Tabiati. A.ning şarqi keng tekisliklardan va ğarbi toğlardan iborat. Mamlakatning butun şim.-şarqini La-Plata pasttekisligi (Gran-Çako, Şarqiy Pampa tekisligi), jan.-şarqini Patagoniya yassi togligi egallaydi. Ğarbdagi toğ yon bağirlari balandlaşa borib, And toglariga ulanib ke-tadi. Jan. Amerikaning eng baland nuqtasi Akonkagua (6960 m) ham A. hududidadir. Foydali qazilmalari: neft, gaz, temir, polimetallar, uran, mis, qalay, volfram va b. rudalar. A. tekislik qismining iqlimi — tropik va subtropik, jan. da — mö'tadil. Eng issiq oy (yanv.)ning örtaça harorati şim.da 28°, jan.da 10°, iyulning örtaça harorati şim.da 18° va jan.da G. Toğlarda iqlim mö'tadil sovuq. Yiliga Patagoniyada 100 — 300 mm, şim.-şarqda 1400 — 1600 mm, Andning şarqiy yon bağirlarida 5000 mm gaça yoğin yoğadi. Asosiy daryolari: Parana, Paragvay, Uruğvay, Rio-Salado, Rio-Kolorado, Çubut, Rio-Negro. A. köllarining aksariyati muzliklardan paydo bölgan (Naul-Uapi, Buenos-Ayres, Vyedma va b.). A. hudu-dining salkam 20% doimiy köm-kök va bargi tökiluvçi örmonlar b-n qoplangan. Gran-Çakodagi qizil tuproqda siyrak örmon, Pampadagi unumdor qoratuproqda piçanzor daştlar, Patagoniyada —yarim çöl. A.ning milliy boğlari — Iguasu, Lanin, Nauel-Uapi va b.
Aholisi. Argentinlar (mamlakat aholisining 90%) asosan yevropalik muhojirlardan şakllangan. Şuningdek italyanlar, yahudiylar, ukrainlar, ispanlar, katalonlar, polyaklar, nemislar, fransuzlar va b.lar ham yaşaydi. Tub joy aholisi — in-deyslarning aksariyati yevropaliklarning mustamlakaçilik harakatlari jarayonida qirilib ketgan. Ularning oz qismi (keçua, tupi-guaranlar va b.) A.ning şim.-ğarbida va Paragvay b-n bölgan çegara yaqinida yaşaydi. Rasmiy tili — ispan tili.
Dindorlarning aksariyati katoliklar. Aholining örtaça ziçligi 1 km2ga 9 kişidan köproq. Aholining 86% şaharlarda yaşaydi. Yirik şaharlari: Buenos-Ayres, Kordova, Rosario, La-Plata.
Tarixi. Qadim zamonlarda A. hududida köp sonli indeys qabilalari yaşar, ularda jamoa-uruğçilik munosabatlari xukmron edi. Şim.-ğarbda diagitlar, çarrua va kerandilar eng rivojlangan indeys qabilalari bölgan; ular ötroq hayot keçirar, dehqonçilik, baliqçilik, ovçilik b-n şuğullanar, rangli metallar eritişni, töqimaçilikni bilar edi. Şim.-şarqda va markazda guaranlar, tapeslar va b. yaşar, janubda araukanlar va patagonlar köçib yurar edi. 16-a. ning 1-yarmidahoz. A. hududi ispanlar tomonidan bosib olina boşladi. Ispanlar bu mamlakatni Rio-de-La-Plata (ispança kumuş) daryosi nomi b-n La-Plata deb atadilar. Mustamlakaçilarga qarşi indeys qabilalari bir neça marta isyon kötardi (1580, 1630, 1657, 1710 - 11 y.lar). 1776 y.da hoz. A. hududi butunlay Rio-de-La-Plata vitse-qirolligi tarkibiga qöşib olindi. A.da katta feodal yer egaligi vujudga keldi. Amerikadagi ispan mustamlakalarining 1810 — 26 y.lardagi mustaqillik uçun uruşi vaqtida kreollar (dastlabki ispan kelgindilarining avlodlari) M. Belgrano va X. San-Martin rahbarligida 1810 — 16 y.larda ispan mustamlakaçilariga qarşi qurolli kuraş olib bordilar. Kuraş boşlangan 25 may kuni argentin xalqining milliy bay-rami bölib qoldi. 1816 y.da viloyatlar vakillarining Tukuman ş.dagi kongressi La-Plata Birlaşgan viloyatlarini mustaqil deb e'lon qildi. 1826 y.da A. Federativ Respublikasi tuzildi. 19-a. mobaynida vujudga kela boşlagan burjuaziya manfaatlarini ifodalovçi unitariylar b-n yer egalari manfaatlarini himoya qiluvçi federatsiyaçilar örtasida kuraş davom etdi. 19-a. 2-çoragidan A.da Buyuk Britaniya iqgisodiy va siyosiy mavqei mustahkamlandi, 1833 y.da u Folklend (Malvin) o.larini bosib oldi. 19-a. oxirlarida mamlakatga Amerika va Germaniya kapitali kirib keldi. Hukmron davlatlar A.ni siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaramlikka solib, uni göşt, don va b. xom aşyo yetkazib beruvçi mamlakatga aylantirdilar. 19 — 20-a.lar bösağasida A.da sanoat rivojlandi. 19-a.ning oxiridan A.da turli harbiy diktaturalar hukmronlik qildi. 2-jahon uruşi yillarida A. betaraflik e'lon qilgan bölsa ham, aslida faşistlarga kömaklaşdi. 1945 y. martidagina Germaniya va Yaponiyaga qarşi uruş e'lon qildi. 1945 y.dan A.— BMT a'zosi. 1943 y.gi harbiy töntariş natijasida bir guruh ofitserlar hokimiyatni qölga oldilar. Ularning rahbarlaridan biri general X. D. Peron (1946 - 55 va 1973 — 74 y.larda A. prezidenta) hukmron ajnabiy davlatlarning mavqeini zaiflaştiriş hisobiga mamlakatdagi yuqori tabaqani mustahkamlaş siyosatini yuritdi. 1976 y.da general Videla hukmronligi davrida zöravonlik va tartibsizliklarga qarşi qattiq çoralar joriy etildi, iqtisodiyotni mustahkamlaşga kirişildi. 1981 y.da Roberto Viola prezident etib saylandi, ammo harbiylar keyinroq uni ağdarib taşladilar. Şu davrda (1982 y.) Folklend (Malvin) o.lari Buyuk Britaniyaga qaraşliligini tan olmagan A. ularni egallaşga urinib kördi, lekin bu harakat muvaffaqiyatsiz çiqdi. 1983 y.dagi yalpi saylov natijasida Raul Alfonsin prezident etib saylandi. 1999 y.dan esa Fernando de la Rua A. prezidenta. 1993 y. 9 sent.da Özbekiston Respublikasi b-n diplomatiya munosabatlari örnatgan.
Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari. Fuqaro radikal ittifoqi, 1889 y.da taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan tuzilgan; Birlik va taraqqiyot harakati, 1957 y.da Fuqaro radikal ittifoqi partiyasidan ajralib çiqqan guruh negizida tuzilgan; Xalq sotsialistik partiyasi, 1982 y.da tuzilgan; Murosasozlik partiyasi, 1963 y.da Birlik va taraqqiyot harakati partiyasi bölinişi natijasida vujudga kelgan; Xustisialistik (adolat) partiyasi, 1947 y.da X. Peron tomonidan tuzilgan; Taraqqiyparvar demokratik partiya, 1909 y. tuzilgan. A.da Kommunistik partiya, Sotsial-demokratik partiya, Demokratik markaz ittifoqi, Xristiandemokratik partiya ham bor. Umummehnat konfederatsiyasi 1930 y.da tuzilgan.
Xöjaligi. A. iqtisodiy jihatdan Lotin Amerikasida eng rivojlangan mamlakatlardan biri. Foydali qazilma konlari köp, malakali işçi kuçiga ega. Q.x., sanoatning turli tarmoqlari rivojlangan. Ammo 80-y.lar oxirida boşqaruvning samarasizligi oqibatida A. iqtisodiyoti barbod böliş arafasida edi. 1989 y.da saylangan yangi hukumat iqtisodiyotni isloh qiliş dasturini amalga oşirdi, natijada A. yana barqaror rivojlana boşladi. 1991 y.da qabul qilingan konvertatsiya töğrisidagi qonunga binoan köpçilik davlat korxonalari xususiylaştirildi, iqtisodiyotga çet el investitsiyalari jalb etila boşladi, byudjetga soliqlardan tuşum yaxşilandi, işçilarga kompensatsiya tölaş tizimi yaratildi.
Sanoati.A. asosan, q.x. xom aşyosini qayta işlaşga ixtisoslaşgan. Yetakçi tarmoq — oziq-ovqat (göşt, yoğ, un, vinoçilik, konserva, qand-şakar) sanoati. Göşt yetiştiriş va eksport qiliş sohasida A. dunyoda oldingi örinlardan birida turadi. Töqimaçilik, çarm-poyabzal tarmoqlari rivojlangan. Oğir industriyada maşinasozlik (traktor, q.x. maşinalari, avtomobillar, stanoklar, elektr texnika asbob-uskunalari va b.), neftni qayta işlaş, qora metallurgiyaning salmoği katta. Sement, sellyuloza-qoğoz korxonalari bor. Neft, gaz, qörğoşin, pyx, temir, uran, berilliy va volfram rudalari qazib olinadi. Yoqilği-energetika balansining salkam 85% ni neft va gaz taşkil qiladi. AESlar qurilgan. Asosiy sanoat markazlari: Buenos-Ayres, Rosario, Kordova, La-Plata.
Qişloq xöjal igi . A. çorvaçilik mahsulotlarini, don va moyli ekinlar hosilini tovar sifatida tayyorlaşga ixtisoslaşgan. Yirik yer egaligi rivojlangan: 1 ming ga dan ortiq yerga ega bölgan xujaliklarga hamma yerlarning 75% qaraydi. Q.x.ga yaroqli yerlarning faqat 20% ga ekin ekiladi. Q.x.ning yetakçi tarmoği çorvaçilik bölib, unda göşt yetiştiriladigan qoramolçilik va göşt-jun olinadigan qöyçilik ustun turadi. A.da qoramollar — 51 mln., qöylar — 29 mln., çöçqalar — 4,1 mln. boşni taşkil etadi. Dehqonçilikning yetakçi tarmoği — ğallaçilik. Buğdoy, makkajöxori, javdar, suli, arpa, texnika ekinlaridan — kungaboqar, ziğir, paxta yetiştiriladi. Muhim yem-xaşak ekini — beda. Boğdorçilik, tokçilik rivojlangan. Qimmatbaho daraxt navi, jumladan dubil ekstrakti olinadigan kebraço tayyorlanadi. Baliq ovlanadi.
Transporti. T.y.lar uzunligi — salkam 34,1 ming km, avtomobil yöllari — 211,4 ming km. Asosiy porti — Buenos-Ayres. Xalqaro aeroporti — Eseysa (Buenos-Ayres yaqinida).
Çetga çiqariladigan q.x. mahsulotlarining 80% göşt, don, yoğ, xom teri, jun, höl mevalarga töğri keladi. Çetdan maşinalar, transport vositalari, metall, yoqilği, kimyoviy tovarlar keltiriladi. Asosiy savdo mijozlari: AQŞ, Braziliya, Italiya, Germaniya va Yaponiya. Pul birligi — peso.
Tibbiy xizmati. A.da 133,8 ming örinli kasalxonalar (1 ming aholiga 6 örin) bor. 53,7 ming şifokor (450 aholiga 1 şifokor) tibbiy xizmat körsatadi. Davlat soğliqni saqlaş tizimi tibbiy yordamni suğurtalaş va xususiy şifokorlar xizmati b-n birga qöşib olib boriladi. Şifokorlarni un-tlarning 9 tibbiyot f-ti tayyorlaydi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. A.da 6 yoşdan 14 yoşgaça bölgan bolalarning majburiy ta'limi joriy etilgan. Davlat öquv yurtlari b-n birga xususiy maktablar ham bor. Boşlangiç maktablarda 3471 ming, örta öquv yurtlarida (umumiy ta'lim, hunar, ped. va b. maktablarda) 1125 ming öquvçi öqiydi. Buenos-Ayres, Kordova, La-Plata, Santa-Fe va b. şaharlarda un-tlar bor. Bir qança tarmoq akademiyalari, i.t. institutlari va ilmiy jamiyatlar ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Buenos-Ayresda Milliy kutubxona, un-t kutubxonasi va b. bor. Tabiiy fanlar, Antarktika, tarix, rassomlik va b. muzeylar mavjud.
Matbuoti, radioeşittirişi, telekörsatuvi. Eng köp tarqalgan gaz. lar: «Rason»(«Aql-idrok», 1905 y.dan), «Prensa»(«Matbuot», 1869 y.dan), «Nason»(«Millat», 1870 y.dan), «Gaseta» («Gazeta», 1912 y.dan). «Telenotisiosa amerikana» hukumat agentligi 1945 y. taşkil etilgan. 52 xususiy radiost-ya alohida uyuşmaga birlaşgan. Telekörsatuv 1951 y.dan mavjud. 1959 y.da 22 xususiy telest-yalar uyuşmasi tuzilgan.
Adabiyoti. A.da yaşagan indeys qabilalarning oğzaki ijodi namunalari bizgaça yetib kelmagan. Biroq xalq şe'riyati öziga xosligini saqlab qolgan. 16-a.dan 19-a. boşlarigaça adabiyot Ispaniya adabiyoti ta'sirida rivojlandi. 18-a. oxiri — 19-a. boşlarida M. de Lavarden, D. de Asuenaga va b.lar ijodida ma'rifatparvarlik tamoyillari namoyon böldi. 1810 — 26 y.lar Ispaniyaga qarşi uruş va milliy-ozodlik harakati davrida adabiyotda vatanparvar klassitsizm hukmronlik qildi. B. de Monteagudo, V. Lo-pes-i-Planes (uning «Vatanparvarlik marşi», 1810, A. madhiyasi bölib qolgan), E. de Luka, X. Kruves Varela asarlari paydo böldi. Mamlakat mustaqilligi e'lon qilingandan keyin yangi oqim vakili — faylasuf va milliy poeziya asosçisi E. Eçeverria şe'rlar, dramalar, dostonlar yezdi. Şoir, hikoyanavis, tarixçi olim va adabiyotşunos X. M. Gutyerres argentin romantik prozasining dastlabki namunalarini yaratdi. Publitsist va jamoat arbobi D. F. Sarmyento ötkir maqolalar yozdi. 19- a. 2-yarmida «gauço adabiyoti» urf böldi, uning asosini pampa aholisining oğzaki ijodi taşkil qilar edi. 50 — 70-y.larda I. Askasubi asarlari (siyosiy va lirik qöşiqlar, «Santos Vega» şe'riy romani, 1851), X. Marmol (dastlabki milliy roman «Amaliya», 1855), X. Ernandes (uning «Martin Fyerro» qahramonlik dos-toni, 1 — 2-qismlari, 1872 — 79, milliy adabiyotning eng salmoqli asaridir) asarlari va b. dunyoga keldi. 19-a. örtalarida xalq urf-odatlarini ifodalovçi adabiyot vujudga keldi. Bu oqim namoyandalari L. V. Lopes, E. Vilde, M. Kane va b.dir. 20-a. 20-y.larida B. Linç, R. Guyraldeslarning ijtimoiy romanlari çiqdi. 20-a. 2-yarmida E. L. Kastro, A. Varel, R. Larra, X. Kortasar romanlari paydo böldi.
Tasvnriy san'ati va me'morligi. A. tub joy aholisining mustamlakaçilikdan avvalgi san'ati (16-a.) matolarga solingan geometrik naqşlardan, jiğalardan, guldor va jimjimador sopol buyumlardan, toş, yoğoç va loydan yasalgan haykalçalardan iborat edi. A.da milliy rassomlik 19-a.da yuzaga kelib, 20-a. boşlarida taraqqiy etdi. Rassomlar ijodida milliy mavzu, xalq obrazi katta örin egalladi. 19-a. oxirlarida tarkib topgan milliy haykaltaroşlik 20-a. örtalarida badiiy yuksaklikka kötarildi. A.da mahalliy xalq — indeyslarning me'moriy an'analari kam saqlangan. 18-a.dan boşlab A. me'morligida barokko uslubi hukmronlik qildi. Bu uslubda qurilgan binolardan biri Kordovadagi Kompaniya ibodatxonasidir. Ibodatxonaga ispan iyezuitlari asos solganlar (1646). Hozir ibodatxona Kordova un-ti majmuasiga kiradi. 18-a. oxiri va 19-a. boşlarida A.da mumtoz me'morlik uslubi tarqaldi. Avvalo, aniq va yaxlit (mas, Buenos-Ayresdagi ibodatxona peşayvoni, 1804), keyinçalik 19-a. oxiri — 20-a. boşlarida eklektik va haşamatli binolar (Buenos-Ayresdagi «Kolon» teatri, 1908) qurildi. Bu davr turar joy binolari köpinça katta ayvonli bölgan. 20-a.dan hoz. zamon me'morligi rivojlandi. Buenos-Ayresda va mamlakatning boşqa şaharlarida köp qavatli, yaxlit oyna va temir-betondan mehmonxona, bank kabi ma'muriy binolar köplab qurilgan.
Musnqasi. Hoz. zamon A. hududida yaşagan indeys qabilalari hayoti va turmuşida musiqa katta örin olgan. And xalqlari — ayniqsa keçua va b.
rivojlangan va öziga xos musiqa madaniyatiga ega bölgan; ularning dilrabo yaravi qöşiqlari, uayno raqs ohanglari, çolğu asboblari (kena nayi va zarbli asboblari) hozirgaça saqlanib qolgan. A. milliy musiqa maktabi 19-a. oxirlarida tarkib topa boşladi. Buenos-Ayresdagi konservatoriya asosçisi, asosan yevropaça kuylar, orkestr va kamer asarlar muallifi A. Vilyame bu maktabning bunyodkorlaridan böldi. «Pampa» operasining ijodkori A. Berutti A.ning yirik kompozitori bölgan. «Pampa» asarida argentin xalq musiqasiga xos ohanglar yangragan. Buenos-Ayresda «Kolon» opera teatri, 2 konservatoriya, simfonik orkestr, Kordova va La-Platada konservatoriyalar bor.
Teatri. Indeys qabilalarining raqslari va marosim taomillarida teatr harakatlari elementlari bölgan. 16-a.da havaskorlar truppalari maydonga keldi. 1783 y. Buenos-Ayresda «Komediya uyi» nomli birinçi teatr binosi qurildi. 19-a. boşlarida L. A. Morante, K. Enrikes, X. M. Sançes kabi mahalliy dramaturglarning pyesalari şuhrat topdi. 19-a.ning 80-y.larida boş qahramoni çorvador, dehqon bölgan romantik melodrama janri yuzaga keddi. 19-a.da va 20-a. boşlarida «Viktoriya», «Apolo»teatrlarida ijtimoiy isyon mavzuidagi pyesalar qöyildi. 1920-y. larda A. teatri inqi-rozga uçradi. Ammo bir neça mustaqil I teatrlar vujudga kelib, teatr san'atini qayta tiklaş va yaxşilaşga kirişildi. Ularda milliy dramaturglardan O. Dragun, A. Kusani, K. Gorostisa, L. Barlettalarning asarlari qöyildi. 1935 y.da Buenos-Ayresda Milliy komediya teatri b-n Milliy teatrşunoslik in-ti taşkil topdi. 1943 y.da Davlat qöğirçoq teatri tuzildi. Musiqiy teatr 1825 y.da Buenos-Ayresda birinçi opera spektakli — «Sevilyalik sartaroş» (J. Rossini asari)ni namoyiş qildi. 1877 y.da F. Argreaves birinçi A. operasi «Oq muşuk»ni yaratdi. 1925 y.dan milliy balet trup-pasi iş boşladi: «Kometalar», «Panambi» kabi milliy baletlar körsatildi. Hoz. vaqtda Buenos-Ayres A. teatr san'atining markazi bölib, bu yerda «El Pueblo», «La Maskara», «Fray Moço» kabi mustaqil teatrlar, Milliy komediya teatri, «Odeon» kabi tijorat teatrlari işlamoqda.
Knnosn. A.da film yaratiş 1897 y.dan boşlandi. 1908 y.da italiyalik rej. M. Galo «Dorregoning otilişi»degan birinçi filmni yaratdi, unda teatr aktyorlari iştirok etişdi. Keyinçalik rej. X. A. Ferreyra («Gauço qöşiği», 1930), L. Zaslavskiy («Qoçiş», 1937) va b. bir neça film yaratdilar. U Petit de Murat («Gauço uruşi»), S. Pondel Rios («111-kilometr»), E. Amorim («Keksa doktor») kabi kinossenariyçilar barakali ijod qildilar. Keyingi yillarda işqiy sarguzaşt filmlar, kinokomediyalar işlandi, ayrim adabiy asarlar ekranlaştirildi. A. yirik kino i.ç. firmalari: «Arxentina sono films», «Kontrakuadro». Buenos-Ayresda Kino san'ati va kino fani akademiyasi, Milliy kinematografiya in-ti işlab turibdi.