Relyefi va geologik tuzili ş i . J. A.ning şarqida örtaça balandlikdagi yassitoğliklar, baland tekisliklar, payet tekisliklar, ğarbida materikni ğarb va şimol tomondan örab turgan And toğlari (örtaça bal. 5000—6000 m, eng baland joyi — 6960 m, Akonkagua toği) joylaşgan. And toğlari şarqida Jan. Amerika platformasining Gviana yassitoğligi (Neblin toği, 3014 m) va Braziliya yassitoğligi (Bandeyra toği, 2200 m) bor. And toğlari va yassitoğliklar oralarida uçlamçi va törtlamçi davr yotqiziqlari b-n tölgan Orinoko, Amazonka, La-Plata payettekisliklari va Içki tekisliklar (Pampa, Gran-Çako, Ikki daryo oraliği va b.) joylaşgan. Materikning çekka jan.-şarqida mezo-kaynozoy çökindi jinslari va muz keltirgan yotqiziklar b-n qoplangan qad. Patagoniya platformasi bor.
J. A. materigi 2 asosiy strukturali bölak — markaziy qismidagi Jan. Amerika platformasi va materikni şim., ğarb va jan.dan örab turgan And burmali toğ mintaqasidan iborat.
Jan. Amerika platformasi arxey, proterozoy eralarida va qisman kembriy davrida birlaşgan turli yoşdagi bloklardan tuzilgan. Fundamentining eng yirik kötarilmalari — Gviana, Ğarbiy Braziliya va Şarqiy Braziliya qalqonlaridir. Gviana va Ğarbiy Braziliya qalqonlari arxey va quyi proterozoyning çuqur metamorfiklaşib özgargan (deformatsiyalaşgan) qatlamlaridan, şuningdek, örta va yuqori proterozoy granitlaridan taşkil topgan. Şarqiy Braziliya qalqoni kembriygaça davrda xreil bölgan alohida bloklardan iborat bölib, yuqori proterozoyning geosinklinal burmali sistemasi b-n örab olingan. Keng Amazonka botiği proterozoy oxiri — paleozoy boşlarida vujudga kelib, Gviana va Ğarbiy Braziliya qalqonlarini ajratib turuvçi katta siniq zona böylab joylaşgan. Meridian böylab çözilgan boşqa botiq Şarqiy Braziliya qalqonini Ğarbiy Braziliya qalqonidan ajratib turadi;
uning örta qismi — San-Fransisku botiği, asosan, proterozoy oxirida şakllangan. Şim. va jan. botiqlar — Maranyan (Paranaiba) va Parana sineklizalari örta va yuqori paleozoy va mezozoyda vujudga kelgan. Jan. Amerika platformasining jan. qismida quyi paleozoy fundamentini öz içiga olgan Patagoniya platformasi ança yoş. Unda ikkita kötarilma — Şim. Patagoniya va Jan. Patagoniya, ikkita bukilma: Neuken-San-Matias va Çubut-San-Xorxe mavjud.
J. A.ning ğarbidagi 9000 km ga çözilgan And toğlari özining geologik tarixi va tuzilişi b-n farq qiluvçi bir neça sistemadan iborat. Ular alp burmalanişi (mezo-kaynozoy) davrida şakllangan, şu b-n birga, toğ asosi mezo-kaynozoydan oldin vujudga kelgan şarqiy toğ tizmalarini ham öz içiga oladi. Ğarbiy tizmalar mezozoypaleogen yotqiziqlari va qalin vulqon jinslaridan hosil bölgan. Bu joylarda tez-tez halokatli zilzilalar bölib turadi [maye, Çili (1960) va Peru (1970) zilzilalari]. And toğlarining köpgina çöqqilari harakatdagi va söngan vul qonlardir (Misti, Çimboraso, Kotopaxi, Sakama va b.). Köpgina tizmalarda doimiy qor va muzliklar (mayd. 25 ming km2 çamasida) uçraydi. And toğlarining markaziy qismidagi tizmalari orasida, 3500— 4600 m balandlikda çöl iqlimli plato — punalar bor.
Foydali qazilmalari. Gviana va Braziliya yassitoğlarida temir, marganets, boksit, nodir metallarning yirik konlari, And toğlarining etaklari va toğ oraliklaridagi botiklarda neft, yuqoriroğida mis, polimetallar, qörğoşin, molibden, volfram, platina konlari bor. Selitra, yod va bromning yirik konlari topilgan.
Iqlimi . J. A.ni ekvator kesib ötgan, uning katta qismi ekvatorga yaqin. Materikda 6 iqlim mintaqasi (ekvatorial, şim. subekvatorial, jan. subekvatorial, tropik, subtropik va mö'tadil mintaqalar) mavjud. Amazoniya va Kolumbiyaning ğarbida doim sernam va issiq, Ekvatorial And toğlarining Ekvador va Kolumbiya jan. dagi qismida toğekvatorial iqlim. Materikning çekka şim. va markazi, Içki tekisliklar şim. va Ekvador ğarbi yoz sernam, qiş quruq böladigan subekvatorial issiq mintaqada. Tropik issiq mintaqadagi Braziliya yassitoğligining şarqida yil böyi sernam. Gran-Çakoda örtaça kontinental, Markaziy And toğlari va 5°— 28° j. k.
Riode-Janeyro şahridagi Pandi Asukar toği orasidagi sohilda çöl iqlimi. Subtropik mintaqaning şarqi (Urugvay, Ikki daryo oraliği va Pampaning şarqi)da iqlim doim sernam, yoz issiq, qiş iliq, markazi (Pampaning ğarbi, Kordilyera toğlari etagi) da kontinental, yozda tez-tez jala yoğib turadi, ğarbi (Çilining örta qismi) da Örta dengizga xos, yoz quruq, qiş seryoğin. Mö'tadil mintaqaning ğarbi (Patagoniya, And toğlari)da yil böyi sernam, salqin; şarqi (Patagoniya)da mö'tadil kontinental iqlim. Eng köp yoğin And toğlarining Kolumbiya ğarbi va Çili jan.dagi şamolga röpara yon bağirlariga yoğadi (yiliga 5000 mm gaça). Amazoniya ğarbi, Gviana va Braziliya yassitoğlarining şarqiy yon bağri va Parana platosida yiliga 2000— 3000 mm, materik şarqining 35° j. k.gaça bölgan qismida 1000—2000 mm, Patagoniya va Kordilyera etaklarida 150—250 mm yoğin yoğadi. Tinç okean sohilining 22—27° j. k.lar orasida Atakama çöli bor. Subtropik va örta kengliklar hamda toğ tropik iqlimli ölkalarda harorat mavsumga qarab özgarib turadi. Materikning jan. tropikkaça bölgan hamma şim. tekislik qismida örtaça oylik t-ra 20—28°. Eng yuqori t-ra Gran-Çakoda kuzatilgan (47°). Qişda (iyul) örtaça oylik t-ra Braziliya yassitoğligida 12—16°, Pam-pada 6—10°, Patagoniya platolarida 0° (eng past t-ra —35°).
Içki suvlari. Yirik daryolari — Amazonka (havzasining kattaligi va sersuvligi b-n Yer yuzida 1-örinda), Parana, Orinoko, Urugvay, Magdalena, San-Fransisko va b. Atlantika okeani havzasiga mansub. And toğlari ikki okean örtasidagi asosiy suvayirgiçdir. Daryolar, asosan, yomğirdan, toğlardan boşlanadiganlari esa qor va muzliklardan suv oladi. And toğlarining yil böyi sernam joylaridan oqib tuşuvçi daryolar katta gidroenergiya resurelariga ega. And toğlaridagi daryolar serostona, şarşara (dunyodagi eng baland — Anxel şarşarasi, 1054 m) köp. Içki ölkalarda daryolarning transport ahamiyati katta. Yirik köllari Patagoniya, And toğlari va Çilining örta qismidadir. Markaziy And toğlarida dunyoda eng baland yirik tektonik köl — Titikaka joylaşgan. Materikning şim. va jan.-şarqida lagunaköllar (Lagoa-Mirin, Patus, Marakaybo) bor.
Tuproq va ösimliklari.J. A.ning 40° j. k.gaça bölgan katta qismi neotropik oblasti, jan. qismi Antarktika oblastiga mansub. Materikning şim.da doim yaşil örmonlar, savanna va butalar hamda laterit tuproqlar katta maydonni egallagan. And toğlarida balandlik mintaqalari aniq sezilib turadi. Ekvatorial sernam örmon — gileyalar, asosan, Amazoniya va Kolumbiya ğarbida joylaşgan, ularning tuproği podzollaşgan laterit tuproq. And toğlarining tekisliklarga tutaşgan yon bağirlarida toğ gileyalari, yuqoriroqda daraxtsimon paporotnik va bambuklar, xin va koka daraxtlari, toğ tepasida bötalar ösadi, 3200 m balandlikdan toğ ekvatorial ötloqlari boşlanadi. Ekvatorial örmonlardan jan. va şim .da subekvatorial örmonlar joylaşgan.
Lyanos-Orinoko tekisligining jan., Magdalena payettekisligi, Braziliya yassitoğligining şim.dagi qizil tuproqli yerlarda sernam savannalar, materikning şim. çekkasi va Braziliya yassitoğligining şim.-şarqidagi qiziljigarrang va qizil-qönğir tuproqli yerlarda sukkulent va butazor quruq savannalar bor. Böz jigarrang tuproqli Gran-Çakoda siyrak daraxtli quruq örmonlar köproq. Subtropiklarning tuproq-ösimlik zonalari, xuddi Şim. Amerikadagi kabi, asosan meridional yönalişda. Subtropik örmonli daşt zonasidagi qizğiş-qora tuproqli yerlarda qarağay örmonlari, savannalar, Kordilyera toğlari etagidagi böz tuproqli çala çöl va çöllarda tikanakli böta va kaktuslar ösadi. Patagoniyadagi böz tuproqli çala çöllarda butalar, Jan. And toğlaridagi qönğir tuproqlarda aralaş qalin örmonlar bor. J. A. oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, sanoat xom aşyosi va qimmatbaho yoğoç beradigan ösimliklar (şokolad daraxti, kakao, xin va qizil daraxtlar, geveya, kebraço va b.)ga boy.
Hayvonot dunyosi neotropik oblastga mansub. Bu oblast J. A.da materikning şim. katta qismini öz içiga olgan Gviana-Braziliya kiçik oblasti va jan. tekisliklar hamda And toğlarini (Ekvadorgaça) öz içiga olgan Patagoniya-And kiçik oblastiga bölinadi. Endemik hayvonlar (nandu tuyaquşi va b.) köp. Qalin örmonlarda keng burunli maymunlar, yalqov, çumolixör, daraxt jayrasi (koendu), xaltali kalamuş (opossum), kinkaju ayiği, körşapalaklar va b. yaşaydi. Yerda yaşovçi hayvonlardan qalqondor, tapir, yaguar, qora çöçqa, örmon iti, hoz. zamondagi eng yirik kemiruvçi — suv çöçqasi (kapibara) bor. Daryolarida dare delfini (iniya), timsoh, baliqlarning 2000 taça turi va daraxt baqalari yaşaydi. Quşlar (tötilar, kolibri, kondor va b.) hamda sudralib yuruvçilar (zaharli va böğma ilonlar, kaltakesaklar) köp. Endemik xaşarotlar (ulkan kapalaklar, çumolilar), savannalarda kiyik, nandu tuyaquşi, kemiruvçilar bor. Materikning jan. qismidagi oçiq daşt va çala çöllarda puma, kiyik, pampa muşugi va tulkisi, magellan iti, yoldor böri; kemiruvçilardan vidra, botqoq nutriyasi, mara, tuko-tuko, quşlardan burgut, palamedeya va b. yaşaydi.
Geografik tadqiqotlar tarixi. 11-a. da Abu Rayhon Beruniy Ğarbiy yarim şarda, ya'ni Atlantika okeanining ortida katta quruqlik bölişi kerak deb başorat qilgan. Amerikaning yevropaliklarga rasman kaşf qilinişi Hindistonga, ya'ni Şarqiy va Jan. Osiyoga ğarbdan suv yöli orqali borişni maqsad qilgan X. Kolumb ekspeditsiyasidan boşlandi. 1498 y.da X. Kolumb Trinidad o. va J. A.ning Orinoko daryosi deltasi atrofidagi sohilini, 1499—1501 y.larda A. Nino (A. Oxeda va A. Vespuççi b-n birga) va R. Bastidas boşçiligidagi ispan ekspeditsiyalari materikning butun şim. sohillarini, 1500 y.da ispanlardan V. Ya. Pinson va D. Lepe boşliq ekspeditsiyalar hamda portugal P. Ya. Kabral ekspeditsiyasi şarqiy sohilini kaşf etdi. 1507 y.da lotaringiyalik xaritaşunos M. Valdzemyuller jan. materikni florensiyalik Amerigo Vespuççi şarafiga Amerika deb ataşni taklif qildi. 1541 y.dan keyin bu nom Şim. Amerika uçun ham rayem böldi.
1516 y.da ispan dengizçisi X. D. Solis Urugvay va Parana daryolarining quyi oqimidagi yerlarni örgandi. 1520 y.da F. Magellan boşliq ispan ekspeditsiyasi yana ham janubroqqa suzib bordi va Patagoniya (hoz. Magellan) böğozi orqali ötib Tinç okeanga çiqdi. Böğozning jan. sohilini Magellan Olovli Yer deb atadi. J. A.ning Tinç okean sohillarini ham 1522—58 y.larda ispan dengiz ekspeditsiyalari örgandi. 1578 y.da ingliz F. Dreyk Olovli Yerning arxipelag ekanligini aniqladi. 1592 y.da ingliz D. Deyvis Atlantika okeanining 52° j. k.da «Deva Yeri» ni tadqiq qildi. D. Strong «Yangi yer» ni örganib, uni Folklend o.lari deb atadi (1690). J. A. sohillarini mustamlakaga aylantiriş va içki qismlarini bosib oliş indeyslarni köplab öldiriş va plantatsiyalarda qul qilib işlatiş b-n birga davom etdi. Mustamlakaçilar boylik qidiriş maqsadida materikni turli yönalişlarda kesib ötdilar.
J. A.ning Şim.-ğarbiy va Ekvatorial And toğlarini hamda Orinoko daryosi havzasini olimlardan A. Gumboldt va fransuz E. Bonplan kompleks örgandilar (1799—1802). Materik asosan 19-a. 1-yarmidan har tomonlama tadqiq qilina boşlandi. J. A.da rus sayyoxlaridan A. S. Ionin (1889—92), N. M. Albov (1895—96), G. G. Manizer (1914—15) va N. I. Vavilov (1932—33) bölgan.
Aholisi. Amerika yevropaliklarga ma'lum bölgunga qadar J. A. aholisi indeys qabilalari va xalqlaridan iborat edi. Ular bundan 17—20 ming yil ilgari Osiyodan Bering böğozi, Şim. Amerika orqali kirib borgan deb hisoblanadi. J. A.ga yevropaliklar kelgaç, mahalliy aholining köpçiligi yuqumli kasalliklar, şafqatsiz ekspluatatsiya va b. sabablar tufayli qirilib ketgan. J. A.ning hoz. axolisi Yevropadan köçib borganlarning avlodlari va metislardan (Afrikadan keltirilgan qullar b-n mahalliy indeyslarning aralaşuvidan) taşkil topgan.
Antropologik jihatdan J. A. aholisi har xil: unda yevropoid, mongoloid, ekvatorial (negravstraloid) irklar aralaşib ketgan. Kreol, metis, mulat va sambo aholi guruhlari paydo bölgan.
J. A. aholisining köpçiligi, asosan, portugal va ispan tillarida gaplaşadi. Pekin yirik mahalliy xalq (keçua, aymara va atsteklar) öz ona tillarini saqlab kelmoqda. Afrikadan keltirilgan negr avlodlari öz ona tilini saqlamagan.
J. A. aholisini etnik xususiyatlari va tarqalişiga köra şartli ravişda uçga buliş mumkin: 1. Boliviya, Peru, Paragvay va Çilida, asosan, metis, indeys, yevropaliklar avlodi yaşaydi. 2. Urugvay va Argentina aholisining köpçiligini yevropaliklar taşkil etadi. 3. Indeys, metis, yevropaliklar avlodidan taşqari soni va etnogenezi jihatdan köpçilikni taşkil qilgan negrlar Braziliya, Kolumbiya, Venesuela va Ekvadorda yaşaydi. J. A. aholisining köpçiligi, asosan, xristian diniga e'tiqod qiladi. Negrlar va mulatlar örtasida katolitsizm b-n birga afrikaliklarning an'anaviy dinlari va odatlari saqlanib kelmoqda. Toğlik joylarda yaşovçi indeyslarning ayrim qabilalarigina ibtidoiy diniga e'tiqod qiladi.
Siyosiy bölinişi. J. A.ning hoz. siyosiy xaritasi, asosan, köpgina davlatlarning mustaqillik uçun olib borgan kuraşi va 2-jahon uruşidan keyingi siyosiy va ijtimoiy özgarişlar natijasida vujudga keldi.