KAMERUN (ing. Cameroon, frans. Sategoip), Kamerun Respublikasi (ing. Republic of Cameroon, frans. Republique du Cameroun) — Markaziy Afrikadagi davlat. Ğarbda Atlantika okeanining Biafra qöltiği b-n tutaş. Mayd. 475,4 ming km2, axoliyey 15,8 mln. kişi (2001). Poytaxti — Yaunde ş. Ma'muriy jihatdan 10 viloyat (province)ra b ö l i n a d i . Davlat tuzumi. K. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1972 y. 2 iyundan kuçga kirgan, unga 1995 y.da tuzatişlar kiritilgan. Davlat boşliği -prezident (1982 y.dan Pol Biyya). U umumiy, töğri va yaşirin ovoz beriş yöli b-n 7 y. ga saylanadi. Qonun çiqaruvçi hokimiyat — bir palatali parlament (Milliy majlis). Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oşiradi. Tabiati. K. ekvatorial va şim. subekvatorial mintaqalarda joylaşgan. Yer yuzasi şim.ga tomon pasayib boradigan yassitoğlik (1500—2000 m). K. markazida Adamaua platosi bor (eng baland joyi 3008 m). Biafra qöltiği sohilida Kamerun vulkanik massivi (4070 m) ajratib turadigan pasttekislikning kengligi 150 km ça. Qazilma boyliklari: temir rudasi, oltin, boksit, qalay, titan, neft, tabiiy gaz. Iqlimi jan.da ekvatorial, nam iqlim. Örtaça t-ra fev. yoki martda 24— 28°, iyulyo avg.da 22°—24°. Yillikyoğin içki hududlarda 1500—2000 mm, sohilda 3000 mm dan ortiq (Kamerun massivining ğarbiy va jan.-ğarbiy yon bağirlarida — 10000 mm gaça). K.ning boşqa qismida iqlim — ekvatorial-mussonli, seryomğir, qişi quruq. Örtaça t-ra 19°— 24°, şim.da 26°—33°. Yillik yoğin 500 mm gaça. Daryolari köp va sersuv, ostonali, gidroenergiyaga boy. Köplarida kema qatnay olmaydi. Hududining '/, qismiga yaqini örmon. Jan. dagi qizğiş-sariq ferralit tuproqda doim yaşil örmonlar, sohilda mangra çakalakzorlari bor. Qimmatbaho yoğoç beradigan daraxtlar (qizil, temir daraxt va b.) köp. Şim. dagi qizil-qönğir va qora tropik tuproklarda savanna ösimliklari ösadi. Örmonlari daraxtlarda yaşaydigan hayvonlar (maymunlar va b.), fil, suv ayğiri, timsoh, ilon, quşlar va turli haşarotlarga boy. Qötos, karkidon, kiyik, jirafa, arslon, gepard va b. köp. Hay-vonlarni saqlab qoliş uçun Benue, Bubanjida, Vaza milliy boğlari va Bafia, Ja, Duala-Edea, Kampo qöriqxonalari barpo etilgan. Aholisining köpçiligi bantu (duala, balundu, basa va b.), şarqiy bantoid (bamileke, bamum, tikar va b.) til oilalariga mansub. Rasmiy tillar — fransuz va ingliz tillari. Aholisining 45% qad. diniy e'tiqodni saqlagan, 35% qismidan ortiği xristian (asosan, katolik), 20% sunniy musulmon. Aholining 41 % şaharlarda yaşaydi. Yirik şaharlari: Duala, Yaunde, Bafusam, Morva, Garva va b. Tarixi. K. hududidan örta va yuqori paleolit davriga oid toş qurollar topilgan. K.da dastlab pigmeylar yaşab, ovçilik, çorvaçilik va ibtidoiy dehqonçilik b-n şuğullangan. 16-a. ning2-yarmidan K.ga portugallar, gollandlar, 18-a boşlaridan ingliz, fransuz, nemis, amerika din da'vatkorlari (missionerlar) va savdogarlari kela boşladi. Ular kamerunliklarga tuz, gazmol, idiş-tovoq, mis quymasi, spirtli içimliklar olib kelib sotişgan. Yevropaliklar K.dan fil suyagi, palma moyi, murç va b. olib ketgan. 17— 18-a.larda Şim. K.da Mandora sultonligi taşkil topdi. 18-a. oxiri va 19-a. boşlarida fulbe köçmançilari Şim. va Markaziy K.da bir neça musulmon davlatlarini tuzdilar. 18-a.da Markaziy K.da şakllangan Bamum davlati fulbelarga qarşi kuraşdi. 18—19-a.larda Markaziy va Jan. K.da yana bir qança davlatlar paydo böldi. 20-a. boşlarida Germaniya K.ning şim. va markaziy qismlariga hukmronlik qila boşladi. 1 -jahon uruşi davrida ingliz-fransuz qöşinlari K. hududini Germaniyadan tortib oldi (1916). Şarqiy K. Fransiya, Ğarbiy K. Bukj Britaniya nazoratiga ötdi. Mahalliy aholining ommaviy taşkiloti — Nigeriya va K. Milliy kengaşi (1944) hamda K. xalklari ittifoqi partiyasi rahbarligida K. xalqi mustaqillik uçun kuraş boşladi. Nihoyat, 1960 y. 1 yanv.da Şarqiy K. mustaqilligi e'lon qilinib, 13 no-yab. dan K. Respublikasi deb yuritila boşladi. 1961 y. 1 okt.da Ğarbiy K.ning K. Respublikasiga birlaşuvi natijasida K. Federativ Respublikasi (KFR) tuzildi. Mamlakat iqtisodiyotini kötariş çoralari körildi: yagona pul va ölçov birligi qabul qilindi; barça siyosiy partiyalar K. milliy ittifoqiga birlaştirildi. Ittifoqning 1-syezdida KFRni rivojlantiriş dasturi qabul qilindi. 1972 y. 20 maydagi referendum natijasida KFR K. Birlaşgan Respublikasi deb ataldi. 1984 y. 25 yanv.dan boşlab K. Respublikasi deb ataladigan böldi. K. — 1960 y.dan BMT a'zosi. Milliy bayrami — 20 may — respublika e'lon qilingan kun (1972). Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari. Respublikani himoya qiliş harakati, 1991 y. da tuzilgan; K. xalqi demokratik birlaşmasi, 1966 y.da asos solingan; Demokratiya va taraqqiyot uçun milliy ittifoq, 1991 y.da tuzilgan; Ijtimoiy demokratik front, 1990 y.da asos solingan; K. xalqlari ittifoqi, 1991 y.dan oşkora işlay boşlagan. K. mehnatkaşlari kasaba uyuşmasi taşkiloti, 1972 y.da tuzilgan, Afrika kasaba uyuşmalari birligi taşkilotiga kirad i . Xöjaligi. K. — agrar mamlakat. Markaziy Afrika mintaqasida iqtisodiy körsatkiçlari jihatidan örtaça daromadli mamlakatlar guruhiga kiradi. 1980—90-y.larda yalpi içki mahsulotning örtaça yillik ösiş sur'atlari 7%ni taşkil etdi. Sanoat ildamroq rivojlanişi tufayli yalpi içki mahsulot tarkibi özgardi: sanoatning soliştirma salmoği 44%, q.x. salmoği 24% böldi. Sanoati. K.da neft qazib oladigan va uni kayta işlaydigan, alyuminiy, çarmpoyabzal, töqimaçilik va yoğoçsozlik sanoati korxonalari bor. Qimmatli nav yoğoç (temir yoğoç, qizil yoğoç) eksport qilişda K. dunyoda 6-örinda turadi. Mustaqillik yillarida mamlakat özini oziq-ovqat b-n töla ta'minlabgina qolmay, çetga ham sota boşladi. Elektr energiyaning yarmiga yaqini suv kuçi va yarmidan köproği yoqilği yordamida hosil qilinadi (yiliga örtaça 2,6 mlrd. kVts o a t ) . Qişloq xöjaligi ning yetakçi tarmoği — dehqonçilik. Ekinzorlarning 50% dan köproği oziq-ovqat ekinlari, 30% eksportbop ekinlar b-n band. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: tariq, oq jöxori, makkajöxori, şoli, maniok, yams, makabo, taro, banan, yer yonğoq, sabzavot, şakarqamiş, dukkaklilar. Kakao, kofe, kauçuk, tamaki, paxta, çoy, moyli palma va b. ham yetiştiriladi. K. şim. va ğarbida köçmançi va yarim köçmançi çorvaçilik muhim rol öynaydi. Qoramol, qöy, eçki, çöçqa, parranda boqiladi. Içki suv havzalari va Biafra qöltiğida turli baliqlar ovlanadi. Transporti. Mamlakat içkarisida taşiladigan yuklarning 70% t.y. transportiga töğri keladi. T. y.ning uz. 1175 km, avtomobil yöllarining uz. — 65 ming km. Asosiy dengiz porti — Duala, daryo porti — Garva, xalqaro aeroportlar — Yaunde, Duala, Garvada. K. çetga neft, yoğoç, paxta tolasi, kauçuk, banan, yer yonğoq, moyli palma mahsulotlari va b. çiqaradi. Çetdan maşina va asbob-uskuna, keng iste'mol mollari, yoqilği hamda moylaş materiallari va b. oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Niderlandiya, Fransiya, AQŞ, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Ispaniya. Pul birligi — Afrika franki. Tibbiy xizmati. K.da şifokorlar Yaunde ş.dagi un-t tibbiyot-sanitariya markazida tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'ri-fiy muassasalari. 6—12 yoşdagi bolalar uçun majburiy ta'lim joriy qilingan. Ta'lim Şarqiy K.da fransuz, Ğarbiy K.da ingliz tilida olib boriladi. Bolalarning 85% öqişga jalb etilgan. Davlat maktablaridan taşqari xususiy maktablar ham bor. Hunar-texnika ta'limi boşlanğiç maktab negizida taşkil etilgan. Oliy öquv yurtlari: Yaunde unti (1962), Oliy politexnika maktabi (1971), Oliy jurnalistika maktabi (1970), Milliy q.x. kolleji, Milliy ma'muriy maktab, Milliy sport in-ti, Oliy aloqa maktabi va b. Ilmiy muassasalari: Ilmiy va amaliy tadqiqotlar kengaşi (1962), Fan-texnika tadqiqotlari milliy byurosi (1965), Fan rivojiga kömaklaşiş uyuşmasi (1972), Afrika tillarini örganiş mintaqa i.t. markazi, Q. x. tadqiqot in-ti, Demografiya tadqiqotlari in-ti, Geogr. milliy in-ti, Konçilik-geol. tadqiqotlari byurosi (1959), Paxta inti va b. Kutubxonalari: Yaundeda milliy arxiv (1952), Yaunde unti kutubxonasi, Oliy normal maktab kutubxonasi, Yaundedagi milliy kutubxona, Demografiya tadqiqotlari in-tining kutubxonasi va b. Ebolovda Markaziy K. xalqlari san'ati muzeyi, Bafusamda bamilike san'ati muzeyi, Fumbanda bamum san'ati muzeyi b o r . Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. K.da bir qança gaz. va jur. naşr etiladi. Yiriklari: «Kamerun tribyun» («Kamerun minbari», ingliz va fransuz tilidagi kundalik gaz., 1974 y.dan), «Kamerun autluk» («Kamerun istiqboli», ingliz tilidagi xususiy gaz., 1971 y.dan), «Kamerun nuvo» («Yangi Kamerun», fransuz tilidagi xususiy gaz., 1984 y.dan), «Kamerun tayms» («Kamerun vaqti», ingliz tilidagi xususiy gaz., 1960 y.dan), «Ofjektif» («Maqsad», fransuz tilidagi oylik jur., 1979 y.dan). Kamnyus — hukumat axborot agentligi 1978 y.da taşkil etilgan. K. radio va telekörsa-tuvi — hukumat mahkamasi, 1988 y.da tuzilgan, umuman radioeşittirişlar 1955 y.dan olib boriladi. Adabiyoti. Xalq oğzaki ijodiyoti K. xalqi hayotida muhim rol öynaydi. 20-a. boşlarida bamum yozuvi paydo bölib, bu yozuvda tarix, tibbiyot va dinga oid 3 asar yaratildi. 30-y.lardan mahalliy (bulu, duala) tillarda badiiy asarlar (asosan, folklor xarakterida) yaratila boşladi. Hoz. adabiyoti, asosan, fransuz, qisman, ingliz tillarida bölib, milliy ozodlik harakati b-n çambarças boğlangan. Köpçilik yozuvçilar moziyga murojaat etsalar ham, ularning asarlarida 20-a. 50-y.laridagi ozodlik kuraşining ta'siri sezilib turadi (E.E. Yondonning «Kamerun! Kamerun!» şe'riy töplami va b.). Romannavislar jamiyatning turli qatlamlari hayotini körsatdilar, mustamlakaçilikni tanqid qildilar (Mongo Betining «Şafqatsiz şahar», «Tugallangan missiya» romanlari va h.k.). K. mustaqillikka erişgaç, K. madaniyati jamiyati, K. şoirlari va adiblari uyuşmasi tuzildi. 1963 y.dan madaniyat masalalarini yoritadigan «Abbia» jur. çiqa boşladi. Adabiy asarlarda eskilik sarqitlari (köp xotinlik, qalin olişberiş)ni foş etiş, ozodlik kuraşi tarixi, yangi turmuş qiyinçiliklari va b. mavzular asosiy örin tutadi. Dramaturgiya durust muvaffaqiyatlarga erişdi. Şoirlardan R. Filombe, F. Senga-Kyuo, F. Bebey va b. xalq oğzaki ijodiyoti an'analarini davom ettiriş b-n birga hoz. zamon muammolarini xam qalamga oladilar. S. M. Eno-Belinganing lirik-falsafiy şe'rlardan iborat «Negrça niqoblar» töplami keyingi yillardagi salmoqli asar böldi. Me'morligi va tasviriy san'ati. Loy, toş, yogoç va bambukdan qilingan aylana, töğri burçakli, qamiş tomli kulbalar, idişga öxşatib loydan qurilgan 6—8 m li konussimon uylar köp. 19-a. oxirida yirik şaharlar (Yaunde, Duala) vujudga keldi, ularda arabça va yevropaça uslub qorişib ketgan binolar qad kötardi. Keyingi yillarda zamonaviy me'moriy inşootlar mahalliy me'morlarning loyihalari asosida ham qurila boşladi (Dualadagi «Kokotye» mehmonxonasi, savdo palatasi; Yaundedagi prezident qarorgohi, fransuz madaniy markazi, vokzal binolari). K. xalqlari örtasida yoğoç öymakorligi (uy jihozlari, yoğoçdan yasalgan odam, hayvon haykalçalari va ularga naqş soliş) rivojlangan. Zamonaviy yoğoç öymakorlaridan Mombe Massanga, uning ugli G. Muafo, şuningdek, Isam Kanko eng maşhurlaridir. Musiqasi. K. aholisining milliy tarkibi xilma-xilligi musiqa madaniyatining öziga xosligini belgilaydi. Çolğu asboblari ham turliça: urma çolğulardan katta-kiçik barabanlar, ksilofon, balafon; torli-tirnama sozlardan ngombi, mvet, molori va b.; puflama sozlardan kakaki, sanri kabilar. Har bir xalqning quşiqlari, çolğu dastalari tarkibi, ijro uslubi har xil. Ayrim tumanlarda mehnat jarayoniga jör buladigan musiqa: baliqçilar qöşiği, makkajöxori uqalovçi ayollar qöşiği va b. mavjud. Ayrim qöşiqlar yakkaxonlikda, boşqalari jör ovozlikda hamda köp ovozliqda ijro etiladi. Köpgina qöşiqlarni raqsdan ajratib bölmaydi. Pigmeylarning qöşiq-raqs an'anasi ham öziga xos. Ularning «mvet» musiqa tomoşalari ğoyat jozibador. Xalq musiqa ijodi b-n birga an'anaviy professional (saroy) musiqa janrlari ham rivoj topgan. 20-a. da Yevropa va Amerika musiqasining ta'siri kuçaydi. Zamonaviy kompozitorlar, dirijyorlar, sozandalar yetişib çikdi, aşula va rake ansambllari taşkil topdi. K. musiaçilar va kompozitorlar uyuşmasi tuzildi (1972). Folklor namunalarini töplaş va örganiş yölga q ö y i l d i . Teatri. K. xalqlari örtasida qadimdan raqs-musiqa öyinlari — pantomimalar odat bölgan. Ayrim raqslar ba'zan tomoşa sahnasiga aylanib, xalq, teatriga öxşab ketadi. 1955 y. Yaundeda yoş artistlar uyuşmasi taşkil etildi. Truppa rahbari S. Avona özining «Ebutuning uylanişi», «Işsiz» pyesalarini sahnalaştirdi. 1961 y. da Dualada K. xalk, teatri oçildi. Keyinçalik taşkil etilgan «Afrika avangardi» dramatik truppasi mahalliy mualliflarning asarlarini saqnalaştirdi. Yaunde va Dualada havaskor jamoalarning köriklari, san'at festivallari ö t k a z i l d i . Kinosi. K.da yaratilgan dastlabki filmlar etn. tusida edi: «Tam-tam Parijda» (1963, rej. T. Sita-Bella), «Bambilikening katta uyi» (1966, rej. J. P. Ngassa). 1966 y.da Axborot vazirligi huzurida kino bölimi oçildi. 1973 y.da kino sanoati jamğarmasi ta'sis etilib, filmlar yaratiş uçun şu jamğarmadan mablağ berila boşladi. Rej. J. P. Dikong-Pipaning «Şoxlar» (1964) va «Otamni qaytarib beringlar» (1965) qisqa metrajli filmlaridan keyin «Begona bola» (1975), «Ozodlik qadri» (1979) filmlari şuhrat qozondi. Rej. D. Kamva «Belançak» va «Bizning qizimiz» nomli hajviy filmlar yaratdi.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 81–85-b. — ziyouz.com