Matn sifati past bölişi mumkin (PDF'dagi buzuq belgilar).
KANADA (Canada) — Şim. Amerikaning şim. qismi va unga yondoş o.lardajoylaşgan davlat. Mayd. 9971 ming km2. Axrlisi 31,59 mln. kişi (2001). Poytaxti — Ottava ş. Ma'muriy jihatdan 10 viloyat (province) va 3 hudud (territory)ra bölinadi. Davlat tuzumi. K. — Buyuk Britaniya boşçiligidagi Hamdöstlik tarkibidagi federativ davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1982 y. 17 apr.da kuçga kirgan. Davlat boşliği — Buyuk Britaniya qiroli (qiroliçasi), uning nomidan general-gubernator davlatni boşkaradi. Kiroliça general-gubernatorni Kanada boş vazirining tavsiyasi b-n, odatda, 5 y. muddatga tayinlaydi. Qonun çiqaruvçi hokimiyatni qiroliça nomidan general-gubernator va 2 palatali parlament (senat va jamoalar palatasi) amalga oşiradi. Ijroiya hokimiyatni qiroliça nomidan general-gubernator hamda boş vazir va vazirlardan iborat hukumat amalga oşiradi (1993 y.dan boş vazir Jan Kret ye n ) . Tabiati. K. hududining ğarbiy kismi toğli, şarqiy qismi tekislik, şim. va qisman şim.-şarqiy sohillari pasttekislik, şarqiy qirğoklari tik, ğarbiy sohili esa juda baland. Materikning örta qismi va Kanada Arktikasi arxipelagining materikka tutaşgan joyi tekislik hamda platodan iborat. Gudzon qöltiğining atrofi pasttekislik. Lavrentiy kirlari, Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar bor. K.ning ğarbiy çekkasida Kordilyera toğlari, jan.- şarqida Appalaçi toğlari joylaşgan. Uran, temir, nikel, mis, rux, qörğoşin, oltin va kumuş, toşkömir, neft, tabiiy gaz konlari bor. Iqlimi — K.ning köp qismida arktika va subarktika, jan.da mö'tadil, asosan, kontinental iklim. Yanv.ning örtaça t-rasi şim.da —30°, —35°, jan. da —18°, —20°, iyulniki şim.da 4—7° va jan.da 16—18°. Ğarbiy sohilda yillik yoğin 2500 mm dan ortiq, şarqiy sohilda 1250 mm gaça, markaziy r-nlarda 400— 250 mm, şim.da esa 150 mm dan kam. K.da daryo köp, asosan, qor-yomğir suvlaridan hosil böladi. San-Lavrentiy (Buyuk köllari b-n), Finli—Pis-River—Qullar—Makenzi (Kiçik Qullar, Atabaska, Katta Qullar va b. köllar b-n), Bou—Saskaçevan—Nelson (Bou, Sidar, Vinnipeg va b. köllar b-n) daryo-köl tizimlari Atlantika va Şim. Muz okeani havzasiga kiradi. 200 dan ortiq yirik köllari bor. K.ning çekka şim. arktika saxrosi bölib, onda-sonda lişayniklar va b. ötlar uçraydi. Undan jan.da tundra, söngra esa örmon-tundra zonasi joylaşgan. Podzol va botqoq tuproqlarda oq va qoraqarağay, amerika tiloğoçi ösadi. Jan.-şarqiy çekkasidagi podzol va qönğir örmon tuproqlarda ignabargli va keng bargli daraxtlar bor.Tekisliklardagi unumdor tuproqli yerlarda dehqonçilik qilinadi. K.da şim. buğusi, muşkli buka, oq ayiq, qutb tulkisi, lemming, qutb quyoni, kaklik, boyquş, los, bizon, jayra, qoplon, böri, qunduz va b. hayvonlar yaşaydi. Daryo va köllari baliqlarga boy. Milliy boğlari: Banf, Vud-Baffalo, Gleyşer, Jasper, Yoxo va b., viloyat boğlari ham bor. Aholisining V3 Qismi ingliz-kanadaliklar (44%) va fransuz-kanadaliklar (28%). Tub aholisi — indeyslar 533 ming va eskimoslar salkam 33 ming kişi qolgan. K.da nemislar, ukrainlar, italyanlar, gollandlar, vengerlar, ruslar va b. xam yaşaydi. Rasmiy tillar — ingliz va fransuz tillari. Fransuz-kanadaliklar katolik dinida, ingliz-kanadaliklarning asosiy qismi — protestant. Aholining 78,6% şaxarlarda yaşaydi. Yirik şaharlari: Monreal, Kalgari, Toronto, Vankuver, Vinnipeg, Gamilton va b. Tarixi. K.ning qad. xalqi — eskimos va indeyslar. 15-a. oxirlaridan K.ga yevropaliklar kela boşlagan. Fransuzlar Por-Ruayal va Kvebekka asos soldilar (1605—08). Kvebek Yangi Fransiya mustamlakasining markazi bölib qoldi. 17-a.ning 20-y.larida K. hududida birinçi Angliya mustamlakasi — Yangi Şotlandiya vujudga keldi. 17-a.ning 2-yarmidan fransuz-kanadaliklar şakllandi. Yetti yillik uruş (1756—63) natijasida Buyuk Britaniya Yangi Fransiyani egallab oldi. 1791 y. Kvebek 2 viloyat (Quyi K. va Yuqori K.)ga bölindi. K. uçun bölgan Angliya-Amerika uruşi (1812—14) natijasida demokratik islohot va özini özi boşqariş uçun qarakat boşlanib ketdi. Viloyatlarda islohot tarafdorlari («vatanparvarlar») partiyalari tuzildi. 1834 y. islohot tarafdorlari Quyi va Yuqori K. parlamentlari faoliyatini nazorat ostiga oldi. 1841 y. Yuqori K. b-n Kuyi K. birlaştirildi. 1848 y. K. va Yangi Şotlandiyada yangi hukumat tuzildi. 19- a. örtalarida K.da t. y.lar qurildi, sanoat rivojlandi, 1867 y. Buyuk Britaniyaning Şim. Amerikadagi mustamlakalari birlaştirilib, «K. dominioni» nomi b-n federatsiya tuzildi. Yangi Şotlandiya, Nyu-Bransuik, şim.-ğarbdagi hududlar, Britaniya Kolumbiyasi (1871) va Prins-Eduard o. (1873) K. dominioniga qöşib olindi. Markazlaşgan davlat barpo etilişi milliy bozorning yuzaga kelişiga asos böldi. 19-a. oxiri va 20-a. boşlarida K. iqtisodiyoti rivojlandi. Işlab çiqaruvçi sanoat tez ösib, uning mahsuloti qiymati 1914—18 y.larda 4 baravar oşdi, aholi soni 64% köpaydi. Kapital va i.ç. sanoati yiriklaşdi, 1900—17 y.larda banklar birlaşişi natijasida ularning soni 36 dan 21 ga kamaydi; bank va sanoat kapitali qöşila bordi. 1-jahon uruşida K. Buyuk Britaniya tomonida qatnaşdi. 1-jahon uruşi davrida K. iktisodiyoti mustahkamlanib olişi natijasida K.da Angliya ta'siri susaydi va ta'siri kuçaydi. 1919—20 y.gi Parij konferensiyasida K. sulh şartnomalarini mustaqil imzoladi. Boşqa domi-nionlar b-n bir katorda K. Millatlar Ligasiga vakil yuboriş huquqini qölga kir i t d i . 1929—33 y.lardagi jahon iqtisodiy böhroni natijasida sanoat i.ç. 2 baravardan ziyod kamayib ketdi. 1933 y. boşida işsizlar 1,3 mln. kişidan ortdi. Q. x. mahsulotlarining narxi nihoyatda pasayib ketişi natijasida 240 ming ferma barbod böldi. 2-jahon uruşida K. Buyuk Britaniya tomonida qatnaşdi. K. antifaşist davlatlarni, birinçi navbatda, Buyuk Britaniyani xom aşyo, oziq-ovqat, qurol-yaroğ b-n ta'minlab turdi. Mamlakatda harbiy sanoat rivojlandi, yangi tarmoqlar: stanoksozlik, sintetik kauçuk i.ç. va b. vujudga keldi. 1939—45 y.larda sanoat i.ç. 2,5 baravar ortdi. 1960-y.lardan K. hukumati içki va taşqi siyosatda milliy manfaatlarni közlab iş tuta boşladi. Hukumat K.ning siyosiy mustaqilligini saqlaşga, Lotin Amerikasi, Osiyo va Yevropa mamlakatlari b-n aloqalarni rivojlantirişga intildi. Keyingi yillarda K.da milliy masala keskinlaşdi. Kvebek partiyasi mazkur viloyatni alohida davlat qilib ajratişni talab qila boşladi. 1995 y. da Kvebek suvereniteti xususida ötkazilgan referendumda suverenitetga qarşi bölganlarning 50,6% ovoz olişi natijasida mamlakatning parçalaniş xavfi bartaraf etildi. K. — 1945 y.dan BMT a'zosi. 1991 y. 25 dek.da ÖzR suverenitetini tan oldi va 1992 y. 7 apr. da u b-n diplomatiya munosabatlari örnatdi. Milliy bayrami — 1 iyul — K. kuni (1867). Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari. Liberal partiya, 1873 y. rasmiylaşgan; Progressiv konservativ partiya, 1854 y. tuzilgan; K. Kommunistok partiyasi, 1921 y. vujudga kelgan; Kvebek partiyasi, 1968 y. tuzilgan; Yangi demokratik partiya, 1961 y. asos solingan; Kvebek bloki partiyasi, 1990 y. tuzilgan; K. isloxrt partiyasi, 1987 y, tuzilgan; K. uyuşmasi partiyasi, 2000 y.da tuzilgan. Kasaba uyuşmalari birlaşmalari — K. işçilar kongressi 1956 y. tuzilgan, Milliy kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi 1921 y. vujudga kelgan. Xöjaligi. K. — yuksak taraqqiy etgan industrial-agrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşi 22%, q.x. uluşi 2,2%. Sanoati. Aholi jon boşiga mineral xom aşyo va yarim fabrikatlar i.ç. jihatdan K. taraqqiy etgan köpgina mamlakatlardan ustunlik qiladi. Nikel, rux, kumuş, molibden rudalari, asbest, oltin, platina, niobiy, tabiiy gaz, oltingurt qazib çiqarişda, gazetabop qoğoz, alyuminiy, sellyuloza, tilingan binokorlik yoğoçlari i.ç.da dunyoda oldingi örinlardan birida turadi. K.da kömir, neft, temir rudasi, volfram, uran (metall tarkibidagi ruda), kaliyli tuzlar, oltingugurt qam qazib çiqariladi. Yiliga örtaça 490,8 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Toronto, Vankuver va Ontario atrofida bir kança yirik issiqlik elektr st-ya va AES bor. Asosiy GESlari Kvebek, Ontario va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida. Işlab çiqaruvçi sanoat da oziq-ovqat va tamaki sanoati', qora va rangli metallurgiya hamda metall işlaş, transport maşinasozligi va b. tarmoqlar yetakçi ö r i n d a . Maşinasozlik işlab çikaruvçi sanoat mahsuloti qiymatining 1/2 qismini beradi. Uning asosiy tarmoği — transport maşinasozligi (avtomobil, kema, aviatsiya, vagon va lokomotivso zli k). Boşqa sanoat tarmoqlaridan q.x. maşinasozligi, neft va gaz sanoati, kon, örmon va sellyuloza-qoğoz sanoati uçun uskunalar i.ç. kor-xonalari yaxşi rivojlangan. Maşinasozlikning asosiy markazlari: Toronto, Monreal, Uinsor, Gamilton va b. Kora metallurgiya Gamilton, Su-Sent-Mari, Uellend va Sidni ş.larida, alyuminiy, rangli metallar i.ç. Arvid, Kitimat, Norand, Sadberi, Tompson, Traylda töplangan. Neftni kayta işlaş z-dlari Monreal va Sarniyada joylaşgan. Kimyoviy öğitlar, sintetik kauçuk va plastmassa i.ç. rivojlangan. Asosiy markazlari: Sarniya, Monreal, Toronto, Niagara-Fole va Kitçener. Un tortiş, göşt, baliq-konserva va likyor-araq i.ç. oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoqlari bölib, ular muhim eksport ahamiyatiga ega. Yengil sanoat tarmoqlaridan töqimaçilik, kön-poyabzal va tikuvçilik nisbatan yaxşi rivojlangan. Mahsulotning yarmi Monrealda işlab çiqariladi. Tilingan taxta, gazetabop qoğoz, karton i.ç. markazlari: Britaniya Kolumbiyasi va Kvebek viloyatlari. Kişloq xöjaligi sermahsul, fermalari mexanizatsiyalaşgan va ixtisoslaşgan. K-xga yaroqli yerlarning U4 qismiga yaqini yirik xöjaliklarga birlaşgan. 70 mln. gektar yer fermalar b-n band. Dehqonçilik ustun. Ğalla (buğdoy, arpa, suli, makkajöxori), texnika ekinlari (qand lavlagi, soya, ziğir, tamaki), öt va yem-xaşak, sab-zavot, kartoşka, raps yetiştiriladi. Fermalarning 9/yu kismi elektrlaştirilgan. Don xöjaligi rivojlangan asosiy joylar: daşt viloyatlari, ay-niqsa, Saskaçevan va Manitoba. Yetiştirilgan buğdoyning '/2 qismidan ziyodroği, arpa hosilining '/3 qismi çetgaçiqariladi. Sut çorvaçiligi Ontario, Kvebek va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida rivojlangan. Çorvaçiligida qoramol, çöçqa, qöy va ot boqiladi. Q.x. maxsulotining 60% ga yaqinini çorvaçilik yetiştirib beradi. Örmon xöjaligi Britaniya Kolumbiyasi, Kvebek va Ontarioda yaxşi rivojlangan. Jahonda tayyorlanadigan yoğoçning '/yu K.ga töğri keladi. Baliq-çilik, hayvonotçilik, parrandaçilik, möynaçilik rivojlangan. Transport i. 94,3 ming km t.y. va 850 ming km avtomobil yöli bor. Daryo va dengiz transporti, şuningdek, Buyuk köllar, Lavrentiy daryosidagi suv yöllari muhim ahamiyatga ega. Asosiy portlari: Vankuver, Set-Il, Monreal, Tander-Bey. Avtotransportining ahamiyati (ayniqsa, şim.da) juda katta. Asosiy aeroportlari Monreal, Toronto, Vankuver, Vinnipeg va Ottavada. K. çetga avtomobil, qoğoz, buğdoy, yoğoç-taxta, sellyuloza, nikel, alyuminiy, neft va neft mahsulotlari, temir rudasi, mis, asbest, uran, kaliyli tuzlar, tabiiy gaz, mis, sanoat jihozlari va b. çikaradi. Çetdan maşina va sanoat uskunalari va mollari, kömir, kofe, kauçuk, banan va kakao sotib oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: AKŞ, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya. 1989 y.da K. b-n AQŞ örtasida erkin savdo haqidagi bitim kuçga kirişi va 1992 y.da Şim. Amerika erkin savdo mintaqasi töğrisidagi uç tomonlama (AKŞ—Kanada —Meksika) bitim imzolanişi b-n K. iqtisodiyotining Amerika iqtisodiyoti b-n birlaşuvi va uning Şim. Amerika yagona iqtisodiy makoni tarkibiy qismiga aylaniş jarayoni tezlaşdi. Pul birligi — K. dollari.
Tibbiy xizmati. K.da vraçlar 15 ta tibbiyot maktabida tayyorlanadi, bu maktablarning aksariyati un-tlar huzurida. Xot-Springs balneologiya kurorti, Nyufaundlend, Keyp-Breton o.laridagi, Nyu-Bransuik viloyatidagi iqlimiy st-yalar, Monreal, Maskoka köli, Manitoba, Yangi Şotlandiyadagi sil kasalliklari şifoxonalari ma'lum. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. K.da tarixan ingliz va fransuz maktabi tizimlari tarkib topgan. Inglizça tizim AQŞ maktab tizimiga öxşaş: 12 y.lik umumiy ta'lim maktabi 6 y.lik boşlanğiç, 3 y.lik kiçik örta, 3 y.lik katta örta maktablardan yoki 8 y.lik boşlanğiç va 4 y.lik örta maktablardan iborat. Kvebek viloyatida fransuzça ta'lim tizimi: 6 y.lik boşlangiç va 5 y.lik örta maktab işlaydi. 5—7 yoşdan 14— 16 yoşgaça bölgan bolalar uçun bepul majburiy töliqsiz örta ta'lim joriy etilgan. Davlatga karaşli ta'lim bepul bölgan maktablar b-n bir qatorda xususiy (pulli), asosan, diniy va etnik guruxlar qaramoğidagi maktablar xam bor. Ulardagi darslar öşa guruhlar tilida olib boriladi. Oliy öquv yurtlarida pul tölab öqiladi. Barça viloyatlarda un-tlar bor. Yiriklari: Toronto, Vankuver, Kingston, Monreal, Kvebek un-tlari. Ilmiy muassasalari: K. qirollik jamiyati, Ijtimoiy fanlar soxdsidagi tadqiqot kengaşi (hammasi Ottavada), örmonçilik va q.x. sohasidagi bir qança i.t. institutlari. Yirik kutubxonalari: Parlament, Xalq, Milliy, Milliy ilmiy (hammasi Ottavada), Monreal va Torontodagi xalq kutubxonalari, şuningdek, Toronto, Monreal, Vankuver un-tlari huzuridagi kutubxonalar. Ottavada K. Milliy muzeyi, Milliy galereya, Milliy san'at markazi, Ontario viloyatida Qirollik muzeyi, Torontoda Badiiy galereya, Monrealda Badiiy muzey, Kvebek ş.da Kvebek viloyati muzeyi va b. bor. Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. K.da 114 ta kundalik gaz. va 1200 ta haftanoma naşr etiladi. Etnik guruhlar (nemis, italyan, xitoy va b.) tillarida 300 ga yaqin gaz. va b. davriy naşrlar bor. Eng yiriklari: ingliz tilida — «Glob eng meyl» («Butun dunyo poçtasi», kundalik gaz., 1844 y.dan), «Toronto-star» («Toronto yulduzi», kundalik gaz., 1892 y.dan), «Gazett» (kundalik gaz., 1778 y.dan), «Ottava sitizen» («Ottava fuqarosi», kundalik keçki gaz., 1845 y.dan), «Vankuver san» («Vankuver quyoşi», kundalik keçki gaz., 1886 y.dan) va b. Fransuz tilida — «Devuar» («Burç», kundalik gaz., 1910 y.dan), «Press» («Matbuot», kundalik keçki gaz., 1884 y.dan), «Soley» («Quyoş», kundalik keçki gaz., 1896 y.dan) va b. «Kanadian leybor» («Kanada kasaba uyuşmalari», oylik jur., ingliz va fransuz tillarida, 1956 y.dan), «Maklinz Ka-nada'z uikli nyusmegezin» («Kanada Maklin yangiliklari», haftalik jur., ingliz tilida, 1905 y.dan) jur.lari çiqadi. Kanadian Press Milliy axborot agentligi (1917 y.da taşkil etilgan) bor. «Kanadian brodkasting korporeyşn» — Sibi-si, K. radioeşittiriş va telekörsatuv korporatsiyasi, 1936 y.da taşkil etilgan. Ra-dioeşittiriş 1926 y.dan, telekörsatuv 1952 y.dan boşlangan. Umuman 115 ta tele va 575 ta radiost-ya işlaydi. Adabiyoti. K. tub joy aholisi (indeyslar, eskimoslar)ning oğzaki ijodiyoti avloddan avlodga ötib kelgan. K. adabiyoti, asosan, ingliz (18-a.) va fransuz (19- a.) tillarida şakllandi. Rus, ukrain va b. tillarda ham adabiy asarlar naşr etiladi. Indeyslar va eskimoslarning oğzaki ijodi ingliz-kanadalik yozuvçilar tomonidan qisman töplandi (20-a.). Şoira Polin Jonson (1862—1913) butun hayotini indeyslar haq-huquqini himoya qiliş va ularning afsonalarini adabiy jihatdan işlab çiqişga bağişlagan. Umuman mustamlaka qaramligining oğir şaroiti milliy adabiyotning rivojlanişiga tösqinlik qilib keldi. Ingliz tilidagi adabiyot dastlab ingliz romantizmi ta'sirida va unga taklidan rivojlangan. Konfederatsiya şoirlari deb atalmiş romantiklar tabiat gözalligi haqida asarlar yozdilar va K.da yaşovçi turli millat vakillarini birlaşişga da'vat etdilar. 19-a.ning 2-yarmida tarixiy romançilik rivojlandi. Hajvçi S. Likok (1869—1944) öz asarlarida K. şaharçalari aholisining axloqi, pul hukmronligi, «kiçik» odamning noçorligini tasvirlab, jahonga maşhur böldi. 20-a. boşlarida adabiy jur. lar, K. adabiyotining dastlabki tarixi va antologiyasi paydo böldi. K. yozuvçilari uyuşmasi vujudga keldi (1921), u, asosan, ingliz-kanadalik yozuvçilarni birlaştirdi. 20-a.ning örtalaridan ingliz tilidagi adabiyotda kanadaliklarning milliy xarakteri yorqin namoyon böla boşladi. 40-y.lardan tanqidiy realizm rivojlandi. F. Grov yozgan realistik romanlarning qahramonlari — mehnat ahli. Realist yozuvçi M. Kellexen asarlari odamşavandalik va xalqqa rahm-şavqat ruhi b-n suğorilgan. X. Mak-Lennan öz asarlarida Angliya va Fransiyadan kelgan kanadaliklarni birdamlikka çaqirdi («Ikki yolğizlik», 1945). 60—80-y.lardagi köp asarlarning mavzui jamiyat turmuşidagi çalkaşliklarga bağişlangan. K. muammolari va indeyslar b-n eskimoslarning ahvoli kabi masalalar K. ilğor yozuvçilarining e'tiborida turibdi. Fransuz tilidagi adabiyot. K.da fransuzlar hukmronlik qilgan davrda diniy mavzularda asarlar yozildi. 19-a. oxirlarida K.da romantik şoirlar maktabi vujudga keldi. Şoir J. O. Kremadi ijodi K. adabiyotiga fransuz romantik şe'riyati ruhini kiritdi. Fransuz romantiklari, jumladan, V. Gyugo ta'sirida L. O. Freşett, L. P.Leme öz asarlarini yaratişdi. F. de Gaspening «Qadimiy kanadaliklar» qissasi 19-a.ning eng salmokli asaridir. 20-a. boşlarida patriarxal hayot, dehqonlarning dindor bölişi uluğlandi. L. Emonning «Mariya Şapdlen» romani mustamlaka davri adabiyotini hayotiy tasvirlar b-n boyitdi. 30-y.larda realizm rivojlandi. 40-y. larda yozuvçilar ijtimoiy masalalarni yorita boşladi. R. Lemlen çerkov xodimlarini satirik tasvirladi («Qiyalik etagida» romani, 1944); Gabriyel Rua «Tasodifiy baxt» romanida işçilar hayotini körsatdi. 50-y.lar nasrida ruhiy keçinmalarga, jamiyatda kişining özini begona, yolğiz his etişiga e'tibor kuçaydi (I. Terio, E. Klutye asarlari). Yu. Aken fransuz-kanadaliklarni milliy iftixor uçun kuraşga çorladi («Yaqin kunlardagi vokea»). Şoirlar 60—80-y.larda zamondoşlarining aqliy va ijodiy hayotini aks ettirişga harakat qildi. A. Granbua sevgi, hayot va ölim mavzularida asarlar yezdi. Me'morligi. Indeyslar yertöla, vigvamçaylalarda, tomi teri yoki yoğoç b-n yopilgan uylarda yaşagan. 17—19-a.larda fransuzlar Şarqiy K.ga öz an'analari böyiça mustahkam devorli, tomi tik nişabli uylar, zalli çer-kovlar (old qismi 1—2 minorali), jamoat binolari qurişni rasm qildilar. Şu davrda J. Demer, T. Bayarje kabi me'morlar yetişib çikdi. K.ning inglizlar bosib olgan qismida (18—19-a.lar) imoratlarni sinç va toşdan klassitsizm uslubida (me'mor J. Merrik) quriş rivojlandi. 19-a. örtalaridan töğri köçali, kam qavatli uylardan iborat şaharlar (Ottava, Monreal, Toronto, Kvebek) qad kötara boşladi. Me'morlardan E. Lennoks, J. Layl loyihalari asosida qorişiq uslubda inşootlar qurildi. 19-a. oxiridan AQŞ me'morligi ta'siri kuçayib, baland jamoat binolari, mehmonxonalar quriş avj oldi (F. Darling, J. Pirson kabi me'morlar). 20-a. örtalaridan eski şaharlar jadal sur'atda qayta qurilib, kengaya boşladi. Temir-beton va pölatdan zamonaviy sanoat va jamoat binolari (Torontodagi Annesis-Aylend kti va ratuşa binolari, Monrealdagi Vil-Mari maydoni, Jahon körgazmasi, Olimpiada majmuasi va b.) qurildi. Şaharlar yagona loyiha asosida barpo etildi, korxonalar atrofida şinam turar joylar qad kötardi. Tasviriy san'ati. K. hududida indeys va eskimoslar san'ati qadimdan rivojlangan. Indeyslarning qad. san'ati yoğoç öymakorligi, toş, suyak, şoxga naqş öyiş, pat va çiğanokdardan bezaklar yasaş, qöl töqimaçiligi, jayra ignasi va buğu junidan kaşta tikiş, rasmlar solişdan iborat bölgan. 17-a.dan keyin esa Yevropa va AQŞdan köçib kelganlar va ularning avlodlari bu işga hissa qöşdilar. Eskimoslar toş, suyak hamda hayvon şoxlaridan inson va hayvon haykalçalarini yasaş b-n şuğullangan. Yevropaliklar kelib örnaşgan paytlardan boşlab K. tasviriy san'ati Fransiya va Angliya san'ati ta'sirida öziga xos tarzda rivojlana boşladi. 17-a. — 19-a. boşlarida portret çiziş va diniy rassomlik vujudga keldi; yoğoç haykalçalar, kumuş idişlar, akvarel manzaralar yaratildi. 19-a. örtalarida dehqonlar hayotini, viloyatlar körinişlari va indeyslar turmuşini tasvirlaydigan möyqalam ustalari (P. Keyn, K. Krigxof, X. Uotson, X. Uoker) ijod qildi. 20-a.da J. U. Morris, T. Tomson, J. Makdonald, A. Lizmer şimol kengliklarining gözal maftunkor tabiatini tasvirlovçi asarlar yaratişd i . Zamonaviy K. san'atida modernizm (A. Pellon, J. Riopel) b-n bir qatorda realistik okim (J. Lemye, T. Makdonald, F. Teylor, R. Pilo) ham mavjud. Dizayn va amaliy bezak san'ati (kandakorlik, gilamçilik, kulollik) rivojlanmokda. Xalk, ijodida yoğoç öymakorligi, ukrain iroqisi, eskimoslar haykaltaroşligi alohida ajralib turadi. Musiqa qadimdan tub xalq va köçib kelgan aholi turmuşining muqim qismi bölgan. Indeyslarga xos jangçi, ovçi qöşiklari, işqiy aşulalar şöx va ifodali. 18-a. oxirlarigaça, asosan, çerkov musiqasi rasm edi. 18-a. oxirlaridan konsertlar berila boşladi. 19-a. boşlarida havaskorlar kuçi b-n opera spektakllari körsatildi. 19-a. ning 2-yarmida professional musiqani rivojlantiriş uçun şaroit vujudga keldi, musiqa havaskorlari jamiyati tuzildi. K.da yevropalik musiqaçilar, AQŞlik opera truppalari va simfonik orkestrlar konsert berdi. Dastlabki musiqa arboblaridan biri — K. Lavalle «O, Kanada» milliy madhiyasini yaratdi. 19-a. oxiri — 20-a. boşlarida professional kompozitorlar va musiqaçilar paydo böldi. 40-y.larda musiqa jadal rivojlana boşladi. Toronto, Monreal, Vinnipegda doimiy opera truppalari, Ontarioda milliy balet, Ottavada Mumtoz balet, Vinnipegda Qirollik baleti, turli şaharlarda 30 ga yaqin doimiy işlovçi orkestr bor. K. musiqa arboblaridan M. Blekbern, J. Vaynsvayg, P. Merkyur kabi kompozitorlar, J. Bodri, A. Brott, P. Dervo kabi dirijyorlar, L. Marşal, T. Stratas, E. Jonson, L. Simono kabi xonandalar, G. Guld, I. Gendel kabi sozandalar maşhur. K. kompozitorlar, mualliflar va noşirlar uyuşmasi mavjud. K.da 8 ta oliy musika öquv yurti bor. Bir qator şaharlarda un-tlar qoşida musiqa maktablari, musiqa f-tlari oçilgan. 1965 y.dan Monrealda har yili xalqaro musiqa festivali va musiqaçi-ijroçilarning tanlovi ö t k a z i l a d i . Teatri. Indeyslarning marosimlarida xalq teatr san'ati unsurlari bor. Ular diniy marosimlarni ötkazişda niqob va qöğirçoqlardan foydalanişar edi. Professional teatr 17-a.dan Kvebek va Akadiya viloyatlarida rivojlana boşlagan. P. Kornel, J. Rasin, J. Molyer pyesalari qöyilgan. 1606 y.da Port-Royyaldagi «Neptun» teatrida Leskarboning «Dengiz niqobi» nomli şe'riy pyesasi sahnalaştirildi. Spektaklda indeyslar b-n fransuzlar qatnaşişdi. 1774 y.da Galifaksda K. hayotidan birinçi pyesa — «Akadius yoki xilvatdagi muhabbat» sahnalaştirildi. 1825 y. Monrealda birinçi doimiy teatr oçildi. Teatr repertuariga K. dramaturglari — J. Kenel, Ç. Xevisij, Ç. Meyr asarlari kiritildi. Monreal, Toronto, Viktoriya, Gamilton, Vinnipeg ş.larida teatrlar taşkil etildi. 19-a.ning 80-y.lari oxiridan 1-jahon uruşigaça bölgan davrda köçma professional teatrlar avj oldi. Kvebek va Galifaks teatr truppalari tarkibida AQŞ, Fransiya va Angliyadan kelgan aktyorlar b-n birga kanadalik aktyorlar ham bor edi. Şu davrda «roud» («yöl») deb atalgan sayyor professional teatrlar keng tarkaldi. 20-a. ning 20—30-y.larida un-tlar, maktablar, klublar va çerkovlar krşida köplab havaskor truppalar taşkil etildi. 40-y.lar oxirida yirik şaharlarda professional teatrlar paydo böldi. Monrealdagi «Rido ver», Torontodagi «Tietr Toronto», Edmontondagi «Sitadel» teatrlari şular jumlasiga kiradi. Ularda Şekspir, Molyer, Turgenev, Çexov va b.ning pyesalari qöyiladi. Fransuz tilidagi teatrlarda milliy teatr madaniyatini vujudga keltiriş jarayoni keçayotir. K.da M. Anglii, U. Xyuston, R. Massi kabi rej.lar, K. Kolikos, L. Grin, Ş. King, K. Rid kabi aktyorlar maşhur. Torontoda Milliy teatr san'ati maktabi, Alberta, Saskaçevan, Kuins un-tlarida drama bölimlari bor. «Kanada teatri» jur. (ingliz va fransuz tillarida) naşr etiladi. Kinosi. 1898 y. K.ning «Messi-Xarris» kinofirmasi buyurtmasi b-n reklama filmi suratga olindi. 1900 y.da «Kaneydian bayoskop» kinofirmasi K.ga köçib keluvçilarni qiziqtiriş uçun turkumli filmlar yaratdi. G. Bredford tomonidan 1903 y. boşlab berilgan «Kanadadagi hayot» nomli turkum filmlar ham şu maqsadga xizmat qildi. 1906 y. Monrealda birinçi doimiy kinoteatr oçildi. 1914 y. Monrealda K.ning dastlabki badiiy filmi — «Evanjelina» (rej. I. P. Salli-ven, U. X. Kovano) suratga olindi. Faroyib şimol tabiati va eskimoslar hayotiga qiziqib qolgan amerikalik rej. R. Flaerti «Şimol farzandi — Nanuk» qujjatli filmi (1922)ni suratga oldi va K. hujjatli kinosining rivojiga munosib hissa qöşdi. K.ning birinçi ovozli filmi — «Viking» (rej. V. Frissell, J. Melford, 1931). Milliy kino san'atining qaror topişiga rej. J. Grirson muhim hissa qöşdi. 1939 y. Kino masalalari böyiça milliy kengaş taşkil etildi. U davlat yöli b-n hujjatli filmlar i.ç.ni boşqardi. 2-jahon uruşi davrida «Jangdagi totuvlik» kinoseriyasi şuhrat qozondi. 1952 y. «Etyen Bryule, nobakor» degan birinçi rangli film yaratildi. «Oltin şahri» (rej. K. Lou), «Tinçlik davom etsin deb», «Dengiz b-n çuçuk suv oraliğida» (rej. M. Bro) filmlari yaratildi. 1970—90 y.larda dunyo yuzini körgan filmlar orasida «Moviy qiş» (rej. A. Blanşar), «Muallimga nega öq otildi» (rej. S. Naritsanno), «Ovçi» (rej. 3. R. Delen), «Qari tulki» (rej. F. Borsos) kabi badiiy filmlarni körsatiş mumkin. K.da qiziqarli multfilmlar ham yaratiladi. Statford, Monreal, Vankuverda xalqaro kinofestivallar muntazam ötkaziladi. K.da 1400 kinoteatr, kinoarxiv va filmoteka bor. K. kino akademiyasi har yili eng yaxşi filmlarga sovrinlar beradi. Uzbekiston — K. munosabatlari. Ikki mamlakat örtasida savdo-iqtisodiy munosabatlar 1996 y.dan bir munça oşa boşladi. 1998 y.da Özbekistonning K.ga eksporti xizmat körsa-tiş, qora metall va undan yasalgan buyumlarni yuborişdan iborat böldi. Uzbekiston K.dan elektr asbob-uskunalari, plastmassa, oyna, poligrafiya sanoati mahsulotlari, sut, göşt va baliq mahsulotlari sotib oldi. 1999 y. yakuni böyiça mamlakatlar örtasidagi tovar aylanma 15,68 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi. Özbekistondan K.ga eksport keskin ösib, ijobiy saldo 6,77 mln. AQŞ dollariga yetdi. 1999 y. 17 iyunda ikkala mamlakat hukumatlari örtasida ikkiyoqlama soliq solinişiga yöl qöymaslik hamda daromad va sarmoya soliği tölaşdan böyin tovlaşning oldini oliş haqida konvensiya imzolandi. K.ning turli kompaniya va notijorat taşkilotlari Özbekistonning mineral xom aşyo va neft-gaz konlarini işga tuşirişda qatnaşişga ğoyat qiziqib qaraydi. Navoiy viloyatidagi Tandir maydonini geologik jihatdan birgalikda örganiş töğrisida 1998 y. okt.da Özbekiston Geol. va mineral resurslar davlat qömitasi b-n «Xebron Fiord Resourses Ink» kompaniyasi örtasida tuzilgan şartnomada K. tomoni salkam 4,5 mln. AQŞ dollari sarflaşi közda tutilgan. Kompaniya mutaxassislari belgilangan iş dasturini bajarişga kirişdi. Toşkent aviatsiya i.ç. birlaşmasi K.ning «Pratt end Uitni» kompaniyasi b-n Il-114 samolyotlari uçun PW-127 dvigatellarini yetkazib beriş sohasida bevosita hamkorlik qila boşladi. Özbekiston aloka va axborotlaştiriş agentligi K.ning «Nortel Telekom» kompaniyasi b-n 1993 y.dan buyen hamkorlik qilib kelayotir. Keyingi 8 y. mobaynida uşbu kompaniya b-n jami 29 mln. AQŞ dollari qiymatiga ega bölgan 8 ta şartnoma amalga oşirilib, Özbekiston-Amerika «Özdunrobita» qöşma korxonasi uçun asbob-uskunalar yetkazib berild i . ÖzR Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki K.ning bir qança moliya muassasalari b-n aloqa örnatgan. Ikki mamlakat örtasida ta'lim, fan va texnika sohasida, jumladan, bir-birlariga talabalar, aspirantlar, öqituvçilar va mutaxassislar yuboriş, ularning malakasini oşiriş borasida hamkorlik yölga qöyilgan. ÖzRda 2000 y. boşlarida K.lik sarmoyadorlar iştirokidagi 13 korxona röyxatga olingan.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 97–104-b. — ziyouz.com