Örganiliş tarixi. Ö.O.ning tabiati, xöjaligi, şaharlari, xalqlariga oid dastlabki geografik ma'lumotlar Gerodot (mil.av. 5-asr), KvIn-t Kursiy Ruf, Strabon (mil.av. 2-asr) kabi Yunoniston, şuningdek, Xitoy olimlarining asarlarida uçraydi. Bu ma'lumotlar birmunça çeklangan, ba'zan çala va xatoliklari bölsa ham, keyingi, ya'ni örta asrlardagi geografik bilimlarga zamin bölib xizmat qildi. Ö.O. haqidagi geografik bilimlar 9—12-asrlarda keng rivojlandi. Bunda Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farğoniy, Ahmad asSaraxsiy (9-asr), Jayhoniy, Abu Zayd Balxiy (10-asr), Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Mahmud Koşğariy (11-asr), AlXarakiy, Abulqosim Zamaxşariy, Sa'moniy va boşqalar mahalliy olimlarning xizmatlari katta böldi. «Hudud ulolam» (10-asr) maşhur asari ham şu davrda yozildi. Ö.O. tabiiy geografiyasiga oid ma'lumotlar 9—12-asrlarda yaşagan sayyoh olimlar Ibn Xurdodbeh, Ibn alFaqih, Ibn Rusta, alMuqaddasiy, alMas'udiy, Ibn Fadlon, Istaxriy, Ibn Havqal kabilarning asarlarida ham uçraydi. Ö.O. ga oid geografik bilimlar 13—17-asrlarda ham, ölkadagi ijtimoiy-siyosiy holatlarga boğliq holda, goh sust, goh jadal sur'atlar bilan rivojlanib bordi. Bunda mahalliy tabiatşunos olimlar, sayyoxdarning asarlari, sayohatnomalari ahamiyatli böldi. Muhammad Avfiy (13-asr), Faxriddin Banokatiy (14-asr), Hofizi Abru (14— 15-asr lar), Mirzo Uluğbek, Ğiyosiddin Naqqoş, Abdurazzoq Samarqandiy (15- asr), Zahiriddin Muhammad Bobur (16- asr), Muhammad Haydar Mirzo (16-asr), Mahmud ibn Vali (17-asr) asarlari şular jumlasidandir. Bu davrlarga oid manbalar içida çet ellik sayyohlar Plano Karpini (13-asr), Marko Polo (13 — 14 a.lar), Ibn Battuta (14-asr), alUmariy (14-asr), Klavixo (15-asr) larning sayohatnomalari ham bor. Uşbu asarlarning ayrimlari tarixiymemuar yönalişida bölsa ham, geografik ğoya va umumlaşmalarga boy, xaritagrafik ma'lumotlari esa kölamli va mazmunli bölgan.
Ö.O. tabiatini örganiş tarixidagi muhim bosqiçlardan biri 18—19-asrlarga töğri keladi. Bu davrda rus sayyohlari, diplomatlari va tabiatşunos olimlari tomonidan Ö.O.ga bölgan qiziqiş jadallaşdi. Köplab ekspeditsiyalar uyuştirildi (mas, Saymonov, G.I. Karelin, A.I. Butakov ekspeditsiyalari). Filipp Yefremov, Burnaşev, Filipp Nazarov sayohatlari natijasida ham ölka haqida birmunça geografik ma'lumotlar töplandi.^ 19-asrning 50-y.laridan boşlab esa Ö.O. geografik jihatdan jadal sur'atda örganila boşladi. P.P. SemyonovTyanşanskiy, N.A. Seversov, A.P. Fedçenko, N.A. Zarudniy, I.V.Muşketov, V.N.Oşanin, V.A.Obruçev kabi tabiatşunos olimlar tomonidan ölka tabiati haqida köp ma'lumotlar yiğildi, tabiiy geografiyaga oid muhim qonuniyatlar aniqlandi. 20-asrning 1-yarmida Ö.O. tabiatini, tabiiy resurslarini tadqiq qiliş sur'ati yanada ortdi, örganiş kölami kengaydi. Ölkaning tabiati bir butun holida ham, alohida komponentlari böyiça ham çuqur örganila boşladi. Bu borada N.L.Korjenevskiy, D.V.Nalivkin, S.S.Şuls, R.I.Abolin, Yu.A. Skvorsov, Ye.P.Korovin, D.N.Kaşkarov, V.M.Çetirkin, I.A.Raykova, Q.Z.Zokirov va boşqalar bir qança ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bölgan asarlar yaratdilar.
20-asrning 2-yarmida ham ölka tabiatini kompleks örganiş böyiça işlarning borişi samarali böldi. Köplab monografik asarlar yaratildi. Ularda Ö.O. tabiatini çuqur tahlil qiliş bilan bir vaqtda landşaftlarni xaritaga tuşiriş, tabiiy geografik rayonlaştiriş, tabiiy geografik komplekslarni baholaş taraqqiyotini başoratlaş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va tabiatni muhofaza qiliş masalalariga ham katta e'tibor berilgan. Bunda geograf olimlar L.N.Babuşkin, N.A.Kogay, N.D.Dolimov, M.Qoriyev, H.H.Hasanov, Z.M.Akromov, A.A.Rafiqov va boşqalarning hissalari bor.
Tabiati. U.O. hududining4/5 qismi tekisliklardan iborat, qolgan qismini toğliklar taşkil qiladi. Tekisliklarning Qozoğiston past toğlaridan ğarb va jan.ğarbdagi qismi Turon tekisligi deb ataladi. U tektonik jihatdan mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari bilan tölgan katta botiqqa töğri keladi. Uning ostki qismi tektonik harakatlar natijasida kuçli özgargan paleozoy jinslari qatlamlaridan tuzilgan qattiq fundamentdan iborat. Bu fundament yer yuzasidan turli çuqurliklarda yotadi, ayrim joylari past körinişida yer yuzasiga çiqib qolgan.
Ö.O. tekisliklari şarq va jan. tomonlarida Tarbağatoy, Tyanşan, HisorOlay, Pomir, Hindukuş, Safedköh, Nişopur toğlari bilan öralgan. Ularning köpçiligi baland toğlar bölib, 6 ming m dan baland bölgan 136 ta çöqqisi bor. Ayrim çöqqilarning bal. esa 7—7,5 ming m ga yetadi.
Ö.O. toğlarining xususiyati şundan iboratki, tizmalar va ularni ajratib turgan daryo vodiylari va botiqlar köpinça kengliklar böylab çözilgan. Ular bilan birgalikda köndalang toğ tizmalaridan iborat orografik tugunlar (yoki markadlar) mavjud. Bunday toğ tugunlari Tyanşan, Pomir va Hisor— Olay toğlarida 16 ta bölib, ular muzlik markazlaridir.
Ö.O. ning umumiy iklim belgilari — oftobli kunlarning köp bölişi, kontinentallik va yoğinning kamligidir. Hududning katta qismini egallagan çöl va çala çöllarda bu belgilar, ayniqsa, sezilarli. Bu yerga yoğinlarni Atlantika okeanidan keladigan havo massalari olib keladi. Tropik kengliklardan taşqarida ğarbdan şarqqa yönalgan nam havo oqimlari Ö.O. hududiga ma'lum darajada quruq va yozda qizigan holda kirib keladi. Şu sababli Ö.O. iqlimi qurğoqçil. Bu yerda yillik t-ra amplitudasi qöşni ölkalardagiga nisbatan kattaroq, ya'ni iqlimning kontinentalligi yuqoriroq darajada böladi va şu ma'noda Şarqiy Sibirdan keyinda turadi. Örtaça yillik havo t-rasi Ö.O. tekisliklarida 0° dan yuqori: çekka şim. da 1—2°, jan.da 18° gaça. Toğlik qismida dengiz sathidan 2200—2500 m balandlikda —5°, —8° gaça pasayişi mumkin. Mutlaq past t-ra toğlar va baland toğlarda —16° dan (jan.da) —50°gaça (şim.da).
Ö.O.ning tekislik qismida iyulning örtaça havo trasi, şim. da 20—22°, jan. da 30—31° böladi. Eng yuqori tra tekislik va toğ etaklarida 42°, 50° atrofida, toğlarda esa, 3000 m dan balandlikda 22—24°. Yillik yoğin miqdori ham bir tekis taqsimlanmagan. Qizilqum va Qoraqumda 100—150 mm, toğlarda 800— 900 mm va undan ortiq. Eng kam yoğin Şarqiy Pomirda kuzatiladi (26 mm).
Ö.O. ölkasida iqlim xususiyatlari tafovutiga köra ikkita kiçik iqlim ölkasi — subtropik iklim xususiyatlariga ega bölgan Turon kiçik ölkasi va mö'tadil iqlim xususiyatlariga ega bölgan Qozoğiston kiçik ölkasidir. Bular orasidagi çegara Qoraböğozgöl qöltiği şimoli, Ustyurtning jan. çinki, Qoraqum va Qizilqumning şim. çegarasi Qoratoğ tizmasi, Talas Olatovi va Farğona tizmasidan ötadi.
Ö.O. okeanlardan uzoq bölgani va toğlar bilan öralgani uçun berk ölka hisoblanadi. Orol dengizi, Balxaş köli, Issiqköl va boşqalar mayda berk havzalar bor. Yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryo. Ö.O.da daryolarning ziçligi 1 km2 ga 0,002 km. Toğlik qismida esa tekisliklarga qaraganda daryo köp (12 ming). Ular yomğir, qor, muzlik, yer osti suvlaridan töyinadi. Suvi, asosan, suğorişga sarf böladi.
Ö.O. da turlituman tuproqlar tarqalgan. Ular tekisliklarda kengliklar böylab zonalar hosil qilib, şim. dan jan.ga tomon (töq kaştan, oç kaştan, qönğir va sur qönğir, qumli çöl tuproqlari) almaşinib boradi. Taqirlar va taqirsimon tuproqlar, şörxok va şörtoblar uçraydi. Toğlarda esa tuproqlar balandlik mintaqalarini hosil qilgan. Mö'tadil mintaqaning çöl zonasiga tutaş Junğariya Olatovi va Şim. Tyanşan tizmalarida quyidagi balandlik mintaqalar uçraydi: 1) çöldaştdan iborat toğ etaklarining şim. böz tuproqlari; 2) quruq va daşt hamda past toğlardagi kaştan tuproqlar; 3) ötloqidaşt va örtaça balandliklardagi toğörmon töq tusli tuproqlar; 4) qoraqarağayoqqarağay örmonlaridagi qora tuproqsimon toğ ötloqi va toğötloqi tuproqlar; 5) subalp va alp ötloqlardagi torfli toğ ötloqi va çala torfli tuproqlar; 6) muzliklar va qorliklar.
Ğarbiy Tyanşan, HisorOlay va Kopetdoğ tizmalarida balandlik mintaqalari boşqaçaroq. Pastdan yuqoriga: 1) toğ oldi quruq daşt çala savannalari böz tuproqlari; 2) har xil ötlar va butalar, daşt çala savannalari karbonatli jigarrang tuproqlar; 3) örtaça balandlikdagi toğ quruq ötli örmon va buta ösimliklari jigarrang tuproqlari; 4) subalp daştlari toğötloqi daştlar; 5) alp daştlari toğötloqi daşt va çala torfli toğötloqlari; 6) muzliklar va qorlar.
Içki Tyanşan va Pomirdagi balandlik mintaqalari: 1) şuvoqboşoqli ötlardan iborat daşt oç rangli ötloqi çala çöl tuproqlar; 2) çalovli daştlardagi quruq daşt, çöldaşt va çöl tuproqlari; 3) balandtoğ quruq tundralari; 4) muzliklar va qorliklar. Pomir uçun balandtoğ şuvoq va teresken ösimliklari mintaqasi xos.
Ö.O. da Markaziy Osiyoning Palearktika ölkasi hayvonlari yaşaydi. Sut emizuvçilardan qumsiçqon va qöşoyoqlarning har xil turlari, sariq yumronqoziq, ingiçka barmoqli yumronqoziq, antilopa — jayran, qulon, olaközan, qoraquloq, çöl muşugi va sabança, gepard va boşqalar uçraydi. Quşlardan xöjasavdogar, göngqarğa, çumçuqlar, moyqut, çil, tuvaloq kabilar; sudralib yuruvçilardan qurbaqaboş kaltakesak, çöl agamasi, eçkemar, yöliöl kaltakesak, gekkon va boşqalar, ilonlardan öqilon, çöl böğma iloni, çarx ilon, kölbor ilon, kapça ilon, qalqonboş ilon va boşqalar uçraydi. Toşbaqalar keng tarqalgan. Haşarotlardan har xil qönğizlar, asalarilar, arilar, çumolilar, kapalaklar; örgimçaksimonlardan biy, qoraqurt, çayonlar uçraydi. Töqaylarda qirğovul, kobon, töqay buğusi, çiyaböri, yerkalamuş, köl baqasi, kök qurbaqa va boşqalar bor. Suv havzalarida kurakburun, möylovbaliq, çörtan, sazan, tangabaliq, laqqa, leşç, şip, osman, marinka va boşqalar baliq turlari uçraydi. Toğlik hududlarda toğ takasi, toğ qöyi (arxar), qizil suğur, uzun dumli menzbir suğuri, qizil pişçuxa, ilvirs, toğ ğozi (ular), kaklik, arça boltatumşuği, zarğaddoq va boşqalar uçraydi.
Ad.Qoriyev M., Örta Osiyo tabiiy geografiyasi, 1968; Baratov P., Mamatqulov M ., Rafiqov A., Örta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002; Korjenevskiy N.L., Priroda Sredney Azii, T., 1960; Hasanov I.A., Ğulomov P . N ., Örta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002.
Şuhrat Zokirov, Potihkamol Ğulomov.