T.ning uzoq ötmişi va u qad kötargan qad. Çoç yoki Şoş viloyati haqidagi ma'lumotlar yozma manbalarda xilmaxil hamda uzuqyuluq tarzda aks etgan. Zarduştiylarning qad. muqaddas kitobi Aeecmona Sirdaryo havzasidagi mamlakat «Turon», aholisi esa «tur»lar deb yuritilgan. Bu ölkada tur qavmlari uruğ va qabila oqsoqollarining diniy va siyosiy qarorgohi — Qanğxa (Qanğa) şahri borligi tilga olinadi.
T. haqidagi dastlabki aniqroq ma'lumotlar mil. av. 2-a. — mil. 5-a.larga mansub Xitoy manbalarida uçraydi. Ularda Toşkent viloyati qadimda Loyuyeni, Yuni, söngra Çjeşe, Çjeçji, Çjesi va Şi deb nomlangan. Bu atamalar (avvalgi ikkitasidan taşqari) «Çoç» sözining xitoyça talaffuz etilişi natijasida hosil bölib, hatto oxirgi «Şi» toponimi xitoyçada «toş» ma'nosini anglatgan.
Mil.av. 3-a.da qad. Çoç viloyatida taşkil topib, milodning 3-a.larigaça hukm surgan «Qanğ» («Qanğa» yoki «Qanğxa») davlati Xitoy yozma manbalarida «Kangkiya» («Kanizyuy») nomlari bilan tilga olinadi. Qad. toxarlar tilida «qanğ» sözi ham «toş» ma'nosini anglatgan. Bu davlatning poytaxti — Bityan ş. bölib, u IoşaXasart daryosi (Sirdaryo) böyida joylaşgan. Bityan ş. Davan (Farğona vodiysi)dan 1510 li (528 km) masofada bölgan. Bityan ş.ning bizgaça saklanib qolgan xarobalari mahalliy aholi örtasida «Qanqatepa» nomi bilan maşhur (q. Qanqa). U T.dan 70 km jan. da — Sirdaryoga yaqin yerda, Ohangaron daryosining qurib qolgan qad. özani böyida joylaşgan. Arxeologik ma'lumotlardan ma'lum bölişiça, Qanqatepa mil. av. 3-a.dayoq atrofi mudofaa devori bilan öralgan hamda arkli katta şahar bölib, mayd. 160 gektarga teng bölgan. Kdd. Qanğ davlatining fuqarolari ham «qanğar», «qanzar», keyinçalik «qanhi», «qanğli» yoki «qa'ni» deb nomlangan. Ular (qanqalar) hindlarning qad. kitobi «Mahabharata»da saklar va toxarlar nomlari qatorida tilga olingan.
Yozma manbalarda keltirilişiça, T.ning qad. nomi «Çoç» bölgan. T. arablar tasarrufiga ötgaç, arab alifbosida «ç» harfining yöqligi bois arabiy asarlarda «Şoş» deb yuritilgan. Ilk örta asrlarda u «Çoç», «Şoş», «Şoşkent», «Madinat aşŞoş», «Binkat» va «Tarkan» deb nomlangan. T. haqidagi dastlabki ma'lumotlar mahalliy olimlar (Xorazmiy) va tarixçigeograflardan Tabariy, Istahriy asarlarida uçraydi. Istahriyning «Kitob al masolik val mamolik» («Yöllar va mamlakatlar töğrisidagi kitob»)ida Şoşning boş şahri Binkat deb körsatiladi. 10-a.da yozilgan (muallifi noma'lum) «Hudud ulOlam» («Olamning çegaralari») kitobida «Çoç bu katta viloyat, xalqi jangovar va sahiydir. U yerda kamon va öqyoy yasaladi. Binkat Çoçning poytaxti hisoblanadi. Bu katta şahar, ayni vaqtda podşoning qarorgohidir», deb ta'riflanadi. Firdavsiyning «Şohnoma» asarida Çoç özining kamoni Şoşiy (öqyoylari) bilan maşhurligi haqida misralar bor.
Şahar «Toşkent» nomi bilan dastavval 11-a.ning maşhur allomalari — Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Koşğariyning asarlarida tilga olinadi. Beruniy «Hindiston» asarida Toşkent nomining kelib çiqişi töğrisida söz yuritib, «Toş» sözi asli turkça bölib, Şoş körinişini olgan. «Toşkand — toşli qişloq demakdir» (Abu Rayqon Beruniy, Tanlangan asarlar, T., 1963, 2j., 2326.), deb izohlaydi. Mahmud Koşğariyning ma'lumoti böyiça, T. 11 —12-a.larda «Tarkan» deb ham yuritilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» da T. nomi ustida töxtalib, «... asarlarda Toşkent nomini Şoş, ba'zan Çoç yozadilar» deb qayd etadi. Biroq 16-a. oxiri va 17-a. boşlarida Toşkent toponimi şuhrat topib, uning qad. Çoç, Şoş va Binkat nomlari astasekin muomaladan tuşib qoldi. 17-a.da yaşagan tarixçi olim Mahmud ibn Vali şunday yozadi: «Şoş — Sayxun (Sirdaryo)ning u tomoniga joylaşgan şahar va Turkiston (viloyat)ga karaydi... Uni Çoç ataydilar. Biroq hoz. vaqtda u Toşkent nomi bilan maşhurdir».
Toşkent vohasida şahar madaniyatining şakllanib, şaharning qad kötarişi şu ölkada yaşagan qad. çorvador va dehqonlarning ijtimoiyiqtisodiy va madaniy hayotidagi ulkan tarixiy jarayon bölib, bu jarayon şubhasiz ölkaning özlaştirilib, obod etilişi, ayniqsa, unda çorvaçilik va dehqonçilik xöjaliklarining taşkil topişi hamda hunarmandçilik, içki va taşqi savdoning rivojlaniş tarixi bilan uzviy boğliqdir. Bu jarayonning tarixiy manzarasi nihoyatda keng bölib, u yozma manbalarga nisbatan köproq arxeologik tadqiqotlar vositasi bilan tiklanmoqda. Şuning uçun ham T. hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning natijalari qad. va örta asrlarga oid manbalardagi ma'lumotlarni töldirib, ularga aniklik kiritmoqda.
Geografik jihatdan qulay, iqlimi mö'tadil bölgan Çirçiq va Ohangaron vodiylarida uzoq ötmişdayoq çorvaçilik va dehqonçilik bilan şuğullangan aholi yaşagan. Arxeologik yodgorliklarnint guvoxlik berişiça, mil. av. 2ming yillikning oxiri va 1ming yillikning boşlarida köçmançi çorvador aholining ötroklaşuvi kuçayib, dehqonçilik kengaya boşlagan. Hali suğorma dehqonçilik va irrigatsiya inşootlari quriş imkoniyati bölmagan T. ning dastlabki dehqonlari, garçi daryoning asosiy oqimidan suv boğlab olişga qurbilari kelmagan bölsada, lekin, daryo toşqinlari va adirlardan kelgan suvlardan hosil bölgan irmoqlar böyida, tabiiy zaxob yerlarda dehqonçilik kilganlar. Hoz. T.ning Qorasuv, Salor va Jön ariğidan suğoriladigan jan. qismida şunday ibtidoiy dehqonçilik madaniyati taşkil topgan. T.ning bu ibtidoiy dehqonçilik madaniyatining izlari dastavval şahardan 30 km jan. da Burganlisoy yoqasida topilib, tadqiq etilgani tufaili tarix fanida u Burganli madaniyati nomi bilan maşhur bölgan.
Mil. av. 6—4alarda Qorasuv, Salor va Jön ariği yoqalarida dastlab ilk qişloqlar qad kötargan. Şulardan biri Jön ariği böyidagi Şoştepaning ostki qatlamidan qazib oçilgan qal'a xarobasidir. 1980—82 y.larda olib borilgan kaziş işlari uning mil. av. 6—4-a.lar va 2—1-a.lardagi rivojlaniş boskiçlarini aniqlaşga imkon berdi. Bir tomoni Jön ariğiga yondoşgan bu qad. joy atrofi dastavval tuproq, marza bilan öralib, qal'a, istehkom qiyofasini olgan. Şoştepaning qad. aholisi çorvaçilik (qoramolçilik, yilqiçilik, qöyçilik hamda tuyaçilik) bilan şuğullangan. Qad. şoştepaliklar jez va temirdan qurolyaroğ va asboblar yasaşni, kulolçilik hamda töqimaçilikni yaxşi bilgan. Şubhasiz, bu qişloklarda, keyinçalik T. vohasida şahar madaniyati şakllanib, qad. T. ning astasekin qad kötarişiga zamin böldi.
Mil. av. 2—1-a.larda Şoştepada qad. şahar belgilari paydo böddi. Qad. qişloq xarobalari ustida atrofi qalin aylanma devor bilan örab olingan doira şaklidagi qal'a (qörğon) qad. kötardi.
Mil. 1—2-a.larda suyakdan yasalgan yozuv tayoqçasi (stil) qad. Şoşda yasalib işlatilgan. 15 sm li bu suyak qalamning bir tomoni yoziş uçun uçli qilib, ikkinçi öçirgiç tomoni esa qiyşiq köp burçak şaklida kurakça qilib yasalgan. Bu topilma milod boşlaridayoq T. vohasida ham xattotlik mavjudligidan guvohlik beradi.
Şoştepadagi arxeologik obidalar şaharning mustahkam mudofaa devori, haşamatli me'moriy majmuoti, hunarmandçilik buyumlari, xatsavod va savdodan dalolat beruvçi topilmalar milod bösağasida T. vohasida şahar madaniyati rivojlanib, Şoştepadagi qad. qişloq şahar qiyofasini ola boşlaganini körsatadi. Şoştepani örganiş T. hududidan şahar madaniyati tarixi xuddi şu davrdan boşlangan, ya'ni uning yoşi 23 asrdan kam emas deb bahrlaşga imkon berdi.
Mil. ning 1-a.iga kelib Çirçiq, Salor, Qorasuv böylaridagi vohaning qariyb yarmidan köproği özlaştirilib obod etilgan. Salor yonida joylaşgan Çoç şahri bu davrda har tomonlama yetakçi mavqega ega bölib, uni muarrixlar haqli ravişda milodning boşlaridagi T.ning asosi deb hisoblaydilar. Buyuk ipak yölida joylaşgan T. Yevropa mamlakatlarining Hindiston va Xitoy bilan olib borgan turli aloqalarida muhim rol öynagan. Bu şahar 6—8- a.larda, ayniqsa, ravnaq topgan. Şaharning Turk xoqonligi tarkibiga kirişi, uning Qoramozor toğlaridagi konlar yaqinida joylaşganligi, hunarmandçilik mahsulotlariga doimo muhtoj daşt köçmançilarining yondoşligi, şuningdek, asosiy karvon yöllari, xususan, Buyuk ipak yöli vohaning şim. hududlaridan ötişi uni tezda Çoç davlatining poytaxti bölib qolişiga imkon berdi. Şahar atrofi kuçli mudofaa devorlari bilan örab olinib, maxsus saroyqal'a qurilgan. Arxeologik qazişmalar vaqtida topilgan işlab çiqariş. qurollari va uyrözğor buyumlari bu yerda yuksak madaniyat bölganidan dalolat beradi. Manbalarga köra, şahar, içvda saroy, ibodatxona bölgan ark, amaldorlarning uylari joylaşgan şahriston, hunarmandlar mahallalari örnaşgan içki va taşqi rabodlardan iborat bölgan.
Şahar atrofida ozod jamoalarning keng ekinzorlari, qişlokdari, ilk zamindorlik dehqonlarining qörğon va boğroğlari, istehkomlari paydo bölgan. Ekinzor yerlar va boğlar çekkasida — köçmançilar daştiga tutaş çegaralarda mudofaa istehkomlari qurilgan. Arab manbalarida bu şahar Çoçning poytaxti — «Madinat aşŞoş» (Şoş şahri) deb atalgan.
Çoç poytaxti hunarmandlari metalldan mehnat qurollari, yaroğaslahalar, zebziynat va rözğor buyumlari yasaşgan, könçilik bilan şuğullanişgan, paxta va junşişa idişlar, zargarlik buyumlari yasab, içki va taşqi savdoni ta'minlaşgan.
Şahar qizğin savdo markazi ham bölgan. Ğarbda Vizantiyadan tortib, şarqsa Xitoygaça bölgan davlatlarning T. hududidan topilgan tangalari şundan dalolat beradi. Çoç hokimi ham öz tangalarini zarb qildirgan. 4—8-a.larda Çoçda kumuş tangalar çikaradigan zarbxona bölgan. Qad. Çoç hukmdorlari odd tomoniga mulkdorning surati, orqa tomoniga hujumga tayyorlanib turgan qoplon tasviri yoki sulolaviy ayri tam/a tuşirilgan pullarni zarb etgan. Çoçning xuddi şu davrda zarb etilgan ba'zi tangalari orasida hukmdor bilan yonmayon turgan malika tasviri tuşirilgan pullar ham uçraydi. Bu şubhasiz, Çoçning ilk örta asr ijtimoiy va iqtisodiy, ayniqsa, siyosiy hayotida hukmron tabaqa ayollarining yuqori nufuzga ega bölganligini körsatadi. Ular «Şörxon xotun» va «Kabaçxotun» (uy malikasi) kabi şarafli nomlar bilan uluğlanib, şahar taşqarisida joylaşgan sölim qarorgohda istiqomat qilganlar. Bunday oyimlar yaşagan joy «Açabat» (Katta ona qönoği) deb yuritilgan. Savdosotiq va hunarmandçilik bilan birga madaniyat ham yuksalgan. Manbalarga köra, tasviriy san'at va, ayniqsa, musiqa rivoj topgan.
Arab qöşinlari Çoçga ilk bor 713 y.da bostirib kelişgan. Tabariyning yozişiça, Çoçni zabt etiş uçun arablar 20 ming kişilik qöşin tortgan. Şahar aholisi arablarga qarşi qattiq qarşilik körsatgan. Pekin, arablar köp ötmay Çoçni bosib olganlar va talontoroj qilib katga ölja bilan qaytganlar. Arab istiloçilari tomonidan vayron etilgan şahar özini önglay olmadi. Faqat 9-a.ga kelib, avvalgi örnidan 4— 5 km şim.ğarbroqsa, Bözsuv kanalidan çiqarilgan Kaykovus (Kolkohdiz) ariği yonida yangitdan vujudga keddi va yana Çoçning poytaxtiga aylanib, jadal taraqkiy eta boşladi. Bu yangi şahar arab manbalarida Binkat (uzokdan körinib turuvçi yoki quyi şahar) deb tilga olinadi. Bu nom 9— 10-a.larda zarb etilgan kumuş va çaqa tangalarda Şoş va Madinat aşŞoş nomlari bilan bir katorda uçraydi. Bu şaharda ham hunarmandçilik va savdosotiq tez rivoj topdi. Arablar daştlik çorvador kabilalar hujumidan hosildor yerlarni muhofaza qiliş maqsadida 8-a. ning 70-y.larida Çirçiq vohasining şim.ğarbiy çegaralari böylab Soyliq qişloği yonidagi toğlardan to Sirdaryogaça devor qurdirganlar. Uning xarobalari Kanpirdevor nomida saqlanib qolgan. 9—10-a.larda Şoş Somoniylarta tobe bölgan.
Yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlardan ma'lum bölişiça, Binkat ş.ning keyingi asrlardagi örni T. ning tört dahasida, asosan, uçtasi — Sebzor, Kökça, Beşyoğoç hududida joylaşgan bölib, u alohida qalin devorlar bilan örab olingan 4 qism: ark (örda), şahriston (şaharning asosiy qismi) hamda i ç k i (rabodi doxil) va t a ş q i (rabodi xorij) rabodlardan iborat bölgan va bir neça qator mudofaa devori bilan öralgan. Şu davrdagi ark (mayd. 3 ga) va şahriston (mayd. 15 ga ça) şahar markazida hoz. Şayxontohur tumani hududidagi Eski jöva bozori va undan şarqdagi katta tepaliqda joylaşgan. Qal'ada hukmdor saroyi va zindon bölgan. Saroyning bir darvoza (qopqa)sidan şahristonga, boşqasidan şaharning içki rabodiga çiqilgan. Şahar markazida bozor bölgan, u «Jöba» deb yuritilgan. Markaz bilan şahar darvozalari köçalar orqali boğlangan. Bir va ikki kavatli paxsa yoki sinçkori devorli hovlili qilib turar joylar qurilgan. Içki va taşqi rabod devorlari oraliği 4 km bölgan. Şaharda kulolçilik, öqyoy, gazlama, gilam, çodir hamda çarm mahsulotlari işlab çiqariş. rivojlangan.
10-a. oxiri — 12-a. örtalarida Çoç Krraxoniylar davlati tarkibiga kirdi. 1214—15 y.larda Muhammad Xorazmşoh qoraxitoylar qöşini hamda naymanlar xoni Kuçluq bilan jang qilib, Şoş viloyatini ulardan tortib oddi va viloyat duşmanlar qöliga ötmasligi uçun Şoş markazi aholisini köçirtirib yubordi. Şu bois möğullar 1220 y.da şaharni qarşiliksiz qölga kiritgan bölişi mumkin. Juvayniyning möğullar bosqini haqidagi xabarida Toşkent ş. tilga olinmagan. 13—14-a.ning 1yarmida Toşkent viloyati Çiğatoy ulusi tarkibida, 14-a.ning 2yarmi — 15-a. ning 80-y. larigaça T. Amir Temur va Temuriylar tarkibida böldi. 1404 y. da Uluğbek ixtiyoriga mulk tarzida berildi. Bu davrda şahar voha bilan daşt çegarasidagi kuçli qal'aga aylandi, uning hududi kengaydi, işlab çiqariş., savdosotiq, madaniyat rivojlandi. Registon, Şayxontohur ansamblidagi maqbaralar, Jome mayejidi va b. qurildi. Arxeologik topilmalar, me'moriy obidalar mahalliy an'analarning qöşni Şarq mamlakatlari madaniyati bilan uyğunlaşib ketganligini körsatadi. Temuriylar örtasida boşlangan taxt uçun kuraş natijasida T. 1485 y.da Möğuliston xoni Yunusxon ixtiyoriga ötdi va uning qarorgohiga aylandi. Lekin, u köp hukmronlik qilmay, 1487 y.da T.da vafot etdi. Yunusxondan keyin taxtga uning öğli Sulton Maxmudxon ötirdi. Uning hukmronligi ham köpga bormadi. T. 1503 y.da Şayboniyxon va Köçkunçixon tasarrufiga ötdi. 16-a. da T. yana obodonlaşib, Turkistonning hunarmandlik, savdosotiq va madaniy markazlaridan biriga aylandi. Şahar yangi devor bilan öraldi. Me'morlik obidalari qad kötardi, ularning ayrimlari (Şayx Xovandi Tohur maqbarasi, Kökaldoş madrasasi, Baroqxon madrasasi) bizning davrimizgaça yetib kelgan. Hunarmandlikning taraqqiyoti savdosotiq aloqalarining kengayişiga olib keldi. 1558 y.da T. qirğizqaysoklar qamaliga bardoş berdi.
16-a.ning 2yarmida Qozon va Astraxon xonliklarining Rus davlatiga böysundirilişi natijasida T. bilan Moskva örtasida savdo aloqasi rivojlandi, har ikki tomon bir-biriga elçilar yubordi. 1579 y.da T.ni Buxoro xoni Abdullaxon II bosib oldi. 1588 y. da şahar aholisi Abdullaxon II ning noibi, Toşkent viloyatining hokimi Özbekka qarşi isyon kötargan. Lekin, köp ötmay isyon bostirildi. 1597 y.da şaharni Tavakkalxon (1598 y. v. e.) bosib oldi. Oz fursat ötmay T. yana Buxoro xonligiga ötdi. Aştarxoniylardan Imomqulixon qozoqlarni tormor keltirib, 1611 y.da öğli Iskandarni T.ga noib qilib tayinladi. Biroq şahar aholisi isyon kötarib, qoçib ketayotgan Iskandarni tutib öldirdi. Bundan ğazablangan Imomqulixon T. aholisidan şafqatsiz öç olib, ularni qirğin (qatliom) qildi.
1723 y.da T. Junğar xoni GaldanSiren qöliga ötdi. Bu davrda T. aholisi tokçilik, boğdorçilik hamda poliz ekinlari, buğdoy, tariq, arpa, suli, ziğir, kunjut yetiştiriş bilan şuğullanardi. Şahar rastalarida ipak mato, ip gazlama, zarbof kiyimlar köp bölgan. Rus savdogarlari T.ga movut, qunduz terisi va turli böyoklar keltirişgan. T. bilan Balx, Xiva, Buxoro, Samarkand, Kölob, Şahrisabz va b. şaharlar örtasida savdosotiq rivojlangan. Pul muomalasi bu davrda xam hali yaxşi taraqkiy kilmagan edi. T. aholisiga don va qoramol bilan tölanadigan maxsus soliq (hosilning 1/101/5 uluşi) solingan. T. Junğariya xonligi barham topgandan keyin (1758) Katta Örda va qalmoklarning hujumlari natijasida köp zarar kördi.
18-a. örtalarida garçi şahar qöldanqölga ötib turgan bölsada, T. 4 daha (qism)ga — Şapxonşohur, Sebzor (Qaffoli Şoşiy), Kökça (Şayx Zayniddin), Beşyoğoç (Zangiota) dahalariga bölinib, ularning har birini mustaqil hokim boşqargan. T. tarixida bu davr Çorhokimlik deb atalgan.
Şaharni boşqariş böyiça barça ma'muriy lavozimlarga T.ning boy savdogar va aslzodalari tomonidan körsatilgan şaxslar tayinlangan.
Hokimlar taşqi bosqinlarga qarşi kuraşiş uçun navbat bilan qöşin ajratganlar. Muhim masalalar ham birgalikda hal qilingan. Hokimliklar örtasida şaharda hukmron böliş uçun ba'zan töqnaşuvlar bölib turgan. Bunday töknaşuvlar sababli yuzaga kelgan notinçlik davri deyarli çorak asr davom etgan. Ayrim vaktlarda butun şahar hududi jang maydoniga aylangan. Lekyn, 4 daha hokimlarining özaro töqnaşuvlari asosan, şaharning Janggoh, Labzak ariği böyida («Jangob») bölgan. Özaro töqnaşuvlarga şahar aholisi ham jalb etilgan. Faqat Eski jöva bozori betaraf joy hisoblanib, notinçlik vaktida ham savdosotiq davom etgan. Çorhokimlik davrida T. aholisi atrofdagi şahar va qişloqlar, Daşti Qipçoqning çorvador aholisi hamda Sibir bilan savdo aloqalarini uzmagan. Rossiya bilan savdosotiqni rivojlantiriş maqsadida 1779 y.da Toşkentdan Tobolsk ş.ga elçilik missiyasi jönatilgan. Biroq, bu davrda T.dagi içki ziddiyatlar va notinçliklardan foydalangan köçmançilar şaharga bir neça marta hujum qildilar. Natijada şahar atrofidagi boğlar, dehqonçilik dalalari payhon qilindi. Umuman olganda çorhokimlik davri T. hayoti xöjaligining tuşkunlik davri böddi. Şu bois savdohunarmandçilik axlining ilğor fikrli vakillari örtasida şaharni yagona hokim qöl ostida birlaştiriş ğoyalari vujudga keldi. Şu davrda şahar yaxlit taşqi devor bilan öralgan va uning uz. 14 km, darvozalar soni 12 ta edi.
1784 y. Şayxontohur dahasi hokimi Yunusxöja qolgan 3 daha hokimligini ham öz tasarrufiga olib, mustaqil T. davlatini taşkil etdi. Bir neça harbiy yurişlardan keyin u Katta Ördadan T. atrofidagi qişloqlarni qaytarib olişga, T. aholisiga tinçlik bermayotgan köçmançi juz qabilalarini böysundirişga muvaffaq böldi. 1799 y.da Qöqon qöşinlari T.ni qamal qildi, ammo toşkentliklarning kuçli zarbasiga uçrab orqaga qaytdi.
T. davlati taşqi kuçlar, ayniqsa, Köqon xonlari tazyiqida bölsada, 20 y.dan ziyod umr kördi.
T. davlati markazlaşgan davlat sifatida bölib, uning ma'muriyatini «voliy viloyat» lavozimi bilan Yunusxöja boşqardi. Keyinroq Yunusxöja «Xazrati Eşon» unvonini olib, ayni paytda «xon» deb ham yuritildi. Yunusxöja huzurida tuzilgan «xon kengaşi»ga 4 daha mingboşilari, oqsoqollari va b. kiritilgan. Kengaşda, asosan, daha va ulus boşqaruvi hamda harbiy masalalar muhokama etilib bir yeçimga kelingan. Davlatning içki va taşqi siyosatini devonbegi, qozi va raislar amalga oşirganlar. Öta jiddiy masalalar: öğirlik, qotillik va b.ni Yunusxöjaning özi hal etib, aybdorga tegişli jazo berilgan; qotillarga esa ölim jazosi qöllanilgan. Xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalarni ham Yunusxöjaning özi olib borgan.
Anhorning öng tarafida xon farmoni bilan baland va qalin devor öralgan Örda, ya'ni davlat mahkamasi bino qilingan. Unda Yunusxonning qarorgohi va devonxonadan taşqari zarbxona joylaşgan. Ördani qöriqlaş va muhofaza etiş uçun 2 ming kişilik maxsus harbiy qism («qoraqozon») taşkil etilgan.
Toşkentlik tarixçi Muhammad Solihning ma'lumotiga köra, otaliq — devonbegi lavozimiga Rustamtöra, parvonaçi lavozimiga Odiltöra, boş harbiy amir lavozimiga Sarimsoqtöra, qöşin boşliği lavozimiga Boboxontöralar tayinlangan. Davlatning moliya işlari bilan boşçixöja şuğullangan. U içki va taşqi savdo işlarini nazorat qilgan.
Yunusxon şim.da T.ga tutaşgan Daşti Qipçoq xududini ham tasarrufiga olib, aholisiga ziddiyatli vaqtlarda zaruriy sondagi laşkar töplab beriş majburiyatini yuklagan. Çimkent va Sayram ş.lari, keyinçalik Turkiston ş. ham T. davlati tarkibiga kiritilgan. Niyozbek, Oltintepa, Krrabuloq, Sarapon, Temir mavzelari va b. önlab qişloklar T.ga tobe bölgan.
1800 y.da Toşkent davlatining çegarasi jan. va ğarbdan Sirdaryo böylab, şim.dan Turkiston va Qoratoğ yon bağirlari orqali ötgan. Şarqda Sayram tizmasi va Ugom daryosining öng sohili, jan.şarkda ÇatqolQurama toğ tizmalarini yoqalab Sangir qişloğigaça çözilgan. Uning şim. va ğarbiy hududlarida, asosan, çorvador köçmançi aholi yaşagan. 1797 y. ma'lumotlariga qaraganda, barça soliq va majburiyatlardan ozod, yer va suv bilan ta'minlangan 2 ming doimiy qoraqozondan taşqari Yunusxon ixtiyorida 50—70 ming atrofida laşkar bölgan. Maxsus guruxlardan tuzilgan qoraqozon va laşkar navkarlari piltali miltiq, öqyoy, qiliç va qalqon bilan qurollangan. Yunusxon qöşinida 20 ga yaqin töp bölgan. Öklar asosan, T.ning özida Öqçi mahallasida quyilgan.
T.ning ikki ming yillik tarixi davomida örni almaşdi, hududi ham kengayib bordi va undagi aholi joylaşuvi kiçik ma'muriy qismlar — mahallalar şaklini olgan. Mahallalar, odatda, kattakiçik köçalar, ariq yoki jarlik kabi tabiiy tösiqlar orqali çegaralangan hamda jamoa bölib yaşaş zaruriyati yoki kasbkori, ijtimoiy holati, etnik tarkibi kabi belgilari asosida şakllangan.
Qad. va örta asr T. mahallalari haqida yozma ma'lumot juda oz. T. hududida 9-a. dagi şahar — Binkat (11-a.dan Toşkent) ning keyingi asrlarda kengayib borişi bilan unda mahallalar soni ham köpayib borgan va bulardan ba'zilarining nomlari yozma manbalarda uçraydi.
18-a.ga kelib T. ma'muriy hududiy jixatdan 4 kism — dahalariga bölingan. Dahalar öz navbatida bir qança mahalla va guzarlardan taşkil topgan; dahalarda mahallalar soni va ularning kattakiçikligi turliça bölgan. Ba'zi yirik mahallalar bir nom bilan atalsa ham uning keyinroq paydo bölgan qismlari tartib raqami bilan (mas., 1, 2, 3, 4Eşonguzar) yoki hududiga qarab atalgan (mas., Katta Kamolon va Kiçik Kamolon). Aholi soni ösgan sayin mahallalar kengaygan yoki yangilari paydo bölgan. Mahalla ma'muriy holati jihatdan öz içki tartibqoidalariga ega jamoa taşkiloti sanalgan va uni mahalla aholisi tomonidan saylangan boşliq (oqsoqol) boşqargan, 20-a. boşlariga kelib ular yuzboşi mavqeida körilgan. Oqsoqollarga mahallaning jamoat işlari, marosimlari, yiğinlarini boşqariş hamda manfaatlarini himoya qiliş vakolati berilgan.
19-a.ning 2yarmiga oid yozma manbalarda T. mahallalari haqida statistik ma'lumotlar mavjud. Ularda qayd etilişiça, bir mahallada 50 tadan 150 tagaça xonadon bölgan. 1910 y. T.da 146 ming aholi yaşagan, xonadonlar soni 21 mingga yetgan. Şahar markazidagi mahallalar çekkalaridagiga nisbatan qad. bölib, aholi ham ziç yaşagan. Ba'zi mahallalarning nomlari öşa joyda rivojlangan kasbhunarni anglatgan (Piçoqçilik, Degrez, Etikdöz); boşqalari etnik atamalar (Özbekmahalla, Tojikköça, Möğulköça) yoki joyning relyefi (Sassiqhovuz, Çuqurköprik, Balandmasjid va h.k.) orqali ifodalangan.
Mahallalarning masjidi va çoyxonasi uning gavjumroq yerida joylaşgan, aholining turli ma'rakalari uçun zarur umumiy mulki saqlangan. Bir neçta mahallaga bir umumiy markaz — guzar, unda masjid, hunarmandçilik ustaxonalari, çoyxona, nonvoyxona, dökonlar hamda bozorça xizmat körsatgan. Guzarlar, odatda, katta köçalar yoki çorrahalarda joylaşgan.
T. mahallalari haqida aniqroq yozma ma'lumotlar dahalardagi qozilik daftarlarida, 19-a.ning 2yarmida esa rusça naşrlarda qayd etilgan. Şunga köra, 1865 i. T.da 140 ta mahalla bölgan, aholisi 76 ming kişi. Turkiston ölkasi statistikasi yilnomasida (1876) T.da 149 ta mahalla (Şayxontohur dahasida 48 ta, Sebzor dahasida 38 ta, Kökça dahasida 31 ta, Beşyoğoç dahasida 32 ta) bölganligi ta'kidlangan. N. G. Mallitskiy 1927 y. naşr etgan röyxatda esa T.da 280 ta mahalla va şahar aholisiga tegişli 171 ta mavze nomi bor (q. plansxema). Mavzelar, odatda, şaharliklarning şahar taşqarisida joylaşgan ekinzorlari va boğlaridan iborat bölgan; şörolar davrida mavzelar davlat tomonidan musodara qilinib jamoa xöjaligiga aylantirilgan.
T.ning eng gavjum kismi, uning bozorlari hisoblangan. Eski jöva, Çorsu va Kökaldoş madrasasi oraliğida Registon, Çorsu va Kappon (ğalla) bozorlari joylaşgan. Registon bozorida xonliklarda işlab çiqarilgan mollar bilan bir qatorda Hindiston, Afğoniston, Eron, Koşğar, Xitoy va Rossiyadan keltirilgan mollar ham sotilgan. T. dan savdo karvonlari daşt orqali Sibir şaharlari, Koşğar, Xitoy, Hindiston, Afğoniston va Eron tomon qatnagan. Toşkent davlati taşqi va içki savdoni rivojlantiriş maqsadida old tomonida «Muhammad Yunusxöja Umariy» deb yozilgan, sirtiga loçin yoki yölbars tasvirlari tuşirilgan öz tangalarini zarb etib, mustaqil içki va taşki siyosat yuritgan. Yunusxöja, ayniqsa, Rossiya bilan muttasil savdo aloqalari olib boriş va uni kengaytirişga intilgan. 1792 y. Yunusxöja rus podşosiga xat yuborib unga Katta juz biylari bilan ittifoq tuzganligini, T.dan Rossiyaga eltadigan karvon yöllaridagi talonçiliklar tuxgatilganligani xabar qiladi. 1802 y.ning kuzida Yunusxöja vaziri a'zam Mullajon Oxund Mahzum bilan Aşurali Bahodir mingboşini SanktPeterburgga elçi kilib yuboradi. Elçilikdan maqsad, faqat savdo aloqalarini kengaytirişgina emas, balki Rossiyadan qurolyaroğ, çöyan va mis rudalarini sotib olib, öz harbiy kuçini mustahkamlaş hamda Rossiyadan tup kuyuvçi usta va konçilarni T.ga taklif etib, bu yerda töpçilik hunarmandçiligini rivojlantiriş va konlarni işga soliş ham közda tutilgan edi. 1803 y. mart oyida T. elçilari imperator Aleksandr I va davlat kansleri hamda taşki işlar vaziri graf A. Voronsov qabulida böddilar.
T.ning qal'a devori 19-a. boşlarida Yunusxon farmoni bilan daqalar mahallalarining barça erkaklari ommaviy xaşarga jalb qilinib ta'mirlandi. Laşkar Quşbegi davrida şahar atrofi böylab Qöymas, Qöqon, Qaşqar, Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sağbon, Çigatoy, Kökça, Samarqand, Kamolon va Beşyoğoç kabi 12 darvoza bor edi. Muhammad Solihning yozişiça, devor böylab har ming qadamda bittadan «bord» (möla), har 4 ming qadamda esa bittadan burj (minora)lar qurilgan. Şaharning şarqiy darvozasidan to ğarbiy darvozasigaça 8500 qadam, şim. dan jan.ga esa 8100 qadam masofa hisoblangan. Har bir darvozadan şahar markazi — Registon bozoriga eltuvçi köçalar va ulardan esa köplab tor köçalar şoxlab ketgan.
Yunusxöja vafot etgaç (1803), uning öğli Sultonxöja T. hokimi böldi. Yunusxöjaning ölimidan foydalangan Qöqon xoni Olimxon öz ukasi Umarxon qömondonligida qöşin tortib, T.ni egalladi va unga Sultonxöjaning ukasi Hamidxöjani hokim qilib tayinladi. Hamidxöja Qöqonga böysunmay qöydi. Natijada Olimxon şaxsan özi qöşin tortib, T.ni Qöqon xonligiga uzilkesil qöşib oldi. Şundan boşlab, T.ga noib sifatida faqat Qöqon xoni tomonidan beklarbegi tayinlanadigan böddi. Bu davrda şaharning hududi 16 km2ni, aholisi 80 ming (ba'zi manbalarda 100 ming) kişini taşkil etardi. Şaharda hunarmandçilik, töqimaçilik, yoğoç öymakorligi, degrezlik, temirçilik, könçilik, kosibçilik, kulolçilik va b. rivojlangan. Köplab nonvoyxonalar, çoyxonalar, dökonlar bölgan. Şahar hunarmandçiligining deyarli barça sohalari mahalliy xom aşyo hisobiga işlardi. Köpçilik mahalla aholisi qişda biror kasbhunar bilan şuğullanib, yozda şahar taşqarisidagi yer (mavze)larida dehqonçilik va boğdorçilik qilgan.
19-a. örtalarida Rossiya podşo hukumati yirik strategik mavqega ega bölgan T.ni bosib oliş maqsadida harbiy yuriş boşladi. Bu vaqtda T. va Toşkent viloyati Qöqon xonligi tarkibida edi. 1864 y. 1 okt.da M. G. Çernyayev boşçiligidagi rus qöşinlari Çimkent yölidan kelib Oqqörğon tepaligiga örnaşdilar va şaharni qamal qilib töplardan öqqa tutdilar. Toşkentliklar şaharni qattiq turib himoya qildilar. Qöqondan xonlik laşkarboşisi Mulla Alimqul mingboşi köp ming kişilik qöşin bilan T.ga yetib kelgaç, Çernyayev qöşinlari bilan Çimkentga çekinişga majbur böldi. Birok 1865 y. 27 apr.da Çernyayev qariyb 2000 kişilik qöşin bilan yana T. tomon yölga çiqib, Çirçiqdaryosi böyidagi Niyozbek qal'asini egallaydi va şaharni suvsiz qoldiriş maqsadida Kaykovus ariği (Bözsuv kanali) suv oladigan töğonni buzdirib taşlaydi. Laşkarboşi Alimqul ham öz qöşinlari bilan Qöqondan T.ga yetib keladi. Sulton Saidxon, Alimqul va toşkentlik akobirulamolar boşçiligida şaharni himoya qilişga katta tayyorgarlik köriladi. Çernyayev 7 mayda qöşinlari bilan T.ga yaqinlaşadi. Duşman qöşinlari Salor ariğini keçib ötib, TarxonSayyod (hoz. Darxonota) ariğining öng sohili (hoz. Puşkin köçasi)da muqobil turgan T. himoyaçilariga qarata töpdan öt oçadilar (q. Darxon jangi). 9 may kuni şaharning şim.şarqidagi Şörtepada T. himoyaçilari bilan rus bosqinçilari örtasida yana qattiq jang böladi. Jangda Alimqul oğir yarador bölgaç, himoyaçilar örtasida parokandalik va vahima boşlanadi. Qöqon xonligi askarlari Alimqul xazinasini olib öz yurtlariga jönab ketdilar. T.da Qöqon xonligining 60 yillik hukmronligi barham topdi. Buxoro amirligi, Qöqon va Xiva xonliklari T. himoyaçilarining yordam sörab qilgan murojaatlariga rad javobini berdilar. Çernyayev fursatni boy bermaslik uçun T.ni qamal qildi. Şahar aholisi suvsiz qoldi, oziq-ovqat zaxirasi ham tugadi. 14 iyunda duşman askarlari şaharga bostirib kirişga muvaffaq böldi, ular dökon va uylarga öt qöydilar. Şahar mudofaasida faol qatnaşgan toşkentlik tarixçi Muhammad Solih «Jadidai tarixi Toşkand» asarida yozişiça, toşkentliklar duşmanga qattiq qarşilik körsatganlar. Bosqinçilar birinçi galda Örda saroyini yondirdilar, keyin portlatdilar. Uç kun davom etgan mislsiz jangdan söng 42 kun suvsiz qolgan va oçlikdan tinkasi qurigan T. himoyaçilari 17 iyunda ertalab taslim bölişga majbur böldilar. Çernyayev şahar ayonlaridan T.ning 12 darvozasi ramziy oltin kalitlarini topşirişni talab qildi. Juda köp odam qurbon böldi. Çernyayev buyruği bilan uylar yondirildi, egalari otib taşlandi yoki miltiq nayzasi bilan sançib öldirildi. Heç kimga şafqat qilinmadi. Şunday qilib, podşo Rossiyasi qöşinlari maxsus otryadi bilan T.ni bosib olişga muvaffaq böldi. T. va unga qaraşli atrof yerlarda rus davlatining xukmronligi örnatildi. T. Rossiyaning keyinroq Turkiston xonliklarini bosib olişi uçun tayanç punktiga aylantirildi. Çernyayev, öz bosqinçiligini oqlaş uçun T. göyo ixtiyoriy ravişda Rossiya tobeligiga ötganligi haqida şahar ayonlari nomidan qalbaki hujjat tayyorladi. Bu hujjatni imzolaşdan boş tortgan Solhbek Oxund va yana ayonlardan 6 kişi Sibirning Tomsk ş.ga surgun qilindi. 1865 y. sent. da Orenburg generalgubernatori Krijanovskiy T.ga kelib şaharni Rossiya imperiyasi tasarrufiga ötganligini e'lon qildi. 1866 y. avg.da Rossiya imperiyasining T.ni Rossiya tobeligiga olinganligi haqida rasmiy farmoni e'lon qilindi. T. 1867 y.da taşkil etilgan Turkiston generalgubernatorligiitsng siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi bölib qoldi. Anhorning çap sohilida mustamlakaçi ma'murlar va harbiylar uçun Yangi şahar qurila boşladi. 1865 y. avg.— okt. oylarida ruslar T.ning Qöymas darvozasi röparasidagi tepalikda Toşkent Tuprokqörğoni harbiy qal'asini barpo etişdi. Yangi şahar hududida ma'muriy idora va mahkamalar joylaşdi. Anhorning öng sohilidagi qad. T. Eski şahar deb atala boşladi. T.ning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinişi butun Turkistonni bosib olinişini tezlaştirdi.
1892 y.da toşkentliklar mustamlaka zulmiga qarşi közgolon kötardilar (q. Toşkent qözğoloni). 1899 y. Zakaspiy t.y. Toşkentgaça uzaytirildi. 1906 y. esa T.ni Rossiya markazi bilan boğlovçi eng yaqin yöl Orenburg — Toşkent t.y. qurildi. T. asosiy t.y. tuguni, savdo va tranzit punktiga, Turkiston ölkasining ma'muriysiyosiy markaziga aylandi. Şaharda yangi sanoat korxonalari hamda savdo muassasalari vujudga keldi. Aholisi ham, asosan, yevropaliklar hisobiga tez ösib bordi. 1913 y.da T.da 111 sanoat korxonasi, jumladan, 15 paxta tozalaş zdi, 3,5 mingdan ortiq hunarmandçilik ustaxonasi, 22 rus va çet el savdo firmalarining bölimlari, 186 ta kattakiçik dökon bölgan. T. aholisi, asosan, hunarmandçilik, dehqonçilik, boğdorçilik va savdosotiqbilan şuğullangan. T.ning Yangi şahar qismida yevropaliklar qurgan sanoat va transport korxonalari (paxta tozalaş, yoğmoy, vinoaraq, ğişt, pilla va b. korxonalar, t.y., tramvay va b.)da mahalliy aholi vakillari ham işlay boşladi. T.dagi Boş t.y. ustaxonasining 800 işçisidan 120 tasi mahalliy millat vakili bölgan. Tramvay transporti va elektrenergetika korxonalarida 1000 dan ziyod işçi işlagan. 20-a. boşlarida T.da 280 ga yaqin mahalla, 170 mavze bölgan.
1916 y. iyulda T. mehnatkaşlari oq podşoning mardikorlikka oliş haqidagi farmoniga qarşi qözğolon kötardi (q. Mardikorlik).
Rossiyada Oktyabr töntarişi haqidagi xabar T.ga yetib kelgaç, bolşeviklar va söl eserlar hokimiyatni zöravonlik yöli bilan egallaş uçun kuraşdilar. 1917 y. 28 okt.da Boş t.y. ustaxonasining mahalliy millatga mansub bölmagan işçilari hamda askarlar qözğolon boşladilar. Ular t.y. deposi, tovar omborlari, 1Sibir polki kazarmalarini işğol qildilar. Şahar markazi qözğolonçilar qöliga ötdi. 1 (14) noyab.da Tuproqqörğon ham işğol qilingaç, T.da şörolar hokimiyati örnatildi. Şu tariqa T.da Rossiyadan badarğa qilingan bolşeviklar 1917 y. 1 noyab.da t.y. masterovoylari yordamida töntariş ötkazib hokimiyatni egalladilar. 1918 y. 30 apr. dan T. Turkiston ASSRning poytaxti deb e'lon qilindi. 1924 y.da Özbekiston poytaxti Samarqandga köçirildi. 1930 y.dan T. yana poytaxt böldi.
Sovet hukumati yillarida T. mahallalari boşlanğiç ma'muriy birlik şaklida saqlanib qoldi, biroq ularning vazifalari köp tomondan çeklab qöyildi.
2jahon uruşigaça bölgan davrda T.da bir qança sanoat korxonasi — tikuvçilik, tamaki, poyabzal fkalari, töqimaçilik kti, metallsozlik, maşinasozlik zdlari va b. qurildi. Bözsuv, Qodiriya, Börijar GESlari bunyod qilindi. 2jahon uruşi yillarida T. sanoati butunlay frontga xizmat qildirildi. Sanoat 1943 y.da 1940 y.dagiga nisbatan 3 barobar köp mahsulot berdi. Uruş yillarida nemislar okkupatsiya qilgan viloyatlardan evakuatsiya qilingan 300 ming kişi, şu jumladan, 200 mingga yaqin bola T.ga joylaştirildi. 1930—40 y.larda T.da asosan, qişloq xöjaligi.ni texnika bilan ta'minlaşga qaratilgan oğir sanoat tarmoklari tez sur'atlar bilan rivojlantirildi. Yirik sanoat korxonalari — «Uzbekqişloqmaş», ekskavator zdi, «Toştekstilmaş», «Toşpaxtamaş», «Toşkentkabel», yoğmoy kti, karborund zdi, maşinasozlik, elektr lampa va elektr mexanika zdlari, yirik panelli uysozlik kti va b. kurildi.
1966 y. 26 apr.da T.da yuz bergan zilzila natijasida şahar jiddiy şikastlandi. Zilzila oqibatlari qisqa muddat (3,5 y.)da tugatildi (q. Toşkent zilzilasi). Şahar qiyofasi butunlay özgardi. T. hududi atrofga boğ va ekinzorlar hisobiga tez ösdi, köplab turar joy massivlari, jamoat binolari, metropoliten qurildi. 1983 y.da şaharning 2000 yillik töyi ötkazildi.
1991 y. 31 avg.da T.da Özbekiston mustaqilligi e'lon qilindi. Hoz. T. Özbekiston Respublikasining siyosiy markazi hamdir. Bu yerda Özbekiston Prezidentining qarorgohi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, şuningdek, ijtimoiy harakat va partiyalarning va b. jamoat taşkilotlarining markazlari, çet el elçixonalari, BMT ga qaraşli taşkilotlar vakolatxonalari joylaşgan. T. çet ellardagi birodarlaşgan şaharlar bilan döstona aloqalarni rivojlantirişga salmoqli hissa qöşmoqda, T. bir qança xorijiy şaharlar bilan birodarlaşgan.
T.ning eng muhim xususiyatlari şahar gerbi (ramzi) da aks etgan. U uzok, tarixga ega. Ilk örta asrlardayoq T.ning öziga xos ramzi yuzaga kelgan. 8-a.da Çoç (Şoş) ş.ning nişoni qoplon (toğ barsi) bölgan. Buni 8-a. birinçi yarmida hukmdorlik qilgan Yabğu Tarnovça nomi bilan zarb qilingan tangalarning old tomonida krplon, orqasida esa qanğarlarning ayri tam/ali va suğd yozuvida «Tarnovça» deb bitilgan muhri tasvirida köriş mumkin. T. hukmdorlari köpinça öz valiaxdlariga ham toğning eng kuçli va epçil jonzodiga qiyosan Elbarsxon, Belbarsxon kabi ism qöyganlar. T.ning Özbekiston mustaqilligi davridagi gerbi 1996 y.da tasdiqlangan, 2003 y.da gerb tasviriga qisman özgartirişlar kiritilgan (519betdagi rayemga q.).
T.da jahon mamlakatlari, BMT taşkilotlari va Markaziy Osiyo davlatlarining turli muhim mavzulardagi seminar, simpozium va qurultoylari ötkazib turiladi. 1998 y.da YUNESKO taşkiloti Ijroiya Kengaşining 155sessiyasi, 1999 y. 19—20 iyulda Afğoniston muammosini hal etiş böyiça 6Q2 guruhining BMT homiyligidagi uçraşuvi bölib ötdi. Unda tarixiy Toşkent deklaratsiyasi qabul qilindi. 2000 y. sent.da YUNESKO xrmiyligida «Dinlararo dialog va dunyo madaniyati» mavzuidagi xalqaro konfess, 2003 y. 14 mayda «Interkontinental» mehmonxonasida «Markaziy Osiyo 20asrda: hamkorlik, şeriklik va muloqot» mavzuida xalqaro konferensiya, 2004 y. iyun oyida Şanxay hamkorligi taşkilotining konferensiyasi ötkazildi.
T.da mustaqillik şarofatidan kelib çiqib ham iqtisodiyot, ham ma'naviyat sohasida tub islohotlar qilina boşladi. Iqtisodiyot sohasida bozor munosabatlariga ötilişi talablari asosida biznes, işbilarmonlikni, xorijiy sarmoyalar kiritişni rağbatlantiriş, yangi bankkredit sistemasini barpo etiş, mulkni xususiylaştirişga doir bir qança amaliy tadbirlar körildi. Şaharda xorijiy mamlakatlar işbilarmonlari bilan hamkorlikda qöşma korxonalar, firmalar oçiş rivoj topa boşladi.
Şahar qiyofasiga şarqona tus berilişiga ahamiyat berildi. 1991 y. 1 sent.da T.dagi Markaziy maydonni Mustaqillik maydoni deb ataş haqida Özbekiston Prezidenti farmoni e'lon qilindi. Köçalar, maydonlar, taşkilotlar, tumanlar qayta nomlana boşladi. Şahar markazidagi eng katta xiyobon Amir Temur nomi bilan atalib, Sohibqironga haykal örnatildi va temuriylar davri tarixi davlat muzeyi qurildi. Şaharning olimlar yaşaydigan dahasidagi maydonlardan biriga Mirzo Uluğbekka haykal qöyildi va h.k.
T.ni obodonlaştirişga katta ahamiyat berilmoqda. Şaharga kerak bölmagan, uning tabiiy muhitini buzadigan korxonalar, taşkilotlar yopildi yoki şahardan taşqariga köçirildi. T.ning Eski şağar qismida joyning öziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib, asosan, 1995 y.dan butun infrastrukturani kompleks rivojlantirişga kirişildi. Mahallalararo aloqalarni saqlab qolib, şaharning tarixan tarkib topgan qismini tubdan ta'mirlaş va obodonlaştiriş yölida katta işlar kilindi. Jumladan, Eski şaharning Krrasaroy, Sağbon, Bobojonov, Forobiy köçalari kengaytirilib, kayta oçildi. Bu köçalarda transport qatnovi yaxşilandi. Farğona yöli, şuningdek, T.ni Qozoğiston bilan boğlovçi Keles köprigi va b. qayta qurildi. Özbekiston davlat konservatoriyasi, Islom unti, «Turkiston» saroyi, Respublika Birja markazi, «Tata» («Quality») mehmonxonasi, «Toşkentlend» istirohat boği va b. inşootlar foydalanişga topşirildi. «Olay», «Eski jöva», «Farhod», «Beşyoğoç», «Mirobod», «Asaka», «Otçopar», «Parkent», «Kökça» bozorlari deyarli qayta qurildi. T. metrosining Yunusobod yönalişi işga tuşirildi. T.dagi bir qança xaşamatli binolar, Özbekiston milliy boği, Yapon boği, Ğafur Ğulom nomidagi boğ, Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Xalqaro biznes markazi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, «Interkontinental Toşkent», «Le Meridian otel Tashkent Palace», «RadissonSAS Tashkent» mehmonxonalari, «Yunusobod», «JAR», «Golfklub» sport majmualari, eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan Özbekiston milliy banki sport majmuasi, şaharning bir qança joylarida qurilgan köpriklar va kiçik halqa yöli, «Şahidlar xotirasi» majmui, «Xotira» maydoni, Özbekiston tasviriy san'ati galereyasi va b. Özbekiston poytaxtining taraqqiy qiliş boş rejasining eng közga köringan bosqiçlari xolos. Bu özgariş va qurilişlarning muallifi va taşabbuskori Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimovdir.
Özbekistonda mustaqillik yillarida «Fuqarolarning özini özi boşqariş organlarini qöllabquvvatlaş haqida»gi farmoni (1998) va qonuni (1999), «Obod mahalla yili» dasturi (2003) asosida T. mahallalari öz huquqiy maqomiga ega böldi. Ularning faoliyat doirasi kengaydi. Mahallalar yuridik şaxs sifatida öz mulkiga, moliyaviy byudjetiga bankdagi hisob raqami — jamğarmasiga ega böldi, rahbariyat (rais, kotib)ning nufuzi ortdi, vazifalari aniq belgilandi. Mahallalar öz hududlarida savdo va maişiy xizmatni, sanitariya va ekologik holatlarni yaxşilaş, tölovlar sistemasida iştirok etib, mahalla va aholi ahvolini yaxşilaşga kömaklaşiş kabilarda faol qatnaşiş imkoniga ega böldilar.
Şaharda 493 fuqarolarni özini özi boşqariş organi — fuqarolar yiğini (mahalla qömitasi) işlaydi (yana q. Mahama).
T. — Respublikaning eng yirik sanoat markazi. Mamlakatda işlab çiqariladigan mahsulotning 30% ga yaqini poytaxt hissasiga töğri keladi. Şahar sanoatida 14 tarmoqqa mansub 300 dan ziyod asosiy korxonalar işlab turibdi. Sanoat işlab çiqariş. tarkibida elektr energetikasi, maşinasozlik va samolyotsozlik, metallga işlov beriş, binokorlik materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati kabi tarmoklar salmoqdi örinni egallaydi. T. töqimaçilik ktida ip gazlama mahsulotining asosiy qismi işlab çiqariladi. Aviatsiya işlab çiqariş. birlaşmasi, Toşkent traktor zdi, «Algoritm», «Zenit» i. ç. birlaşmalari, elektronika zdi, «Tong», «Malika», «Yulduz» tikuvçilik fkalari, binokorlik korxonalarining keng tarmoği işlab turibdi. Bu korxonalar öz mahsuloti bilan taşki dunyoga çiqmoqda. Aviatsiya işlab çiqariş. birlaşmasining jahon andozalariga javob beradigan «Il76», «Il114» samolyotlari işlab çiqarilmoqda.
T. korxonalari Germaniya, Syangan, Vengriyaga mis simi, bir qança mamlakatlarga paxta teriş maşinalari, Belgiya, Şveysariya, Fransiya, Germaniya, AQŞ, Serbiya va Çernogoriyaga paxta tolasi va b. mahsulotlarni eksport qiladi. T.da 80 dan ziyod xorijiy mamlakat firma va kompaniyalari bilan birgalikda taşkil etilgan 1423 qöşma korxona va firmalar faoliyat körsatmoqda (2004). Jumladan, Turkiyaning «Şayxontohur tekstil», «Sağbontekstil», Jan. Koreyaning «UZOmegaTex», Germaniya va Şveysariyaning «Xobas tapo», AQŞning «Bezak» qöşma korxonalari T. iqtisodiyotini rivojlantirişga munosib hissa qöşmoqsa. 2003 y. nodavlat sektorida sanoat mahsulotlarining hajmi 88,6% ga yetdi.
T. Örta Osiyodagi eng yirik transport çorrahasi, aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Şaharda t.y. vokzali, 2 aeroport, avtovokzal, 5 avtostansiya işlaydi. Bu yerdan T. — Orenburg — Moskva, T. — Turkmanboşi, T. — Namangan — Andijon va boşqa t.y. ötgan. T. — Yangiyöl, T. — Xöjand, T. — Samarkand, T. — Guliston yönalişida elektr poyezdlari qatnaydi. T.dan MDH dan taşqari London, Frankfurt Mayn, TelAviv, Jidda, Dehli, Karoçi, Istanbul, Bangkok, Pekin, NyuYork, Amsterdam, Şarja (BAA), KualaLumpur, Tehron, Afina, Syangan ş.lariga muntazam havo yöllari, Halab, Seul, Osiyo va Yevropaning köpgina şaharlariga çarter yölovçilar taşuvçi reyslar ötgan. Şaxardan bir neça muhim avtomobil yöli boşlanadi, ularning eng yirigi — Katta Özbekiston traktö. Toşkent halqa avtomobil yöli mavjud. Şahar yölovçilar içki qatnovi metropoliten, trolleybus, avtobus, tramvay, taksi orqali amalga oşiriladi.
2003/04 öquv yilida T.da 362 umumiy ta'lim maktabi bölib, 378,9 ming öquvçi, 11 gimnaziyada 17,1 ming öquvçi, 23 akademik litseyda 9,3 ming öquvçi, 30 musiqa va 25 sport maktabida 19,2 ming öquvçi ta'lim oldi. T.da 30 oliy öquv yurti (jumladan, Özbekiston milliy unti, I va II T. Tibbiyot intlari, Pedagogika unti, Iqtisodiyot unti, Islom unti, Texnika unti va b.) bölib, ularda 107,8 ming talaba ta'lim oldi (2004). T.da 1998 — 2003 y.larda 47 kasbhunar kolleji va akademik litseylari binolari işga tuşirildi. Ular zamonaviy dastgoh va texnika bilan jihozlandi. Şaharda 31 kasbhunar kollejida 29,1 ming öquvçi öqiydi.
T.da 16 muzey (Özbekiston davlat san'at, Adabiyot, Özbekiston kino san'ati, Özbekiston sogliqni saqlaş, Antiqa va zargarlik buyumlari va b. muzeylar) bölib, ularda 800 mingga yaqin eksponat qöyilgan, 166 jamoat kutubxonasi (13,8 mln. nusxa asar), 9 madaniyat saroyi, 65 madaniyat uyi bor.
T.da 13 teatr (Özbek milliy teatri, Alişer Navoiy nomidagi Özbek davlat akademik opera va balet katta teatri, Muqimiy nomidagi Özbek davlat musiqali teatri, Abror Hidoyatov nomidagi yoşlar teatri, Yöldoş Oxunboboyev nomidagi Özbek davlat respublika yoş tomoşabinlar teatri, Toşkent davlat rus akademik drama teatri, qöğirçoq teatri, Rus davlat respublika yoş tomoşabinlar teatri, operetta teatri va b.) mavjud.
T. sirkida 1940 y.dan boşlab maşhur özbek dorbozlari— Toşkanboyevlar sulolasi faoliyat körsatib kelmoqda.
T.da 16 madaniyat va istirohat boği bor. Şulardan biri markaziy, 5 tasi bolalar boği (şulardan biri şahar boği), 10 tasi madaniyat va istirohat boği. Ayniqsa, Alişer Navoiy nomidagi milliy boğ, Ğafur Ğulom, Furqat, Bobur nomidagi, «Boği eram», «Akvapark» boğlari maşxur. Undan taşqari dendrapark, botanika boği, hayvonot boği, Gagarin boş faoliyat körsatadi. Amir Temur xiyoboni va b. bor. T.dagi ziyoratgoh joylardan Şayx Zayniddin, Çöponota, Kaffol Şoşiy, Xöja Alambardor maqbaralari mavjud.
T.da 18,6 ming örinli (10 ming kişiga 86,8 örin) 99 kasalxona muassasasida 16,5 ming vraç, 25,2 ming örta ma'lumotli tibbiy xodim işlaydi. Şaxarda 115 poliklinika, 594 dorixona faoliyat körsatadi. Respublika ahamiyatidagi şoşilinç tibbiy yordam, urologiya, köz mikroxirurgiyasi, kardiologiya, jarroxlik, onkologiya markazlari T.da joylaşgan.
T.da 5 sanatoriy, 19 ta sanatoriyprofilaktoriy, dam oliş uyi bor, şulardan, Çinobod sanatoriysi, Tibbiy tiklaniş va fizioterapiya ilmiy tadqiqot inti qoşidagi davolaş klinikasi va bolalar statsionari va b. faoliyat körsatadi. T. yaqinida Toşkent mineral suvi balneologik kurorti joylaşgan.
1994 y.da T.da «Yunusobod» tennis saroyi qurilib, unda UzR Prezidenta sovrini uçun tennis böyiça katta xalqaro musobaqalar ötkazilmoqda. Şaharda Olimpiada örinbosarlari bilim yurti, «Paxtakor» sportmaşğulot birlaşmasi, «Qibray» öquvmaşğulot markazlari, yengil atletika böyiça «Yangiobod» öquvmaşğulot bazasi joylaşgan. «Yoşlik» sport arenasi, «Paxtakor» markaziy stadioni va b. xalqaro sport talablariga javob beradigan sport inşootlardir. Şu bois T.da katta xalqaro sport musobaqalari ötkazib turiladi. 1995 y. sent.da 1Markaziy Osiyo öyinlari, 1998 y. noyabda «suv pariyey» sinxron suziş böyiça 1xalqaro turnir, 1999 y. 7 iyunda «Dinamo» tennis kortida «Tashkent open» xotinqizlar turniri bölib ötdi. Özbekistonning «Paxtakor» futbol jamoasi öz stadionida jahon va Osiyoning nufuzli jamoalari bilan uçraşuvlar ötkazib kelmoqda. Maşhur özbek kuraşi böyiça ham T.da xalqaro musobaqalar bölib ötdi. 2004 y. iyul oyida toşkentlik Rustam Qosimjonovnnng şaxmat böyiça jahonning eng kuçli şaxmatçilarini yengib Jahon çempioni unvonini olişi özbek şaxmat sportining buyuk ğalabasidir. T.da sport mavzusiga bağişlangan bir qança jurnali va gaz.lar çiqadi. Şulardan «Sport», «Özbekiston futboli» va b.ni aytiş mumkin. Özbekistonda sport kadrlarini, asosan, Özbekiston davlat jismonii tarbiya inti tayyorlaydi. Int qoşida 1993 y.dan Özbekiston Olimpiya akademiyasi faoliyat körsatadi.
T.da 19 nomda respublika gaz.lari, 2 viloyat gaz. («Toşkent haqiqati», «Taşkentskaya pravda»), 2 şahar gaz. («Toşkent oqşomi», «Veçerniy Taşkent»), 44 köp tirajli gaz. naşr etiladi. Respublikada naşr etiladigan 67 nomdagi jurnalning 62 tasi T.da çiqadi (q. Matbuot). T.da 4 ta informatsiyey agentlik faoliyat körsatadi. Özbekistondagi naşriyotlarning asosiy qismi T. şaxridadir (q. Noşirlik). Özbekiston radioeşittirişlarida T. radiosi yetakçi örinni egallaydi. T. şahri va viloyat radio tinglovçilari uçun har kuni T. şahar va T. viloyat radioeşittirişi boş tahririyatida tayyorlangan eşittirişlar beriladi (1971 y.dan). Boş tahririyatda axborot va ijtimoiysiyosiy bölimlar bor (q. Radioeşittiriş). Toşkent televideniye studiyasining T. şahri va Toşkent viloyati aholisi uçun möljallangan körsatuvlari boş tahririyati maxsus körsatuv turkumlarini tayyorlaydi (q. Televideniye).
T. dagi tarixiy me'moriy yodgorliklardan: Kökaldoş madrasasi (16-a.), Şayx Zayniddin bobo makbarasi (13— 14-a.lar), Xöja Alambardor makbarasi (taxm. 10-a.), Abulqosim şayx madrasasi (19-a.), Yunusxon makbarasi (15-a. oxiri), Şayx Xovandi Tohur maqbarasi (15- a.), Qaldirğoçbiy makbarasi (15-a.ning 1yarmi) va b. saklangan.
Toşkent şahri tumanlari
Akmal Ikromov tumani — T.dagi ma'muriy-hududiy birlik. 1977 y. Çilonzor va Oktyabr (hoz. Şayxontohur) tumanlarini ixçamlaştiriş maqsadida, ular hududida taşkil etilgan. Davlat arbobi Akmal Ikromov nomiga qöyilgan. 1977 y.dan hoz. çegarasida jan. va jan. şarkdan Zargarlik va Qatortol köçalari bilan boşlanib, ğarb va şim.ğarbda avtomobil halqa yöliga tutaşadi. Mayd. 2797 ga, jumladan, kökalamzor yerlari — 1124 ga. Aholisi 228,3 ming kişi (2004). Köçalar soni 424 tani taşkil etib, şundan 8 tasi markaziy hisoblanadi. Asosiy avtomagistrallari: Lutfiy, Hamroqul Tursunqulov, Farhod, Sulton Segizboyev, Uyğur, Nazarbek, Ziyo Sayd, Töqimaçi köçalari va Kiçik halqa yöl. Tumanda 50 ta mahalla mavjud.
Tuman hududida quyidagi sanoat korxonalari: zargarlik zdi, bulkakonditer, sut ktlari, «Toşkentsut» aksiyadorlik jamiyati, «Fonon» zdi, «OsiyoFud» non mahsulotlari korxonasi, «Çevar» tikuvçilik işlab çiqariş. birlaşmasi, «Gazavtomatika» korxonasi, «Toşinterm» Özbekiston — Xitoy, «Şayxontohurtekstil» köşma korxonalari, Toşkent mexanizatsiya vositalari va jihozlari hamda stanoksozlik tajribaeksperimental mexanika zdi, töqimaçilik ktining 4yigiruvtöquv fkasi, 13 avtotransport va 5 quriliş taşkiloti mavjud. Tumanda Jahon tillari unti, Davlat soliq akademiyasi, yuridik kolleji, san'at internat maktabi, 3 ta akademik litsey, 5 kasbhunar kolleji, 37 umumiy ta'lim maktabi, 53 bolalar boğçasi va yaslisi, 8 davolaş yaslisi, 6 davolaşprofilaktika muassasasi, 22 poliklinika, 6 oilaviy poliklinika, 5 kasalxona va dispanser bor. Tuman aholisiga 512 oziq-ovqat va 550 sanoat mollari dökoni, 420 maişiy xizmat körsatiş şoxobçasi xizmat qiladi. 2 madaniyat uyi, 8 jamoat kutubxonasi, «Vatan» kinoteatri, Akmal Ikromov nomidagi madaniyat va istirohat boği bor. Turar joy fondining umumiy foydali mayd. 3486 ming m2 (2004). Tumanda quriliş işlari 1966 y.dan boşlangan. T. ni rekonstruksiya qiliş va rivojlantiriş Boş planiga muvofiq tumanda katta quriliş işlari olib borilmoqda; 70, 72 ATS, stomatologiya poliklinikasi, maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari, «Karvonsaroy bozori», «Örikzor», «Guliston» turar joy massivlari, bolalar boğçalari, maktablar qurilib işga tuşirildi. Farhod va Uyğur köçalari kengaytirildi.
Bektemir tumani (1990 y. gaça Narimonov) — T. dagi ma'muriy-hududiy birlik. 1960—81 y.lar Bektemir şaharçasi: 1973—90 y.larda şahar, 1981—90 y.larda davlat va jamoat arbobi, yozuvçi Narimon Kerbalay Najaf ugli Narimonov (1870—1925) nomi bilan yuritilgan. 1990 y. dan T. tarkibidagi Bektemir tumani. Çirçiqdaryosining çap sohilida. Bu dare Bektemir tumanini boşqa tumanlardan ajratib turadi. Mayd. 1,83 ming ga, şu jumladan kökalamzorlaştirilgan hududi 0,012 ming ga. Aholisi 29,9 ming kişi (2004). Köçalar soni 45 ta. Asosiy yirik köçalari: Husayn Boyqaro, Ohangaron şohköçasi, Bektemir. 12 ta mahalla mavjud. Tuman hududida «Özsmatana», «Agrokeramika», «Mirmaks» qöşma korxonalari, 17 sanoat korxonasi, şu jumladan, Toşkent motor, «Irgidromaş» va b., 9 transport muassasasi, «SredazVNI-Igidromaş» i. t. instituta, 5 umumiy ta'lim maktabi, musika maktabi, bolalar sport maktabi, 13 bolalar boğçasi, 16tibbiyotdavolaş muassasasi, 4 poliklinika bor. Tumanda 522 yirik hamda kiçik örta biznessubyektlari faoliyat körsatadi, şundan 44 tasi xorijiy investitsiyalar iştirokida tuzilgan korxonalardir. Tuman aholisiga 11 oziq-ovqat, 4 sanoat mollari, 7 aralaş mollar dökonlari, univermag, 30 ovqatlaniş korxonasi, maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari xizmat qiladi. 5 jamoat kutubxonasi, klub, madaniyat uyi, kinoteatr, 10 dan ziyod bolalar sport maydonçalari, tennis korti, 2 futbol maydoni bor.
Tumanda Örta Osiyoda yagona bölgan «Golfklub» taşkil etilgan.
Mirzo Uluğbek tumani (1935 y.gaça — Proletar tumani, 1992 y.gaça Kuybişev tumani; 1992 y. maydan Mirzo Uluyebek tumani) — T.dagi ma'muriy-hududiy birlik. 1929 i. taşkil qilingan. Hoz. çegarasi 1978 y. dan buyen özgarmagan. T.ning şim.şarqiy qismida joylaşgan. T. markazi (Amir Temur xiyoboni)dan boşlanib, şim.şarqiy tomonga, Toşkent avtomobil halqa yöligaça boradi. Feruza mavzesi, Toşkent traktor zdi, Uluğbek şaharçasi ğam tuman hududiga kiradi. Maydoni 3,2 ming km2, şu jumladan, kökalamzorlaştirilgan hudud — 0,579 ming ga. Aholisi 247,6 ming kişi (2004). Tuman hududida tarixiy va madaniy yodgorliklardan Kirxa (1892) saklangan. Köçalar soni 532 ta. Asosiy magistrallari: Puşkin, Parkent, Temur Malik, Oqqörğon köçalari, Buyuk ipak yöli şohköçasi, Habib Abdullayev köçasi, Kiçik halqa yöl. 49 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 377 yirik korxona, şundan 28 sanoat korxonasi (şu jumladan, «Toşkentkabel», traktor zdlari, «Özbekiston paxtaçilik maşinasozligi», lokböyoq zdlari.), 3119 kiçik va örta biznes subyektlari bor. 27 i.t. instituta, 10 loyiha inti, 4 oliy öquv yurti (Madaniyat inti, Jahon iktisodiyoti va diplomatiya unti va b.) xamda umumqöşin qömondonlik bilim yurti, harbiy akademiya, Içki işlar vazirligi akademiyasi, Toşkent vraçlar malakasini oşiriş inti, yozuvçilar, kompozitorlar, me'morlar ijodiy uyuşmalari va teatr jamiyati, 33 umumiy ta'lim maktabi, 12 kasbxunar kolleji, 4 bolalar musiqa maktabi va san'at maktabi, 10 kasalxona va dispanser, «Ona va bola» markazi, 11 oilaviy poliklinika, 2 tibbiysanitariya qismi işlab turibdi.
Aholiga 176 oziq-ovqat dökoni, 244 sanoat mollari dökoni, 304 umumiy ovqatlanişkorxonalari, 517 maişiy xizmat körsatiş şoxobçasi xizmat qilmoqda. Muxtor Aşrafiy, Sergey Yesenin uymuzeylari, 28 jamoat kutubxonasi, 3 madaniyat uyi va saroyi, 3 madaniyat va istirohat boği, hayvonot boği va b. işlab turibdi. Turar joy fondining umumiy foydalaniş mayd. 2579 ming m2.
Mirobod tumani (1992 y.gaça Lenin tumani) — T.dagi ma'muriy-hududiy birlik. 1929 y. Şayxontohur tumani bilan birgalikda taşkil etilgan. Hoz. çegarasi 1977 y. dan buyen özgarmagan. Tuman T.ning janubiy qismida joylaşgan. Şim. da Amir Temur xiyobonidan halqa yöligaça çözilgan. Mayd. 1,71 ming ga, şu jumladan kökalamzorlaştirilgan hududi —0,356 ming ga. Aholisi 123,8 ming kişi (2004). Köçalar soni 103 ta, şundan 8 tasi markaziy köça hisoblanadi. Bularga Fitrat, Movarounnahr, Nukus, Kosmonavtlar köçasi, T. Şevçenko, Farğona yöli va b. kiradi. 39 ta mahalla mavjud. M.t. janubdan Bektemir, şarqdan Hamza, şim. dan Yunusobod, şim.ğarbdan Yakkasaroy, jan.garbdan Sergeli tumanlari bilan çegaradoş. Tuman çegaralari Şarof Raşidov, Istiqlol, Oxunboboyev, Farğona yöli, Toşkent Katta halqa yöli, Beşkent, Fitrat, Turğunboyeva,. Oq yöl, Kiçik Beşyoğoç, Nukus, Kunayev köçalaridan ötadi. Toşkent metropolitenining «Oybek», «Toşkent» stansiyalari M.t. hududidadir. Tuman hududidan 4 ta kanal (Baratxöja, Qorasuv, Salor, Tolariq) oqib ötadi.
M. t.da 3167 korxona va taşkilot faoliyat körsatadi, şundan 349 tasi yirik, 818 tasi kiçik va örta biznes subyektlaridir. Toşkent ş. böyiça sanoat işlab çiqariş. umumiy hajmidagi tumanning uluşi 10,5% ni taşkil etadi. «Özelektroapparat», «Özkimyofarm», «Foton», «Tong» aksiyadorlik jamiyatlari, «Öztemiryölmaşta'mir», «Uçqun» kabi yirik sanoat korxonalari respublika ahamiyatiga ega.
M.t.da asosiy doiradagi sanoat korxonalari soni 31 tani taşkil qilib, sanoatning 8 ta tarmoği böyiça faoliyat yuritadilar, bular yengil sanoat, oziq-ovqat, tibbiyot, matbaa sanoati, maşinasozlik va metallni qayta işlaş sohasi, yoğoçni qayta işlaş va qoğoz işlab çiqariş. sanoati, kimyo va neft kimyosi sanoati, quriliş aşyolari işlab çiqariş. tarmoqdaridan iborat. Xalq iste'moli mollari işlab çiqariş. hajmlarining eng yuqori ösiş sur'atlari yengil, oziq-ovqat sanoat sohalarida kuzatiladi.
Tuman eksport salohiyatining asosiy qismi «Özbekiston havo yöllari» va «Özbekiston temir yöllari» kompaniyalariga töğri kelib, Toşkent ş. böyiça eksportning 1/3 qismi tuman uluşiga töğri keladi.
Tumandagi özida çiqarilgan mahsulot eksporti bilan şuğullanuvçi korxonalar «Uzelektroapparat», «Foton» aksiyadorlik jamiyatlari, «Kvark», «Öztemiryölmaşta'mir», «Taşelektroapparat» korxonalari va b.dir.
M.t.da Mirobod bozori, aeroport, t.y. vokzali, 17 umumiy ta'lim, 2 musiqa, 3 sport maktabi, 8 kasbhunar kolleji, 3 akademik litsey, 6 oliy öquv yurti (Toşkent Vestminster unti, Toşkent davlat aviatsiya, Toşkent farmatsevtika, Toşkent temir yöllari transporti muhandislari, Toşkent şarqşunoslik, Toşkent avtomobil va yöllar intlari), 5 örta maxsus bilim yurti faoliyat körsatadi. Aholiga 778 savdo va 180 maişiy xizmat körsatiş şoxobçasi xizmat körsatadi. Ulardan 108 oziq-ovqat, 55 sanoat mollari dökonlari, 227 ovqatlaniş, 160 nooziq, 160 aralaş, 58 nostatsionar savdo şoxobçalaridir.
Toşkent şahar, viloyat hokimiyatlari, Alişer Navoiy nomidagi özbek davlat akademik opera va balet katta teatri, Toşkent davlat rus akademik drama teatri, şuningdek, 4 madaniyat uyi, 2 madaniyat va istirohat bogi, Le Meridian otel Tashkent Palace, «Poytaxt» mehmonxonalari, 7 kutubxona, San'at, Temir yöl texnikasi, Tibbiyot muzeylari, Özbekiston BA Markaziy körgazma zali mavjud. Tumanda 1 klinik şifoxona, bolalar kasalxonasi, şahar klinik ruxiy kasalliklar şifoxonasi, 2tuğruq majmuasi (4 va 5 sonli), 40 oilaviy poliklinika, Temir yöl, Taşqi işlar vazirligi, Içki işlar vazirligi, Markaziy konsultativ taşhis poliklinikalari, stomatologiya poliklinikasi (7sonli), şahar jismoniy tarbiya dispanseri, teritanosil kasalliklari dispanseri (1sonli), Toşkent şahar yölovçitransport tibbiyot sanitariya qismi, şahar bolalar ruhiyasab kasalliklari şifoxonasi va sanatoriy işlab turibdi. Turar joy fondining umumiy mayd. 1432,1 ming m2.
Sergeli tumani — şahardagi ma'muriy-hududiy birlik. 1967 y.da taşkil etilgan. T. şahrining jan. ğarbiy qismida. S. t. hududi markaziy t.y. trassasidan Çirçiq daryosi qayirlarigaça bölgan yerlarni, jan. ğarbda Çoştepa, Nöğayqörğon, Toşkent aeroporti atrofi, Qöyliq 5—7, Sergeli 1 — 8, Sputnik (Yöldoş), Döstlik, Quruvçilar mavzelari, Eski Sergeli, Sanoat zonasini qamrab oladi. Şim. ğarbdan Toşkent viloyatining Zangiota, jan.şarqsan Yangiyöl tumanlari bilan çegaradoş. Mayd. 5,19 ming ga, şu jumladan, kökalamzor yerlar 0,347 ming ga. Aholisi 154,4 ming kişi (2004). Mahallalar va uyjoy şirkatlari soni 33 ta bölib, 14 ta mavze va Yöldoş (Sputnik) şaharçasidagi (1966 y.da taşkil etilgan) 17 ta kiçik mavzedan iborat. Köçalar soni 147 ta. Asosiy magistrallari: Toşkent avtomobil halqa yölining jan. qismi, Yangi Sergeli, Çoştepa, S. Tolipov, Qipçoq köçasi; Toşkent— Angren t.y. ham tuman hududidan ötadi.
S.t.da 1101 korxona bölib, şulardan 167 tasi yirik, 252 tasi kiçik va b. korxonalardir. 330 ta sanoat korxonasida: mebel, ikkilamçi kora va rangli metall, porşen, gigroskopik paxta, asfalt, rezina va plastmassa buyumlari, yoğoçni qayta işlaş, çarm va b. mahsulotlar işlab çiqariladi. «Fayz» xolding kompaniyasi, «Mebel» korxonasi, aviatsiya ta'mirlaş zdi, «Novator» (traktor porşenlari), «BarakatAlfa» (gigroskopik paxta), «Grinvord» (bolalar oziq-ovqati, meva şarbatlari), Toşkent temir yöl masofasi (konteynerlar jönatadi) korxonalari, Quyoşdan himoyalaş buyumlari zdi (plastmassa romlar va b.), «Toşkent» xalqaro aeroporti, Sergeli aviaotryadlari, 3 avtokombinat, «RAF» avtokorxonasi (yölovçilarga kiçik avtobusda xizmat körsatiladi), 4, 12avtobus saroylari mavjud. Şuningdek, 973 ta tadbirkor faoliyat körsatadi. Tumanda 27 umumiy ta'lim maktabi, 5 ta maktabdan taşqari ta'lim markazi, 6 kasbhunar kolleji, 2 bolalar sport maktabi bor. Soğliqni sakdaş sistemasida 491 örinli 3 ta şahar kasalxonasi, 5 poliklinika, tuğruqxona, teritanosil kasalliklari dispanseri, 33 dorixona Aholiga xizmat körsatadi. St. da Özbekiston Respublikasi taşki iqtisodiyot milliy banki, Sanoat quriliş banki, «Asakabank», Uyjoy jamğarma banki, Xalq banki bölimlari mavjud. Şahardagi eng yirik savdo majmualaridan dexdon bozori, Sergeli, «Avtomakon» bozori, Poytaxt Sergeli savdo markazi işlab turibdi. 8 kutubxona, 3 madaniyat uyi, Usmon Nosir va Yangi Sergeli madaniyat va istirohat boğlari, musiqa maktabi bor. 106 sport inşooti, şu jumladan, stadion, 5 suziş havzasi, 43 sport zali, 51 sport maydonçasi, 4 soğlomlaştiriş sport majmuasi mavjud.
Tumanda quriliş işlari, asosan, Toşkent zilzilasi (1966 y.)dan keyin boşlangan bölib, 1 va 2 qavatli yoğoç uylar qurilgan. Sergeli turar joy dahasidagi 4 va 9 qavatli binolar 1980— 90 y.larda qad kötargan. St. turar joy fondining umumiy foydali mayd. 2718,5 ming m2 (2004).
Tumanning asosiy yönalişi — umumşahar markazi bilan boğlaydigan Yangi Sergeli köçasi. Tuman hududida Çoştepa va Nöğayqörğon arxeol. yodgorliklari bor.
Sobir Rahimov tumani — T.dagi ma'muriy-hududiy birlik. 1970 y.da taşkil kilingan. Sobir Rahimov nomi bilan atalgan. 1980 y.dan hoz. çegarasida. T.ning şim.ğarbida joylaşgan. Şim.ğarbda Toşkent viloyati Zangiota tumani, şim. va şim. şarkda Toşkent tumani, şarkda Yunusobod tumani, jan. va jan.ğarbda Şayxontohur tumani bilan çegaradoş. Mayd. 3,4 ming ga, şu jumladan kökalamzor yerlari 1,01 ming ga. Aholisi 283,6 ming kişi (2004). Köçalar soni 290 ta. Asosiy magistrallari: Beruniy, Niyozov, Kiçik halqa yöl, Forobiy, Ziyomov, Çimboy, Usta Şirin, Tansiqboyev, Hasanov, Oybek va Qorasaroy köçalari. 58 ta maxalla mavjud.
Tuman hududida «Kolorfleks», «Imperial», «Osiyobatareya» qöşma korxonalari, 30 sanoat korxonasi, şu jumladan, «Toşkentmarmar» işlab çiqariş. birlaşmasi, «Mikond», agregat, tajribamexanika, ekskavator ta'mirlaş, «Kompressor», «Oniks» va çinni zdlari, «Toşkent mebel» i. ç. birlaşmasi, «Tola» (pillakaşlik) korxonasi, boş kiyimlar fkasi, 10 avtotransport va 10 kurili ş taşkiloti faoliyat körsatadi. Tumanda 19 ilmiy tadqiqot inti, 4 loyihalaş taşkiloti («Özgazloyiha», «Özqişloqxöjalik loyiha», Xalq ta'limi Vazirligining loyihakonstruktorlik byurosi, «Taş. ZNIIEP»), 3 oliy ökuv yurti (ÖzMU, ToşDTU, 2Toşkent tibbiyot inti), 1 litsey, 1 kasbxunar kolleji, 37 umumiy ta'lim maktabi, 1 san'at, 1 ta musika maktabi, 60 ta maktabgaça tarbiya muassasasi bor. Tuman aholisiga 47 oilaviy poliklinika, 20 ta kasalxona, 8 madaniyat uyi va saroyi, 10 ta kutubxona, yoş tomoşabinlar teatri, tabiat muzeyi, 3 ta bozor, 5 ta stadion, 6 ta suziş havzasi, 57 sport zali, 10 ta tennis majmuasi xizmat körsatadi. Tuman xududida «Oymomo» madaniyat va istirohat boği, bir neça kiçik dam oliş maskanlari, «Özekspomarkaz» xalqaro körgazmalar majmui, «Olimpiya» mexmonxonasi faoliyat körsatadi. 110 oziqovkat va 51 sanoat mollari dukoni, 196 umumiy ovqatlaniş korxonasi, 467 maişiy xizmat körsatiş şoxobçasi mavjud.
Mustaqillik yillarida Sağbon, Qorasaroy, Forobiy köçalari kengayib, Moyqörğon, Beşqörğon mavzelari taşkil qilindi, uz. 1 km dan ziyod köprik bunyod etildi.
Tuman xududida me'moriy yodgorliklardan Barokxon madrasasi, Qaffol Şoşiy maqbarasi bor. Beruniy, Furqat, Sobir RahimovvaL. B. Şastri, Berdaq, A. Kodiriyga haykal örnatilgan. Şahar metropolitenining Beruniy metro styasi tuman xududida joylaşgan.
Çilonzor tumani — T.dagi ma'muriy-hududiy birlik. 1963 y.da taşkil kilingan. Toponimistlarning fikriça tuman nomi çilon (jiyda) ösimligidan olingan. T. zilzilasi (1966) dan keyin tumanda quriliş işlari avj oldi. T.ning jan. ğarbiy qismida joylaşgan. Şim. da Oktepa kanali, şarkda Börijar kanali, jan. ğarbda Örta Osiyo t. y. böylab T. avtomobil halqa yöli va Bobur köçasigaça davom etgan. Mayd. 2994 ga, şu jumladan, kökalamzorlaştirilgan maydonlar 1,334 ming ga. Aholisi 217,1 ming kişi (2004). Köçalar soni 262 ta. 45 ta mahalla mavjud. Tumandagi ba'zi joylar T. tarixi bilan boğliq. Çilonzor Oktepasi arxeologik yodgorligi (4—8-a. lar, 10— 11-a.lar), Abulqosim Şayx madrasasi, Xayrobod Eşon me'moriy majmuasi kabi me'moriy yodgorliklar şu tuman xududida joylaşgan.
Asosiy magistrallari — Xalqlar döstligi, Muqimiy, Çöponota, Farhod, Gavhar, Çilonzor, Qatortol, AlXorazmiy köçalari. Hududida qöşma korxonalar («Sovplastital» Özbekiston — Italiya qöşma korxonasi, «Özbegiminterneşnl» qöşma korxonasi va b.), 24 sanoat korxonasi (şu jumladan, 3 poyabzal i. ç. birlaşmasi, körlar jamiyatining i. ç. kombinati, «Rele va avtomatika», «Algoritm» korxonalari, elektr rözğor buyumlari zdlari); 8 i.t. instituta, 8 loyihalaş inti, konstruktorlik byurosi, Toşkent davlat iqtisodiyot unti, 38 umumiy ta'lim maktabi, 20 akademik litsey va kollej, 65 maktabgaça yoşdagi bolalar muassasasi; 9 kasalxona va 31 ta poliklinika bor. Aholiga 152 oziq-ovqat, 64 sanoat mollari dökonlari, 121 umumiy ovqatlaniş korxonasi, 96 maişiy xizmat körsatiş şoxobçasi, Çilonzor buyum bozori xizmat kiladi. Mukimiy nomidagi musiqa va drama teatri, Davlat musiqali komediya (operetta) teatri, 2 kinoteatr, Navoiy nomidagi Milliy boğ, Ğafur Ğulom nomidagi madaniyat va istirohat boği, Xalqlar döstligi saroyi faoliyat körsatadi. 4 stadion, 101 sport zali, 166 sport maydonçalari, 6 suv havzasi, otçopar majmuasi bor. Turar joy fondining umumiy foydali mayd. 3178 ming m2.
Şayxontohur tumani — T. dagi ma'muriy-hududiy birlik. 1929 y. Oktyabr tumani nomi bilan tuzilgan. 1992 y.da Şayxontohur (Şayx Xovandi Tohur) tumani deb özgartirilgan. 1978 y.dan hoz. çegarada. Şim.ğarbda Zangiota tumani, şim.da Sobir Rahimov, şim.şarkda va şarqda Yunusobod, jan. da Çilonzor va Yakkasaroy, ğarbda Akmal Ikromov tumanlari bilan çegaradoş. Mayd. 2,73 ming ga, şu jumladan kökalamzorlaştirilgan maydonlar 0,832 ming ga. Aholisi 263,1 ming kişi (2004). Köçalar soni 622 ta. Asosiy magistrallari: Abdulla Qodiriy, Navoiy, Uzbekistan, Beruniy şohköçalari, Furqat, Uyğur, Samarkand darvoza köçalari. Xalqlar döstligi, Xadra, Çorsu, Otstepa maydonlari, 48 ta mahalla bor.
Tumanda 3379 korxona va taşkilot mavjud. 9 sanoat korxonasi, şundan «Şarq guli» badiiy, Toşkent tikuvçilik, «Orzu» i. ç. birlaşmalari, Toşkent matbaa kti, könmöyna zdi va b. işlab turibdi. 3069 kiçik va örta biznes subyektlari qayd etilgan. Ş. t. da 18 vazirlik, davlat qömitalari va yirik idoralar, me'morlik va şaharsozlik boş boşqarmasi, 11 loyihalaş inti, Özbekiston Respublikasi FAning Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi, Seysmologiya, Polimerlar kimyosi va fizikasi, Mikrobiologiya intlari, Arxitektura va quriliş, kimyotexnologiya intlari, 16 örta maxsus öquv yurti, 42 umumiy ta'lim maktabi va b. muassasa, taşkilotlar bor. 10 ta oilaviy va stomatologiya şifoxonasi, 18 poliklinika va ambulatoriya, 8 kasalxona xizmat körsatadi. Mustaqillik yillarida tuman hududida Özbekiston davlat konservatoriyasi, Islom universiteta, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya unti qoşidagi akademik litsey qurildi, Özbek milliy akademik drama teatri, «Çorsu» savdo markazi binolari hamda Eski jöva bozori kayta ta'mirlandi.
Eng yirik guzarlari: «Gulzor», «Ipakçi», «Kökça», «Islomobod». Tumanda «Yangi Kamolon», «Huvaydo», «Boğköça», «Çöponota», «Ipakçi» mahallalarida katta sport maydonlari mavjud. 562 oziq-ovqat, 346 sanoat mollari dökonlari, 174 maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari, «Çorsu» savdo markazi tuman aholisiga xizmat körsatadi.
Özbek milliy akademik drama teatri, Abror Hidoyatov nomidagi Özbek davlat drama teatri, Satira teatri, Rus yoş tomoşabinlar teatri, sirk,
«San'at saroyi», «Özkörgazmasavdo» saroyi, 9 madaniyat uyi va muassasasi, Kino uyi, 22 jamoat kutubxonasi, 4 kinoteatr va b., «Paxtakor» stadioni, «JAR» sport majmui, «Şarq», «Xadra», «Yoşlar uyi», «Sun Shine Tyron» mehmonxonalari işlab turibdi. Tuman hududida me'moriy yodgorliklaridan Kökaldoş madrasasi (16-a.), Yunusxon (15-a.), Şayx Zayniddinbobo (13— 14alar) maqbaralari saklangan.
Yunusobod tumani — T. dagi ma'muriy-hududiy birlik. 1936 y.da Kirov tumani nomi bilan taşkil qilingan. 1992 y. may oyidan Yunusobod tumani deb ataladi.
Yunusobod nomining kelib çiqişi haqida turliça fikrlar bor. Ayrim tadqiqotçilar (akad. A. Muhammadjonov) fikriça, joyning nomi juda qad. bölib, asli «Yunusrabot» deb atalgan. Bu örinda «rabot» karvonsaroy ma'nosida qöllangan (q. Rabot). Şim. tomondan şaharga kiruvçilar şu joyda qönib ötişgan. Mahalliy ziyolilarning fikriça, joyning nomi sebzorlik tadbirkor Yunushoji Nodirhoji öğli (19-a., Yunusobod Oktepasida boğroğlari bölgan) haqidagi rivoyatlar bilan boğliq. Tuman şaharning şim. qismida joylaşgan. Amir Temur xiyobonidan boşlanib şim. tomonga, Toşkent katta halqa yöligaça davom etadi.
Mayd. 4,14 ming ga, şu jumladan, kökalamzorlaştirilgan mayd. 1,073 ming ga. Aholisi 289,0 ming kişi (2004). Köçalar soni 441 ta. Asosiy magistral köçalari: Şarof Raşidov, Amir Temur, Ahmad Doniş, Xurşid, Ğani Mavlonov, Jahon Obidova, Gvardiya polkovnigi Xöjayev. 50 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 3547 korxona va taşkilot bölib, kiçik va örta biznes subyektlarining sanoat i. ç. dagi uluşi 36,3%, qurilişda 64,2%, savdo va umumiy ovqatlaniş sohasida 50,9% ni taşkil etadi. Ular orasida 155 ta qöşma korxona faoliyati i. ç. va aholiga xizmat körsatişga yönaltirilgan.
Sanoat korxonalaridan «Uzbekqişloqmaş», «Yulduz» tikuvçilik, «Asbobsoz», «Raupxon» korxonalari; vagon ta'mirlaş zdlari, kitobjurnal fkasi, «Özbekenergota'mir» i. ç. birlaşmalari va b. işlab turibdi. Çet el investitsiyalari iştirokida faoliyat körsatayotgan «Dilek interprays», «Aylin Gida Sanayi», «Aziya Silk» şö'ba korxonalari, «Rastr», «Supertekstil» korxonalari, şuningdek, mebel işlab çiqaruvçi 3 ta kuşma korxona bor.
20 ga yaqin i. t. instituta, loyihalaş intlari, 6 litsey, 6 kasbhunar kolleji, 4 oliy öquv yurti, 42 umumiy ta'lim maktabi, 3 musiqa maktabi, 70 maktabgaça tarbiya muassasasi, 8 ta kasalxona, 40 poliklinika va ambulatoriya muassasalari, 1 sanatoriy bor. 2 kinoteatr, «Turkiston» kinokonsert zali, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Özbekiston xalklari tarixi davlat muzeyi, Özbekiston tasviriy san'at galereyasi, hayvonot boği, «Interkontinental», «Dedeman Silk Road», «Şeraton» mehmonxonalari, Şahidlar xotirasi majmuasi, 5 madaniyat uyi, 12 kutubxona, 186 sport inşootlari, Olay, Yunusobod bozorlari, 1785 ta savdo, 356 ta umumiy ov~ qatlaniş va 467 ta maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari işlab turipti. T.ning asosiy televizion minorasi tuman hududida joylaşgan. Turar joy fondining umumiy foydali mayd. 5223 ming m2. Yu.t. hududida T. metropoliteni Yunusobod yönalişining Yunus Rajabiy, Abdulla Qodiriy, Minor, Habib Abdullayev styalaridan elektr poyezdlar qatnaydi. 2005 y.gaça yana 3 stya (F. Xöjayev, «Yunusobod», «Turkiston»)ni işga tuşiriş yuzasidan işlar olib borilmoqda.
Yakkasaroy tumani — T.dagi ma'muriy-hududiy birlik. 1936 y. Frunze tumani nomi bilan taşkil qilingan. 1992 y. maydan Ya.t. deb ataldi. Tuman T. ning jan. va qisman markaziy kismida joylaşgan. Şim.da Özbekiston köçasidan jan.da Urta Osiyo t. y. liniyasigaça çözilgan. Mayd. 1,39 ming ga, şu jumladan, kökalamzorlaştirilgan hududi 0,144 ming ga. Aholisi 112,3 ming kişi (2004). Köçalar soni 156. Asosiy magistrallari: Bobur, Usmon Nosir, Nukus, Uzbekistan, Şota Rustaveli, Afrosiyob köçalari. 17 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 24 sanoat korxonasi va 32 quriliş taşkiloti joylaşgan. 3 avtotransport korxonasi, yuk ortiştuşiriş t. y. styasi, avtovokzal işlab turibdi. Yirik sanoat korxonalaridan «Toştöqimaçi» kti, «Toşkent yoğoçni qayta işlaş zdi», Temirbeton mahsulotlari zdi, «Agama» korxonasi, poyabzal, Sanoatindustriya birlaşmalari va b. faoliyat körsatadi. 26 i. t. instituta, loyihalaş taşkilotlari va konstruktorlik byurosi, 4 oliy ökuv yurti (Nizomiy nomidagi Pedagogika unti, Töqimaçilik va yengil sanoat inti, Mannon Uyğur nomidagi San'at inti, Toşkent Xoreografiya oliy maktabi), 6 ta kasbhunar kolleji va litseylar, 19 umumiy ta'lim, 2 sport, 2 musiqa maktablari, 8 kutubxona mavjud. Tuman aholisi salomatligi muhofazasini 14 davolaş muassasasi va 5 ta oilaviy şifoxona ta'minlaydi. «Töqimaçi» stadioni, 4 suziş havzasi, 29 sport zali, 89 korxona va muassasalarga qaraşli sport maydonçalari, 2 meğmonxona, 1 kinoteatr, 9 kutubxona, Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogi, Respublika Baynalminal madaniyat markazi, qöğirçoq teatri, Amaliy san'at muzeyi, Özbekiston Badiiy Akademiyasining körgazmalar zali mavjud. Aholiga 97 oziq-ovqat, 60 sanoat mollari dökoni, 188 umumiy ovqatlaniş korxonasi, 129 maişiy xizmat körsatiş şoxobçasi, «Askiya» dehqon bozori xizmat körsatadi.
Tumandagi köp qavatli binolar asosan, «Boşliq», «Quşbegi» turar joy massivlari va yirik magisgrallar böylab joylaşgan.
Hamza tumani — T.dagi ma'muriyhududiy birlik. 1968 y.da taşkil qilingan. Hamza nomiga qöyilgan. Ğarbda Amir Temur xiyoboni va Yöldoş Oxunboboyev köçasidan boşlab şarqda Ohangaron yöligaça davom etadi. Xududi 3,46 ming ga şu jumladan, kökalamzorlar — 172 ga. Aholisi 208,7 ming kişi (2004). Kuçalar soni 220 ta. Asosiy magistrallari: Jarqörğon, Lisunov, Hamza, Yöldoş Oxunboboyev kuçalari va Fargona, Ohangaron yöllari. H. t. da 50 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 2152 ta taşkilot, şu jumladan, 34 sanoat korxonasi (Toşkent aviatsiya işlab çikariş birlaşmasi, «Toşqişloqmaş», «Toşmargyoğ», «Toşkentvino», «Özbek qoğozi», «Özbekiston şampani», «Toşdonmahsulot», «Toşkentguruç» aksiyadorlik jamiyatlari korxonalari va b.); 168 kuriliş taşkiloti; t.y. transporti korxonalari — teplovoz va vagon depolari, Toşkent yuk ortiştuşiriş t.y. stansiyasi bor. Şuningdek, tumanda 37 transport va aloqa korxonalari joylaşgan.
Keyingi yillarda taşkil qilingan «Farm Glase» Uzbekistan—Britaniya, «Tufin» Özbekiston—Isroil, «LokKolorSintez» Özbekiston — Şveysariya, «XobasTapo» Özbekiston—Germaniya— Şveysariya, «NWA» — Özbekiston— Rossiya qöşma korxonalarida import örnini bosuvçi va eksportbop mahsulotlar i. ç. yölga qöyilgan.
H. t. da Özbekiston Respublikasi FA Prezidiumi, 3 i. t. instituta, Özbekiston milliy axborot agentligi, 25 umumiy ta'lim maktabi, 50 ta maktabgaça tarbiya muassasasi, 5 musika, maktabi, 4 kasbhunar kolleji, Toşkent birinçi tibbiyot inti va biznes maktabi bor. 9 kasalxona, 30 poliklinika va ambulatoriya muassasasi, 1 qon kuyiş stansiyasi faoliyat körsatadi. Aholiga 359 oziq-ovqat, 595 sanoat mollari dökonlari, 197 umumiy ovqatlaniş, 324 maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari xizmat kiladi. 16 jamoat kutubxonasi, 4 kinoteatr, 2 madaniyat saroyi, 4 madaniyat uyi, «BaxtRohat» dam oliş zonasi bor. Turar joy fondining umumiy mayd. 2,5 mln.m2 ga yaqin.
Ad.: Toşkent [ensiklopediya], T., 1992; Azadayev F., Taşkent vo vtoroy polovine XIXveka, T., 1959; Sokolov Yu. A..Taşkent, taşkentsi i Rossiya, T. 1965; Dobroyemislov A. I., Taşkent v proşlom i nastoyaşem. Istoriçeskiy oçerk. T., 1912; Bartold V. V., Soçineniya, 3t.; M., 1965; Mukminova R. G., Filanoviç M. I., Taşkent na perekrestke istorii, T., 2001; Örin boye v A., Böriyev O., Toşkent Muhammad Solih tavsifida, T., 1983; Beysembiyev T. K., «Ta'rixi Şaxruxi» kak istoriçeskiy istoçnik, AlmaAta, 1987; Munirov K., Irisov A., Nosirov A., Toşkent tarixida ba'zi siymolar, T., 1983; Sodiqova N. S.,'Buryakov Yu. F., Qadimgi va hozirgi Toşkent, T., 1965; Bulatova V. A., Mankovskaya L., Pamyatniki zodçestva Taşkenta (XIV—XIX), T,, 1983, Muham madjonov A. R., Qadimgi Toşkent, 2002; Toşkent atlasi, M., 1984.