Seleksiya
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 281–284-b. — ziyouz.com
Seleksiya (lot. selectio — tanlaş, saralaş) — yuqori mahsuldor ösimliklar navlari va duragaylarini, hayvonlar zotlarini va mikroorganizmlar ştammlarini yaratiş nazariyasi va amaliyoti. S.ning ilmiynazariy bazasi genetika hisoblanadi. Ösimliklar S.si botanika, sitologiya, embriologiya, gistologiya, fiziologiya, fitopatologiya, entomologiya, ekologiya, biokimyo, ösimlikşunoslik va q. x. maxsulotlarini qayta işlaş texnologiyasi b-n çambarças boğliq. Ibtidoiy S. körinişlari (beixtiyor tanlaş) dehqonçilik paydo bölgan davrlardan boşlangan. Bunday S. astasekin muayyan maqsadli yönalişlarda olib borilgan.
Xalq seleksiyasi Örta Osiyoda ham rivojlanib, ğöza, ziğir, don, beda, sabzavotpoliz ekinlari, tok va mevali daraxtlarning qimmatli navlari yaratilgan. 3—4-a.larda afrikaosiyo ğözasining qattiq quruq iqlimga moslaşgan ertapişar şakllari çiqarilgan. Yumşoq buğdoyning Qizil buğdoy, Tuyatiş navlari hosildorligi, qurğoqçilik va kasalliklarga çidamliligi hamda donining sifati b-n maşqurdir. Tok (Soyaki, Sohibi, Parkent va b. navlari), örik (Körsodiq, Obinovvot), arpa (Toşkallak), şoli (Arpa şoli, Xöjaahmad, Qozoqi), jöxori (Xöraki, Kattaboş), qovun (Jöjaburun), tarvuz (Qözivoy), sabzi (Mirzoi, Muşak), piyoz (Oq piyoz) va b.ning sifatli mahsulot beradigan, mevasi uzoq saqlanadigan köpçilik navlari hozir ham ekiladi. Beda seleksiyasi sohasida, ayniqsa, katta yutuqlarga erişilgan. Xorazm va Samarqand bedalari butun dunyoga maşhur bölib, hozir ham juda qimmatli navlar hisoblanadi. Çorvaçilikda uzoq tanlaş yöli b-n qoraköl, hisori qöy zotlari, qorabayir, laqay ot zotlari va b. yaratildi. Keyinçalik köpgina muhim xöjalik xususiyatlarga ega bölgan bu navlar va zotlardan S. işlarida qimmatli boşlanğiç material sifatida foydalanildi.
Ç. Darvin özining «Turlarning kelib çiqişi» (1859) asari b-n S.ning ilmiy asosini yaratdi (q. Evolyutsion ta'limot), hayvonlar va ösimliklar dunyosida yangi şakllarning paydo bölişida tanlaitit ahamiyatini körsatib berdi.
S.ning keyingi rivojlaniş bosqiçlarida irsiyat qonunlarining kaşf etilişi katta ahamiyatga ega böldi. Şuningdek, S.ning rivojlanişida I.V. Miçurinnit işlari ham muhim rol öynadi. Irsiy özgaruvçanlikning gomologik katorlar qonuni hamda madaniy ösimliklarning kelib çiqiş markazlari töğrisidagi ta'limot muallifi N. I. Vavilov S.ning rivojiga katta hissa qöşdi.
Yevropa va Amerikada S. 19-a.da rivojlana boşladi. Fransiyada L. Vilmoren köp marta tanlaş yöli b-n qand lavlagining tanlab olingan şakllari qandliligini 3 hissa oşirişga erişdi. Şved seleksioneri G. NilsonEle özidan çanglanuvçi ösimliklarda yakka tanlaş usulini qöllab, sulining qimmatli navini yaratdi. AQŞdaL. Byorbank duragaylaşni qat'iy tanlaş b-n qöşgan holda mevali ösimliklar va b. ekinlarning eng yaxşi navlarini yaratdi. Rossiyada S. işlari 19-a. oxiridan rivojlana boşladi.
Özbekistonda ilmiy S.ning boşlanişi 20-a. boşlariga töğri keladi. Rossiya imperiyasi sanoatining paxta xom aşyosiga bölgan katta ehtiyojlari ta'sirida dastlab ğöza S.si b-n şuğullanadigan muassasalar taşkil etildi. 1898 y.da iş boşlagan Turkiston q.x. tajriba st-yasida (hoz. Şreder nomidagi Boğdorçilik, uzumçilik va vinoçilik i.t. inti) R. R. Şreder q.x. sohasida köp qirrali ilmiy faoliyat b-n birga ğöza, ğalla, şoli S. işlariga asos soldi. 1899 y.da Andijon tajriba dalasi. 1900 y.da Mirzaçöl tajriba dalasi, 1913 y.da Namangan ş. yaqinidagi Paxtalikölda ğöza böyiça maxsus Farğona seleksiya st-yasi taşkil etildi. M.M. Buşuyev, G. S. Zaysev, Ye. L. Navrotskiy kabi olimlar ğöza, ğalla ekinlari, qoramolçilik böyiça S. işlarini faol olib borişdi va ğözaning yangi mahalliy 169 (Dehqon), 182 (Oq jöra), Amerikadan keltirilgan Rusel navidan «Navrotskiy», Triumf navidan «Navrotskiy zafari» navlari, Buşuyev koramol zoti yaratildi.
20-a.ning 20y.laridan boşlab Özbekistonda ösimlikşunoslik, çorvaçilik, yilqiçilik, qorakölçilik, pillaçilik va b. yönalişlarida tajriba va S. st-yalari, i.t. muassasalari taşkil etila boşladi. 1922 y.da Turkiston seleksiya st-yasi (1965 y.dan Butunittifoq ğöza seleksiya va uruğçiligi i.t. inti), 1924 y.da Butunittifoq ösimlikşunoslik in-tining Örta Osiyo tajriba st-yasi, 1925 y.da Milyutin (hoz. Ğallaorol ğalla ekinlari) tajriba st-yasi, 1927 y.da Örta Osiyo ipakçilik inti, 1929 y.da Butunittifoq paxtaçilik in-ti (SoyuzNIXI), 1932 y.da Özbekiston şoliçilik tajriba st-yasi, 1934 y.da Özbekiston sabzavot va kartoşka ekinlari tajriba st-yasi, 1935 y.da Butunittifoq qorakölçilik inti, 1940 y.da Özbekiston çorvaçilik in-ti va ularning respublikaning turli zonalarida joylaşgan keng tarmokli st-yalari iş boşladi.
Çorvaçilikda S. mollarning mahsuldorlik va mahsulotlari sifati, kasalliklarga bardoşi, şaroitlarga moslaşişi, yem-xaşakdan samarali foydalanişi böyiça olib boriladi. Yalpi, yakka, yakkaqarindoşlik, guruhliqarindoşlik belgilari majmui böyiça tanlaş S.ning asosi hisoblanadi (q. Duragaylaş, Naslçilik, Saralaş).
Ösimliklar S.da navning asosiy yaroqlilik belgisi uning hosildorligi va hosili tarkibida közlangan zarur moddalar (mas, buğdoyda oqsil, kartoşkada kraxmal)ning köpligi hisoblanadi. Şuningdek, tanlaşda ösimliklarning noqulay omillarga (qurğoqçilik, sovuqqa çidamlilik, kasalliklar va zararkunandalarga) bardoşlik, mexanizatsiya b-n işlov berişga qulaylik, agrotexnologiyaga moyilligi ham muhim belgilar hisoblanadi.
Ösimliklar S.si boşlanğiç material yaratiş yoki tanlaşdan boşlanadi. Ular tabiiy va duragay populyatsiyalar, ilgari yaratilgan navlar, özidan çanglangan liniyalar, poliploidlar, mutantlar bölişi mumkin. Boşlanğiç materialdan tanlab olingan ösimliklar avlodi dastlabki baholaş, ba'zan qayta tanlaş uçun seleksion köçatzorlarga ekiladi. Ularning eng yaxşilari nav sinaş uçun (dastlabki, stansion, konkurs) tanlab olinadi. Söngra ular yakuniy baholaş va r-nlaştiriş uçun Davlat sinoviga ötkaziladi (q. Davlat nav sinaş tarmoği, Nav). Makkajöxori S.da geterozisi yuqori bölgan liniyalararo va nav liniyalari duragaylari yaratiladi. Qand lavlagining yuqori geterozisli şakllarini yaratiş uçun diploidlar tetraploidlar b-n çatiştiriladi. Sorgo, pomidor, garmdori, piyoz, poliz va boşqa ekinlar. S.sida ham geterozis duragaylari çiqariladi.
Ğöza S.si yalpi tanlaş, yakka tanlaş usullari b-n serhosil va tezpişar navlar yaratiş yönalişida olib boriladi. Bunda navlarning sifat belgilariga (kasallik va zararkunandalarga, qurğoqçilikka, şörga çidamliligi, tola çiqişi, maşinada terişga qulayligi va b.) e'tibor beriladi. Boşlanğiç material sifatida çet el S. navlaridan, tur içida va turlararo madaniy, yovvoyi, yarim yovvoyi nusxalarni va turlarni çatiştiriş yöli b-n olingan populyatsiyalardan, radioaktiv nurlanişlar va kimyoviy mutagenlar ta'sirida çiqarilgan populyatsiyalardan foydalaniladi. Bir qança mamlakatlarda geterozis samaradorligidan yoki turlararo va tur içidagi duragaylar birinçi böğinining yuqori biologikxöjalik mahsuldorligidan foydalaniladi. Ğöza S.sida oddiy yoki juft, poğonali, duragaylar içida, duragaylararo, takroriy (bekkross), murakkab çatiştiriş usullari qöllaniladi.
20-a.da Özbekiston olimlari S.ning nazariy va amaliy masalalarini işlab çiqişga munosib hissa qöşdilar. Ğöza S. sida S. S. Kanaş, A. I. Avtonomov, L. V. Rumşeviç, A. Dadaboyev, S. S. Sodiqov, S. M. Mirahmedov, O. Jalilovvab., mevalar va tok S.sida M. Mirzayev, M. S. Juravel, A. M. Negrul, subtropik ekinlar (limon) S.sida 3. Faxriddinov, sabzavot, poliz ekinlari kartoşka S.sida D. Abdukarimov, A. Obidov, K. Yusupov, Ye. V. Yermolova, A. S. Hakimov va b., krramolçilik S.sida U. Nosirov, parranda (tovuq) S.sida S. Ğ. Azimov, qöyçilik S.sida I.N.Dyaçkov, ipak qurtining yangi zotlari va duragaylarini yaratişda B.L.Astaurov, V.A. Strunnikov, U. Nasrillayev va b.ning xizmatlari katta.
Özbekistonda S. işlari Özbekiston FA Genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi instituti, Özbekiston Qişloq va suv xöjaligi vazirligi huzuridagi ilmiyişlab çiqariş Markazining paxtaçilik; ğöza seleksiyasi va uruğçiligi; örmon xöjaligi; şoliçilik; ösimlikşunoslik; boğdorçilik, uzumçilik va vinoçilik; sabzavot, poliz ekinlari va kartoşkaçilik; suğoriladigan yerlarda don va dukkakli ekinlar; çorvaçilik; krrakölçilik; ipakçilik i.t. intlarida; lub ekinlari tajriba st-yasida; K,oraqalpoğiston dehqonçilik i.t. in-tida; Toşkent agrar un-ti, Andijon, Samarqand qişloq xöjaligi intlari S. kafedralarida olib boriladi. Özbekistonda S. amaliyoti, uni taşkil etiş va S. yutuqlari (ösimliklar navi, hayvonlar zoti)ga doir huquqiy munosabatlar
Özbekiston Respublikasining «Seleksiya yutuqlari töğrisida» qonuni (1996 y. 30 avg.) b-n tartibga solinadi.
Çet el mamlakatlarida S. işlarini davlat seleksiyatajriba muassasalari va xususiy uruğçilik firmalari amalga oşiradi. Meksikada yaratilgan kalta poyali bahori buğdoy navi (Sonora 63, Lerma Roxo va b.) boşqa mamlakatlarda bahori buğdoy S.sida foydalaniladi. Bunday navlarni yaratiş burdoy hosildorligini ança oşiriş imkoniyatini berdi. Makkajöxorining (AQŞ) yuqori hosilli duragaylari, qand lavlagining liniyalararo duragaylari (AQŞ, Şvetsiya), kalta poyali javdarbuğdoy amfidiploidlari (Kanada), serkraxmal kartoşka navlari (Gollandiya, GFR, Polşa), uy parrandalari inbred liniyalari (AQŞ) muhim örinda turadi.
Ad.: Simongulyan N. G., Şafrin A. N., Muhammadxonov S.R., Ğöza genetikasi, seleksiyasi va uruğçiligi, T., 1974; Miraxmedov S, Mirjurayev M ., Kaçestvo volokna i seleksiya sortov xlopçatnika, T., 1986; Yigitaliyev M ., Muhammadxonov S, Dala ekinlari seleksiyasi va uruğçiligi, T., 1981; Abdukarimov D., Safarov T., Ostonaqulov T., Dala ekinlari seleksiyasi, uruğçiligi va genetika asoslari, T., 1989; Seleksiya yutuklariga oid qonunlar va meyoriy hujjatlar töplami, T., 2001; Özbekiston Respublikasi hududida ekiş uçun tavsiya etilgan qişloqxöjaligi ekinlari ta'rifi, T., 2001.
Bahodir Normatov.
Q.: Davlat nav sinaş tarmoği, Duragaylaş, Evolyutsion ta'limot, Nav, Naslçilik, Saralaş
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
СЕЛЕКЦИЯ (лот. selectio — танлаш, саралаш) — юқори маҳсулдор ўсимликлар навлари ва дурагайларини, ҳайвонлар зотларини ва микроорганизмлар штаммларини яратиш назарияси ва амалиёти. С.нинг илмийназарий базаси генетика ҳисобланади. Ўсимликлар С.си ботаника, цитология, эмбриология, гистология, физиология, фитопатология, энтомология, экология, биокимё, ўсимликшунослик ва қ. х. махсулотларини қайта ишлаш технологияси б-н чамбарчас боғлиқ. Ибтидоий С. кўринишлари (беихтиёр танлаш) деҳқончилик пайдо бўлган даврлардан бошланган. Бундай С. астасекин муайян мақсадли йўналишларда олиб борилган.
Халқ селекцияси Ўрта Осиёда ҳам ривожланиб, ғўза, зиғир, дон, беда, сабзавотполиз экинлари, ток ва мевали дарахтларнинг қимматли навлари яратилган. 3—4-а.ларда африкаосиё ғўзасининг қаттиқ қуруқ иқлимга мослашган эртапишар шакллари чиқарилган. Юмшоқ буғдойнинг Қизил буғдой, Туятиш навлари ҳосилдорлиги, қурғоқчилик ва касалликларга чидамлилиги ҳамда донининг сифати б-н машқурдир. Ток (Сояки, Соҳиби, Паркент ва б. навлари), ўрик (Кўрсодиқ, Обиноввот), арпа (Тошкаллак), шоли (Арпа шоли, Хўжааҳмад, Қозоқи), жўхори (Хўраки, Каттабош), қовун (Жўжабурун), тарвуз (Қўзивой), сабзи (Мирзои, Мушак), пиёз (Оқ пиёз) ва б.нинг сифатли маҳсулот берадиган, меваси узоқ сақланадиган кўпчилик навлари ҳозир ҳам экилади. Беда селекцияси соҳасида, айниқса, катта ютуқларга эришилган. Хоразм ва Самарқанд бедалари бутун дунёга машҳур бўлиб, ҳозир ҳам жуда қимматли навлар ҳисобланади. Чорвачиликда узоқ танлаш йўли б-н қоракўл, ҳисори қўй зотлари, қорабайир, лақай от зотлари ва б. яратилди. Кейинчалик кўпгина муҳим хўжалик хусусиятларга эга бўлган бу навлар ва зотлардан С. ишларида қимматли бошланғич материал сифатида фойдаланилди.
Ч. Дарвин ўзининг «Турларнинг келиб чиқиши» (1859) асари б-н С.нинг илмий асосини яратди (қ. Эволюцион таълимот), ҳайвонлар ва ўсимликлар дунёсида янги шаклларнинг пайдо бўлишида танлаитит аҳамиятини кўрсатиб берди.
С.нинг кейинги ривожланиш босқичларида ирсият қонунларининг кашф этилиши катта аҳамиятга эга бўлди. Шунингдек, С.нинг ривожланишида И.В. Мичуриннит ишлари ҳам муҳим роль ўйнади. Ирсий ўзгарувчанликнинг гомологик каторлар қонуни ҳамда маданий ўсимликларнинг келиб чиқиш марказлари тўғрисидаги таълимот муаллифи Н. И. Вавилов С.нинг ривожига катта ҳисса қўшди.
Европа ва Америкада С. 19-а.да ривожлана бошлади. Францияда Л. Вильморен кўп марта танлаш йўли б-н қанд лавлагининг танлаб олинган шакллари қандлилигини 3 ҳисса оширишга эришди. Швед селекционери Г. НильсонЭле ўзидан чангланувчи ўсимликларда якка танлаш усулини қўллаб, сулининг қимматли навини яратди. АҚШдаЛ. Бёрбанк дурагайлашни қатъий танлаш б-н қўшган ҳолда мевали ўсимликлар ва б. экинларнинг энг яхши навларини яратди. Россияда С. ишлари 19-а. охиридан ривожлана бошлади.
Ўзбекистонда илмий С.нинг бошланиши 20-а. бошларига тўғри келади. Россия империяси саноатининг пахта хом ашёсига бўлган катта эҳтиёжлари таъсирида дастлаб ғўза С.си б-н шуғулланадиган муассасалар ташкил этилди. 1898 й.да иш бошлаган Туркистон қ.х. тажриба ст-ясида (ҳоз. Шредер номидаги Боғдорчилик, узумчилик ва виночилик и.т. инти) Р. Р. Шредер қ.х. соҳасида кўп қиррали илмий фаолият б-н бирга ғўза, ғалла, шоли С. ишларига асос солди. 1899 й.да Андижон тажриба даласи. 1900 й.да Мирзачўл тажриба даласи, 1913 й.да Наманган ш. яқинидаги Пахталикўлда ғўза бўйича махсус Фарғона селекция ст-яси ташкил этилди. М.М. Бушуев, Г. С. Зайцев, Е. Л. Навроцкий каби олимлар ғўза, ғалла экинлари, қорамолчилик бўйича С. ишларини фаол олиб боришди ва ғўзанинг янги маҳаллий 169 (Деҳқон), 182 (Оқ жўра), Америкадан келтирилган Русель навидан «Навроцкий», Триумф навидан «Навроцкий зафари» навлари, Бушуев корамол зоти яратилди.
20-а.нинг 20й.ларидан бошлаб Ўзбекистонда ўсимликшунослик, чорвачилик, йилқичилик, қоракўлчилик, пиллачилик ва б. йўналишларида тажриба ва С. ст-ялари, и.т. муассасалари ташкил этила бошлади. 1922 й.да Туркистон селекция ст-яси (1965 й.дан Бутуниттифоқ ғўза селекция ва уруғчилиги и.т. инти), 1924 й.да Бутуниттифоқ ўсимликшунослик ин-тининг Ўрта Осиё тажриба ст-яси, 1925 й.да Милютин (ҳоз. Ғаллаорол ғалла экинлари) тажриба ст-яси, 1927 й.да Ўрта Осиё ипакчилик инти, 1929 й.да Бутуниттифоқ пахтачилик ин-ти (СоюзНИХИ), 1932 й.да Ўзбекистон шоличилик тажриба ст-яси, 1934 й.да Ўзбекистон сабзавот ва картошка экинлари тажриба ст-яси, 1935 й.да Бутуниттифоқ қоракўлчилик инти, 1940 й.да Ўзбекистон чорвачилик ин-ти ва уларнинг республиканинг турли зоналарида жойлашган кенг тармокли ст-ялари иш бошлади.
Чорвачиликда С. молларнинг маҳсулдорлик ва маҳсулотлари сифати, касалликларга бардоши, шароитларга мослашиши, ем-хашакдан самарали фойдаланиши бўйича олиб борилади. Ялпи, якка, яккақариндошлик, гуруҳлиқариндошлик белгилари мажмуи бўйича танлаш С.нинг асоси ҳисобланади (қ. Дурагайлаш, Наслчилик, Саралаш).
Ўсимликлар С.да навнинг асосий яроқлилик белгиси унинг ҳосилдорлиги ва ҳосили таркибида кўзланган зарур моддалар (мас, буғдойда оқсил, картошкада крахмал)нинг кўплиги ҳисобланади. Шунингдек, танлашда ўсимликларнинг ноқулай омилларга (қурғоқчилик, совуққа чидамлилик, касалликлар ва зараркунандаларга) бардошлик, механизация б-н ишлов беришга қулайлик, агротехнологияга мойиллиги ҳам муҳим белгилар ҳисобланади.
Ўсимликлар С.си бошланғич материал яратиш ёки танлашдан бошланади. Улар табиий ва дурагай популяциялар, илгари яратилган навлар, ўзидан чангланган линиялар, полиплоидлар, мутантлар бўлиши мумкин. Бошланғич материалдан танлаб олинган ўсимликлар авлоди дастлабки баҳолаш, баъзан қайта танлаш учун селекцион кўчатзорларга экилади. Уларнинг энг яхшилари нав синаш учун (дастлабки, станцион, конкурс) танлаб олинади. Сўнгра улар якуний баҳолаш ва р-нлаштириш учун Давлат синовига ўтказилади (қ. Давлат нав синаш тармоғи, Нав). Маккажўхори С.да гетерозиси юқори бўлган линиялараро ва нав линиялари дурагайлари яратилади. Қанд лавлагининг юқори гетерозисли шаклларини яратиш учун диплоидлар тетраплоидлар б-н чатиштирилади. Сорго, помидор, гармдори, пиёз, полиз ва бошқа экинлар. С.сида ҳам гетерозис дурагайлари чиқарилади.
Ғўза С.си ялпи танлаш, якка танлаш усуллари б-н серҳосил ва тезпишар навлар яратиш йўналишида олиб борилади. Бунда навларнинг сифат белгиларига (касаллик ва зараркунандаларга, қурғоқчиликка, шўрга чидамлилиги, тола чиқиши, машинада теришга қулайлиги ва б.) эътибор берилади. Бошланғич материал сифатида чет эл С. навларидан, тур ичида ва турлараро маданий, ёввойи, ярим ёввойи нусхаларни ва турларни чатиштириш йўли б-н олинган популяциялардан, радиоактив нурланишлар ва кимёвий мутагенлар таъсирида чиқарилган популяциялардан фойдаланилади. Бир қанча мамлакатларда гетерозис самарадорлигидан ёки турлараро ва тур ичидаги дурагайлар биринчи бўғинининг юқори биологикхўжалик маҳсулдорлигидан фойдаланилади. Ғўза С.сида оддий ёки жуфт, поғонали, дурагайлар ичида, дурагайлараро, такрорий (беккросс), мураккаб чатиштириш усуллари қўлланилади.
20-а.да Ўзбекистон олимлари С.нинг назарий ва амалий масалаларини ишлаб чиқишга муносиб ҳисса қўшдилар. Ғўза С. сида С. С. Канаш, А. И. Автономов, Л. В. Румшевич, А. Дадабоев, С. С. Содиқов, С. М. Мираҳмедов, О. Жалиловваб., мевалар ва ток С.сида М. Мирзаев, М. С. Журавель, А. М. Негруль, субтропик экинлар (лимон) С.сида 3. Фахриддинов, сабзавот, полиз экинлари картошка С.сида Д. Абдукаримов, А. Обидов, К. Юсупов, Е. В. Ермолова, А. С. Ҳакимов ва б., кррамолчилик С.сида У. Носиров, парранда (товуқ) С.сида С. Ғ. Азимов, қўйчилик С.сида И.Н.Дьячков, ипак қуртининг янги зотлари ва дурагайларини яратишда Б.Л.Астауров, В.А. Струнников, У. Насриллаев ва б.нинг хизматлари катта.
Ўзбекистонда С. ишлари Ўзбекистон ФА Генетика ва ўсимликлар экспериментал биологияси институти, Ўзбекистон Қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги ҳузуридаги илмийишлаб чиқариш Марказининг пахтачилик; ғўза селекцияси ва уруғчилиги; ўрмон хўжалиги; шоличилик; ўсимликшунослик; боғдорчилик, узумчилик ва виночилик; сабзавот, полиз экинлари ва картошкачилик; суғориладиган ерларда дон ва дуккакли экинлар; чорвачилик; крракўлчилик; ипакчилик и.т. интларида; луб экинлари тажриба ст-ясида; К,орақалпоғистон деҳқончилик и.т. ин-тида; Тошкент аграр ун-ти, Андижон, Самарқанд қишлоқ хўжалиги интлари С. кафедраларида олиб борилади. Ўзбекистонда С. амалиёти, уни ташкил этиш ва С. ютуқлари (ўсимликлар нави, ҳайвонлар зоти)га доир ҳуқуқий муносабатлар
Ўзбекистон Республикасининг «Селекция ютуқлари тўғрисида» қонуни (1996 й. 30 авг.) б-н тартибга солинади.
Чет эл мамлакатларида С. ишларини давлат селекциятажриба муассасалари ва хусусий уруғчилик фирмалари амалга оширади. Мексикада яратилган калта пояли баҳори буғдой нави (Сонора 63, Лерма Рохо ва б.) бошқа мамлакатларда баҳори буғдой С.сида фойдаланилади. Бундай навларни яратиш бурдой ҳосилдорлигини анча ошириш имкониятини берди. Маккажўхорининг (АҚШ) юқори ҳосилли дурагайлари, қанд лавлагининг линиялараро дурагайлари (АҚШ, Швеция), калта пояли жавдарбуғдой амфидиплоидлари (Канада), серкрахмал картошка навлари (Голландия, ГФР, Польша), уй паррандалари инбред линиялари (АҚШ) муҳим ўринда туради.
Ад.: Симонгулян Н. Г., Шафрин А. Н., Муҳаммадхонов С.Р., Ғўза генетикаси, селекцияси ва уруғчилиги, Т., 1974; Мирахмедов С, Миржураев М ., Качество волокна и селекция сортов хлопчатника, Т., 1986; Йигиталиев М ., Муҳаммадхонов С, Дала экинлари селекцияси ва уруғчилиги, Т., 1981; Абдукаримов Д., Сафаров Т., Остонақулов Т., Дала экинлари селекцияси, уруғчилиги ва генетика асослари, Т., 1989; Селекция ютукларига оид қонунлар ва меъёрий ҳужжатлар тўплами, Т., 2001; Ўзбекистон Республикаси ҳудудида экиш учун тавсия этилган қишлоқхўжалиги экинлари таърифи, Т., 2001.
Баҳодир Норматов.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.