YOŞ BUXOROLIKLAR Buxoro amirligidagi jadidlar partiyasi (firqasi). Dastlab «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi») maxfiy jamiyati şaklida tuzilgan. 1910—20 y.larda «Yo. b.» partiyasi deb atalgan. Unga taraqqiyparvar ziyolilar, savdogarlar va şahar kambağallari vakillari kirgan. Ular boşida mavjud amirlik tuzumi doirasida demokratik islohotlar ötkaziş, konstitutsiyaviy monarxiya örnatiş orqali amirning mutlaq hokimligini çeklab qöyiş tarafdori bölgan. Abdulvohid Burhonov, Mukammil Burhonov, Sadriddin Ayniy, Usmonxöja Pölatxöjayev (Usmon Xöja), Otaulla Xöjayev, Ahmadjon Hamdiy (Abusaidov), Homidxöja Mehriy, Musa Saidjonov, Mirzo Siroj Hakim Yo. b.ning dastlabki taşkilotçilari edi. Keyinçalik uning faoliyatida Fitrat, Fayzulla Xöjayev va Muhiddin Mansurov katta rol öynaşdi. Yo.b. iqtidorli yoşlarni Istanbul, Qozon, Ufa, Boqçasaroyga öqişga jönatdi. Ular partiyaning moddiy mablaği hisobidan ta'lim olişgan. Fayzulla Xöjayev va Muhiddin Mansurov partiyaga katta mablağ ajratgan. Istanbulda «Buxoro ta'limi maorif jamiyati» taşkil qilinib, jamiyat a'zolari Turkistonda maorif tizimini rivojlantirişda muhim işlar qilişdi. Jamiyatning kömagi b-n Fitrat va b. taraqqiyparvarlarning asarlari Istanbulda naşr qilinib, Turkiston mintaqasiga tarqatildi. Yo. b.ning maqsadi yangi usul maktablarini oçiş, bolalarning savodini tezroq çiqariş, ijtimoiy ongini östiriş, maktab, Madrasa, öquv tizimini isloh qiliş edi. Buxoroda boşlangan harakat tezda Şaxrisabz va Karkigaça tarqaldi. 1912 y. Buxoroda dastlabki gaz.lar — tojik tilida «Buxoroyi şarif» va özbek tilida «Turon» çika boşladi. Gaz.larni moddiy jihatdan ta'minlaş va naşr işlarini yölga qöyişda Muhiddin Mansurov va Mirzo Siroj Hakim muhimrolöynaşdi. Biroq 1913 y. yanv. da bu gaz.larning faoliyati rus ma'murlari tomonidan taqiqlab qöyildi. Istanbulda ta'lim olgan köplab buxoroliklarning yurtiga kaytişi b-n maorif işlari yana jonlandi. 1914 y.dan boşlab Yo. b. ma'rifatçilikdan siyosat sohasiga ötdilar. Yo. b. amirlik tuzumini isloh qiliş töğrisida dadil fikrlar b-n maydonga çiqişdi. Ularning ijtimoiy, siyosiy, ma'rifatparvarlik faoliyati partiya mazmunida endilikda yangiça maqsad va yönaliş kasb etdi. Buxoroda «Ma'rifat» kutubxonasi va «Barakat şirkati» tuzilib, ular kitoblar naşr qiliş va xorijda çiqarilgan turli adabiyotlar, gaz. va jur.larni Buxoroda tarqatiş b-n şuğullanadilar. Bu işlarda A. Burhonov, A. Hamdiy, Mirzo Siroj Hakim faollik körsatişdi. Biroq ularning ma'rifatparvarlik intilişlari avval amir Abdulahad, söngra uning öğli Olimxon tomonidan katta qarşilikka uçradi. 1917 y. fev. inqilobi Yo. b. içida kuçlar nisbatining qayta guruxlanişini tezlaştirdi. Astasekin isloh qiliş tarafdorlari bölgan jadidlarga Abdulvohid Burhonov, islohot sohasida faol harakatlarni qöllovçi, nisbatan oz sonli yoş jadidlarga Fitrat yetakçilik qildi. Yo. b. Petrograddagi Muvaqqat hukumatga amirlikda demokratik islohotlar ötkazişni sörab, 2 marta telegramma yubordi, Fitrat va U. Pölatxöjayev Petrogradga jönatildi. Ular Rossiyadan maxsus komissiya kelayotgani sababli Orenburgdan Buxoroga qaytişdi. Rus rezidenti A. Ya. Miller Buxoroda U. Pölatxöjayev, A. Burhonov va b. b-n uçraşib, Yo. b. talablari b-n qiziqdi. Yo. b. yangi usul maktablari oçiş, matbuotga erkinlik beriş, xalq hukumati tuziş talablarini ilgari surdi. Buxoro amiri Olimxon Miller va uning yordamçisi Şulga tuzgan manifest matnini ayrim tuzatişlar b-n farmoni oliy tarzida e'lon qildi (1917 y. 7 apr.) Amir farmonida nufuzli kişilardan iborat majlis tuziş, davlat xazinasini ta'sis etiş va mamlakat byudjetini belgilaş, poytaxtda bosmaxona oçiş, sanoat va savdoni rivojlantiriş, soliklarni tartibga soliş, amaldorlar ustidan nazorat örnatiş va ularga moyana tölaş kabilar tilga olingan edi. Yo. b.ning Fitrat, Fayzulla Xöjayev va Usmon Xöjayev boşçiligidagi söl qanoti farmon e'lon qilingan kunning ertasiga Buxoro ş.da katta namoyiş uyuştirdi va Registonda miting ötkazdi (q. Buxoroda 1917 yil aprel namoyişi). 14 apr. da amir öz farmonini bekor qildi. Yo. b. endi amir hokimiyatiga qarşi yaşirin kuraş yöliga ötdi. Ular Buxoro ş.ni tark etişga majbur böldi va Yangi Buxoro (Kogon)ga kelib örnaşdi. Kogonda ular safiga Buxorodan avval çiqib ketgan yirik savdogar Muhiddin Mansurov öğillari (Abdulqodir, Amin, Isom Muhidsinov) va b. b-n kelib qöşildi. 1917 y. apr. vokealari Yo. b. partiyasi içidagi bölinişni çukurlaştirdi va unda A. Burhonov boşçiligidagi öng qanot vaqtinçalik ustun keldi. Keyinçalik Yo. b. partiyasidan qisman isloxrtlar ötkaziş tarafdori bölgan jadidlarning ulamolar b-n boğlangan Ikrom domla boşçiligidagi guruhi ajralib çikdi. Yo. b. safidan yirik sarmoyadorlar çiqib, unga köproq şahar kambağallari kirdi.
1917 y. okt.—noyab. oylarida Petrograd va Toşkentda sodir bölgan voqealar Buxoro amirligida katta akssado berdi. Toşkent va Farğonadagi jadidlar Turkistonda muxtoriyat e'lon qiliş uçun harakat qilgan bölsa, Yo. b. Buxoroda amirning istibdod tuzumiga karşi kuraşni davom ettirdi. Yo. b. partiyasi içida turli guruhlarning borligi, karaşlarning xilma-xilligi tufayli yagona dastur tuzişga ehtiyoj tuğildi. Markaziy qömita bu vazifani 1917 y. noyab. da Fitratga topşirdi. Fitrat bu paytda Samarqandda çiqayotgan «Hurriyat» gaz.ning boş muxarriri edi. Markaziy qömita Fitrat tomonidan 1918 y. yanv. da yozilgan Yo. b. partiyasining dasturini tasdikladi va islohot loyihasi sifatida e'lon qildi. Unda mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiya örnatiş, Buxoroning iqtisodiy, siyosiy va harbiy mustaqilligini ta'minlaş, madaniy taraqqiyot, dehqonçilik va soliqtizimi masalalariga alohida e'tibor berildi, zamonaviy armiyani taşkil etiş, 2 yillik majburiy xarbiy xizmatni joriy qiliş, davlat hisobidan maktablar va oliy öquv yurtlari oçiş, 10 nozirlikdan iborat Nozirlar kengaşi tuziş taklif etildi. Fayzulla Xöjayev Fitrat loyihasining ança çeklanganligini tanqid qilib, unda boşqaruvning respublika usulini joriy etiş talab qilinmaganligini ta'kidladi. Okt. töntarişidan keyin sovet Rossiyasi b-n Buxoro örtasidagi munosabatlar yomonlaşdi. Qöqon ş.da faoliyat körsatayotgan Turkiston Muxtoriyati hukumatini qizil askarlar va arman daşnoqlarining qurolli kuçlari yordamida 1918 y. 19— 12 fev.da agdarib taşlagan bolşeviklar endi Buxoroda bir zarb b-n amirlik hokimiyatini ham tugatmoqçi edi. Ular şu maqsadda Fayzulla Xöjayev boşçiligidagi Yo. b.ni qöllabquvvatlaşdi. Yo. b. esa öz kuçlari b-n hukumatni qölga ololmasdi. 1918 y. fev. oyining oxirida Turkiston XKS raisi F. I. Kolesov Aşxoboddan Toşkentga kaytayotganda Kogon ş.da Yo. b. raxbarlari b-n uçraşib, amir hokimiyatiga qarşi kuraşda öz «xizmat»ini taklif qildi. Yo. b.ning 7 kişidan iborat inqilobiy qömitasi (rais—Fayzulla Xöjayev) tuzildi. Ana şunday murakkab bir vaziyatda Buxoroda 1918 y. mart fojialari sodir böldi (q. Kolesov voqeasi). Oqibatda 3 mingdan ortiq Yo. b. öldirildi. Buxorodan taşqari Ğijduvon, Şofirkon, Vobkent, Qoraköl tumanlari va Çorjöy, Xatirçi, Karmana, Qarşi, Şahrisabz bekliklarida ham minglab kişilar jadidliqda nohaq ayblanib, qatl etildi. Yo. b. amirlik hududidan darxrl çiqib ketişga majbur böldi va Turkiston respublikasidan siyosiy boşpana söradi. Sovet Turkistoni rahbarlari Yo. b.ga noxuş munosabatda böddi. Muhojirlikdagi Yo. b.ning köpçiligi oçarçilik natijasida qirilib ketdi. Yo. b. partiyasida ğoyaviy tuşkunlik, guruhbozlik va parokandalik yuz berdi. Muhojirlikning dastlabki davrida (1918 y. mart—iyun) F. Xöjayev Yo. b. qömitasining raisi sifatida safdoşlarini işga joylaştiriş va moddiy jihatdan ta'minlaş b-n faol şuğullandi. Toşkentda 1918 y. apr.— may oylarida U. Pölatxöjayev boşçiligida Yo. b.ning söl eserlar guruhi taşkil topdi. Samarqanddagi şunday guruhga Otaulla Xöjayev rahbarlik qildi (bu guruh 1918 y. 25 sent. gaça işladi). Muhojirlikning 2davrida (1918 y. örtalaridan to 1919 y. gaça) RSFSR va Turkiston Millatlar işi böyiça komissarliklari krşida Yo. b.ning bölimlari oçildi, Fayzulla Xujayev Turkiston respublikasining RSFSR hukumati huzuridagi muxtor vakolatxonasida Yo. b. partiyasining bölimini taşkil qildi (1918 y. okt.). Buxoro amirligida demokratik ğoyalarni tarğib qiliş uçun Yo. b. tomonidan oyida 2 marta özbek va tojik tillarida jur. naşr etila boşlandi. 1918 y. 16 noyab. da Moskvada Yo. b.ning Turkiston MIKdagi muxtor vakolatxonasi yiğilişida Fayzulla Xöjayev tayyorlagan dastur (programma) kabul kilindi. Unda Buxorodagi ijtimoiy tuzum va xalq ahvoli yoritildi, Buxorodagi amir hukumatini ağdarib taşlaş uçun taşviqotçi xodimlar tarbiyalaş, Buxoro va Turkiston xalklari b-n aloqa boğlaş, amirga qarşi xalq közğolonini tayyorlaş va unga rahbarlik qiliş, qözğolonçilarni qurolyaroğ b-n ta'minlaş masalalari közda tutildi. Yo. b.ning maqsadi — Buxoroda demokratik xalq respublikasi örnatiş, deb e'lon etildi. 1919 y. örtalariga kelib, Yo. b.ning Toşkent, Samarqand, Mari, Karki, Kattaqörğonda bölimlari va Kogonda şahar byurosi tuzildi. Şu yil dek.gaça ularning 3 marta qurultoyi çaqirildi. 1920 y. yanv.da Toşkentda Fayzulla Xöjayev boşçiligida inqilobçi Yo. b. partiyasi Turkiston Markaziy byurosi taşkil etildi. 1920 y. 15 apr.dan Yo. b. partiyasining organi «Uçqun» gaz. çika boşladi (muxarrir — Fayzulla Xöjayev). U Toşkentda çop qilinib, Buxoroda maxfiy ravişda tarkatildi. Inqilobçi Yo. b. partiyasining Turkiston Markaziy byurosi 1920 y. 13— 14 iyundagi birlaşgan konferensiyasida F. Xujayev tuzgan dasturni kabul qildi. Dastur «Zulmga qarşi birlaşingiz!» degan şior va kiriş qismi b-n boşlanadi. Bu qismda Buxoroning umumiy ahvoli va Yo. b.ning asosiy maqsadlari, 2qismida esa Yo. b.ning amaliy takliflari, islohot va mamlakatni idora qilişni taşkil etiş rejasi bayon etildi. Şariat—adliya işlarini olib borişning negizi deb e'tirof kilindi. Dasturda amirlikni qurol kuçi b-n ağdarib taşlaş va Buxoroni demokratik xalq respublikasi deb e'lon qiliş talabi qöyiladi. Katta boylar qölidagi yerlarni musodara qiliş, bepul boşlanğiç ta'lim joriy etiş, q. x., hunarmandçilik, içki va taşqi savdoning ahvolini yaxşilaş yölida amaliy çoratadbirlar köriş zarurligi ta'kidlanadi. Markaziy byuro Buxoro xalqi va askarlariga karata özbek va tojik tillarida «Xitobnoma» çiqarib, amir hokimiyatini ağdarib taşlaş uçun xalq qözğoloni boşlaşga da'vat qildi. 17.000 nusxa xitobnoma va 10.000 nusxa partiya dasturi tarkatildi. Yo. b. taşkilotlari butun amirlik hududi böylab tuzilgan, hatto Eski Buxoroda uning 12 şö'basi mavjud edi. Bolşeviklar Yo. b.dan amirlik hokimiyatini ağdarişda foydalandi. Yo. b. ham taktik maqsadlarni közlagan holda bolşeviklar b-n yaqinlaşdi. 1920 y. 2 sent. da Turkfront qömondoni M. V. Frunze boşçiligidagi qizil askarlar keskin janglardan söng Buxoro ş.ni bosib oldi (q. Buxoro bosqini). Amir Olimxon hokimiyati ağdarib taşlandi. Xalq Nozirlar Şörosi, Inqilobiy qömita va BKP MKning umumiy yiğilişida (1920 y. 14 sent.) 9 kişidan iborat Butun Buxoro inqilobiy qömitasi (raisi— Abdulqodir Muhiddinov) va respublika hukumati — 11 kişidan iborat Xalq Nozirlar Şörosi (raisi — Fayzulla Xöjayev) tuzildi (q. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi). Yo. b. öz islohotçilik ğoyalarini yangi hukumatdagi faoliyati davomida amalga oşirişga harakat qildi. Buxoroda amirlik tuzumini ağdarib taşlaşdek öz tarixiy vazifasini bajargan Yo. b. partiyasining a'zolari 1920 y. 11 sent.da umumiy asosda Buxoro kompartiyasi safiga kirdi. Yo. b. partiyasining ayrim a'zolari (Usmonxöja Pölatxöjayev, Abdulhamid Oripov va b.) keyinçalik Buxorodagi istiqlolçilik harakati saflariga ötib, kizil askarlarga karşi kuraşda katnaşdi. 1923 y. iyunda Moskvaning qat'iy talabi b-n Otaulla Xöjayev (taşqi işlar noziri), Fitrat (maorif noziri), Sattor Xöjayev (moliya noziri), Muinjon Aminov (Ekoso raisi) va b. sobiq Yo. b. lavozimlaridan olinib, Buxoro davlati hududidan çiqarib yuborildi. Yo. b. safidagi jadidlarning deyarli hammasi 30y.larning örtalarida qatağon qilindi.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 54–58-b. — ziyouz.com