Tabiati. Atlantika okeani sohillari payettekislik, qumli, kam parçalangan. Şim.da Meseta yassi toğligining çekka qismlari joylaşgan. Eş-trela toği — mamlakatning eng baland nuqtasi (1991 m). Ğarbida toğlar dengiz böyi pasttekisligiga tik tuşadi. Teju daryosi jan.da Portugaliya past-tekisligi bor. Eng çekka jan.ni Ser-ra-daalgarvi past toğlari egallagan. Volfram, qalay, mis, temir, qörğoşin, uran rudalari, kumir, kaolin, berill, marmar, oltin, kumuş konlari topilgan. Iqlimi — subtropik. Örta dengizga xos. Yanv.ning örtaça t-rasi sohilda 10°, içki hududlarda 8° gaça, iyulniki — sohilda 20° va içki hududlarda 27°. Yoğingarçilik sohilda yiliga 1000 mm, toğlarda 2000 mm. Doru (Duero), Teju va Gvadiana daryolarida kema qatnaydi. Şim.da toğ-örmon podzol, markaziy va jan. hududlarda qönğir va jigarrang, dare vo-diylarida allyuvial tuproklar. Sohilda botqoq yerlar, şörxok tuproklar köp. Mamlakat jan. ösimliklari Örta dengiz atrofiga xos, toğlar makvis çakalakzorlari b-n qoplangan, şim.dagi toğlarda toş eman va pökak eman, kaştan, sohilda qarağayzorlar uçraydi. Toğlardagi kattagina maydonlar ötloq. Hayvonot dunyosi böri, tulki, suvsar, genetta, tipratikan, yovvoyi quyon va h.k.lardan iborat. Kemiruvçilar, körşapalaklar, har xil parranda köp. Jereş va Ria Formoza milliy boğlari, bir neça qöriqxonalar bor.
Aholisining 99% — portugallar; ispanlar va b.lar ham yaşaydi. Rasmiy tillar — portugal va mirandes tillari. Şahar aholisi 35% ga yaqin. Dindorlari — katoliklar. Yirik şaharlari: Lissabon, Portu, Amadora.
Tarixi. P. hududida paleolit davrida manzilgoxlar bölgan. Mil. av. 4—3-a. lardan bu yerda luzitanlar yaşagan. Mil. av. 1-a. oxirida Kdd. Rim ixtiyoriga utib, uning Luzitaniya viloyati bölib qoldi. Mil. 5-a. 1yarmidan svevlar, 6-a. 2yar-midan vestgotlar hukmronlik qildi. 713—18 y.larda P. hududini arablar va barbar (mavr)lar bosib olib, Arab xalifaligi tarkibiga quşdi. Ozodlik kuraşi (Rekonkista) natijasida mamlakat 1249—50 y.larda arablar istib-dodidan butunlay qutuldi, portugal millati tarkib topdi, Portugaliya davlati vujudga keldi. P.ning geografik örni qulay bölganligi tufayli savdosotiq va hunarmandçilik rivojlandi, şaharlar tez usdi. Qirollik hokimiyati kuçayib, uzga mamlakatlarni bosib ola boşladi. Afrika va Osiyodagi bir qança hududlarni mustamlakaga aylantirdi. 1500 y.dan Braziliyani egallaşga kirişdi. 16-a.ning 1yarmi P. imperiyasi ravnaq topgan davr buldi. Ammo juda katta boylikni qölga kiritib olgan maranlar (xristianlikni qabul qilgan yahudiylar) ning çet ellarga ketib qolişi sababli P. iqtisodiyoti tuşkunlikka uçray boşladi. 1581—1640 y.larda P. Ispaniya hukmronligida buldi. 18-a. boşida P. iqtisodiy va siyosiy jihatdan Angliyaga butunlay karam bulib qoldi. 1750 y.dan mamlakatda «ma'rifiy absolyutizm» ruhidagi islohotlar tufayli bir munça iqtisodiy va siyosiy jonlaniş boşlangan bulsa ham, 1777 y.dan key-in bu isloxrtlar bekor qilindi. 1807 y.da Napoleon 1 qöşinlari P.ni bosib oldi. 1811 y.da fransuz bosqinçilari haydab çiqarildi, biroq mamlakat 1820 y.gaça ingliz bosqinçilari zulmi ostida qoldi. 1820 y. P. inqilo-bidan söng islohotlar utkazildi. 1821 y. ta'sis korteslari qabul qilgan liberal konstitutsiya zamindorlarning imtiyozlari va inkvizitsiyani bekor qildi. Sanoat korxonalari, jumladan, töqimaçilik f-kalari barpo etildi, 1853 y.dat.y. işga tuşirildi. Ammo P. 20-a. boşlarida ham qoloq mamlakatligiça qolaverdi.
1926 y. 28 mayda hokimiyatni faşistlar egalladi. 1911 y. konstitutsiyasi bekor qilindi, parlament tarqatib yuborildi. 1932 y. davlat töntarişi bölib, A. di Oliveyra Salazar butun hokimiyatni kölga oldi. 1933 y. «yangi davlat» konstitutsiyasi joriy qili-nib, unda faşistik diktatura krnunlaştirildi. Barça muxolifat partiyalar faoliyati man qilindi. Mustamlakalarda ham siyosiy zulm kuçaytirildi. 2-jahon uruşida P. betaraf turdi. Uruşdan keyin mamlakatda demokra-tik harakat kuçaydi. Mustamlakalarda ozodlik harakati avj oldi. Mustamla-kaçilik uruşi P. iqtisodiyotini juda zaiflaştirib quydi. Mamlakatda, hatto armiya safida ham norozilik kay-fiyati tarkaldi. 1974 y. 25 apr.da faşizm diktaturasi barham topdi va hokimiyat general di Spinola boşliq Milliy najot kengaşi qöliga ötdi. Siyosiy faoliyatga birmunça erkinlik berildi. Gvineya-Bisau, Mozambik, Yaşil Burun o.lari (hoz. Kot-d'Ivuar), San-Tome va Prinsipi o.lari va An-golaga mustaqillik berildi. 1976 y. qabul qilingan konstitutsiya fuqarolarning ijtimoiy va demokratik huquklarini kafolatladi. Ammo mamlakat hukumatlari tez-tez özgarişi siyosiy beqarorlikdan darak berardi. 1982 y. noyab.da konstitutsiyaga kiritilgan özgartişlar hokimiyat vazifalarini oqilona taqsimlaş orqali mamlakatdagi siyosiy holatni barkarorlaştirdi. P. — 1955 y.dan BMT a'zosi. ÖzR suverenitetini 1992 y. 16 yanv.da tan oldi va 1992 y. 13 avg.da diplomatiya munosabatlari örnatdi. Milliy bayrami — 10 iyun — Portugaliya kuni (1580).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. Xalq monarxiyaçi partiyasi, 1974 y. tuzilgan; Xalq partiyasi, 1995 y. taşkil etilgan; P. kommunistik partiyasi, 1921 y. asos solingan; Sotsial-demokratik partiya, 1974 y. tuzilgan; Sotsialistik partiya, 1973 y. asos solingan. Portugal mehnatkaşlari umumiy konfederatsiyasi— Milliy intersindikal, 1970 y. taşkil etilgan. P. mehnatkaşlari umumiy itti-foqi, 1979 y. tuzilgan, Xalkaro erkin kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi tarkibiga kiradi.
Xöjaligi. P. — industrial-agrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşi — 30%, q.x. uluşi — 6% atrofida.
Sanoati. 20-a. oxirlarida sanoatda mehnatga layoqatli aholining 33% işladi va yalpi milliy mahsulotning 40% dan köproğini işlab çiqardi. Temir, volfram, mis, uran, qalay rudalari, kumir, oltin, kumuş qazib çiqariladi, dengiz suvidan tuz ajra-tib olinadi. Mayda metallurgiya korxonalarida va Lissabon yaqinidagi Seyşal ş.dagi z-dda metall eritiladi. Sanoat i.ç. qiymatining salkam 30% maşinasozlik va metall işlaş korxonalari uluşiga töğri keladi. Kemasozlik, avtomobil yiğuv, velosiped, mototsikl, motorlar, ayrim turdagi stanoklar, rözğor maşinalari, elektrotexnika va radioelektronika asbob-uskunalari i.ç. rivojlangan. Kime va neft kimyosi korxonalarida oltingugurt kislotasi, mineral uğit, sintetik tola va plastmassa işlab çiqariladi. Töqimaçilik (ip va jun gazlama töqiş), tikuvçilik, ozik,-ovqat (zaytun yoği, baliq konservalari, vino i.ç.) sanoati azaldan eksport uçun işlaydi. Sement, çinni, oyna va sopol i.ç. korxonalari bor. Yiliga örtaça 30 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi (asosan, GESlarda). Asosiy sanoat markazlari: Lissabon, Portu, Setubal, Barreyru, Braga.
Qişloq xöjaligining asosini dex.qonçilik taşkil etadi. P. hududining 50% işlanadi, şundan 30% haydaladigan yerlar. 10% boğ va tok-zor, sitruszor, zaytunzorlar. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: buğdoy, makka-jöxori, javdar, arpa, iyuli, kartoşka. Orollarda banan, ananas, şakarqamiş yetiştiriladi. Çorvaçiligida qoramol, çöçqa, qöy, ot boqiladi. Sohilda baliq ovlanadi. Q.x. aholining oziq-ovqatga bölgan ehtiyojini qoplamaydi. Trans p orti ning asosiy turi — dengiz kema qatnovi. Dengiz savdo flo-tiningtonnaji 1,1 mln. t dedveyt. T.y. uzunligi — 3,6 ming km, avtomobil yöllari uz. — 70,1 ming km. Lissabonda 1960 y.dan metropoliten işlaydi. Lissabon va Azor orollari (Santamariya)da xalkaro aeroport bor. Asosiy dengiz portlari — Lissabon, Portu.
Taşqi savdosi. P. çetga mineral xom aşyo, töqimaçilik va tikuvçilik buyumlari, vino, meva, pökak, qoğoz, oziq-ovqat mahsulotlari, maşina-uskunalar çiqaradi. Çetdan q.x. mahsulotlari, xom aşyo va yoqilği (asosan, neft va neft mahsulotlari), maşina va uskunalar, kimyoviy mahsulotlar keltiradi. Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, AQŞ b-n savdo qiladi. Pul birligi — eskudo.
Tibbiy xizmati. Davlatga karaşli kasalxonalar b-n birga xususiy şifoxonalar ham bor. 3 un-tning tibbiyot f-tlarida vraçlar tayyorlanadi. Kuror-tlari orasida balneologiya sihatgoqlari köp.
Maorifi, madaniyma'rifiy va ilmiy muassasalari. 7 yoşdan 13 yoşgaça öqiş majburiy va bepul. Boşlanğiç maktabi 7 y.lik bölib, u 4 y.lik boşlanğiç va 3 y.lik qöşimça kursdan iborat. 4 y.lik boşlanğiç maktab negiziga tayangan litseylar va şunga öxşaş boşqa öquv yurtlari örta ma'lumot beradi. Hunar-texnika ta'limi beruvçi turli öquv yurtlarida öqiş muddati 1 y.dan 5 y.gaça. 8 un-t, oliy poğona kollejlari, xarbiy va dengiz maktablari oliy ma'lumot beradi. Ko-imbradagi un-t (1290 y. asos solingan, xuzurida 5 in-t bor), Lissabon un-ti (1290 y. asos solingan, 1911 y. qayta tiklangan, xuzurida 8 in-t bor), Lissabondagi texnika un-ti (1931 y. asos solingan), Portu ş.dagi un-t (1911 y. asos solingan) ularning eng yiriklaridir. P.da Lissabon ilm-fan aka-demiyasi (1779), Milliy san'at akademiyasi (1932), 25 i.t. in-ti, köpgina filiallarga ega bölgan Tabiiy fanlar böyiça tadqiqot kengaşi (1936 y. Lissabonda taşkil etilgan), tibbiyot, fizika fanlari, texnika masalalarini işlab çiqiş b-n şuğullanuvçi tadqiqot markazlari bor. Ped., tarix, geogr., arxeologiya, san'atşunoslik, til va adabiyot arboblarini byrlaştiruvçi 48 ilmiy jamiyat mavjud. Yi-rik kutubxonalari: Fanlar akademiya-sining kutubxonasi (1779), Lissabondagi Milliy kutubxona (1796), Koim-bra un-ti kutubxonasi va b. Yirik muzeylari: Milliy qad. san'at muzeyi, Milliy zamonaviy san'at muzeyi, Xalq san'ati muzeyi, Dengiz orti hududlari etnografiyasi muzeyi, Arxeologiya, Bezak san'ati, Harbiy mu-zeylar (hammasi Lissabonda), Koimb-radagi tabiat tarixi muzeyi va b.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekursa guvi. P.da köpgina gaz. va jur.lar naşr etiladi, eng muhimlari: «Dia» («Kun», kundalik gaz., 1975 y.dan); «Diariu da Republika» («Respublika gazetasi», kundalik gaz., 1820 y.dan), «Diariu notisiaş» («Yangiliklar gazetasi», kundalik gaz., 1864 y.dan), «Diariu popular» («Xalq gazetasi», kundalik keçki gaz., 1942 y.dan), «Alavanka» («Pişang», oylik jur.), «Kapital» («Poytaxt», kundalik keçki gaz., 1968 y.dan), «Publiku» («Jamoatçilik», kundalik gaz., 1990 y.dan), «Eşpresu» («Ekspress», haftanoma, 1974 y.dan). Luza axborot agentligi 1987 y.da ilgarigi ikki agentlik: Notisiaş di Portugal va Ajen-sia Notisioza Ofisial Portugeza — ANOPning qöşilişi yöli b-n tuzilgan. P. radioeşittiriş davlat kompa-niyasi 1975 y. tuzilgan. P. televideniye-si, aksiyadorlik telekompaniyasi, 1956 y. taşkil etilgan.
Adabiyotiga boy portugal folklori asos bölgan, uning 11-a.ga oid namunalari bizgaça yetib kelgan. 13—15-a. larga mansub ritsarlik lirikasi namunalari ilk adabiy yodgorliklardir. 15-a. boşlaridan tarixiy xronikalar yaratildi, ularda tarixiy vokealar afsona va rivoyatlar b-n qöşib tasvirlandi. 15-a. oxirlaridan Uyğoniş davri adabiyoti maydonga çiqa boşladi. 16-a. örtalaridagi iktisodiy va siyosiy tanglik oqiba-tida adabiyot ham inqirozga yuz tutdi. 18-a. örtalaridan adabiyotga ma'rifat-parvarlik ğoyalari kirib keldi. 19-a.ning 30-y. larida romantizm rivoj topdi. 50—60- y.larda esa zamonaviy mavzularga e'tibor kuçaydi. A. di Kental (1842—91) şe'riyati, J. Dinişe (1839-71), J.M. Esadi Keyruş (1843-1900) romanlari, A.Eniş (1848—1901) pyesalari voqea va hodisalarni haqqoniy aks ettirdi. 20-a. P. adabiyotida dekadentlik tamoyillari hukmron böldi. 1926 y. faşizm diktaturasi örna-tilişi umidsizlik kayfiyatini kuçay-tirdi. 1974 y. bu diktatura barham top-gaç, erkin adabiyotning vujudga kelişiga imkon yaratildi. Ilğor adiblar yangi, demokratik madaniyat barpo etişda faol katnaşa boşladilar.
Me'morligi. P. xududida mil. av. 1-ming yillikning 1yarmidan doirasimon re-jali uylardan iborat istehkomli man-zilgoqlar saqlangan. Rimliklardan Evordagi Diana ibodatxonasi xaro-balari (mil. av. 3—2-a.lar), vestgotlardan 3 nefpn bazilika tipidagi muh-taşam qirol saroylari (7-a.), arab madaniyatidan guvalak turar joylar qolgan. 12—14-a.larda köpdan-köp şahar soborlari va monastir majmualari roman va gotika uslubida (Lissabon, Braga, Vizeu, Evorada) qurilgan. Tugab borayotgan romantizm milliy bezak uslubi — «manuelino» uçun asos böldi. Ispanlar hukmronligi davri (1581—1640) da quriliş inqirozga uçradi. 17-a. oxiri — 18-a. da şaharsozlik rivojlandi, me'morlikda barokko va rokoko ustun böldi (Lissabon yaqinidagi Keluş saroyi, 1747—52, me'mor M. V. di Oliveyra), 19-a.da klassitsizm rivojlandi. 20-a. me'morligida eng yangi quriliş materiallari va konstruksiyalaridan foydalanildi. Lissabon va Portu ş.lari rekonstruksiya qilinib, imoratlarda quyoşni tösuvçi qurilmalar qöllanildi.
Tasviriy san'ati. Paleolit davridan qoya rasmlari (Santyagu-du-Eşkoral), neolit davridan dolmenlar, sopol idişlar saqlangan. 13— 15-a.larda gotika uslubidagi haykaltaroşlik rivojlandi. 15—16-a.lar P. rassomligi niderland san'ati ta'sirida taraq-qiy etdi. 17—18-a.lar san'atida barokko usuli mahobatli haykaltaroşliqsa namoyon böldi (J. Maşadu di Kaştru, A. Ferreyra ijodi), 18—19-a. boşlaridagi rassomlikda sönggi italyan barokko san'ati an'analari klassitsizmning akademik talqini b-n almaşdi. 20-a. ning 50-y.larida neo-realistlar oqimi maydonga keddi (J. Pamar va b. ijodi), bu oqim vakillari milliy tarix va xalq hayotiga murojaat etdilar. Faşist diktaturasi ağdarib taşlangaç, köpgina rassomlar demokratik özgarişlarga hissa qöşiş iştiyoqida ijod qila boşladi. Xalq ijodida yoğoç öymakorligi, guldor sopol va turli ba-diiy buyumlar tayyorlaş, töqimaçilik, tör töqiş rivoj topgan. Musiqasi ispan musiqa madaniyati b-n muştarak xususiyatlarga ega. Qöşiq va qöşiq-raqs janrlari köproq rivojlangan. Mexnat va marosim qöşikdaridan eng köp tarqalgani — fadu (gitara jörligida kuylanadi), eng ommaviy raqs — vira. Gitara, gayta (volinka), zabumba (katta silindrsimon baraban), tambur (kiçik baraban), pandeyru va adufi (doyra va törtburçak şaklidagi doyra) kabi musika asboblari bor. Professional mu-siqa ham öz an'analariga ega. Italyan opera san'atining ta'siri katta. Ilk yirik kompozitor M. Portugal (1762— 1830) 50 dan ortiq opera yozgan. «San-Karluş» opera teatri (1793) va Milliy konservatoriya (1835, ikkalasi ham Lissabonda), Musiqa akademiyasi (Ko-imbra), Munitsipal konservatoriya (Portu), 4 simfonik orkestr, xor ka-pellasi, bir neça musika jamiyati bor. Teatri. 12-a.da sodda teatr tomoşalari körsatilgan. 15-a. oxirlarida milliy teatr şakllandi, unga dramaturg, aktyor va kompozitor J. Visente asos soldi. 16-a. oxirida Lissabonda dunyoviy teatrlar paydo böldi. 17-a. katolik reaksiya kuçayişi teatrni tanaz-zulga uçratdi. 18-a.da ma'rifatparvarlik ğoyalari teatrga samarali ta'sir qildi. 19-a. 20—30-y.larida milliy teatr rivojlana boşladi. Lissabonda dramatik san'at konservatoriyasi, milliy teatr taşkil topdi (1846). 20-a. boşlarida teatr turli moderni-stik okimlar ta'sirida böldi. Lissabonda qiroliça Mariya milliy teatri, Milliy xalq teatri, Badiiy teatr bor. Jahon mum-toz yozuvçilari asarlari va milliy zamonaviy dramaturglar (K. Ferreyra, A. Redol) pyesalari sahnalaştirilgan. Yetakçi aktyorlari: A. Abranşis, L. Simoinş, S. Dinij, M. Lalandi va b.
Kinosi. 1896 y.dan ayrim kino-filmlar suratga olina boşladi. 1909 y. «Portugaliya-film» firmasi taşkil qilindi. 20-y.larda maşhur portugal rej.lari — A. di Barruş («Dengiz qizi Mariya» badiiy filmi, 1930), M. di Oliveyra («Doru, daryodagi oğir mehnat», 1931, «Tentak Anika», 1942, xujjatli filmlari) fa-oliyati boşlandi. 60-y.lar oxiridan demokratik yönaliş qaror topdi. «Ont» (rej. A. di Masedu), «Döstlarim» (rej. da Kunya Teliş), «Benilde» (1974), «Juvonmarg bölgan sevgi» (1981 — ikkalasining rej. Oliveyra), «Nozik taomil» (1976, rej. S. Santos) filmlari yaratildi. Figeyrada-Foş ş.da xalqaro kinofestivallar utka-zil adi.
Özbekiston — P. munosabatlari. ÖzR b-n P. örtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning meyoriy-huquqiy asoslari şakllangan. ÖzR Prezidenti I. Karimovning 1996 y. 2—3 dek. da P.ga rasmiy taşrifi çoğida havo transport qatnovi va turizm sohasidagi hamkorlik töğrisida şartnomalar imzolandi. Ikki mamlakat örtasidagi savdosotikda eng köp qulaylik yaratib beriş haqida kelişib olindi. 2002 y. ÖzR b-n P. örtasidagi tovar aylanmasi 9,53 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi. ÖzR da P. sarmoyasi iştirokidagi «Osiyo töqimaçilik assotsiatsiyasi» korxonasi paxta tolasini kayta işlaş va kalava ipdan mahsulot işlab çiqariş b-n şuğullanadi.