GERODOT (yun. Herodotos) (mil. av. 490 va 480 y. orasi, Kiçik Osiyoning jan.-ğarbidagi Galikarnas —mil. av. taxm. 425, Afina yoxud Furiya, Jan. Italiya) —«tarix otasi» deb nom olgan yunon tarixçisi. Yoşligida mustabid hokimiyat (tiraniya)ga qarşi faol kuraşgan va Galikarnasda şunday hokimiyat örnatilgaç, vatanini tark etişga majbur bölgan. Bir neça vaqt Samos o.da yaşagan. Mil. av. taxm. 455—447 y.larda butun Kiçik Osiyo, Misr, Bobil, Finikiya, Kirena, Yunonistonning Bolqondagi şaharlari. Qora dengiz sohillari böylab (Olviya ş.gaça) sayohat qilib, skiflar haqida ma'lumot töplagan. Uzoq muddat Afinada yaşagan; G.ning Afina demokratiyasining yölboşçisi Periklta yaqinligi uning siyosiy qaraşlariga kuçli ta'sir qilgan. G. taxm. 443 y. Afinadan Furiyaga köçib ötgan. G.ning asari şartli ravişda «Tarix» deb nom olgan bölib, yunonlar tarixining eng muhim siyosiy voqeasi —yunon-fors uruşlari (mil. av. 500—449 y.lar) ga bağişlangan. Keyinçalik aleksandriyalik olimlar G. asarini muzalar soniga karab 9 kitobga ajratganlar, har bir kitob muzalardan birining nomi b-n atalgan. G. «Tarix»ining asosiy ğoyasini yunon dunyosining şarqdunyosi b-n kuraşi taşkil qiladi. G. Lidiya, Midiya. Axomaniylar davlati tarixi, tabiiy şaroiti va murakkab hayoti, aholisining ötmişi, dini, öziga xos urf-odatlari hamda madaniy yodgorliklarini ustalik b-n bayon etib, tarixiy voqealarni keng taxlil qilgan. Asarning 5-kitobida G. özining asosiy maqsadi —yunon-fors uruşlari tarixini bayon qilişga kirişgan. Antik adabiyotda birinçi bölib skiflarning hayoti va turmuş tarzlari G. asarida tadrijiy suratda bayon etilgan. Xususan G. Örta Osiyoda yaşagan massagetlar haqida batafsil ma'lumotlar keltirib, massagetlar malikasi Tömarisning axomaniylar podşosi Kir II b-n bölgan jangini yuksak mahorat b-n bayon qilgan. As: Rus. per. — Istoriya v devyati knigax, L., 1972. Faxriddin Hasanov.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 246-b. — ziyouz.com