Tabiati. S. —toğli mamlakat. Hududining aksariyat qismi Ğarbiy Karpat toğlari doirasida (Slovakiya Rudali toğlari va b.) joylaşgan. Lisets ş.dagi Zlati Vrx bazaltli tepaligi tabiat yodgorligidir. GerlaxovskiŞtit toği (2655 m) — Ğarbiy Karpat toğlarining eng baland nuqtasi. Jan. ni Örta Dunay tekisligining bir kismi egallagan. S.da qönğir kumir, temir, marganets, polimetall rudalari, surma, magnezit konlari bor. Iklimi mö'tadil, kontinental. Tekisliklarda örtaça tra yanvarda —G dan —4°, Karpat toğida —10° gaça, iyulda 19— 2G, toğlarda 4° gaça. Yillik yoğin tekisliklarda 450—700 mm, toğlarda 2100 mm gaça. S. daryolari (Dunay va uning irmoklari, Morava, Vag, Gron va b.) gidroenergiyaning muxim manbalaridir. S. toğlari örmonlar b-n krplangan (mamlakat hududining 1/3 kismi). Jan. qiyaliklarda keng bargli va aralaş, şim. qiyaliklarda igna bargli daraxtlar ösadi. Tekisliklarda dehqonçilik qilinadi. Hayvonlardan qönğir ayiq, böri, silovsin, tönğiz, quyon, olmaxon, tipratikan, turli quşlar bor, dare va köllarda baliq köp.
Aholisining köpçiligi — slovaklar (87%), şuningdek venger, çex, ukrain va b. ham yaşaydi. Şahar aholisi 56,8%. Rasmiy til — slovak tili. Dindorlarning aksariyati — xristian (katolik) lar. Yirik şaharlari: Bratislava, Koşitse, Preşov.
Tarixi. S. hududida paleolit davrida manzilgoxlar bölganligi ma'lum. Mil. 3—4-a.larda slavyanlar köçib kelgan va 1ming yillik örtalarida yetakçi etnik guruh bölib qolgan. 7-a.da S ilk slavyan Samo davlati tarkibiga, 9—10- a.larda Buyuk Moraviya davlati tarkibiga kirgan. 11-a. örtalarida S.ni vengerlar bosib olib, çexmorava va slovak qabilalari asosida yagona elat hosil böliş jarayoniga xalaqit berdilar. 13— 14-a.larda S. nemislar kuliga ötdi. 16-a. örtalarida Sningjan.ni turklar bosib oldi, qolgan xududi 17-a. oxirida Gabsburglar monarxiyasi tarkibiga kiritildi. 1718-a. boşlarida S.da bir neça bor dehqonlar qözğoloni (1618, 163132, 1648, 1660, 1711), hunarmand va şahar yöqsillarining norozilik çiqişlari (1606, 1609, 1626, 1632, 1640) böldi. S. dehqonlari Rakotsi Ferens xarakatida (1703—11) qatnaşdilar. 1848—49 y. Avstriya inqilobi vaqtida S. milliy harakati arboblari demokratik özgarişlarni amalga oşirişni, slovak xalqining milliy teng huquqliligini talab qilib çiqdilar, ammo Vengriya hukumati bu talabni rad qildi. Avstriya-Vengriya davlati taşkil topişi (1867) b-n Vengriya tarkibida qoldi. 1-jahon uruşi yillarida S.da çet el hukmronligiga qarşi milliy ozodlik kuraşi kuçaydi. 1919 y. 16 iyunda Preşovda Slovakiya Sovet respublikasi e'lon qilindi, biroq 7 iyulda intervensiyaçi qöşinlar tomonidan tormor etildi. Avstriya-Vengriya barbod bölgaç, S. 1919 y. 30 okt.da Çexiya va Slovakiyaning yagona davlatga birlaşuvi natijasida 1918 y. taşkil topgan Çexoslovakiya davlati tarkibiga kirdi. 1938 y. Myunxen bitimita köra, S.ning jan. tumanlari Çexoslovakiyadan Vengriyaga olib berildi, qolgan hududda 1939 y. slovak faşistlari Germaniya panohidagi «mustaqil» S davlati taşkil etilganini e'lon qildilar. Şu yildan S.da Qarşilik körsatiş harakati avj oldi. 1944 y.gi S. milliy qözğoloni S.ning 2/3 qismigayoyildi. 1945 y. mayda S. butunlay ozod qilindi. Slovak va çex yerlari Çexoslovakiya respublikasi doirasida qayta birlaştirildi. S. 1948 y. 9 maydan Çexoslovakiya Xalq Demokratik Respublikasi, 1960 y. 11 iyuldan Çexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi, 1990 y. 29 martdan Çexoslovakiya Federativ Respublikasi, 1990 y. 20 apr.dan 1992 y. 31 dek.gaça Çexiya va Slovakiya Federativ Respublikasi tarkibida böldi. 1992 y. 17 iyundagi Deklaratsiyada respublika suvereniteti e'lon qilindi. S. — 1993 y.dan BMT a'zosi. 1992 y. 24 yanv.da ÖzR suverenitetini tan olgan va 1993 i. 1 yanv. dan diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayramlari — 29 avg. — Slovakiya milliy qözğoloni kuni (1944), 1 sent. — Konstitutsiya kuni (1992).
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyuşma taşkilotlari. Demokratik S. uçun harakat — Xalq partiyasi, 1991 y.da asos solingan; S. demokratik ittifoqi, 1995 y. tuzilgan; S. dehqonlar partiyasi, 1990 y. taşkil etilgan; S. işçilari birlaşmasi, siyosiy partiya sifatida 1994 y. röyxatga olingan; Söl demokratlar partiyasi, 1991 y. tuzilgan; S. milliy partiyasi, 1989 y. asos solingan; Venger xristian demokratik xarakati, 1990 i. taşkil etilgan; S. xristiandemokratik ittifoqi partiyasi, 2000 y. röyxatga olingan. S. Respublikasi kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi, 1990 y. asos solingan.
Xöjaligi. S. — industrialagrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşi 33,4%, q.x.ning uluşi 4,8%, xizmat körsatiş sohasining uluşi 61,8%.
Sanoatida, asosan, mahalliy mineral xom aşyo (qunğir kumir, lignit, temir ruda) negizida konçilik va metallurgiya sanoati rivojlangan. Çöyan, pölat va prokatning köp qismi Koşitsedagi metallurgiya k-tida, alyuminiy (çetdan keltirilgan boksitdan) JyarnadGronomda, mis Krompaxida işlab çiqariladi. Maşinasozlik sanoati rivojlangan: radiopriyemnik, televizor, sovitkiç, mototsikl, kema, podşipnik, yuk vagonlari, stanok, elektrotexnika uskunalari va b. işlab çikariladi. Kime va neft kimyosi sanoati (neft mahsulotlari, mineral öğit, plastmassa, sintetik tola va b.) çetdan olingan neft va gaz asosida işlaydi. Yirik örmon, yoğoçsozlik, quriliş materiallari sanoati barpo etilgan. Töqimaçilik, könpoyabzal, oziq-ovqat korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari — Bratislava va Koşitse. Yiliga örtaça 24,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Uning köpçilik qismini GESlar beradi, YaslovskaBogunitseda AES bor.
Qişloq xöjaligi ning asosiy tarmoği — deqqonçilik. Buğdoy, makkajöxori, arpa, qand lavlagi, moyli ekinlar va b. ekiladi. Boğdorçilik va tokçilik rivojlangan. Göştsut, göştjun çorvaçiligiga asosiy e'tibor beriladi (çöçqa, quy, qoramol, parranda boqiladi).
T.y. uzunligi 3,7 ming km, avtomobil yöllari uz. 17,9 ming km. Dunayda kema qatnaydi. Daryo portlari: Bratislava, Komarno. Çetga maşina va uskuna, neftni qayta işlaş, kimyo va yoğoçsozlik, q.x. maxsulotlari va b. sotadi. Çetdan neft va tabiiy gaz, oziq-ovqat, maşina va uskunalar oladi. Çexiya, Germaniya, Rossiya va b. b-n savdo qiladi. Pul birligi — Slovakiya kronasi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. Maorifi boşlanğiç va örta maktab ta'limidan iborat. 614 yoşdagi bolalar uçun majburiy ta'lim joriy etilgan. Kasb ta'limi örta hunartexnika maktablarida beriladi. 14 oliy öquv yurti bor. Yiriklari: Bratislava universiteti, Slovakiya oliy texnika maktabi, Oliy iqtisodiy maktab, konservatoriya — hammasi Bratislavada; P. Şafarik nomidagi un-t, Oliy veterinariya maktabi, Oliy texnika maktabi — Koşitseda; Oliy transport maktabi — Jilinda va b. Asosiy ilmiy muassasasi — Slovakiya FA. Bratislavada Virusologiya inti, payvandlaş va ped. ilmiytadqiqot intlari va b., Jilinda gidrologiya i.t. markazi va geol. mahkamasi, Martinda S. matitsasi (madaniy-ma'rifiy markazi) bor. Yirik kutubxonalari: S. matitsasi kutubxonasi (1863), Bratislavadagi un-t kutubxonasi (1919), Koşitsedagi Davlat ilmiy kutubxonasi (1657) va b. Asosiy muzeylari: Bratislava va Martindagi S. milliy muzeylari, Koşitsedagi Şarqiy S. muzeyi, BanskaBistritsadagi S. milliy qözğoloni muzeyi va b.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. Asosiy gaz. va jur.lari: «Pravda» («Haqiqat», slovak tilida çiqadigan mustaqil kundalik gaz., 1920 y.dan), «Glas lyudu» («Xatq ovozi», slovak tilida çiqadigan kundalik gaz., 1954 y.dan), «Narodna obroda» («Milliy tiklaniş», slovak tilida çiqadigan kundalik gaz., 1990 y.dan), «Rolnitske novini» («Dehqonlar gazetasi», slovak tilida çikadigan kundalik gaz., 1946 y.dan), «Smena» («Örinbosar», slovak tilida çiqadigan kundalik yoşlar gaz., 1948 y.dan), «Uy so» («Yangi söz», venger tilida çiqadigan kundalik gaz., 1948 y.dan), «Beseda» («Gurung», slovak tilida çiqadigan haftanoma, 1990 y.dan), «Veçer» («Oqşom», slovak tilida çiqadigan keçki gaz., 1990 y.dan). S. Respublikasi telegraf agentligi, axborot mahkamasi, 1992 y. tuzilgan. S. radiosi 1926 y.dan, televideniyesi 1956 y.dan işlaydi.
Adabiyoti. S. yozuvining paydo bölişi akauka Kirill va Mefodiylarning Buyuk Moraviya davlati hududidagi faoliyati b-n bogliq (9-a.ning 2-yarmi). Qad. adabiyot insonparvarlik va ozodlik ruxi b-n suğorilgan. 17— 18-a.lardaYa. Vavrinets, M. Rakovskiy, Ş. Pilarik va G. Gavloviç kabi yozuvçilar ijod qildi. Milliy uyğoniş boşlanişi b-n Ma'rifatparvarlik adabiyoti rivojlandi (18-a. oxiri — 19-a. boşlari). Yozuvçi Y. Bayza, Yu. Fandli, filolog A. Bernolak bu davrning tanikli vakillaridir. B. Tablits va Ya. Golliy şe'riyatida, Ya. Xalulka dramaturgiyasida, P. Y. Şafarik va Ya. Kollar adabiyilmiy faoliyatida slavyanlar birligi ifodalangan. 19-a. 40—70y.larida milliy ozodlik harakatining ğoyaviy rahbari L. Ştur boşliq inqilobiy romantiklarning ijodida vatanparvarlik ğoyalari folklor an'analari usulida tarğib qilindi. Y. Zaborskiy nasri va dramaturgiyasida, P. Gvezdoslav, S. Vayanskiy, M. Kukuçin nazmi va nasrida realizm uslubi qiyomiga yetkazildi. 20-a. boşlarida slovak moderni deb atalgan adabiy guruh (I. Krasko, V. Roy, I. Gall) şakllanib, realizm, modernizm, simvolizm ijodiy prinsiplarini umumlaştirdi. F. Kral, L. Ondreyov, Ya. Yesenskiy nasri, Ya. Poniçan nazmi tanqidiy realizmning yuksak namunalaridir. 2-jahon uruşidan keyin xalqning faşizmga qarşi kuraşi tarixi va yangi hayot qurilişi muammolari adabiyotning yetakçi mavzui böldi. F. Geçko, R. Yaşik, A. Bednar, K. Lazareva, V. Minaç romanlari, A. Plavka, P. Gorov, V. Migalik, Ya. Kostra şe'rlari 20-a.ning 2-yarmidagi eng maşhur asarlardir.
Me'morligi va tasviriy san'ati. S. hududida Qad. Rim imoratlarining krldiklari saqlanib qolgan. Diniy inşootlar va roman uslubidagi qasrlar (Nitradagi 1200 y.ga oid avliyo Emeram bazilikasi, 12-a.ga oid Skalitsadagi 2 yarusli kapellarotonda, 1228 y.ga oid Dyakovsa, 12-a.ga oid Drajovsa çerkovlari, 12-a.ga oid Oravskiy qasri va b.) slovak me'morligining dastlabki obidalaridir. 14— 15-a.larda gotika uslubi urf böldi (Koşitsedagi kafedral sobor, 1382— 1499; Bratislavadagi soborlar, 14—15-a.lar va b.). 16-a.da Uyğoniş davri me'morligi tarkala boşladi (BanskaBistritsadagi ratuşa, 1510; Preşov, Levoç, Bardeyov va b. joylardagi uyjoy binolari). 17—18-a.larda barokko uslubi, ayniqsa, sezilarli iz krldirdi. Bratislavadagi Troitsa çerkovi (1717—35), ilk klassitsizm nişonalari bölgan Boş saroy (1778—81, me'mor M. Gefele), Koşitsedagi ratuşa (1756) şu jumlaga kiradi. 18-a. oxiri va 19-a. boşlarida zamindorlarning hovlijoylari, şahar va qişloqlar qurilişida klassitsizm, 19-a. oxiri va 20-a. boşlarida modern uslubi ustun böldi. Turar joylar va çerkovlar yoğoç, toş va pişik, ğiştdan qurildi. 20-a.ning 2-yarmi qurilişida zamonaviy materiallardan foydalanildi (Bratislavadagi Oliy texnika maktabi binosi, Dunay ustidagi köprik, «Kiyev» mehmonxonasi va b.).
S. hududida ibtidoiy san'at yodgorliklari (paleolit davriga xos ayollar haykalçalari, neolit sopoli, frakiy, skif, kelt, qad. slavyan va b. qabilalardan qolgan buyumlar) saqlangan. 4-a.ga oid qabrlardan jez anjomlar, oltin va kumuş buyumlar topilgan. 14—15-a.lar rang-tasvir asarlari (SpişskaKapituldagi avliyo Martin çerkovi, 1317) diqqatga sazovor. 16-a. boşlarida Uyğoniş davri, 17-a.da barokko san'ati rivojlandi. 19—20-a. larda Y. Çausig, K. Libay, V. Klimkoviç, Y. Ganula, L. Çordak, F. Uprka, M. Benka, O. Dubay kabi rassom va haykaltaroşlar ijod qildilar. Zamonaviy tasviriy san'at ustalari orasida V. Glubuçek, Ya. Kulix, Y. Kuzma, Ya. Yanoşka va b.larni körsatiş mumkin.
Musiqasi. S. xalq musiqa ijodiyoti janrlarga boy. Ular orasida epik, sevgi, diniy va marosim qöşiqlari, balladalari uçraydi. Köşiqlar bir ovozli, 4 va 5 tovuşkatorli diatonikaga asoslangan. Frişka va odzemok raqslari maşhur. Çolğu asboblari — fuyara, çöpon naylari, gayda va b. 9—10-a.larda professional musikaning ilk şakllari (çerkov aytimlari),15-a.dan köp ovozli musiqa paydo böldi. Milliy kompozitorlik maktabining asosçisi Ya.L. Bella «Takdir va ideal» simfonik poemasi (1878), «Temirçi Viland» operasi (1890)ni yaratdi. 20-a. boşlarida turli opera va xor jamoalari tuzildi. 1919 y. taşkil etilgan musika maktabi 1928 y. Musiqa va drama akademiyasiga, 1941 y. konservatoriyaga aylantirildi. Bratislavada slovak kamer orkestri (1960), Oliy nafis san'at maktabi (1949) taşkil topdi. Kompozitorlar E. Suxon, A. Moyzes, dirijyorlar L.Slovak, L. Rayter, pianinoçilar M. Karin, K Gavlikova, P. Toperser, skripkaçilar A. Moji, T. Gaşparek, xonandalar Yu. Martvon, E. Kitnarova, G. Benyaçkova maşhur.
Teatri. 12-a.da yokulyator deb ataladigan xalq akterlari tomoşalar körsatişgan. 15—16-a.larda Brezno, BanskaŞtyavnitsa va b. joylarda maktab dramasi paydo böldi. 17—18-a.larda xalq teatri taşkil topib, unda diniy mavzudagi pyesalar qöyildi. S.da professional teatr san'atining vujudga kelişida havaskorlik tögaraklari muhim rol öynadi. 19-a.ning 1-yarmida havaskorlarning drama tögaralari tuzila boşladi, ular U. Şekspir, F. Şiller, N. Gogol asarlarini sahnalaştirdi. 1890 y. Martinda qurilgan Milliy uy sahnasida mahalliy mualliflardan Ya. Xalupka, Ya. Palarik, P. Gvezdoslav, Y. Tayovskiy pyesalari qöyildi. 1920 y. Bratislavada birinçi slovak professional teatri barpo etildi. 20-a.ning 2-yarmida Bratislava, Jilin, Koşitse, BanskaBistritsa, Preşovda yangi teatrlar işlay boşladi. Y. Budskiy, I. Lixard, T. Rakovskiy kabi rej.lar, M. Kraloviçova, K. Maxata, Yu. Pantik, M. Gregor kabi aktyorlar maşhur. Teatr kadrlari Bratislavadagi Oliy teatr maktabida tayyorlanadi.
Özbekiston — S. munosabatlari. Özbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1997 y. yanv.da S.ga qilgan taşrifi çoğida imzolangan ikki tomonlama hujjatlar ÖzR bilan S.ning özaro hamkorligi uçun huquqiy asos yaratdi. Bu hujjatlar orasida özaro munosabat va hamkorlik asoslari töğrisidagi şartnoma, sarmoyalarni özaro qimoyalaş va rağbatlantiriş hamda savdoiqtisodiy va ilmiytexnikaviy hamkorlik haqidagi bitim alohida örin oladi. Keyingi yillarda Özbekiston — S. munosabatlari hukumatlar, parlamentlar, ekspertlar, tadbirkorlar darajasida rivojlanib keldi. Özbekiston — S. hukumatlararo qöşma komissiyasi işlay boşladi. Ana şularning natijasi ölaroq ikki tomonlama tovar aylanmasi 2002 y. 8,2 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi. 2003 y. martda S. Prezidenti R. Şusterning Özbekistonga taşrifi natijasida imzolangan ikki tomonlama soliq soliş va mulkdan keladigan daromaddan soliqtölaşdan boş tortişning oldini oliş töğrisidagi bitim, Özbekiston Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan S. «Eksibank»i örtasida hamkorlik töğrisidagi memorandum ikki mamlakatning özaro munosabatlari ni yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.