O. adabiy faoliyatini şoir sifatida boşlagan. «Çolğu tovuşi» degan birinçi şe'ri 1922 y. «Armuğon» jur.da bosilgan. Bu vaqtda u Çölpon, şuningdek, «yoş usmonlilar» şe'riyati ta'sirida bölib, ular ruhidagi şe'rlaridan iborat «Tuyğular» (1926) va «Köngil naylari» (1929) töplamlarini e'lon qilgan. O dastlabki ijodida davrning ötkinçi mavzulariga ba-ğişlangan sarbast şe'rlar yaratgan, ularning aksariyati «Maş'ala» (1932) töplamidan örin olgan. Keyinçalik şoir lirik tuyğu va keçinmalar tasviriga katta e'tibor berib, «köngil lirikasi» namunalarini yaratişga intildi. Uning bu boradagi izlanişlari, ayniqsa, «Yevgeniy Onegin» şe'riy romanini tarjima qilişi (1936) jarayenida orttirgan tajribasi tufayli va A. S. Puşkin asarlaridagi lirizm ta'sirida yaxşi samaralar berdi. O.ning «Çimyon daftari» turkumiga kirgan, özbek tabiatining fusunkor tarovati va betakror ranglarini öziga simirgan şe'rlari nafaqat şoir şe'riy ijodining, balki umuman özbek lirikasining şoh namunalaridan biri böldi. Şoir bu şe'rlari b-n özbek şe'riyatiga oybekona nafis lirizmni olib kirdi, nozik tuyğu va keçinmalarni tasvirlaş madaniyatini yanada mukammallaştirdi, lirik şe'riyat tilini nafosat yoğdulari b-n jilolantirib yubordi.
Bir tomondan, lirik harorat, ikkinçi tomondan, epik kölam O. şe'riyatiga xos xususiyatlardir. U lirik şe'riyat b-n bir qatorda dostonna-vislik sohasida ham izlanişlar olib borib, «Dilbar — davr qizi» (1932), «Öç» (1933), «Baxtigul va Soğindiq» (1934), «Qahramon qiz» (1936), «Gulnoz», «Kamonçi», «Navoiy» (1937) singari dostonlarni yezdi. Şoir bu dostonlarida öz davrining qahramoni obrazini yaratiş va şu davrning muhim ijtimoiyma'naviy masalalarini kötariş b-n birga tarixiy ötmiş mavzuiga ham murojaat etdi. O.ning liro-epik şe'riyatdagi dastlabki tajribalari uning katta epik polotnolarni yaratişga qodir san'atkor ekanini namoyiş etadi. «Uç» va «Navoiy» dostonlari esa yaqin kelajakda yaratajak «Qutluğ qon» va «Navoiy» romanlari uçun öziga xos eskiz vazifasini ötadi.
Sovet davlatining adabiy-madaniy siyosati natijasida 1937—38 y.larda yozuvçilar va ularning asarlariga vulgar sotsiologizm nuqtai nazaridan yondaşiş tamoyili kuçaydi. O.ning «Çimyon daftari» turkumiga kirgan lirik şe'rlari burjua şe'riyati namunalari, deb baholandi. Davlat siyosati darajasiga kötarilgan bu harakat oqibatida, boşqa şoirlar qatori, O. ham, «köngil şe'riyati»ga tamomila zid ölaroq, «fajdanlik şe'riyati» deb atalgan şe'riyat namunalarini yaratişga majbur böldi. Şunga qaramay, O.ning ilm-fan va texnikani egallaşga da'vat etuvçi hamda vatanparvarlik va mehnatsevarlik ğoyalari b-n suğorilgan «Özbekiston», «Dneprostroy», «Fanga yuriş», «Raisa», «Qizlar» singari önlab şe'r va dostonlari 30—40-y.lar özbek şe'riyatida muhim voqea böldi.
O. 40-y.lar oxiri — 50-y.lar boşlarida «Qizlar» (1947) dostonidan taşqari, «Hamza» (1948), Pokiston taassurotlari asosida «Zafar va Zahro» (1950) va «Haqgöylar» (1952) dostonlarini yaratdi. 60-y.larda şaxsga siğiniş fojialari foş etilib, sobiq sovet mamlakatida «xruşçyovça» harorat jilvalari kuringanda, O. xastaligiga qaramay, yana «sof lirika»ning guzal namunalarini takdim etadi, Xirosima fojiasiga bağişlangan «Davrim jarohati» (1952), «Guli va Navoiy» (1968) dostonlarini yoziş b-n birga Amir Temur va Bobur haqidagi lirik dostonlarni yozişga kirişadi. Şoir uzining bu asarlari b-n 60-y.lar özbek şe'riyatida yangi badiiy tafakkurning boşlanişi va qaror topişiga muhim hissa quşadi.
O.ning nasriy merosi 5 roman («Qutluğ qon», «Navoiy», «Oltin vodiydan şabadalar», «Quyoş qoraymas» va «Uluğ yöl»), 4 qissa («Şonli yöl», «Hyp qidirib», «Bolalik xotiralarim» va «Bola Alişer») hamda bir qança hikoya va oçerklardan iborat.
O.ning roman janridagi dastlabki tajribasi — «Qutluğ qon» asari yozuvçi hayotining eng tahlikali kezlarida, 1938 y.da, qisqa muddatda yozilgan va 1940 y.da naşr etilgan. Yozuvçining bolalik xotiralari b-n töyingan bu asarda özbek xalqining 1-jahon uruşi arafasidagi maşaqqatli hayoti qalamga olingan. Bu davrda, bir tomondan, mustamlakaçilik siyosati, ikkinçi tomondan, ölkaga kirib kela boşlagan kapitalistik munosabatlar tufayli mehnatkaşlar ommasi ğoyat qaşşoqlaşgan edi. Şunday vaqtda sabr kosasi tölgan xalqning norozilik namoyişi b-n çi-qişi yoki qözğolon kötarişi tabiiy edi. Çor hokimiyatining Örta Osiyo aholisini mardikorlikka oliş töğrisidagi farmoni 1916 y. qözğo-lonining gurullab yonişi uçun bir turtki böldi. O. romanda Yölçi boşlik, mehnatkaşlar, Mirzakarimboy boşliq boylarning özaro munosabatlarini tasvirlaş orqali mazkur qözğolonning kelib çiqiş sabablarini badiiy tahlil etdi. Jamiyatning şu davrdagi qutblaşgan holatini ta'kidlab körsatiş maqsadida va sovet mafkurasining talabi b-n boylar obrazini, ayniqsa, Mirzakarimboy obrazini yaratişda qora böyoqlardan köproq foydalandi. 1937 y. tegirmonidan arang omon qolgan adibning romanni busiz naşr etişi amri mahol edi.
O. bu asari b-n A. Qodiriy, Çulpon va S. Ayniy boşlab bergan tarixiy romannavislik an'anasini rivojlantirib, uni mehnatkaş xalq xarakterini özida mujassamlantirgan Yölçi, Gulnor kabi qahramonlarning yorqin obrazlari b-n boyitdi. «Qutluğ qon» özbek adabiyotidagi badiiy jihatdan eng yuksak romanlardan biridir.
O. şoir, nosir, adabiyotşunos olim sifatida ham Navoiy hayotiga köp bor murojaat etgan. Uning 1942 y. 2-jahon uruşining qizğin bir paytida «Navoiy» romanini yozib tugatgani tasodifiy emas. Nafaqat uluğ şoir, balki 15-a.dagi Xuroson hayotini ham puxta örgangan adib bu asarda Navoiyning şoir va inson sifatidagi gumanizmi — insonparvarlik mohiyatini katta mahorat b-n gavdalantirib bergan. O. Navoiy obrazini 15-a. Xurosonida röy bergan muhim tarixiy voqealar fonida gavdalantirar ekan, şu davrda Temuriylar davlatini harakatga keltirgan, keyinçalik esa uni tanazzulga olib kelgan kuçlar va ularning özaro kuraşini xaqqoniy aks ettirgan. O. mazkur asari b-n özbek adabiyotida tarixiy-biografik roman janrini boşlab, uning asosiy tamoyillarini belgilab berdi. «Navoiy» romani keyinçalik özbek adabiyotida «Uluğbek xazinasi», «Köhna dunyo» (O. Yoqubov), «Yulduzli tunlar», «Avlodlar dovoni» (P. Kr-dirov) singari tarixiybiografik romanlarning maydonga kelişiga zamin hozirladi.
O.ning nasriy asarlari orasida özbek xalqining 2-jahon uruşidagi jasorati tasviriga bağişlangan «Quyoş qoraymas» (1943—59) romani alohida e'tiborga loyiq. Adib mazkur romanini garçand Ğarbiy frontga qilgan safaridan qaytiboq yoza boşlagan bölsada, uruş töğrisidagi dahşatli haqiqatni aytiş iloji bölmagani uçun, uni 50-y. larda — xastalik paytida yozib tugatdi. O. Bektemir va uning ikki jangovar döstining obrazini yaratiş orkali Sovet davlatining uruşga tayyorgarliksiz kirgani va sarkardalarning qöpol xatolari tufayli millionlab kişilar, şu jumladan, özbek jangçilarining «töp yemi» bölayotgani haqidagi haqiqatni badiiy mujassamlantirib berdi.
Adib «Oltin vodiydan şabadalar» (1949) romanida uruşdan keyingi davr qahramoni obrazini, «Qutluğ qon» romanining davomi sifatida yozilgan «Uluğ yöl» (1967) asarida esa Yulçi va Gulnorlarning 20-y.lardagi izdoşlari obrazini yaratişga intildi.
O. qalamiga mansub roman va qissalar qaysi davr hayotidan olingan bulmasin, adib şu davr hayotini mukammal urgangan, ayniqsa, tarixiy davr va tarixiy şaxs hayoti b-n birlamçi manbalar asosida yaqindan tanişgan yozuvçi sifatida namoyon buladi. O.ning nasriy asarlariga xos muhim xususiyatlardan yana biri şundaki, u asar qahramoni yoki tarixiy şaxeni Vatan va xalq manfaatlari yölida kuraşuvçi, mehnatkaş xalq orzu-armonlarining röyobga çiqişi yölida zahmat çekuvçi siymo sifatida tasvirlaydi.
O. ozgina bölsada, öz kuçini dramaturgiyada ham sinab kördi. U uruş y.larida Çingizxon istilosiga qarşi kötarilgan xalq harakatlaridan biriga murojaat etib, vatandoşlarida faşizmga qarşi kuraş maylini rağbatlantiruvçi «Mahmud Torobiy» operasi librettosini yozdi (1944) va şu mavzu böyiça drama teatrlari uçun «Ğalvirçi», rus adibi va adabiyotşunosi A. Deyç b-n hamkorlikda esa rus tilida «Xalq qalqoni» pyesalari ustida işladi. O. bu asarlarida ham tarixiy jarayon qonuniyatlarini yaxşi bilgan, tarixga xalq manfaatlari nuqtai nazaridan yondaşuvçi yirik olim sifatida namoyon böldi.
O. adabiy faoliyatining muhim qismini adabiyotşunoslikka oid tadqiqot va maqrlalar taşkil etadi. Özbek xalqi tarixi va özbek mumtoz adabiyotining ulkan bilimdoni O. özining adabiy-tanqidiy faoliyatida adabiyotimizning eng qad. davridan to ötgan asrning 60-y.lariga qadar keçgan şakllaniş va taraqqiyot yöliga bağişlangan köplab maqolalar e'lon qildi. Bu maqolalarning katta bir qismi Alişer Navoiy yaşagan davr, şoir hayoti va ijodini örganişta ba-ğişlangan bölib, ular keyinçalik O.ning «Navoiy gulşani» maqolalar töplamini taşkil etdi. Bu maqolalar navoiyşunoslikning özbek adabiyotşunosligining muhim bir sohasi sifatida şakllanişi va rivojlanişiga hissa bölib qöşildi. Şu b-n birga O. Yozuvçilar uyuşmasi va Fanlar akademiyasi gumanitar bölimining raisi sifatida Navoiyning 500 yillik yubileyini taşkil etiş va ötkazişga rahbarlik qildi. A. Deyç b-n birga rus tilida Navoiyga bağişlangan turkum maqolalar çop etdi (bu maqolalar mualliflarning 1968 y.da naşr etilgan «Alişer Navoiy. Literaturno-kritiçeskiy oçerk» kitobidan urin olgan).
Yirik adabiyotşunos O. «Abdulla Qodiriyning ijodiy yöli» (1935) monografiyasi va b. maqolalarida 20-a. özbek adabiyotining taraqqiyoti muammolarini, A. S. Puşkin, L. N. Tolstoy va A. M. Gorkiy singari rus adabiyoti namoyandalarining özbek yozuvçilariga ta'siri masalalarini yuqori ilmiy-nazariy saviyada örgandi. Mumtoz va zamonaviy özbek adabiyoti yutuklarini qardoş xalklarga taniştirişda O.ning rus tilidagi maqolalari ayriça ahamiyatga molik.
Serqirra ijod sohibi O. jahon va rus adabiyotining eng yuksak namunalarini özbek tiliga tarjima qilib, Çulpon va Qodiriy asos solgan özbek tarjima maktabini uzining yuksak darajadagi tarjimalari b-n . boyitdi. özbek kitobxoni O. tarjimasi orqali Rim adabiyoti namunalari, J. B. Molyerning «Tartyuf», A. S. Puşkinning «Yevgeniy Onegin», M. Yu. Lermontovning «Maskarad», «Dovud Sosunli» arman eposi, G. Geyne, I. A. Krilov, V. G. Belinskiy, E. Verxarn va b.ning asarlari b-n tanişdi.
O. özining rang-barang ijodi va ulkan jamoat arbobi sifatidagi faoliyati b-n özbek xalqining madaniy yuksalişiga katta hissa qöşdi. 1980 y.da adib yaşagan uyda O. uy-muzeyi taşkil etilgan va unga haykal örnatilgan. Toşkentdagi maktab, xiyobon va metro bekatlaridan biri O. nomi b-n atalgan, Termiz davlat un-ti, Toşkent viloyatidagi jamoa xujaligiga O. nomi berilgan. O. vafotidan keyin «Buyuk xizmatlari uçun» ordeni b-n takdirlangan(2001).
As: Mukammal asarlar töplami [20- j.li], 1-20-j.lar, T., 1975-1985.
Ad.: Bat L., Koşçanov M., Aybek. Kritikobiografiçeskiy oçerk, M., 1966; Yoqubov H., Adibning mahrrati, T., 1966; Karimov N., Oybek, T., 1985; Karimov N., Oybek gulşanida krlgan ğunçalar, T., 1985.
Naim Karimov.