Tabiati. D.R.ning sohillari köpgi-na qöltiklar b-n parçalangan. Hududining yarmidan kupi toğ b-n qoplangan. Markaziy qismida Kordilyera-Sentral (Duarte toği, bal. 3175 m gaça), şim.da Kordilyera-Septentri-onal (bal. 1249 m gaça), şarkda Kordilyera-Oryental (bal. 701 m gaça) tizmalari bor. Jan. sohili yaqinidagi Saona, Katalina, Beata o.lari ham D.R.ga qaraydi. Toğlar oraliğidagi Sibaova Vega-Real vodiysining tuproği ğoyat serunum bölib, u yerda q.x. mahsulotining köp qismi yetiştiriladi, qişloq aholisining aksariyati yaşaydi. D.R.dagi vulkanlar söngan bölsa xam, ammo tez-tez zilzila bölib turadi. Iqlimi — tropik, passat iqlim. Pasttekisliklarda örtaça oylik t-ra 25—27°, toğlarda bundan 10— 12° salqinroq. Yiliga 1000—2000 mm yoğin yoğadi, tropik dovullar bölib turadi. Toğlardan boşlanadigan daryolar mamlakatni boşdan oyoq kesib ötadi. Yirik daryolarda kema qatnaydi. Toğlar tropik örmon, savanna va butazorlar b-n qoplangan. Qimmatbaxr yoğoç olinadigan daraxt turi köp. Mineral buloklar bor. Milliy boğlari: Arman-do-Bermudes, Del-Este, Los-Aytises.
Aholisining asosiy qismi domini-kanlar, ularning 73% ispan-nef duragaylari, 11% negrlar, 15% oq tanlilardir. Rasmiy til — ispan tili. Aholisining köpçiligi katoliklar. 60% dan ortiq aholi şaharlarda yaşaydi.
Tarixi. Bu yerda 15-a. oxirigaça uruğçilik bosqiçidagi indeys qabilalari: siboney, aravak, tayno, karib kabilar yaşagan. Köpçilik qabilalar ötroq xayot keçirar, siboneylar ovçilik b-n şuğullanar edi. 1492 y.da X. Kolumb orolga kelganida uni Ispaniyaga öxşatib, Espanola deb atadi. Aravak qabilasiga mansub tain indeyslari esa uni Gaiti deyişardi. Mahalliy aholi oğir mehnat va vahşiyona muomala oqibatida qirilib ketdi. Şunda ispanlar qöşni orollardan va Afrikadan qullarni olib kelib, şakarqamişzorlarda, çorvaçilik va oltin konlarida işlatişga kirişdilar. 16-a. oxiri va 17-a. boşlarida Fransiya b-n Buyuk Britaniya orolni egallaşga harakat qila boşladi. 1697 y. Risvik sulh şartnomasiga binoan Espanola o.ning ğarbiy qismi (hoz. Gaiti hududi) Fransiyaga topşirildi va Santo-Domingo deb atala boşladi, şarqiy qismi (hoz. D.R. hududi) Ispaniya qul ostida qoldi. 1795 y. is-panlar orolning şarqiy qismini ham Fransiyaga topşirdi. 1804 y.da mustaqillik uçun kuraş natijasida fransuzlar oroldan quvib çiqarildi va Gaiti davlati tuzildi. 1844 y. Santo-Domingo ozodlikka erişib, D.R. deb ataldi. 19-a. örtalaridan mamlakat iqtisodiyotiga çet el sarmoyasi kira boşladi. 1905 y. AQŞ D.R.ni asoratga solib, mamlakat bojxonalarini öz na-zoratiga oldi. 1916 y. AQŞ qöşinlari öz siyosatiga qarşi kötarilgan isyonni bostiriş niyatida mamlakatga bos-tirib kirdi va harbiy-okkupatsiya re-jimini örnatdi. Bu rejim 1924 y.gaça joriy qilindi. 1930 y. AQŞdagi yirik monopoliyalar kömagida R. L. Truxilo hokimiyatni egalladi. U musta-bid rejimni örnatdi. 2-jahon uruşidan söng Lotin Amerikasida milliy ozodlik xarakati kuçayib, Truxilo rejimiga qarşi xalq harakati avj olgaç, u sobiq tarafdorlari tomonidan öldirildi (1961). 1962 y. dek.dagi saylovda ğolib çiqqan X. Boş hoki-miyat tepasiga keldi. U milliy iqti-sodiyotni mustahkamlaş, AQŞga qaramlikni susaytiriş tadbirlarini amalga oşirdi: agrar islohot ötkaziş, siyosiy va demokratik ozodlik haqida yangi konstitutsiya qabul qildi. 1963 y. sent.da reaksion harbiylar X. Boş hokimiyatini ağdardi. Mamlakatni harbiy xunta idora qila boşladi. U konstitutsiyani bekor qildi, barça demokratik partiyalarni taqiqladi. 1965 y. apr. xalq qözğoloni harbiy xuntani ağdarib taşladi. Mamlakatda F. Kaamanoning konstitutsiyey hukumati tuzildi. AQŞ esa öz fuqarolarini muhofaza qiliş bahonasi b-n D.R.ga bostirib kirdi. Ana şunday bir vaziyatda (1966 y.da) saylov ötkazildi. Refor-mistlar partiyasining rahbari X. Balager 1966—78 y.larda prezident bölib, milliy monopoliya, yer egalari va ruhoniylarning manfaatini himoya qildi. 1978 y. 16 mayda öng kuçlarning qarşiligiga qaramay, inqilobiy partiya nomzodi A. Gusman prezident etib saylandi. 1996 y. 30 iyundagi saylovda esa Ozodlik partiyasining rahbari Fernandes Reyna ğalaba qozonib, prezident lavozimini egalladi. 2000 y.dan D.R. prezidenti I. R. Mexia Dominges. D.R. — 1945 y.dan BMT a'zosi. Milliy bayrami — 27 fev. — Mustaqillik kuni (1844).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşma birlaşmalari. Demokratik integratsiya harakati, 1970 y.da reformistlar partiyasidan ajralib çiqqan fraksiya negizida tuzilgan; Kiskeyyano (Dominikana) demokratik partiyasi, 1968 y.da tuzilgan; Dominikana kommunistok partiyasi, 1944 y.da asos solingan; Dominikana ozodlik partiyasi, 1973 y.da tuzilgan; Dominikana inqilobiy partiyasi, 1939 y.da tuzilgan; Reformist sotsial-xristian partiya, 1986 y.da tuzilgan. Muxtor kasaba uyuş-malari konfederatsiyasi, 1962 y.da tuzilgan; Mehnatkaşlar umumiy kasaba markazi, 1972 y.da tuzilgan; Dominikana mehnatkaşlari milliy konfederatsiyasi, 1988 y.da tuzilgan.
Xöjaligi. D.R. — iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda q.x., örmon xöjaligi va baliqçilikning uluşi 15%, sanoatning uluşi 19,2%. Qişloq xöjaligida mamlakat hududining 35% ga yaqini foydalaniladi; mamlakat işçi kuçining 50% şu sohada band. Ekinzorlar mamlakat şim. dagi Sibao va Vega-Real vodiylarida, jan. sohillarda va markaziy tekisliklarda joylaşgan. Mehnat unumdorligi va texnika b-n kurollaniş past darajada. Asosiy q.x. ekinlari: şakarqamiş, kakao, banan, tamaki. Içki extiyoj uçun şoli, makkajöxori, maniok, batat, yams, loviya, sabzavot va b. ekiladi. Yaylov çorvaçiligi birmunça rivojlangan: krramol, çöçqa, yilqi, parranda boqiladi.
Sanoati zaif, asosan q.x. va çorvaçilik xom aşyosini qayta işlaydigan, oziq-ovqat va töqimaçilik mah-sulotlari işlab çiqaradigan mayda korxonalardan iborat. Qand-şakar sanoati durustroq rivojlangan. 2-jahon uruşidan keyin konçilik tez yuksala boşladi. Boksit, ferronikel qazib oliş köpaydi, mis va temir rudasi, marmar, oltin, kobalt, titan qazib olinadi. Sement, yoğoçsozlik, kimyo, neftni kayta işlaş korxonalari mav-jud. 1975 y.da Sançes-Ramires viloyatida Lotin Amerikasidagi eng katta oltin va kumuş karyeri işga tuşirilgan. 20 ta erkin iqtisodiy zonada kiyim-keçak işlab çiqariladi. Yiliga örtaça 4,6 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Keyingi yillarda çet el sayyoxligi rivojlandi. Transporti. Mamlakatda t.y. uz. — 1,6 ming km, avtomobil yöli uz. — 17 ming kmdan köproq. Asosiy dengiz portlari: Santo-Domingo, Puerto-Plata. 6 ta aeroport, şu jumladan Punta-Kausedoda xalqaro aeroport bor. D.R. çetga qand-şakar, ferronikel, oltin, kumuş, kofe, kakao, banan, boksit, tamaki, meva va b. çikaradi. Çetdan oziq-ovqat, maşina va avto-mobillar, elektr asbob-uskunalari, ma'danli öğit, doridarmon, yoqilği, paxta keltiradi. Savdosotikdagi mijozlari: AQŞ va Yevropa Iktisodiy hamjamiyati davlatlari. Pul birligi — Dominikana pesosi.
Soğliqni saqlaş. Köpçilik aholi turmuşining tibbiysanitariya şaroiti qoniqarli emas. Davlat byudjetining 7% soğliqni saqlaşga ajratiladi. Aholining juda oz qismi ijtimoiy suğurta qisobiga tibbiy yordamdan foydalanadi. Yuqumli kasalliklardan tanosil, isitma-bezgak, sil tarqalgan. Şifokorlarni 2 tibbiy oliy öquv yurti tayyorlaydi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. D.R.da 7—11 yoşdagi bolalar uçun bepul va majburiy ta'lim joriy etilgan, biroq aholining yarmidan köproği savodsiz. Katta yoşdagilar va qişloq aholisi orasida savodsizlar ayniqsa köp. Davlat maktablaridan taşqari xususiy va çerkov maktablari bor. Ularning hammasida ta'lim davlat dasturi asosida olib boriladi. Örta ma'lumot oliş uçun boşlanğiç maktabdan keyin 3 yillik 2-poğona maktabni ham bitiriş kerak.
Keçki davlat maktablari savdo, sanoat va q.x. xodimlarini tayyorlaydi. D.R.da 3 ta un-t, jumladan, Amerikadagi eng qad. un-tlardan biri — Santo-Domingo un-ti (1538 y.da asos solingan) bor.
Ilmiy muassasalarida asosan tarix, tilşunoslik, tibbiyot sohalarida tadqiqot olib boriladi. Bir neça xususiy ilmiy muassasalar: Dominikana akademiyasi, tarix akademiyasi, bir qator ilmiy muassasa, jamiyat va uyuşmalar bor. Un-t kutubxonasi, Milliy va munitsipalitet kutubxonalari, milliy muzey (1927), milliy badiiy galereya (1943) mavjud.
Matbuoti, radioeşittiriş va telekörsatuvi. D.R.da naşr etiladigan asosiy gaz.lar: «Informason» («Axborot», kundalik gaz., 1915 y.dan). «Karibe» («Karib gaz.», kundalik gaz., 1948 y. dan), «Listin diario» («Kundalik varaqa», kundalik gaz., 1889 y.dan), «Nasional» («Milliy gazeta», kundalik gaz., 1966 y.dan), «Notisia» («Xabarnoma», kundalik keçki gaz., 1973 y.dan), «Ultima ora» («Sönggi soat», kundalik keçki gaz., 1970 y.dan). Aloqa boş boşqarmasi mamlakatdagi radioeşittiriş va telekörsatuvlarni nazorat qiladi. «Radio Televison Dominikana» hukumat radio va telekörsatuv xiz-matidir. Bir neça tijorat radio va te-lekörsatuv st-yalari bor.
Ldabiyoti ispan tilida. 19-a.da birinçi milliy madhiya muallifi F. M. del Monte yangi adabiyotga asos soldi. D.R.da birinçi milliy roman — M. de X. Galvanning «Enrikilo» tarixiy asaridir. Asr oxirigaça indeyslar turmuşi adabiyotning asosiy mavzui böldi. Bu davrdagi adabiyot şiddatli siyosiy kuraş şaroitida rivojlandi.
1930 y.da Truxilo reaksion diktaturasining karor topişi bir guruh taraqqiyparvar adiblarni muhojirlikda yaşaşga majbur etdi. Ulardan A. F. Rekena «Zamin duşmanlari», «Olovli yöl» romanlarida mustabid tuzumni foş etdi. R. Marrero Aristi, X. Boş asarlari D.R. dehqonlari hayotiga bağişlandi. E. Inçaustegi Kabral, Pedro Mir, M. del Kabral va b. şo-irlarning asarlarida ijtimoiy norozilik goyalari aks etdi.
Me'morligi va tasviriy san'ati. Ispanlar bosqinidan avval (16-a.ga-ça) indeyslar san'ati (naqşinkor va jimjimador kulollik, zarang idişlar, toş va yoğoç sanamlar) rivojlangan. Dastlabki şaharlar, jumladan Santo-Domingoga asos solingaç, keyingi gotika va ilk Uyğoniş uslubida har xil ibodatxonalar, kasalxona, savdo korxonalari, jamoat va turar joy binolari barpo etildi. Santo-Domingodagi Torre del Omenaxe soqçi minorasi (1503—07), sobor (1512—41, me'mori R. de Lyendo, L. de Moya), Kasa del Amirante saroyi (1510—14) va b. inşootlar hozirgaça saqlangan. Şu davrda maqbaralar qurilişi, rassomlik, haykaltaroşlik ham vujudga keldi. Keyinçalik me'morlik suyet rivojlandi. Hozir ham viloyat şaharlarida pastqam yoğoç uylar, qişloq joylarda yoğoç sinçli va tomiga şox-şabba yopilgan uyçalar köp. 1930 y.gi dovulda vayron bölgan Santo-Domingo AQŞ me'morligiga taqlidan temir-beton va oynadan kurila boşladi.
Mustamlakaçilik davrida arzigulik tasviriy asarlar yaratilmadi. Yangi davr san'ati 20-a.dan rivojlandi. Rassom va haykaltaroşlardan L. de Sangles, A. Grulon va A. R. Urdanetalar tarixiy mavzuda kartina, peyzaj, por-tretlar yaratdilar. Santo-Domingoda birinçi badiiy maktabga asos solingaç (1908), yoş rassomlar yetişib çika boşladi. Zamonaviy rassomçilik Amerika va Yevropa modernistik oqimlari — kubizm (X. M. Kolson), abstraksionizm (P. Xyudiseli), syurrealizm (D. Suro) ta'sirida rivojlandi. S. Vos-i-Xil, A. Bonilya, X. O. Morellarning realistik asarlari yaratildi. Santo-Domingo milliy san'at makta-bi, San-Fransisko-de Makoris va San-Xuan nafis san'at maktabi, Santyago va La-Vega plastik san'at maktabi mavjud.