Tabiati. Ya.Z. Kuk böğozi orqali ajralib turgan Şim. va Janubiy orollarda joylaşgan. Ya.Z.ga Tinç okeandagi bir qança mayda orollar ham kiradi. Mamlakatning 3/4 qismi toğ, qir va tepaliklar bilan band. Sohili va daryo vodiylari pasttekislik. Şim. orolda tez-tez zilzila bölib turadi, sönmagan vulkanlar, geyzerlar, qaynoq mineral buloqlar bor. Janubiy orolda Janubiy Alp toğlari joylaşgan (eng baland joyi 3764 m — Kuk toği; çöqqilarda abadiy qor va muzliklar bor). Şim. orol qirğoği yaqinidagi şelfda neft, gaz, temir, mis, polimetall rudalari, oltin, kömir konlari bor. Iqlimi subtropik dengiz iqlimi, çekka jan. da mö'tadil iqlim. Iyulning örtaça t-rasi şim.da 12°, jan.da 5°, yanv.niki şim.da 19°, jan. da 14°. Örtaça yillik yoğin 400—700 mm, toğ yon bağirlarida 2000—5000 mm. Daryolari sersuv, ğidroenergiya zaxirasiga boy. Eng yirik daryosi — Uaikato (uz. 354 km). Köl köp: eng yirigi — Taupo (mayd. 612 km2). Ya.Z.da sariq, qoramtir va kaştan tuproq, toğlarda toğörmon, toğötloqi tuproqlar tarqalgan. Örmon, asosan, baland toğlarda saqlanib qolgan (mamlakat hududining 23%). Ösimlik turlarining 75% dan ziyodi endemik. Paporotnik, daraxtsimon epifit va lianalar, mahalliy daraxt turlari (kauri, namaki, rimu, tarairo va boşqalar) köp. Hayvonot dunyosi kambağal. Sut emizuvçilardan kalamuş, it, körşapalaklar, sudralib yuruvçilardan tuatara, quşlardan pingvin, nayburun, çağalay va boşqalar köp. Uçmaydigan quşlardan kivi, ueka, moa va uçadigan moyqut, çittak, çuğurçiq bor. Sönggi 100 yil davomida hayvonot dunyosi buğu, serna, tulki, quyon va boşqalar hisobiga ança boyidi. Ya.Z.da 10 milliy boğ (MauntKuk, Tongariro, Fordlend va boşqalar), 2 dengiz parki, köplab rezervatlar bor.
Aholisining asosiy qismi yangi zelandiyaliklar; ular yangi zelandiyalik inglizlar va maorilar (15%) ga bölinadi. Bundan taşqari, polineziyaliklar, ingliz, şotland, irland, xitoy, hind va boşqalar xalklar ham yaşaydi. Rasmiy tillar — ingliz va maori tillari. Dindorlarning aksariyati — protestantlar. Şahar aholisi 85%. Yirik şaharlari: Vellington, Oklend, Kraystçerç.
Tarixi. Ya.Z.ga 10—14-asrlarda maorilar kelib joylaşgan. Yevropaliklardan birinçi marta 1642 yil gollandiyalik dengizçi A.Tasman borgan. 1769— 70 yillarda ingliz dengizçi sayyohi J.Kuk orollarni tadqiq qilgan. 19-asr ning boşlarida yevropaliklarning dastlabki aholi punktlari paydo böldi. Ayni vaqtda maorilarga tegişli yerlarni bosib oliş jarayoni boşlandi. 1840 yil dastlabki ingliz muhojirlari Vellington şahrini barpo etdilar. 1840 yildan Angliya Ya.Z. ni öz mustamlakasiga aylantirdi. 1843 yil maorilarning ingliz mustamlakaçilariga qarşi qurolli qözğoloni boşlandi. 1872 yilga kelib maorilarning qarşiligi töla bostirildi. 1907 yil Ya.Z. dominion maqomini oldi. 1-jahon uruşi (1914—18)da Ya.Z. Buyuk Britaniya tomonida böldi. Uruşdan söng Ya.Z. Germaniyaning sobiq mustamlakalari bölgan Ğarbiy Samoa va Nauruni Buyuk Britaniya va Avstraliya bilan birgalikda boşqariş uçun mandat oldi. 1926 yilgi imperiya konferensiyasi va 1931 yilgi Vestminster statuti bilan tasdiqlangan qarorlar asosida Ya.Z. taşqi va içki işlarda töla mustaqillikka ega böldi. Ammo 2-jahon uruşi (1939—45) gaça Buyuk Britaniya Ya.Z.ning barça taşqi aloqalarini nazorat qilib turdi. 2-jahon uruşida Ya.Z. antifaşistik koalitsiya tomonida böldi. 1930-y.lardan hokimiyatni navbatmanavbat Milliy partiya va Leyboristlar partiyasi egallab kelmoqda. Ya.Z. 1945 yildan BMTa'zosi. 1992 yil 19 martda ÖzR suverenitetini tan olgan va diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayrami — 6 fev. — Vaytanga kuni (1840).
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyuşmalari. Umumiy kelajak partiyasi, 2002 yil tuzilgan; Leyboristlar partiyasi, 1916 yil asos solingan; Ya.Z. milliy partiyasi, 1936 yil taşkil etilgan; Ya.Z. demokratik partiyasi, 1954 yil tuzilgan; Sotsialistik birlik partiyasi, 1993 yil taşkil etilgan; Taraqqiyparvar koalitsiya, 2002 yil tuzilgan. Ya.Z. kasaba uyuşmalari kengaşi, 1987 yil asos solingan.
Xöjaligi. Ya.Z. — qişloq xöjaligi yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda q.x. 9%, sanoat 25%, xizmat körsatiş tarmoği 66% ni taşkil etadi.
Qişloq xöjaligi ning asosi — sut, göşt va göştjun çorvaçiligi. 47,5 mln. qöy, 9 mln. qoramol boqiladi. Ya.Z. sariyoğ, göşt, jun va pişloq eksport qiliş böyiça dunyoda oldingi örinlarda turadi. Yemxaşak ekinlari, buğdoy, arpa, suli, dukkakli don ekinlari, sabzavot ekinlari ekiladi. Meva, jumladan, kivi yetiştiriladi. Boğdorçilik (sitrus mevalar, olma, nok, şaftoli, gilos). tokçilik rivojlangan. Baliq va kit ovlanadi. Örmonda yoğoç tayyorlanadi.
Sanoatida oziq-ovqat va yengil sanoat rivojlangan. Qora va rangli metallurgiya, maşinasozlik, yoğoçsozlik va sellyulozaqoğoz, kimyo, töqimaçilik sanoati korxonalari mavjud. Alyuminiy, plastmassa, öğit, sement, çinni zdlari bor. Kon sanoatida tabiiy gaz, temir rudasi, mis, qörğoşin, rux, oltin, kumuş, qönğir va toşkömir, titanmagnetit qumi qazib olinadi. Yiliga örtaça 32,4 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi.
Transportida dengiz transportining ahamiyati katta. Yirik portlari: Vellington, Oklend, Littelton. T.y.lar uzunligi 3,9 ming km, avtomobil yöllari uz. 92 ming km. Vellingtonda xalqaro aeroport bor. Taşqi savdoda Yaponiya, AQŞ, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Xitoy bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Yangi Zelandiya dollari.
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. Vraçlar untlarning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi. Ta'lim 6 yoşdan 15 yoşgaça bölgan bolalar uçun majburiy va bepul. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Öqiş muddati boşlanğiç maktablarda 6 yil, oraliq maktablarda 2 yil, 8 yillik maktab (boşlanğiç va oraliq)dan keyingi bosqiç örta maktab (öqiş muddati 3 yil). Kollej va oliy öquv yurtlarida öqiş pulli. Mamlakatda 7 un-t va texnika intlari bor. Untlar Oklend, Kraystçerç, PalmerstonNort, Danidin, Vellington, Gamiltonda joylaşgan. I.t.lar mamlakatning oliy ilmiy muassasasi — Ya.Z. qirollik jamiyati (1867 yil taşkil etilgan, turli şaharlarda 50 ga yaqin bölim va filiallari bor), ilmiy va industrial tadqiqotlar departamenti (1926), pedagogik tadqiqotlar kengaşi (1933), Yangi Zelandiya nafis san'at akademiyasi, Karterov rasadxonasi, hammasi — Velington şahrida, Danidin şahridagi tibbiy tadqiqotlar kengaşi (1950), Vellingtondagi iqtisodiy tadqiqotlar instituti (1958), Kraystçerçdagi geofizika va astronomiya rasadxonasida olib boriladi. Vellingtonda Milliy kutubxona (1966), Oklend (1880), Kraystçerç (1859), Vellington (1893) şahrilarida kutubxonalar, Milliy muzey kutubxonasi bor. Muzeylari: Vellingtondagi milliy muzey (1865), Milliy badiiy galereya (1936), Danidin, Kraystçerç, Oklend şahrilaridagi muzeylar, Oklenddagi badiiy galereya, Transport va texnika muzeyi va boşqalar
Matbuoti, radioeşittirişi va teleqörsatuvi. Ya.Z.da bir qança gaz. va jur. naşr etiladi. Yiriklari: «Dominion» (kundalik gaz., 1907 yildan), «Ivning post» («Keçki poçta», keçki kundalik gaz., 1865 yildan), «Nyu Zilend gerald» («Yangi Zelandiya xabarçisi», kundalik gaz., 1863 yildan), «Nyu trus» («Yangi haqiqat», haftalik gaz., 1904 yildan), «Otago deyli tayms» («Otago provinsiyasi kundalik vaqti», kundalik gaz., 1861 yildan), «Press» («Matbuot», kundalik gaz., 1861 yildan), «Souşelist politiks» (jur.). Nyu Zilend Press Assoşieyşn, Yangi Zelandiya kundalik gaz. larning kooperativ birlaşmasi, 1879 yil asos solingan. «Radio Nyu Zilend» radiosi 1936 yil, «Televiji Nyu Zilend» televideniyesi 1960 yil taşkil etilgan.
Adabiyoti 19-asr örtalaridan ingliz tilida rivojlanmoqda. 19-asr örtalarida va undan keyingivaqtlardagi yozuvlarda maorilarning boy folklori (afsona, rivoyat, qöşiq, maqol) saqlangan. Dastlabki yangi zeland adabiyoti asarlari ingliz adabiyoti an'analari asosida barpo etildi. 19-asrning 50— 80-y.laridagi şoirlar A.Domett va T.Brekken asarlari romantik yönalişda yaratiddi, U.Golder va J.Barr şe'riyatida erksevarlik ruhi namoyon böldi. M.E.Barker, J.Uayt, J.G.Uilson kabi adiblar öz asarlarida mustamlakaçilik davrini aks ettirdilar. 19-asrning 90-y. lari oxiri — 20-asr boşlarida adabiyotda milliylikning öziga xos belgilari paydo böldi. Bunda Ya.Z. hayotidagi ijtimoiy va irqiy masalalar öz aksini topdi. 19-asrning 90-y.laridan U.Pember, J.Makkey va boşqalarning ijtimoiy adolatsizlikka qarşi qaratilgan şe'rlari, J.Veston, G.V.Vogel, J.Şamyer, U.Satçell romanlari, A.A.Greys, U.Bok va boşqalarning hikoyalari, 20-asr boşlarida K.Mensfildning ruhiy novellasi yaratildi. 20-asrning 30—40-y.larida adabiyot jahon iqtisodiy böhronini, mehnatkaşlarning öz huquqlari uçun kuraşini aks ettirdi. J.A.Li, R.Xayd, F.Sarjeson romanlari, R.A.K.Meyson, D.Glover, A.Kernou şe'rlari şu mavzuga bağişlandi. 50-y.lardan şe'riyatda axloqiyfalsafiy muammolar yetakçi öringa çiqdi (J.Bakster, A.Kempbell va boşqalar). 1940—60-y.larda D.Ballantayn, L.Devin, N.Xilliard va boşqalarning realistik romanlari paydo böldi. Bu davrda M.Şedbolt, B.Mitkaf va boşqalar novella janrida ijod qildilar. Ayrim yozuvçilar ijodida (J.Freym romanlarida) modernizm ta'siri yaqqol namoyon böldi. 1970-y.larda adabiyotga maori yozuvçilari — V.Iximaer va X.Tuvare kirib keldilar. Ya.Z.da K.Mensfild romanlari, A.P.Gaskell, M.Daggan, X.Şouning psixologik novellalari maşhur.
Me'morligi va tasviriy san'ati. Ingliz mustamlakaçilari kelgunga qadar maorilar töğri burçakli, ikki nişabli tomi ötlar bilan yopiladigan yoğoç uylardan iborat qişloqlarda yaşagan. 19-asrning 2-yarmidan aniq reja bilan (Kraystçerç, Oklend) yoki tabiat manzarasi bilan uyğunlaştirib qurilgan (Vellington) şaharlar qad kötara boşladi. Ma'muriy bino va ibodatxonalar avval neoklassitsizm va neogotika uslubida, 20-asrning 20—30-y.lari zamonaviy şakllarda qurildi. 1960—70 yillardan yangi quriliş materiallari va konstruksiyalar qöllanila boşladi. Bir qavatli uylar inglizlarnikiga öxşatib qurilsa ham, öziga xos mahalliy xususiyatlarga ega.
Maorilar san'atining qadimiy yodgorliklari — toş va suyak öymakorligi, naqqoşlik va devoriy yezuvlardir. 19- asr oxiri — 20-asr boşlarida mahalliy rassomlik maktabi şakllandi (rassomlar G.Lindauer, Ç.F.Goldi, P. van der Velden, J.Neyrn, A.F. Nikoll, L.Mitçell, haykaltaroş R.O.Gross, fafik E.Mervin Teylor va boşqalar). Rassomlar maorilar turmuşi va mamlakat tabiatini tasvirladilar. Monumental rassomlik, haykaltaroşlik, şahar va industrial manzara rivojlanmoqda.
Musiqasi. Maori xalqlarida marosim qöşiq va raqslari rasm bölgan; epik, lirik, mehnat qöşiqlari har doim nafosat bilan ijro etilgan. Musiqa asboblari: truba (pu; çiğanoq, yoğoç, qovoqdan yasaladi), fleyta turlari (porutu, uio, koauau), şaqildoq, huştak, gong, kastanyet (tokere). Qöşiqraqs san'atida tabiatdagi tovuşlarga taqlid qiliş keng tarqalgan. 19-asr boşlarida Yevropadan köçib kelgan (asosan, ingliz)lar san'ati rivojlandi. 19-asrda mahalliy va Ğarbiy Yevropa musiqa an'analari negizida professional musiqa paydo böldi. 19-asr oxirida dastlabki simfonik orkestrlar tuzildi. 20-asrda mahalliy san'atga qiziqiş ortdi (A.Ngata boşçiligidagi yoş maorilar deb nomlangan harakat). Bir qança folklor ansambllari, jumladan, Vellingtonda «Ngati Poneke» (maori musiqaçilari V.Guata, T.R.Karepa) ansambli taşkil etildi. 20-asr mamlakatdagi professional jamoalar orasida Ya.Z. radiosi simfonik orkestri (1947), Yoşlar orkestri (1959), Milliy opera (1954) va Milliy balet (1955) truppalari, kompozitorlardan G.Xill, D.Lilbyorn, D.Farkuaer, K.Smol, E.Lokvud maşhur.
Teatri. 1930-y.larda opera va drama havaskorlari truppalari, 1950 yillarning boşida köçma professional truppalar («Nyu Zilend pleyers», «Sautern komedi pleyers», «Daunsteyj», «Komyuniti arts servis tietr») paydo böldi. 1960 yil professional yangi zeland baleti vujudga keldi. Oklend şahrida yarim professional «Sentral tietr», Danidinda xususiy «Glob tietr» teatrlari işlaydi. Rej. lar S.Birn, R.Barker, K.Ketkart, aktyorlar R.Stoun, D.Fermeyd, dramaturglar J.Bakster, J.Koppard, A.Kernou maşhur.
Kinosi. 1898 yil dastlabki qisqa metrajli hujjatli film suratga olingan. 1912 yil Vellingtonda «Neeşenal film yunit» davlat kinostudiyasi taşkil etildi. 1-jahon uruşi yillari (1914—18) harbiy xronika, 20-asrlarda, asosan, qisqa metrajli filmlar yaratildi. Badiiy kinematografiyaning asosçisi rej. R.Xeyuorddir [«Döstlik yöllari böylab» (1936), «Maorilarni seviş» (1972) filmlari]. 1936 yil ingliz kinorej. J.Grirson yordami bilan bir qança hujjatli filmlar yaratildi. Badiiy filmlardan «Bardoş bera olmagan tösiq» (rej.lar R.Mayrams va J.O'şi), «Testlar uçun suratçalar» (rej. D.Stivens), «Farzandlar qaytmoqda» (1980, rej. P.Monder) kabi filmlar diqqatga sazovor
Özbekiston — Ya.Z. munosabatlari. Ikki davlat örtasida diplomatiya munosabatlari 1992 yil 19 martda örnatilgan bölişiga qaramay, Ya.Z.ning geografik jihatdan uzoqda joylaşganligi mamlakatlar örtasidagi savdoiqtisodiy munosabatlarga öz ta'sirini körsatmoqda. 2004 yil yanv. — noyab.da ÖzR bilan bölgan tovar aylanmasi 210,2 ming AQŞ dollarini, undan eksport 20,3 ming, import 189,9 ming AQŞ dollarini taşkil etdi. Özbekistonda «Şyek .1ye\uye11yegu» Özbekiston — Ya.Z. qöşma korxonasi bor. Ya.Z. hukumati öz mamlakatidagi oliy öquv yurtlari magistraturasida ta'lim oliş uçun özbekistonlik 4 talabaga moliyaviy yordam körsatdi. Şuningdek, kam ta'minlangan oila ayollari ta'limi uçun Samarqand tadbirkor ayollar assotsiaiiyasiga 5 ming AQŞ dollari miqdorida grant ajratdi.