Tabiati. M. hududi aksari qismining bal. 1000—2000 m. Yirik toğ tizmalari: Mongoliya Oltoyi (bal. 4362 m gaça), Gobi Oltoyi, Xangay va Xentey. Toğ tepalari, asosan, yasen. Jan. va jan.- şarqida Gobi çölining bir kismi bor. Bu yerda vulkan tepalari qad kötargan. Şim. va şim.-ğarbida bir neça soylik va vodiylar bor. M.ning şarqiy qismi şim.-şarq, jan. va jan.-şarq tomon pasayib boruvçi tekislikdir. Katta Köllar soyligi va Gobi çölida 30 ming km2 yer kum b-n qoplangan. M. hududidagi Markaziy Osiyo burmali mintaqasining şim. qismi kaledon, jan. qismi gersin burmalariga ajralgan.
Iqlimi quruq, keskin kontinental. Qişi sovuq, kam qorli, serquyoş. Yanv. ning örtaça t-rasi —10°, —35° (eng past t-ra —50°), yozi iliq, qisqa, iyulning örtaça t-rasi 18—26° (eng yuqori t-ra 40°). Yillik yoğin 100—300 mm, toğaarda 500 mm gaça. Mongoliya Oltoyida muzliklar bor. Yirik daryolari: Selenga, Kerulen, Onon, Dzab-xan va Kobdo. Daryolari qor va muzliklardan suv oladi, bahor va yezda tölib oqadi. Yirik köllari: Ubsu-Nur, Xirgis-Nur, Xubsugul va Xara-Us-Nur. M. hududining aksari qismi (60%) da kaştan, şuningdek, qönğir, toğlarda qora, vodiylarda ötloqi tuproqlar tarqalgan. Ösimliklarning 2 mingdan ziyod turi ösadi. Mamlakatning şim. va şim.-şarqi daşt, jan. va jan.-şarqi çala çöl va çöldan iborat. Çala çölda saksovulzorlar uçraydi. M. hududining 10% örmon. Toğ yon bağirlarida tiloğoç, kedr, qarağay va qayinzorlar bor. Hayvonot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvçilarning 100 dan ortiq turi uçraydi. Qumsiçqon, qöşoyoq, tolay quyoni, ondatra, sobol, tiyin, jayran, maral, böri, tulki va h.k. bor. Ba'zi hayvonlar (yovvoyi tuya, yovvoyi ot, gobi ayiği) M.dan boşqa yerda uçramaydi. Ulan-Bator yaqinida Bogdo-Öla qöriqxonasi taşkil etilgan.
Aholisining 90% dan ortiği mongollar. Mamlakat şim.da buryatlar, şim.-ğarbda qozoqlar, tuvalar yaşaydi. Rasmiy tili — mongol tili. Dindorlar budda dinining lamaizm yönalişiga e'tiqod qiladi. Şahar aholisi 60%. Yirik şaharlari: Ulan-Bator, Darxan, Erdenet.
Tarixi. M. hududida odamlar quyi paleolit oxiridan yaşab keladi. Ilk paleolit davrida matriarxal-uruğçilik, jez davrida patriarxal-uruğçilik tuzumlari şakllandi. Mil. av. 4— 3-a. lardan xususiy mulkçilik vujudga keldi, temir buyumlar yasala boşladi, qabilalar ittifoqi yuzaga keldi. Mil. 4—10-a.larda Jujan, Turk, Uy-ğur, Qirğiz xoqonliklari vujudga keldi. 10—12-a.larda M. hududi Kidonlar saltanati tarkibiga kirdi. 13-a. boşida köpgina möğul qabilalari birlaşib, Temuçin hukmronligidagi möğul davlatini taşkil etdi. 1206 y. möğul noyonlarining qurultoyida Temuçin buyuk xon — Çingizxon deb e'lon qilindi. 1211 y. dan Çingizxon va vorislarining bosqinçilik uruşlari boşlandi. 13-a. örtalarida Şim. Xitoy, Tangut davlati, Örta Osiyo, Zakavkazye, Eron, Rossiyaning bir kismi Çingizxon qöl ostiga ötdi. Natijada yirik Möğullar davlati taşkil topdi. Biroq yagona iqtisodiy bazasi bölmagan saltanat bosqinçilik uruşlari natijasida vujudga kelgan içki ziddiyatlar oqibatida parçalanib ketdi. 1368 y. Xitoy, 1380 y.da Rossiya, 14-a. ning 2-yarmida Eron, Zakavkazye va Örta Osiyo möğullar zulmidan ozod böldi. 14-a.ning oxirgi çoragida Möğullar davlati batamom barham topdi. 15-a. da Esonxon (1440— 55 y.larda xonlik qilgan) va Dayanxon (1479—1543 y.larda xonlik qilgan) kabi hukmdorlar birlaşgan Möğul davlatini tiklaşga harakat qildilar. Dayanxonning ölimidan keyin mamlakat Jan. Möğuliston va Şim. Möğulistonga bölinib ketdi. Şim. Möğuliston ham öz navbatida Ğarbiy va Şarqiy qismlarga ajraldi. 16-a.da M. ning uçala qismida jami 200 xonlik bölgan. 16-a. oxiriga kelib M.da budda dinining lamaizm yönalişi yoyildi va 17-a. boşida davlat diniga aylandi. 1616 y.da Şim.-Şarqiy Xitoy hududida vujudga kelgan Manjurlar davlati 1634 y. Jan. Möğulistonni bosib oldi va uni Içki Mongoliya deb atadi. 1688 y.da Şarqiy Möğuliston manjurlar asos solgan Sin sulolasi (1644— 1911) hokimiyatini tan oldi. Şundan keyin Şarqiy Möğuliston (hozirgi M. xududi) Taşqi Mongoliya deb atala boşladi.
M.da yagona mustaqil davlat — Oyrot xonligi ham 1758 y.da manjurlar tomonidan tugatildi va uning yarim milliondan ortiq aholisi qirib taşlandi. Öz hukmronligini abadiylaştiriş maqsadida Sin sulolasi M.ni taşqi dunyodan ajratiş çoralarini kördi. 20-a. boşlarida M. Osiyoningeng qoloq mamlakatlaridan biri edi. M.da 19- a. oxirida boşlangan milliy ozodlik harakati 20-a. boşlarida yanada kuçaydi. 1911 y. aratlarning yirik qözğoloni bölib ötdi. 1911 y. noyab.da Urga (hoz. Ulan-Bator)da Sin sulolasi hokimiyati ağdarilib, mustaqil M. davlati tuzilganligi e'lon qilindi. Mamlakatdagi lama ibodatxonasining oliy ruhoniysi — Böğdixon tuzgan hukumat M. suverenitetining davlatlar tomonidan tan olinişi uçun 3 y. dan ortiqroq harakat qildi. 1915 y.da Rossiyaning Kyaxta ş.da çor Rossiyasi, Xitoy va M. vakillarining uç tomonlama konferensiyasi böldi, uning qarorlariga muvofiq, M.ning maqomi Xitoy suvereniteti ostidagi va Rossiya homiyligidagi keng muxtoriyat b-n çeklandi. 1919 y.da Xitoy M.ga qöşin kiritdi va uning hukmron yuqori tabaqasini muxtoriyat maqomidan voz keçişga majbur qildi. Ammo mongol xalqi mustaqillik uçun kuraşni davom ettirdi.
1921 y. iyulda Urga ş.da M. mustaqilligi e'lon qilindi. 1924 y. 26 noyab.da mamlakat parlamenti — Buyuk xalq kurali Mongoliya Xalq Respublikasi (MXR) tuzilganligini ma'lum qildi va birinçi konstitutsiyani qabul etdi. 1992 y.gaça mamlakat şu nom b-n yuritildi. Şu yili qabul qilingan konstitutsiya kuçga kirgaç, M. deb atala boşladi. 1990 y.larning boşlaridan M. taraqqiyotning yangi bosqiçiga ötdi — markazlaşgan rejali iqtisodiyot örniga bozor iqtisodiyoti joriy etila boşladi, bir partiyali siyosiy tizimdan köp parti-yali tizimga, totalitar davlatdan huquqiy davlatga aylana boşladi.
M. — 1961 y. dan BMT a'zosi. ÖzRb-n diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 25 yanv.da örnatdi. Milliy bayrami — 11 iyul — Xalq Inqilobi kuni (1921).
Siyosiy partiya va taşkilotlari, kasaba uyuşmalari M. xalq-inqilobiy partiyasi, 1921 y.da tuzilgan, 1999 y. martda M. xalq partiyasi uning tarkibiga kirgan; M. milliy demokratik partiyasi, 1992 i. okt.da taşkil etilgan; M. birlaşgan konservativ partiyasi, 1993 y.da asos solingan; M. demokratik uyğoniş partiyasi, 1994 y.da tuzilgan; M. «kökatparvarlar» partiyasi, 1990 y.da asos solingan; M. işçi partiyasi, 1992 y.da tuzilgan; M. res-publikaçilar partiyasi, 1992 y.da taşkil etilgan; M. sotsialdemokratik partiyasi, 1990 y.da tuzilgan; M. demokratik ittifoqi, partiyalar bloki, 1990 y.da asos solingan; «Vatan», koalitsiya, 1999 y.da tuzilgan, Yangi demokratik sotsialistik partiya b-n M. işçi partiyasini birlaştiradi; Tört ittifoq federatsiyasi, 1993 y.da taşkil etilgan (M. demokratik ittifoqi, Yangi taraqqiyparvar ittifoq, M. yoşlari ittifoqi va M. talabalari ittifoqidan iborat). M. erkin kasaba uyuşmalari ittifoqi, 1990 y. tuzilgan; M. kasaba uyuşmalari federatsiyasi, 1927 y. taşkil etilgan.
Xöjaligi. M. — agrar-industrial mamlakat. Yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşi 34%, q.x.ning uluşi 16%.
Qişloq xöjaligi. 20-a.ning 20-y. lariga qadar iqtisodiyotning birdan bir tarmoği mavjud bölib, u ham bölsa köçmançi yaylov çorvaçiligi edi. Asta-sekin q.x.ning boşqa tarmoqlari, jumladan, dehqonçilik vujudga keltirildi. Buğdoy, kartoşka, sabzavot, yem-xaşak yetiştirila boşladi. Çorvaçilikda qöyçilik yetakçi örinda; qoramol, eçki, tuya, yilqi, mamlakatning ayrim joylarida qötos, bugu, şahar atrofida çöçqa va parranda boqiladi. Aholi jon boşiga töğri keladigan çorva mol jihatidan M. du-nyoda oldingi örinlardan birini egallaydi. 1991—92 y.larda sobiq 255 q.x. birlaşmasi (q.x. kooperativlari) ak-siyadorlik kompaniyalariga (salkam 400 ta) aylantirildi. Mamlakatda çorvani xususiylaştiriş asosan tugallandi. Çorva mollarning 90% xususiylaştirildi. Ilgari dehqonçilik hamda sof zotli va duragay çorva mollari yetiştiriş b-n şuğullanib kelgan köp davlat xöjaliklari örniga ham aksiyadorlik kompaniyalari taşkil etildi.
Sanoati. M.da dastlab yengil va oziq-ovqat sanoati, 20-a.ning 40—60-y.larida oğir sanoat (konçilik, energetika, yoğoçsozlik, quriliş aşyolari, metallsozlik) rivojlandi. Ke-yingi yillarda konçilikka köproq e'tibor qaratildi. M. yer ostida foydali qazilma xazinalari köp. Hozirça 30 dan köproq turdagi foydali kazilmalarning 500 dan ziyod koni aniqlangan, ular orasida toşkömir, qönğir va kokslanuvçi kumir, uran, oltin, kumuş, mis, molibden, kalay, flyuorit, temir rudasi, fosforit, qimmatbaho toşlar va b. konlar oçilgan. Turli quriliş aşyolari, keramzit va keramika gillari, ohaktoş, qum, şağal, kaolin, ganç, alebastr, marmar, granit va ş.k.ning katta zaxiralari topilgan. Neft konlari qidirilmoqda. 400 dan köproq issiq va sovuq ma'danli suv manbalari topilgan va urganilgan. Ulardan foydalaniş uçun köpgina qöşma korxona va birlaşmalar barpo etilgan. Elektr energiyasi GESlarda hosil qilinadi. Yiliga örtaça 2,2 mlrd. kVtsoat elektr energiya işlab çiqariladi. Birlaşgan energiya tizimi barpo etilgan. I.ç. sanoatida guşt, un k-tlari, non z-di, gilam f-kasi, pöstin-möyna, oyna va çinni korxonalari, bosmaxonalar bor. Sement, ğişt, uy bloklari, doridarmon, poyabzal, jun- gazlama işlab çikariladi.
Transporti. Köp yuklar t.y. va avtomobil transportida taşiladi. T.y. uzunligi — 1,8 ming, avtomobil yöllari uz. — 46 ming km. Xubsugul köli, Selenga va Orxon daryolarida kema qatnaydi. Havo floti 1956 y.dan işlaydi. Eng katta aeroporti Ulan-Batorda.
Taşqi savdosi. 1980-y.larning oxirigaça mamlakat savdosi bir tomonlama, faqat Özaro Iqtisodiy Yordam Kengaşi mamlakatlariga yunaltirilgan edi. Asosiy mijozi sobiq SSSR bölgan. 1990-y. lar boşida M. «oçiq eşik» siyosatini faol utkaza boşladi, boşqa mamlakatlar, çunonçi Yaponiya, AQŞ, Germaniya, Jaç. Koreya, Singapur, Gonkong va b. b-n munosabatlar rivojlandi. Ekspor-tda çorvaçilik, konçilik, yengil va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari mu-him urin tutadi. Çetdan maşina-uskunalar, neft mahsulotlari, qora metallar, kimyo mahsulotlari, oziq-ovqat, keng iste'mol mollari xarid qiladi. Taşqi savdodagi mijozlari: MDH davlatlari, Xitoy, Yaponiya. Pul birligi — tugrik.
Maorifi, ilmiy va madaniy ma'rifiy muassasalari. 2000 y.da 660 umumiy ta'lim maktabida 381 ming bola, 47 oliy öquv yurti, jumladan, 27 ta davlat unti, institut va kollejlarda 60 ixtisoslik buyiça bakalavr, 32 ixtisoslik böyiça magistr unvonini oliş uçun 26265 talaba ta'lim oldi. Ulan-Bator ş.da Mongoliya FA iş olib boradi. M.da bir qança i.t. muassasalari xam mavjud. M.da 424 ta ku-tubxona (4,2 mln. asar) bor. Yiriklari: Davlat xalq kutubxonasi, FA va un-t kutubxonalari. Muzeylari: Davlat markaziy muzeyi, Nafis san'at muzeyi, Din tarixi muzeyi va b.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. M.da bir qança gaz. va jur.lar naşr etiladi. Asosiylari: «Unen-uu?» («Haqiqatmi?», haftada Z marta çiqadigan gaz., 1920 y.dan; 1996 y. urtalarigaça «Unen» nomi b-n naşr etilgan; 1996 y. sent.dan hoz. nomda), «Zalgamjlagç» («Örinbosar», 2 oyda bir marta çiqadigan jur., 1926 y.dan), «Xudulmur» («Mehnat», haftada 3 marta çiqadigan gaz., 1928 y.dan), «Xumuun» («Inson», gaz., 1990 y.dan), «Ardin tur» («Xalq hokimiyati», yiliga 4 marta çiqadigan jur., 1950 y.dan), «Mongolii duu xooloy» («Mongoliya ovozi», gaz., 1992 y.dan), «Mongolii xudoo» («Mongol qişloği», haftalik gaz., 1970 y.dan), «Ardçilal tayme» («Demokratiya vaqti», gaz., 1993 y.dan), «Yertons» («Koinot» gaz., 1990 y.dan), «Sog» («Maş'ala», 2 oyda bir marta çiqadigan jur., 1994 y.dan). Mongol telegraf agentligi (MONSAME), qukumat agentligi, 1921 y.da tuzilgan; Mongoliya ovozi, axborot agentligi, 1992 y.da taşkil etilgan; San-press, axborot agentligi, 1992 y.da asos solingan. Mongol radioasi 1934 y.da, Mongol telekörsatuvi 1967 y.da taşkil etilgan.
Aaabiyoti. Mongol xalq oğzaki ijodiyotida qöşiq, doston, ertak, madhiya, pandnasihat, afsona, topişmoq, maqollar köp. Yozma adabiyoti 12— 13-a. larda boşlangan. «Argasun xuurç qissasi», «Yetim bolaning töqqiz çingiziy baxrdir b-n suhbati», «Togontemurning yiğisi» kabi asarlar keng tarqalgan. 17-a.da yilnomalar vujudga keldi. 19-a.da yaratilgan «Kök kitob» trilogiyasi (muallifi Injinaş) va b. köpgina asarlar xalq orasida maşhur. 20-a.da M. adabiyoti folklorga, adabiy merosning eng yaxşi an'analariga tayanib, ilğor jahon adabiyoti b-n aloqani kuçaytirib, rivoj topa boşladi. 1929 y.da adiblar tögaragi taşkil topdi, u 1930 y.da M. yozuvçilari uyuşmasiga aylantirildi. D. Na-sagdorj, S. Damdinsuren kabi yozuvçilar pyesalari, şe'rlari b-n mongol adabiyoti rivojida muhim rol öynadilar. 40— 50-y.larda S. Daşdendev, D. Sevegmid, Ç. Lxamsuren, D. Tarva, B. Baast kabi adiblar tarixiy mavzularda, xalqlar döstligi va hamkorligi samaralari töğrisida asarlar yaratdilar. 50— 60-y.larda yirik polotnoromanlar ijod qilindi. D. Sengee xalq qahramoni haqida «Ayuşi» qissasini (1947), B. Rinçen «Çöl tongi» romanini (1955), Ç. Lodoydam «Oltoyda» romanini (1949) yaratdilar. Bu asarlarda mongol xalqining hayoti yorqin aks ettirildi. B. Basst, M. Gaadamba, S. Udval kabi adiblarning hikoyalari axloq masalalariga, mongol ayollari qismatiga bağişlandi. Hoz. davr adabiyotida S. Gaytav, B. Yavuxulan, Ç. Çimid, D. Purevdorj va b. şoirlarning şe'rlari alohida ajralib turadi. Ja-hon adabiyotining eng yaxşi asarlarini tarjima qilişga alohida ahamiyat berildi. Hamza, Oybek, Ğ. Ğulom, Mir-muhsin, Rahmat Fayziy, Turob Töla va b. özbek yozuvçilarining asarlari mongol tiliga, şuningdek, mongol yozuvçilarining bir qança asarlari özbek tiliga tarjima qilingan (L. Tudevning «Suxe-Bator» qissasi, D. Na-sagdorjning «Tanlangan asarlari», «Mongol ertaklari» va b.) hududidan jez davrining boşlariga oid qoyalarga öyib tuşirilgan yoki böyoq b-n işlangan hayvon (ot, qulon, yovvoyi eçki, böri, ilon)larning tasvirlari topilgan. Xovd somoni (tumani)dagi qoya toşlariga işlangan odamlar va törtta ot qöşilgan tört ğildirakli arava tasviri ayniqsa diqqatga sazovor. 6—8-a.larda hunarmandçilik rivojlanib, matolar, kigiz, kuçmançi çorvadorlar va jangçilarning ot abzallari va qurol-yaroğlari ösimliksimon naqşlar b-n bezatila boşlagan. 6—9-a.lardagi şahar vayronalaridan toşga işlangan börtma va bosma usulda naqşlangan sopol idişlar topilgan. M.ning turli joylarida ğişt va guvaladan tiklangan daxmalar tepasiga haykalçalar örnatilgan. 10-a. dagi mamlakat poytaxti Örda Baliq (key-inroq Xara Balgas) xarobalari orasida mudofaa istehkomlari, uylar, ibodatxonalar közgataşlanadi. 10—12-a. larda şaharlar jadal qurildi. Odatda, şahar imoratlari yoruğlik tuşişiga qarab rejalangan, zovurlar va tepaliklar b-n öralgan, darvozalari va minoralari bölgan. Bir yoki bir neça köça çetlaridagi ma'muriy binolar, ibodatxonalar va turar joylar atrofi devor b-n öralgan. Imoratsiz joylarda aholi va jangçilarning ötov hamda çodirlari bölgan. Qad. Bars-Xot (10—12-a. lar) ş. kavlanganda budda ibodatxonasi va pagodalari qoldiqlari, ma'buda va hayvonlarning loydan işlangan haykalçalari, öyma yoğoç bezaklar va me'moriy bölaklar çiqqan. 16-a.dan 20- a. boşlarigaça şahar va qişloqlardagi asosiy turar joylar yoğoç sinçli, surma panjara devorli, eşikli ötovlardan iborat bölgan. Monastir va ibodatxonalar köplab qurilgan.
20-a.ning 20-y.laridan eski şaharlar (Ulan-Bator) qayta qurilib, yangi şaharlar (Darxan, Nalayxa, Sayn-Şand) barpo etildi. Binolar kurişda 20— 30-y.larda konstruktivizm ta'siri körindi. 40—50-y.larda binolarning old tomonlari haşamli — kolonnali, milliy bezakli qilib işlandi (Ulan-Batordagi un-t). 50-y.larning örtalaridan boşlab iqlim hisobga olingan holda binolarni keng va qulay qilib qurişga ahamiyat berildi. 60—90- y.larda qurilişda industrial va yiğma uysozlik usullaridan keng foydalanildi. Keyingi davrlarda metallsozlik, yoğoç öymakorligi, kaştaçilik kabi an'anaviy tarmoqlar b-n bir qatorda çinni pişiriş, kulolçilik, gilamçilik, suyak öymakorligi rivoj topa boşladi.
Musiqasi qad. an'analarga boy. Qöşiqçi, sozanda, xalq dostonlarini kuylovçi baxşilar azaliy xalq ijodiy merosini saqlab qolganlar. Qahramonlar haqidagi rivoyatlarni qöşiq qilib aytiş qadimdan odat bölgan. Xalq aytişuvlari (ikki xonanda basmabas aytadigan qöşiqlar) ayniqsa keng ommalaşgan. M.da tomoqdan ikki xil tovuş çiqarib qöşiq aytişning öziga xos usuli ham urf bölgan. Işqiy, maişiy, inqilobiy, tarixiy, diniy qöşiqlar, safarga çiqqanda aytiladigan va hazil-mutoyiba qöşiklari köp. Xalq çolğu asboblari: limba (nayning bir turi), morinxur va xuçir (torli kamonça), şanz (çertib çalinadigan asbob), yooçin (çangning bir turi) va b.
Zamonaviy M. musiqasi 20-a.ning 20—30-y.larida vujudga kelib, rivojlana boşladi. «Şive Kyaxta» deb atalgan birinçi partizanlar qöşiği 1921 y.da ijod qilindi. S. Gonçiksumla, U. Lubsanxurçi va M. Dugorjav kabi kompozitorlar tanilgan. Turli musiqiy janrlar (xor, opera, simfoniya) rivojlana boşladi. Ulan-Batorda Opera va balet teatri o»çildi, unda mahalliy va çet el mualliflarining asarlari sahnalaştirildi. M. xalq aşula va raqs ansambli, simfonik orkestr, duxovoy orkestr, aymoq markazlarida musiqali drama teatrlari, Ulan-Batorda musiqalixoreografiya bilim yurti bor.
Teatrning kelib çiqiş ildizlari qadim zamonlarga borib taqaladi. Xalq tomoşalarining şakllari xilma-xil bölgan. Xonandalarni xurç, baxşilarni uligerç deb ataganlar. Yaxşi niyat tilaguvçi yorolç va magtalçlar baland ovozda gapirayotganda raqs ijro etib turilgan. Biyeleg raqslarida teatr unsurlari közga taşlanadi. Töylar, farzand tuğilişiga bağişlangan marosimlar, hosil bayramlarida voqeiy tomoşalar körsatilgan. 17-a.dabu joylarda buddaviylik yoyilişi munosabati b-n vujudga kelgan sam deb atalgan diniy teatrlarga va dunyoviy saroy teatrlariga ham uşbu teatr şakllari kirib keldi. Yangi yil bayrami kunlari köçalarda qöğirçoq spektakllari körsatiladi. 20-a. boşlarida havaskorlik tögaraklari rivojlana boşladi. 20-y.larda Ulan-Batorda taşkil etilgan drama tögaraklari asosida professional teatrlar vujudga keldi. 1930 y. poytaxtda teatr studiyasi oçildi va öşa yiliyoq uning negizida Davlat musiqali drama teatri taşkil etildi. 1948 y.dan Ulan-Batorda qöğir-çoq teatri, 1950 y.dan Markaziy bolalar teatri işlaydi. Ularda mongol xalqining tarixi va hoz. hayotini aks ettiruvçi pyesalar b-n bir qatorda jahon klassikasi durdonalari ham örin olgan.
Kinosi. 1935 y. Ulan-Batorda « Mongolkino» studiyasi taşkil qilingaç, kino san'ati rivoj topdi. 1936 y.dan hujjatli filmlar çiqarila boşladi. «Norjmaning yöli» birinçi badiiy filmi 1938 y.da suratga olinds. «Böri galasi» (1939), «Birinçi saboq» (1940), «Ikki çorvador» (1955), «Yölimizdagi töğanoqlar» (1956), «Qalb amri» (1966), «Toşqin» (1966) kabi filmlar mongol xalqining hayotini tasvirladi. Keyingi yillarda «Kuyov», «Visol», «Motor şovqini», «Dovon ketidan dovon» filmlari yaratildi. Yiliga bir neça badiiy film, 30 ga yaqin qisqa metrajli hujjatli film işlab çiqariladi.
Özbekiston — M. munosabatlari. 1977 y.dan 1994 y.gaça Toşkentda M.ning Boş konsulxonasi işladi, M.ning moliyaviy ahvoli yomonlaşuvi munosabati b-n Boş konsulxona yopib qöyildi. Xoz. paytda ikkala mamlakat örtasidagi diplomatiya munosabatlari M.ning Qozoğiston Respublikasidagi elçixonasi orqali amalga oşirilmoqda. 1996 y. 11— 13 fev. kunlari M. delegatsiyasi ÖzR ga taşrif buyurdi, Özbekiston va M. taşki işlar vazirliklari örtasida hamkorlik va maslahatlaşuvlar haqida bayonnoma imzolandi. ÖzR b-n M. örtasida ozroq hajmda bölsada, savdo-sotiq yölga qöyilgan. 1998 y.da ikki mamlakat örtasidagi tovar aylanmasi 1,8 mln. AQŞ dollarini taşkil qildi. 1999— 2002 y.larda ham tovar ayirboşlaş davom etdi.