FALASTIN - Ğarbiy Osiyodagi tarixiy viloyat (qad. yahudiyça peliştim — «filistinliklar» sözidan olingan). Örta dengizning şarqiy sohilidajoylaşgan. Mayd. 26 ming kv. km. F.ning asosiy qismi Isroil b-n Iordaniyaga qaraşli. Mil. av. 5—4 ming yillikda F.ga somiy qabilalari kirib kelgan. Mil. av. 3—2 ming yillikda F.da xanaaneylarning ilk şahardavlatlari paydo bölgan (mil. av. 2ming yillikda F. va Finikiya hududi Xanaan deb atalgan). Mil. av. 16— 13-a.larda F. Misr tasarrufida bölgan. Mil. av. 13- a. oxirida F.da filistimliklarning hukmronligi örnatilgan. Öşa vaqtdayoq mamlakatning aksariyat qismi mil. av. 11-a.da taşkil bölgan Isroilyahudiy podşoligi hududida istiqomat qiluvçi qabilalar tomonidan zabt etilgan. Dovud va Sulaymon podşolar davrida Isroil qudrati avjiga çiqqan. Taxm. 935 y.da bu davlat ikkita podşolik — Isroil va Iudeya (Yaqudiya)ga bölingan. Mil. av. 8-a. oxirida F.ning şim. hududi — Isroil podşoligi Ossuriya tomonidan bosib olingan. Jan. F. (Iudeya podşoligi)ni mil. av. 6-a.da bobilliklar, söngra axomaniylar, mil. av. 4-a.da makedoniyalik Aleksandr özlariga böysundirganlar. Mil. av. 3—2-a.larda F. Ptolemeylar (Misr) b-n Salavkiylar örtasida talaş bölgan. F. mil. 1-a.da (63 y.) rimliklar tomonidan bosib olingan. Lekin fakat Iudeya uruşlari (66—73 y.lar) va Bar Koxba qözğoloni (132— 135) bostirilganidan sönggina F. Rim imperiyasining viloyatiga aylangan.
Mil. 1-a.da F.da xristian dini paydo bölgan. 395 y.da F. Vizantiya ixtiyoriga ötgan. 640 y. F. arablar tomonidan bosib olinib, arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Abbosiylar davrida F.da iqto tizimi joriy qilingan, aholini islom diniga kiritiş jarayoni avj olgan, xristianlarning huquqiy maqomi kuçsizlangan. Bu bir qator xalq qözğolonlari, jumladan, 842 y. Abu Xarba boşçiligidagi ğalayonga sabab böldi. Abbosiylar xalifaligi parçalanganidan söng F. astasekin tuluniylar, ixşidiylar sulolalari hukmronligi ostiga ötgan. 9—11-a.larda F.da iqtisodiy yuksaliş yuz bergan, katta yer maydonlariga işlov berilgan. Iudaizm, xristian va islomning diniy markazi Quddusda 11-a. da 40 ming aholi yaşagan. Akka, Kesariya, Askalon, Ğazoda savdo rivojlangan. 1099 y. salibçşgar Quddusni egallab, uni Quddus qirolligining markaziga aylantirganlar. 1187 y. Xattin yaqinidagi jangda Salohiddin salibçilarni yengib, Quddusni qölga kiritgan. F. ayyubiylar, keyinroq mamluklar tomonidan Misrga qöşib olingan. F. 1516 y.gaça ularning qölida bölib, söng turklar tasarrufiga ötgan. Usmonli turk imperiyasining 17- a. oxiridan tanazzulga yuz tutişi b-n turk xukmdorlarining özboşimçaligi kuçaygan. Solikdar oşgan. Natijada F. iqtisodiy tuşkunlikka uçragan. 19-a. ning 20-y.larida F.da turklarga qarşi xalq harakati kuçaygan. 1832 y. F. Misr poşosi MuhammadAli tomonidan zabt etilgan. Hokimiyatning markazlaşuvi, zodagonlar zulmining çeklanişi F.ni iqtisodiy rivojlanişiga turtki bölgan. Ammo soliqlarning köpayişi, harbiy majburiyatning joriy qilinişi aholi örtasida qözğolonga olib kelgan (1834). Livan va Suriya xalqining Misr hukmronligiga qarşi 1840 —41 y.lardagi kuraşini F. xalqi qöllabquvvatlagani bahonasida F.da turk hukmronligi tiklangan. 19-a. ning 40-y.laridan boşlab Yevropa davlatlari F.ga kirib kela boşladilar. 1869 y. Suvayş kanalining oçilişi b-n F.ning strategik va iqtisodiy ahamiyati yanada kuçaydi. 1892 y. fransuz kompaniyasi F.da birinçi Yaffa — Quddus t.y.ni qurgan. 19-a. oxiridan boşlab Yevropa mamlakatlaridagi yahudiy aholining F.ga köçişi boşlangan. 1-jahon uruşi yillarida F. Germaniya, Turkiya hamda ingliz qöşinlari örtasidagi kuraş maydoniga aylangan. Bu raqobat F.ni inglizlar tomonidan zabt etilişi bn yakunlandi. 1916 y. SayksPiko şartnomasiga binoan, F.da xalqaro rejim joriy qilinişi lozim bölgan. F.da öz mavqeini mustahkamlaş maqsadida inglizlar Yevropa mamlakatlarida 19-a. ning 90-y.larida paydo bölgan reaksion (teskariçi) — millatçi harakatning körinişlaridan biri bölgan sionizmdan foydalanganlar. Sionistlar F.da yahudiylar davlatini tuzişni talab qilganlar. 1917 y. 2 noyab.da Angliya hukumati Balfur deklaratsiyasini e'lon qilib, F.da «yahudiy xalqi uçun milliy maskan» tuzişni va'da qilgan. 1920 y. apr.da SanRemo ş. (Italiya)da Angliya F. ustidan ingliz mandatini joriy etişga muyassar bölgan. Angliya F.ning iqtisodyy va siyosiy hayotida hal qiluvçi mavqega ega bölgan, Yevropa mamlakatlaridan köplab yahudiylarning kirib kelişiga imkon yaratgan. Sionist taşkilotlar F.da bir neçta konsessiyalarni qölga kiritganlar. Mamlakatdagi butun qokimiyat ingliz oliy komissari qöliga ötgan. Uning huzuriga ingliz amaldorlaridan tarkib topgan «Falastin hukumati» tuzilgan. Arab aholisi mamlakatni idora qilişga jalb etilmagan. 1920—39 y.larda ingliz mustamlaka siyosati sionistlar b-n hamkorlik qilişga asoslangan. Sionistlar Angliya yordamida arab xalqozodlik harakatiga qarşi iş körganlar. Şu bois Angliya arab aholisining kuçli noroziligiga duç kelgan va natijada unga qarşi qurolli qözğolonlar kötarilgan. 1936 y. okt.da Pil boşçiligida F.ga yuborilgan komissiya F.ni yahudiylar va arablar yaşaydigan qismlarga bölişni tavsiya qilgan. Bu F.dagi arab taşkilotlari va arab mamlakatlarining qattiq noroziligini keltirib çiqargan. 1939 y. may oyida ingliz hukumati «Oq kitob» ni e'lon qilişga majbur bölgan. Unga köra, Angliya ma'muriyati F.ga yahudiylarning kelişini çeklaşi va keyinçalik töxtatişga qaror qilgani bayon etilgan. Bu Angliya ma'muriyati b-n sionistlar örtasiga nizo solgan. Sionistlarni AQŞ qöllab-kuvvatlagan.
Töliq öqiş — yana 3 xatboşi
2-jahon uruşidan söng F. xalkdarining ingliz qaramligidan xalos böliş uçun kuraşi kuçaygan. 1947 y. Angliya F. masalasini BMT muhokamasiga qöyişga majbur bölgan. 1947 y. 29 noyab.da BMT Boş Assambleyasi Britaniya mandatini bekor qiliş, F.dan ingliz qöşinlarini çiqariş va F.da mustaqil demokratik yahudiy va arab davlatini tuziş haqida qaror qabul qilgan. Quddus ş. alohida xalqaro rejimga ega mustaqil ma'muriy birlikka aylanişi lozim bölgan. 1948 y. 14 mayda Yahudiy sionistik taşkilotlar Isroil davlati tuzilganligini e'lon qilişgan. 14 maydan 15 mayga ötar keçasi Angliyaning qutqusi b-n 1948—49 y.dagi arabisroil uruşi boşlangan. Arab davlati uçun möljallangan hududning bir qismi hamda Quddus ş.ning ğarbiy qismi Isroil tomonidan bosib olingan (6,7 ming kv. km). Isroil qöşinlari F. hududidan 900 mingdan ziyod arablarni haydab çiqarganlar. Şunday qilib, Isroil Yaqin Şarq mintaqasida qoçoqlar muammosini keltirib çiqargan. Isroil BMT qaroriga muvofiq, F. arab davlatiga ötişi kerak bölgan hududning 60% ini bosib olgan. Taşkil etilib ulgurmagan mana şu davlatning şarqiy qismi va Quddus (5,5 ming kv. km) Iordaniya hududiga, Ğazo sektori (258 ming kv. km) Misr nazoratiga ötib qolgan. 1949 y. sulh şartnomalariga binoan, Isroil b-n qöşni arab davlatlari örtasida demarkatsiya çegara çiziği belgilangan.
1964 y. 28 mayda Quddusda qoçoqdagi falastinliklarning Falastin Ozodlik taşkiloti (FOT) tuzilgan. 1967 y. iyunda Isroil — Suriya, Misr va Iordaniyaga qarşi uruş boşladi. Isroil Sinay ya.o., Ğazo sektori, Iordan daryosi ğarbiy sohilidagi yerlar, Quddus hamda Jölan tepaliklarini bosib olgan.
1987 y.ga kelib F. qoçoklarining soni 2 mln.ga yaqinlaşgan. 1988 y. 15 noyab.da F. Ozodlik taşkilotining oliy organi — F. Milliy kengaşi Jazoir ş.da mustaqil Falastin davlati tuzilganini e'lon qilgan. 1989 y. 29 martda F. Ozodlik taşkiloti ijroiya qömitasi Yosir Arafotnm F. davlati prezidenti etib tayinlagan. 1993 i. sent.da Isroil b-n F. Ozodlik taşkiloti ikki tomon örtasidagi munosabatlarni yölga qöyiş tamoyillari töğrisida deklaratsiyaga imzo çekdilar. Bu deklaratsiyaga muvofiq, 1994 y. mayda Ğazo sektori (Ğazza mintaqasi) va Iyerixon ş. atrofi (Iordan daryosining ğarbiy sohili)da Muvaqqat F. muxtoriyati tuzilgan. BMT Xavfsizlik Kengaşi qaroriga muvofiq, F. mojarosini uzilkesil hal etiş uçun ötiş davri (5 y.gaça) belgilangan. 1996 y. yanv.da F. qonun çiqaruvçi kengaşi saylangan. 1998 y. avg.da hukumat tuzilgan. Isroil Boş vaziri A. Şaron hukumati davrida F. b-n Isroil örtasidagi tarang munosabatlar avjga çikdi. 2004 y. 22 martda HAMAS ekstremistik taşkilotining rahbari şayx Ahmad Yosin öldirildi. Natijada F. masalasini x^l qiliş yanada murakkab tuye oldi. 2004 y. noyab.da Yo. Arafot vafotidan söng uning örniga vaqtinça Mahmud Abbos tayinlandi. 2005 y. yanv.da Maxmud Abbos F. Ozodlik taşkiloti raisligiga saylandi.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 23–25-b. — ziyouz.com