KOSMIK BIOLOGIYA - kosmik böşliq turli omillarining tirik organizmlarga ta'sirini örganadigan biologik soha. Kosmik parvoz şaroitida Yerdagi organizmlarni tadqiq qiliş metodlari va ular hayotiy faoliyatini ta'minlaş (sun'iy biologik sistemalar ekologiyasi) vositalarini işlab çiqiş ham K. b.ning asosiy vazifalaridan biridir. Kosmik parvozning, birinçi navbatda, vaznsizlikning tirik organizmga ta'siri töğrisidagi dastlabki tadqiqotlar 40-y.lar oxiri, 50-y.lar boşida sobiq Ittifoqda ötkazilgan. Bu boradagi asosiy tadqiqotlar 1957 y.da Yerning 2-sun'iy yöldoşida «Layka» laqabli it uçirilganidan söng boşlangan. Bu tadqiqotlar tufayli kosmik kemalarda hayotni ta'min etiş sistemalari sinovdan ötdi va mukammalaştirildi; insonning kosmik parvozi uçun imkon yaratildi.
Kosmik parvozda organizmga har xil noqulay omillar ta'sir körsatadi. Bu omillar kosmik böşliqning fizik holati (muhitning öta siyrakligi, himoya kiyimisiz oçiq kosmosga çiqişga imkon bermaydigan ionlaştiruvçi radiatsiya), uçiş apparatlarining xususiyatlari (şovqin, vibratsiya, tezlaniş, vaznsizlik) va kosmik kemadagi hayot şaroiti (sun'iy atmosfera, harakatning çeklanganligi, emotsional zöriqiş va b.) b-n boğliq bölişi mumkin. Ana şu omillarni alohida organizmga yoki ular guruhiga ta'sirini örganiş K. b.ning asosiy yönalişlaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotlar har xil omillar va ular ta'sirini Yer şaroitida modellaştiriş orqali va real kosmik parvoz şaroitida amalga oşiriladi. Bunday eksperimentlar dastlab turli biologik obyektlar (asosan, oq siçqonlar) da ötkazilib, vaznsizlik holati va ionlaştiruvçi radiatsiya ta'sirida organizmning muskul, qon aylaniş, hazm qiliş va b. sistemalarida sodir böladigan özgarişlar tadqiq qilingan. Vaznsizlik holatining organizmga salbiy ta'sirini sun'iy tortiş kuçi yaratiş orqali ança kamaytiriş mumkinligi aniqlandi. Kosmik parvozning organizmga ta'siri oqibati ham örganilib, kosmik böşliq omillari hayvonlarning umriga sezilarli ta'sir körsatmasligi isbot qilindi. Tadqiqotlar natijasida tirik organizmlarning vaznsizlik şaroitiga moslaşuvi mexanizmi, gravitatsiyaning fundamental biologik jarayonlar — hujayraning bölinişi, belgilarning irsiylanişi, organizmning ösişi va köpayişiga ta'siri töğrisida juda muhim ma'lumotlar olindi. Şuningdek, ösimliklar rivojlanişining töliq sikli amalga oşirildi. Olingan ma'lumotlar uzoq davom etadigan kosmik parvozlar uçun işlab çiqilgan tibbiy biologik tavsiyanomalarga asos böldi; kosmik parvozlarni yana ham uzoqroq davom ettirişni prognoz qilişga imkon berdi.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 640–641-b. — ziyouz.com