F.v. Özbekistonning qad. madaniyat öçoqlaridan biri. Viloyat hududida topilgan toş davri manzilgoxlari va qoyatoşlariga solingan suratlar vodiyda odamlar eng qad. davrlardan beri yaşab kelganliklaridan darak beradi. F.v.ning toş davri yodgorliklarini 1954 y. A.P. Okladnikov rahbarligidagi arxeologiya otryadi örgangan. Vodiyning şarqiy qismidagi Qayroqqum, Xöjağor va Uçqörğon makonlaridan mustye davriga oid toş qurollar topildi. Vodiyning ğarbiy qismidagi qad. toş davri madaniyatiga oid manzilgohlar mustye davridagi Qal'aça, Jarqöton va Qapçiğay toş qurollar işlaş ustaxonalari topilib örganildi. 1958 y. birinçi marta Markaziy Farğonadan mezolit davriga oid mikrolit toş qurollari topildi. Şuningdek, Markaziy Farğonadagi Uzunköl va Tayloqköl atroflaridan mezolit va neolit davrlariga oid 24 ta manzilgoh borligi aniqlandi (1965). Söx vohasidagi 28 ğor va ungurlar (Selungur, Eşma, Obişir, Sur, Bel, Zim, Ovikambar, Boğişim va b.) röyxatga olindi. Obişir ğorlaridagi madaniy qatlam yaxşi saklangan. Ğorlarni qaziş jarayonida mezolit davriga oid toş qurollar, xayvon suyaklari topilgan. Bular öşa davr turmuşini örganiş imkonini beradi.
1967 va 1969—70 y.larda SanktPeterburgdagi Ermitaj muzeyi xodimlari mezolit va neolit davrlariga oid 35 ta manzilgohtopdilar. F.v.ning arxeologik yodgorliklarini örganişda Katta Farğona kanalining qazilişi muhim ahamiyatga ega böldi.
Kanalni qaziş jarayonida jez davri, quldorlik va zamindorlik jamiyatlariga oid yodgorliklar topildi va tekşirildi. Quva va Toşloq tumanlari örtasidagi Akbarobod qişloğida jez davriga oid manzilgoh, Marğilonsoyning çap sohilida Oqtom qabristoni bölganligi aniqlandi. F.v.ning Quva tumanida quldorlik davriga oid Taxyontepa, Farğona ş.da Simtepa (Çimtepa) kabi yodgorliklar topib örganilgan. Ayniqsa, Quva ş.dagi mil. av. 5-a. va örta asr boşlariga oid topilmalar yaxşi tekşirilgan. 10—11-a.larga doir tarixiy manbalarda bu şahar obodligi va kattaligi jihatidan vodiyda Axsikatdan söng eng yirik şahar deb qayd qilingan. Arxeologik materiallar Marğilon ş. 10-a. da katta qişloq bölib, 11 — 12-a.larda şaharga aylanganligini, Rişton esa 10-a.da katta şahar bölsa ham, 11 —12- a.larga kelib qişloq qiyofasiga kirib qolganligini isbotlaydi.
Ötroq dehqonçilik, çorvaçilik b-n şuğullangan Çust madaniyatiga oid manzilgohlardan topilgan yodgorliklar Farğona vodiysini örganişda muhimdir. U yerda i.ç. kuçlari va xöjalikning taraqqiyoti jez davrining oxirida dehqonçilik qabilalarining ijtimoiy tuzumida özgariş yuz berişiga, natijada ibtidoiy tartiblar tugab jamiyatdagi tabaqalanişga olib kelgan. Rözğor anjomlarida xususiy mulkçilik kurtaklari közga taşlanadi. Arxeologik tekşirişlar natijasi F.v. da qadimdan odamlar yaşab, ovçilik, dehqonçilik, çorvaçilik b-n şuğullanganligidan, kişilik jamiyatining keyingi bosqiçlarida esa madaniyat rivojlana boşlaganligidan dalolat beradi.
Tabiati. F.v.ning şim. qismini Qoraqalpoq va Yozyovon daştlari egallagan, jan.dan Olay tizmasidan okib tuşadigan daryolarning yoyilmalari b-n öralgan. Jan.da adirlar Olay tizmasining toğ oldilari b-n almaşinib turadi. F.v. yuqori seysmik zona qisoblanadi.
Iklimi kontinental. Qişi birmunça yumşoq, ba'zan havo juda sovib ketadi. Yanv. oyining örtaça trasi — 3,2°, iyulniki 28°. Eng past t-ra —27,9°. Eng yuqori t-ra 42°. Vodiyning ğarbida esadigan kuçli «Qöqon şamoli» iqlimga salbiy ta'sir etadi. Şamolning tezligi sekundiga ba'zan 35—40 m ga yetadi. Jan.şarqida yozda garmsel esadi. Yiliga ğarbida 100 mm dan (Qöqon atrofi) şarqiy qismida 170 mm gaça, toğ yon bağirlarida 270 mm gaça yoğin tuşadi, asosan, bahorda yoğadi. Vegetatsiya davri 210—240 kun. Viloyatning şim.ğarbiy çegarasi böylab Sirdaryo oqadi. Olay tizmasidan Isfara, Söx, Şohimardon, Isfayramsoy boşlanadi. Daryolar muzlikqor suvlaridan töyinadi. Iyul— avg.da tölib oqadi. Daryo suvlari suğorişga sarflanadi. Asosan, böz tuproq va ötloqi botqoq tuproklar keng tarqalgan. Adirlarda aksari oç va tipik böz tuproklar, Sirdaryo terrasalarida allyuvialötloqi tuproqlar, viloyatning şim. qismida şörxok ötloqlar va ajriqli ötloqlar mavjud.
Markaziy Farğonadagi şörxoklarda turli xil şöra ösadi. Yerlarining kattagina qismi ekinzor. Vohalarda terak, tut, qayrağoç, daryo vodiylarida keng bargli örmonlar va arçazorlar bor. Yovvoyi hayvonlardan Sirdaryo töqayzorlarida qobon, adir va Olay tizmasi toğ oldilarida böri, tulki, çiyaböri, quyon, börsiq, jayra yaşaydi. Ondatra, nutriya iklimlaştirilgan. Quşlar, sudraluvçilar köp. Suv havzalarida marinka, usaç, zoğora baliq, karp, oq amur, döngpeşona baliqlar bor.
Aholisi, asosan, özbeklar şuningdek, tojik, rus, qirğiz, tatar va b. millat vakillari ham yaşaydi. Aholining örtaça ziçligi 1km2 ga 413,9 kişi. Şahar aholisi 800 ming kişi, qişloq aholisi 2015 ming kişi (2004).
Xöjaligi. F.v. respublikaning sanoati rivojlangan viloyatlaridan. Viloyatda 86 ta yirik sanoat korxonasi mavjud. Sanoatining yetakçi tarmoqlari: yoqilğienergetika, kimyo, maşinasozlik, quriliş materiallari, paxtani tozalaş va qayta işlaş, yengil va oziqovkat sanoati va b. Energetika bazasi, asosan, issiklik elektr styalardan iborat bölib, eng yiriklari: Farğona, Qöqon issiqlik elektr markazlari, Quvasoy issiqlik elektr styasi. Barça styalar Örta Osiyoning yagona energetika tizimiga birlaştirilgan. Kimyo sanoatining eng yirik korxonalari Fargona va Qöqon ş.larida joylaşgan. «Azot» i.ç. birlaşmasi, kimyoviy tolalar, furan birikmalari kimyo z-dlari, Qöqon superfosfat z-di va b. şular jumlasidandir.
Viloyatda Farğona neftni qayta işlaş z-di joylaşgan.
Quriliş materiallari sanoati rivojlangan. Quvasoydagi sement z-di respublikada işlab çiqariladigan sementning törtdan bir qismidan köproğini beradi. Quvasoyda şifer, gişt va b. quriliş materiallari, şişa va çinni idişlar z-dlari işlab turibdi. Qöqondagi «Elektromaş», «Tekstilmaş» va b. metallsozlik z-dlarida sanoatning boşqa tarmoqlari uçun asbobuskunalar, ehtiyot qismlar işlab çiqariladi.
Oziq-ovqat sanoati yil sayin rivojlanmoqda. Bu tarmoq korxonalarida turli nav yoğlar, un, non, makaron, konserva va b. mahsulotlar işlab çiqariladi. Viloyatda 84 qöşma korxona, 22 mingdan ortiq kiçik korxona faoliyat körsatadi. Farğona ş.da «Nodira», «PSMK3», «Polina»; Marğilonda «Marğilon tongi» va Qöqonda «Zilola» kiçik korxonalar, «Özsalaman», «KabulFarğona», «Besteks», «Işonç» qöşma korxonalari işlab turibdi.
Qişloq xöjaligining asosiy tarmoklari — paxtaçilik, ğallaçilik, pillaçilik, boğdorçilik va çorvaçilik.
Viloyatdagi barça ekin maydoni 288,9 ming ga, şu jumladan, 129,6 ming ga yerga don, 115,9 ming ga yerga paxta, şuningdek, texnika ekinlari, 11,7 ming ga yerga sabzavot va poliz ekinlari, 24,1 ming ga yerga ozuqa ekinlari ekiladi. 20,3 ming ga yaylovlar (2004). Haydaladigan yerlarda, asosan, obikor dehqonçilik b-n şuğullaniladi. Paxta, buğdoy, şoli, makkajöxori, arpa, kartoşka, sabzavot va poliz maxsulotlari yetiştiriladi. Boğlarda köproq örik östiriladi. Anor, anjir, olma, xurmo köp. Tokzorlarda yuqori navli uzumdan möl hosil olinadi.
Suğoriladigan yerlar viloyat hududidan ötuvçi Katta Farğona va Andijon kanallari, Jan. Farğona kanali, Şohimardonsoy, Marğilonsoy, Söx, Isfayramsoy, şuningdek, Karkidon, Körğontepa suv omborlari yordamida sugoriladi.
Viloyatda 8 mingdan ortiq fermer xöjaligi, 143 şirkat xöjaligi, 74 xöjaliklararo korxonalar, 6 parrandaçilik f-kasi mavjud. Çorvaçilikda qoramol, qöy va eçki, parranda boqiladi. Viloyat jamoa va şaxsiy xöjaliklarida 511,9 ming qoramol (şu jumladan, 213,2 ming sigir), 431 ming qöy va eçki, 1260,9 ming parranda bor (2004).
Transporti. T.y. uzunligi 227,8 km. Avtomobil yöllarining uz. 8,6 ming km, şu jumladan, qattiq krplamali yöllar 8,5 ming km. Asosiy yönalişlari: Toşkent — Qöqon — Andijon, Marğilon — Qöqon — Navoiy, Qöqon — Marğilon — Quva. Farğona ş.da yirik aeroport işlab turibdi.
F.v.da K. Mamajonov, M. Madaliyeva, U. Umarov, Yu. Jörayevlar «Özbekiston Qaqramoni» unvoniga ega böldilar.
Madaniymaorif, soğliqni saqlaş va sport. Viloyatda 4 oliy öquv yurti bölib, 18,9 mingdan ortiq talaba, 910 umumiy ta'lim maktabi (690 mingga yaqin öquvçi), 8 gimnaziya (7,3 ming öquvçi), 47 litsey (16,3 ming öquvçi), musiqa va sport maktablari işlab turibdi. Xalq ta'limi sohasida çet el investorlari b-n aloqa boğlanib «Mersi KO» jamgarmasi, Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya grantlar dasturi asosida kompyuter va b. jihozlar olindi. Viloyat sportçi öquvçilari 2003—04 y.lardagi «Umid nihollari» sport musobaqalarida 2 va 3 örinlarni egalladilar.
F.v.da 77 kasbhunar kolleji, 3 akademik litsey faoliyat körsatadi.
Viloyatda 4 teatr, madaniyat uylari, 3 muzey, 193 klub muassasasi, 609 ommaviy kutubxona (603,6 ming nusxa asar) aholiga xizmat körsatadi.
F.v.dan Usta Olim Komilov, Yusufjon qiziq Şakarjonov, M. Qoriyokubov, L. Sarimsoqova, M. Miroqilov, M. Qöldoşev, O. Hasanov, A. Yusupov, Tamaraxonim, B. Mirzayev, S. Qosimov, A. Fayziyev, N. Rahimov, G. Rahimova, M. Yunusov, Ye. Petrosova, M. Turgunboyeva, Ya. Mamatxonov, S. Yudakov, S. Karimova, T. Qodirov, H. Umarov, M. Ishoqova, S. Qobulova, X. Komilova, H. Ibrohimova, R. Mazohidova, h. Nosirova, J. Oxunov, R. Nizomova, R. Sodiqov, S. Mannopov, M. Töxtasinov, Yu. Usmonova, M. Yusupov, Yo. Xotamova kabi Özbekiston xalq artistlari; Mamatbuva xofiz, E. Karimov, B. Rajabov, J. Sultonov, M. Uzoqov, K,. Yusupov, R. Mamadaliyev, K. Hamroqulov, O. Saidxöjayev kabi Özbekiston Respublikasi xalq hrfizlari; Q. Tojiyev, O. Madaliyev, A. Karimov, J. Pölatov, M. Ermatov kabi Özbekistonda xizmat körsatgan artistlar va b. yetişib çiqdilar (yana q. Farğona teatri, Farğona-Toşkent musiqa uslubi). V. Useinov, N. Kasin, E. Quvondiqov, S. Alibekov kabi taniqli rassomlar şu viloyatda yaşab ijod qildilar. Viloyatda 1998 y.da Fargoniyning 1200 yillik, 2000 y. da Burhoniddin Marginoniyning 910 yillik yubileylari ötkazildi.
Soğliqni saqlaş. 97 kasalxonada 6,3 ming vraç va 31,9 ming urta tibbiy xodim işlaydi. 413 ambulatoriya poliklinikasi, 214 qişloq vraçlik punkti, 61 qişloq vraçlik ambulatoriyasi, 28 ta dispanser bor. Dam oliş uylari va «Çimyon», «Özbekiston», «Qiziltepa», «Nurafşon», «Temir yölçi» sanatoriylari, tez tibbiy yordam viloyat bölimi bor.
Sport. F.v.da «Universiada2004» sport musobaqalari ötkazildi. 2004 y.dan boşlab viloyatda sportning suv polosi va sinxron suziş turlari yölga qöyildi, seksiyalar taşkil etildi. Mavjud sport federatsiyalaridan taşqari qöl töpi, turon milliy yakka kuraşi, sinxron suziş, armrestling kabi sport turlari böyiça sport federatsiyalari tuzildi.
F.v.da jami 5135 sport inşooti mavjud. Şuningdek, Fargona Olimpiya zaxiralari sport kollejida dastlabki sport inşootlari işga tuşirildi. «Yoşlar madaniyat va sport majmuasi», «Farğona» markaziy stadioni, «Istiqlol» tennis majmuasi, ot sporti maktabi, «Kimyogar» sport majmuasi faoliyat körsatadi. Sportning yunonrim, qöl jangi, taekvondo, karate, şaxmat, şaşka, boks, belboğli kuraş, milliy kuraş, turon milliy yakkakuraşi, yengil atletika, mini futbol, voleybol turlari rivojlangan. Viloyat sportçilari 2004 y.da xalqaro sport musobaqalarida iştirok etib 7 oltin va 4 kumuş medallarga sazovor bölişdi. Ayniqsa, Koreya Respublikasida ötkazilgan boks böyiça yoşlar örtasidagi Jahon çempionati, Qozoğistonda armrestling, Yaponiyada baydarka va kanoe, Filippinda boks böyiça ötkazilgan Osiyo çempionatlarida viloyat sportçilari muvaffaqiyatli iştirok etişdi. Yengil atletika böyiça ötkazilgan respublika sport musobaqalarida viloyat vakillari Ye. Tunguskova va 3. Abdullayevalar qatnaşib respublika terma jamoasi tarkibiga kiritildi. Oğir atletika böyiça respublika çempionatida Ye. Sisoyeva öz vazni böyiça golib böldi. Şuningdek, Ye. Sisoyeva va B. Toşpölatovalar 2004 y.da AQŞda talabalar örtasida oğir atletika böyiça ötkaziladigan çempionatga nomzod etib kiritildi. Nogironlar örtasida stol tennisi böyiça ötkazilgan Özbekiston çempionatida A. Ismatullayev ğolib bölib, Jahon çempionatida iştirok etiş uçun Respublika terma jamoasi tarkibiga kiritildi. 2004 y.ning avgust oyida Afinada ötkazilgan 28yozgi Olimpiya öyinlarida F.v. ning 5 sportçisi iştirok etdi. 2004 y.da viloyatda basketbol böyiça xalqaro «Mersiko» turniri, milliy va belboğ kuraşi böyiça Hazrat Ali hamda Temirjon va Hamid polvonlar xotirasiga bağişlangan xalqaro turnirlarda respublika viloyatlari, 10 dan ortiq xorijiy davlat polvonlari katnaşdi. Yil davomida ötkazilgan sport musobaqalarda iştirok etib viloyat sportçilari 250 dan ortiq medallarni qölga kiritişdi. 15 sportçi sport ustasi normasini bajardi.
Adabiyoti. Farğona zamini köplab iste'dodlar beşigi bölgan. Qöqon tarixiga oid ba'zi manbalarda 10-a.da Farğonada yozma adabiyot namunalari bölganligi qayd etilgan. Abu Tayyi Höqandiy (10—11-a.lar) ijodi haqidagi ma'lumotlar buning yaqqol dalilidir. Biroq, örta asr F.v. adabiyoti haqidagi manbalar juda kam.
18-a.dan boşlab Farğona vodiysi, xususan, Qöqonda fan, adabiyot va san'at rivoj topganligini köriş mumkin. Qöqon xonligi taşkil topişi markazlaşgan davlat sifatida faoliyat yuritişi xonlik hududida öziga xos adabiy muhitning şakllanişiga imkoniyat yaratdi. Bu davrda Huvaydo, Şöxiy, Akmal, Nizomiy Höqandiy kabi adabiyot namoyandalari ijod qildilar. Huvaydoning «Devon»i tarkibiga kirgan şe'rlar va «Rohati dil» dostoni xalq orasida maşhur bölgan.
19-a.da uşbu hududda «Qöqon adabiy muhiti» nomi b-n ma'lum bölgan adabiyot ravnaq topdi. Uşbu muhitning taşkilotçisi Qöqon xoni Muhammad Said Amir Umarxon (178 7— 1822) saroyiga 100 ga yaqin ijodkorni jalb etib, ularning ijod qilişi uçun moddiy va ma'naviy şaroit yaratib berdi. Xonning özi ham Amiriy taxallusi b-n şe'rlar «Devoni»ni yozdi. Umarxon davrida Ado, Fazliy, Xoziq, Hijlat, Vazir, Maxmur, Nodir, Ğoziy, Ma'dan, Miriy, Nodira, Uvaysiy, Mahzuna, Gulxaniy, Muşrif, Dabir, Ravnaq, Umidiy, Jadid, Mahzun, Zokir, Fayziy, Vahmiy kabi ijodkorlar şuhrat qozonganlar. Keyinroq, Umarxonning öğli Qöqon xoni Muhammad Alixon (Madalixon) ham «Xon» taxallusi b-n şe'rlar yozgan, «Layli va Majnun» dostonini yaratgan. Uşbu davr adabiyotining namunasi sifatida Abdulkarim Fazliyning Umarxon topşiriği b-n 84 zamondoş şoirlar haqida özbek va fors tillarida şe'riy yösinda yozilgan «Majmuai şoironi Umarxon» tazkirasi; Gulxaniyning «Zarbulmasal» asari, Xoziqning «Yusuf va Zulayho», Nodir Uzlatning «Haft gulşan» dostonlarini aytiş mumkin. Ayol ijodkorlarning mavqei baland bölganligini ta'kidlaş lozim. Qöqon malikasi, Umarxonning zavjasi Mohlaroyimning Nodira, Maknuna taxalluslari b-n ijod etgan özbek va fors tillaridagi şe'rlari alohida «Devon»ga jam bölsa, Jahonotin Uvaysiyning 4 devoni, «Voqeoti Muhammad Alixon», «Şahzoda Hasan» va «Şahzoda Husayn» dostonlari, Mahzunaning gözal şe'rlari adabiyotimiz xazinasidan munosib örin olgan.
F.v. adabiyotining bu davrdagi yana bir xususiyati köp sonli tarixiyadabiy asarlarning yaratilganligidir. Sönggi tadqiqotlardan ma'lum bölişiça, şu davrda birgina Qöqon xonligi tarixiga oid 40 ga yaqin şe'r va nasriy asarlar yaratilgan. Şe'riy uslubda yaratilgan bunday asarlar sirasiga Fazliyning «Şahnomai Umarxon», Mutribning «Şahnomai Devona Mutrib», Andalibning «Şahnomai devona Andalib», Uvaysiyning «Voqeoti Muhammad Alixon» dostonlari; Imomali Qori Qunduziy — Komiyning taniqli kişilar tavalludi, vafoti va Qöqon tarixiga oid turli voqea — sanalarning şe'riy ta'rixlari jamlangan «Tavorixi manzuma» kabi asarlari kiradi.
Tarixga oid nasriy asarlar qatorida esa Hakimxon töraning «Muntaxab uttavorix», Mulla Avaz Muhammad Attorning «Tuhfat uttavorixi Xoniy», Muşrifning «Şahnomai nusrat payem», Mulla Niyozmuhammad Höqandiyning «Tarixi Şohruhiy», Mirzo Olim Muşrifning «Ansobus salotin va tavorixi xavoqin», Muhammad Amin Domulloning «Tuhfat uttavorix», Abduğafur Höqandiyning «Zafarnomai Xudoyorxon», Maqmud Hakim Yayfoniyning «Xullas uttavorix», Muhammad Aziz Marğiloniyning «Tarixi Aziziy» va b. asarlarni keltiriş mumkin. Tasavvufiy adabiyot namunalaridan Azim Xöja eşon Azimiyning «Muroduloşiqin» devoni, Abdulaziz Majzubning «Devon»i va «Tazkiraulavliyo» asari (19-a.ning 1yarmi), Salohiddin Soqibning «Ma'lumoti Soqibiy» risolasi (19-a.ning 2yarmi) e'tiborga loyiq.
19-a.da Qöqon ş. va uning atrofida 100 dan ziyod şoir va adiblar devon tuzişgan. Umarxon, Muhammad Alixon va Nodirabegim davrlarida Qöqonda xuşxat xattotlarni yiğib, moddiy jihatdan ta'minlab, Şarq adabiyotining köplab nodir asarlari köçirtirilib, köpaytirilgan. Şulardan eng köp köçirilganlari Jomiy, Navoiy, Bedil, Fuzuliy va Amiriy asarlaridir. Ma'lumotlarga köra, Amir Umarxon Lutfiy, Navoiy va Amiriy devonlari jamlangan, gözal xatli, oltin bezakli «Muhabbatnoma» majmuasini usmonli turk sultoniga hadya tariqasida jönatgan.
F.v. adabiyotida Şarq mumtoz şe'riyatining deyarli barça janrlarida samarali ijod qilindi. Badiiyat va ğoya, mavzular rangbarangligi bu davr adabiyotiga xos xususiyatlardan biri ekanligi asarlardan ma'lumdir. Bu jihat 19-a. ning 2 yarmi — 20-a. boşlari adabiyotida ham yaqqol körinadi. Uşbu davrda Pisandiy, Qoriy, Muqimiy, Muhayyir, Furqat, Zavqiy, Ğurbat, Rojiy, Muhsiniy, Haziniy, Mahjur, Muqyi, Zoriy, Sirojiy, Jaloliy, Yoriy, Ibrohim Davron, Mirzoi Höqandiy, Nasimiy Xöqandiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy va b. samarali ijod qildilar.
Bu davr adabiyotining yorqin namoyandalaridan Muqimiy ijodidagi xalqona lirika b-n hajviy yönaliş öziga xos maktabni yaratgan bölsa, Furqat ijodidagi serohang misralar va ma'rifatparvarlik ruhidagi şe'rlar, Haziniy ijodidagi sufiyona istilohlarga boy, purhikmat şe'rlar, Qoriy lirikasidagi jozibadorlik, Hamza ijodidagi ijtimoiy ruh bu davr adabiyotining ravnaqidan dalolat beradi. Ayol ijodkorlardan Dilşod Barno, Anbar Otin, Samarbonu kabi şoiralarning ijodi qam samarali böldi.
Milliy uyğoniş davri adabiyoti — jadidçilik yönalişida ijod qilgan va ma'rifatçilik harakatida faol iştirok etgan ijodkorlar sirasiga Ibrohim Davron, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Mirzo Xayrullo Höqandiy, Aşurali Zohiriy, Pölatjon Qayyumiy kabilarni kiritiş mumkin. I. Davronning «Aş'ori nisvon» şe'rlar majmuasi, Hamzaning «Milliy qöşiklar uçun milliy şe'rlar» töplami, M.X. Höqandiyning «Axloqi zamima», «Yigirma hikmat» asarlari va b. öşa davr adabiyotining mahsullaridir. P. Kayyumiyning 20-a.ning 2yarmida yaratgan «Tazkirai Qayyumiy», «Qöqon tarixi va adabiyoti» va «Tazkirai şuaro» asarlari ham e'tiborga loyiq.
20-a. hoz. zamon özbek adabiyotining köplab vakillari ham F.v. adabiyotining qaldirğoçlaridir. Abdulla Qahhor, Sobir Abdulla, Çarxiy, Xusayn Şams, Amin Umariy, Şokir Sulaymon, Adham Rahmat, Ibrohim Rahim, Xudoyberdi Töxtaboyev, Anvar Obidjon kabi şoir va yozuvçilar şu zamin farzandlaridir.
20-a.ning 70—90-y.larida Yöldoş Sulaymon, Oxunjon Hakimov, Anvar Yusupov, A. Muqimov, Habibullo Said Ğani, Komil Jöra, Örmon Omonov, Alişer Ibodinov, Bahodir Iso, Ismoil Mahmud, Nurullohoji Qöqondiy, Enaxon Siddiqova, Saydali Odilov, Zuhra Aliyeva, Matluba Dehqon qizi, Ilmer Nazarov, Abdulhamid Muxammadiyev, Nosir Zohid va b. öz ijodlari b-n elga tanildilar.
Mustaqillik yillarida Nabijon Boqiy, Nurulloh Muhammad Raufxon, Sayd Anvar, Farida Afröz, Iqbol Mirzo, Abdurahmon Jöra, Mirza Karim, Gulbahor, Otabek Rustambek öğli, Muxtasar Tojimamatova, Ozoda Töraqulova kabi ijodkorlar yetişib çiqdilar.
F.v.da Özbekiston Respublikasi ijodiy uyuşmalari (yozuvçilar, rassomlar, jurnalistlar, me'morlar va b.)ning viloyat bölimlari faoliyat körsatib kelmoqda.
Matbuoti, radioeşittirişi va televideniyesi. Viloyatda 7 ta jurnal, 73 ta gazeta, şu jumladan, 2 viloyat gaz. («Farğona haqiqati», «Ferganskaya pravda»), 21 şahar va tuman, 27 ta tarmoq hamda 23 ta xususiy gazetalar çop etiladi.
F.v.da radioeşittirişlar 1932 y.da efirga uzatila boşladi. Viloyat radiosi orqali uzbek, tojik va rus tillarida kuniga 1 soatdan eşittirişlar beriladi.
Viloyat televideniyesi öz körsatuvlarini 1991 y. 22 dek.dan namoyiş eta boşladi. Öşa paytlarda haftasiga 1 soat körsatuvlar berilgan. F.v. televideniyesi haftalik körsatuvlari 18 soatni taşkil etadi. Körsatuvlar uzbek, tojik va rus tillarida olib boriladi. Undan taşqari «Marğilon», «Söx», «Muloqot», «Nihol» tuman va şahar telestudiyalari faoliyat körsatadi.
Me'moriy yodgorliklari. F.v.da asosiy hisoblangan Qöqon me'morligining şakllanişi 18-a.dan boşlanadi. Bu yerga dastlab Buxorodan bir guruh binokorlar taklif etildi, ular Madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy, köprik va b. binolarni bunyod etdilar. Hozirgaça şaharda saklangan me'moriy yodgorliklardan eng qad. si Madrasai Mir nomi b-n xalq orasida maşhur bölgan Norbötabiy madrasasidir (18-a. oxiri). Bu Madrasa Qöqon hukmdori Norbötabiy hukmronligi davriga oid. Undan taşqari, Daxmai şohon, Daxmai Modarixon me'moriy majmualari (19-a.ning 20-y.lari), Miyon Hazrat (1860 y.), Kamol Qozi (1837 y.) madrasalari, Örda (1871 y., Qöqon xoni Xudoyorxon tomonidan qurilgan), Jome masjidi (19-a. oxiri — 20-a. boşlari) kabi me'moriy yodgorliklar saklangan.
Ad.: Nalivkin V. P ., Kratkaya istoriya Kokandskogo xanstva, Kazan, 1886; Akromov 3. M., Farğona vodiysi, T., 1957.
Toir Abduraimov, Otabek Jöraboyev.