi. 1941 yil yanv. da inglizefiop qöşinlari Sudan hududidan E.ga kirib, italyan qöşinlariga qarşi hujum boşladilar va 1941 yil oxirida E.ni italyan qöşinlaridan ozod qildilar (harbiy harakatlarda qatnaşgan ingliz qöşinlari mamlakatdan 1954 yil çiqib ketdilar). 1942 yil mamlakatda qulçilikni taqiqlaş va qullarni ozod qiliş töğrisida farmon e'lon qilindi. 1952 yil BTM Boş Assambleyasining qaroriga muvofiq Italiyaning sobiq mustamlakasi — Eritreya federativ asosda E.ga qöşildi. 1962 yil Eritreyaning federativ maqomi imperatorlik hukumatining tazyiqi bilan bekor qilindi va u E. bilan töliq birlaşdi. 20-asr 60— 70-y.larida turli ijtimoiy qatlamlarning faolligi kuçaydi. Agrar islohotlar haqidagi masalani hal etişning çözilişi, 1973 yildagi qurğoqçilik va yuz minglab kişilarning oçlikdan halok bölişi, narxnavoning oşib, yuqori amaldorlar örtasida poraxörlikning avj olişi 1974 yil boşiga kelib monarxiya tuzumining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tangligini kuçaytirdi. 1974 yil fev. da iş taşlaş va namoyişlar boşlandi. U mehnatkaşlarning monarxiyaga qarşi inqilobiga aylanib ketdi va 1974 yil 12 sentyabrda Xayle Selassiye I ağdarib taşlandi. 1975 yil martda mamlakat respublika deb e'lon qilindi va Sotsialistik E. deb ataddi, 1987 yil sentyabrdan E. Xalq Demokratik Respublikasi, 1991 yil iyundan E., 1995 yilavg. dan E. Federativ Demokratik Respublikasi deb nomlandi. 1993 yil mayda mustaqillik uçun olib borgan 30 yillik kuraşdan söng Eritreya E.dan ajralib çiqdi va öz mustaqilligini e'lon qildi. E. — 1945 yildan BTM a'zosi. ÖzR suverenitetini 1992 yil 2 yanv.da tan olgan va 1996 yil 15 iyulda diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayrami — 28 may — Tinçlik va demokratiya örnatilgan kun (1991 yil 28 mayda E. xalqlari inqilobiy demokratik fronti hokimiyat tepasiga kelgan).
Asosiy siyosiy partiya va taşkilotlari hamda kasaba birlaşmalari E.da tinçlik va demokratiya uçun muqobil kuçlar ittifoqi, 1993 yil taşkil etilgan; E. demokratik birlik partiyasi, 1984 yil asos solingan; E. xalklari inqilobiy demokratik fronti, 1989 yil tuzilgan. E. kasaba uyuşmalari, 1977 yil taşkil etilgan.
Xöjaligi. E. — agrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda sanoat 12%, q.x. 55%, xizmat körsatiş tarmoği 33%ni taşkil etadi.
Qişloq xöjaligi iqtisodiyotda yetakçi rol öynaydi. Mehnatga layoqatli aholining 85%ga yaqini q.x.da band. Q.x.ning asosiy tarmoği — dehqonçilik. Asosiy oziq-ovqat ekini — arpa, teff (tariqning bir turi), makkajöxori, buğdoy, yer yonğoq, kungaboqar. Şuningdek, şakarqamiş, paxta, tamaki yetiştiriladi. Sabzavot xam ekiladi. Sitrus mevalar, örik, şaftoli, anor, banan östiriladi. Eksport uçun kofe yetiştiriladi. Çorvaçiligida qoramol, qöy, eçki, xaçir, tuya bokiladi. Parrandaçilik, örmon asalariçiligi rivojlangan. Örmonlarida qimmatbaho yogoç tayyorlanadi.
Sanoatida oziq-ovqat, yengil, neftni qayta işlaş, metallsozlik, töqimaçilik, könpoyabzal tarmoqlari yetakçi. Yiliga örtaça 1,28 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Eng yirik GES — Finça. Hunarmandçilikda töquvçilik, teri, suyak va yoğoçni qayta işlaş rivojlangan. Platina, oltin, marganets rudasi, kaliy tuzi, kvars qumi qazib olinadi.
E.da t.y.lar uzunligi — 0,78 ming km, avtomobil yöllari uz. — 19,4 ming km. Taşqi savdo yuklari asosan, Jibuti porti orqali amalga oşiriladi. E. çetga kofe, teri xom aşyosi, dukkakli donlar, moyli uruglar çiqaradi. Çetdan neft va neft mahsulotlari, oziq-ovqat, maşina va jihozlar, iste'mol mollari oladi. Taşqi savdoda Germaniya, Saudiya Arabistoni, AQŞ, Italiya, Yaponiya, Jibuti bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — bir.
Tibbiy xizmati. Aholiga tibbiy xizmat körsatiş davlat davolaş muassasalari tomonidan amalga oşiriladi. Vraçlar AddisAbebadagi untning tibbiyot fti va Gonderdagi tibbiyot kollejida tayyorlanadi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. Ta'lim tizimi 6 yillik boşlanğiç va 6 yillik örta maktabdan iborat. 7—12 yoşdagi bolalar uçun boşlanğiç ta'lim majburiy. Öqiş amxara tilida olib boriladi. Hunartexnika ta'limi töliqsiz örta maktab negizida amalga oşiriladi. Boşlanğiç maktab öqituvçilari 2 yil lik öqituvçilar in-tida, örta maktab öqituvçilari untlar, AddisAbebadagi ped. institutida tayyorlanadi. AddisAbebada milliy unt, BahrDarda politexnika inti, Jimmada q.x. instituti bor. Q.x. institut va kollejlari mamlakatning boşqa şaharlarida ham bor. I.t.lar milliy un-t huzuridagi q.x. stansiyalari, efiop tadkiqotlar inti, geofizika rasadxonasi, örmon tadqiqotlari inti, xaritagrafiya va geogr. inti, geol. tadqiqotlari bölimida olib boriladi. Şuningdek, AddisAbebada q.x. instituti, Afrika çorvaçiligi tadqiqot markazi, E. geol. xizmati, Jimma yaqinida kofe seleksiya ilmiy tekşiriş stansiyasi mavjud. Yirik kutubxonalari: AddisAbebadagi un-t kutubxonasi, AddisAbebadagi milliy kutubxona. AddisAbebada Arxeologiya muzeyi, Desse şahrida muzey bor.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. E.da bir qança gaz. va jur. naşr etiladi. Asosiylari: «Addis zemen» («Yangi vaqt», amxara tilida çiqadigan kundalik gaz., 1941 yildan), «Yezareitu Itiopiya» («Bugungi Efiopiya», amxara tilidagi haftalik gaz., 1952 yildan), «Yekatit («Fevral», amxara va ingliz tillaridagi bezakli jur.), «Meskerem» («Sentyabr», amxara tilida har çoraqda çiqadigan nazariy jur., 1980 yildan), «Efiopian gerald» («Efiopiya xabarnomasi», ingliz tilidagi haftalik gaz., 1943 yildan). Hukumatga qaraşli E. axborot agentligi 1964 yil taşkil etilgan. E. radiosi, hukumat radioeşittiriş xizmati, 1941 yil tuzilgan; E. televideniyesi, hukumat xizmati, 1964 yil asos solingan.
Adabiyoti. E. adabiyoti köp tilli. E. da yozuv va epigrafika mil. av. 5-asrda sabey tilida yaratilgan. Gyoez tilidagi efiop adabiyoti 4—7-asrlarda yuzaga keldi. 6-asrda yunon tilidan gyoez tiliga xristian va gnostitsizm adabiyotiga oid bir qança asarlar tarjima qilingan. 8—12-asrlarda efiop adabiyoti tuşkunlikka uçradi. 13 —15-asrlarda arab tilidagi köplab asarlar tarjima qilindi. 14-asrda «Şohlar şuhrati» nomida asar yaratildi. Imperator Naod örta asrning yirik şoiridir. Gyoez tilidagi adabiyot 15— 16-asrlarda yuksak darajada rivojlandi. Öşa davrning maşhur yozuvçisi Zere Yakob diniydogmatik traktlar va madhiyalar töplamini yaratdi. 16—19-asrlarda E. adabiyoti 6 til (gyoez, arab, amxara va boşqalar)da rivojlandi. Hoz. zamon amxara tilidagi efiop adabiyotining asosçisi Afeuork Gebre Iyesus (18681947) hisoblanadi. U 1908 yil birinçi badiiy asar — «Qalb bilan tuğilgan tarix» romanini yaratdi. 1920— 30 ylardagi közga köringan yozuvçilardan biri Xiruy Volde Selassiye (1889—1939)dir. E. adabiyotining taraqqiyoti Kabbede Mikael, Mekonnin Endalkaçou va boşqalar ma'rifatparvar yozuvçilar faoliyati bilan boğliq. 1950—60 yillarda yozuvçilar Taddese Liben, Birxanu Zerixun, Abu Guben, şoir va dramaturglar Mengistu Lemm, Segaye Gebre Medxinlarning voqelikni real aks ettiruvçi asarlari bosilib çiqdi. 1974 yil monarxiya tuzumi ağdarilgaç, Aseff Gebre, Maryam Tesemm, Ayalnex Mulatu şe'rlari maşhur böldi. Birxanu Zerixun, Segaye Gebre Medxin, Bealyu Girma kabi adiblar samarali ijod qiddilar. Adabiyotga yoş yozuvçilar guruhi kirib keldi.
Me'morligi va tasviriy san'ati. E. hududidan eng qadimiy (mil.av. 2-ming yillik) davrlarga oid qoyatoş suratlari, hökiz, odamning börttirib işlangan tasvirlari topilgan. Mil. av. 1-ming yillik örtalarida toğli platolarda qadimiy şarq san'ati tipidagi san'at gullabyaşnadi; qörğon, ibodatxona, şoxlar haykallari, hayvonlar tasviri yaratildi. 1-ming yillikning 1-yarmi va örtalarida Aksum podşoligi ravnoq topgan davrda mahobatli saroylar, köp qavatli minora şaklidagi toş stela va taxtlar, töğonlar, suv omborlari, turar joy binolari qurildi. Aksumda xristianlik yoyilgan (4-asr örtalari)dan keyin monastir majmualari va bazilikali çerkovlar yaratildi (DebreDamo majmuasi, 6-asr). Keyinçalik (13—14-asrlarda) Lalibedda qoyatoşlarni öyib çerkovlar yaratildi, freska, rang-tasvir asarlari, naqşlar bilan bezatildi. 14-asrda şohning BetAmxara qarorgohidagi ibodatxona va monastirlar haşamatliligi bilan şuhrat qozondi. 14-asrdan kopt, suriyamesopotamiya, arman san'atlari ta'sirini özida mujassam etgan efiop miniatyurasi rivojlandi. 17-asrda mamlakatning yangi poytaxti—Gonder şahri qurildi. Şaharda mahalliy va Ğarbiy Yevropa me'morligi uslubida toşdan 2 qavatli qasrsaroylar qurildi. E.da an'anaviy xalq turar joyi, asosan, aylana şaklida, tomi konussimon holda şoxşabbadan töqilib, loy bilan suvaladi yoki toşdan loy bilan işlanib töğri burçakli, usti yassi qilib quriladi. Mamlakat jan.da gumbazsimon kulbalar köp. 19-asr 2-yarmi — 20-asr boşlarida şaharlar (AddisAbeba), yöl, köprik, kasalxona, maktab, GESlar barpo etildi. 1954—56 yillarda AddisAbeba şahrini qayta rekonstruksiya qiliş rejasi tasdiqlandi. 1955 yil milliy teatr binosining yaratilişi E. madaniy hayotida katta voqea böldi. 1960— 80 yillarda ham bir qança inşootlar barpo etildi. Yiriklari: Afrika uyi (1961), Milliy bank (1973—76), kasalxona majmuasi, poçtamp, «VebiŞebeli» mehmonxonasi (hammasi AddisAbeba şahrida) va boşqalar E.da professional san'at rivojlanmoqda. Rassomlardan Afevork Tekle, Gebe Kristos Desta, Abdul Rahmon Şarif, haykaltaroş Taddese Mameça va boşqalar maşhur. E. aholisi qadimdan kulollik, poya va poxoldan turli rözğor anjomlari töqiş, kandakorlik, kaştadözlik, yoğoç öymakorligi, çarmga gul soliş va h.k. bilan şuğullanib keladi.
Musiqasi. E. musiqasi Misr madaniyati ta'sirida rivojlandi. Aholining etnik jihatdan xilmaxilligi ham E. musiqa folklorining turlituman bölişiga ta'sir körsatgan. Torlitirnama betena, qirar, kamonli mesinko, turli puflama (vaşint, imbilta, malakat) va urma (atamo, negarit va boşqalar) musiqa çolğulari mavjud. 5—6-asrlarda diniy (xristian) köp ovozli qöşiq va raqslar keng tarqalgan. Ulardan asosiylarini 6-asrda avliyo Yared tizimga solib, qoğozga tuşirgan. Keyinçalik monastirlar qoşida xonandalik maktablari taşkil topgan. E.da musiqa madaniyati an'analarini sayyor şoirqöşiqçilar — azmarilar davom ettirib kelganlar. 20-asrning boşlaridan ilk puflama sozlar orkestrlari paydo bölgan, kompozitorlar öz ijodlarida milliy musiqa an'analarini ğarb musiqa madaniyati yutuqlari bilan uyğunlaştirişga intildilar (Konyatta Iofataxa Negusse, Aleka Melaku Beggo-Seu va boşqalar). Ayni vaqtda 1950—60 yillarda an'anaviy efiop musiqasiga qiziqiş ortdi. 1952 yildan folklorni örganiş böyiça jidsiy iş boşlandi. Milliy musiqaga bağişlangan dastlabki musiqaşunoslik işlari yuzaga keldi. Musiqa ta'limiga ham e'tibor kuçaydi: AddisAbebadagi untda san'at fti, 1963 yil un-t huzurida Badiiy ijod markazi taşkil etildi. Şu yili AddisAbebada Milliy musiqa maktabi oçildi.
Teatri. E. xalqlarining teatr san'ati sarçaşmalari an'anaviy rasmrusumlardan boşlangan (töy, dafn marosimlari va boşqalar). 20-asr boşlarida umumiy ta'lim maktablari bilan birga maktab teatrlari ham paydo böldi. 20-asrning 30-y.lari «Vatan himoyaçilari ittifoqi» teatri faoliyat körsatdi. 1950 yil AddisAbebada havaskorlik festivali ötkazildi. 1955 yil poytaxtda birinçi professional teatr oçildi (70-y.lar örtalaridan Milliy teatr). Uning repertuaridan milliy dramaturglar pyesalari, V.Şekspir, N.V.Gogol asarlari tarjimalari keng örin oldi. E.da tarğibot teatri, teatrlaştirilgan ommaviy xalq bayramlari va folklor san'ati ommalaşgan.
Kinosi. 1970-y.larning örtalarigaça asosan, qisqa metrajli hujjatli filmlar işlab çiqarilgan. Xususan, rej. S.Bekelening «Qizil mavjudot» (1968), «Ijtimoiy majmua» (1970), «Afrika kinosining hozirgi holati» hujjatli filmlarida muhim ijtimoiy muammolar kötarildi. 1974 yil birinçi qisqa metrajli badiiy film — «Guma» (rej. M.Papatakis) yaratildi. «Kuraş davom etmoqda» (1975, rej. M.Papatakis) nomidagi birinçi töliq metrajli hujjatli film jiddiy muammo — agrar islohotlarga bağişlandi. Rej. M.Papatakisning «Ötmiş ğamtaşvişlari, kelajakka yöl» hujjatli filmi (1977)da jabrlangan xalqning köp asrlik tarixi aks ettirildi. «Uç ming yillik hosili» badiiy filmi (1976, rej. Xayle Girma), «Kuraş — ğalaba, ğalaba—kuraş» (1978, rej. M.Papatakis), «Ğalabaga yöl» (1981, rej.lar Taseze Jarra, Getaçou Tarekegen) hujjatli filmlari yaratildi. 1979 yil Milliy kinematografiya markazi tuzildi. Mamlakatda 40 ga yaqin kinoteatr bor. Yiliga örtaça 3—4 hujjatli film işlab çiqariladi.