«Alkimyo» asosçisi Jobir ibn Xayyom metallarning paydo bölişidagi oltingugurt-simob nazariyasini olğa surgan, ya'ni yer qa'rida quruq boğlanişdan oltingugurt («metallar otasi»), nam buğlanişdan esa simob («metallar onasi») paydo böladi degan fikrni aytadi. Ularning turli xil nisbatlarda birikişidan oltin, kumuş, mis, temir, qalay, qörğoşin, şişa hosil böladi. Şu asnoda oddiy metallarni nodir metallarga ötkaziş haqida ma'lumotlar beriladi. «Element» tuşunçasiga köra, oltingugurt — yonuvçanlik, simob — uçuvçanlik, tuz esa eruvçanlikni bildiradi. Şönga köra, bu moddalar turining kaşf qilinişi asosiy fikr böldi. Olimning izdoşlaridan bölgan Abu Nasr Forobiy özining «Ustodi Soniy» asarida alkimyo ilmining yönalişini ma'qullaydi. Şarq allomalaridan Abu Bakr ap-Roziy «Sirlar kitobi»da alkimyo ma'lum bölgan moddalarni örganiş, asbob-uskunalarni yiğiş va foydalaniş hamda tajribalar ötkazişni keltiradi. Roziy öz asarida öngaça ma'lum bölgan moddalarni tasniflab, asbob va tajribalarni ma'lum bir tizimga solgan. Abu Abdullo al-Xorazmiyning «Bilimlar kaliti» kitobida K.ga alohida bölim ajratilib, unda turli moddalar, asboblar, tajribalar töğrisida mukammal ma'lumotlar keltirilgan. Abul Hakim al-Xorazmiy esa alkimyo fani tajribalarida qöllanilgan taroziga ahamiyat beradi. Al-Haziniy tomonidan 1125 y.da yozilgan «Dono tarozu haqida kitob»da turli köriniş va tuzilişdagi tarozilarda tortiş usullari bayon qilinganligi manbalardan ma'lum. Abu Ali ibn Sino «Al-qonun» kitobida ösimlik, hayvonot, minerallar, tuzlar, kislotalar, işqorlar, metallar, oksidlar va b. birikmalarning 750 dan ortiq turini yozadi. Ularning nomi, xossalari, işlatilişini tula ifo-dalaydi. Uning «taboşir kulçalari»dan (Indoneziyada ösadigan bambukdan olib kulçaga qöşib oyoq-qöli singan bemorlarga beriladigan kremniy oksidi — inson organizmida tez erib singadigan modda) qançadan-qança odamlar şifo topgan. Ibn Sino Jo-birdan farkli ravişda metallarning xususiyatini çuqur va mukammal örgan-di, uning xatolarini tuzatdi. Ibn Sino nafaqat Jobirning, balki barça alkimyogarlarning xatolarini ilmiy jihatdan asoslab berdi. U oddiy metallardan nodir metallar, jumladan, oltin olib bölmasligini birinçi bölib amalda isbot etdi. Fransuz olimi M. Bertlo, rus olimi B. Menşutkin, akad. O. Soimovlarning fikriça, Abu Ali ibn Sino asarlarida hoz. zamon anorganiq kimyo fanining ilk kurtaklari namoyon bölgan. Abu Rayhon Beruniyning «Mineralogiya»sida moddalarning moddalik xususiyatlari uz aksini topgan. Özbekiston FA Şarqşunoslik in-ti fondida mineralogiyaga oid 18 ta, K.ga oid 31 ta qulyozma mavjud. Bular arab, fors, eski özbek (turk) tillarida bitilgan «Hunarlar javohiri» kitobidagi marvarid, böyoqlar, sir, zaharga qarşi işlatiladigan dorilar, upa-elik tayyorlaş usullarini öz içiga olgan manbalardir.
8-a.dan 17-a. örtalarigaça davom etgan alkimyo bir tomondan fanni rivojlantirgan bölsa, ikkinçi tomondan uning tez qadamlar b-n ösişiga tösqinlik qildi. Ingliz kimyogari R. Boyl K.ni örganişda yangiça yondoşiş va faqat tajribalar yordamida olingan ma'lumotlarga işonişga undadi. Uning fikriça, K.ning maqsadi jismlar tuzilişini aniqlaş, şundan söng uni elementlarga ajratib, tahlilga ötişdan iborat bölişi kerak. Bunday ilgor ilmiy fikrlar paydo bölişiga qaramay K.ning haqiqiy yölga tuşişiga yana bir asr kerak böldi. Nemis kimyogari G.E. Ştal (1659—1734)ning flogiston nazariyasiga qarşi ölaroq, M. V. Lomonosov 1756 y.da yoniş, ya'ni oksidlaniş — oksidlovçi moddaning havo b-n birikişidan iborat ekanligini mikdoriy tajribalar asosida körsatib berdi. Fransuz kimyogari A. Lavuazye esa 1772—77-y. larda turli moddalar ustida tajribalar ötkazib, ular yonganida kislorod b-n birikişini körsatdi hamda kimyoviy reaksiyalarda moddalar oğirligining saqlaniş qonunini isbotladi. Mazkur qonun tasdiqlangaç, K. sifat-tavsif ilmidan mikdoriy bilimga aylandi. Endilikda massaning saqlaniş qonuni deb ataluvçi mazkur qonun muhim ahamiyat kasb etadi. Bir qança gazlar kaşf qilinişi natijasida pnevmatik kimyoga asos solindi. Flogiston nazariyasi tamomila rad etildi, kislorodli yoniş nazariyasi öz tasdiğini topdi. Natijada köpgina nazariy tasavvurlar özgardi, ya'ni kimyoviy nomenklatura işlab çiqildi. Mana şu davrda kimyoning analitik tahlil yöli şakllandi.
19-a. K. fani tarixida nazariy asoslarni işlab çiqiş davri böldi. Natijada ato m - molekulyar ta'limot maydonga keldi. Ingliz olimi Jon Dalton 1803 i. moddaning atom tuzilişi haqidagi tasavvurlarga suyangan holda tajribalar ötkazdi. Elementlarning muayyan bir mikdorda reaksiyaga kirişuvini ularning ayrim zarraçalardan, ya'ni boşqaça aytganda atomlardan taşkil topganligidan deb bildi. Karrali nisbatlar qonuni deb atalmiş fikri asosida kimyoviy elementlarning bir-biri b-n ma'-lum oğirlik nisbatlarida birikişini körsatib, atom oğirliklariga alohida ahamiyat berdi. Nisbiy atom oğirlik tuşunçasini fanga kiritib, eng yengil element sifatida vodorod atomi oğirligini birga teng deb qabul qildi va uni birlik sifatida taklif etdi. Dalton elementning atom oğirligi sifatida mazkur element atom oğirligining vodorod atomiga bölgan nisbatini oldi. Italiyalik olim A. Avogadro atom va molekula tuşunçasining bir-biridan farq qilişini aniqlab berdi. U moddaning kiçik zarraçasi molekula, elementlarning eng kiçik zarraçasi esa atom deb ta'rifladi. Pekin uning bu fikri faqat oradan ança vaqt ötgaç, tan olindi. Gep-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni (q. Gey-Lyussak qonunlari) e'tirof etilgaç, Avogadroning bir xil t-ra va bosimda olingan ixtiyoriy gazlarning teng hajmlaridagi molekulalar soni teng bölişi haqidagi qonuni (gipotezasi) amaliyotga kiritildi. Fransuz fizigi J. B. Perren (1870—1942) tajribalari asosida hisoblab topilgan 6,022Ş23 soni Avogadro soni deb ataldi.
1852 y.da ingliz kimyogari E. Franklend fanga valentlik tuşunçasini kiritdi. A. M. Butlerov tomonidan 1861 y. e'lon qilingan tuziliş nazariyasi K.ning rivojida muhim bosqiç böldi. Mazkur nazariya asosida organiq moddalarning molekulalardagi atomlar valentliklariga muvofiq bir-biri b-n birikişi, moddalarning xossalari kimyoviy tuzilişi (tarkibi)ga boğliqligi, atomlar bir-biri b-n qanday ketma-ketlikda birikkanligini aniqlaş, kimyoviy tuziliş formulasi birikma xossasini ifodalaşi, molekuladagi özaro birikkan va birikmagan atomlarning bir-biriga bölgan ta'sirining borligi yotadi. Nazariya yangi moddalar sintez qilişni, ularning xossalarini oldindan aytib berişni va nazariy jihatdan muhim bölgan izomeriya hodisasini ilmiy nuqtai nazardan isbotlab berdi.
19-a.da fandagi tarixiy kaşfiyotlardan biri 1869 y. D. I. Mendeleyev tomonidan oçilgan kimyoviy elementlar davriy qonuni va sistemasi böldi. Mendeleyev elementlarni ilmiy asosda sinflarga ajratdi, ular orasidagi içki boğlaniş qonuniyatlarini topdi, hali noma'lum bölgan elementlar mavjudligini oldindan başorat qildi. Uç noma'lum elementning xossalarini oldindan aytib berib, ularga «ekabor», «ekaalyuminiy» va «ekasilitsiy» degan şartli nomlar berdi. Oradan 15 yil ötar-ötmas uning ba-şorati amalda tasdikdandi. Bu elementlar fransiyalik Lekok de Buabodran, şvetsiyalik Nilson va germaniyalik Vinklerlar tomonidan kaşf etildi. Ekaalyuminiyga Fransiyaning eski nomi Galliyadan olinib «galliy» nomi, ekaborga «skandiy» (Skandinaviya nomidan) va ekasilitsiyga «germaniy» degan nomlar berildi. Mendeleyevning ma'lumotlari boşqa olimlar ma'lumotlariga juda yaqinligi b-n ilmiy tasdiğini topdi. Uning yana 11 elementning tez orada oçilişini nazarda tutib böş kataklar qöyganligi qonun va uning grafik ifodasi bölgan davriy sistemaning katta ilmiy ğalabasi böldi. Sistemada davrlar va guruhdar şunday joylaştirildiki, bunda valentlik, atom massalari, atom radiuslarining özgarişi va ş.k. xossalar öz ifodasini topdi. Natijada ilgari tasdikdanmagan kimyoviy elementlar sistemalaridagi xatolik va kamçiliklarga barham berildi, atom massalariga tuzatişlar kiritildi, nodir elementlar va asl gazlar xossalari töğri talqin qilindi. Davriy qonun nafaqat K. uçun, balki boşqa tabiiy fanlar, falsafadagi mikdorning sifatga ötiş qonuniyatlarini aks ettiruvçi tabiatning fundamental qonuni bölib qoldi. Buning isboti sifatida davriy qonun va sistema asosida kimyo qonunlari va tabiatning yuzlab boşqa qonunlari, jumladan, radioaktiv elementlarning kaşf qilinişi, ingliz fizigi E. Rezerfordning atom tuzilişi modelini taklif qilişi, Daniya fizigi N.Borningatomlarda elektron qobiqlari va qobiqçalari ketma-ket joylaşuvini topişi, atom energiyasining nihoyatda ulkan kuçidan foydalaniş qabilarni körsatiş mumkin. Ayni vaqtda K. fani Mendeleyev davriy qonuni va sistemasi asosida öqitiladi.
19-a. ning 70-y.laridan boşlab organiq kimyo tez rivojlana boşladi. Uglevodorodlar, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalari, galogenlar, nitrobirikmalarning muhim hosilalari olindi, xossalari örganildi va bularning ma'lum qismi sanoat miqyosida işlab çiqarila boşladi. 80-y.larda töyinmagan uglevodorodlar asosidagi sintezlarga asos solindi, purin moddalari, qandlar, tabiiy pigment va oqsillar örganila boşlandi. Natijada stereokimyo tasavvurlari rivojlandi. Bu davrda elektrokimyoviy (M. Faradey) va termokimyoviy jarayonlar (G. I. Gess, M. Bertlo), elektrolitik dissotsiatsiya (S. Arrenius), kimyoviy reaksiyalar tezligi (Ya. Vant-Goff) örganildi. Buning natijasida kimyoviy termodinamika faniga asos solindi.
19-a. oxiri va 20-a. boşlari fizikada atom tuzilişining örganilişi, radioaktivlik hodisasining oçilişi, elektronning amaliyotdagi ahamiyati örganilişi va kvant kimyosinit çuqur nazariy yutuqlaridan foydalaniş K. fanining olamşumul yutuqlaridan böldi. Mac, tabiiy hodisa — Adriatika dengizining fosforessensiyalanişini 1835 y.dayoq fransuz fizigi A. Bekkerel sezganligi ma'lum. Ammo oradan 60 y. dan ortiqroq vaqt ötib uning nabirasi Anri Bekkerel 1896 y.ning 1 martida uran hosilalari, bir oz keyinroq esa uranning özi ham şunday xossaga egaligini aniq-ladi (q. Bekkerel). 1895 yili V. Rentgen tomonidan kaşf etilgan nurlar ham şunday xossalarga ega ekanligini Bekkerel körsatib ötgan edi. 'L.Skladovskaya-Kyuri bu nurlarni radioaktiv nurlar, nurlaniş hodisasini esa radioaktivlik hodisasi deb atadi. U bu hodisani şaxsan özi toriy elementida uçratdi. U P. Kyuri b-n birgalikda uran minerallaridan 2 ta yangi radioaktiv element — poloniy va radiyni ajratib olişga muvaffaq böddi. Yangi elementlarning biri M. Skladovskaya-Kyurining vatani bölmiş Polşaning eski nomi şarafiga poloniy deb nomlanadi. Şunday keyin aktinoidlar qatori tuzildi. Radioaktiv elementlarning yarim yemiriliş davri, ya'ni har bir radioaktiv moddaning yarmisi parçalanişi uçun ketgan vaqtni belgiladilar. E. Rezerford, ingliz olimi F. Soddi, keyinroq Iren va Jolio-Kyurilar radioaktivlikni çukur örganişdi, Kyurilar sun'iy radioaktivlik hodisasini tadqiq qilişdi. Yadro reaksiyalari yordamida davriy sistemadagi barça kimyoviy elementlarning sun'iy radioaktiv izotoplarini oliş mumkinligi işlar kölamini fizika b-n bir qatorda K.ga ham olib kirdi. Natijada K.ning zanjir reaksiyalari mukammal örganildi va amaliy ahamiyat kasb etdi. Pozitron çiqişi yoki (3+-yemiriliş va K-zabt etiş (yadroning yaqinida turgan K-qobiqçadagi elektronni yutişi) turli elementlar radioizotoplarini örganişga yordam berdi. Hoz. gaça bunday radioaktiv izotoplardan 1500 dan ortiği olingan. Sun'iy radioizotoplarni örganiş aylanişlarning yangi xillarini topişga imkon berdi. Radioaktiv moddalarning xossalarini örganadigan, ularni ajratib oliş, yiğiş va tozalaş usullarini işlab çiqadigan fan radiokimyo nomini oldi.
K.ning tez suratlar b-n rivojlanişi natijasida elektron va u haqsagi tuşunçalar aniqlanib, kvant kimyosi hamda sun'iy sintez qilingan transuran elementlar kimyosi şakllandi. Oqsillar kimyosida misli körilmagan yangiliklar oçildi. Million atmosfera bosimda olib boriladigan kimyoviy jarayonlar örganildi, sun'iy olmos olişning nazariy yöllari körsatildi, xilma-xil polimerlar sintez qilindi.
18-a. oxiri va 19-a. örtalarida Ğarb mamlakatlarida rivoj topa boşlagan K. Rossiya orqali Özbekistonga ham kirib keldi. Toşkentda 1869 y. kimyo lab. taşkil etildi. Keyin şu yerda kömirni gazlaştiruvçi moslama körib işga tuşiriladi, lab.dagi xonalar gazlaştiriladi. Lab. xodimlari tomonidan mahalliy va olib kelinuvçi portlovçi moddalar tarkibi tekşiriladi. Qöqon xonligi va Buxoro amirligida zarb qilingan tangalar örganiladi. Turli ösimliklardan alizarin böyoğini ajratib oliş, çigitni tozalaş, tolani presslaş, suv va tuproqni analiz qiliş, ölkada sanoatni rivojlantirişga zarur bölgan toğ jinslarini tadqiq qiliş, sabzavot ekinlari tarkibidagi şakar miqdorini aniqlaş, şişa uçun kerakli giltuproq va qumtuproq tarkibi hamda sifatini aniqlaş, uzumni bijğitib spirt tayyorlaş, anor pöstloğidan oşlovçi moddalar tayyorlaş, sement eritmalari va toşqol oliş, don va dukkakli ösimliklardagi kraxmalni aniqlaş, qamiş, ğözapoya va daraxtlarning ötinlaridagi yonilği birliklarini hisoblaş kabi i.t. işlari olib boriladi. 1913 y. yanv.gaça işlab turgan mazkur lab. bajargan işlari asosida Özbekistonda bir neça sanoat tarmoqlarini taşkil qiliş mumkin degan xulosaga kelinadi, lekin bu işlarga amaliy yondoşilmaydi.
1918 y. Toşkentda Turkiston un-tining taşkil etilişi va uning tarkibida kimyo f-tining oçilişi Özbekistonda K. fanining rivojida yangi bosqiç böldi.
K. va uning sanoatiga yondoş bölgan quriliş, oziq-ovqat, neft, suv va b. tarmoqlar rivojlanişi bu işlarga ijobiy ta'sir körsatdi. Mahalliy aholi orasidan A. Şamsiyev, 3. Saidnosirova, M. Hakimov, M. Niyozov, M. Azizov kabi dastlabki kimyogarlar yetişib çiqsi. Ular yoş kadrlarni tayyorlaşga katta hissa qöşdilar.
1920 y. Turkiston Respublikasi Markaziy xalq xöjaligi kengaşida sanoat b-n boğlangan K. bölimi taşkil qilinib, unda lab. oçiladi. Lab. Respublika xalq xöjaligining turli tarmoklari uçun zarur bölgan ilmiy muammolar b-n şuğullana boşlaydi. 1921 y. esa i.t. institutlari Kengaşi taşkil etilib, önga prof. S.N. Naumov rais qilib tayinlanadi. Dorivor preparatlar tayyorlab, analitik tahlillar olib boriladi. Işlar natijasi Xilkovo (hoz. Bekobod) sement z-di va Aşxobod şişa z-dining işga tuşirilişida qöl keladi. Tez orada un-tda texnik kimyo kafedrasi oçiladi. Bu yerda N. L. Karavayev, M. S. Elgort, D. A. Alekseyev, Ye. I. Poznerlar tomonidan anorganiq va fizik K. böyiça i.t. işlari olib boriladi. V. A. Novikov b-n B. G. Zapromyotovlar ilmiy işlar qatorida mahalliy kadrlar tayyorlaş b-n ham şuğullanadilar. 1927 y. Özbekiston sanoat-iqtisod i.t. instituta (keyinroq Özbekiston mahalliy sanoat i.t. instituta) taşkil qilinadi. In-t lab.larida keramika, boğlovçi materiallar, sellyuloza-qoğoz va yoqilği sektorlari oçiladi.
30-y.larda fanning rivojiga S. N. Naumov, M. I. Usanoviç, A. P. Rostovskiy, S. M. Muqimov, I. S. Kansepolskiylar katta hissa qöşdilar. 1933 y. un-tning kimyo fti qoşida K. tadqiqot inti taşkil qilinadi. In-t lab.larida diketoefirlar kimyosi, gaz reaksiyalari kimyosi, elektr kimyosi, aralaşmaydigan suyuqliklar kimyosi, tabiiy va sintetik kolloid sistemalar, alkillaş reaksiyalari, kislota-işqor nazariyasi, soz tuproq asosida keramik materiallar i.ç. kimyosi va texnologiyasi, çigitdan yoğ oliş kabi muhim i.t. işlarini rivojlantirişda tadqiqotçilar sanoat b-n hamkorlikda işladilar.
30-y. larda un-tning kimyo f-tida S. Yunusov, O. Sodiqov, K. Axmedov, Ş. Tolipov, H. Usmonov, A. Sultonov, H. Rustamov, Y. Toşpölatov, A. Abdu-rasulova, F. Tojiyev, A. Murtazoyev, H. Rahimov kabi iste'dodli yoşlar yetişib çikdi. 2-jahon uruşi yillarida şaroit oğir bölişiga qaramay fan rivojiga ahamiyat berildi, tadqiqotlar kamroq bölsada davom ettirildi. 40-y.lar boşida Ittifoq FA ning Özbekiston filiali taşkil qilinib, uning tarkibiga A. S. Şamsiyev rahbarlik qilayotgan Kimyo in-ti ham kiritildi. S. Muqimov, F. Xöjayev va frontdan qaytgan S. Yunusov, K. Ahmedov, Ş. Tolipov, A. Sultonov, H. Rustamov, I. S. Kansepolskiy va b. olib borilayotgan i.t. işlariga özlarining munosib hissalarini qöşdilar. Ular Özbekiston FAning i.t. institutlari tarkib topişi va rivojida ham iştirok etişdi. Uruş davrida Çirçiq elektr kimyo k-tining boş muxandisi lavozimida işlagan M. Nabiyev kimyo sanoatining rivojiga katta hissa qöşdi, keyinroq u mineral öğitlar kimyosi yönalişining boş mutaxassisi sifatida köp yillar faoliyat körsatdi. Xalq xöjaligining eng asosiy tarmoği bölgan paxtaçilik rivojlantirildi, öğitlar va mikroelementlarning yangi xillari topildi.
Umumiy va anorganiq K.da tuzlar kimyosi, gidrolizi va eruvçanligi sohasidagi muammolar hal qilinib, yerga solinadigan öğitlar hamda ularning kimyosi çuqur örganildi. Ekinga solinadigan mikroelementlar kimyosi M. Azizov tomonidan rivojlantirildi, ularning ançagina kompleks birikmalari sintez qilindi, bulardan dori-darmon tayyorlaşda foydalaniş ham örganildi. Prof. H. Rahimov nodir va rangli metallarning kompleks birikmalari kimyosi ustida iş olib bordi. Polimetalli xom aşyolar kimyosi rivojlantirildi, oğir metallarning geterotsiklik birikmalari, ularning N-oksidlari, kompleksonlari aniqlandi. Suv-tuz sistemasi çuqur tahlil qilindi, ekstraksiya jarayonlari yaxşilandi. Kompleks birikmalar va kompleksonlar kimyosi çuqur örganildi hamda xalq xöjaligining turli jabhalaridan keng örin oldi.
Akad. N. Parpiyevning nodir va ötkinçi metallar kompleks birikmalari xossalarini örganiş, yangilarini sintez qiliş va amaliyotda qöllaş böyiça işlari diqqatga sazovordir. Kremniy, germaniy, titan, sirkoniy, gafniy, molibden va vanadiy ftoridlarning vodorod ftorid kislo-tasi b-n ta'siri örganildi. Yuqori molekulali ftorli kompleks birikmalarning barqarorlik konstantalari topildi, anion almaşişining mexanizmi tahlil qilindi. Qator komplekslarning IQ-spektrlari, termografiyasi, elektr ötkazuvçanligi, rentgen-fazaviy tahlili amalga oşirildi. Volfram ajratib oliş işi yölga qöyildi. Yangi kompleks birikmalardan q.x.da, tibbiyot va farmatsev-tikada foydalaniş böyiça amaliy işlar qilindi.
Analitik K.dagi dastlabki işlar akad. Ş. Tolipov rahbarligida olib borildi. U şogirdlari b-n birga ftorli birikmalar kimyosini çuqur örgandi, natijada qator elementlarni aniqlaşning oğirlik, hajmiy va amperometrik usullari işlab çiqildi. Bu işlar «böysunmagan element» bölgan ftorning sanoat miqyosida işlab çiqarilişini yölga qöyişda muhim omillardan böldi. Anorganiq moddalarning lyuminessent tahlili böyiça R. Jiyanboyeva olib borgan işlar öz vaqtida butifosning zararli xossalarini aniqlaşda rol öynadi.
K. fanining şon-şuhratini jahon miqyosiga olib çiqişda akad. S. Yunusovning alkaloidlar kimyosini rivojlantirişga oid işlari muhim hissa bölib qöşildi. 4000 dan ortiq ösimlik alkaloidlari tadqiq qilinib, ulardan 600 dan ziyod muhim alkaloidlar ajratib olindi, ularning tarkibiy qismlari, tuzilişi va xossalari çuqur örganildi. 50 dan ortiği tibbiyotga joriy etildi, olingan oqsillar q.x. va oziq-ovqat sanoati uçun taklif etildi. Vilt kasalligiga qarşi qöllaniladigan preparatlar kaşf qilindi. Prof. F. Qöçqorov va uning şogirdlari tomonidan atsetilen kimyosi rivojlantirildi. Akad. I. P. Sukervaniq, A. Abdurasuleva va b. alkillaş reaksiyalarini örganib, fan rivojiga hissa qöşdilar. Dekarbonillaş böyiça Yo. Aliyev tadqiqotlari u rahbarlik qilgan Kimyo in-tida karboksillaş reaksiyalarini örganişda qöl keldi.
Organiq kataliz neftni kayta işlaş in-ti (hoz. A. Sultonov nomidagi Kataliz in-ti)da rivoj topdi. Intda köpgina yangi katalizatorlar kaşf qilindi, aromatik uglevodorodlar kimyosi, q.x. va ipakçilikning rivojlanişi uçun amaliy işlar olib borildi.
Akad. O. Sodiqov tomonidan bioorganiq kimyo faniga asos solindi. Olim taşkil etgan Bioorganiq kimyo in-tida (1973 y.) ösimliklarning ikkilamçi metaboliti, tibbiyot va q.x. uçun zarur preparatlarni oliş usullari, hayvonlar va ösimliklardagi oqsil tabiatli zaharlarning ta'sir mexanizmi örganildi. Ilon, çayon va b. zaharining sun'iy analoglari olindi, taqribiy qismlari hamda xossalari tadqiq qilindi. N-oksidlar, anabazin, dipiridil, paxikarpin, morfin, sitazin va b. kimyosi çuqur örganildi. Stereokimyo, konformatsion analiz, tabiiy birikmalarning elektron tuzilişi va reaksiyaga bölgan xususiyatlari tadqiq qilindi. Gossipol kimyosi örganildi, ğözapoyadan turli mahsulotlar oliş kimyosi va texnologiyasi işlab çiqildi, viltga qarşi işlatiladigan preparatlar kaşf qilindi. Akad. A. Abduvahobov sintez qilgan feromonlar paxtaçilik rivojiga muhim hissa qöşdi. Akad. Ş. Solihov rahbarligida olib borilayotgan i.t.lar, tibbiyot, q.x., farmatsevtika va biokimyo ehtiyojlarini qondirişga qaratildi.
Fizik K. 20-y. lar oxirlarida D. Alekseyevning portlaş jarayonlari kinetika-sini örganiş b-n boşlandi. Keyinroq N. A. Kolosovskiy. M. I. Usanoviç va V. V. Udovenkolarning termodinamika hamda fizik-kimyoviy tahlil masalalarini bajariş b-n davom ettirildi. Polimerlarning fizik-kimyoviy xossalarini tekşiriş (H. Usmonov), kimyoviy reaksiyalar kinetika-sini örganiş (H. Rustamov), elektr kimyoviy jarayonlarni tadqiq qiliş (A. Murtazoyev) ustidagi işlar kengaytirildi. Olimlar suyuq eritmalarning elektr ötkazuvçanligini ölçaş, rangli va nodir elementlar hamda ular qotişmalarini elektr kimyoviy usulda çöktirib ajratiş, elektr kapillyar hodisalari ölçamini biliş b-n şuğullandilar. Kislota-asos katalizatorlari iştirokida ötadigan qator reaksiyalarning kinetik qonuniyatlari va mexanizmi örganildi, ionitlardan foydalaniş işlari olib borildi. Köp atomli spirtlardan erituvçi sifatida foydalangan holda köpgina reaksiyalar kinetikasi va mexanizmi ravonlantirildi.
Fizik K. b-n çambarmas boğliq bölgan kolloid K. ustidagi tadqiqotlar B. G. Zapromyotov (30-y.lar), uruş davridan boşlab esa akad. K. Ahmedov boşçiligida olib borildi. Öşa davrlarda giltuproq, tabiiy mineral böyoqlar, loyqa suvlar va ş.k. boşqa dispers sistemalar; gidrolizlar, kolloid çökmalar hisoblangan koagulyantlar, koagel, kserogellar örganildi. 50-y.lardan boşlab esa polimerlar fizik kimyosi va termokimyosiga oid tabiiy gazlar hamda gaz kondensatlaridan sirt-faol moddalar oliş, suvda eruvçan yuqori molekulali birikmalar sintez qiliş, ularning xossalarini örganiş işlari amalga oşirildi. Liofob gidrozollar, liofill polimerlarning kolloid xossalarini örganiş, ularning tuzilişini boşqariş va zarur xususiyatlarni singdiriş, tabiiy mineral sorbentlardan amaliyotda foydalanişga doyr ançagina işlar diqqatga sazovordir. K. Axmedov öz şogirdlari (E. Oripov va b.) b-n hamkorlikda «K-4», «K-9», «PAA-1» kabi preparatlarni kaşf qilib sanoatga tadbiq etdi. Endilikda bunday preparatlardan burğilaşda, q.x.da, yöl qurilişi va çöllardagi uçuvçan qumlarni muqim holatga ötkaziş işlarida foydalaniladi. Mana şunday işlar natijasi ölaroq çöl zonalarida ekinzorlar barpo qiliş, şaxar va qişloqlar quriş işi osonlaşdi, sirt-faol moddalardan foydalaniş turli sanoat korxonalari faoliyatini jadallaştirişga, i.ç. hajmini oşirişga olib keldi.
Yuqori molekula(polimer)li birikmalar kimyosi uruşdan keyingi yillarda rivojlandi. 1946 y.dan boşlab paxta sellyulozasi va uning turli efirlari ustida ilmiy izlanişlar olib borildi. Yangi monomerlar sintez qiliş, ularni polimerlaş, tola çöziş kabi işlar yölga qöyildi.
H. Usmonov boşçiligida vinil monomerlari u-nurlari ta'sirida qator polimerlarga payvandlandi, ularning xossalari tadqiq qilindi, olingan birikmalarda fiziologik faollik borligi aniqlandi. Bu işlarning natijalari olingan polimerlardan tibbiyotda foydalanişga yöl oçdi. Vinilftorid va ş.k. boşqa ftorid monomerlarini polimerlab olingan yangi xossalarga ega bölgan yuqori molekulali birikmalar sintez qilindi. Olingan sun'iy tolalardan kord, polinoz tolalar, fortizanlar, sun'iy ipak, yonmaydigan, çirimaydigan, oson böyaladigan hamda elektr tokini yaxşi ötkazadigan polimerlar olindi. Itakon kislotasi, uning qator hosilalari, ionitlar, polielektrolitlar va ş.k. moddalar akad. M. Asqarov tomonidan örganildi. Polimerlarning stabillaşuv jarayonlari çuqur tadqiq qilindi, sopolimerlar sintezining yangi usullari, ionlanuvçi polimerlar va sopolimerlar xususiyatlari tadqiqotlari nihoyasiga yetkazildi. Natijada qator stabilizatorlar, töldirgiçlar, qotiruvçi moddalar va plyonkalar sanoatga tadbiq etildi. Armirlangan plyonkalardan ipak qurti boqişda foydalaniş katta samara berdi.
Paxta va yoğoç sellyulozasi kimyosi akad. T. Mirkomilov tomonidan rivojlantirildi. Sellyulozani modifikatsiyalab, olingan mahsulotlarning nurga çidamliligini oşiriş, ötga çidamli qiliş, ezilib mijgilanmaydigan bölişini ta'minlaş, mexaniq jihatdan pişiq, çirimaydigan, kirişmaydigan va ş. k. boşka ijobiy xossalarni özida mujassamlaştirgan mahsulotlar oliş ustida tadqiqotlar olib borildi.
Respublikamizda kompozitsion materiallar kimyosi akad. S. Ne'matov rahbardigida rivojlantirildi. Yangi xossalarga ega bölgan qoplama materiallar, sirlar, kremniy organiq suyuqliklar keramik materiallar i.ç.ga tatbiq etildi. Bu materiallardan yöl qurilişlarida, avtomobil, q.x. maşinalari, turli beton plitalari i.ç. va b. sohalarda keng foydalaniladi.
Silikatlar K.si va texnologiyasi sohasida I. S. Kansepolskiy tomonidan tabiiy kuygan tuproq (gliyej)larni portladsementga qöşimça sifatida qöllaş, sement korrozitsiyasi va önga qarşi kuraş çoralarini izlaşga doir tadqiqotlar olib borildi. Fosfogipsning kalsiy alyuminatlari b-n reaksiyalari örganildi, mahalliy xom aşyolar asosida sulfoalyuminatbelitli sement olindi, kam energiya sarflab sement oliş texnologiyasi işlab çiqildi (T. A. Otaqöziyev). Işqoriy-yer metallari silikatlari va alyumosilikatlari hamda ularning galliy va germaniyli analoglarining yuqori t-ralarda özaro birikişi, turli şaroitlarda bir-birida eriş qonuniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berildi. Sanoat çiqindilari va ikkilamçi xom aşyolardan foydalanib, xalq xöjaligi uçun zarur şişa va keramik buyumlar tayyorlaş texnologiyalari işlab çiqildi va amaliyotga tadbiq etildi (N. A. Sirojiddinov, A. P. Erkaxöjayeva). S. S. Qosimova va uning şogirdlari tomonidan yangi tarkibli, rangli, böğiq hamda maxsus optik şişalar olindi va i.ç.ga tavsiya etildi.
Akad. S. Raşidova va uning şogirdlari tomonidan erkin radikallarni yutib, stabillaş xususiyatiga ega bölgan funksional guruqçalarni öz içiga olgan monomerlarning polimerlaniş reaksiyalari örganildi. Çigitning unib çiqişini boşqaradigan işda qöl keladigan polimer qoplamalar kaşf qilinib, q.x.ga tatbiq etildi.
K. texnologiyasining jarayon va uskunalari fani akad. 3. Salimoye va uning şogirdlari tomonidan örganildi. Çigitni quritiş, undan yoğ olişni intensifikatsiyalaş, ekstraksiya, gazlar adsorbsiyasi va ş.k. muhim jarayonlarni tadqiq qilişda yangi ma'lumotlar olindi. Bu ma'lumotlar asosida bir qança korxonalar (Yangiyöl, Uçqörğon yoğ z-di) işlari yaxşilandi.
Respublikamizda K. fanining rivojlanişida Özbekiston FA tarkibida hamda turli vazirliklar tarmoq in-tlari sifatida faoliyat körsatib kelayotgan i.t. va loyiha in-tlari xizmati ham salmoqlidir. Kimyo in-ti (hoz. Umumiy va noorganiq kimyo instituti), Ösimlik moddalari kimyosi instituti, Polimerlar fizikasi va kimyosi instituti, Kataliz instituti, ÖzMU, ToşTU, Toşkent kimyo-texnologiya instituti, Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat inti va b. oliy öquv yurtlari kimyo lab.larida olib borilayotgan i.t. işlari mamlakatimizda K. fanini yuqori poğonalarga kötarişda muhim omillardan böldi.
Ad.: Axmerov K,., Özbekiston kimyogarlarining muvaffaqiyatlari, T., 1987.
Qudrat Axmerov.