Tabiati. Sohil qismi eni 80—180 km li tekislik (Kosta), markazi toğlik (Syerra) va şarqi sernam örmonli toğ oldi (Selva). P. maydonining 1/3 kismiga yaqini toğ. Peru And toğlari böylama vodiylar orqali Ğarbiy, Markaziy va Şarqiy Kordilyera tizmalariga bölinadi. Eng baland joyi 6768 m (Uaskaran toği). Jan.da Puna yassitoğligi bor. Neft, mis, polimetall, uran rudalari, kumir, tabiiy gaz konlari topilgan. P. hududining katta qismi iqlimi — ekvatorga xos va tropik. Yil davomida örtaça t-ra sohilda 15—25°, şim. dagi yassitoğliklarda 12—16°, jan.da 5—9°, tekislikda 24— 29°. Yillik yoğin toğlarda 1000 mm, Selvada 3000 mm gaça. Köp daryolari (Maranon, Ukayali) Amazonka havza-siga mansub. Yirik köli — Titikaka. Sohili va toğ yon bağirlari butazor va kaktuszor. Toğlarning şarqiy yon bağri va tekisliklar doim yaşil tropik örmonzor.
Hayvonot dunyosi xilma-xil: yaguar, tulki, puma, turli quşlar, sudralib yuruvçilar, guanako, vikunya, maymun, çumolixör, yalqov, tapir va h.k. Daryo va köllarida baliq köp. Milliy boğlari — Manu, Serros-de-Amotane va b.
Aholisining yarmiga yaqini keçua, aymara indeyslari, qolganlari peru-anlar (ispan-indeys metislari). Rasmiy tillar — ispan, keçua, aymara tillari. Dindorlarning aksariyati — katolik. Şahar aholisi 72%. Yirik şaharlari: Lima, Kalyao, Arekipa, Truxilo, Çiklayo, Kusko.
Tarixi. P. hududi qad. zamonlarda inklarning Tauantinsuyu davlati tarkibiga kirgan. 1532—36 y.larda ispan konkistadorlari bu davlatni bosib oldi. 1543 y. P. Ispaniyaning vitse-qirolligi deb e'lon qilindi va yerlar ispan mustamlakaçilari örtasida bölina boşladi. 1780—83 y.larda in-deyslar Tupak Amaru rahbarligida qözğolon kötardi. Amerikadagi ispan mustamlakalarining mustaqillik yölidagi uruşlari (1810—26) davomida 1821 y. P. mustaqilligi e'lon qilindi. 1822 y. P. respublikasi tuzildi va birinçi konstitutsiya qabul etildi. 1825 y. mamlakatning jan.-şarqiy qis-mi — Yuqori P. mustaqil Boliviya respublikasi deb atala boşladi. 19-a.ning 30-y.lari oxiri —40-y.lari boşida konservatorlar b-n liberallar örta-sida hokimiyat uçun kuraş avj oldi. P.ning Çili b-n uruşi (1879—83) oqibatida mamlakat öz hududining bir qismidan mahrum böldi. l-jahon uruşi vaqtida P. betaraf turdi. 1933 y. qabul etilgan konstitutsiyada prezident — parlament idora usuli belgilandi. 2-jahon uruşi vaqtida P. hukumati 1945 y. Germaniya va Yaponiyaga uruş e'lon qildi.
1948—56 y.larda hukmronlik qilgan diktatorlik rejimi mamlakatdagi fuqarolar erkinligini tugatdi. Mehnatkaşlarning noroziligi kuçayib, hukumatga qarşi keng kölamli harakatga aylandi (1950 y. Arekipa ş.dagi qurolli qözğolon, 1954—55 y.lardagi iş taşlaşlar va b.). 1956—62 y.da mamlakatni idora qilgan hukumat demok-ratik erkinliklarni tikladi. 1963 y. hokimiyat tepasiga çiqqan hukumat islohot dasturini e'lon qilgan bölsada, aslida xalq manfaatlariga zid yöl tutdi. 1968 y.dagi harbiy töntariş natijasida hokimiyatni qölga olgan harbiylar iqtisodiy va siyosiy mustaqillik uçun kuraş boşladi, taşqi siyosatda mustaqil yöldan bordi. 1980 y. ötkazilgan umumiy saylov yakunida hokimiyat fuqaro hukumatiga topşirildi, mamlakatda konstitutsiyaviy idora usuli tiklandi. 1992 y. apr.da 1980 y.gi konstitutsiya bekor qilin-di, parlament tarqatib yuborildi. 1993 y. yangi konstitutsiya qabul etildi. 2001 y. 3 iyunda bölib ötgan ovoz berişning ikkinçi davrasi yakunida «Peruning kelajagi uçun» partiyasining rahbari Alexandro Toledo Manrike prezident etib saylandi. P. — 1945 y.dan BMT a'zosi. ÖzR suverenitetini 1991 y. 19 dek.da tan olgan va 1999 y. dek.da diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayrami — 28 iyul — Mustaqillik kuni (1821).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. «Peruning kelajagi uçun», siyosiy partiya; Xalq harakati partiyasi, 1956 y. asos solingan; Xalqxristian partiyasi, 1966 y. tuzilgan; P. Aprist partiyasi, 1924 i. taşkil etilgan; P. kommunistik partiyasi, 1928 y. asos solingan; P. uçun ittifoq partiyasi, 1994 y. tuzilgan; Xristian-demokratik partiya, 1956 y. taşkil etilgan. P. mehnatkaşlari umumiy konfederatsiyasi, 1929 y. tuzilgan; P. mehnatkaşlari birlaşgan kasaba uyuşma markazi, 1992 y. taşkil etilgan.
Xöjaligi. P. — konçilik va kayta işlaş sanoati nisbatan rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda konçilik sanoatining uluşi 10,7%, qayta işlaş sanoatining uluşi 21,5%, qişloq va örmon xöjaligining uluşi 13,2%.
Qişloq xöjaligida faol aqolining 40% band; dehqonçilik — yetakçi tarmoq. Mamlakat hududining 3% ga ekin ekiladi, 91% ötloq va yaylov. Eksport uçun şakarqamiş, paxta, kofe, sitrus mevalar, kakao, çoy, tamaki, koka bargi yetiştiriladi, içki iste'mol uçun şoli, makkajö-xori, buğdoy, arpa, maniok, oq jöxo-ri, kartoşka, loviya va b. ekiladi. Göşt va jun beradigan çorvaçilik rivojlangan: qoramol, çöçqa, qöy, ot, şuningdek, lama, alpaka boqiladi, baliqçilik rivojlangan. Ovlangan baliqning köp qismidan un va baliq yoği işlab çiqariladi.
Sanoati da turli foydali qazilmalarni qazib oliş katta ahamiyatga ega. Jahon bozorida P. vismut, surma, molibden, volfram, simob, selen, tellur yetkazib berişda salmokli urin oladi. Şu metallarning asosiy qismi Oroya ş.dagi polimetall k-ti va Çim-bote ş.dagi metallurgiya k-tida eri-tiladi. Talara, La-Pampilyadagi va Lima yaqinidagi z-dlar yiliga 8,5 mln. tonna neftni qayta işlaydi. Oziq-ovqat va töqimaçilik tarmoklari rivojlangan. Maşinasozlik (şu jumladan, kemasozlik va avtoyiğuv), kimyo, rezina, sellyuloza-qoğoz, kön, poyab-zal, tikuvçilik sanoati korxonalari bor. Yiliga örtaça 14,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.
Transporti. Temir yöllar uz. — 3,5 ming km, avtomobil yöllari uz. — 70 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji 616 ming t dedveyt. Asosiy dengiz portlari — San-Nikolas, Kalyao, Talara, Çimbote.
Taşqi savdosi . P.dan çetga mis, kumuş, qörğoşin, rux, temir ruda, neft va neft mahsulotlari, kofe, qand-şakar, baliq mahsulotlari, paxta tolasi, jun va b. çiqariladi. Çetdan maşina va asbob-uskuna, çala tayyor mahsulotlar, quriliş materiallari, keng iste'mol mollari kel-tiriladi. AQŞ, Yaponiya, Germaniya, Lotin Amerikasi mamlakatlari b-n savdo qiladi. Pul birligi — yangi sol.
Maorifi, ilmiy va madaniyma'rifiy muassasalari. Bolalar 6 yoşgaça boğçada tarbiyalanadi. 9 y.lik yagona va bepul umumiy ta'lim joriy etilgan. Davlat maktabi b-n birga xususiy va çerkov maktablari ham bor. 9 y.lik maktab umumiy ta'limdan taşqari meqnat ta'limi xam beradi. Keçua in-deyslari ona tilida öqitiladi. Tijo-rat, hunar-texnika, ped. va b. örta öquv yurtlari mavjud. 33 un-t bor; yiriklari: Limada «Sanmarkoye» Milliy un-ti (1551 y. asos solingan), Milliy muxandislik un-ti (1955), Arekipada «San-Agustin» Milliy un-ti (1828) va b. Ilmiy muassasalari: Milliy tib-biyot akademiyasi (1884), P. til akade-miyasi (1887), Lima geogr. jamiyati (1888), P. atom energiyasi in-ti (1945), Boşlanğiç ta'lim tajriba in-ti (1940), P. dengiz in-ti (1964) va b. Limada Milliy kutubxona (1821), «Sanmarkoye» un-ti va Milliy muhan-dislik un-tining kutubxonalari, Milliy tarix muzeyi (1921), P. mada-niyati milliy muzeyi (1946), Antropologiya va arxeologiya muzeyi (1938), «Xavyer Prado» muzeyi va b. bor.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. Yirik gaz. va jur.lari: «Komersio» («Savdosotiq», kundalik gaz., 1839 y.dan), «Oxo» («Diyda», kundalik gaz., 1968 y.dan), «Peruano» («Perulik», hukumatning kundalik gaz., 1825 y.dan), «Republika» («Respublika», kundalik gaz., 1982 y.dan), «Unidad» («Birlik», kundalik gaz., 1956 y.dan), «Ekspreso» («Tezkor», kundalik gaz., 1961 y.dan), «Ekstra» (kundalik keçki gaz., 1964 y.dan); «Alerta agraria», (q.x. masalalarini yorituvçi oylikjur., 1987 y.dan) , «Oyga» («Tin-glang», haftalik jur., 1963 y.dan). Axen-sia de Notisias Andina milliy axborot agentligi 1981 y.da tuzilgan. Boş aloqa boşqarmasi radio va televide-niyeni nazorat qiladi. «Radio nasional del Peru» hukumat mahkamasiga 1937 y. asos solingan. Telekörsatuvlar 1958 y.dan olib boriladi.
Adabiyoti ispan, keçua va aymara tillarida. Azaliy xalq oğzaki ijodiyo-ti boy. Keçua tilidagi «Olyantay» xalq dramasi mustamlaka davridan avvalgi eng muhim adabiy yodgorlikdir (bu asar matni 18-a.da qayta işlanib, 1853 y.da naşr etiddi). Mustamlaka davrida yara-tilgan tarixiy voqealar bayoni ispan tilidagi adabiyotga asos soldi. Ink Garsilaso de la Veganing «Inklarning şohona şarhlari» kad. tarix va madaniyatga oid asosiy manbadir. 17—18-a. larda ritsarlikni tarannum etadigan, şuningdek, diniy-falsafiy, ma'rifiy şe'riyat va nasr rivojlandi. Xalq ijodiyotida esa ispanlarga karşi kayfiyat ifodalandi. 19-a. oxiri —20-a. boşlarida M. Melgar ijo-dida ispan kitobiy şe'riyati b-n in-deys folklori an'analari birlaşib ketdi. «Peru rivoyatlari» degan 12kismli salmokdi asar yaratgan R. Palma P. adabiyotini yanada rivojlantirdi. Mus-taqillik e'lon qilingandan söng adabiy hayot jonlandi, milliy teatr uçun satirik asar va komediyalar (F. Par-do-ialyago va M. Asensio Segura) yozildi. 20-a. boşi adabiyotida modernizm, simvolizm, 1-jahon uruşidan keyin avangardizm oqimlari rasm böldi. 2-jahon uruşi davrida va undan keyin S. Alegriya, X. M. Argedasning tanqidiy romanlarida, X. R. Ri-beyro, E. Kongrayns Martinning şahar qaşşoqlari hayotini tasvirlovçi hikoyalarida ötkir ijtimoiy muammolar kötarildi. 70— 90-y.larda şoirlardan V. Delgado, A. Romualdo, X.G. Rose, dramaturglardan X. Rios, E. Solari Sueyn, şoir M. Vargas Losa xalq turmuşi va orzu-is-taklarini haqqoniy yoritdilar.
Me'morligi va tasviriy san'ati. P. madaniyati — Lotin Amerikasidagi eng qad.laridan biri. Mil. av. 10—8-a.larda madaniy markazlar mavjud bölgan. Badiiy hunarmandçilik buyumlari (jun va ipdan töqilgan kaştali gilamlar, oltin, kumuş haykalçalar, metall, sopol, zarang idişlar va b.) bizning davrimizgaça saqlangan. Mus-tamlakaçilik tartiblari qad. san'at rivojiga xalaqit berdi.
P.da saqlanib qolgan qad. şaharlarda töğri burçakli kvartallar, tor köçalar, qörğonlar (Maçu-Pikçu, Saksauaman), qabristonlar, saroylar, ibodatxonalar, diniy marosimlar ötkaziladigan amfiteatrlar, poğonali ehromlar bölgan. 16- a. 2yarmi va 17-a. 1yarmidan töğri köçali yangi şaharlar, yirik şaharlarda yevropaça uslubda çerkovlar bunyod etildi (17-a. 2yarmi va 18-a.da barokko, 19-a. da klassitsizm uslublarida), uylarning içki tomonini bezaşga e'tibor berildi. 19—20-a.larda turli uslubda imoratlar qurildi. M. Pikeras Kotoli, E. Seoane Ros, L. Miro Kesada Garland singari me'morlar «Yangi peruça uslub» yaratdilar. Lima ş., Ankon kurorti va b. qayta qurildi.
19-a.da zamonaviy rassomçilik rivojlanib, I. Merino, F. Laso, K. Baka Flor, D. Ernandes kabi rangtasvirçilar yetişdi. 20-a. rassomlaridan X. Sabogal, X. Kodesido, xaykaltaroşlaridan K. Sako, I. Poso va b.lar öz asarlarida xalq hayotini, indeyslar turmuşini aks ettirdilar, qad. san'at an'analarini rivojlantirdilar. P. tasviriy san'atida kubizm, ekspressionizm, abstrakt san'at keng tarqaldi. Xalk, san'atida geometrik şakllar hosil qilib gul töqiladigan yomğir pöşlar, sopol idiş, haykalçalar, qadama naqş tuşirilgan idiş va bu-yumlar yasaş rivoj topgan.
Musiqasi. Qad. inklar musiqasi pentatonikaga asoslangan bölib, diniy, harbiy, saroy va xalq musiqasidan iborat. Diniy madhiyalar (xayl), tarixiy rivoyat qöşiklari (taki), marsiya (uan-ka) va lirik qöşiqlar (aravi) kabi musiqiy janrlar, raqslar (uayno, kaiua, karuyo) rivojlangan. Çolğu as-boblari: uankar, tinya kabi barabanlar, anata, kena, tarka kabi puflab çalinadigan sozlar, erke, aykori kabi karnay va b. keng tarqalgan. Bular keçua va aymara indeyslarining madaniy merosiga xos bölsa, kreol xalq musiqasida ispan musiqiy madaniyatining ta'siri seziladi. Kreollarning asosiy musiqa asboblari gitara va arfadir; 19—20-a. kompozitorlaridan X. B. Al-sedo, X. M. Valye Riyestra, O. Polar, M. Agirre, P. Çaves Agilarni körsatiş mumkin. Zamonaviy kompozitorlar orasida A. Gevara Oçoa alohida ajralib turadi. Limada milliy konservatoriya, Filarmoniya jamiyati, Munitsipal teatr, Milliy simfonik orkestr bor.
Teatri. Inklar davlati taşkil topişi b-n P. teatr san'ati rivojlana boşladi. Qad. teatr tomoşalarining bir neça turi mavjud bölib, ular musiqa jörligida, xor bölib aşula ay-tib ijro etilgan. Keçua tilidagi «Olyantay» xalq dramasi maşhur bölgan. 1548 y. birinçi dunyoviy tomoşa körsatilgan. 17-a.da J. Lelio, G. del Rio truppalari şuhrat qozongan. 1680 y. Limada «Prinsipal» teatri qurildi. «Koliseo de komediya», «Komediya nasonal» va b. teatrlarda P.lik taniqli aktyorlar T. Miranda, E. Peres va b. yetişib çikdi. 20-a.ning 60-y.laridan turli şaharlarda teatr festivallari ötkazila boşladi. Limadagi M. A. Se-gura teatri, havaskor aktyorlarning «La Kabanya» truppasi P. dramaturglarining pyesalarini sahnalaştiradi. Aktyorlari: L. Arrista, E. Samorano, D. Paredes va b. maşhur. Teatrlar uçun kadrlar Limadagi Milliy drama san'ati in-tida tayyorlanadi.
Kinosi tarixi 1913 y.dan boşlangan. Şu yili birinçi film suratga olingan. 20-a.ning 30-y.larida milliy ki-nematofafiya şakllandi, Limada birinçi kinofirma vujudga keddi. Keyingi yillarda A. Robles Godoy «Selvada yulduzlar yöq», «Kök devor», «Sarob», «Uayanaydagi voqea» filmlarini yaratdi. «Yerning kuçi» (rej. B. Arias), «Ton-gdagi ajal» (rej. F. Xose Lombardi) filmlari ham dunyo yuzini kördi. X. Uako, S. Vilyanueva, E. Nisimai, E. Çambining hujjatli filmlarida indeyslar turmuşining ötkir şktimoiy muammolari kötarilgan.