Tabiati. Qirğoqning umumiy uz. 3000 km ga yaqin. Qirğoqlari qoyali, tik, örtaça balandlikda, jan.da past, yassi, ayrim joylarda botqoqliklar bor. Mamlakatning şim. qismida Şarqiy Afrika yassitoğligi joylaşgan, u ğarbdan şarqqa zinapoyasimon pasay-ib boradi. Hududning kattagina semiki Mozambik payettekisligi egallaydi. Foydali qazilmalardan kumir, uran va temir rudalari, asbest, fosforit, slyuda, oltin, şarkda berilliy, niobiy, tantal, litiy ruda konlari bor.
M.ning şim. qismida iqlim subekvatorial mussonli, jan.da tropik, passatli. Mozambik payettekisligida yanv. ning Urtaçi t-rasi 26°—30°, iyulniki 15°—20°, yassitoğlikda (qiş va yezda) 3°—5° dan past. Yillik yogin 750—1000 mm, sohilda 1500 mm gaça. Yirik daryolari — Zambezi, Limpopo, Savi, Ruvuma. Hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Yirik sut emizuvçilar, asosan, qöriqxona va milliy boğlarda saqlanib qolgan. Çunonçi, Gorongoza milliy boğida fil, begemot, arelon, timsohlar, Marrumeu qöriqxonasida kafr buyvollari yaşaydi. Örmonlarda maymun kup. Turli ilon va quşlar uçraydi. M.da Ba-nine, Zinave, Bazaruto milliy boglari ham bor.
Aholisi, asosan, bantu tili oilasiga mansub xalqlar (makua, tsonga, malavi, şona)dan iborat. M.ning şim. qismida şarqiy bantu xalqlari, jan. qismida jan. -şarqiy bantu xalqlari yaşaydi. Yevropa va Osiyodan kuçib kelganlar (portugallar, hindlar, pokistonliklar), arablar, mulatlar ham bor. Rasmiy til — portugal tili. Mahalliy tillardan — şim.da imakua va çinyanja, jan.da çişona va şangoalan tillarida köproq gaplaşiladi. Aholining 70% mahalliy an'anaviy dinlarga e'tiqod qiladi; qolganlari xristian va musulmonlar. Aholining 17% şaharlarda yaşaydi. Yirik şaharlari: Beyra, Maputu, Nampula.
Tarixi. M.ning eng qad. aholisi buşmenlar va gottentotyaaranr. Keyinçalik M.ga bantu tilida sözlaşuvçi qabilalar kelib örnaşgan. Mil. 1ming yillikning oxiri va 2-ming yillikning boşlarida M. hududida Monomotap davlati vujudga keldi. 8-a.daarablar, 16-a. boşlarida portugallar bostirib keldi. 1629 y.gi oğir şartli bitimdan söng Monomotap davlati Portugaliyaga tobe bölib qoldi. 17—18-a.larda Portugaliya mustamlakaçilari M. hududida qul savdosi b-n şuğullandi. 1752 y.dan Portugaliyaning Şarqiy Afrika sohilidagi yerlarida generalkapitan boşliq mustamlaka ma'muriyati ta'sis etildi. 1909 y. Portugaliya Jan. Afrika Itti-foqi ma'muriyati b-n har yili M. mahalliy aholisidan 100 ming işçini Transvaaldagi kumir va oltin konlariga majburan yuboriş haqida konvensiya tuzdi.
1920 y. M.dan kelgan afrikalik talabalar Lissabonda vatanparvarlar taşkiloti — Afrika ligasini tuzdi. Keyinçalik M.da Afrika assotsiatsiyasi, mozambikliklar assotsiatsiyasi va b. taşkilotlar yuzaga keldi. Bu taşkilotlar mustamlakaçilikka qarşi tuzilgan edi. 1925 y. transport işçilari va dokerlar, 1949 y. Lorensu-Markiş (hoz. Maputu)da işçi va dokerlarning iş taşlaşlari bölib ötdi. 1964 y. 25 sent. da M.ni ozod qiliş fronti - FRELIMO (1962 y.da tuzilgan) rahbarligida quroldi qözğolon boşlandi. Portugaliya qöşinlariga qarşi qurolli kuraş jarayonida FRELIMO öz armiyasini tuzdi va dastlab Kabu-Delgadu, Nyasa okruglarida, 1968 y.dan Tete okrugi atrofida jang boşladi. 1973 y. oxirida mamlakat hududining '/4 qismi FRELIMO nazoratiga ötdi.
1974 y. 25 apr. da Portugaliyada faşis-tlar istibdodi ağdarilgaç, 1974 y. 5 sent. dan Portugaliya muvaqqat hukumati b-n FRELIMO örtasida muzokara olib borildi va 20 sent.da M.da hokimiyat muvaqqat hukumat qöliga ötdi. 1975 y. 25 iyunda M. rasman mustaqil davlat maqomiga ega böldi. 1990 y. noyab. gaça mamlakat M. Xalq Respublikasi, söng M. Respublikasi deb ataldi. M.ni ozod qiliş fronti hamda respublika hukumati keng ijtimoiy va iqtisodiy özgarişlarni nazarda tutgan dastur işlab çiqsi va uni amalga oşirişga kirişdi. Biroq portugallar köplab ketib qolişi natijasida malakali mutaxassislar yetişmay qoldi. Köpgina sanoat korxonalari töxtadi, q.x. ekinzorlari huvillab qoldi. Taşqi qarz oşdi, taşqi savdo qiyinlaşdi. FRELIMO partiyasi sanoat va q.x.ni rivojlantirişga intilib, muhim iqtisodiy va ijtimoiysiyosiy tadbirlar ötkazdi. An'anaviy xususiy xöjaliklarga keng yöl oçildi. Qöşilmaslik va barça mamlakatlar b-n döstlik taşqi siyosatga asos qilib olindi. M. — 1975 y.dan BMT a'zosi. 1991 y. 27 dek.da ÖzR suverenitetini tan oldi. Milliy bayrami —25 iyun — Mustaqillik kuni (1975).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. M.ni ozod qiliş fronti (FRELIMO) partiyasi, 1962 y. 25 iyunda tuzilgan; M. milliy qarşiligi partiyasi, 1976 y.da asos solingan. M. mehnatkaşlari taşkiloti kasaba uyuşmasi, 1983 y.da taşkil etilgan.
Xöjaligi. M. — agrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda q.x. ning uluşi 46%, sanoatning uluşi 27%.
Qişloq xöjaligi. M.da yer fondi 78,3 mln. gektarni taşkil etadi, uning 44,4 mln. gektari piçanzor va yaylov, 19,4 mln. gektari örmon va siyrak örmon. Dehqonçilikka yaroqli 15 mln. gektar yerning faqat 5—6 mln. gektaridan foydalaniladi, qurğoqçilik yillarida bundan ham kamayadi. Oziq-ovqat mahsulotlari orasida moyli palma, yer yonğoq, kungaboqar asosiy örin oladi. Maputu, Beyra, Nampula ş.lari atrofida oziq-ovqat mu-ammosi qisman banan, loviya, pomidor va b. sabzavot hisobiga hal etiladi. Inyambane va Nampula viloyatlarida maniok, Zambeziya va Maputu viloyatlarida makkajöxori, oq jöxori köproq ekiladi. Eng muhim ekinlar qatoriga keşyu yonğoği, paxta, şakarqamiş, kopra, sitrus mevalar kiradi va köp qismi eksport qilinadi. Sizal, jut, tamaki, çoy ham yetiştiriladi.
Çorvaçiligi, asosan, içki iste'molni ta'minlaydi. Setse paşşasi bölmagan Gaza, Maputu viloyatlari, şuningdek, Manika va Sofala vilo-yatlarining bir qismi muhim çorvaçilik makonlaridir. Qoramol, eçki, çöçqa, qöy boqiladi. Dengizda baliq va b. suv jonivorlari ovlanadi.
Sanoati ning asosiy tarmoqlari, oziq-ovqat va yengil sanoat, energetika, neft sanoati, kimyo sanoati, kora metallurgiya, quriliş materi-allari sanoati va b. Maputu va Beyra ş.larida un, araxis,kungaboqar yoği, pivo, qand-şakar, baliq konserva, göşt va keşyu yonğoğini qayta işlaş korxonalari bor. Şimoyodagi meva konservalari va şarbat i. ç. z-di Afrikadagi eng yirik şunday korxonalardan biri hisoblanadi. Mamlakatdagi 40 ta töqimaçilik korxonasidan 14 tasi Maputuda joylaşgan. Ularda paxta, şuningdek kopra, sizal va jutdan turli buyumlar işlab çiqariladi. Beyrada paypoq f-kasi, Şimoyoda jutdan qopqanor, Nakalada sizaldan yöğon va ingiçka arqonlar töqiydigan f-ka bor. Maputu poyabzal f-kasi yiliga 1 mln. juft Maputu şahridagi milliy teatr, oyoq kiyim işlab çiqaradi. Maputu, Beyra, Nampula, Şimoyo, Inyamin-geda yoğoçsozlik va mebel f-kalari, sellyulozaqoğoz k-ti mavjud. Maputudagi maşinasozlik korxonalarida va-gonlar işlab çikariladi, avtobus, mototsikl, velosiped, sovitkiç yiğiladi, kabel işlab çiqariladi, kemalar ta'mirlanadi. Maputu, Dondo, Nakalada sement z-dlari bor. Toşkömir, mis, siyrak metalli rudalar, diatomit qazib olinadi. Yiliga örtaça 490 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.
M.ning asosiy transport yöllari M. portlari orqali qöşni mamlakatlar — Zimbabve, Malavi, Svazilend va JAR örtasida tranzit yuk taşilişini ta'minlaşga xizmat kiladi. T.y. — transportning eng muhim turi. Uz. 3843 km. Avtomobil yöllari tarmoğining uz. 39 ming km. Beyra — Mutare neft kuvuri qurilgan. Asosiy dengiz portlari: Maputu, Beyra, Nakala, Kelimane. Xalqaro aeroportlari: Mavalane (Maputuda) va Beyra. M. çetga mayda qisqiçbaqa, keşyu yonğoği, kopra, sitrus mevalar, çoy, paxta, sizal, yoğoç sotadi. Çetdan maşina va uskunalar, oziq-ovqat, pişloq, iste'mol buyumlari, neft mahsulotlari oladi. Taşqi savdodagi mijozlari: Portugaliya, JAR, AQŞ, Yaponiya, Ispaniya. Pul birligi — metikal.
Mustaqillik e'lon qilinganidan söng aholiga tibbiy xizmatni yaxşilaş çoralari körildi: xususiy kasalxona va dispanserlar davlat ixtiyoriga olindi, bepul tibbiy xizmat joriy etildi, ba'zi doridarmonlar bepul beriladigan böldi; aholini qizamiq, bezgak, sil kasalligiga karşi emlaş yölga qöyildi. Maputuda bezgak va b. yuqumli kasalliklarni ta-dqiq qiluvçi xalqaro markaz oçilgan. Maputu untining tibbiyot f-tida vraçlar tayyorlanadi. M.lik yoşlar çet ellardagi tibbiyot oliy va örta öquv yurtlarida ham ta'lim olib kelayotir. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. M. mustaqillikka erişgaç (1975), maorif işlari avj oldi. Savodsizlikni tugatiş va katta yeşdagilarga ta'lim beriş milliy boşqarmasi tuzildi, muallimlar tayyorlovçi 6 oylik maxsus kurslar oçildi. Yagona dunyoviy xalq ta'limi davlat tizimi, umumiy majburiy boşlanğiç ta'lim joriy etildi. Hunartexnika ta'limi kengaytirildi. Maputu yakinidagi Matol ş.çasida hunartexnika bilim yurti, Nampulada industrial ped. texnikumi, Beyra, Tete, Maputu, Imoyro, Şakva va b. şaharlarda hunartexnika kollejlari va oşirilgan toifadagi texnika kollejlari kurildi. M.dagi 6 ta maxsus öquv yurti q.x. uçun mexanizatorlar tayyorlaydi. Mazkur öquv yurtlari va maktablar uçun öqituvçilar E. Monddane nomidagi un-tda va maxsus markazlarda tayyorlanadi. Köpgina yoşlar çet ellarga borib öqib keladi.
Maputuda E. Mondlane nomidagi un-t, ped. in-ti, M. ilmiytadqiqotlar in-ti, astronomiya va meteorologiya rasadxonasi, paxta tadqiqoti in-ti, soğliqni saqlaş in-ti, geol. va konçilik xizmati bor. Maputuda milliy kutubxona, un-t kutubxonasi, Geol. xizmati kutubxonasi, Munitsipal kutubxona, Axborot va hujjatlaştiriş markazining kutubxonasi, Nampulada industrialped. texnikumining kutubxonasi mavjud. 1980 y. Maputuda işçilar uçun mamlakatda birinçi ommaviy kutubxona oçildi. Maputuda etn. va tabiat tarixi muzeyi, geol. muzeyi, Inkilob muzeyi, Milliy tarix muzeyi, Milliy san'at muzeyi, Beyrada Etn. muzeyi, Nampulada Badiiy galereya bor.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. M.da bir neça gaz. va jur. lar naşr etiladi. Yiriklari: «Vanguarda» («Avangard», portugal tilida çikadigan oylik gaz., 1989 y.dan), «Diariu di Mozambik» («Mozambik kundalik gazetasi», portugal tilida çikadigan gaz., 1981 y.dan), «Domin-gu» («Yakşanba», portugal tilida çikadigan yakşanbalik gaz., 1981 y.dan), «Kampu» («Dala», portugal tilida çiqadigan oylik gaz., 1984 y.dan), «Notisiaş» («Yangiliklar», portugal tilida çiqadigan kundalik gaz., 1926 y.dan), «Tempu» («Vaqt», portugal tilida çiqadigan oylik jur., 1970 y.dan). M. axborot agentligi hukumat axborot agentligi bölib, 1975 y.da tuzilgan. M. radiosi qukumatga qaraşli radiost-ya, 1975 y.da asos solingan. M. televideniyesi, hukumat xizmati, 1981 y.da tuzilgan.
Adabiyoti. M. xalqlarining folklori köp janrli va köp tilli bölişiga qaramay, kam örganilgan va yozma adabiyotda töliq ifodalanmagan. Ammo köpgina şoir va yozuvçilarning ijodida folklorning ta'siri sezilib turadi. M.da madaniy va ijtimoiy özlik namoyon bölişining ilk şakli jurnalistika bölgan. Jurnalistika 20-a. boşlarida portugal mustamlakaçilari ötkazayotgan ma'naviy qorişiş siyosatiga qarşi norozilik ifodasi tarzida paydo böldi. 1918 y.da asos solingan «Bradu afrikanu» haftanomasining afrikaliklar uyuşmasi mu-stamlakaçilikka qarşi ruxda bölib, unda aka-uka Juan va Joze Albazini hamda atoqli jurnalist, M. adabiyoti asosçisi E. Diaş hamkorlik qildilar. M.da badiiy adabiyot portugal tilida 20-a.ning 20-y.larida paydo böldi, unda 2 ta — mustamlakaçilikka tarafdor va unga qarşi yönaliş tarkib topdi. Xalqçil adabiyot namoyandalari J. Albazini («Ğam-ğussa kitobi»), R. di Noronya va b. mustaqillik ruhida kitoblar yozişdi. 2jaxrn uruşidan keyin M. adabiyotida realistik tamoy-il kuçaydi. J. Kraveyrinye va Noemiya di Sozning otaşin şe'rlari, M. duş Santuşning jöşqin publitsistikasi xalqni ozodlik kuraşiga ruhlantirdi. J. Diaşning hikoyalar töplami — «Godido» qullarça itoatgöylikni itqitib taşlaşga çaqirdi. Key-ingi yillarda L. Bernardu Onvana va O. Mendiş qurolli kuraş bosqiçlari, şoirlardan R. Nogar, E. Gebuza, S. Viyeyra atrof dunyoni qayta quriş haqida yozdilar. Adabiyotning badiiy şakli özgarib, tili sözlaşuv nutqiga yaqinlaşib borayotir. Yozuvçilar ma-xalliy bantu guruhi tili ga tobora tez-tez murojaat qila boşladi.
Me'morligi, tasviriy va amaliy san'ati. Vumba toği yon bağirlaridagi suratlar M. hududidagi eng qad. yodgorliklardir. Ular ohularning, yalanğoç va kiyimli odamlarning qizil böyoqda tasvirlangan rasmlaridan iborat. Örta asrlardan bir qança şaharlarda portugal istehkomlari (Mozambik ş.dagi qal'a, Mozambik o.dagi San-Sebaş-tyan qal'asi) qolgan. Zamonaviy me'mor A. Guyediş loyihasi asosida qurilgan murakkab tuzilişdagi turar joylar va jamoat binolari (Çikumbandagi q.x. maktabi, Inyambanedagi kottej va b.) şaharlar me'moriy qiyofasiga öziga xoslik baxş etgan. Odatda, M. xalqlarining uylari 2 to-ifada quriladi. Dengiz sohilida turar joylar yoğoç va çiviqlardan, töğri burçak tarhli qilib solinadi va ustidan loy b-n suvaladi, tomi 2 tomonga nişab qilib, öt-ölan b-n yopiladi. Mamlakat içkarilarida esa uylar dumaloq, örtasiga ustun örnatilib, tomi konus şaklida qamiş va şox-şabba b-n yopiladi. Uy devorlariga köpinça rangbarang böyoklarda jonivorlar suratlari va turli rasmlar solinadi. Derazalarga naqşlar tuşiriladi. 20-a.ning 2-yarmida şaharlarda yevropaça imoratlar kurila boşladi.
Amaliy va tasviriy san'atida yoğoçdan erkak va ayollarning, bola kötargan onalarning haykalçalarini, turli şakllarni yasaş, savat va bordon töqiş, zarang idişlar yasaş va ularni bezaş odat bölgan. Oşqovoq pöstloğidan idişlar qilinadi, sopol idişlarga botiq va börtma naqşlar tuşiriladi. Uy eşiklari, mebellar öymakorligi urf bölgan. 19-a.ning 40-y. laridan milliy rangtasvir maktabi vujudga kela boşladi (birinçi rassom ayol Bertina Lopiş). 50-y.larda bir guruh rassom va haykaltaroşlar voyaga yetdi (rassomlar V.G. Malangatan va A. Çissanu, haykaltaroş N. Langa, rangtasvirçi V. Mankeu, Maşaana, Mukaveli va b.).
Musiqasi. M. musiqiy madaniyati qad. Xalq urf-odatlari, töytomoşalar, çaqaloq tuğilişini nişonlaş kabi marosimlar musiqasiz ötmaydi. Qöşiq, raqs, maşşoqlik xalq kundalik hayotiga singib ketgan. Urib çalinadigan asboblar xilma-xil bölsa ham, ammo ksilofon asosiy örinda turadi, uning 50 dan ortiq turi mavjud. Ansambllarda dömbira va ksilofondan taşqari, qarsildoq, şiqildoq va qönğiroqlar katta örin tutadi. Puflama çolğular orasida bambuk va qamiş naylar, suyak va yoğoç huştaklar, burğular, tilçali-klavişli çol-ğulardan mbira, bir torli sozlardan kamonsimon çitende, katimbva, ğijjakka öxşagan takare, rebeka va b., köp torli sitra (bangue, pango) ommalaşgan. Musiqiy asboblar çaliş, asosan, erkaklarning işi bölsa, qöşiqlarni erkaklar ham, ayollar ham aytaveradi (ammo aralaş xor kamdankam uçraydi). M.da an'anaviy musiqa b-n bir qatorda arab va portugal musiqiy madaniyati ta'siridagi qöşiq va raqslar ham paydo böldi. Musiqa san'atini tarğib qiliş uçun Milliy qöşiq ansambli tuzilgan.
Kinosi. Dastlabki hujjatli lentalar: «Naçingvea» (1974) va «Rovumdan Maputugaça» (1975)da milliy ozodlik kuraşidagi ğalabalar aks ettirildi. Ularda savodsizlikni tugatiş, turmuşdagi poklik va ozodlik mavzulari ham aks etgan. 1975 y.da tuzilgan Milliy kino in-ti filmlar i.ç. va prokat qiliş, kino axborot tarqatiş va b. mamlakatlar b-n kino ayirboşlaş b-n şuğullanadi. «Yigirma beş» (1977, rej. Z.S. Korrea va S. Lukaş), «Mustaqillik yili» (1978, rej. F. Silva), «Leopold» operatsiyasi» (1980, rej. K. di Soza), «Ozod ovozlar» (1981, rej. J. Koşta) salmoqli filmlar jumlasiga kiradi. «Mueda: qirğinbarot xotiralari» (1980, rej. R. Gerra) deb atalgan birinçi tuda metrajli badiiy film milliy ozodlik kuraşini ifodalaydi. Birinçi rangli film «Kuyla, birodarim» (1982) milliy musiqiy festivallarga bağişlangan. Multfilmlar ham yaratila boşladi.