Tabiati. K.ning şarqiy va şim. qismi pasttekislik, ğarbida And toğ tizmalari bor. And toğlarining K.dagi qismi 3 asosiy tizma (Ğarbiy, Markaziy va Şarqiy Kordilyera) dan iborat. Ularni Magdalena daryosi (Kauka va Patiya irmoqlari b-n) bir-biridan ajratib turadi. K.ning eng baland joyi — Kristobal-Kolon toği (5800 m). And toğlarining ğarb va şim. da Tinç okean va Karib böyi botqoqlaşgan pasttekisliklari bor. Şarqiy qismidagi pastroq platolar Amazonka pasttekisligiga tutaşib ketadi. Bir neça sungan va sönmagan vulkanlar (Uila 5750 m, Ruis 5400 m, Tolima 5215 m va b.) bor. K.da neft, tabiiy gaz, toşkömir, mis va temir rudalar, rangli va asil metallar, uran, zumrad konlari köp.
K. ekvatorial iqlim mintaqasida joylaşgan. Pasttekisliklarda örtaça oylik t-ra 29°, 1000—2000 m balandlikdagi toğlarda 17—22°, 4000 m dan balandda 7° dan oşmaydi. Yillik yoğin 1000-4000 mm. Şim.-şarqida 200 mm gaça, Tinç okean pasttekisligida va unga tutaş toğ etaklarida 10000 mm gaça. Daryo köp, yiriklari: Magdalena, Kaketa, Putumayo, Guavyare, Meta va b. Yuklarning 95% Magdalena daryosida taşiladi. Pasttekislik va toğ etaqlaridagi qizilsariq laterit tuproqli yerlarda nam tropik örmonlar bor, qizil tuproqli yerlar savanna (lyanos) b-n qoplangan. Şim.- şarqda buta va kaktuslar ösadi. Toğ tepalarida ötloqlar (paramos), çöqqilarida doimiy qorlar bor. Örmonlarda maymun, yaguar, çumolixör, tapir, yalqov, kaltakesak; quşlardan tunan, kolibri va tötilar, daryolarda timsoh uçraydi. Milliy boğlari: Çiribikete, Paramilo, Syerra-Nevada-de-Santa-Marta.
Aholisining aksari kolumbiylar. Ular indeys, ispan, negrlarning qöşilişidan hosil bölgan. Keyinroq Italiya, Germaniya va Ğarbiy Yevropaning boşqa mamlakatlaridan kelgan muhojirlar qöşilgan. 700 mingga yaqin indeys bor. Rasmiy tili — ispan tili. Xristianlikning katolik mazhabiga e'tiqod qiladi. Aholining 67% şaharlarda yaşaydi. Yirik şaharlari: Bogota, Medelin, Kali, Kartaxena.
Tarixi. Hoz. K. hududida qadimdan indeys qabilalari yaşab kelgan. K. hududiga 1499 y.da ispanlar kelgan. 1530-y.larda ular K.ni bosib olib, mustamlaka tartibini örnatdilar va mamlakatni Yangi Granada deb atadilar. 1718 y.dan Yangi Granada vitse-qirolligiga aylantirildi. 1739 y. Yangi Granada vitse-qirolligi K.dan taşqari hoz. Ekvador, Panama va Venesuela hududlarini qöşib oldi. Mahalliy aholi ispan bosqinçilariga qarşi bir neça bor qözğolon kötardi. Şulardan eng yirigi 1781 y.gi qözğolon böldi. Mustaqillik uçun kuraş 1810 y.dan yanada kuçaydi. 1816 y. may oyida ispan armiyasi qözğolonni şafqatsiz bostirdi. Birok, qözğolonçilar 1819 y. fev.da mustaqillikka erişgan Venesuela vatanparvarlari yerdamida ispan qöşinlarini tor-mor etdilar. 1819 y. dek.da Yangi Granada, Venesuela va Ekvador birlaşib, Buyuk Kolumbiya federativ respublikasi tuzilganligi S. Bolivar prezident) e'lon qilindi. 1830 y. Buyuk Kolumbiya federativ respublikasi parçalandi, Venesuela, Ekvador va Yangi Granada (Panama b-n birga) mustaqil davlatlari taşkil topdi. 40-y. larda mamlakatda Konservativ (yirik zamindorlar) va Liberal (burjua) siyosiy partiyalar vujudga keldi.
1851 y. Yangi Granadada qulçilik bekor qilindi. 1863 y.dan mamlakat K. Qöşma Ştatlari, 1886 y.dan K. Respublikasi deb ataldi. Partiyalar örtasidagi raqobat mamlakatda fuqarolar uruşiga («Ming kunlik uruş», 1899— 1902) sabab böldi. 1903 y. Panama K.dan ajralib, mustaqil davlatga aylandi. 1929— 33 y.gi jahon iqtisodiy turğunligi K. iktisodiyotiga ança putur yet-kazdi. 1934 y. K.da ba'zi ilğor islohotlar (bepul ta'lim va b.) ötkazildi. 1946 y.dan K.da terrorçi diktatura örnatildi. Barça demokratik kuçlar qattiq ta'qib qilindi. Xalqning demokratik ğalabalarini tugatiş siyosati ötkazila boşladi. 1948 y. da xalq qözğolon kötardi. Qözğolon bostirilgaç, konservatorlar hukumati liberallarga qarşi fuqarolik uruşi boşladi, natijada 200 ming kişi nobud böldi. Ma'murlar terroriga qarşi partizanlik harakati kuçaydi. Konservatorlar hokimiyatni saqlab qolişga intilib, 1953 y. davlat töntarişi uyuştirdi va harbiy diktatura örnatdi. 1957 y.da umumxalq kuraşi natijasida diktatura barham topdi.
Konservatorlar b-n liberallar «şerikçilik» asosida «Milliy jabha» blokini tuzdilar (1957—74). Ammo ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hal bölmay qolaverdi. Liberallar hukumati 1974—78 y.larda bir qator ilğor islohotlar ötkazdi. 1978 y. saylovda liberallar raxbari X.S.Turbay Ayyala ğalaba qozonib, prezident lavozimini egalladi. 1998 y. prezident saylovida konservatorlar vakili A.P.Arango prezident, liberallar vakili G.B.Lesmus esa vitse-prezident etib saylandi. K. — 1945 y.dan BMT a'zosi. Milliy bayrami — 20 iyul — Mustaqillik kuni (1810).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari. Liberal partiya, 1815 y.da asos solingan; Sotsial-konservativ partiya, 1848 y.da tuzilgan; K. kommunistik partiyasi, 1930 y.da asos solingan; Milliy najot harakati partiyasi, 1990 y.da Sotsial-konservativ partiyadan çiqqan siyosiy arboblar tomonidan tuzilgan; Milliy xalq ittifoqi, 1964 y.da asos solingan; Demokratik alyans partiyasi, 1990 y.da tuzilgan. Kasaba uyuşma birlaşmalari: Demokrat mehnatkaşlar umumiy konfederatsiyasi, 1971 y.da tuzilgan; K. demokrat mehnatkaşlar konfederatsiyasi, 1988 y.da tuzilgan; K. mehnatkaşlar konfederatsiyasi, 1934 y.da tuzilgan; Mehnatkaşlar unitar kasaba uyuşma markazi, 1986 y.da tuzilgan.
Xöjaligi. K. — agrar-industrial mamlakat. Jan. Amerikadagi iqtisodiy barqaror, uzluksiz rivojlanayotgan mamlakatlardan biri. Ötkazilayotgan iqtisodiy islohotlar dasturida importga erk beriş, samarasiz davlat korxonalarini xususiylaştiriş, xorijiy sarmoyani jalb etiş közda tutilgan. Mehnatga layoqatli aholining 33% q.x.da, 23% sanoatda, 20% xizmat sohasida maşğul. Yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşi 27%, q.x.ning uluşi 22%.
Sanoati. K.ning boy tabiiy resurslari asosida konçilik sanoati rivojlangan. Neft va temir rudasi qazib oliş yetakçi sanoat tarmoqlaridir. Tabiiy gaz, toşkömir, oltingugurt, nikel, oltin, platina, kumuş, zumrad ham qazib olinadi (jahondagi zumradning 90%). Oziq-ovqat sanoati, asosan, q.x. xom aşyosini dastlabki qayta işlaş, poyabzal, içimlik i.ç. sohalari, tikuvçilik, töqimaçilik, metallni qayta işlaş alohida örin oladi. Metallurgiya, neftni qayta işlaş, kimyo va neft kimyosi sanoati rivojlangan. Avtomobil, televizor va radiopriyomniklar yiğadigan, stanok, sement, qoğoz işlab çiqaradigan z-dlar bor. Hunarmandçilikning ham salmoği katta. Örmonlarda qimmatbaho nav yoğoç tayyorlanadi. Yiliga 25,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Hosil qilinadigan elektr energiyaning 75% gidroelektr styalariga, 25% kömir b-n işlovçi elektr st-yalariga töğri keladi.
Qişloq xöjaligi. Dehqonçilik — q.x.ning asosi. Kofe — mamlakat q.x.ning muhim mahsuloti. Kofe eksport qiliş sohasida dunyoda Braziliyadan keyin 2-örinda turadi. Mamlakat mehnatga layoqatli aholisining salkam 40% kofe yetiştiriş b-n bevosita yoki bavosita boğliq tarmoqlarda band. Eksport uçun kakao doni, paxta, banan, tamaki, mahalliy ehtiyoj uçun makkajöxori, kartoşka, şoli, buğdoy, arpa, maniok, soya, nöxot, şakarqamiş yetiştiriladi. Çorvaçiligida qoramol, köy, çöçqa boqiladi. Baliq ovlanadi. Q.x. mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan ehtiyojini töla qondirmaydi.
K.da asosiy transport turi — avtomobil. T.y. uzunligi — 3,4 ming km, avtomobil yöli öz. — 129 ming km. Asosiy dengiz portlari: Barrankilya Buenaventura, Tumako, Kartaxena, Santa-Marta. Bogotada Eldorado xalqaro aeroporti bor.
K. çetga kofedan taşqari neft va neft mahsulotlari, kimyoviy mollar, qora metallurgiya mahsulotlari, zumrad çiqaradi. Çetdan sanoat asbob-uskunalari, transport vositalari, xom aşyo, iste'mol va oziq-ovqat mahsulotlari keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: AQŞ, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, Lotin Amerikasi mamlakatlari. Pul birligi —K. pesosi.
Tibbiy xizmati. Bemorlarga, asosan, xususiy tarzda xizmat körsatiladi. Vraçlar 9 ta oliy öquv yurtining tibbiyot f-tida tayyorlanadi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. 7 yoşdan 12 yoşgaça bölgan bolalarning öqişi bepul va majburiy. Boşlanğiç maktabda öqiş muddati 5 y., örta maktabda 6 y. Davlat maktablari b-n bir qatorda xususiy maktablar ham mavjud. Mutaxassislar hunar-texnika bilim yurtlari va ped. öquv yurtlarida, oliy öquv yurtlarida tayyorlanadi. Mamlakatda 200 dan köproq oliy öquv yurti, şu jumladan, 25 davlat va 35 xususiy un-t bor. Eng yirik oliy öquv yurtlari: Bogotada K. Milliy unti (1867 y. da asos solingan), Valye unti (1945), Xaverian xususiy katolik unti va b. Ilmiy muassasalari: K. tarix akademiyasi
(1902), K. yuridik fanlar akademiyasi (1894), Tibbiyot fanlari akademiyasi (1890) — hammasi Bogotada; Kartaxena, Medelin, Tunxa va b. şaharlarda tarix akademiyalari, bir qança ilmiy jamiyatlar işlaydi. Bogotada Milliy kutubxona, Medelinda un-t kutubxonasi, Bogotada Milliy un-t kutubxonasi va b. bor. Muzeylari: Milliy, Mustamlaka davri san'ati, Milliy antropologiya, Milliy arxeologiya muzeylari, Oltin buyumlar muzeyi, S. Bolivar muzeyi — (hammasi Bogotada), Medelindagi tabiiy fanlar muzeyi va un-t muzeyi.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. K.da 30 ga yaqin kundalik gaz. naşr etiladi. Eng yiriklari: «Ekspektador» («Kuzatuvçi», 1887 y. dan), «Tyempo» («Vaqt», 1911 y.dan), «Pays» («Mamlakat», 1950 y.dan), «Nuevo siglo» («Yangi asr», 1932 y. dan), «Kolombiano» («Kolumbiyalik», 1912 y.dan). Ankol hukumat axborot agentligi işlaydi. Kolprensa milliy axborot agentligiga 1980 y.da asos so-lingan. Radioeşittiriş 1929 y. dan, telekursatuv (töla davlat tasarrufida) 1954 y.dan işlaydi. Mamlakatda hammasi bölib 200 ga yaqin radiost-ya, 50 telestudiya bor.
Adabiyoti ispan tilida. Dastlabki yilnoma va hikoyalar 1519 y.da paydo bölgan. Adabiyot, ayniqsa, 19-a. boşlarida gurkirab rivojlandi. Milliy ozodlik va mustaqillik uçun kuraş yillari (1810—26)da vatanparvarlik ruhidagi klassitsizm adabiyoti ravnaq topdi (K. Torres, L. Vargas Texad, X.M.Salasar va b. ijodi). X. X. Ortiye, X.E.Karo, X.Arboled, R.Pombo, F.Peres, X.M.Samper va b. yozuvçilar indeys qabilalarining ötmiş hayotini madh etuvçi asarlar yozdilar. 19-a. oxiri va 20-a. boşlarida «Yelkan ramzi», «Arboledlar jamiyati» va b. tögaraqlarda uyuşgan X.A.Silva, M.A.Osodio va b. şoirlar ijodida modernistik mayllar qaror topdi. 1-jahon uruşidan söng K. adabiyotida «avangardizm» paydo böldi. «Konrod epopeyasi» dostonining muallifi — A.M.Mutis, L.K.Lopes va b. ijtimoiy şe'riyat an'analarini rivojlantirdilar. Nasrda ijtimoiy tanqidçilik kuçaydi. A.Lopes de Mesa, X.Restrepo Karamilo, D. Arango Vems va b. ijodida kişilarning tabiat b-n töqnaşuvini tasvirlaş asosiy mavzu böldi. X.A.Osorio Lisarasoning şaxtyorlar hayoti hamda mehnatini tasvirlovçi «Yer ostidagi odam» va taraqqiyparvar arbob Gaytan ölimi töğrisidagi «Nafrat kuni» romanlari K. nasrining yutuği
hisoblanadi. 50-y.larda köproq partizanlar qarakatiga bağişlangan asarlar turkumi («zöravonlik haqida romanlar») paydo böldi. G.G.Markesning «Yolğizlikning yuz yili» romani K. nasri rivojida muqim rol öynaydi. X.Pardo Gersia, K.Kastro Saavedra va b. öz asarlari b-n K. şe'riyatiga salmoqli hissa qöşdilar.
Me'morligi. Hoz. K. hududida toşdan qurilgan ibodatxona va istehkomlarning vayronalari topilgan. K. ispanlar tomonidan bosib olingaç, 15-a. oxiri va 16-a.da indeys manzilgohlari örnida Kartaxena, Bogota, Tunxa kabi şaharlar barpo etildi, ularning markazida töğri burçaqli kuça va maydonlar qurildi, şaqlan körimli va sipo binolar tiklandi. 16-a. örtasidan 17-a. örtalarigaça italyan uyğoniş davri me'morligi «mudexar» uslubi unsurlari b-n birga qöşildi. 16—18-a.larda ğiştin uyli, töğri köçali şaharlar, monastir çerkovlari barokko va yangi mudexar uslubida qurildi. 20-a. boşlarida sanoat rivoji natijasida şaharlar köpaydi. 1930-y.lardan AKŞ va Braziliya me'morlik maktablari ta'sirida zamonaviy binolar köplab qurila boşladi. 1940— 70 y.larda yangi kvartallar, sanoat majmualari, bank, firma binolari, stadion, bozorlar köpgina şaharlarning körkiga körk qöşdi (Kartaxenadagi stadion, Bogotadagi Moderno gimnaziyasining kapellasi va b.). Pekin mamlakatdagi turar joylarning köpçiligini loy va qamişdan işlangan kulbalar taşkil etadi. Zamonaviy inşootlar orasida Bogotadagi «Tekendama» mehmonxonasi, «Filips Kolobiana» firmasining binosi ajralib turadi.
Tasviriy san'ati. K. hududida qadimdan indeyslar madaniyati (kulollik buyumlari, oltin, kumuş haykallar, tilla taqinçoqlar tayyorlaş) rivojlangan. Mil. av. 1-ming yillik va mil. 1-ming yillik boşlarida San-Agustin madaniyati (Jan. K. örmonlaridagi toş qaykalçalar, börtma tasvirlar), bu madaniyatga yaqin Tyerradentro, Narino, Kalima madaniyatlari ham mavjud bölgan. 16-a.gaça markaziy va şim. viloyatlarda çibça indeyslari madaniyati ravnaq topgan (oltin, mis, kumuş zeb-ziynat buyumlari, haykalçalar, idişlar, töqimaçilik, öymakorlik namunalari). 16—17-a.larda mahalliy rassomlik maktabi vujudga keldi, diniy va hayotiy mavzularda asarlar yaratildi (portretlar, devoriy rasmlar). 19—20-a. boşlarida P.X.Fi-
geroa, X.M.Espinosa kabi rassomlar xalqning mustaqillik uçun kuraşi mavzularida asarlar yaratdilar. Keyingi yillarda ijtimoiy muammolarga qiziqiş kuçaydi. P.N.Gomes Agudelo, I.Gomes Xaramilo, M.Dias-Vargas, E.Martines, X.Rodriges Asevedo, L.A.Akunya kabi rassomlar, X.O.Betankur, R.Roso va b. haykaltaroşlar maşhur. 1930 y.da asos solingan K. Badiiy akademiyasi keyinçalik Bogota nafis san'at maktabiga aylantirildi.
Musiqasi. Ispan istiloçilarining xotiralaridan ma'lum bölişiça, hoz. Kolumbiya hududida yaşagan indeyslarda harbiy musiqa yaxşi rivojlangan, ular ğalabani musiqa va qöşiqlar b-n nişonlagan. Motam marosimlarida marhumning botirligini ta'riflovçi qöşiqlar aytilgan. Hosil yiğimi, qabila boşliği uçun saroy qurilişi ommaviy raqs va qöşiq b-n yakunlangan. Bosqinçilar kelgaç, indeys musiqasiga yevropaça unsurlar ta'sir eta boşladi.
K. musiqasida kreol, indeys, negr ohanglari qorişib ketgan. 17-a. boşlarida professional musiqa vujudga keldi va 18-a. oxiridan dunyoviy musiqa rivojlana boşladi. 1784 y. Bogotada birinçi puflama sozlar orkestri tuzildi. 19-a. ning 40-y.larida K. musiqa san'atining rivojlanişida Italiya opera truppalari va K.da yaşovçi Yevropa kompozitorlarining roli katta böldi. 19-a. boşlarida K.da yaşagan ingliz E. Prays K. Filarmonik konsert jamiyatini, uning öğli J.Prays Milliy musiqa akademiyasini taşkil etdi (1882; 1910 y.dan Milliy konservatoriya). A.Velasko, E.Salas, O.Sindiçi (milliy madhiya muallifi), «Ester» va «Florinda» operalarining muallifi X. M. Ponse de Leon 19-a.ning maşhur kompozitorlari hisoblanadi. Milliy simfonik orkestrning asosçisi — dirijyor G. Espinosa, kompozitorlar G. Uribe Olgin, A. Mariya Valensiya, qöşiqçi L. Masia, musiqaşunos X. I. Pendromo Eskobar, X. B. Silva va b. 20-a.da K. musiqa madaniyatini rivojlantirgan ijodkorlardir. Bogotada opera teatri, milliy konservatoriya, folklorni örganuvçi i.t. markazi, «Folklor baleti» bor. K. milliy radiosi mumtoz va milliy musiqani tarğib qiliş sohasida katta iş olib borayotir.
Teatri. 18-a. oxirlarida Bogotada ilk bor teatr tomoşalari körsatilgan. X.M.Salasar, L.Vargastexada, S.Peres, A.L.Gomes, A.Alvares Lyeras, L.E.Osorno va b. 19-a.da hamda 20-a. 1-yarmida közga köringan K. dramaturglari hisoblanadi. 50-y.lar örtalarida K. teatrining faoliyati yaxşilandi, truppalar paydo böldi, festivallar ötkazildi. Milliy drama san'ati maktablari taşkil qilindi. Zamonaviy teatr madaniyatining rivojlanişida Kalidagi Tajriba teatri, madaniyat uyi va «La mama» truppalari, şuningdek, Bogotadagi Xalq teatri muhim rol öynaydi. Un-t teatrlari ham keng yölga qöyilgan (ular 1966 y.dan festival ötkazib turadi). Zamonaviy maşhur dramaturglardan O.Dias, X.Salamea, K.X.Reyes va teatr arboblaridan E. Buenaventur, S. Garsia hoz. K. teatri san'atini rivojlantirişga salmoqli hissa qöşgan.
Kinosi. K.da dastlabki hujjatli filmlar («San-Kristobal manzarasi», «Bogotada harbiy parad») 1907 y. da suratga olindi. 1910-y.larda voqeiy filmlar yaratişga kirişildi. 1914 y.da rej. F.Markoning «Işonç tantanasi» töla metrajli yarim hujjatli filmi çiqarildi. «Aura yoki gunafşalar» (1923), «Antokiya osmoni ostida» (1924), «Kondorlar uyasi» (1925) köngiloçar va xajviy kinolentalari b-n badiiy filmlar yaratişga asos solindi. 1937 y.da aka-uka Aseveolar birinçi ovozli hujjatdi filmni yaratdilar. 1939 y.dagi «Vodiy gullari» filmi dastlabki ovozli badiiy film böldi. 50-y.lar oxiri va 60-y.larda milliy kino san'ati yuksala boşladi. Ilgor ijtimoiy yönalişdagi filmlar («Toş ildizlar», «Kolumbiyaning uç tarixi», «Aççiq yer», «Donaso» va b.) yaratildi. Hujjatli kino rej.laridan K.Alvares, X.Alvares, M.Bergas, G.Samper, X.Morante faoliyati milliy kinoning şakllanib, kamol topişiga katta ta'sir ötkazdi («Kunlardan bir kun», «Demokratiya nima» va b. filmlar). Keyingi yillarda «Qaçongaça» (rej. B.Ventura), «Firibgarlik» (rej. L.Sançes), «Toza qon» (rej. L.Ospina), «Diyorimiz ovo-zi: ötmiş va kelajak» (rej. M. Rodriges, X.Silva) va b. filmlar muvaffaqiyat qozondi. 1960 y.dan Kartaxenada Xalqaro kinofestivallar ötkazib turiladi. 1971 y. Bogotada kinematografiya inti taşkil qilingan. Unda rej.lar, ssenariyçilar, operatorlar tayyorlanadi. K.da 650 kinoteatr bor.