Tabiati. Ç. hududining katta qismi Çexiya toğlarida joylaşgan. Uning atrofida örtaça balandlikdagi Şumova, Çexiya örmoni, Rudali toğlar (KruşneGori), Krkonoşe toğlari (eng baland joyi 1602 m, Snejka toği) bor. Çexiya toğlarining içki qismi — Çexiya soyligi tepaliklar va ularni ajratib turuvçi past toglardan iborat. Moraviyada ham tepalik va past toğlar köp. Ç.ning jan. va markaziy kismida ÇexiyaMoraviya qirlari bor. Ç.da kumir, temir rudasi, grafit, kaolin konlari mavjud.
Iklimi mö'tadil iklim. Ğarbdan şarqqa va içki soyliklarda kontinentallaşib boradi. Tekisliklarda örtaça tra yanv.da —2° dan —4° gaça, toğlarda —8° dan — 10° gaça, iyulda 19—20°, toğlarda 4—8°. Yillik yoğin tekisliklarda örtaça 500—700 mm, toğlarda 1600—2100 mm. Mamlakatjan. va ğarbida unça katta bölmagan köllar bor. Asosiy daryolari — Laba (Elba), Vltava. Toğ yon bağirlari aralaş va igna bargli örmonlar bilan qoplangan. Hayvonlardan toğlarda qönğir ayiq, tulki, kiyik, yovvoyi eçki, tekisliklarda kemiruvçilar, kaltakesak va quşlarning köp turlari bor.
Aholisining köpçiligi — çexlar (81,3%); slovak, polyak va b. ham yaşaydi. Şahar aholisi 70%. Rasmiy til — çex tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Iirik şaharlari: Praga, Brno, Plzen, Ostrava.
Tarixi. Ç. hududida odam paleolit davridan boşlab yaşaydi. Mil. av. taxm. 400-y.larda bu yerda keltlar, mil. av. 1-a.da kelt qabilalarining boyi guruhi yaşagan (Ç.ning lot. Bohemia, nem. Bohmen nomi ham şundan). 1ming yillik örtalarida Ç.da slavyan qabilalari köpçilikni taşkil etdi. 7-a.da Ç. xududi Samo davlati, 9—10-a. boşlarida Buyuk Moraviya davlati tarkibiga kirdi. 10-a.da paydo bölgan Praga knyazligi ilk çex davlatining özagi bölib qoldi. 1198 y.dan qirollikka aylandi. 1310—1437 y.larda çex yerlari Lyuksemburglar sulolasi mulki tarkibida böldi. 15-a.ning 1yarmida Ç.da kuçli ijtimoiyinqilobiy, milliy ozodlik harakatlari bölib ötdi (q. Gusçilar harakati). 1526 y. Ç. Gabsburglar imperiyasi tarkibiga muxtoriyat huquqi bilan qöşib olindi. 1618—20 y.larda çex qözğolonining mağlubiyatidan söng, uning provinsiyasiga aylandi. 18-a. oxiri — 19-a. 1yarmida çex tili, milliy madaniyatini saqlaş va rivojlantiriş uçun milliy harakat avj oldi. 19-a.ning 30—40-y.larida u siyosiy tus ola boşladi. 1848 y. Pragadagi Svyatovatslav yiğini Gabsburglar imperiyasida 1848—49 y. inqilobi boşlanişiga olib keldi. 1867 y. Ç. AvstriyaVengriyaning Avstriya qismi tarkibiga kirdi. 1878 y. Ç.da Çexoslavyan sotsialdemokratik işçi partiyasi tuzildi. 1918 y. AvstriyaVengriya parçalangaç, Ç. Slovakiya bilan birlaşib mustaqil Çexoslovakiya Respublikasini taşkil etdilar. 1938 y. okt. boşlarida Germaniya Ç.ning Sudet viloyati deb nomlangan hududini, 1939 y. martda barça çex yerlarini bosib oldi va uni «Bogemiya va Moraviya protektorati» deb e'lon qildi. Çex xalqining 1945 y. maydagi qözğoloni natijasida 1945 y. 9 mayda Praga ş. ozod qilindi; çex yerlari va Slovakiya Çexoslovakiya Respublikasi doirasida qayta birlaştirildi. Ç. 1948 y. 9 maydan Çexoslovakiya Xalq Demokratik Respublikasi, 1960 y. 11 iyuldan Çexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi, 1990 y. 29 martdan Çexoslovakiya Federativ Respublikasi, 1990 y. 20 apr.dan 1992 y.
31 dek.gaça Çexiya va Slovakiya Federativ Respublikasi tarkibida böldi. Çexiya va Slovakiya Federatsiyasining 1992 y. 25 noyab.dagi Çexiya va Slovakiya Federatsiyasining tugatilişi töğrisidagi federal qonuniga binoan Ç. 1993 y. 1 yanv.dan suveren davlatga aylandi. Ç. 1993 y.dan BMT a'zosi. 1992 y. 24 yanv.da ÖzR suverenitetini tan olgan va 1993 y. 1 yanv.dan diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayrami — 28 okt. — Mustaqil Çexoslovakiya taşkil bölgan kun (1918).
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari. Fuqarolar demokratik partiyasi, 1991 y. 23 fev.da taşkil etilgan; Fuqarolar demokratik alyansi, 1989 y. tuzilgan; Demokratik ittifoq partiyasi, 1994 y. asos solingan; Ç. va Moraviya kommunistik partiyasi, 1990 y. taşkil etilgan; Ozodlik ittifoqi partiyasi, 1998 y. tuzilgan; Çexiya sotsialdemokratik partiyasi, avvalgi nomi Çexoslovakiya sotsialdemokratik partiyasi, 1989 y.dan mustaqil partiya sifatida faoliyat yuritadi. ÇexMoraviya kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi, 1990 y. taşkil etilgan, 31 tarmoq kasaba uyuşmasini birlaştiradi.
Xöjaligi. Ç. — industrialagrar mamlakat. Milliy daromadda q.x. 5%, sanoat 33%, xizmat körsatiş tarmoği 61,2% ni taşkil etadi.
Sanoatida yoqilğienergetika va qora metallurgiya (Ostrava rni), kimyo, maşinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Qönğir kumir va toşkömir qazib olinadi. OstravaKarvina toşkömir, Şim. Çexiya va Sokolov qönğir kömir havzalari, temir ruda konlari mavjud. Yiliga örtaça 58,7 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari — Praga, Plzen, Ostrava, Brno.
Qişloq xöjaligida, asosan, qand lavlagi, buğdoy, javdar, arpa, yemxaşak ekinlari, kartoşka va b. ekiladi. Boğdorçilik va sabzavotçilik rivojlangan, köp miqdorda qulmoq (xmel) yetiştiriladi. Göştsut çorvaçiligiga asosiy e'tibor beriladi (çöçqa, qöy, qoramol, parranda boqiladi). Suv havzalarvda baliq yetiştiriladi.
T.y. uzunligi 9,4 ming km, avtomobil yöllari uz. 124,8 ming km. Vltava va Laba daryolarida kema qatnaydi. Asosiy dare portlari — Praga va Deçin. Pragada xalqaro aeroport bor. Ç. çetga maşina va jihozlar, yengil, şişakeramika sanoati mahsulotlari, kumir çiqaradi. Çetdan neft, gaz, kora metall, iste'mol mollari oladi. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan. Germaniya, Slovakiya, Avstriya, Rossiya bilan savdo kiladi. Pul birligi — çex kronasi.
Maorifi, ilmiy va madaniyma'rifiy muassasalari. Ç.da 6 yoşdan 14 yoşgaça bölgan bolalar uçun 8 y.lik majburiy ta'lim joriy etilgan (asosiy maktab). 8 y.lik maktab negizida töliq örta maktab, gimnaziya, örta kasbhunar bilim yurtlari va maktablari faoliyat yuritadi; ular malakali işçilarni tayyorlaydi. Ç.da 23 oliy öquv yurti bor. Yiriklari: Praga universiteti, Politexnika inti, Iqtisodiyot inti, Tasviriy san'at akademiyasi, Musiqa san'ati akademiyasi (hammasi Praga ş.da), Brno, Olomouts ş.laridagi universitetlar, Ostravadagi konçilik inti. Oliy ilmiy muassasasi — Çexiya FA. Vazirlik va muassasalarning geol., gidrometeorologiya, suv xöjaligi markaziy i.t. institutlari bor. Yirik kutubxonalari: Praga universiteti kutubxonasi, davlat kutubxonasi, Çexiya FA asosiy kutubxonasi, Ya.A. Komenskiy nomidagi ped. davlat kutubxonasi, Brnodagi universitet kutubxonasi, davlat ilmiy kutubxonasi. Ostrava, Olomouts, Plzen va b. şaharlarda ham ilmiy kutubxonalar bor. Ç.da bir qança muzey va galereyalar mavjud. Yiriklari: Pragadagi Milliy muzey va Milliy galereya, Naprstak nomidagi etn. muzeyi, A. Dvorjak muzeyi, B. Smetana muzeyi, planetariy, çex milliy yozuvi muzeyi va b.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. Ç. bir qança gaz. va jur. naşr etiladi. Asosiylari: «Veçernik Praga» («Praga oqşomi», çex tilidagi kundalik gaz., 1955 y.dan), «Vlasta» (Vlasta — ayol ismi; çex tilidagi haftalik jur., 1947 y.dan), «Zrsadlo» («Oyna», yoşlarning oylik jur., 1990 y.dan), «Lidova demokratsiya» («Xalq demokratiyasi», çex tilidagi kundalik gaz., 1945 y.dan), «Pravo» («Huquq», çet tilidagi kundalik mustaqil gaz., 1991 y.dan), «Pravo lidu» («Xalq huquqi», çex tilidagi kundalik gaz., 1989 y.dan), «Pratse» («Mehnat», kasaba uyuşmalarining çet tilidagi kundalik gaz., 1945 y.dan). Ç. telegraf agentligi axborot agentligi bölib, 1918 y. Çexoslovakiya telegraf agentligi sifatida taşkil topgan; 1992 y.dan hoz. nomda. Ç. radiosi va televideniyesi (1992 y.dan) faoliyat yuritadi.
Adabiyoti. 9-a.da paydo bölgan çex yozuvi dastlabki eski slavyan tilida rivojlandi. Bunda akauka Kirill va Mefodiylarning ma'rifatparvarlik faoliyatlari muhim rol öynadi. Buyuk Moraviya davlati ağdarilgaç (906), lotin tili yoyiddi. Pragalik Kozmaning «Çex xronikasi» asari (1125) lotin tilida yaratilgan yirik asar xisoblanadi. Dalimil Mezirjitsskiyning 14-a. boşlarida yaratgan «Dalimil xronikasi» asari çex tilidagi kad. adabiy yodgorlikdir. Ç.ning birinçi maşhur yozuvçisi hajvçi S.Flyaşka (14-a. — 1403) dir. 15-a.da Yan Gus, Yan Jelinskiy, P. Xelçitskiy antikatolik ruhda asarlar yozdilar. AvstriyaVengriya hukmronligi davrida çex adabiyoti ta'qibgauçradi. 17-a.dagi yirik adabiy yodgorlik — Ya.A. Komenskiy asarlari böldi. Y. Dobrovskiy, Y. Yungman, P.Y.Şafarik, F. Palatskiy, A.Ya. Puxmayer, V. Ganka, Ya. Kollar, F.K. Çelakovskiy kabi olim va yozuvçilar çex milliy Uyğoniş davri (18-a. oxiri — 19-a. 1yarmi)ning buyuk arboblari hisoblanadi. Bu davr adabiyotda slavyan xalqlarining birligi, çex xalqining huquqi, slavyanlar xalq oğzaki ijodiga murojaat, milliy madaniyatni yaratiş uçun kuraş ğoyalari aks etdi. 1848—49 y. inqilobi ta'siri natijasida adabiyotda milliy ozodlik ğoyalari kuçaydi, ijtimoiy masalalarga e'tibor oşdi. K. GavliçekBorovskiy va B. Nemsova Avstriya monarxiyasidagi ijtimoiy munosabatlarni tanqid qilib çiqdilar. Tanqidiy realizmning paydo bölişi, asosan, Ya. Neruda ijodi bilan boğliq. A. Staşek asarlari, A. Irasek, V.B. Trşebizskiy tarixiy nasri ijtimoiy romanning şakllanişida asos böldi. Şe'riyatning ijtimoiy ahamiyati oşdi (S. Çex, Ya. Vrxlitskiy, Y.V. Sladek). 19- a. oxiri va 20-a. boşlarida modernistik va dekadentlik oqimlari paydo böldi. 1920—30 y.larda yozuvçi Karel Çepek, 1940-y.larda şoir Yaroslav Zeyfert samarali ijod qildi. Uruşdan keyingi davr adabiyotda antifaşistik mavzu keng örin egalladi. Bu sohada yozuvçilardan V. Rjezaç, V. Nezval ijodi muhim örin tutadi. 1960—80-y.larda Vatslav Gavelning Çexoslovakiya hayotini aks ettirgan dramalari, Milan Kunder, Bogumir Grabal kabi yezuvçilarning asarlari paydo böldi. Ammo adabiyotning asosiy ğoyaviy yönalişini ijtimoiy va milliy ozodlik kuraşi masalalari belgilab berdi (A. Matsek, P. Bezruç, A. Sova, Y.S. Maxar şe'riyati, I. Olbraxt, Ya. Gaşek, M. Mayerovalar ilk nasri).
Me'morligi va tasviriy san'ati. Ç.da paleolit davri haykalçalari, neolit davriga oid keramika va b. saqlanib qolgan. Katolitsizm qabul qilingaç (865), Vizantiya, Ğarbiy Yevropadagi kabi toşdan çerkovlar qurildi (StareMesto yaqinidagi ibodatxona xarobalari, 9-a., Pragadagi avliyo Vita ibodatxonarotondasi, taxm. 930). 11 —13-a.larda roman uslubi şakllandi. 13-a. örtalari — 15-a. 1yarmida me'morlikda gotika san'ati ravnaq topdi (Krşivoklatdagi qasr, 13—16-a.lar, Pragadagi avliyo Vita sobori şarqiy qismi). 16-a. 1yarmida Ç. me'morligida Uyğoniş davri uslubi unsurlari paydo böldi (Pragadagi Belveder saroyi, taxm. 1536—36), 17-a.ning 2yarmidan barokko uslubidagi saroylar kurila boşladi (KlamGallasov saroyi, taxm. 1713—25, me'mor Y.B. Fişer fon Erlax). 18-a. oxiri — 19-a. boşlari me'morlikda klassitsizmdan söng eklektika ruhidagi «milliy romantika» yönalişi qaror topdi (Pragadagi Milliy muzey, 1884—90, me'mor Y.Şçuls). 19-a. oxiri — 20-a. boşlari modern uslubi örnini ratsionalizm egalladi. 1920— 30-a.lar me'morlikda funksionalizm milliy maktabi şakllandi (GradetsKralove ş.dagi Y. Goçer inşootlari). Haykaltaroşlikda ham kjsak yutuklarga erişidpi. 1950-y.lar Pragada yaratilgan çex xalkining milliy qahramoni Yan Jijka, rassom Y. Manes (ikkalasining haykaltaroşi B. Kaofka), Yan Gus (haykaltaroş K. Liditskiy), yovuzçi B. Nemsova (haykaltaroş K. Pokorniy) haykallari, V. Makovskiyning «Yangi asr» kompozitsiyasi diqqatga sazovor. 1945 y.dan keyin turar joylar, jamoat markazlari, yangi ma'muriy va madaniymaişiy binolar kuriş avj oldi. Jumladan, Brno ş.dagi xalqaro maşinasozlik yarmarkasi majmui (me'morlar 3. Aleks, F. Lederer), Yeşted toğidagi teleminora va mehmonxona (me'morlar K. Gubaçek, 3. Patrmak) va b.ni körsatiş mumkin. 1970—80-y.larda Pragada «Internatsional» mexmonxonasi (me'morlar K. Filsak, I. Şvets), «Kotva» univermagi (me'morlar V. va V. Maxoninlar) va Madaniyat saroyi (me'morlar Ya. Mayer, A. Marek, Ya. Kralik, V. Ustogal), Pragadagi uz. 485 m bölgan osma köprik (me'morlar V. Mixalek, S. Gubeçka) yaratildi.
Ç.da 7-a.da keramika, zargarlik buyumlari tayyorlangan. 11—13-a.larda devoriy rasmlar, miniatyuralar paydo böldi. 13-a. örtalari — 15-a. 1yarmida gotika uslubi ravnaq topdi. 14-a. 2yarmida portret yaratiş san'ati rivojlandi. 14- a. oxiri — 15-a. boşlaridanÇ. tasviriy san'atida amaliybezak san'ati (badiiy şişa, vitraj, mozaika, zargarlik buyumlari) keng yoyiddi. 17—18-a. tasviriy san'ati barokko uslubida rivojlanişi bilan birga, unda realistik va demokratik yönalişlar namoyon böldi. Bu davrda haykaltaroşlardan M.B.Braun va F. M. Brokof maşhur bölgan. 18-a. örtalarida haykaltaroşlik va rassomlikda rokoko va klassitsizm unsurlari paydo böddi. 18-a. oxiri — 19-a. boşlarida Ç. san'atida klassitsizm va romantizm bilan birga realistik tendensiyalar yoyildi. Rassomlar milliy tarix, ölka tabiatini tasvirlaş mavzuida asarlar yaratdilar. 19-a. oxirgi çoragida rassom M. Aleş, haykaltaroş Y.V. Mislbek ijodi rivojlandi. Bu davrda grafika modern uslubida taraqkiy etdi, haykaltaroşlik
da Ya. Ştursa asarlari ajralib turdi. 20-a. boşida avangardizm vakillari B. Kubişta, E. Filla, A. Proxaziya, Ya. Zrzaviy, R. Kremliçka ijod qildilar. 1918 y. mustaqil Çexoslovakiya respublikasi taşkil bölgaç, milliy madaniyatni rivojlantiriş imkoniyati paydo böldi. Köp avangardçi rassomlar öz asarlarida real voqelikni aks ettirdilar (V. Novak, O Kubin, Y. Çapek, V. Rabas). Ayrim rassomlar işçilar sinfi kuraşini haqqoniy tasvirladilar (K. Golan, K. Ştika rang-tasvir asarlari, K. Pokorniy, Lauda haykallari, F. Bidlo, V. Silovskiyning grafik asarlari). 20-a.ning 20—30-y.larida çex san'atida ijtimoiytanqidiy yönaliş şakllandi. 1945 y. Çexoslovakiya nemisfaşistlardan ozod etilgaç, rassomlar E. Filla, A. Paderlik, V. Sedliçek, haykaltaroşlar V. Makovskiy, K. Liditskiy, K. Pokorniy samarali ijod qildilar. Bu davrda monumentalbezak san'ati turlari rivojlandi. 1970—80- y.lar san'atkorlari orasidan A. Zabravskiy, R. Kolarj, Y. Broj kabi rassom va grafiklarni, I. Maleyovskiy, M. Aksman kabi haykaltaroşlarni körsatiş mumkin. Bu davrda amaliybezak san'ati turlari keng yoyildi (badiiy oyna, töquvçilik va h.k.).
Musiqasi. Ç. musiqa madaniyati boy xalq ijodi — maişiy, mehnat, marosim qöşiq va raqslari asosida rivojlanib keldi. Çolğu asboblari — fuyar, volinka, nay, truba, sitra, arfa va b. 9-a.dan professional — diniy (çerkov) hamda dunyoviy musiqa ijodi taraqqiy etdi. 15-a.da bir ovozli «gusçilar qöşiği», 16-a.dan polifoniya musiqasi rivojlandi (A. Mixna, Y. Rixnovskiy, Ya. Turnovskiy va b.). 17—19-a.larda köpgina çex kompozitor va sozandalari öz Vatanini tark etib boşqa mamlakatlarda samarali ijod kilişdi: Venada F. Tuma, Ya. Vanxel, V. Yirovets va b., Parijda A. Reyxa, Italiyada B. Çernogorskiy, Y. Misliviçek, Germaniyada Ya. Zelenka, Mangeym maktabi vakillari va h.k. 1737 y. Pragada opera teatri, 1783 y. Nostitskiy milliy teatri, 1811 y. Pragada konservatoriya, 1831 y. organ maktabi, 1881 y. Milliy teatr oçildi. 1891 y. Çex kvarteti, 1901 y. Çex filarmoniyasi, 1920 y. Praga kvarteti, 1928 y. Praga puflama soz kvintetiga asos solindi. F. Şkroup çex tilidagi birinçi operani yaratdi (1826). B. Smetana va A. Dvorjak çex mumtoz musiqa maktabi asosçilaridir. 3. Fibix va L. Yanaçek ularning izdoşlaridir. 19-a. oxiri — 20-a. 1yarmida I. B. Fyorster, V. Novak, Y. Suk, B. Martinu, V. VLeysek, O. Ostrçil kabi kompozitorlar samarali ijod qiddilar. Ijroçilar orasida dirijyor V. Talix, skripkaçilar F. Laub, O. Şevçik, Ya. Kubelik, xonandalar V. Geş, B. Benoni, K. Burian, E. Destinovalar ajralib turadi. 1930-y.larning örtalaridan ilğor musikaçilar antifaşistik mavzuda asarlar yaratdilar. 2-jahon uruşidan keyin kompozitorlar jamiyatdagi özgarişlarni aks ettirişga intildilar (V. Dobiaş, E. Akeman, B. Martinu, K. Burian va b.). 1960—80-y.larda kompozitorlardan Y. Pauer, V. Sommer, L. Jelezni, S. Gavelka, V. Kalabis maşhur bölgan. Smetana, Yanaçek nomidagi torli kvartetlar, Y. Suk nomidagi torli trio şuhrat qozongan.
Teatri. 16—17-a.larda maktab teatri, ayniqsa, havaskorlik teatri köplab paydo böldi. 1737 y. Pragada birinçi doimiy teatr binosi — «Teatr u Kotsu» quriddi. 1786—89 y.lar «Bouda» teatrida çex tilidagi truppa işlay boşladi. 19-a. 1yarmida çex dramaturgiyasida Ya.N.Ştepanek (rej. ham bölgan), V. Klitsper, Y.K. Til (professional teatrning rivojlanişida xizmati katta bölgan)ning asarlari paydo böldi. Y. Til 1824—34 y.larda çex truppasini, 1835—37 y.larda «Teatr u Kaetana» nomidagi havaskorlar jamoasiga rahbarlik qildi. 1862—83 y.lar Pragada Muvaqqat teatr faoliyat körsatdi. Bu teatrda aktyorlardan Y. Moşna (çex realistik aktyorlar maktabi asosçilaridan), Y. Bitner, Ye. Peşkova, K. Şimanovskiy, F. Kolar, rej. lardan Y. Kolar, E. Xvalovskiy işlagan. 1881 y.dan «Teatr u Libuşe» teatri işlay boşladi. 1883 y. Pragada Çex milliy teatriga asos solindi (20-a.ning 70—80-y.larida mamlakat teatr hayotining markaziga aylandi). 19-a. oxiri — 20-a. boşlari Lirik teatr (1911 y. asos solingan), San'at teatri (1912—13) faoliyat körsatdi, havaskorlik teatrlari köpaydi. Plzen, Brno va b. şaharlarda teatrlar paydo böldi. 1919 y.dan Brno, 1920 y.dan Olomouts şahar teatrlari, 1933 y.dan Pragada «D34» teatri işlay boşladi. Bu davr teatr arboblaridan aktyorlar — V. Vidra, Ya. Şkoda maşhur bölgan. 2-jahon uruşidan keyin Pragada Realistik teatr, Satira teatri taşkil etildi; 60—70-y. larda kiçik tajriba teatrlari faoliyat körsatdi. 1970—80 y.lardagi aktyorlardan O. Kreyça, F. Smolik, Ya. Pruxa, 3. Ştepanek, B. Zagorskiy, rej.lardan M. Mixaçek, K. Palouş, K. Novak, hoz. kompozitorlardan P. Eben, S. Gavelka, opera ijroçilari G. Benyaçkova, E. Gruberova, P. Dvorskiy va b.ni körsatiş mumkin.
Özbekiston — Ç. munosabatlari. 1993 y. imzolangan «Savdoiqtisodiy va ilmiy texnikaviy hamkorlik töğrisida»gi hukumatlararo bitim ikki tomonlama savdoiqtisodiy munosabatlarni rivojlantiriş uçun huquqiy asos yaratdi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1997 y. yanv.da Ç.ga qilgan taşrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirişda muhim voqea böldi. Taşrif çoğida bir qança hujjatlar imzolandi. Bu hujjatlar orasida sarmoyalarni özaro himoyalaş va rağbatlantiriş, taşqi iqtisodiy faoliyatni boşqaruvçi muassasalar va milliy banklarning hamkorligi töğrisidagi hujjatlar alohida örin oladi. 1999 y.da esa, birdek manfaatdor hamkorlikni yanada rivojlantiriş töğrisida qöşma deklaratsiya, avtomobil transportida yölovçi va yuklarni taşiş töğrisida, 2000 y.da ikki tomonlama soliq soliş va mulkdan keladigan daromaddan soliq tölaşdan boş tortişning oldini oliş töğrisida bitim imzolandi. 2004 y. 1 maydan Ç. Yevropa Ittifoqiga qöşilganidan keyin 1993 y.da imzolangan savdoiqtisodiy va ilmiytexnikaviy hamkorlik töğrisidagi hukumatlararo bitim öz kuçini yöqotdi. Şu munosabat bilan tomonlar 2004 y. 28 iyunda iqtisodiyot, sanoat va ilmiytexnikaviy sohalarda hamkorlik böyiça yangi bitimni imzoladilar. 2003 y. ikki tomonlama tovar aylanmasi 20,9 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi. Özbekiston Ç.ga gazlama, yigirilgan ip, paxta momiği, jun, oşlovçi va böyovçi ekstraktlar, sut mahsulotlari çiqaradi. Ç.dan mexanika va elektr jihozlar, doridarmon, qora metall va undan tayyorlangan buyumlar, qoğoz va karton, kauçuk va rezina buyumlari va b. oladi. Özbekistonda çexiyalik işbilarmonlar sarmoyasi iştirokida tuzilgan 30 korxona mavjud. Ular orasida Ç. sarmoyasi 100% bölgan 2 korxona bor. Ular q.x. mahsulotlarini qayta işlaş, xalq iste'mol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, quriliş materiallari, doridarmon i.ç. sohalarida faoliyat körsatadi. Taşqi iqgisodiy aloqalar agentligida Ç.ning «Eri ell Korporeşn», «Mars SZ», «Tomas Praga», «ÇKD Nove Energo», «AyveksÇR», «Yason Travel», «Yansen» kabi kompaniyalari röyxatdan ötgan. Ikki davlat örtasida materialşunoslik, mikroelektronika, yadro fizikasi, priborsozlik, maşinasozlik, tibbiyot va farmakologiya, şuningdek, intellektual mulkni muhofaza qiliş huquqi böyiça ilmiytexnikaviy aloqalar rivojlanmoqda. 1994 y.dan Liditse ş.da ötkaziladigan Jahon bolalar ijodi körgazmasida Özbekistondan ham bolalar iştirok etadi. 1994— 2001 y.larda ular 41 ta mukofotga sazovor böldilar. UzR Soğliqni saqlaş vazirligi Ç.ning «Xemapol», «Kovo», «Loxema» farmatsevtika firmalari bilan hamkorlik qiladi.