Tabiati. B. ning ğarbini And toğlari va baland toğli Puna platosi egallaydi. Punaning şim.ğarbida lava platolari, jan.şarqida bal. 3800 m gaça bölgan toğ havzalari bor; qoldiq köllar (Poopo) va şörxoklar uçraydi. Titikaka kölining bir qismi ham B. hududida. Şim.şarkidagi tekisliklar Amazonka pasttekisligiga tomon astasekin pasaya boradi va bu yerda Beni va Mamore daryolari tizimiga kiradigan soyjilğalar oqib yotadi. B.da qalay, volfram, molibden, surma, mis, rux, qörğoşin va kumuş konlari bor.
B. ğarbida yiliga 150 mm gaça, şarqida 500—600 mm, And toğlari yon bağrida 2000 mm gaça yoğin yoğadi. Punada iyulning örtaça t-rasi 3—7°, yanv.niki 9—11°. Şarqiy tekisliklarda (şim. da) 4—5 oydan (jan.da) 9 oygaça qurğokçilik böladi. Iyulning örtaça t-rasi 17—22°, yanv.niki 24—28°. Iiliga şim. da 1300— 1600 mm, jan.da 800 mm gaça yoğin tuşadi. B.da tezoqar, kiçik toğ daryolari xam bor. Mamlakat şim.dagi daryolar tropik yomğirlar davrida toşadi va 120 ming km2 gaça mayd.ni suv bosadi. B. ğarbida çala çöl ösimliklari, şarqida baland toğ tropik daşt ösimliklari ösadi. And toğlarining şarqiy yon bağrida tropik örmonlar, şarqiy tekisliklarda asosan savanna ösimliklari ösadi; şim.da gileya, jan. da siyrak tropik örmonlar ham uçraydi. Hayvonlardan maymun, zirhaor, tapir, kemiruvçilar, quşlar, sudraluvçilar, haşarotlar va b. bor. Milliy boğlari: IsiboroSekurs, Uançaka, PilonLaxas va b.
Aholisi. B. aholisining 2/3 qismi keçua va aymara nomli indeys xalqlari; qolganlari ispan tilida gaplaşadigan boliviyaliklar, aksari duragaylar, kisman ispanlardan tarqalgan kreollardir. B.ning şarqidagi tropik örmonlarda turli qabilalarga mansub indeyslar yaşaydi. Rasmiy tillari — ispan, keçua va aymara tillari. Aholisining yarmisi keçua, aymara, guarani tillarida gaplaşadi. Şahar aholisi 58%. Dindorlar — asosan katoliklar. Eng yirik şaharlari: LaPas, Koçabamba, SantaKrus, Oruro, Sukre.
Tarixi. B. hududida qadimdan ibtidoiy jamoa tuzumi bosqiçidagi indeys qabilalari yaşab kelgan. 14- a. boşlarida B. hududi Ink davlati tarkibiga kirgan. 1532—38 y. larga kelib, ispanlar zabt etdi va mahalliy xalqdan bir neça ön ming kişi qirib taşlandi. B. 300 y. mobaynida Ispaniya imperiyasi tarkibida bölib (1542 y.dan B. hududi Peru, 1776 y.dan LaPlata vitseqirolligi tarkibiga kirgan), Yuqori Peru deb atalgan. 1809—25 y.lar mobaynida ispanlar istibdodiga qarşi milliy ozodlik uruşlari bölib turdi. 1824 y. 9 dek.da Simon Bolivarning safdoşi general Sukre ispan qöşinlarini tormor keltirdi. 1825 y. 8 avg.da Yuqori Peru mustaqil deb e'lon qilindi va Bolivar şarafiga B. deb ataddi. Bolivar mamlakat prezidenta qilib saylandi, lekin u mamlakatni idora qilişni Sukrega topşirdi. 1836—39 y. larda B. Peru b-n yagona konfederatsiya taşkil etdi. 1879—83 ylarda B. b-n Peruning Çiliga karşi, 1932—35 y.larda Paragvayga qarşi uruşida B. özining qalay va selitraga boy dastlabki hududining 2/3 qismini yöqotdi. 1-jahon uruşida B. betaraflik siyosatini tutgan bölsada, mamlakat iqtisodiy resurslari Antanta davlatlari manfaatiga xizmat qildi. 1943 y. apr.da B. Germaniya, Italiya va Yaponiyaga uruş e'lon qildi, ammo uruş harakatlarida qatnaşgani yöq. 1952 y.da B.da harbiy diktatura rejimiga qarşi qözğolonda «Milliy inqilobiy harakat» partiyasi armiyani tormor keltirdi. Qalay sanoati davlat ixtiyoriga olindi va agrar islohotlar ötkazila boşladi. 1964 y. 4 noyab.da B. reaksionerlari mamlakatda harbiyfaşistik diktatura örnatdi. Agrar islohotlar töxtatildi, korxonalar amerikaliklarga qaytarib berila boşladi. 1967 y.da mamlakatning köpgina joylarida partizanlar harakati boşlandi. Yirik kasaba uyuşmasi — B. işçilar markazi demokratik tuzumni qayta tiklaş, mehnatkaşlarning turmuşini yaxşilaş va q. x. da islohotlar ötkaziş uçun kuraşdi. 1970 y. 4 okt.da vatanparvar kuçlar rahbari general Xuan Xose Torres prezidentlik lavozimini egallab, mustaqil taşqi siyosat yurita boşladi. Biroq 1974 y.da hokimiyatni qölga olgan harbiy hukumat demokratik kuçlarni ta'qib qiliş yölini tutdi. 80-y. larda mamlakatning içki siyosiy ahvoli beqaror bölib turdi. 1985 y.gi saylovdan keyin B. prezidentlik boşqaruviga ötdi. 1997 y. 2 avg.da B. Milliy kongressi tomonidan saylangan prezident Ugo Banser Suares hukumati mamlakatni mustaqil idora qila boşladi. 1945 y.dan BMT a'zosi. Milliy bayrami — 6 avg. — Mustaqillik e'lon qilingan kun (1825).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. Fuqarolar «Birdamlik» ittifoqi, partiya, 1989 y.da taşkil etilgan; Söl millatparvar inqilobiy partiya, 1964 y.da tuzilgan; Söl millatparvar inqilobiy harakat, 1979 y.da rasmiylaşgan; B. Kommunistik partiyasi, 1950 y.da tuzilgan; Söl inqilobiy harakat, 1971 y.da asos solingan; Millatparvar demokratik harakat, 1979 y.da tuzilgan; Millatparvar inqilobiy harakat, 1942 y.da asos solingan; Sotsialistik partiya1, 1971 y.da asos solingan; Tupak Katari nomidagi ozodlik uçun inqilobiy harakat, 1978 y. taşkil etilgan; Xristiandemokratik partiya, 1954 y. asos solingan. B. işçilar markazi kasaba uyuşmasi, 1952 y.da tuzilgan.
Xöjaligi. B. iqtisodiyotining asosini konçilik sanoati taşkil etadi. Q.x. zaif rivojlangan va mamlakatni oziq-ovqat b-n ta'minlay olmaydi.
Sanoati. B. qalay qazib oliş va eksport qilişda dunyoda oldingi örinlardan birida turadi. Surma, volfram, mis, rux, qörğoşin va vismut rudalari, oltin, k'umuş, oltingugurt ham qazib çiqariladi (asosiy konçilik markazlari — Oruro, Potosi, Tupisa, Korokoro va b.). Asosiy neft konlari Çukisoka, Tarixa departamentlarida joylaşgan. Elektr energetika, rangli metallurgiya, neft kimyosi, töqimaçilik (ip va jun gazlama), oziq-ovqat korxonalari bor. Hunarmandçilik rivojlangan. 1,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (asosan GESlarda).
Qişloq xöjaligi ningasosiy tarmoği — dehqonçilik. Asosiy oziq-ovqat ekinlari — kartoşka va makkajöxori. Bundan taşqari şoli, buğdoy, paxta, şakarqamiş, kofe, banan, kakao va b. ham yetiştiriladi. Qöy, qoramol, lama, çöçqa boqiladi. Örmonlarda geveya şarbati, xin daraxtining pöstloği va koka barglari yiğib olinadi.
Transporti. T.ylarninguz. — 3,9 ming km, avtomobil yöllari — 38,9 ming km (1996). Titikaka kölida kemalar qatnaydi. Daryo yöllari — salkam 20 ming km. Neft quvurlari köp. Toğli hududlarda otulovning ahamiyati katta. Mamlakatning 30 şaharida aeroport bor. Asosiy aeroporti — LaPas.
Taşqi savdo uçun B. Molyendo (Peru) va Antofagasta (Çili) portlaridan foydalanadi. Çetga asosan konçilikruda sanoati mahsulotlari, neft, tabiiy gaz, paxta, kofe çiqaradi. Çetdan oziq-ovqat mahsulotlari, maşinalar, asbobuskunalar, binokorlik materiallari, xom aşyo va çala tayyor mahsulotlar oladi. Savdo sohasidagi asosiy mijozlari: AQŞ, Braziliya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Argentina, Germaniya, Çili, Peru. Pul birligi — boliviano.
Tibbiy xizmati. B.da davlatning ba'zi kasalxona, ambulatoriya va tibbiy yordam postlaridan taşqari barça tibbiy muassasalarda tibbiy yordam pulli. Vraçlarni uçta untning tibbiyot f-tlari tayyorlaydi.
Maorifi, ilmiy va madaniyma'rifiy muassasalari. B.da 15 dan yuTsori yoşdagi aholining 50% savodsiz. Mamlakatda 7 yoşdan 14 yoşgaça bölgan bolalarning umumiy majburiy ta'limi haqida qonun qabul qilingan. Yoşlar umumiy örta, hunartexnika va ped. maktablarida, oliy öquv yurtlarida ta'lim oladilar. Yirik oliy öquv yurtlari: LaPas, Koçabamba, Potosi, Sukre untlari. Ilmiy markazlari: Milliy FA, Tarix akademiyasi, B. akademiyasi. Kutubxonalari: untlarning kutubxonalari, Madaniyat departamentining kutubxonasi, LaPasdagi Munitsipal kutubxona. Muzeylari: LaPasdagi «Tiaunako» milliy muzeyi, Potosidagi zarbxona milliy muzeyi.
Matbuoti, radioeşittirişi, telekörsatuvi. Yirik ommaviy kundalik gaz.lari: «Diario» («Gazeta», 1904 y.dan), «Deber» («Burç», 1953 y.dan), «Oy («Bugun», 1968 y.dan), «Ultima ora» («Sönggi soat», 1929 y.dan), «Rason» («Idrok», 1990 y.dan). Axensia de Notisias Fides—ANF axborot agentligi 1979 y.da taşkil etilgan. Boş aloqa boşqarmasi — hukumat radioeşittiriş xizmati mavjud. Mamlakatda 158 radiost-ya bölib, ularning köpçiligi tijorat asosida işlaydi. Telekörsatuv 1969 y.dan olib boriladi, uning bir kanalini hukumat nazorat qiladi.
Adabiyoti asosan ispan tilida. B.da qad. indeys madaniyati namunalaridan «Olyantay» nomli boliviyaperu dramasi saqlangan. Mustamlaka davri (16—18- a.lar) adabiyotida F. Guaman Pom, A. de Kalançaning tarixiy xronikalari diqqatga sazovor. 18-a. oxiridan boşlab mustaqillik uçun kuraş davrida vatanparvarlik publiiistikasi va şe'riyati yaratildi. 19-a. B. adabiyotida romantizm hukmronlik qildi. Uning yirik namoyandalari: R. X. Bustamante, N. Galindo, M. X. Muxia, B. Lens va b. Bu davrda romantizm b-n boğliq holda indeyslar hayotiga qiziqiş kuçaydi. N. Agirrening «Xuan de la Rosa», L. Ansoategi de Kamperoning «Ualparrimaçlar», A. Argedasning «Bronza rangli irq» romanlari şu mavzuga bağişlandi. «Olov oqim» (1935, O. Serruto), «Iblis metall» (1946, A. Sespedes), «Ajal şaxtalari» (1962, F. Ramires Velarde) romanlarida konçilarning oğir hayoti, inqilobiy kayfiyatlari tasvirlandi. B.ning yirik yozuvçilaridan M. Mendosa Lopes, X. Felman Velarde asarlarida, maşhur yozuvçi X. Laraning «Surumi» (1945), «Yanakuna» (1952), «Qonimiz» (1959) romanlarida ijtimoiy tenglik uçun kuraş masalalari öz ifodasini topdi.
Me'morligi va tasviriy san'ati. 5— 8-a. larda B. toğli joylari me'morligida tiauanako madaniyati gullab yaşnadi (katta yaxlit toşlardan yasalgan inşootlar, afsonalardagi qahramonlarni aks ettiruvçi toş haykallar va b.). 16—18-a.larda B.da Potosi, Sukre, LaPas, Koçabamba, Oruro kabi şaharlar qurildi. Bu şaharlarda mahalliy aholi ustalari iştirokida ibodatxonalar, saroylar va b. binolar barpo etildi. Ularda indeyslarning qad. san'at va me'morligi bezaklaridan foydalanilgan. 19—20-a. larda B.da sanoat va jamoat binolari qurila boşladi. Bu binolar Yevropa va Amerika me'morligi uslubida, turar joy binolari qad. B. me'morligi uslubida kurilgan. 19-a. oxiri va 20-a. boşlarida rassomlardan A. Nogales, X. Garsia Mesa, S. Iturralde ijod qildilar. 20- a. boşlarida B. san'atida modernizm oqimi keng tarqaldi. 20-y.larga kelib, millim rassomlik maktabi tarkib topdi. Keyingi yillarda rassomlardan S. Gusman de Roxas, B. Berdesio, V. S. Romero, M. Exido, haykaltaroş M. Nunyes del Prado öz asarlarida xalq tarixi va hayotini, zamondoşlar obrazini, tabiat gözalligini aks ettirdilar. 20-a. örtalaridan Köp qavatli temirbeton binolar qurila boşladi, şaharlar ta'mirlandi, sanoat korxonalari qurildi.
Musiqasi. B.da indeyslar musiqasi — beguala, vidala, uanka kabi lirik qöşiqlar, uayno, uaynito, nombo kabi çolğu asboblari, qamiş nay, dömbirani eslatuvçi putunka keng tarqalgan. Ispaniyadan ötgan olti torli gitara boliviyaliklarning sevimli sozi hisoblanadi. 19-a. oxiri va 20-a. boşlaridagi yirik kompozitorlar E. Kabo, T. Vargas, X. Maydanadir. LaPasda milliy konservatoriya va milliy simfonik orkestr bor.
Teatri. 16—17-a.larda missionerlar Potosidagi bayram va sayillarda teatrlaştirilgan tomoşalarni taşkil etişgan. 1617—19 y.larda LaPasda ikkita teatr oçildi. Bayram kunlaridagi karnavallar milliy madaniyatning öziga xos xususiyati bölib qolgan. Aşula va raqslar orasida diablados deb atalgan va yaxşilik b-n yomonlikning kuraşi tasvirlanadigan tomoşalar körsatilgan. Professional teatr san'ati suyet rivojlangan. Sukre ş.dagi yozgi teatr ahyonahyonda işlaydi, unda yarim professional truppalar qatnaşadi. Mahalliy dramaturglardan R. Muxia, X. Berrios, M. Flores, A. Saavedra Peres va b.larning pyesalari sahnalaştirilgan. LaPasda Sahna san'ati va deklamatsiya akademiyasi bor. 1949 y. Teatr va radio arboblari jamiyati taşkil etilgan.
Kinosi. 1943 y.da taşkil etilgan B. kino in-ti asosan xujjatli filmlar tayyorlaydi; yiliga bir neçagina badiiy film çiqaradi. Maşhur filmlari: «Ukamau», «Kondor qoni» (rej. X. Sanximes).
1996 y.da ÖzR b-n B. örtasida savdoiqtisodiy munosabatlardagi tovar aylanmasi 4,84 mln. AQŞ dollarini taşkil qildi, mamlakatimizga rux rudalari va konsentratlari keltirildi.