KAMBODJA, Kambodja Qirolligi (Cambodia) — Jan.-Şarqiy Osiyoda, Hindixitoy ya. o.ning jan. qismida joylaşgan davlat. Mayd. 181 ming 35 km2. Aholisi 12,49 mln. kişi (2001). Poytaxti — Pnompen ş. Ma'muriy jihatdan 20 viloyat (kxet)ga va markaz qaramoğidagi 2 şaharga bölinadi. Davlat tuzumi. K. — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1993 y.da qabul qilingan. Davlat boşliği — qirol. Qonun çiqaruvçi hokimiyat — 2 palatali parlament (Milliy assambleya va Senat)dan iborat. Ijroiya qokimiyatni hukumat amalga oşiradi. Tabiati. K. hududining köp qismini allyuvial va köl yotqiziqlaridan iborat Kambodja tekisligi egallagan. Mamlakat ğarbida Kravan toğlari (Oral toği, 1813 m — eng baland nuqta), şim.da Dangrek qumloği va şarqida Annam toğlarining tarmoği bor. Iqlimi subekvatorial, mussonli, yozi nam, qişi nisbatan quruq. Eng issiq oy — apr.da örtaça t-ra 29°, 30°, dek.da 25°, 26°. Örtaça yillik yoğin 700—2000 mm. K.da daryo köp. Mekong daryosining quyi qismi K. hududidan ötadi; suv sathi mavsum sayin özgarib turadi. Tonlesap köli kam suv. K. hududining 3/4 qismiga yaqini örmon. Şarqida barg tökuvçi tropik örmon, toğlarda qimmatbaho yoğoç beruvçi doim yaşil (sal, tik, lak, kamfara) daraxtlar usadi. Qolgan hududida siyrak daraxtli savannalar, qalin bambukzorlar va turli çakalakzorlar bor. Kambodja tekisligi ança qismining tuproği unumdor allyuvial tuproq. Hayvonlari köp va xilma-xil. Yölbars, qoplon, qora ayiq, fillar uçraydi. Mekong daryosi va uning irmoqlarida timsohlar, suzuvçi quşlar, meşkopçiquş va flamingolar bor. Tonlesap kölida baliq köp. Aholisining 80% kxmerlar, asosan, K. ning markaziy pasttekislik qismida yaşaydi. Şaharlarda, Mekong daryosi vodiysi va Tonlesap atrofida vyetnamlar, xitoylar, şuningdek, çamlar, malayyalar, toğlik kxmerlar, fransuzlar (şaharlarda) va b. istiqomat qiladi. Rasmiy tili — kxmer tili. Fransuz tilida ham sözlaşişadi. Kxmerlarning köpçiligi buddaviylikka, xitoylar — konfutsiylikka e'tiqod qiladi, fransuzlar b-n vyetnamlarning bir qismi katolik mazhabida. Aholining 12% dan köproği şaharlarda. Yirik şaharlari: Pnompen, Battambang, Sianukvil ( K a m p o n g s a o m ) . Tarixi. Hoz. K. hududida odamlar neolit davridan yaşaydi. Ular dehqonçilik, baliqçilik va ovçilik b-n şuğullangan. 1~6-a.larda K. hududida birinçi Funan quldorlik davlati vujudga keldi. U Jan. Hindiston, Xitoy b-n savdo qilgan va madaniy aloqada bölgan. 7—8-a.larda K. hududida Yer Çenlasi va Suv Çenlasi davlatlari taşkil topdi. 9-a.da esa Mekong daryosi deltasida Kambujadeş saltanati vujudga keldi. U 13-a. oxirida inqirozga uçradi. 16-a. örtalarida buddaviylik tarqaldi. 16-a. oxirida Tay qöşinlari mamlakatning ğarbiy qismini vayron qildi. 18-a.da K. Siyom va Vyetnam davlatlariga tobe bölib qoldi. 19-a. örtalarida Fransiya K.ga bostirib kirib, 1863 y. uni protektorat haqida şartnoma tuzişga majbur etdi. Mazkur şartnoma 1884 y. K. uçun oğir bitim b-n almaştirildi. Natijada K. Fransiya mustamlakasiga aylandi. 1887 y. K. Fransiya Hindixitoydagi öz mustamlakalarini nazorat qilişni markazlaştiriş maqsadida tuzgan Hindixitoy ittifoqi tarkibiga kiritildi. K.ning asoratga solinişi milliy mustaqillik uçun kuraşning avj olişiga sabab böldi. 19-a.ning 60—90-y. larida milliy mustaqillikni tiklaş uçun xalq harakatlari bölib ötdi. 1926 y. mustaqillik talab qilgan dehqonlar harakati fransuz mustamlakaçilari tomonidan şafqatsizlik b-n bostirildi. 1940 y.da K.ni Yaponiya bosib oldi. Vatanparvarlarning Qarşilik harakati Ozod kxmer taşkiloti rahbarligida yapon bosqinçilariga, 1945 y.dan keyin fransuz mustamlakaçilariga qarşi keskin kuraş olib bordi. 1946 y. saylangan Maslahat majlisi K. tarixida birinçi konstitutsiyani tasdiqladi. Milliy ozodlik harakati tazyiqi ostida Fransiya öz qöşinlarini olib çiqib ketişga majbur böldi (1953 y. 9 noyab.). Bu sana milliy bayram — K. mustaqilligi kuni deb e'lon qilindi. 1955 y. 25 sent.da K. konstitutsiyasiga tuzatiş kiritildi, birinçi mustaqil hukumat — Sangkum tuziddi. 1970 y. 18 martda mamlakatda davlat töntarişi böldi; N. Sianuk örniga general Lon Nol davlat boşliği qilib tayinlandi. Apr. oyi oxirlarida K.ga Amerika-Saygon qöşinlari bostirib kirdi. K. vatanparvarlari bosqinçilarga va Pnompen mustabid hokimiyati qöşinlariga qarşi kuraş olib bordi. 1970 y. 30 iyunda AQŞ qöşinlarining katta qismi K. hududidan olib ketildi. 1970 y. 9 okt. da Pnompenda ğayridemokratik «Kxmer Respublikasi» e'lon qilindi, 1972 y. 4 iyunda Lon Nol «prezident» qilib «saylandi». U K. da osiyoliklarni osiyoliklarga qarşi uruştiriş siyosatini qölladi. 1976 y.da mamlakatdagi hokimiyatni Pol Pot — Iyeng Sari tödasi egallab olib, faşistsimon mustabid tartiblarni örnatdi, xalqni qirğin qildi. 1978 y.da tuzilgan K. milliy najot birlaşgan fronti qurolli kuçlari safi partizanlar, muntazam qismlar va b. vatanparvar kuçlar hisobiga kengaydi. Ular mamlakat hududining katta qismini ozod qilişga erişdi. 1979 y.da manfur tu-zum ağdarildi. 1993 y.da yangi konstitutsiya qabul qilindi, N. Sianuk boşliq monarxiya tiklandi. Şu konstitutsiyada K. qöşilmaslik siyosatini yurituvçi mustaqil, suveren, tinçliksevar, betaraf mamlakat deb e'lon qilindi. K. 1955 y.dan BMT a'zosi. ÖzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1995 y. 7 sent.da örnatgan. Milliy bayrami — 9 noyab. — Mustaqillik kuni (1953). Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari. Mustaqil, betaraf, tinç va hamkorlik qiluvçi K. uçun milliy front, 1992 y.da tuzilgan; K. xalq partiyasi, 1951 y.da asos solingan; Buddaviylar liberal-demokratik partiyasi, 1992 y.da tuzilgan; Liberal demokratik partiya, 1992 y. tuzilgan; K. milliy quriliş va mudofaa birlaşgan fronta, 1978 y. tuzilgan. K. kasaba uyuşmalari federatsiyasi 1979 y. t u z i l g a n . Xöjaligi. K. — iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Xöjaligining asosi — q. x. Mehnatga layoqatli aholining 85% band bölgan bu soha yalpi içki mahsulotning46,6% ni beradi. Q. x.da yetakçi tarmoq — dehqonçilik. Şoli, makkajöxori, batat, yams, şakarqamiş, murç, yer yonğoq, tamaki, banan, apelsin, mandarin, paxta yetiştiriladi, tabiiy kauçuk olinadi. Qoramoldan köpinça iş hayvoni sifatida foydalaniladi. K.da yiliga 100 ming m3 yoğoç tayyorlanadi. Baliq ovlaş (ayniqsa, Tonlesap kölida) r i v o j l a n g a n . Sanoat korxonalari, asosan, mahalliy q.x. xom aşyosini işlaydi. Oltin, boksit, fosforit, magnezit, temir rudasi, rangli metallar rudalari, marmar va b. qazib çiqariladi. Elektr energiyasining köp qismi issiqlik elektr st-yalari (70 mln. kVt-soat)dan olinadi. Oziq-ovqat tayyorlaş işlab beruvçi sanoatning asosiy tarmoğidir. Metall va yoğoç işlaş, oziq-ovqat, neft tozalaş, töqimaçilik va qoğoz f-kalari, faner, sement, traktor-avtomobil yiguv, şina, pivo z-dlari va b. korxonalar bor. Sanoat markazlari: Pnompen, Battambang va Sianuk-vil ş.lari. K.da 649 km t.y., 14,8 ming km ga yaqin avtomobil yöli bor. Suv yöllarining ahamiyati katta (Mekong daryosining quyi oqimida). Asosiy portlari: Pnompen, Sianukvil. Pnompen yaqinida xalqaro aeroport bor. K. çetga guruç, tabiiy kauçuk, quriliş materiallari, kunjut, kapok (dağal ösimlik tolasi), murç, baliq va baliq mahsulotlari çiqaradi. Çetdan maşinalar, asbob-uskunalar, neft mahsulotlari, transport vositalari, sement, iste'mol mahsulotlari, metall va metall buyumlar keltiriladi. K. Singapur, Tailand, Malayziya, Vyetnam va b. davlatlar b-n savdo qiladi. Pul birligi — riyel. Maorifi. K. mustaqillikka erişgaç, boşlangiç (6 y.lik), töliqsiz örta (4 y. lik), örta (7 y.lik) maktablarda bepul öqiş joriy qilindi. Pnompenda Oliy texnologiya inti va Kirollik texnika un-ti, şuningdek, Milliy kutubxona, Milliy muzey va Qirollik saroyi muzeyi mavjud. Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. K.da naşr etiladigan gaz. va jur.lar: «Kambodja» (kxmer tilida çiqadigan haftalik gaz., 1979 y.dan), «Kaset kangtoap padivoat» («Kambodja inqilobiy armiyasi», kxmer tilidagi haftalik gaz., 1979 y.dan), «Proçeaçun» («Xalq», kxmer tilida haftasiga 2 marta çiqadigan gaz., 1985 y. dan), «Pulko» («Mehnatkaş», kxmer tilida 2 haftada çiqadigan gaz., 1988 y.dan), «Neak kxusana» («Tarğibotçi», jur.). K. matbuot agentligi 1978 y.da taşkil etilgan. K. milliy radiosi (1978) va K. davlat televideniyesi (1983) işlaydi. Adabiyoti. K. yozma adabiyotining sanskritdagi ilk namunalari 2-a.da yaratilgan. Kxmer tilidagi adabiy asarlar 7-a. boşlarida paydo böldi. 802—1433 y. larda kxmer madaniyati ravnaq topdi, kxmer tilida «Indradevi» lirik dostoni, «Reamker» eposi va «Tum va Teau» xalq dostoni yaratildi. Yozuvçilardan Yaşovar Man II, Kavişvara, Kindra, Subxadra sanskritda, Duong, Tyey Non, Pxokdey va b. kxmer tilida ijod q i l d i l a r . 20-a.ning 30—40-y.larida gumanistik ruhdagi dastlabki romanlar — «Paylin atirguli», «Sopxat» va b. yozildi. K. mustaqillikka erişgaç, kxmer adiblari ittifoqi taşkil etildi. Tiu Ol, Xel Sumpxa, Suon Soren, Nop Savan va b. yozuvçilar muhim ijtimoiy-siyosiy mavzularda asarlar yaratdi. Folklor materiallarini töplaş va ularni naşr etiş işlari olib borildi. Me'morligi. Eneolit va jez davrlaridagi dastlabki bino (ibodatxona)lar yoğoçdan, keyinroq toşdan, 6—7-a. larda ğiştdan qurilgan. Kxmerlarga xos turar joylar qoziqoyoqlarga örnatilgan. 7-a. dagi Sambor-Prey-Kuk ansambli kabi minorasimon ibodatxonalar — prasatlar barpo qilingan. 9-a.da katta me'moriy majmualar va ehrom uslubidagi ibodatxonalar bunyod etildi. 10-a.da bino qurişda laterit va qumtoş işlatildi, öymakorlik san'ati rivojlandi. 9—12- a.larda yaratilgan yodgorliklar mustahkamligi, yaxlitligi va öz davriga xosligi b-n aj-ralib turadi. 9—13-a. larda me'morlik, ayniqsa, ravnaq topdi, serxaşam ibodatxonalar va saroylardan iborat Angkor majmui bunyod etildi. Şu davrda 8 şaharda 1000 dan ortiq inşoot qurildi. Şahar markazlarida «toğ-ehromlar» quriş rasm böldi (Roluosdagi Prax-Ko, Banteay Srey va b.). 14- a. dan saroy va ibodatxonalar toş örniga yoğoçdan qurila boşladi. 19-a.ning 2-yarmidan şahar binolarini fransuz eklektikasi ruhida quriş avj oldi. Mustaqillik yillarida Pnompen, Kampongsaom va b. şaharlarda ma'muriy, jamoat va uy-joy binolari temir-betondan mahalliy an'analar galereya, minora, nişabi tik tom)ni saqlagan holda, ayvonli va quyoşdan tösadigan qilib, zamonaviy uslubda solindi. Qişloqva şaharlarda köpçilik uylar sinçli va ayvonli qilib quriladi. Tasviriy san'ati. K. hududida yaratilgan eng qad. san'at yodgorliklari neolit davriga töğri keladi. Mil. av. 1-ming yillikda jezdan yasalgan buyumlar saqlanib qolgan. Mil. 6— 8-a.larda hindlarnikiga öxşaş haykalçalar yasalgan. 9—13-a. larda me'moriy yodgorliklar haykaltaroşlik va naqşinkorlik usulida bezatilgan. 14-a.dan boşlab haykallarni asosan jez va yoğoçdan yasaş odat bölgan. 20-a. boşlaridan naqş va rasmlardagi tasvirlarga hayotiy manzaralar kiritila boşlandi; rangtasvir va grafika rivojlandi. Rassomlardan Ngok Dim, Sam Yun va b. ning asarlari maşhur. Amaliy bezak san'ati turlaridan qölda şoyi töqiş, yoğoç va fil söyagi öymakorligi, kaştadözlik va b. an'analar saqlangan. Musiqasi qad. zamonlarda vujudga kelib şakllangan. Köhna ibodatxonalarda xonanda va sozandalarning nomlari bitilgan yozuvlar, tasvirlar saqlangan. Angkor davri (9—14-a.lar)da rivoj topgan kxmer mumtoz musiqa madaniyati va çolğu asboblari hamon öz şaklini özgartirmagan. Mumtoz musiqa madaniyatida diniy ibodatlar b-n boğliq musiqiy raqs (milliy balet) tomoşalari asosiy örin tutadi. K. baletida asosiy rollarni ayollar ijro etadi, 2 erkak raqqos esa iblis, qiziqçi va hayvonlar niqobida öynaydi. Urib çalinadigan asboblar — baraban (sampxo, çxayyam), qöş litavra (skotxom), simbal, gong, puflab çalinadigan — goboysimon (pey o, peypok, pra pey), qamiş nay (kxloy), torli asboblar — udsimon (ta diyeu, ta-kxe), ğijjaksimon çolğular (troçe, trosao, trokmaye) milliy orkestrda asosiy örinni oladi. 1966 y.da Pnompenda Nafis san'at inti taşkil etilgan. Teatri. Fonus xayol, ya'ni soyalar teatri K. uçun an'naviy hisoblanadi. 1955 y.da Davlat drama teatri taşkil etildi. Pnompen, Siyemreap va b. şaharlarda doimiy truppalar işlaydi. Badiiy havaskorlik keng tus olgan. Professional badiiy jamoalar taşkil etilgan, milliy balet qayta tiklangan. Uning sahnasida mifologiya ruhidagi an'anaviy rakslar b-n bir qatorda voqeiy tomoşalar (xalqning polpotçilar qamoq lagerlaridagi azoblarini va ozodlik yölidagi kuraşini ifodalovçi «Kuz yoşlari va qon» spektakli) körsatilayotir. Pnompenda şahar teatri, Siyemreap ş.da yangi teatr işlaydi.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 76–80-b. — ziyouz.com