Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Teatr

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 199–203-b. — ziyouz.com

    Teatr (yun. theatron — tomoşagoh) — 1) san'at turi; uning öziga xos ifoda vositasi aktyorning omma oldidagi öyini jarayonida yuzaga keladigan sahnaviy voqeadir. T. san'atida ham boşqa san'atlarda bölganidek, xalq hayoti, tarixi, dunyoqaraşi aks etib, jamiyat taraqqiyoti, ma'naviyati, madaniyati bilan boğliq holda özgarib, takomillaşib boradi. T. asosida oğzaki yoki yozma dramaturgiya yotadi.

    T. sintetik san'at bölib, jamiyat hayotida, tomoşabinlarning ma'naviy va estetik tarbiyasida muhim örin tutadi. Unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy san'at, raqs, me'morlik ajralmas birlikni taşkil etadi. T.ning muhim vositalaridan biri sahna nutqidir. Aktyor qahramonning pyesadagi sözlarini özlaştirib olar ekan, qahramon qiyofasida, holatlarda turib uning nutqiy tavsifini yaratadi, boşqa personajlar bilan muloqotga kirişadi. Sahna nutqi xarakterlarning oçilişida, asar mazmuni, konfliktining yoritilişida muhym örin tutadi (q. Sahna nutqi). Sahna asarlarining yaratilişida teatr rassomligi (ssenografiya)ning hissasi katta. Rassom asar mazmuni va rej. yeçimidan kelib çiqib, dekoratsiya yaratadi. (q. Teatr dekoratsiyasi san'ati). T.da musiqaning ham örni katta, tomoşa turi va janriga boğliq holda u turli vazifani bajaradi: dramatik spektakllarda yordamçi vosita bölsa, operetta, musiqali dramada söz bilan barobar huquqga ega, opera va baletda esa hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi. (q. Teatr musiqasi).

    T. san'ati uzoq tarixga ega bölib, uning asosiy unsurlari (boşqa qiyofaga kiriş, dialog, töqnaşuv kabi) insoniyatning ibtidoiy davrlarida ovçilik, mehnat va liniy marosim, bayramlar bilan, totemizm, animizm kabi ibtidoiy dunyoqaraş va ajdodlarning ruhlariga siğiniş bilan boğliq holda şakllangan. Yunoniston, Hindiston, Turonda mil. av. 5asrdayoq T. jamiyat hayotida muhim örin tutgan. Hindistonda T. sanskrit T., xalq T.i şakllarida hamda «Mahobhorat» va «Ramayana» dostonlari bilan boğliq holda rivojlangan; dramaturgiya va sahna san'ati haqida «Natyaşastra» nomli risola yaratilgan. Keyinroq T. Yaqin Şarq va Rimga ham yoyildi. Ayniqsa, Rimda T.ning yangi şakl va turlari yaratildi. Ğarbiy Yevropada T. san'atining dastlabki namunalari sayyor aktyorlarjonglyorlar ijodida, Rossiyadaskomoroxlar faoliyatida yuzaga kelgan. Uyğoniş davrida vujudga kelgan drama yangi şakldagi professional trning şakllanişiga zamin yaratdi. 16-a.dan opera, 18-a. örtalaridan balet, 19-a. örtalaridan operetta mustaqil T. turi sifatida rivojlana boşladi. T.ning keyingi taraqqiyoti klassitsizmning keng yoyilişi bilan boğliq. 18-a. da ma'rifatçilik oqimidagi T. taraqqiy etdi. Astasekin realistik tendensiya kuçaydi. Ayniqsa, K. Golsoni, G. Lessing, P. Bomarşe, F. Şiller ijodida realizm yorqin namoyon böldi. 18-a.ning oxirlariga kelib, drama, melodrama, vodevillarda satirik yönalişning yuzaga kelişi T.da demokratik asosning kuçayişiga sabab böldi. T. ğoyaviy va badiiy kuraşlar maydoniga aylandi.

    19-a.ning 1yarmida vujudga kelgan romantik yönaliş T.da gumanistik ideallar va köp hollarda xayoliy orzularning yoritilişiga olib keldi. Dramada taqlidgöylikdan iborat klassitsizmga qarşi, öziga xos milliylik, xalqçillik, tarixiylik va ijtimoiy adolat uçun kuraş ohanglari keng quloç yoydi. 19- a. oxirlaridan T.ni isloh qilişning yangi davri boşlandi. T. badiiy adabiyot (proza, poeziya), yangi drama (A. Çexov, G. Ibsen, B. Şou va b.) bilan yaqinlaşdi. 19-a. oxirlarida 20-a. boşlarida T.da, aktyorlik san'atida yangi ta'lim uslubi Stanislavskiy sistemasini qöllaş boşlandi. 20y.larda V. Meyerxold, V. Tairov, V. Vaxtangovlarning rej.lik faoliyati T.ning rivojiga katta hissa bölib qöşildi. 20-a. örtalarida

    Ğarb rejissurasi va sahna san'atiga B. Brextning ijodiy uslubi katta ta'sir körsatdi. Zamonaviy T. dunyo teatrining demokratik, xalqçil an'analarini muttasil özlaştirib borişi, sahnaviy talqinlarning rangbarangligi bilan ajralib turadi.

    Özbekiston hududida an'anaviy T. juda qad. va boydir. Uning kurtaklari ibtidoiy jamoa davridayoq ov va b. mexnat jarayoni aks etgan taqdidiy raqslar, jangovar va xalq öyinlari, tabiat kuçlariga topiniş oqibatida yuzaga kelgan marosimlar şaklvda namoyon bölgan. Mil. av. 7—6-a.lardayoq Turonda zarduştiylik va uning mukaddas kitoblar töplami — Avesto bilan boğliq 2 toifa — kulgili va qayğuli tomoşalari şakllangan. Yunon — Baqtriya podşoligi davrida Oyxonim, Niso, Şahri Ğulğulada maxsus teatrlar bölib, ularda Yevripidning «Alkesta», «Ippolit» kabi tragediyalari körsatilgani ma'lum. Mil. av. 1 a.dan mil. 4-a.gaça Kuşon davlatida Budda dini bilan boğliqturli teatrlaşgan tomoşalar mavjud bölgan. Ayritom ibodatxonasi peştoqidagi çolğuçi qizlarning tasvirlari şuni körsatadi. Astasekin Turon T. san'ati diniy marosimlar qobiğidan çiqib, dunyoviy mazmun kasb etadi — inson hayoti, ijtimoiy munosabatlarni tasvirlaşga e'tibor kuçayadi. 6—7-a.lar Turon mulkidan çiqqan çolğuçilar, aktyor va raqqosalar Buyuk ipak yöli orqali qöşni yurtlarga ijodiy safar qiladilar. 9—12-a.larda xalq bayramlari, marosimlari, urfodatlari va ular bilan boğliq tomoşalar tiklanibgina qolmay, aholi orasida keng tarqaldi. Masxara va taklid T.i. rivojlandi. Amir Temur davlati davri (14— 15-a.lar)da T.san'atida keskin yuksaliş röy berdi. Şarafiddin Ali Yazdiy, Ibn Arabşoh, Klavixolarning ma'lumotlariça, bu davrda poytaxt — Samarkandda va b. nufuzli şaharlarda teatrlaşgan tomoşalar uyuştirilgan. An'anaviy T. va b. san'at tomoşalari, ayniqsa, Mirzo Uluğbek davrida (1394—1449) Movarounnahrda, Husayn Boyqaro davrida (1469— 1506) Xurosonda taraqqiy topdi. Ğiyos masxara, Xoja Dexdor, Abdulla Devona, Abdulvose' Munşi, Sayd Badr kabi T. san'atining atoqli namoyandalari faoliyat körsatgan. An'anaviy T.ning kulgili turlari (masxara, taqlid, zarofat), qöğirçoq öyin (çodir jamol, çodir xayol, fonus xayol) badiiy tomoşa tizimi sifatida taşkil topdi.

    18-a. oxiri 19-a. boşlarida T.ning asosiy turlari saklanib, repertuar va ijro uslubida öziga xos xususiyatlar rivojlandi. Şaharlarda ijroçi san'atkorlarning kasabai sozanda (mextarlik) degan uyuşmalarining faoliyati kuçaydi. Xorazmda «Xatarli öyin», «Tökma» tomoşalari keng yoyildi. Farğona vodiysi va Toşkentda qiziqçilik va askiya taraqqiy etdi. 19-a.ning 2yarmida Qöqonda Zokir Eşon boşliq 30 ga yaqin qiziqçilar tödasi, Buxoroda Tula masxara boşliq 20 ga yaqin masxarabozlar tödasi şuxrat qozondi.

    Keyinçalik özbek madaniyatining ilğor namoyandalari (Furqat, Behbudiy, Avloniy va b.) rus, tatar va ozarbaijon teatr truppalari tomoşalariga qiziqiş bilan qarab, mahalliy ziyolilarni ulardan örganişga çaqirdilar. Şu tarzda yangi milliy T. yaratiş harakati yuzaga keddi. 1914 y. Samarqand (15 yanv.) va Toşkent (27 fev.) da «Padarkuş» dramasini sahnalaştiriş bilan yangi özbek teatri öz faoliyatini boşlaydi. Ayniqsa, A. Avloniy rahbarligida «Turon» T.ining 1915 y. Özbekiston şaharlariga kilgan ijodiy safarining ahamiyati katta böldi. 1916 y. Hamza Qöqonda T. tuzdi. Birinketin Andijon (1919), Xiva (1922), Buxoro (1922)da T.lar taşkil qilindi. 1918 y.dan Mannon Uyğur «Turon» teatri (hoz. Özbek milliy akademik drama teatri)ga rahbarlik qilib, uning professional teatrga aylanişida, repertuarini tuziş, ijro uslubini yaratişda muhim rol öynadi. T.ning birinçi böğin aktyor va rej.lari 1924— 27 y.lar Moskvada Özbek Maorif uyi qoşida oçilgan dramstudiyada tahsil olişgan. 20y.lar söngida Rus yoş tomoşabinlar T.i. (1928), Özbek yoş to, moşabinlar T.i. (1929) taşkil topdi. Keyinroq Namangan (1931), Qaşqadaryo (1932), Surxondaryo (1935) viloyati teatrlari, önlab tuman va şahar T.lari yuzaga keldi. Toşkent va Samarqandda Davlat rus drama teatri (1934, 1938). Respublika köğirçoq teatri (1939). Navoiy nomidagi davlat opera va balet teatri (1939) öz faoliyatini boşladi, şu yili Davlat komediya teatri taşkil böldi va u bir yil ötib Mukimiy nomidagi Respublika musiqali drama va komediya teatriga aylantiriddi.

    Ikkinçi jahon uruşi yillarida Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov ş.laridan köçib kelgan teatrlar mamlakatimiz şaharlarida öz faoliyatini olib bordi. 50—60y.larda Hamza nomidagi akademik drama teatri va b. teatrlarda turli mavzu, sermazmun, ijtimoiypsixologik, maişiy va falsafiy, rangbarang uslubda spektakllar sahnalaştirildi. 1968 y. «Yoş gvardiya» teatri (hoz. Abror Hidoyatov nomidagi Özbek davlat drama teatri) taşkil qilindi.

    70—80y.lar T.da ziddiyatli davr böldi; bir tomondan, milliy an'analarga e'tibor kuçaygan bölsa, ikkinçidan, dabdababozlik, hayotni xaspöşlab körsatiş avj oldi. 1976 y. «Ilhom» teatrstudiyasi iş boşladi. 1986 y. Respublika Satira teatri taşkil topdi. 80y. larning 2yarmida hayotni haqqoniy aks ettiriş, janrlar rangbarangligi, tomoşaviylikka intiliş mayllari yuzaga kelib, astasekin kuçayib bordi. Bu davrda Abror Hidoyatov nomidagi T. yetakçi öringa çiqib oldi.

    Özbekiston mustaqil davlat deb e'lon qilingaç, özbek T. i hayotida ham yangi davr boşlandi. Istiklol tufayli milliy merosga tayanib ijod qiliş, milliy qadriyatlar, an'analarni tiklaşga intiliş jiddiy tuye oldi. Bu davrda özbek T.ida quyidagi ilğor tendensiyalar, ijodiy izlanişlar közga taşlanadi: birinçidan, T.lar repertuarida tarixiy mavzuning salmoği oşdi. Buyuk ajdodlarimiz — allomalar, şoirlar, davlat arboblari, laşkarboşilarning hayoti va taraqqiyot uçun kuraşini yorituvçi önlab sahna asarlari yaratildi. Sahnalarda şörolar davrida hatto tilga oliş man etilgan Bahouddin Naqşband, Hakim atTermiziy, Imom alBuxoriy kabi allomalar, «Avesto» kitobi asosida Zarduştiy hayotini yorituvçi sağna asarlari vujudga kelib, davrimiz tomoşabinlari ma'naviyatini boyitdi, tarixiy, diniy e'tiqodga nisbatan qaraşlarni özgartirdi. Ayniqsa, Amir Temur va temuriylar haqida yaratilgan 20 ga yaqin sahna asarlari ma'naviy va madaniy hayotimizda katta voqea buldi. Ikkinçidan, zamonaviy özbek T.ida tasavvuf bilan boğliq «Muqabbat sultoni», «Maşrab» (Milliy teatr), «Xitoy malikasining siri» (rus teatri), «Umar Xayyom», «Ato etilgan muhabbat tariqati» (Özbekiston yoşlar teatri), «Na falakman, na farişta» (Muqimiy teatri), «Şayh san'on», «Raqsu samo'» («Eski masjid» teatr studiyasi) kabi spektakllar T.larimizning eng murakkab mavzularga dadil qöl urayotganlari, yangi manbalarni oçayotganlaridan dalolatdir. Şu yönalişda Alişer Navoiy asarlarini T. sahnasida yangiça talqin etiş boşlandi. Uçinçidan, jahon va milliy mumtoz dramaturgiya namunalarini zamonaviy talqin va vositalarda sahnalaştiriş boşlandi. Navoiy, Şekspir, Molyer, Ayniy, Behbudiy, Fitrat, Qodiriy, Çölpon, Avloniy, Ğafur Ğulom asarlarining sahnaviy talqinlari şundan guvohlik beradi. Törtinçidan, T.larda ilgari qoloqlik belgisi sifatida qarab kelingan etnografiya va folklor manbalari vositalaridan foydalaniş butun bir uslubiy yönaliş sifatida közga yaqqol taşlanib, sahna san'atining milliy öziga xosligini kuçaytirişga xizmat qilmoqda. «Alpomiş» qahramonlik dostoni asosida poytaxt va viloyat T.lari sahnalarida yaratilgan 10 ga yaqin spektakllar ham bu yönalişning istiqbolidan nişonadir. Beşinçidan, dramaturgiya va T.da zamonaviy mavzularda asarlar yaratilib, sahnalaştiriş yildan yilga sezilarli tuye olib bormoqda. Zamonaviy mavzular köproq melodrama, komediya, tragikomediya janrlari doirasida işlanmoqda. Ayniqsa, maişiyaxloqiy komediyalar T.lar repertuaridan keng örin egalladi.

    Mustaqillik yillarida Farğona, Xiva, Qarşi, Namangan, Termiz ş.larida qöğirçoq T.lari iş boşladi. Abbos Bakirov nomidagi jamoatçilik asosida işlab kelayotgan yoşlar teatri davlat tasarrufiga olinib, Andijon bolalar va yoşlar teatri ga aylantirildi (1990).

    Özbekistonda ötkazilgan «Şarq va Ğarb» T. san'ati festivali, «Xumo» xalqaro yoşlar teatrlari festivali, «Navröz», «Andijon bahori» respublika T. festivallari, Germaniyaning «Ander Rur» teatri bilan «Muloqot» teatri studiyasi hamkorligida tuzilgan «Ipak yöli — teatr sayohati» loyihasi asosida ötkazilayotgan ikki tomonlama anjumanlar, qöğirçoq T.lari festivallari T. san'atining yangi ijtimoiy şaroitda rivojlanişida muhim rol öynamoqda. Özbek teatri jamoalari dunyodagi bir qator mamlakatlarda ijodiy safarda bölib, özbek T. san'ati yutuqlarini namoyiş etişdi.

    Özbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 y. 26 martda e'lon qilingan «Özbekiston teatr san'atini rivojlantiriş töğrisida»gi farmoni va Özbekiston Vazirlar Mahkamasining şu asosda qabul qilgan «Özbekteatr» ijodiyişlab çiqariş. birlaşmasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarori T. san'ati strategiyasini belgilab berdi. Şu asosda «Özbekteatr» ijodiyişlab çiqariş. birlaşmasi, uning qoşida «Atrmadad» jamğarmasi, Teatr ijodkorlari uyuşmasi tuzildi. «Teatr» jurnali naşr etila boşladi. Muntazam ravişda turli seminar va festivallar ötkazilmoqda. Davlatlararo şartnomalarga muvofiq xorijiy mamlakatlardagi ijodiy taşkilotlar, xalkaro birlaşmalar bilan aloqalar örnatilmoqda Amerikalik rej. Devid Kaplan, britaniyalik Maykl Berkut va b. özbek teatrida, B. Yöldoşev Fransiyada, N. Abdurahmonov Isroilda, M. Yusupov AQŞda asarlar sahnalaştirdilar. Hamza teatri ga eski bino örniga zamonaviy muhtaşam bino qurib berildi va Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 y. 21 sentyabrda e'lon qilingan maxsus farmoni bilan uşbu teatrga «Milliy teatr» maqomi berildi.

    Özbekiston Respublikasida davlat tasarrufidagi 37 ta T. va teatr studiyalar, önlab nodavlat va xususiy T.lar faoliyat körsatadi (2004).

    Ad.: Avdeyev A.D., Proisxojdeniye teatra, M.— L., 1959; Stan islavski y K. S, Sobr soç., t. 18, M., 1954-61; Xorijiy teatr tarixi (rusçadan S. Tursunboyev tarjimasi), t. 1—2, T., 1997, 1999; Rahmonov M ., Hamza (özbek davlat akademik drama teatri) tarixi, T., 2000; Qodirov M ., Özbek teatri an'analari, T., 1976; Özbek teatri tarixi, T., 2003.

    Muhsin Qodirov.

    Q.: Sahna nutqi, Teatr dekoratsiyasi san'ati, Teatr musiqasi

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТЕАТР (юн. theatron — томошагоҳ) — 1) санъат тури; унинг ўзига хос ифода воситаси актёрнинг омма олдидаги ўйини жараёнида юзага келадиган саҳнавий воқеадир. Т. санъатида ҳам бошқа санъатларда бўлганидек, халқ ҳаёти, тарихи, дунёқараши акс этиб, жамият тараққиёти, маънавияти, маданияти билан боғлиқ ҳолда ўзгариб, такомиллашиб боради. Т. асосида оғзаки ёки ёзма драматургия ётади.

    Т. синтетик санъат бўлиб, жамият ҳаётида, томошабинларнинг маънавий ва эстетик тарбиясида муҳим ўрин тутади. Унда драматургия, мусиқа, тасвирий санъат, рақс, меъморлик ажралмас бирликни ташкил этади. Т.нинг муҳим воситаларидан бири саҳна нутқидир. Актёр қаҳрамоннинг пьесадаги сўзларини ўзлаштириб олар экан, қаҳрамон қиёфасида, ҳолатларда туриб унинг нутқий тавсифини яратади, бошқа персонажлар билан мулоқотга киришади. Саҳна нутқи характерларнинг очилишида, асар мазмуни, конфликтининг ёритилишида муҳйм ўрин тутади (қ. Саҳна нутқи). Саҳна асарларининг яратилишида театр рассомлиги (сценография)нинг ҳиссаси катта. Рассом асар мазмуни ва реж. ечимидан келиб чиқиб, декорация яратади. (қ. Театр декорацияси санъати). Т.да мусиқанинг ҳам ўрни катта, томоша тури ва жанрига боғлиқ ҳолда у турли вазифани бажаради: драматик спектаклларда ёрдамчи восита бўлса, оперетта, мусиқали драмада сўз билан баробар ҳуқуқга эга, опера ва балетда эса ҳал қилувчи аҳамият касб этади. (қ. Театр мусиқаси).

    Т. санъати узоқ тарихга эга бўлиб, унинг асосий унсурлари (бошқа қиёфага кириш, диалог, тўқнашув каби) инсониятнинг ибтидоий даврларида овчилик, меҳнат ва линий маросим, байрамлар билан, тотемизм, анимизм каби ибтидоий дунёқараш ва аждодларнинг руҳларига сиғиниш билан боғлиқ ҳолда шаклланган. Юнонистон, Ҳиндистон, Туронда мил. ав. 5асрдаёқ Т. жамият ҳаётида муҳим ўрин тутган. Ҳиндистонда Т. санскрит Т., халқ Т.и шаклларида ҳамда «Маҳобҳорат» ва «Рамаяна» достонлари билан боғлиқ ҳолда ривожланган; драматургия ва саҳна санъати ҳақида «Натьяшастра» номли рисола яратилган. Кейинроқ Т. Яқин Шарқ ва Римга ҳам ёйилди. Айниқса, Римда Т.нинг янги шакл ва турлари яратилди. Ғарбий Европада Т. санъатининг дастлабки намуналари сайёр актёрларжонглёрлар ижодида, Россиядаскоморохлар фаолиятида юзага келган. Уйғониш даврида вужудга келган драма янги шаклдаги профессионал трнинг шаклланишига замин яратди. 16-а.дан опера, 18-а. ўрталаридан балет, 19-а. ўрталаридан оперетта мустақил Т. тури сифатида ривожлана бошлади. Т.нинг кейинги тараққиёти классицизмнинг кенг ёйилиши билан боғлиқ. 18-а. да маърифатчилик оқимидаги Т. тараққий этди. Астасекин реалистик тенденция кучайди. Айниқса, К. Гольцони, Г. Лессинг, П. Бомарше, Ф. Шиллер ижодида реализм ёрқин намоён бўлди. 18-а.нинг охирларига келиб, драма, мелодрама, водевилларда сатирик йўналишнинг юзага келиши Т.да демократик асоснинг кучайишига сабаб бўлди. Т. ғоявий ва бадиий курашлар майдонига айланди.

    19-а.нинг 1ярмида вужудга келган романтик йўналиш Т.да гуманистик идеаллар ва кўп ҳолларда хаёлий орзуларнинг ёритилишига олиб келди. Драмада тақлидгўйликдан иборат классицизмга қарши, ўзига хос миллийлик, халқчиллик, тарихийлик ва ижтимоий адолат учун кураш оҳанглари кенг қулоч ёйди. 19- а. охирларидан Т.ни ислоҳ қилишнинг янги даври бошланди. Т. бадиий адабиёт (проза, поэзия), янги драма (А. Чехов, Г. Ибсен, Б. Шоу ва б.) билан яқинлашди. 19-а. охирларида 20-а. бошларида Т.да, актёрлик санъатида янги таълим услуби Станиславский системасини қўллаш бошланди. 20й.ларда В. Мейерхольд, В. Таиров, В. Вахтанговларнинг реж.лик фаолияти Т.нинг ривожига катта ҳисса бўлиб қўшилди. 20-а. ўрталарида

    Ғарб режиссураси ва саҳна санъатига Б. Брехтнинг ижодий услуби катта таъсир кўрсатди. Замонавий Т. дунё театрининг демократик, халқчил анъаналарини муттасил ўзлаштириб бориши, саҳнавий талқинларнинг рангбаранглиги билан ажралиб туради.

    Ўзбекистон ҳудудида анъанавий Т. жуда қад. ва бойдир. Унинг куртаклари ибтидоий жамоа давридаёқ ов ва б. мехнат жараёни акс этган тақдидий рақслар, жанговар ва халқ ўйинлари, табиат кучларига топиниш оқибатида юзага келган маросимлар шаклвда намоён бўлган. Мил. ав. 7—6-а.лардаёқ Туронда зардуштийлик ва унинг мукаддас китоблар тўплами — Авесто билан боғлиқ 2 тоифа — кулгили ва қайғули томошалари шаклланган. Юнон — Бақтрия подшолиги даврида Ойхоним, Нисо, Шаҳри Ғулғулада махсус театрлар бўлиб, уларда Еврипиднинг «Алькеста», «Ипполит» каби трагедиялари кўрсатилгани маълум. Мил. ав. 1 а.дан мил. 4-а.гача Кушон давлатида Будда дини билан боғлиқтурли театрлашган томошалар мавжуд бўлган. Айритом ибодатхонаси пештоқидаги чолғучи қизларнинг тасвирлари шуни кўрсатади. Астасекин Турон Т. санъати диний маросимлар қобиғидан чиқиб, дунёвий мазмун касб этади — инсон ҳаёти, ижтимоий муносабатларни тасвирлашга эътибор кучаяди. 6—7-а.лар Турон мулкидан чиққан чолғучилар, актёр ва раққосалар Буюк ипак йўли орқали қўшни юртларга ижодий сафар қиладилар. 9—12-а.ларда халқ байрамлари, маросимлари, урфодатлари ва улар билан боғлиқ томошалар тикланибгина қолмай, аҳоли орасида кенг тарқалди. Масхара ва таклид Т.и. ривожланди. Амир Темур давлати даври (14— 15-а.лар)да Т.санъатида кескин юксалиш рўй берди. Шарафиддин Али Яздий, Ибн Арабшоҳ, Клавихоларнинг маълумотларича, бу даврда пойтахт — Самаркандда ва б. нуфузли шаҳарларда театрлашган томошалар уюштирилган. Анъанавий Т. ва б. санъат томошалари, айниқса, Мирзо Улуғбек даврида (1394—1449) Мовароуннаҳрда, Ҳусайн Бойқаро даврида (1469— 1506) Хуросонда тараққий топди. Ғиёс масхара, Хожа Дехдор, Абдулла Девона, Абдулвосеъ Мунши, Сайд Бадр каби Т. санъатининг атоқли намояндалари фаолият кўрсатган. Анъанавий Т.нинг кулгили турлари (масхара, тақлид, зарофат), қўғирчоқ ўйин (чодир жамол, чодир хаёл, фонус хаёл) бадиий томоша тизими сифатида ташкил топди.

    18-а. охири 19-а. бошларида Т.нинг асосий турлари сакланиб, репертуар ва ижро услубида ўзига хос хусусиятлар ривожланди. Шаҳарларда ижрочи санъаткорларнинг касабаи созанда (мехтарлик) деган уюшмаларининг фаолияти кучайди. Хоразмда «Хатарли ўйин», «Тўкма» томошалари кенг ёйилди. Фарғона водийси ва Тошкентда қизиқчилик ва аския тараққий этди. 19-а.нинг 2ярмида Қўқонда Зокир Эшон бошлиқ 30 га яқин қизиқчилар тўдаси, Бухорода Тула масхара бошлиқ 20 га яқин масхарабозлар тўдаси шухрат қозонди.

    Кейинчалик ўзбек маданиятининг илғор намояндалари (Фурқат, Беҳбудий, Авлоний ва б.) рус, татар ва озарбаижон театр труппалари томошаларига қизиқиш билан қараб, маҳаллий зиёлиларни улардан ўрганишга чақирдилар. Шу тарзда янги миллий Т. яратиш ҳаракати юзага кедди. 1914 й. Самарқанд (15 янв.) ва Тошкент (27 фев.) да «Падаркуш» драмасини саҳналаштириш билан янги ўзбек театри ўз фаолиятини бошлайди. Айниқса, А. Авлоний раҳбарлигида «Турон» Т.ининг 1915 й. Ўзбекистон шаҳарларига килган ижодий сафарининг аҳамияти катта бўлди. 1916 й. Ҳамза Қўқонда Т. тузди. Биринкетин Андижон (1919), Хива (1922), Бухоро (1922)да Т.лар ташкил қилинди. 1918 й.дан Маннон Уйғур «Турон» театри (ҳоз. Ўзбек миллий академик драма театри)га раҳбарлик қилиб, унинг профессионал театрга айланишида, репертуарини тузиш, ижро услубини яратишда муҳим роль ўйнади. Т.нинг биринчи бўғин актёр ва реж.лари 1924— 27 й.лар Москвада Ўзбек Маориф уйи қошида очилган драмстудияда таҳсил олишган. 20й.лар сўнгида Рус ёш томошабинлар Т.и. (1928), Ўзбек ёш то, мошабинлар Т.и. (1929) ташкил топди. Кейинроқ Наманган (1931), Қашқадарё (1932), Сурхондарё (1935) вилояти театрлари, ўнлаб туман ва шаҳар Т.лари юзага келди. Тошкент ва Самарқандда Давлат рус драма театри (1934, 1938). Республика кўғирчоқ театри (1939). Навоий номидаги давлат опера ва балет театри (1939) ўз фаолиятини бошлади, шу йили Давлат комедия театри ташкил бўлди ва у бир йил ўтиб Мукимий номидаги Республика мусиқали драма ва комедия театрига айлантиридди.

    Иккинчи жаҳон уруши йилларида Москва, Ленинград, Киев, Харьков ш.ларидан кўчиб келган театрлар мамлакатимиз шаҳарларида ўз фаолиятини олиб борди. 50—60й.ларда Ҳамза номидаги академик драма театри ва б. театрларда турли мавзу, сермазмун, ижтимоийпсихологик, маиший ва фалсафий, рангбаранг услубда спектакллар саҳналаштирилди. 1968 й. «Ёш гвардия» театри (ҳоз. Аброр Ҳидоятов номидаги Ўзбек давлат драма театри) ташкил қилинди.

    70—80й.лар Т.да зиддиятли давр бўлди; бир томондан, миллий анъаналарга эътибор кучайган бўлса, иккинчидан, дабдабабозлик, ҳаётни хаспўшлаб кўрсатиш авж олди. 1976 й. «Илҳом» театрстудияси иш бошлади. 1986 й. Республика Сатира театри ташкил топди. 80й. ларнинг 2ярмида ҳаётни ҳаққоний акс эттириш, жанрлар рангбаранглиги, томошавийликка интилиш майллари юзага келиб, астасекин кучайиб борди. Бу даврда Аброр Ҳидоятов номидаги Т. етакчи ўринга чиқиб олди.

    Ўзбекистон мустақил давлат деб эълон қилингач, ўзбек Т. и ҳаётида ҳам янги давр бошланди. Истиклол туфайли миллий меросга таяниб ижод қилиш, миллий қадриятлар, анъаналарни тиклашга интилиш жиддий туе олди. Бу даврда ўзбек Т.ида қуйидаги илғор тенденциялар, ижодий изланишлар кўзга ташланади: биринчидан, Т.лар репертуарида тарихий мавзунинг салмоғи ошди. Буюк аждодларимиз — алломалар, шоирлар, давлат арбоблари, лашкарбошиларнинг ҳаёти ва тараққиёт учун курашини ёритувчи ўнлаб саҳна асарлари яратилди. Саҳналарда шўролар даврида ҳатто тилга олиш ман этилган Баҳоуддин Нақшбанд, Ҳаким атТермизий, Имом алБухорий каби алломалар, «Авесто» китоби асосида Зардуштий ҳаётини ёритувчи сағна асарлари вужудга келиб, давримиз томошабинлари маънавиятини бойитди, тарихий, диний эътиқодга нисбатан қарашларни ўзгартирди. Айниқса, Амир Темур ва темурийлар ҳақида яратилган 20 га яқин саҳна асарлари маънавий ва маданий ҳаётимизда катта воқеа булди. Иккинчидан, замонавий ўзбек Т.ида тасаввуф билан боғлиқ «Муқаббат султони», «Машраб» (Миллий театр), «Хитой маликасининг сири» (рус театри), «Умар Хайём», «Ато этилган муҳаббат тариқати» (Ўзбекистон ёшлар театри), «На фалакман, на фаришта» (Муқимий театри), «Шайҳ санъон», «Рақсу самоъ» («Эски масжид» театр студияси) каби спектакллар Т.ларимизнинг энг мураккаб мавзуларга дадил қўл ураётганлари, янги манбаларни очаётганларидан далолатдир. Шу йўналишда Алишер Навоий асарларини Т. саҳнасида янгича талқин этиш бошланди. Учинчидан, жаҳон ва миллий мумтоз драматургия намуналарини замонавий талқин ва воситаларда саҳналаштириш бошланди. Навоий, Шекспир, Мольер, Айний, Беҳбудий, Фитрат, Қодирий, Чўлпон, Авлоний, Ғафур Ғулом асарларининг саҳнавий талқинлари шундан гувоҳлик беради. Тўртинчидан, Т.ларда илгари қолоқлик белгиси сифатида қараб келинган этнография ва фольклор манбалари воситаларидан фойдаланиш бутун бир услубий йўналиш сифатида кўзга яққол ташланиб, саҳна санъатининг миллий ўзига хослигини кучайтиришга хизмат қилмоқда. «Алпомиш» қаҳрамонлик достони асосида пойтахт ва вилоят Т.лари саҳналарида яратилган 10 га яқин спектакллар ҳам бу йўналишнинг истиқболидан нишонадир. Бешинчидан, драматургия ва Т.да замонавий мавзуларда асарлар яратилиб, саҳналаштириш йилдан йилга сезиларли туе олиб бормоқда. Замонавий мавзулар кўпроқ мелодрама, комедия, трагикомедия жанрлари доирасида ишланмоқда. Айниқса, маишийахлоқий комедиялар Т.лар репертуаридан кенг ўрин эгаллади.

    Мустақиллик йилларида Фарғона, Хива, Қарши, Наманган, Термиз ш.ларида қўғирчоқ Т.лари иш бошлади. Аббос Бакиров номидаги жамоатчилик асосида ишлаб келаётган ёшлар театри давлат тасарруфига олиниб, Андижон болалар ва ёшлар театри га айлантирилди (1990).

    Ўзбекистонда ўтказилган «Шарқ ва Ғарб» Т. санъати фестивали, «Хумо» халқаро ёшлар театрлари фестивали, «Наврўз», «Андижон баҳори» республика Т. фестиваллари, Германиянинг «Андер Рур» театри билан «Мулоқот» театри студияси ҳамкорлигида тузилган «Ипак йўли — театр саёҳати» лойиҳаси асосида ўтказилаётган икки томонлама анжуманлар, қўғирчоқ Т.лари фестиваллари Т. санъатининг янги ижтимоий шароитда ривожланишида муҳим роль ўйнамоқда. Ўзбек театри жамоалари дунёдаги бир қатор мамлакатларда ижодий сафарда бўлиб, ўзбек Т. санъати ютуқларини намойиш этишди.

    Ўзбекистон Республикаси Президентининг 1998 й. 26 мартда эълон қилинган «Ўзбекистон театр санъатини ривожлантириш тўғрисида»ги фармони ва Ўзбекистон Вазирлар Маҳкамасининг шу асосда қабул қилган «Ўзбектеатр» ижодийишлаб чиқариш. бирлашмаси фаолиятини ташкил этиш тўғрисида»ги қарори Т. санъати стратегиясини белгилаб берди. Шу асосда «Ўзбектеатр» ижодийишлаб чиқариш. бирлашмаси, унинг қошида «Атрмадад» жамғармаси, Театр ижодкорлари уюшмаси тузилди. «Театр» журнали нашр этила бошлади. Мунтазам равишда турли семинар ва фестиваллар ўтказилмоқда. Давлатлараро шартномаларга мувофиқ хорижий мамлакатлардаги ижодий ташкилотлар, халкаро бирлашмалар билан алоқалар ўрнатилмоқда Америкалик реж. Дэвид Каплан, британиялик Майкл Беркут ва б. ўзбек театрида, Б. Йўлдошев Францияда, Н. Абдураҳмонов Исроилда, М. Юсупов АҚШда асарлар саҳналаштирдилар. Ҳамза театри га эски бино ўрнига замонавий муҳташам бино қуриб берилди ва Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2001 й. 21 сентябрда эълон қилинган махсус фармони билан ушбу театрга «Миллий театр» мақоми берилди.

    Ўзбекистон Республикасида давлат тасарруфидаги 37 та Т. ва театр студиялар, ўнлаб нодавлат ва хусусий Т.лар фаолият кўрсатади (2004).

    Ад.: Авдеев А.Д., Происхождение театра, М.— Л., 1959; Стан иславски й К. С, Собр соч., т. 18, М., 1954-61; Хорижий театр тарихи (русчадан С. Турсунбоев таржимаси), т. 1—2, Т., 1997, 1999; Раҳмонов М ., Ҳамза (ўзбек давлат академик драма театри) тарихи, Т., 2000; Қодиров М ., Ўзбек театри анъаналари, Т., 1976; Ўзбек театри тарихи, Т., 2003.

    Муҳсин Қодиров.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.