Tabiati. Sohili kam parçalangan kambar pasttekislikdan iborat. Yer yuzasi şim.ga tomon balandlaşib bo-radi. Yoruba, Udi, Jos platolari (eng baland joyi 1735 m) bor. Platolardan jan.da Niger va Benue daryo vodiylari joylaşgan. Şarqiy qismining rel-yefi toğlik, ayrim çöqqilarining bal. 2000 m dan ortiq. N. hududi tektonik jihatdan Afrika platformasi tarkibiga kiradi. Zaminining metamorfik jinslari mamlakat maydonining 50% ni taşkil etgan. Ular tarkibida to-kembriy gneyslari, magmatit, amfibolit, kvarsit va slanetslar uçraydi. Sohil yaqinidagi botiqlar dengiz va kontinent çökindilari b-n tölgan.
N.ning Atlantika okeani sohilida neft va gaz konlari bor. Toşkömir, lignit va qönğir kumir, niobiy (kolumbit), kalay, volfram, molibden, temir, boksit, marganets, asbest, qörğoşin, pyx va uran rudasi konlari topilgan. Mamlakatning şim.-ğarbida oltin konlari ham bor.
Iqlimi ekvatorial mussonli iklim. Şim.da dek.dan martgaça quruq şamollar esib turadi. Bahorda deyarli hamma joyda yomğir yoğadi. Yillik yoğin 500— 4000 mm. Içki mintaqalarda eng issiq oy (apr. yoki may)ning örtaça t-rasi 25— 33°, eng salqin oy (dek. yoki yanv.) niki 20—27°. Yirikdaryolari: Niger va uning irmoklari hamda Komadugu-Yobe. Ni-gerda kema qatnaydi. Çad köliga quyiladigan daryolari qurğoqçil mavsumda juda sayozlanib krladi. Tuproklari qizil-sariq, laterit, qizil laterit, qizil-qönğir, qora tusli va allyuvial tuproklar. Ösimliklarining aksari tropik örmon va savannalardan iborat. Sohili kambar mangra örmonlari b-n qoplangan. Daraxtlarni köplab qirqiş natijasida tabiiy Urmonlar, asosan, qörikxonalarda saqlanib qolgan. Hayvonot dunyosi boy: fil, karkidon, krp-lon, çiyaböri, yovvoyi muşuk, kiyik, jirafa va b. yaşaydi.
Ahrlisi. N.da turli tillarda suzlaşuvçi 200 ga yaqin xalq bor. Gvineya tillarida sözlaşuvçi xalqlar — yoruba, igbo, ijo va nupelar köpçilikni taşkil etadi. N.da xausa tilida sözlaşuvçi xalqdar ançagina. Kanuri, fulbe xalqlari qam yaşaydi. Şarqiy bantoid tillarida sözlaşuvçi xalqlardan ibibio va tivlar bor. Şahar aholisi — 35,2%. Aholisining yarmiga yaqini islom diniga, qolgan qismi xristian va mahalliy an'anaviy dinlarga e'tiqod qiladi. Rasmiy tillari — ingliz va fransuz tili. Yirik şa-harlari: Lagos, Ibadan, Ogbomoşo, Kano, Ivo, Kaduna, Port-Xarkort, Ilorin, Za-riya, Oniça va b.
Tarixi. Hozirgi N. xududida dastlabki aholi manzilgohlari paleolit davrida vujudga kelgan. Mil. av. 4—3-ming yillikdayoq bu joylarda silliklangan va sayqallangan toş boltalar va sopol idişlar yasalgani ma'lum. 1-mingyillikda moddiy madaniyat nisbatan
yuqori darajada bölgan. Mil. 8—10- a.larda N. hududida xausa xalqining şahar-davlatlari (Kano, Katsina, Zariya va b.) vujudga kelgan. Benin qirolligi öşa davrdagi eng yirik davlatlardan biri bölgan. 13-a.da hozirgi N. hududiga fulbe qabilalari kelib, ular tezda xausalar b-n aralaşib ketgan.
N. qududiga yevropaliklardan dastlab portugallar kelgan (1472). 1553 y.da N. soxdllariga dengiz tarafdan inglizlar kirib bordi. Yevropalik mustamlakaçilar «qora tanlilarni ov qilib», N. xa-lklarining tabiiy taraqqiyot jarayonini susaytirdi. 1849 y. Beninda ingliz konsulligi paydo buldi. 1861 y.da inglizlar Lagosni egalladilar. 1870-y. lar oxirida mustamlakaçilar Niger daryosi havzasida katta hududga urnaşib ol-dilar. 1885 y.da «Oyl-rivers protekto-rati» (1893 y.dan Niger sohili protektorata*) tuzildi. 1906 y.da uning tarkibiga Lagos ham quşib olindi, şundan söng «Jan. Nigeriya mustamla-kasi va protektorati» deb atala boşladi. 1914 y. 1 yanv.dan hozirgi N. hududi «Nigeriya mustamlakasi va protektorati» nomini oldi. 20-a. boşidan inglizlar N.dan arzon mineral va q. x. xom aşyolari manbai sifatida foydalana boşladilar. Mustamlakaçi ma'murlarning jabr-zulmi va bedodligiga qarşi tez-tez ğalayonlar bölib turdi.
1-jahon uruşi (1914—18) dan söng N.da dastlabki ijtimoiysiyosiy taşkilotlar paydo böla boşladi. 1920 y.da Ğarbiy Afrika Milliy kongressining Nigeriya bölimi taşkil etildi. 1922 y.da N.da birinçi siyosiy partiya — Milliy demokratik partiya tuzildi. 20-y.lar oxiri — 30-y.lar boşida yangi ommaviy taşkilotlar vujudga keldi. 2-jahon uruşi davri (1939—45) da çetdan tovar keltiriş keskin kamaydi, natijada mahalliy sanoatning ösişiga şaroit tuğildi. Teri oşlaş, ip gazlama töqiş, meva va sabzavotni qayta işlaş korxonalari vujudga keldi. Mahalliy tadbirkorlar N.ga öz içki işlarini özi boşqariş huquqi va siyosiy mustaqillik berilişini talab qila boşladi. 1944 y. avg.da dastlabki Umumnigeriya siyosiy partiyasi — Nigeriya va Kamerun Milliy ken-gaşi (1962 y.dan Nigeriya fuqarolari Milliy kengaşi) tuzildi. 1940-y.lar boşida N.da kasaba uyuşmalari vujudga kela boşladi. 1945 y.da hali yaxşi uyuşmagan işçilarning birinçi iş taşlaşi bölib ötdi. 1950—51 y.larda yana yangi partiyalar tuzildi. 1958 y. okt.da Londonda bölgan konstitutsion konferensiyada N.ning barça joylaridan kelgan vakillar N.ga mustaqillik berişni Buyuk Britaniyadan talab qildilar. 1960 y. N.ga Britaniya Hamdöstligi tarkibida mustaqillik berildi. Şu yili N. BMTga qabul qilindi. 1963 y. 1 okt. dan N. federativ respublika deb e'lon qilindi.
1964 y. 30 dek.da federal parlamentga saylov ötkazilib, yangi hukumat tuzildi. Ammo hukumat aholining turmuş darajasini oşiriş haqidagi va'dalarini bajarmay, milliy manfaatlarga zid siyosat yuritganligi ilğor kuçlarning norozilik kayfiyatini qözğatdi. 1966 y. 15 yanv.da harbiy töntariş bölib, federal harbiy hukumat tuzildi. 1966 y. 29 iyulda yana harbiy töntariş böldi. Yangi hukumat federativ idora usulini darhol tikladi. Ammo, şundan keyin ham ketma-ket harbiy töntarişlar sodir bölib, mamlakatning ijtimoiysiyosiy va iktisodiy taraqqiyotiga salbiy ta'sir qildi. Nihoyat, 1999 y. 20 fev. kuni parlament saylovi va öşa yil 27 fev.da prezident saylovi böldi. Harbiylar hokimiyatni yangi saylangan prezident Olusegun Obasanjoga topşirdilar.
Milliy bayrami — 1 okt. — Mustaqillik kuni (1960). N. ÖzR suverenitetini 1992 y. 11 martda tan oldi va öşa yil 28 avg.da diplomatiya munosabatlari örnatdi.
Siyosiy partiya va kasaba uyuşmalari. Demokratiya uçun ittifoq partiyasi, 1998 y.da taşkil etilgan; Umumxalq partiyasi, 1998 y.da tuzilgan; Xalq de-mokratik partiyasi, 1998 y.da asos so-lingan. N. mehnat kongressi, mamlakatning yagona markaziy kasaba uyuşma taşkil oti, 42 tarmoq kasaba uyuşmasini birlaştirgan, 1978 y.da tuzilgan.
Xujaligi. N. — yirik sanoat salohiyatiga ega bölgan afar mamlakat. Yalpi içki mahsulot va taşki savdo qajmi jihatidan Afrikada 2-örinda (JARdan keyin) turadi. Yalpi içki mahsulotning yarmi sanoatda, taxm. 30% q. x. va xizmat körsatiş sohasida işlab çikariladi. N. dunyoda neft eksport qiluvçi 10 ta yirik mamlakat jumlasiga kiradi, neft qazib oliş sohasida Afrikada birinçi örinni egallaydi.
Qişloq xöjaligi —mamlakat iqtisodiyotining asosi, iqtisodiy faol aholi yarmidan köproğining ti-rikçilik manbai. Eng ommaviy deh-qonçilik şakli jamoa dehqonçiligidir. Mamlakatdagi 8 mln.ga yaqin fermer xöjaligi q. x. mahsulotining 90% ni beradi. Haydaladigan yerlarning ançagina qismida oziq-ovqat ekinlari, asosan, ildizmevali va donli ekinlar yetiştiriladi. Dehqonçilikda dukkakli ekinlar, şakarqamiş, sabzavot va höl mevalar muhim örin oladi. Eksport uçun moyli palma, kakao, yer yonğoq, kauçukli ösimlik, paxta yetiştiriladi.
Çorvaçilik, asosan, şim.da va quruq savannalar mintaqasida rivojlangan. Qoramol, qöy va eçki boqiladi. Şim. da yilqiçilik, jan.da çöçqaçilik va hamma mintaqalarda parran-daçilik b-n şuğullaniladi. Daryolarda, Çad köli va Gvineya qöltiği suvlarida qimmatbaho baliq turlari köp bulsada, baliq ovlaş unçalik rivojlanmagan. Baliqçilik mahsulotlari mamlakat aholisi ehtiyojlarini qondira olmaydi. Örmon xöjaligidagi asosiy yoğoç zaxiralari Niger daryosi etaklarida va jan.-şarqiy dengiz so-hilida joylaşgan.Daraxtzorlar 23 ming km2 ni taşkil etadi. Örmonlar tartibsiz kesilişi natijasida qimmatbaho yoğoç olinadigan daraxtlar kamayib ketdi. Mamlakatda örmon xöjaligini tiklaş tadbirlari işlab çiqildi, yoğoç eksport qiliş taqiklandi.
Sanoatida konçilikasosiy örinni egallaydi. Neft va tabiiy gaz, şuningdek, qalay va niobiy rudalari, toşkumir, temir rudasi va b. ba'zi turdagi foydali kazilmalar — N. konçilik sanoatining asosiy xom aşyo negizi. Ozroq miqdorda volfram, tantal, toriy, sirkon, uran, oltin, polimetall rudalar va b.lar ham qazib olinadi. Xilma-xil nometall kazilmalar orasida ohaktoş, kaolin, qurilişbop qum, şağal bor. Mahalliy temir ruda, toşkömir, ohaktoş va utga çidamli gilmoya negizida metallurgiyani rivojlantirişga kirişildi. Jumladan, 2000 y. oxirida Ajaokutda Tropik Afrikadagi eng yirik metallurgiya k-tining birinçi navbati qurib bitikazildi. Neftni qayta işlaş z-dlari, «Pejo», «Folksvagen», «Fiat» va b. avtomobil z-dlarining yiğuv liniyalari bor. Yiliga 9—10 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Niger daryosi buyidagi Kainji va Jebba GESlari, mamlakat jan.dagi yirik şaharlarda joylaşgan issiklik elektr markazlari elektr energetikaning asosini taşkil qiladi.
I.ç. sanoati tuzilmasida oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoklari yetakçi rol uynaydi. N.da 95 ta töqimaçilik f-kasi, oziq-ovqat korxonalari bor. Ob-juvoz z-dlarida palma, yer yonğoq va çigit yoği işlab çikariladi. Tamaki, meva-konserva, göşt-sut, qand-şakar i.ç. korxonalari, tegirmonlar mavjud. Yoğoçsozlik sanoati Sapeldagi yirik yoğoç tilişfaner i.ç. k-tidan, Epadagi k-t va b. 400 mayda yoğoç tiliş korxonalaridan iborat. N.ning yirik şaharlarida mebel fkalari, gugurt va sellyuloza-qoğoz korxonalari bar-po etildi. Mamlakat jan. dagi Nkala-gu, Port-Xarkort, Abeokut, Kalabar, Emen ş.larida sement, asbestsement taxtalar va quvurlar i.ç. zavodlari joylaşgan. Lagos maşinasozlik va metall işlaş tarmoklarining yirik markazidir. Xalq hunarmandçiligi rivojlangan.
Transporti. Avtomobil va t.y. transporti yetakçi örinda. Taşiladigan yuklarning 80% dan köproği ularning hissasiga töğri keladi. T.y.lar uz. — 3,5 ming km, avtomobil yöllari — 124 ming km. Ğarbiy (Lagos—Kano) va Şarqiy (Port-Xarkort—Kaduna) t.y. magistrallari dengiz sohilini mamlakatning içkari tumanlari b-n tutaştiradi. Neft quvurlari uz. — 3000 km. Asosiy suv yöli — Niger daryosi va uning irmoqlari bölib, ularda de-yarli yil böyi kemalar qatnaydi. Içki suv yöllarining uz. — 7,4 ming km. Asosiy dengiz portlari: Lagos (Apapa va Tin-Kan-Aylende), Port-Xarkort, Bonni, Forkados, Burutu, Varri. Havo transporti 2-jahon uruşidan keyin rivojlana boşladi. Lagos, Kano va Ilorinda xalqaro aeroportlar bor.
Taşqi savdosi. Çetga, asosan, neft, kakao, kauçuk, palma yonğoği mağzi, xom teri çiqariladi. Çetdan maşina va asbob-uskuna, iste'mol mollari, oziq-ovqat va b. keltiriladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Buyuk-Bri-taniya, AQŞ, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Braziliya. Pul birligi — nayra.
Tibbiy xizmati. Davlatga qaraşli tibbiy muassasalar b-n birga aralaş va xususiy şifoxonalar ham bor. Federal soğliqni saklaş vazirligi mamlakat mikyosida ommaviy profilaktika tad-birlarini ötkaziş, mutaxassislar tayyorlaş, tibbiyotdagi huquqiy qonunqoidalarga rioya etilişi uçun mas'ul. Davolaş va kasalliklarning oldini oliş muassasalariga ştatlarning soğliqni saklaş vazirliklari bevosita raxbarlik qiladi. Vraçlar Ibadan, Lagos, Ife, Enugu, Beninsiti, Zariyadagi tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. Tibbiy hamşiralar, doyalar, tiş vraçlari va texniklari tayyorlanadigan önlab maktablar bor. Lagos, Kadun, Ibadan, Uzuakoli şlarida tibbiyot i.t. markazlari mavjud. Lagosda Jahon soğliqni saklaş taşkilotining bezgakka qarşi kuraş xalqaro markazi işlaydi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. N. mustaqillikka erişganidan keyin maorifni rivojlantirişga e'tibor berila boşladi. Katta yoşdagi aholi savodsizligini tugatiş maqsadida qisqa muddatli
kurslar oçildi. 1976 y.da 6 yoşdan 12 yoşgaça bölgan bolalar uçun majburiy 6 y.lik boşlanğiç ta'lim joriy etildi. Öqiş mahalliy va ingliz tillarida olib boriladi. Örta ma'lumot 5 y.lik. Xususiy örta maktablar ham bor. 2—5 y.lik hunar-texnika maktablarida malakali işçilar, 4 y.lik politexnikum va texnologiya kollejlarida esa örta texnik xodimlar tayyorlanadi. 29 un-t bor. Zariya, Lagos, Ibadan, Ife, Nsuk-ka un-tlari eng yirik oliy öquv yurtlari hisoblanadi. Ökiş — bepul. Köpgina un-tlarning sirtqi bölimlari bor. N. pedagogika tadqiqotlari kengaşi, un-tlarning pedagogika f-tlari, in-tlari va tadqiqot markazlari, oşirilgan darajadagi ba'zi ped. kollejlari maorif va ped. fanlari soxasida i. t. işlari b-n şuğullanadi.
Ilmiy muassasalari: Lagosdagi N. fanlar akademiyasi (1977 y.da taşkil etilgan), Tibbiyot i. t. kengaşi (1974), Milliy okeanografiya va dengiz tadqiqotlari in-ti (1975), Ibadandagi N. ijtimoiy va iqtisodiy tadqiqotlar in-ti (1950), Federal örmonçilik markazi (1954), Tropik ösimliklar baynalmilal in-ti (1975), Oşodidagi Federal sanoat tadqiqotlari in-ti (1955), Beninsitidagi palma yoği in-ti (1939), Moordagi Federal q. x. tadqiqotlari markazi (1910), Vomdagi Federal veterinariya markazi (1924), Samarudagi q.x. tadqiqotlari in-ti (1924) va b.
Yirik kutubxonalari: Ibadan, Lagos un-tlarining kutubxonalari, Ife, Lagos, Beninsiti, Jos, Ilorin va b. şaharlardagi kutubxonalar, N. Milliy kutubxonasi.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. N. matbuoti — Tropik Afrikadagi dastlabki va eng rivojlangan matbuot. Ingliz va mahalliy tillarda 20 dan köproq gaz. va 10 haf-tanoma naşr etiladi.Köp nusxada çiqadigan eng nufuzli gaz.lar: «Gardian» («Posbon», ingliz tilida çiqadigan kundalik gaz., 1982 y.dan), «Deyli sketç» («Kundalik bayon» ingliz tilida çiqadigan kundalik gaz., 1964 y.dan), «Deyli tayme» («Kunduzgi vaqt», ingliz tilida çiqadigan kundalik gaz., 1925 y.dan), «Iroxin yoruba («Yoruba xalqi yangiliklari», yoruba tilida çiqadigan gaz., 1945 y.dan), «Nayjirian observer» («Nigeriya kuzatuvçisi», ingliz tilida çiqadigan kundalik gaz., 1968 y.dan), «Nayjirian tribyun» («Nigeriya minbari», ingliz tilida çiqadigan kundalik gaz., 1949 y.dan), «Neşnl konkord» («Milliy totuvlik», kundalik
gaz., 1980 y.dan), «Nyu nayjirian» («Yangi nigeriyalik», ingliz tilida çikadigan kundalik hukumat gaz., 1965 y.dan). N. axborot agentligi (NAN), hukumat axborot agentligi, 1978 y.da taşkil etilgan. Hukumatga qaraşli N. federal radiokorporatsiyasi 1978 y.da tuzilgan. N. telekörsatuv xizmatiga 1976 y.da hukumat tomonidan asos solingan. 8 ştatda ştat hukumatlari qaramoğidagi radio va telemarkazlar bor.
Adabiyoti xalq oğzaki ijodiyoti b-n uzviy boğlangan. Yoruba, ibo, xausa tillarida adabiy an'analar vujudga kelgan. Zamonaviy N. adiblarining köpçiligi ingliz tilida yozadi. 19-a. oxiri va 20- a. boşlarida publitsistika şakllandi. 20-a. 20—40-y.larida va-tanparvarlik şe'riyati (N. Azikiyove, D. Osadebey) yuzaga keldi. 30-y.larga kelib, dramaturgiya paydo böldi va xristian çerkovlari faoliyati b-n boğlangan bibliya mavzuida pyesalar yaratildi. 30—40-y.larda N.ning ba'zi şaharlari (Oniça)da kitob bozorlari paydo böldi. S. Ekvenzining ijtimoiy muammolarga bağişlangan «Şahar odamlari» (1954) romani va A. Tutuolaning yoruba folklori motivlari asosidagi «Mayxör» (1952), «Ruhlar örmonidagi hayotim» kabi asarlari N. prozasida yangi bosqiç böldi. T. Alukoning «Qarindoşlar» (1968) romanida insonparvarlik ğoyalari öz aksini topdi. O. Egbunaning «Uylaniş masalasi» romanida zamonaviy axloqning an'anaviy urf-odatlar b-n töqnaşu-vi muammosi kötarilgan. Yoş adiblardan Ç. Açebening «Yemiriş vaqti keldi», «Notinç hayot», «Xudoning öqyoyi» asarlari N. prozasining rivojlaniş yölini köp jihatdan belgilab berdi. 70—80-y.lardagi dramaturgiya va şe'riyat ijtimoiy mazmun b-n boyidi, ularda yangi zamon nişonalari öz aksini topa boşladi (V. Şoyinkaning «Idanre» poemasi, «Örmon raqsi», «Yöl» pyesalari, K. Okigboning «Osmon darvozasi», «Labirintlar» şe'riy kitoblari va b.). 90-y. larda yangi iste'dodli qalam sohiblari adabiyotga ki-rib keldi. «Blek Orfyu» va «Okike» kabi adabiy jur.lar naşr qilinadi.
Me'morligi va tasviriy san'ati. Xalq me'morligi tabiiy iklim şaroitiga moslaşgan. Jan., jan.-şarq, jan.-ğarbdagi tropik örmonlarda uylar töğri törtburçakli şaklda yoğoç, loy, töqima novdadan quriladi, tomi ikki nişabli qilib, poxol va palma barglari b-n yopiladi. Markaziy N.da binolar aylana şaklida devori loydan, tomi poxol, şox-şabbadan konus şaklida işlanadi. Savanna va çala çöllarda uylar loydan töğri burçakli qilib, tomi yassi qilib quriladi. 13— 15-a.larda şaharlar reja asosida qurildi. 14-a.da şim.da islom dini tarqalgaç, masjidlar barggo qilindi. 2-jahon uruşidan keyin Yevropa me'morligining ta'siri kuçaydi. Binolar haykal, naqşlar b-n köproq bezatiddi. N. mustaqillikka erişgaç, beton va metalldan qurilgan imoratlar quyoş tösqiçli, peşayvonli va pan-jarali qilib milliy uslubda qurila boşladi (Ibadan un-ti binolari, Ka-dunadagi Oliy sud binosi va b.). Mu-handis va me'morlar Yevropada, şunin-gdek, Lagosdagi texnologiya kollejining, Nsukka va Zariya un-tlarining me'morlik f-tlarida tayyorlanadi.
N. şim.da topilgan Nok madaniyati mahsuli bölgan gözal haykaltaroşlik va öymakorlik asarlari mil. av. 1-ming yillikka mansub deb hisoblanadi. Mil. boşlarida Ife va Benin san'atining ilk namunalari — sopol va bronza haykallar işlangani ma'lum. N. xalqlari yoğoçdan sanamlar, ajdodlar, ça-vandozlar, bolali ayollar haykalçalarini qadimdan yasab kelganlar. N.da yangi tasviriy san'atni rivojlantirişda A. Onabolu, O. Idax, F. Idexen, F. Idubor, B. Envonvu kabi haykalta-roş va rassomlar salmoqli xizmat qildi, ularning asarlarida mahalliy an'analar davom ettirilgani va zamonaviy Yevropa san'ati yutuqlari ijo-diy özlaştirilgani közga taşlanadi. Rassomlar orasida D. Nvoko, Yu. Gril-lo, J. Akolo, A. Ekong, A. Lasekan va b. şuhrat qozongan.
Badiiy hunarmandçilik rivojlangan. Yaxlit yoğoçdan odam va hayvon qiyofasi tasvirlangan, gözal naqş solinib, manzaralar öyib işlangan rözğor anjomlari, ğaroyib şakldagi sopol, şişa va çarm idişlar, zar-garlik buyumlari tayyorlanadi. Bida oynasozlari naqşli idişlar, Kano zargarlari oltin va kumuş bezaklar, na-qşli bilaguzuklar yasaydilar. Benin-Sitida bronza quymalar va fil suyagi öymakorligi an'analari sak^panib qolgan. Niqob (marosimlarda, karnavallarda taqiladi), öyma naqşli kursilar tayyorlaş, matolar töqiş, kaştaçilik, naqqoşlik san'ati rivoj topgan. Novda, poxol va qamişdan savat hamda bordon töqiş, yoğoçdan yelpiğiç, qovoq pöstloğidan turli guldor idiş va qoşiqlar yasaş keng tarqalgan.
Musiqasi. N. musiqiy madaniyatining xilma-xilligi bu yerdagi xalq an'analarining xususiyatlari b-n boğliq. Professonal musiqa san'ati örta asrlarda tarkib topgan. Qabila kek-salari rahbarligida yoşlar marosim raqslari va qöşiqlarini, sozandalik sirlarini örganar edi. Arab sayyohlarining guvoxlik berişiça, örta asr hukmdorlari saroylarida sozanda, xonanda va raqqosalarni saqlaganlar.
19-a.da mustamlakaçilik siyosati va xristian da'vatkorlarining faoliya-ti oqibatida bir qança mahalliy dinlar b-n birga diniy musiqa ham yöq bölib ketdi. Yevropa musiqasining ta'siri kuçaydi. N. çolğu asboblari orasida baraban eng köp tarqalganidir. Yelkaga osiladigan naqş va haykalçalar b-n bezatilgan bir membranali, qöltiq ostiga osiladigan ikki membranali barabanlar, ngedegvu deb ataladigan çang mavjud. Arablar orqali nay, qöşnay, doyra, ud, sitra, algant kabi çolğu asboblari kirib kelgan.
Mustaqillikka erişilganidan söng professional musiqa madaniyati rivojlandi. N.da öziga xos kompozitorlar maktabi vujudga keldi. A. Yuba, F. Sovande, S. Akpabot, A. Bankole, A. Fiberezima va b. kompozitorlar maşhur. Folklor an'analaridagi spektakllarda xalq qöşiklari va musiqasi yangraydi. Yubaning «Örmon parilari», «Abiku» va «Alatangana» raqs dramalari bunga misol böla oladi. T. Oyelana «Adufe», «Qondagi sexr» spektakllariga musiqa yozdi. N.ning dastlabki operasi — «Orukoro» Fiberezima qalamiga mansub.
Teatri. N.da yaşovçi xalqpar an'anaviy teatr tomoşalarining asosini maişiy va marosim raqslari taşkil etadi. Qişloqlardagi bayram va tan-tanali ayyomlarda milliy libos va niqob kiyib yurişgan, afsonaviy mazmundagi öyinlar ötkazib kelingan. Ularda tabiat kuçlarini ifodalovçi ilohlar, ajdodlarning arvohlari, afsona qahramonlari iştirok etgan. 19-a. örtalarida şu asosda zamonaviy teatr şakllana boşladi. Yoruba teat-rining asosçilaridan biri, şoir va qöşiqçi Xubert Ogunde 1944—45 y.larda sayyor teatr jamosini taşkil etib, uning uçun nasihat va tarğibot ruhidagi pyesalarini yozdi. Mustaqillik yillarida bu truppa professional sayyor jamoaga aylandi. Dramaturg va rej. Duro Ladipning 60-y.larda tuzgan teatr truppasi keyinçalik «Milliy teatr» nomini oldi. Havaskorlik drama teatrlarida esa Yevropa drama-turgiyasi va sahna texnikasidan foy-dalanila boşladi. Bir qança ştatlarda yangi jamoalar tuzilgan.
Kinosi. 1945—47 y.larda bir neça hujjatli lentalar suratga olindi. 1960- y.lar boşida rej. Ş. Oluşola televideniye uçun bir qança adabiy asarlarni va teatr spektakllarini ekranlaştirdi. Şundan keyin yaratilgan hujjatli filmlarning ayrimlari Toşkentdagi xalqaro festivallarda namoyiş etidsi. Birinçi töla metrajli filmi «Ikki kişi va eçki» (1966) dir. «Şaxu Garbay» (1971), «Ikki taqdir» (1972), «Loray bobo» (1973), «Ovu-Arusun» (1974), «Qora ma'buda» (1977), «Aye» (1979), «Pul hukmronligi» (1981), «Ozodlik uçun» (1981) va b. badiiy filmlar yaratildi. Mamlakatda 200 ga yaqin kinoteatr bor. Yiliga 6—8 badiiy film işlab çiqariladi.