A. tarixining katta qismi kuzatiş ma'lumotlarini töplaş b-n band bölgan. Mil. av. 6-a.ga kelib, misrliklar va bobilliklar tajribaga asoslanib Quyoş va Oy tutilişlarini, ularning davriy takrorlanib turişini oldindan aytib bera olganlar. Pifagor asarlarida Yerning şarsimonligi haqida yozilgan, öning maktabi esa Yer va barça yoritqiçlar markaziy olov atrofida aylanadi, degan dastlabki kosmologiyalardan birini yaratdi. Aristotel olam markazida Yer bölgan sis-temadir, degan ğoyani ilgari surdi. Mil. av. 3-a.dan boşlab yunon fanining markazi Iskandariyaga köçdi. Eratosfen gradus ölçaş deb nom olgan usul b-n Yerning ölçamlarini aniqladi. Gipparx 1028 ta yulduzning osmon sferasidagi vaziyatlarini öz içiga olgan va bizgaça yetib kelgan dastlabki yulduz jadvallaridan birini yaratdi. U yilning davomiyligini katta aniqlik b-n ölçadi, Oygaça bölgan masofani ikki foizdan kam xato b-n aniqladi, fanga geografik koordinatalar — kenglama va uzunlama tuşunçalarini kiritdi. Gipparx ta'limotini Ptolemeyning «Almagest» asaridan bilamiz. Ptolemey fanga olam tuzilişining geotsentrik sistemasi nomi b-n kirgan sistemani yaratdi. Unda Quyoş, Oy va sayyoralarning körinma harakati aylanalar böylab tekis harakatdan iborat, harakatsiz Yer esa olamning markaziga joylaşgan, deb tuşuntirilar edi. Bu sistema olamning haqiqiy tuzilişini aks ettirmasa ham öz davri uçun ilğor bölgan. Bu sistema yoritqiçlarning osmondagi vaziyatlarini (öşa davrdagi kuzatiş anikligida) oldindan aytib beriş imkonini be-rar edi. Şu sababli, u fanda bir yarim ming yilça yaşadi. Arximedning aytişiça, olamning markazi Quyoş, uning atrofida Yer va sayyoralar aylanadi. Bu faqat 16-a. dagina işlab çiqilgan geliotsentrik sistemani oldindan aytib beriş edi.
A. b-n Turkistonda mil. av. ham faol şuğullanganlar. Ularning izlari möğul va arab istilolari sababli de-yarli yöq bölib ketgan. Hozirgaça saqlanib qolganlari içida Xorazmdagi Qöy qirilgan kal'a misol bölib, uni yetarli darajada astronomik asbob desa böladi. Qal'a inşootlari yordamida vaqtni aniqlaş, fasllarning kirib keliş paytini qayd etiş, ekvator va ekliptika tekisliklari orasidagi burçakni ölçaş, yil davomiyligini aniqlaş va b. hayot taqozo etgan amaliy masalalar hal etilgan. 8—9-a.larda Muhammad Xorazmiy, Axmad al-Farğoniy, Abbos Javhariy, Ahmad Marvaziy va b. olimlar A. b-n jiddiy şuğullandilar. Arab xalifaligi davrida va undan keyin Yaqin va Örta Şarq hamda Örta Osiyo olimlari A.ning rivojlanişida ham katta rol öynadilar. Qohira, Damaşq, Bağdodda rasadxonalar paydo bölib, ularda Ibn Yunus, Al-Batoniy, Abu Vafo va b. işlagan. Abul Vafo faqat Şarqdagina emas, hatto Ğarbda ham şuhrat qozongan maşhur astronomik asarning muallifidir. 10-a.da Al-Söfi birinçi bölib Andromeda tumanligita e'tibor berib, uning yulduzlardan farq etişini tavsiflab bergan. Abu Rayhon Be-runiy A. ning hamma masalalarini öz içiga olgan 40 ga yaqin astronomik risola yozgan. Uning qisqartirib xronologiya deb ataluvçi «al-Osar al-boqiya anil-qurun alxoliya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar») nomli asarida yunon, rumlik, yahudiy, arab, suğdiy va b. turli xalqlarning yil hisobi usullari batafsil qiyosiy bayon qilingan. Beruniy bir qança davrlarni özaro soliştirib tavsif qilgan va bir davrdan ikkinçisiga ötişning amaliy yöllarini körsatib bergan. Fanda «Hindiston», «Geodeziya» nomi b-n maşhur bölgan asarlarida Beruniy A.ning bir qança masalalariga yaqindan yondaşib, geografik koordinatalarni, Yerning ölçamlarini va vaqtni aniqlaş usullarini keng bayon etdi. Beruniy A.ning amaliy masalalarini hal qiliş jarayonida bir qança yangi astronomik asboblarni, jumladan öz astrolyabiyasink ixtiro qilgan. Yoritqiçlarning körinma harakatlarini örganişda Beruniy geotsentrik va geliotsentrik sistemalar bir xil kuçga ega, degan ğoyat muhim fikrni örtaga taşlagan. A.da Beruniyning izdoşi Umar Xayyom edi. U koinotning çeksizligiga oid juda köp yangi ğoyalarni ilgari surgan. Umar Xayyom hozir qöllanilayotgan Grigoriy taqvimidan ham aniq bölgan Quyoş taqvimini işlab çiqqan. Ibn Sino ham A.ga oid asarlar yozgan. 12—14-a.larda turkistonlik olimlar — Mahmud Çağminiy, Muhammad Najib Bakron, Abu Sulaymon Banoqatiy va b. olimlar A. sohalarida ijod etganlar. 14-a.da Maroğa ş.da öşa zamonning eng yaxşi astronomik asboblari b-n jihozlangan rasadxonada Ozarbayjonning maşhur olimi Nasriddin Tusiy işlagan. Maroğa rasadxonasida ijod qilingan qator asarlar, jumladan «Ziji Elxoniy» Yevropada va Şarkda keng tarqalgan. Öz davrining deyarli barça masalalari bayoni b-n berilgan A.ga oid keng astronomik jadvallar şarqda «zij» deb atalgan. A.ning 15-a.dagi taraqqiyoti Samarqand yaqiniga öşa zamondagi eng mukammal asboblar b-n jihozlangan ulkan rasadxona qurgan Uluğbek nomi b-n boğliq. Rasadxonaning asosiy va eng katta asbobi radiusi 40,2 m li Faxriy sekstanti edi. Samarqand astronomlari Uluğbek rahbarligida yozgan «Ziji Köragoniy» yoki «Uluğbek ziji» deb ataluvçi asosiy asar, ayniqsa, undagi 1018 yulduz vaziyati keltirilgan jadval dunyoga maşhur. «Uluğbek ziji» asosan Samarqand rasadxonasida olib borilgan kuzatişlar zaminida tuzilgan va Gipparx jadvalidan keyin yulduzlarning vaziyati ança anik belgilangan ikkinçi original töla jadvaldir. Uluğbekning közga köringan safdoşlaridan Ğiyosiddin Jamşid Koşiy Yevropa olimlarining bir qança kaşfiyotlarini ulardan ança ilgari köra bilgan. Yevropa fanini Samarqand olimlarining asarlari b-n taniştirişda Koşiyning xizmatlari juda katta. Samarqand rasadxonasida ijod qilgan ast-ronomlar qatorida Uluğbekning ustozi, Şarkda «öz davrining Aflotuni» nomi b-n maşhur bölgan Salohiddin Muso ibn Muhammad Qozizoda Rumiy, şuningdek «öz davrining Ptolemeyi» nomini olgan Ali Kuşçining xizmatlari katta. Samarqand olimlarining asarlari Yevropada 1648 y.dan boşlab çop qilinib kelmoqda. Öşa davrda xristian dini mafkurasi xukmronlik qilgan Yevropada A. taraqqiyoti töxtab kolgan edi. 16-a.da A. va butun tabiatşunoslik fanlari taraqqiyotida in-Kilobiy kaşfiyotlar qilindi. Ulardan biri maşhur polyak olimi Nikolay Kopernik nomi b-n boğliq. 1543 y.da uning «Osmon sferasining aylanişlari haqida» asari naşr qilindi. Kopernik bu asarida Quyoş sistemasi tuzilişi haqida töğri tasavvur berdi. A.ning keyingi taraqqiyoti sayyoralarning Quyoş atrofida aylaniş konunlarini kaşf qilgan I. Kepler nomi b-n boğliq. Kepler konunlari Tixo Bragening sayyoralarni, avvalo, Marsni köp yillar davomida kuzatişlariga asoslangan. Bu davrda astronomik asboblar birmunça takomillaşdi. Yulduzlar vaziyatini optik asboblarsiz ölçaşda 17- a. ikkinçi yarmida polyak olimi Yan Geveliy eng katta aniqlikka erişdi. 17-a.da A.da optik asboblar qöllana boşlandi. Bungaça bölgan davr osmon geometriyasi va kinematikasini örganiş b-n xarakterlanadi. 1609—10 y.larda italyan olimi Galileo Galiley astronomik kuzatişlarda özi yasagan teleskopii qölladi. Galileyning kaşfiyotlari Kopernik sistemasini ilmiy dalillar b-n quvvatlab, uning yanada ommalaşuviga yordam berdi va A.da kosmik jismlar fizikasini örganuvçi yangi bölimning manbai bölib qoldi. Galiley Oy sirtini va Venera fazalarini kuzatib, sayyora va ularning yöldoşlari tabiati Yerga öxşaş degan xulosaga keldi. Teleskopik A.ning taraqqiyoti b-n bir qatorda nazariy A. ham tez rivojlandi. Bunga I. Kepler va I. Nyutonasos solgan. Nyuton butun olam tortişiş qonunini oçib, osmon jismlarining turli-tuman harakatlarini tuşuntirişda uning universalligini körsatib berdi. Nyutonning osmon mexanikasiga doir konunlari osmon jismlarining massalarini aniqlaş va ularning harakatiga özaro ta'sirini hisobga oliş imkonini berdi. Şundan boşlab nazariy A. va osmon mexanikasining taraqqiyoti jadal ketmoqda. Hisoblarga karab Neptunning oçilişi Nyuton konuni yordamida qilingan kator buyuk kaşfiyotlarga yorkin misoldir. A.ning keyingi taraqqiyoti amaliy masalalarni hal qilişga möljallangan davlat rasadxonalarining taşkil topişi b-n boğliq. Fransiyada (1665 y., Parij), Angliyada (1676 i., Grinviç) va Rossiyada (1692 y.) birinçi rasadxonalar kurildi. Rasadxonalar zamonaviy teleskoplar b-n ta'minlangan bölib, ularda geografik koordinatalarni aniqlaşdan taşqari, barça astronomik hodisalar kuzatilgan. 17— 18-a.larda A.da tabiatşunoslik taraqqiyotiga kuçli ta'sir qilgan bir kança kaşfiyotlar qilindi. 1675 y.da O. K. Ryomer yoruğlikning tarkaliş tezligini Yupiter yöldoşlarining tösilişini kuzatişdan aniqladi. 1718 y.da E. Galley yulduzlarning xususiy harakatini topdi. 1725—28 y.larda J. Bradley yoruğlik aberratsiyasini oçdi. 1755 y.da I. Kant «Tabiatning umumiy tarixi va osmon mexanikasi» nomli asarida birinçi bölib tabiat evolyutsiyasini tuşuntiruvçi ğoyani muhokamaga taşladi. 1761 y.da M.Lomonosov Venera atm.sini kaşf qilib, sayyoralarda ham gaz qobiği bölişi mumkinligini isbotladi. 1796 y.da P. Laplas bu ğoyani matematik usulda asoslab berdi. 1871 y.da V. Gerşel kuzatiş yöli b-n yangi sayyora — Uranni topdi. Bundan taşqa-ri, u Kuyoş sistemasining yulduzlara-ro harakatini kaşf qildi. 1835—38 y.larda V. Ya. Struve va F. V. Bessel ba'zi yulduzlargaça bölgan masofalarni ölçadilar. 1801 y.da Italiyada D. Liatssi birinçi asteroid — Sererani kaşf kildi Bu b-n kiçik sayyoralarni oçiş şdqikotlari boşlab beriddi. 1846 y.da U. J. Leverye Uranning orbitadan çe-kipişini örganib, çekiniş sababçisi — Neptunning vaziyatini hisoblab çiqdi. Şunga asosan I. G. Galle Berlinda Neptunii topdi. 1847 y.da V. Ya. Struve yulduzlararo muhitda yoruğlikning yutilişini hisoblab, A. taraqqiyotiga hissa qöşdi. 19-a. ikkinçi yarmida fotografiya, fotometriya va spektral analizning köllanişi kosmik jismlarni örganiş imkonini yanada kengaytirdi. Turkistonda 17—19-a.lar oraliğida ham A. b-n şuğullanilgan. Bunda asosan joylarning geografik koordinatalarini aniqlaş va xaritalar tuziş b-n maşğul bölingan. 1873 y.da Toşkentda astronomiya rasadxonasi taşkil etiladi va unga bir kança teleskoplar örnatiladi. Bu yerda dastlab A. b-n bir katorda meteorologiya, geofizika, geodeziya va seysmologiya sohalarida ham tadqiqotlar olib borildi, Turkiston hududida bir neça ming joylarning aniq koordinatalari aniqlandi. Çorjöy, keyinçalik Kitob ş.lari yaqinida xalqaro kenglik st-yasi taşkil etildi. 1966 y.da bu rasadxona zaminida Astronomiya in-ti taşkil kilinib, tadkikotlar kölami yanada kengaytirildi va zamonaviylaştirildi.
AQŞda ulkan teleskoplarning ixtiro qilinişi yulduzlararo muhitni çuqurroq örganiş imkonini berdi. A.da yangi olingan ma'lumotlar asosida bir kança gipotezalar yaratildi. Arman olimi V. A. Ambarsumyan yulduzlar assotsiatsiyasi haqida ğoyat muhim nazariyani yaratdi. Unga köra, yulduzlar öta ziç obyektlardan otilib çiqib paydo böladi. 20-a.ning 30-y.larida A.ning radioastronomiya deb ataluvçi yangi tarmoği paydo bölib, dastlab yoritqiçlardan keladigan radionurlarni örganiş yeki radiolokatsion tadqiq asosida kosmik jismlar haqida ma'lumot ola boşlandi. Radioastronomiya ayniqsa 2-jahon uruşidan söng ixtiro qilingan öta sezgir radioasboblarni qöllaniş b-n jadal rivojlandi. A. taraqqiyotining yangi boskiçi Yer, Oy va ayrim sayyoralarning sun'iy yöldoşlarini, şuningdek Venera, Mars, Yupiter, Saturn va uzoq kosmosga kosmik st-yalarni uçiriş b-n boğliq. Avval astronomlar faqat kuzatiş natijalaridangina foydalangan bölsalar, endilikda bevosita tajriba ötkaziş imkoniyatiga ega böldilar. Oyga va ayrim sayyoralarga tadqiqotçi st-yalar qöndirilib, ularning tabiatini yaqindan örganiş mumkin böldi.
Özbekistonda A.ning eng ilğor sohalari böyiça tadqiqotlar olib borilgan. Keyingi çorak asr davomida özbekistonlik astronomlar astrometriya, astrofizika, xususan, Quyoş va nostatsionar yulduzlar fizikasi, yulduzlar va Galaktika astronomiyasi, Galaktikadan taşqi astronomiya sohalaridagi tadqiqotlari b-n muhim yutuqlarga erişdilar. Galaktikamizning 50 mingdan ortiq yulduzlari va ularning 20 ga yaqin tödalari xususiy harakatlarini kuzatuv yordamida ölçab-hisoblab topdilar, tödalar tuzilişi va a'zolari aniqlandi. Bular asosida Galaktikamizning ölçamlarini, Quyoşning Galaktikadagi örnini va uning yadrosiga nisbatan aylaniş tezligini harakat yönalişi — apeksini, şuningdek Galaktikaning qator kine-matik parametrlarini aniqladilar. Yer sun'iy yöldoşlari uçirilgandan boşlab şu kunga qadar ularni va sayyoralarni kuzatiş, tadqiq etişning barça xalqaro dasturlarida (SOPROG, VEGA, Planeta, Statsionar, Fobos, GPS, PRARE va b.da) qatnaşib, e'tiborli ilmiy natijalarga erişiladi. 1960 y.dan boşlab Xalqaro astronomiya ittifoqi tavsiya etgan 20 ta asteroidning vaziyatlari va harakatlarini tekşirib, osmonda inersial sistemani tuziş kabi xalqaro muammoga toşkentlik va kitoblik astronomlar salmoqli hissa qöşdilar. 1985—86 y.larda Özbekiston FA Astronomiya in-ti Toş-DU astronomlari b-n hamkorlikda Galley kometasini kuzatiş böyiça Xalqaro dasturda qatnaşib, kuzatuv ma'lumotlari sifati va hajmi b-n birinçi örinni egalladilar va bu b-n uçirilgan kosmik apparatning kometa atmosferasi içidan ötişini ta'minladilar. Yutuqlardan yana biri Qaşqadaryo viloyatining Maydanak toğida rasadxona qurilişi bölib, u bugungi kunda xalqaro rasadxonaga aylanişi b-n boğliq. Maydanakda bajarilgan köp yillik kuzatiş işlari asosida yulduzlarning tuğiliş «öçoqlari» topildi, turli nostatsionar va özgaruvçan yulduzlar, fuorlar, ziç qöşaloq yulduzlar hamda Somon yölining maxsus qismlari örganilib, zarur fotometrik, spektral ma'lumotlar töplandi va tahlil qilindi. Maydanakda bajarilayotgan kuzatuvlar AQŞ, Rossiya, Ukraina, Fransiya, Germaniya, Litva va b. davlatlar astronomlari b-n hamkorlikda olib borilyapti. Quyoş fizikasi sohasida Quyoş doğlari va b. qator faol elementlari, turli çaqnaşlar, rentgen va radiodiapazonlardagi faol jarayonlar çuqur tahlil qilingan. Hozir esa bu sohaning gelioseysmologiya yönalişi jadal rivojlanmoqda. Xususan, Toşkent viloyatining Qumbel toğida (Çimyon yaqinida) Toşkent astronomiya in-tining stansiyasi oçilib, unda Quyoş tebranişlari IRIS xalqaro dasturi doirasida kuzatilmoqda. In-tning Toşkent hududida bu tebranişlar TON xalqaro dasturi böyiça zaryad yiğuvçi kuçli matritsa yordamida kuzatilib taxlil qilinmoqda. Natijada Quyoşning içki tuzilişiga oid muhim ma'lumotlar olinmoqda.
Özbekistonda keyingi çorak asrda A.ga doir nazariy tadqiqotlar ham yölga qöyilgan. Ulardastlab 1971—81 y.larda Toşkent astronomiya in-tida olib borildi, keyingi yillarda esa ToşDUda davom ettiriddi. 1981 y.ga kelib ToşDU (hoz. ÖzMU)da A. mutaxassisligi oçilib, 1987 y. A. kafedrasi taşkil etiddi. Bu kafedra bugunga qadar 200 ga yaqin mutaxassis çiqardi. Nazariy tadqiqotlar, asosan, astrofizika, yulduz astronomiyasi va Galaktikadan taşqi astronomiya sohalarida olib boriddi. Xususan, Galaktikamiz tojidagi kurinmas massa miqdori va uning disk va sfera taşkil etuvçilari evolyutsiyasiga ta'siri noçiziqli nostatsionar holda analitik örganildi. Xalqasimon galaktikalar modeli tuzilib, ularni sinflarga ajratiş usuli işlab çiqildi. Yulduzlarning bir neça şarsimon tödalari va galaktikalarning 10 dan ortiq sferik tödalari uçun tezliklar anizotropiyasi parametri qiymatlari körinma ziçlik funksiyasi asosida aniqlandi. Koinotning eng «qari» obyektlaridan bir turi hisoblanuvçi elliptik galaktikalarning paydo bölişi muammosi birinçi bor nazariy modellarda tadqiq qilindi. Bu nazariya natijalari ança keyin AQŞ, Hindiston va Meksika nazariyotçilari tomonidan öta kuçli kompyuter yordamida tajriba ötkaziş yöli b-n tasdiklandi. Hozir bunday nazariy işlar Toşkent astronomiya in-tida ham olib borilib, yuqoridagi usul spiral galaktikalarga qöllanilmoqda va ularning pulsatsiya holati noçiziqli nostatsionar modellari tuzilmoqda.
Salohiddin Nuriddinov, Abdumajid Rahimov.