Tabiati. I. qirğoği jan.da tekis, qolgan qirğoklari yirik qöltiq va fiordlar b-n parçalangan. Yer yuzasining köp qismi vulkanlardan xreil bölgan plato. Bal. 800 m li toğ massivlari va 200 ta vulkan (30 tasi xarakatda) bor. Maşhurlari: Gekla, Laki, Askya va Xvannadalsxnukur (baland nuqtasi 2119 m). I. hududining 6 %i lava dalalaridan iborat. Sohilda pasttekisliklar bor. Tez-tez zilzila bölib turadi. Şpat, oltingugurt, torf, lignit va b. konlar (issiq suvli, bugli, ma'danli buloklar va geyzerlar) mavjud. Iqlimi subarktika, dengiz ikli-mi, Golfstrimning ta'siri kuçli. Sohilida yanv.ning örtaça t-rasi — 1, —3°, iyulniki 9, 1G. Yillik yoğin 500—4000 mm. I.ning markaziy qismlarida qişda 5 oygaça qor erimaydi. I. maydonining 11,8 ming km2 muzlik. Yiriklari: Vatnayyokudl (mayd. 8400 km2, qalinligi 1000 m) va b. Daryolari qisqa, serostona, qor va muzliklardan töyinadi, gidroenergiya resurslariga boy. Köl köp. Sohillarda serunum torfliçim, içkarilarda tog arktika tuproqlari uçraydi. Ösimligi kam, jami 400 tur kjsak ösimlik bor. I. hududining 2/3 qismi mox va lişaynikli toşloq. Lava dalalarida heç narsa ösmaydi. Katta maydonlar torfli botqoqlik va ötloq. Kiçikroq oq qayin örmonlari saklangan. Qutb tulkisi, siçqonsimonlar, şim. buğusi, norka, morj, tyulen, baliqçi quşlar, baliqlar, kitlar bor. Milliy boğlari (Tingvedlir, Mivati-oç-Lax-sau, Skaftafedl, Yekyul-Saurgl-yurvyur) va qöriqxonalar bor.
Aholisining 99 % islandlar. Qolgan qismi nemis, norveg va danlar. Rasmiy til — island tili. Dindor aholining 93 % protestant (lyuteran). Aholining 91 % şaharlarda yaşaydi. Yirik şaharlari: Reykyavik, Koupa-vogur, Akureyri.
Tarixi. I. hududiga taxm. 870 y.dan odamlar köçib kelib, kimsasiz orolni özlaştira boşlaganlar. Ularning köpçiligi norveglar bölgan. Skandinaviyaning boşqa mamlakatlari, jumladan, Şvetsiyadan kelganlar ham bor edi. Ular mamlakatni Island — Muzlar mamlakati deb atadilar. 11-a. oxiriga kelib bu yerdagi q.x. xonadonlari 4,5 mingga yetdi. Yaylov çorvaçiligi, dengiz ovi aholining asosiy maşğuloti edi. Dengiz sayyohligi rivojlanib, 10-a.ning 80-y. larida islandlar Grenlan-diyani kaşf qildilar va taxm. 1000 y.da Şim. Amerikaga yetib bordilar. I.ga köçib kelgan kişilar tomonidan tuzilgan Xalq majlisi — alting 930 y.da özining birinçi yiğilişini ötkazdi. Orolning taşqi dunyodan ajralganligi, xöjalik turmuşining öziga xos xususiyatlari tufayli bu yerdagi uruğçilik munosabatlari uzoq vaqtgaça saklanib qoldi. 13-a. gaça si-yosiy hokimiyat xalqdan butunlay ajralmagan edi, oddiy erkin kişilar — bondlar asosiy ijtimoiy qatlam bölgan. I. tarixining şu davri adabiyotda «Xalq hokimiyati davri» deb yuri-tiladi. Örta asrlarga kelib yakka q.x. xonadoni asosiy xöjalik va boşlanğ-iç jamoat yaçeykasiga aylandi. Ammo 1262—64 y.larda I.ning asilzodalari örtasidagi içki nizolardan foydalangan Norvegiya davlati uni öziga böy-sundirib oldi, 1380 y.dan esa u (Norvegiya ham) Daniya b-n uniya (ittifoq) da bölgan. 1397 y.dan Kalmar ittifoqi tarkibida. 1537 y.dan yana Daniya qara-moğida.
19-a. 2-yarmidan island millatining taşkil topişi natijasida mustaqillik uçun kuraş kuçaydi. 1874—1903 y.lari I. ba'zi muxtor huquklarga ega böldi. 1-jahon uruşi davrida I.ning Daniyaga qaramligi zaiflaşdi. I.ning AQŞ va Buyuk Britaniya b-n iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlari kuçaydi. Ozodlik kuraşi avj olgaç, Daniya I.ni Daniya-I. uniyasi b-n çeklangan mustaqil davlat deb tan oldi (1918). I.ning doimiy betarafligi e'lon qilindi. 1944 y. maydagi referendum natijasida I. xalqi Daniya b-n uniyani bekor qildi va şu yil 17 iyunda I. Respublika deb e'lon qilindi.
I. — 1946 y. dan BMT a'zosi. ÖzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1997 y. 25 sent.da örnatgan. Milliy bayrami — 17 iyun — Mustaqillik kuni (1944).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. Xalq ittifoqi partiyasi, 1968 y. tuzilgan; Mustaqillik partiyasi, 1929 y. taşkil etilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1916 y. tuzilgan; «Xalq uyğonişi» siyosiy birlaşmasi, 1944 y.da asos solingan; I. sotsal-demokratik partiyasi, 1916 y. taşkil topgan; Birlaşgan söllar bloki, 1999 y.da tuzilgan. I. kasaba uyuşmalari birlaşmasi 1916 y. tuzilgan, Xalqaro erkin kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi a'zosi.
Xöjaligi. I. — industrial-agrar mamlakat. Baliqçilik, energetika, sement, alyuminiy i.ç., metallsozlik rivojlangan.
Sanoatida baliq ovlaş va uni qayta işlaş yetakçi örinda. Mehnatga layoqatli aholining 12% şu tarmoqda band bölib, yalpi içki mahsulotning 20% va xorijiy valyuta tuşumining salkam 80% ni ta'minlaydi. Yiliga 1,5 mln. tonnaga yaqin baliq ovlanadi. Baliq ovlaş flotida 1 mingdan or-tiq kema bor. Asosiy baliq mahsulotlari: muzlatilgan, quritilgan va tuzlangan baliq, baliq yoği, baliq uni.
I.da sanoat ahamiyatiga ega bölgan foydali qazilma va xom aşyo zaxiralari yöq. Alyuminiy (çetdan keltirilgan xom aşyo asosida), ferrosilitsiy, diatomit, azotli öğit işlab çiqaradigan bir neça korxona bor. Baliq ovlaş kemalarini ta'mirlaydigan va yangilarini işlab çiqaradigan kemasozlik korxonalari mavjud. Lok-böyoq, çarmpoyabzal, töqimaçilik sanoati, trikotaj va mebel i.ç. rivojlangan. Yiliga örtaça 4,4 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi işlab çiqariladi. Turar joy va issiqxonalarni isitiş uçun qaynoq buloq suvlaridan foydalaniladi. Aholi jon boşiga elektr energiyadan foydalanişda dunyoda oldingi örinlardan birida turadi. Key-ingi yillarda boy tabiiy resurslarga ega bölgan Arktikada hamkorlik qilişga I. katta e'tibor bera boşladi. U mazkur mintaqada atrof muhitni muhofaza qilişga, uni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan barqaror rivojlantirişga kömaklaşuvçi Arktika ken-gaşiga a'zo bölib kirgan.
Qişloq xöjaligi uçun yaroqli yerlar butun mamlakat hududining 14% ni taşkil etadi. Iqtisodiy faol aholining 9,5% agrosanoat majmuida band. Kiçik fermerlar köp. Yetakçi tarmoği qöyçilik va sut çorvaçiligidir, qoramol, yilqi ham boqiladi. Yem-xaşak, kartoşka, issikxonalarda sab-zavot yetiştiriladi.
I.da dengiz transporti yetakçi. Avtomobil yöllari uz. 10530 km. T. y. yöq. Asosiy dengiz portlari: Reykyavik, Akureyri. Aviatsiya transporti katta ahamiyatga ega. Çet el sayyohligi rivojlangan: yiliga 190 mingga yaqin sayyoh kelib-ketadi.
I. çetga baliq va baliq mahsulotlari, rangli metallar, qöy göşti va te-risi, jun çiqaradi, çetdan transport vositalari, neft va neft maxsulotlari oladi. I.ning taşki savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Skandinaviya mamlakatlari. Pul birligi — island kronasi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. I. da 6 yoşdan 16 yoşgaça bölgan bolalar uçun 10 yillik majburiy boşlanğiç ta'lim, 16 yoşdagi bolalar uçun 3 yillik örta ta'lim joriy etilgan. Oliy ta'lim ti-zimida 5 un-t, jumladan, Reykyavik un-ti, 11 ixtisoslaşgan in-t bor.
Reykyavikda Milliy kutubxona, xalq kutubxonasi, I. milliy muzeyi, Tabiiyot tarixi muzeyi va Davlat badiiy galereyasi mavjud. Eng yirik ilmiy muassasa Reykyavik unti huzuridagi ilmiy tadqiqotlar in-ti (1937) dir. Unda baliqçilik xöjaligi, q.x. fanlari va b. bölimlar bor. Un-t xuzurida bakteriologiya va patologiya in-tlari ham mavjud.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. I.da bir qança gaz. va jur. lar naşr etiladi. Yiriklari: «Altidubladid» («Xalq, gazetasi», kundalik gaz., 1919 y.dan) , «Altidumadu-rini» («Sotsial-demokrat», haftalik gaz., 1931 y.dan), «Vikan» («Hafta», 2 haftada çiqadigan bezakli jur., 1938 y.dan) «Vinnan» («Mehnat», oylik jur., 1943 y.dan), «Morgunbladid» («Tonggi gazeta», kundalik mustaqil gaz., 1913 y.dan), «Toudvilinn» («Xalq erki», kundalik gaz., 1936 y.dan). I. davlat radioeşittiriş va televideniye xizmati mavjud; radioeşittiriş 1930 i., televideniye 1966 y. taşkil etilgan.
Adabiyeti tarixida saga (xalq, dostonlari) yetakçi janr bölgan. Norvegiya va Daniya hukmronligi davrida I. mada-niyati tuşkunlikka uçrasada, diniy qöşiqlar qatorida qahramonlik qöşiqlari ham yaratildi. 18-a.dava 19-a. boşlarida I. adabiyotida jonlaniş yuz berdi. B. Torarensen, Y. Xadlgrimsson romantizmning yirik vakillari sifatida maydonga çiqişdi. T. Erlingsson, G. Paulsson kabi şoir va adiblar ijodi realistik ruh b-n suğorilgan. X. K. Laksness island mehnatkaşlarining erk uçun kuraşini tasvirladi. 20-a. boşlarida dramaturgiya rivojlandi. Hoz. zamon adabiyeti taraqqiyotida maşhur hajvçi şoir S. Steynar, hikoyanavis X. Stefaunsson, lirik romanlar muallifi O. Y. Sigurdsson, dramaturg A. Bogason va b.ning roli katta.
Me'morligi va tasviriy san'ati 11 — 13-a.lardan rivojlana boşladi. Bu davrda kitob miniatyurasi, yoğoç öymakorligi san'ati rivoj topdi. Islandlarning turar joylari langxus («uzun uy») deb atalgan. Yonma-yon joylaştirilgan bu uylar yerni çuqur öyib çim va torf bloklardan kurilgan. Imorat-bop yoğoç çetdan keltirilgan. 18-a.ör-talarida Xoular va Reykyavikda toşdan soborlar qurildi. 19-a.da keltirilgan yoğoç, tuf, bazalt, temirdan 2—3 qavatli uylarni quriş urf böldi. 1920- y.lar me'morligiga zamonaviy şakllar, konstruksiyalar (yaxlit temir-beton, pölat sinç) joriy etila boşladi. Keyingi yillarda Reykyavik va Akureyri ş.larida 4—5 qavatli uylar, ma'muriy, jamoat binolari daniyaliklar ta'sirida modern uslu-bida barpo etildi. Sigurdur Gudmund-sson, Gudyoun Samuelsson, Sigvaddi Tordarson kabi me'morlar yetişib çik,-di (Reykyavikdagi milliy teatr bino-si, 1928—32, Tibbiy markaz, 1946—50 va b.).
Tasviriy san'at ijodkorlari mustamlakaçilik zulmi ostida xam qad. naqqoşlik, öymakorlik an'analarini davom ettirdilar. 19-a.da milliy ozodlik kuraşi kuçayişi b-n I.da rassomlik san'ati — portret (Sigurdur Gudmundsson) va manzara (Tourarini Torlauxsson, Ausgrimur Younsson) janri rivoj topdi. Rassomlar ijodida I.ning yov-voyi, bokira tabiati qiyofasi milliy uyğoniş ramzi sifatida ifodalandi. 20-a.da Kyarval izğirin şimol tabiatini, Gudmundur Torsteynsson xalq ertaklari va afsonalari qahramonlarini, Kristin Younsdouttir, Gunlyoygur Şkeving esa mehnatkaş xalq turmuşini tasvirladilar. Hay-kaltaroşlardan Eynar Younsson, Aus-mundur Sveynsson va b. island xalqining tarixi, hayoti va folklori mav-zularini haqqoniy gavdalantirdilar. Hoz. zamon rassomçiligida realistik an'analar b-n birga modern oqimi ham yoyilgan. Xalq amaliy san'ati turlari (öymakorlik, kaştaçilik va b.) rivojlangan.
Musiqasi. An'anaviy musiqasi, asosan, diniy aytimlari (grigorian, keyinçalik protestant xoralp) hamda xalq (qaxramonlik mavzuidagi rimur, raqsbop vikivaki) qöşiqlaridan ibo-rat. Xalq çolğularidan torli-kamonli langşpil va fidla sozlari mavjud. I. professional musiqasi 19-a. oxiridan tez rivojlana boşladi. Unga milliy madhiya muallifi kompozitor S. Svey-nbyornsson asos soldi. U orkestr, fortepiano va skripka uçun asarlar, kantata, balladalar yozdi. 20-a.da Yevropa konservatoriyalarida ta'lim olgan kompozitorlar island folklori asosida milliy musiqa yaratişga harakat qildilar. Kompozitorlardan P. Iso-ulfsson, Y. Leyfs, E. Torodsen, Y. Torarinsson, xonandalardan G. Simonar, S. Islandi, pianinoçi A. Beyte-nensson va b. maşhur. Reykyavikda Oliy musiqa maktabi, I. davlat sim-fonik orkestri, musiqa döstlari ja-miyati, Kamer musikasi klubi, Jaz klubi va b. bor. Akureyri, Akranes, Xabnarfordur va b. şaharlarda ham musiqa jamiyatlari mavjud.
Teatri. Skaldlar şe'riyati va qad. xalq dostonlarida teatr san'ati unsurlari bölgan. 1720 y.dan Skaulxoltdagi lotin maktabi dastlabki teatr tomoşalarini körsata boşladi. Bu teatr 1799 y.da Reykyavikka köçdi va 19-a. ning 2-yarmigaça teatr madaniyatining markazi böldi. Dramaturg S. Pyetursson 18-a. 2-yarmi va 19-a. boşlaridagi island teatrining yirik arboblaridan edi. 19-a. 2-yarmidan havaskorlik teatr tögaraklari tuzilib, M. Yoxumsson va I. Eynarsson pyesalari sahnalaştirildi. 1897 y.da taşkil topgan Reykyavik teatr jamiyati professional teatr ga asos soldi. I. dramaturglarining pyesalari, şuningdek, V. Şekspir, F. Şiller asarlari sahnalaştirildi. 1950 y. milliy teatr taşkil etildi. J. Verdi operalari, I. Ştraus operettalari va F. Lou baletlari teatr sahnasidan örin oldi. Reykyavik va b. şaharlarda bir neça yarim professional truppalar mavjud. I. Bore, L. Paulsson, X. Byornsson, K. Keld, X. Skulasson kabilar I. ning eng yaxşi rej. va aktyorlaridir.