Tabiati. Qirğoq çiziği kam parçalangan, sohilining aksari pasttekislik. S. hududining markaziy qismini 500—1500 m balandlikdagi plato egallagan. Uning şim. çekkalari balandlaşib borib, massivlarga bölingan. S. Afrika platformasining şim.şarqida joylaşgan. Eng baland joyi — Şimbiris toği (2406 m). Pyezokvars, tantal, niobiy, qalay, urantoriy, temir ruda va toştuz konlari bor. Iklimi ekvatorial, mussonli, qurğoqçil. Şim.da tropik çöl va çala çöl iqlim. Yillik yoğin jan. va ğarbda 500—600 mm, şarkda 100 mm gaça. Yomğir, asosan, apr.—iyul va okt.— dek. oylarida yoğadi. Şim.da yanv. ning örtaça t-rasi 25—30°, iyulda 32°. Asosiy daryolari — Juba va VabiŞabalining quyi oqimida kema qatnaydi. Hududining katta qismi çöl. Tuproği qizğişqönğir va qizilqönğir. Ösimlik siyrak. Daryo vodiylari va jan. dagi sohilda tropik örmonlar, toğlarda efir moyli daraxt va butazorlar, vohalarda xurmo va kokos palmazorlari bor. Jan. ğarbdagi savanna va çala çöllarda kiyik, zebra, qötos, jirafa, arslon, qoplon, sirtlon, çiyaböri, fil, tönğiz, daryolarda timsoh, örmonlarda maymunlar yaşaydi. Zaharli ilon, kuş köp.
Aholisining köpçiligi — somalilar (95%); arablar, afrikalik bantular va b. ham yaşaydi. Rasmiy til — somali va arab tillari. Şahar aholisi 37,2%. Hukmron din — islom. Yirik şaharlari — Mogadişo, Xargeysa, Berbera, Kisimayo, Baydabo.
Tarixi. S hududi qadimda Punt deb atalgan, bu yerda paleolit davridayoq manzilgohlar bölgan. Mil. 1-a.da yirik şaharlar paydo bölib, ularning aholisi arab, hind va yunonlar bilan savdo qilgan. 7—8-a.larda musulmon arablar köçib kela boşlagan. 12—16-a.larda Zeyla (Adal), Ifat, Hadya va b. sultonliklar bölgan. 16-a. oxiri — 17-a. boşlarida ular mayda amirliklarga bölinib ketgan. 17—19-a.larda S hududining bir qismi Ummon, Zanjibar sultonligi, Turkiya qöl ostida bölgan. 19-a. oxirida Somali ya.o.ni qölga kiritiş uçun Yevropa davlatlari özaro kuraş boşladi. 20-a. boşlariga kelib S. uç davlat (Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya) mustamlakasiga aylandi. Mustamlakaçilik hukmronligiga qarşi 1899— 1920 y.larda bir neça marta qözğolon kötarildi. 2-jahon uruşi vaqtida Italiya armiyasi Britaniya S.sini bosib oldi. 1941 y. boşlarida ingliz askarlari bu yerlardan Italiya armiyasini surib çiqarib, okkupatsiya tartibini örnatdi. Uruş yillarida dastlabki siyosiy taşkilotlar tuzildi. Uruşdan söng milliy ozodlik harakati avj oldi. 1960 y. sobiq Britaniya va Italiya S.lari birlaşib, mustaqil S. Respublikasi taşkil etildi. Ammo mamlakatda turli kuçlar örtasidagi özaro kuraş töxtamadi. 1969 y. harbiy töntariş sodir böldi, prezident A. A. Şermark öldirildi. S. Demokratik Respublika deb e'lon qilindi, hokimiyat harbiylar qöliga ötdi, general Muhammad Siad Barre prezident böldi. Bir qança ilğor islohotlar ötkazildi. 1991 y. yanv.da hukumat qöşinlari bilan muxolifatçi guruhlar örtasidagi qurolli töqnaşuvlar natijasida Birlaşgan S. kongressi (BSK) hokimiyatni qölga oldi, prezident M. S. Barre lavozimidan çetlatildi, Ali Mahdi Muhammad muvaqqat prezident etib tayinlandi. Öşa yil noyab.da BSK fraksiyalari örtasida mojaro çiqdi. General Muhammad Farah Aydid boşçiligidagi fraksiya muvaqqat prezident tarafdorlariga qarşi qurolli harakat boşladi. Uruğqabilaçilikka asoslangan guruhlarning mojarosi mamlakatda davlat hokimiyatining barbod bölişiga olib keldi. 1992 y. oktyabrda S. şimolida BMT tinçlikparvar kuçlari joylaştirildi. 2000 y. may — avg. oylarida Jibutining Arta ş.da Afrika va Yevropa davlatlari vositaçiligida ötkazilgan anjumanda S.dagi turli uruğlarning vakillari Ötiş milliy majlisi — parlamentni sayladilar, şu parlament mamlakatning muvaqqat prezidentini sayladi. S. — 1960 y.dan BMTa'zosi. Milliy bayrami — 1 iyul — Mustaqillik kuni (1960).
Siyosiy partiyalari va guruhlari, kasaba uyuşmalari. Birlaşgan S. kongressi, harbiy-siyosiy guruh, 1989 y. tuzilgan; S. inqilobiy sotsialistik partiyasi, 1976 y. ta'sis etilgan; S. milliy alyansi, harbiy-siyosiy guruh, 1992 y. taşkil qilingan. S. kasaba uyuşmalari umumiy federatsiyasi, 1977 y. tuzilgan.
Xöjaligi. S. — agrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda qişloq xöjaligi. uluşi 59%, sanoat uluşi 10%, xizmat körsatiş sohasi uluşi 30 % dan ziyod.
Iqtisodiyotning asosini qişloq xöjaligi.., jumladan, köçmançi çorvaçilik taşkil etadi. Tuya, qoramol, qöy va eçki boqiladi. Q.x.da makkajöxori, oq jöxori, yer yonğoq, şoli va b. ekiladi. Çetga sotiş uçun banan, şakarqamiş, paxta, tamaki yetiştiriladi. Sohilda baliq ovlaş rivojlangan.
Sanoati, asosan, qişloq xöjaligi. xom aşyosi va baliqni qayta işlaydigan ayrim korxonalardan iborat. Kisimayodagi göşt k-ti, Mogadişodagi sut z-di, Laskoraydagi baliq konserva z-di, Jouhardagi qandşakar z-di ularning eng yiriklaridir. Töqimaçilik, könçilik, metall işlaş, paxta tozalaş, yoğ, binokorlik materiallari va b. korxonalar ham bor. Hunarmandçilik (zargarlik, qurolsozlik, suyak öymakorligi, töquvçilik, teri işlaş) rivojlangan. Oz miqdorda niobiy rudasi va toştuz qazib olinadi. T.y. yöq. Qattiq qoplamali avtomobil yöllari uz. 2 ming km. Asosiy dengiz portlari: Berbera, Mogadişo, Kisimayo, Merka. Mogadişoda xalqaro aeroport bor. Çetga tirik çorva (eksportning 80% dan ortiği), banan, göşt, xom teri, göşt va baliq konservasi, qimmatbaho yoğoç turlari çiqaradi. Çetdan sanoat mollari, maşina va transport uskunalari, neft maxsulotlari oladi. Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Italiya, AQŞ, Germaniya va b. mamlakatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi — somali şillingi.
Tibbiy xizmati. Aholiga tibbiy yordam davlat davolaş muassasalarida körsatiladi (1970 y.dan bepul.) Vraçlar Milliy un-tning tibbiyot ftida va çet ellarda tayyorlanadi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. 20-a. boşlarida diniy va asr örtalarida örta maktablar oçila boşladi. 1974 y. majburiy 8 y.lik ta'lim joriy etildi. Şundan söng quyidagi ta'lim tizimi vujudga keldi: 5—6 yoşli bolalar uçun diniy maktab, 7 yoşdan boşlab 4 y.lik boşlanğiç, 4 y.lik töliqsiz oraliq, 4 y.lik töliq örta maktab. Boşlanğiç maktab uçun öqituvçilar oraliq maktab negizida 3 y. davomida, oraliq maktab uçun öqituvçilar esa 4 y. davomida tayyorlanadi, hunartexnika tayyorgarligi 2—4 y. davomida amalga oşiriladi. Mogadişodagi S. milliy un-ti (1954)da darslar somali, arab, ingliz va italyan tillarida olib boriladi. Mogadişoda industrial, tibbiyot, dengizçilik va baliqçilik, veterinariya, islom maktablari, Burao va Xargeysada texnika kollejlari bor. Ilmiy muassasalari: Madaniyat akademiyasi (1972), Xaritagrafiya departamenti (1966), S. taraqqiyot va boşqaruv in-ti (1966), Geol. departamenti (1964), Markaziy qişloq xöjaligi. ilmiytadqiqrt st-yasi (1965), Gigiyena va kasalliklarning oldini oliş lab. va b. Milliy un-t kutubxonasi va b. kutubxonalar, Mogadişoda milliy muzey mavjud.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. Asosiy gaz.lari «Xiddigta Oktobar» («Oktyabr yulduzi», somali tilida çikddigan kundalik xukumat gaz., 1973 y.dan), «Xorseyd» («Ilğor», italyan va arab tillarida çikddigan xukumat haftanomasi, 1965 y.dan), «Xegan» («Sergak», ingliz tilida çikddigan xdftalik gaz., 1978 y.dan). S. milliy axborot agentligi (SONNA) hukumatga karaşli bölib, 1963 y.da taşkil etilgan. S. radioeşittiriş xizmati, Xargeysa radiosi, Mogadişo radiosi somali, arab, amxara, italyan, suaxili, fransuz va afar tillarida eşittiriş olib boradi. Milliy telekörsatuv xizmati 1983 y.dan işlaydi.
Adabiyoti. Somalilarning oğzaki ijodiyoti boy. Turli davrlarda sulton ViilVaal (16-a.), Raage Ugas (19-a. oxiri — 20-a. örtalari), milliy qahramon Muhammad bin Abdullo Sayd alXasan (1860—1920), Ali Dux, Kaman Bulxan (19-a. oxiri — 20-a. 40y.lari), laşkarboşi Ismoil Mire (1884—1950) kabi şoirlar maşhur bölgan. 2-jahon uruşidan keyin şoir Abdullohi Sulton (Timoadde), Abdullohi Qarşe (milliy madhiya muallifi), şoir va dramaturglar Husayn Ali Farah, Ali Sugulle, Hasan şayx Mömin milliy ozodlik va vatanparvarlik ruhida asarlar yozişdi. Qosim Hiloliy Skiffo, Abdulloqi Issa Sangub, Musohoji Ismoil Galal jöşqin şe'rlar bilan maydonga çikdilar. Nuriddin Farahning «Qiyşiq qobirğadan», Farah Muhammad Jomi Aulning «Jaholat — muhabbatning duşmani», Muhammad Daxir Afraxning «ManaFay» asarlari dastlabki somali romanlaridir. 20-a. oxirlarida Muhammad Ibrohim, Muhammad Xaşi Dama, Abdi Qays kabi adiblar ijod qila boşladilar.
Me'morligi va tasviriy san'ati. Ötroq aholi novdadan töqib, sirti loy bilan suvalgan kulbalar va bostirmasimon sinçli imoratlar («mondullo»), köçmançilar esa novdadan töqilgan, somon, tuya terisi va böyra bilan qoplangan yiğma ötovlar («aggal»), sohil aholisi törtburçak, yassi tomli, ikki nişabli uylar («yariş») quradilar. 8-a.dan port şaharlarda arab me'morligi ruhida ohaktoşçiğanoqdan binolar, masjidlar barpo etilgan. Zeyladagi maçit (12-a.), Mogadişodagi ArbaRukun (1268), Faxriddin (1269), Abdul Aziz (1307), Bravadagi Abukar Said (15—16-a.lar) masjidlarining qoldiklari, Mogadişodagi minora (1238) saqlangan. 19-a. oxiri — 20-a. boşlarida şaharlar qurilişi qorişiq me'morlik ruhida olib borildi. 60y.lardan boşlab şaharlarni rejalaş va obodonlaştiriş işlari tartibga solindi, uyjoy qurilişi rivojlandi. Bu işlarga X. Diri va b. me'morlar boşçilik qildi. Jamoat va sanoat inşootlari qurildi, milliy ozodlik kuraşi qahramonlari şarafiga obidalar qöyiddi.
S.da tasviriy san'at unça rivojlanmagan. Qad. yodgorliklar — mil. av. 1ming y.lik — 600 y.larga mansub qoyalarga öyib işlangan yoki böyoq bilan çizilgan jonivorlarning rasmlari, toş qabrlar, naqşlangan yodgorlik toşlari saqlangan. 1960 y.dan keyin maxsus ta'lim olmagan bölsa ham rang-tasvirdan xabardor rassomlar işlay boşladi. Usta Abdi Muhammad mahalliy mavzularda manzarali kompozitsiyalarni çizadi, rassom Söfiy xalq turmuşi, mahalliy urfodatlarni ifodalaydi. Badiiy hunarmandlikda yoğoçsozlik katta örin egalladi. Yoğoçdan turli rözğor anjomlari, egar, bolalar öyinçoklari yasalib, ularga murakkab naqşlarsolinadi. Novdadan guldor savat, kajava, turli idiş, bezaklar yasaladi. Kulollik, könçilik rivojlangan. Köçmançilarda buqa, fil, karkidon terisidan egarjabduq, juzdon, soyabon, qin yasaş odat bölgan.
Musiqa madaniyati qadim zamonlarda vujudga kelgan. Örta asrlardagi S. musiqasida arab madaniyatining ta'siri seziladi. Bir qança xalqdarda, ayniqsa, köçmançilarda mehnat jarayoni va xalq turmuşi bilan boğliq bölgan qad. musiqa şakllari hali ham saqdanib qolgan. Ov bilan boğliq musiqiy janrlar keng tarqalgan. Hayvon qiyofasiga kirib ijro etiladigan, ov boşlanişiga, yomğir mavsumiga, nikoh töyiga, farzand tuğilişiga bağişlangan an'anaviy raqs va qöşiklar bor. Qişloq joylarda dala işlari, tuya suğoriş bilan boğliq qöşiqlar yoniga siyosiy voqealarga bağişlangan qöşiqlar (xess) qöşildi. Çolğu asboblari — çapua barabani deb atalgan marosim çolğusidan taşqari dumaari, medonde, nasaro deb atalgan kattakiçik barabanlar mavjud. Kinaanda udni, şareyero gitarani, seyeze bir torli skripkani eslatadi. Zamonaviy musiqada yevropaça san'atga, köprok, estrada janrlariga an'anaviy şooba, berey va b. uslublar singdirib yuborilgan. M. A. Sanguba, A. Naji, Ali Jerir kabi kompozitorlar, Muğammad Jama Jof, Ali Elmi kabi xonandalar, Xadida Abdullohi Dalles, Xarera Ismani Duniya kabi şoiraqöşiqçilar maşhur. Mogadişodagi Milliy teatrda musiqa festivallari ötkaziladi, Muhammad Issa rahbarligidagi S. raqs ansambli (1971 y.da tuzilgan) xorijiy mamlakatlarda gastrolda böladi.